View Full Version : nemisning moliya nazariyasidan bir shingil...
joe parker
12-08-2002, 05:08 PM
...beim Uebergang von Teilhaberrechten nicht notierter Gesellschaften sowie beim Mehrheits- oder Paket-Erwerb kann der objektivierende Charakter des Transaktionsmechanismus aufgrund anzunehmender bedeutenderer Marktunvolkommenheiten in Frage gestellt werden...
(betch, groh, lohmann, 2.auflage, s.180)
buning hammasi bitta gap. butun kitob - faqat shunaqa uzun, tushunarsiz jumlalar. sal soddaroq gaplar tuzib yozsa o'larmidi... :evil:
Manimcha siz Lenin davridagi kitoblarni o'qimagansiz shekilli!
_Charosoy_
12-09-2002, 11:04 AM
Yuq lenin davridagi kitoblarni quyib turing Neo..Ular Karimovning TOMLARINI uqimabdilar shekili,, uni uqing keyin bu nazariyangiz sizga uyinchoqdey gap buladi ;)
Joe nemis tilini qayerdan bilasiz??? Sizni taniyman shekili? Yana bilmadim :?
joe parker
12-12-2002, 06:37 AM
guest,
agar germaniyada bo'lsangiz bilsangiz kerak bavariyalik bollarni.. :)
P.S. hozir ishda o'tiribman. shef yaqinda yuz bergan oilaviy fojeadan keyin sal o'zida emas bo'lib yuribti. men bilan bir honada o'tirgan ikkita ifloslar g'iybat qilishdan charchamaydi uni! :evil: nima ekan, ishini yaxshi qilmayapti ekan... :evil: :evil: :evil: shef bir yomon odam bo'lsayam mayli edi, juda ko'ngli ochiq, yordamini ayamaydigan inson.
umuman, bu yerda qancha joyda ishlagan bo'lsam, butun sobiq va hozirgi hamkasblar uchun umumiy bo'lgan(ba'zi juda kamchil istisnolarni hisobga olmaganda) bir harakterlik narsani sezdim: birov honadan chiqdimi, boshlanadi g'iybat.
e'tiborga loyiq tarafi shundaki, bu chetdan kelgan odamga yaqqol sezilsada, shu yerliklarga(nemislarga) oddiy hol bo'lib ko'rinsa kerak. bir ikki yil oldin bir turkiyalik do'stim bu fenomen(?)ni shunday tasvirlagan edi:
ikki nemis bir joyda turarkan, albatta bir narsa deyishi kerak, faqat oraga jimlik cho'kmasa bo'ldi. har doim ham tayinli gap topilavermagach, atrofdagi odamlar qulay nishonga aylanishi tabiiy...
P.S.S. kim biladi, oddiy narsalarni yuqoridagidek azbaroyi uzun jumlalar bilan ifoda qilish odatini ham shu bilan tushuntirsa bo'lar..
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.