PDA

View Full Version : O'zbekiston Demokratiyaga Tayyor! (a response to Charoshon)


Desperado
12-09-2002, 06:15 AM
...a challange against dogmas of official bodies of Uzbekistan...

Bir vaqtlar O'zbekiston rahbariyati O'zbek xalqining demokratiyaga tayyor emasligini bayon qilgan edi. Quyida aytiladigan fikrlar o'sha mavzu haqida.

Avval Demokratiya haqida qisqacha kirish so'zi:

Demokratiya xalq hokimiyatchiligi demakdir. Ya'ni fuqarolar o'zlari saylagan vakillar orqali Parlamentda qonunlar qabul qiladilar. Davlat boshqaruvida bevosita (deputatlar orqali) va bilvosita (saylovlar va referendumlar orqali) ishtirok etadilar.
Demokratiya ochiq jamiyatni himoya qiladi. Unda so'z, fikr va vijdon erkinligi kafolatlanadi.
Demokratiya inonlarga siyosiy firqalar tuzish va shu yo'l bilan fuqarolar o'zlari tanlagan hukumat ostida yashash huquqini beradi.
Demokratiya hukumatni fuqarolarga to'be tutadi va xalq davlatdan o'zining haq va huquqlarini talab qila oladi.
Demokratiyada xalq davlatning ichki va tashqi siyosatini, davlat iqtisodiy siyosatini, davlat boshliqlarini, amaldor byurokratlarni tanqid qila oladi va hokazo...

Ho'sh o'zbek xalqi nimaga endi demokratiyaga tayyor emas ekan??
'Ozbek xalqi demokratiyaga tayyor emas' deyish avvalambor butun bir xalqqa odobsizlikdir. Hamma davlatlarda ham omi insonlar bor, masalan AQSH fuqarolarining juda ko'pchiligi deyarli johil, lekin ular denyoning eng ilg'or demokratik davlatiku!? O'zbek xalqi umumiy olib qaraganda savodhon xalq, istasangiz o'zbek oquvchisining bilimi bilan amerikalik maktab bolasining bilimini taqqoslang, ularning saviyasi kamida teng (agar o'zbek bilimliroq chiqmasa). Agar mavzu bilim emas, ong saviyasi bo'lsa, yana ayni gap, biznikilarning boshqalardan kam joyi yoq. Kim nima sababga ko'ra ozbeklarni ongsiz deya oladi?? Biz ahloqiy tanqidini bir yoqqa qoyib turaylikda, masalaning o'ziga yahshilab qaraylik. Agar sinchiklab o'ylab ko'rsangiz bu gapning naqadar bemaza ekanligini anglaysiz. Kimning o'zbeklar haqida bunday hulosa chiqrishga haqqi bor?? Yoki biz demokratik jamiyatda yahsab kordikmi? Ahir o'zbeklarga hech kim demokratik shart-sharoitlarda yashab ko'rish haqqini bergan yoqku!

Umuman, 'demokratiyada yashash uchun, unga avvaldan tayyor bo'lish kerak' degan hangoma qaerdan chiqdi? Demokratiyada yashamasdan demokratiyaga qanday qilib tayyor bo'linar ekan ajabo? Balki "Demokratiyaga tayyorlash maktablarini" ochish kerakdir-a?? Sen agar jamiyatni demokratlashtirishga harakat qilsang xalq unga o'rganadida! Ozbeklarning tarihida demokratiya bo'lmaganligi endiyam bo'lmasligini kafolatlaydimi?! Bo'lmagan bo'lsa bo'ldirishga harakat qilish mantiqliroq emasmi?

Ayrim kishilar O'zbekistonga demokratiya kirib kelsa, insonlar darrov bir-biri bilan jiqqa musht bo'lib ketadi deb o'ylashadi shekilli, darrov fuqarolar urushi boshlanadi, hech kim nima qilayotganini o'zi bilmay qoladi, degan fikrlar kechar ularning hayolidan. Aslida xalqqa imkon berilsa, ba'zi insonlar issiq joylaridan ketishdan, yumshoq joylariga dehqon boboning qattik kirzovoy etigi qattiq botishidan qo'rqadi. Shu sababli millatni avrab turish uchun, xalqqa erkinlik va oz'-o'zini boshqarish huquqini bermaslik uchun ming hil dogmalar to'qib chiqaradi...
MING AFSUSKI UNGA LAQQA TUSHADIGAN OQKO'NGIL KISHILAR HAM TOPILADI...

