PDA

View Full Version : Yangi O'zbek tilidagi Islom Sof Holida nomli Mujalla!


Yangilik
12-19-2002, 01:54 AM
Rahmli va Mehribon Alloh nomi bilan(boshlayman)
Barcha Hamd Allohgadir! Muhammad(sallallahu alayhi wa sallam)ga,ahli-oilalariga,ashoblariga va ularga go'zal amallar bilan qiyomatga qadar ergashgan barcha mo'minlarga Allohning ko'pdan-ko'p saloti-salomi bo'lsin. Amma ba'd (bundan so'ngra)
Islom haqida sahih ma'lumotlarning yetishmasligi va uning sof holidan tashqariga chiqargan kimsalar,turli sabablar bilan islomga qarshi bo'lgan kimsalarning ga'razli propagandalari bilan, kitoblar, maqolalar chop etib Islom dinini chirkka bulg'ashmoqda.
Bizning niyatimiz o'quvchiga barcha kerakli ma'lumotlarni yetkazib berish va yuqorida aytib o'tilgan shubhali, g'arazli ma'lumotlarni ilmiy ravishda qanchalik haqiqatga yaqinligini ochiqlab berishlarni Alloh oldida o'z vazifamiz deb bilamiz. Va ularni ushbu mavzular, bo'limlar ostida jamlaganmiz: Islom dini asoslari va arkonlari, o'lkamizda ko'pchilikning rioya qilmayotgan ammo Islomning eng muhim ilmlaridan bo'lgan Tavhid ilmi bo'lib uni bilib buzgan kishi, yoki unga e’tibor bermagan kishi islomdan
chiqib ketish xafvidir, Quron suralari tarjimasi, Mashhur Muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Navaviy, Imom Alboniy hadis kitoblaridan parchalar, Quron va Sahih Sunnatga mos musulmon aqidasi, ibodat turlari(namoz, ro'za, zakot, hajj), Siyrat-Tarix(payg'ambarimiz, uning sahobalari va ulardan keyin kelgan solix kishilarning tarixlari, islom tarixi, Movarounnahr va Turkiston islom tarixi)ga oid zamonamiz va undan keyin oldin kelgan mashhur musulmon ulamolarining quron va sahih sunnatga mos maqolalaridan tanlab qo'yganmiz. Ushbu maqolalarni har oyda chiqadigan "Islom Sof Holida" mujalla-jurnalimiz orqali siz o'quvchiga muntazam ravishda taqdim etib turamiz inshaAlloh. Mujallaga obuna bo'lishni istaganlar http://groups.yahoo.com/group/Islom_Sof_Holida/ web sahifasi orqali obuna bo'lishlari mumkin. Yoki tavhidmarkazi@yahoo.com ga email qilish orqali ham obuna bo'lish mumkin.
Allohdan ushbu mujallamiz musulmonlar uchun foydasi tegishini, undan istifoda qilishini va O'zining yo'lida xolis etmo'gini iltijo qilib qolamiz
.

Islom_Sof_holida
12-23-2002, 01:28 AM
Da'vatimiz va Yo'limiz



1. Qur'oni Karim va Payg'ambarimizning sahih sunnatlariga qaytmoq va
ularni bu ummatning salaflari(payg'ambarimiz sahobalari, tobe'inlar va
ulardan keyin kelgan avlod) anglaganlari kabi anglamoq va hayotning har
sohasiga Qur'on va Sunnatni hokim qilmoq.

Kim haq yo'lini aniq bilganidan keyin payg'ambarga xilof ish qilsa va
mo'minlarning yo'llaridan boshqa yo'lga ergashib ketsa, Biz uni tanlagan
yo’lida ketganicha qo'yib beramiz(qoldiramiz). So'ngra jahannamga doxil
qilamiz. Naqadar yomon joydir u!

(Niso Surasi 4:115 oyat)

Endi agar ular sizlar iymon keltirgan narsalarga iymon keltirsalar haq
yo'lni topibdilar. Agar yuz o'girsalar, u holda, shubhasiz, sizlarga
nisbatan gina va adovatlari bordir.

