Desperado
12-20-2002, 04:16 AM
Yarim kechada uchta mast kishi temir yo'ldan ketisharkan, biri dedi:
- Bu zinapoya juda baland ekanmi-a?
- Ushlab chiqishga tutqichlari ham past ekan, - dedi ikkinchisi.
Uchinchisi yengil tin olib:
- Hechqisi yo'q, ana lift kelyapti, - dermish.
Kitob magaziniga kirgan kishi sotuvchi ayoldan so'radi:
- «Erkaklar ayollarni e'zozlashi kerak» degan kitob bormi?
- Fantastika bo'limi qo'shni xonada.
Avtobus bekatida g'irt mast kishi simyog'ochga suyanib turibdi. Boshqa mast uning oldiga kelib so'rayapti:
- Nima qilayapsan bu yerda?
- Avtobus kutyapman.
- Jinnimisan, kim seni bunday uzun ёg'och bilan avtobusga qo'yadi?!
- Bugun meni, portfelingizni qaxvaxonada qoldirib kepsiz, deb masxara qilolmaydigan bo'lding, xotin, - maqtandi er.
- Qiziqmisiz, - hayratlandi xotini. – Axir ertalab ishga portfelsiz ketgandingiz-ku!
Yaxshi, Yaxshi... yomon, yomon... Urushda qatnshgan bir keksa otaxondan reportaj olish uchun bir necha jurnalistlar kelishibdi. Va otaxonga bir necha savol berishibdi:
Jurnalistlar: Otaxon siz urushda kim bo'lib qatnashgansiz?
Otaxon: Uchuvchi bo'lganman.
J: Birorta qiziqroq voqeani eslay olasizmi?
O: Ha, albatta. Bir kuni samolyotda ketayotgan yedim. Birdan samolyot buzilib qoldi.
J: E-e-e, yomon, yomon.
O: Nimasi yomon, mani parashyutim bor yedi.
J: Xa-a, Yaxshi, yaxshi.
O: Nimasi yaxshi, mani parashyuutim ochilmay qoldi.
J: E-e-e, yomon, yomon.
O: Nimasi yomon, pastda somon to'plami bor yekan.
J: Xa-a, Yaxshi, yaxshi.
O: Nimasi yaxshi, somon uyumi yonida beshlik (panshaxa) bor yekan.
J: E-e-e, yomon, yomon.
O: Nimasi yomon, man to'g'ri somon uyumi ustiga tushdim.
J: Xa-a, Yaxshi, yaxshi.
O: Nimasi yaxshi, mani 50 ta soldat o'rab oldi.
J: E-e-e, yomon, yomon.
O: Nimasi yomon, man hammasini otib tashladim.
J: Xa-a, Yaxshi, yaxshi.
O: Nimasi yaxshi, ular hammasi o'zimiznikilar ekan.
Universitetda psixologiya darsi. Prefossor kirib keldi va darsni boshladi.
- Xurmatli talabalar bugun sizlar bilan insondagi 3 xil xolat haqida gaplashamiz. Birinchisi xayron qolish, ikkinchisi achchig'lanish, uchinchisi jaxl chiqish. Men buni sizlarga xozir dalillar bilan tushuntirib beraman, - dedida yonidan cho'ntak telefonini olib bir nomerga telefon qildi.
- Allo, assalomu alaykum, Shuxrat uydami?
- Yo'q, kechirasiz Siz adashdingiz chekilli, bu yerda Shuxrat yashamaydi?!
Endi ikkinchi xolat achig'i chiqish, - deb yana o'sha nomerga telefon qildi.
- Allo, yaxshimisiz, Shuxrat ishdan keldimi, uydami?
- Men sizga xozir aytdim, Shuxrat bu yerda yashamaydi, nomerda adashyapsiz chekilli?
Endi uchinchi xolat jaxl chiqishi, - deb yana o'sha nomerga telefon qildi.
- Allo, Shuxrat qanaqa bola o'zi, uyda turadimi yoki doim ko'chada yuradimi?
- Qanaqa odamsan o'zi, necha marta aytish kerak Shuxrat bu yerda yo'qqq. Nima garangmisan yo gapga tushunmaysanmi...
- Xo'sh, kimda savollar bor?
- Menda savol bor, - dedi bir talaba.
- Xo'sh nima savol aytingchi.
- Domla siz to'rtinchi xolatni aytmadingiz.
- Qanaqa xolat ekan.
- Gangitib qo'yish xolati.
- Xozir, dedida professor xaligi talaba oldiga keldi va yana o'sha nomerga telefon qildi. Trubkadan shunday javob eshitildi.
- Allo, assalomu alaykum, men Shuxratman, meni xech kim telefonda so'ramadimi...