12-09-2002, 04:17 PM
Qadrli Gangster, manga bulgan e'tiboringiz uchun rahmat.. lekin man yozgan narsamda halqimizni ongsiz deganim yuq,, yoki,, ong jihattan kamsitib gapirilganim ham yuq,, Agarda sizni shunchalik man yozgan mavzu sizni kunglizga ogir botgan bulsa edi,, , bir narsa ayta olaman.. siz man yozgan narsamni hic ham uqimabsiz , agar uqiganizda edi bu siz yozgan mavzuga hojat ham yuq edi.. Albbata responce uchun rahmat , lekin U topikni yanada diqqat uqiganizda edi,, man yozgan suzlarimning mag'zini chaqaan bular ediz.. Endi aqlli yigitsiz.. ogzizga chaynab berishni manimcha hich hojati yuq shekili..
Sog buling..

12-09-2002, 04:17 PM
Qadrli Gangster, manga bulgan e'tiboringiz uchun rahmat.. lekin man yozgan narsamda halqimizni ongsiz deganim yuq,, yoki,, ong jihattan kamsitib gapirilganim ham yuq,, Agarda sizni shunchalik man yozgan mavzu sizni kunglizga ogir botgan bulsa edi,, , bir narsa ayta olaman.. siz man yozgan narsamni hic ham uqimabsiz , agar uqiganizda edi bu siz yozgan mavzuga hojat ham yuq edi.. Albbata responce uchun rahmat , lekin U topikni yanada diqqat uqiganizda edi,, man yozgan suzlarimning mag'zini chaqaan bular ediz.. Endi aqlli yigitsiz.. ogzizga chaynab berishni manimcha hich hojati yuq shekili..
Sog buling..

12-14-2002, 11:33 PM
Demokratiya poyavilis v Evrope okolo 2000 ili esho bolshe let nazat i lyudi sledovali ego printsipy (mojete sami utochnit eto ya ne pomnu vse doskonalnosti, ya ne istorik)


Vi dumaete chto lyudi Uzbekistana otstalo lyudey v drugix demokraticheskix staranax bolshe 2000 let, i daje ne smojet sablyudat printsipy demokrati kotoriye soblyudalis togda?

Lyudi Uzbekistana ne xochet ili ne smojet vibirat sebye rukovoditeley esli im dano vibor sredi neskolkix kandidatov?

Lyudi Uzbekistana nexochet chtobi trebovat esli ktoto narushet zakon ili virazit svoyu misl esli ego misl lyuchshe?

Lyudi ne xochet chtobi ix deti toje zanimali visokie posta esli oni dostoyni a ne te sinochki bogatix korruptsionerov?

Lyudi ne xochet chtobi militsiy i takie soblyudali ix chelovecheskiye prava i ne izdevalis nad nimi?

Lyudi ne xochet chtobi magazini bili polni i oni sposobni pokupat chego xochet?

Lyudi nexochet chtobi im zarplatu platili vo vremya a neizdevalis s vsyakimi mukami i maslami vmesto zarplatok?

Lyudi ne xochet chtobi v kolxozax normalno otnoxilis dehqanam i ix trudam?

Eti tolko chast voprosov i lyudi konechno xochet to chto vishe napisano,
i ya dumayu LYUDI UZBEKISTANA GOTOV K DEMOKRATI i vsegda bili gotovi i budet gotovi,

KTO Negotov,
ETO rukovodyashiy sloy, oni ne xochet poprashtsya jirnoy kreslo, oni nexochet chtobi lyudi ot nix trebovali chestnoy raboty, oni xochet chtobi ix sinovki i rodstvenniki zanymali kreslo posle nix,
Oni nexochet ix gras ktoto potom nashel, oni ne xochet chtobi narod jil normalno, i bogato,
Im nujen bezgramotniy poslushniy narod, im nenujen gramotniy terbovatelniy i somodostatochniy narod

Nikto ne budet prinesti demokratiyu za eto nujno borotsya i uchitsya i na uchitsya u drugix demokraticheskix gosudarstv,
a ne sidet kogda mi budem gotovi