PDA

View Full Version : ISlom dini qay ahvolda


Alfargon
12-24-2002, 06:12 PM
Islom dini uzbekistonda inqirozga yuz tutmoqda desak bulaveradi. 1998n yilda qabul qilingan Vijdon erkinligi tugrisidagi Konun buning dalilidir.
Diskotekalar va tungi klublar faoliyatini aytmaysizmi.
Kuplab Uzbek qariyalari bunday holatlarni kurib qiyomat haqida kup gapirib qoldilar.
Dindorlarga bulgan ta'qib esa utib tushmoqda.

12-25-2002, 07:27 AM
Islom dini uzbekistonda inqirozga yuz tutmoqda desak bulaveradi. 1998n yilda qabul qilingan Vijdon erkinligi tugrisidagi Konun buning dalilidir.
Diskotekalar va tungi klublar faoliyatini aytmaysizmi.
Kuplab Uzbek qariyalari bunday holatlarni kurib qiyomat haqida kup gapirib qoldilar.
Dindorlarga bulgan ta'qib esa utib tushmoqda.

Ja unchalik emas dinga berilganlar ham kop.
Adashmasam billiard klub va diskolarni bekitishmaganmidi?

12-25-2002, 09:01 AM
Islom dini inqirozga yuz tutayotgani yo'q odamlar inqirozga uchrashmoqda,
Hech kim hechkimga nomoz o'qima, diniy uruf odatlarga rioya qilma deyayotgani yo'q, bu odamlarning o'ziga bog'liq.
Nomoz o'qishni ham modaga yoki boshqalarning ustidan kulishga yoki o'zini ustunligini ko'rsatadigan narsaga aylantirmaslik kerak.
Nomoz o'qiydigan ko'pgina odamlarni ko'rdim shu nomoz o'qigani uchun o'zlariga odamlar bir farishta ilohiy narsaga qaragandek qarashni talab qiladi, a boshqalar ustidan agar nomoz o'qimaydigan bo'lsa qanchalik ma'lumoti bo'lishiga qaramasdan ustidan ma'zaqlashni yaxshi ko'rishadi.
O'zlari savodsiz, biladigani namoz o'qish, shunday bo'lsada oliy ma'lumotli odamlardan o'zini yuqori qilib ko'rsatmoqchi bo'ladi.
Axir Payg'ambarimiz 1 soat ta'lim olmoq 75 kun nomoz o'qishga barobar deganku.

Yana esimni tanigandan beri bilaman, bizda doim mullalar bu "bivshiy" alkash, narkaman, fohishaboz erkaklar bir dumalab mulla bo'lib to'y ma'rakalarda zadaqa, pullarni yig'adigan odamga aylanadi qoladi,

Mana it ham bit ham oroq sotadigan bo'lib ketgan, hech qanaqangi to'y, o'tirishni oroqsiz, ichimliksiz o'tkazib bo'lmaydi, endi ba'zi joylarda nasha, narkotik qo'ymasang bo'lmaydigan bo'lib qolgan ham emish,

Yana takrorlab aytaman, Islom dini emas odamlar inqirozda, rahbarlar inqirozda, yoshlar inqirozda,

Yana dinga juda ham imkon yaratib yuborishsa darrov raxbarlikni, mansabni orzu qiladigan dindorlar ko'payib qoluvdi Namanganiy, Toxir Yuldoshga oxshash, endi esa bular uchun ko'pchilik javob berishyapti,

Nima bo'lsa ham haqiqiy dinga ishonadigan odamlar uchun hech qanaqanggi to'siq yo'q, o'qisa oqib yuraversin,
Dinni moda, prestij va yana nimadir uchun o'qish kerak emas, ishonasizmi nomozingizni o'qiyvering,

Change_Username2
12-27-2002, 06:17 AM
Hidoyatga ergashgan kishiga Allohning salomi bo'lsin.
Guest,O'zbekistonda dindorlarga ta'qib yo'q deyishimiz hato bo'lsa kerak.
Islom faqat namozdan iborat emas.Islomning asosiy rukunlari 5ta bo'lib,bulardan tashqari yana ko'pkina amallar borki ularga haqiqatdan hozirgi kunda amal qilish havflik.
Albatta namoz o'qishni riyo uchun,ya'ni insonlar orasida obro' qozonish yoki dun'yoviy maqsadlariga erishish maqsadida o'qish juda katta gunohdir.Bunday insonlar Jahannamga uloqtiriladiganlarning avvalgilaridandir.

<<<<<<<Axir Payg'ambarimiz 1 soat ta'lim olmoq 75 kun nomoz o'qishga barobar deganku. >>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>

Muhammad Alayhissalomning shunga o'hshash hadislarini eshitganman.Bu erda diniy,yani islomiy ta'lim haqida gapirilgan.75 kunmi esimda yoqku,ammo bu nafil namoz haqida farz namozlar emas.Nimagagi farz namozlari eng ulug amallardan hisoblanadi.