(Baqarah surasi 2:137 oyat)



2. Musulmonlarning hayotiga kirgan shirkning har turidan tozalash. Va
ularni aqidadagi va ibodatdagi munkar bid'atdan va har tashqaridan
kirgan (bashariy) tushunchalar, falsafalardan ogohlantirish. Sunnatni zayif
va mavdzu rivoyatlar (hadislar) dan tozalash. Chunki ular sof bo'lgan
islomni buzmoqda va musulmonning rivojiga to'siq bo'lmoqtadir.
Payg'ambarimiz (sallallahu ‘alayhi wa sallam) ning ushbu hadisini shu o'rinda
keltirib o'tamiz:

Bu ilm har bir asrning solih va haq kishilari tomonidan olib kelinadi,
ular chegaradan chiqib ketganlarning kiritgan o'zgartirishlari,
firibgarlarning qilgan bo'htonlari va ilmsizlarning xato tafsiridan uni
tozalashadi.

(Sahih, Ibn ‘Adiy, Ibn Asakir, va Al-Xatiblar rivoyat etganlar)

va Alloh taoloning quyidagi farmoniga bo’ysunib:

Ey mo'minlar, Alloh buyurgan udumlarni buzishni, urush harom qilingan
oyda jang qilishni, Alloh yo'lida hadya etilgan hayvonlarni o'ldirishni
va ularga osib qo'yilgan hadyalik belgilarini uzib tashlashni hamda
Parvardigorlaridan fazlu marhamat va rizolik tilab Baytul-Haromni
(Ka'bani) maqsad qilib ketayotgan kishilarga qarshi (jang qilishni) halol qilib
olmangiz! Ammo(ihromdan chiqib) halol bo'lgach, ov qilaveringiz.
(Sizlarni Ka'badan to'sganlari sababli) biron qavmni yomon ko'rishingiz
haddingizdan oshishingizga tortmasin.Yaxshilik va taqvo yo'lida hamkorlik
qilingiz, gunoh va haddan oshish yo'lida hamkorlik qilmangiz! Allohdan
qo'rqingiz! Shubhasiz, Allohning azobi qattiqdir.

(Moida surasi 5:2 oyat)

3. Musulmonlarni haq din bilan tarbiya qilmoq va ularni uning
qonunlariga amal qilmoqlikka chaqirmoq va Allohning rizosiga ulashmoq xususida
kafil bo'lgan Islomning odob va fazilati ila bezanishga chaqirmoqki bu
xislatlar ila Alohning rizoligiga va saodatiga erishish mumkin.

Quronda tasvirlangan adashishdan saqlanadigan guruh haqidagi oyatlar
ila tanish bo'lish:

Albatta (barcha) inson ziyon - baxtsizlikdadir. Faqat iymon keltirgan
va yaxshi amallar qilgan, bir -birlariga Haq(yo'li)ni tavsiya etgan va
bir-birlariga (mana shu Haq yo'lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan
zotlargina(najot topguvchidirlar).

(Asr surasi 103:2-3 oyatlar)

Va Uning amriga ko'ra:

Biror odam uchun Alloh unga Kitob, Hikmat va payg'ambarlik berganidan
so'ng odamlarga:"Allohga emas, menga ibodat qilinglar" deyishi joiz
emas, balki ularga:"Allohning Kitobini odamlarga ta'lim berib va o'zingiz
o'qib -'organib, yolg'iz Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar
bo'linglar",(demog'i lozimdir).

(Al-Imron surasi 3:79 oyat)



4. Haq islomiy fikrlashni Quron Karim, Sahih Sunnat va ummatning
salaflari yo'lida jonlantirish va mazhablar, jomoat, hizb (guruh) larni
ko'rona tutish va ularga qo'shilishdan olib tashlash qaysikim ular
ko'pchilik musulmonlarning fikrini chalg'itib ularni aniq va sof islomiy
birodarlikdan uzoqlashtirmoqda.