<<<<<<<<<<Yana esimni tanigandan beri bilaman, bizda doim mullalar bu "bivshiy" alkash, narkaman, fohishaboz erkaklar bir dumalab mulla bo'lib to'y ma'rakalarda zadaqa, pullarni yig'adigan odamga aylanadi qoladi, >>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>

Muhammad Alayhissalomning Halifalaridan birlari O'mar yoki Usmon raziAllohu anhu "Inson mushrik bo'lmasdan,Islomning haqiqiy qadrini bila olmaydi" yoki shunga yaqin bolgan fikir bildirganlar.Buning manosi.Bir ihson islomiy oilada tugilib,hamma islomiy rukunlarga amal qilib yuradi.Ammo bir umir gunohga botib yurgan inson qalbiga iymon kirgandan keyin,qanday bir najasdan chiqganini ko'rib islomning haqiqiy qadriga etib yashaydi.Huddi bir inson butun umri nochorlikda yashab so'ng boyib ketsa,pulni qadrini bilib yashaganday.Ammo yoshligidan badavlat inson esa,bu ne'matni to'liq qadrini bila olmaydi.


<<<<<<<<<<<<<<<Yana dinga juda ham imkon yaratib yuborishsa darrov raxbarlikni, mansabni orzu qiladigan dindorlar ko'payib qoluvdi Namanganiy, Toxir Yuldoshga oxshash, endi esa bular uchun ko'pchilik javob berishyapti, >>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>

Aslida raxbarlikni mansabni juda ko'p toifa insonlar maqsad qiladi,musulmonlar ham bundan mustasno emas.Ammo Islomiy ekstrimizm ayni Islomga qarshi kurash olib borilganda ortib boradi.Nimagaki agar haqiqatda siz aytgandek Islomga amal qilib yashashga imkoniyat yaratib berilsa,unda Islom yo'lida kurashishning o'zi be'mani bo'ladi.Nimagaki musulmonlarning asosiy maqsadi ham,shu rukunlarga bo'ysinib yashash.Ammo agar har tomondan Musulmonlarga taziyq bo'lsa,albatta ular o'z haq-huquqlari uchun kurash boshlashadi.

Hidoyatga ergashgan kishiga Allohning salomi bo'lsin.

Guest,
12-27-2002, 08:20 AM
Muslimuzbek,

Albatta Islom dinida qaramaqarshiliklar juda ko'p,
Hozir esimda yo'q chunki juda ilgari eshitganman,

Bitta odam(mulla) bir umr namoz o'qiydi, hamma diniy qoidalarga amal qilib yashaydi, kunlardan bir kuni shamol bo'lib turganda bir fohisha ayolning ko'ylagi ko'tarilib ketganida unga qarab qo'yadimiey,
Shu joyi aniq esimda yo'q, ishqilib shu mulla do'zaxga tushadi, o'sha fohisha ayol esa jannatga tushadi,(Kimning esida shu hikoya bor bo'lsa meni tuzatar) Albatta buni kimdir to'qigandir kim shu narigi dunyoga borib buni bilib kelibdi deysiz,

Xuddi shunga o'xshash sizning misolingiz bir umr gunohkor bo'lib yurib bir kuni islomning qadrini bilgan odam,

"Albatta hechdan ko'ra kech" degan, yoki "Kasal bo'lmagan sog'liqning qadrini bilarmi", yoki boshqa xal moqallari bor,

Lekin baribir yoshlikdan tarbiyali yashagan odam, bir umr gunoh qilib keyin aqli kirgandan ancha usun deb bilaman,

Bir umr kambag'al bo'lib birdan boyish juda qiyin, yoki o'g'irliq qilgan odam, yoki mehnat qilib o'qib o'rganib qandaydir mansabga erishgan odam, yoki savdomi qandaydir ish bilan bunday boyish mumkin,
Bu erda ham boylikning qadrini biladigan odam biladi, hoh boy bo'lsin hoh kambag'al,

Alkash, narkaman, fohishabozlarning namo'z o'qishi yoki xudani kech bo'lsada tanishigaku qarshi emasman, lekin mulla bo'lib olib yoki mullachilikni tirikchilikka aylantirib yana sadaqa sadaqa deb to'y, ma'rakalarda odamlarga o'rnak bo'lib yurishi menga yoqmaydi,
Nimaga yoshlikdan dinga amal qiladigan o'imishli dindorlar o'rniga bunaqalar ko'p uchraydi, bular din, xudo deb yurgan odamlar emas balki xudoni dinni urf odatlarni sotib tirikchili qilib yurgan "bizznes mullalar" deb tushinaman,

Yaxshisi chimchiq so'ysa ham qossob so'ysin deganday diniy lavozimlarga bivshiy narkamanlar emas, yaxshisi o'qimishli yoshlikdan xudo deb yurgan odamlar olgani ma'qul,

Shaxsan menga qandaydir alkash, narkaman aqil o'rgatib, imon e'iqod deb turishini hech hazim qilmayman,

"Bo'lar bola besh yoshidan" degan ma'qol bor, yaxshi odam yoshligida ham yaxshi, katta bo'lsa ham yaxshi.......