Va barchangiz Allohning arqoniga (Qur'onga) bog'laningiz va
bo'linmangiz! Hamda Allohning sizlarga bergan ne'matini eslang:bir-biringizga
dushman bo'lgan paytlaringizda dillaringizni oshno qilib qo'ydi-yu, sizlar
Uning ne'mati sabab birodarlarga aylandingiz. Va do'zax chohining
yoqasida turgan edingiz, sizlarni undan xalos qildi. Haq yo'lni topishingiz
uchun Alloh sizlarga O'z oyatlarini mana shunday bayon qiladi.

(Al-Imron surasi 3:103 oyat)



Va payg'ambarimiz (sallallahu ‘alayhi wa sallam)ning aytganlaridek:

"Allohga ibodat qilguvchi va og'a-ini bo'lingizlar. (Imom Buxoriy va
Imom Muslim rivoyatlari)



5. Hozirgi zamondagi butun muammolarga islomiy choralar taqdim etmoq va
haqiqiy islomiy hayotni Rasululloh (sallallahu ‘alayhi wa sallam)
yo'lida qaytadan jonlantirishga intilmoq va yer yuzida Allohning hukmini
tatbiq etishlik uchun bu jarayonni tasfiya va tarbiya orqali boshlash.
Alloh taolo marhamat qilganidek:

Parvardigoro, ularning orasiga o'zlaridan bo'lgan, ularga oyatlaringni
tilovat qilib beradigan, Kitob va Hikmatni(Qur'on va Hadisni)
o'rgatadigan va ularni poklaydigan bir payg'ambarni yubor! Shubhasiz, Sen qudrat
va hikmat sohibisan".

(Baqarah surasi 2:129 oyat)

va Uning ushbu oyatini eslagan holda:

Bas(ey Muhammad sallallahu ‘alayhi wa sallam , sizga mushriklar
tomonidan yetayotgan ozor -aziyatlarga) sabr qiling - zero Allohning (O'z
payg'ambari va mo'minlarga yordam berish va kofirlarni azoblash haqidagi)
va'dasi haqdir! Endi agar Biz sizga o'sha (kofirlar)ga va'da
qilayotganimiz (azob)dan ayrimlarini ko'rsatsak (ya'ni siz hayotlik paytingizda
ularni ayrim azob-uqubatlarga duchor qilsak) ko'rarsiz yoki sizni( ularga
azob tushirishimizdan ilgari) vafot topdirsak ham, u holda ular yolg'iz
O'zimizga qaytarilurlar.

(Ghafir surasi 40:77 oyat)



6. Shuning navbatida hammani sahih ilm va Islomni hayotda tatbiq
qilishga

chaqirish, qaysikim u Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi vahiy bo’lib,
shu bilan hayoti dunyoni tinch va osoyishta kechirib va kelgusi hayotda
mangu baxtga erishish mumkin.



Ushbu bizning da'vatimiz, g'oyamizdir. Butun musulmonlarni bizga bunda
yordamchi bo'lishga va bu burchni zimmamizda olib yurishga hamdard
bo'lishlarini va sof Islomning dunyoning barcha burchaklariga tarqalishiga
bizga qo'lbosh bo'lishiga chaqiramiz. Chunki mangu/boqiy bo'lgan
Islomning yangidan yoyilishi uchun samimiy birodarlik tuyg'ulari, sof bir
muhabbat bilan va eng muhimi Allohning yordami bilan bu g'oyani amalga
oshirish ustimizdagi buyuk bir omonatdir.

Ular(munofiqlar):"Qasamki, agar Madinaga qaytsak, albatta kuchlilar
kuchsizlarni undan quvib chiqarur", derlar. Holbuki, kuch-qudrat
Allohniki, va Uning payg'ambariniki (Muhammad sallallahu ‘alayhi wa sallam) , va
mo'minlarnikidir. Lekin munofiqlar (buni) bilmaslar.

(Munafiqun surasi 63:8)



U(Alloh) O'z payg'ambarini hidoyat va haq din bilan - garchi mushriklar
istamasalar-da - barcha dinlarga g'olib qilish uchun yuborgan zotdir.

(Saff surasi 61:9 oyat)

http://groups.yahoo.com/group/Islom_Sof_Holida/