boy
12-27-2002, 11:18 AM
Bu yerda guest va muslimozbeklarning ham togri va otogri tamonlari bor.
Birinchidan Guest aytganidek Umuman umrida qoliga kitob olmagan,maktabda tuzik oqimagan, haritani ham yahshi bilmaydigan, dunyoga umuman tor qaraydigan,bazan yosh bolaga ohshab galati gaplarni gapiradigan,siyosiy dunyo qarashi judayam tor,tarihni 2 soat ham oqimagan vatandoshlar, quronni 1,2 oy oqib hadisni 3,4 tasini oqib olib yahshilab islom dini tarihini analiz qilmasdan,yoki 1 soat bolsa ham islom tarihin organmasdan.. kopni korib qoygan islomni ham biladigan,siyosiy dunyo qarashi keng kop kitob oqigan odamlar bilan shunday bahs qilishadiki!!!!asta qoyaverasiz. Huddi ozi mutloq haqdek ,boshqa mutloq yanglishyapgandek gapirishadi. Ey nomard siyosatdan gapirishdan avval oldin osha davlatni haritadan qayerda ekanligini korsat. Namuncha ogzini kopirtirtib aql orgatasan -devoray deysiz. Islom haqqatdan inqrozda chunki bir tomondan musilmonlar orasida shunday "chalamullalar" juda kopayib ketganisa bazi vatondoshlar kabi dindor deganda faqat
alkash,narkaman,terroristlarni tshunadiganlar ham kop. Birovga islomdan
gapirshni boshlasang eshitkisi ham kelmaydi seni darov "vovchikka"
aylantirib qoyadi. Bu hammani ozini shahsiy ishi deydi.Bu togrimas.
menimcha omma ichida odamlarni hidoyat yoliga boshlash kerak.Va darrov uni aql orgatyapti deyish togri emas.Oldin tinglash kerak. Togri ular orasida ayuqorida ytganimdek tentaklar ham uchrab turadi.Ammo hamma ham unday emas.
Ozbekistonda islomni inqrozga yuz tutyapganiga hech qonunlarimizni aloqasi yoq dep oylayman. Zoton iqtisodiy reformalarda bir qator hatolar kop bolgani bilan, diyonat masalsida eng togri vaqtinchalik qonunlar qabul
qilingan.Ozbekiston ikinchi yugaslaviya bolishini istamasak shunday
qonunlarni qaror qilishga majburmiz.Sabr qilishimiz kerak.Yengiltaklik
yahshi emas. "Voy,ozbekistonda musilmonlarni shori quridi" dep jar solish
umuman tentaklik dep oylayman. Hozir zamon shunday. Qattiq qollik
kerak.Halqlar ortasida nizo kelib chiqishiga asto yol qoymasligimiz kerak.
"Muslimozbek" bir gaplarini agar hafa bolmaslar notogri dep oylayman.siz
"Ammo Islomiy ekstrimizm ayni Islomga qarshi kurash olib borilganda ortib boradi" depsiz. Bizda aksi boldi, oldin dinga mutloq erkinlik berib
qoyildi keyin esa ozbekchiligimiz va soddaligimizdan foydalanishib kop
vatandoshlarimizni yoldan urushdi.
Natijada exstrmizm jiddiy sezilarli darajada ildiz otib osdi.
Hukumatimizni keyin boshqacha harakat qilishga iloji qolmadi. Qattiq
qullik zarur bop boldi. Bazilar idao qilayatgandek huklumatimiz aslo
musilmonlrga qarshi tuzilgan hukumat yoki islomga qarshi faoliyat olib
borayatgan hukumat emas.Aksincha qancha milliy qadriyatlarimiz qayta
tiklandi 10 yil oldin Buhoriy kimligin sanoqli odam bilar edi. Hozir esa
aksi. Lekin aytib otayki iqtisodiy reformalar haqiqatdan ham iqtisod
tamomila inqrozga yuz tutishi uchun qaror qilinganga ohshaydi buni
hechkim rad eta olmaydi.Masalan chalasavod soliq reformasini
olmaysizmi.... Ammo mavzudan chetlshmay, bu yerda din togrisida gap
ketyapti.
Men shahsan islomni yuz tutishini sababi yana osha ozbekchiligimizga
borib taqaladi dep oylayman. Biz ozbeklar oqishga uncha qiziqmaymiz.
Haqiqat achiq bolsa ham gapiray masalan ruslarga kora saviyamiz , dunyo qarashimiz ancha past.Diniy ilmga ham dunyoviy ilmlarga ham unchalik qiziqmaymiz. Yuraveramiz. Natijada kim nima desa oshanga ergashamiz.
Kimdir "challamulla" bolib ketadi, kimdir butun umr kalimayi shahodatni
ham bilmay otib ketadi, yana kimdir musulmon deganda faqat terroristlar,
sobiq narkaman,fohisha,alkashlarni koz oldiga keltirib, men namoz oqimasam ham butun umr yahshi odam bolganman dep, butun umr gururlanib otib
ketadi.(albatta bu gaplarni guest ga aloqasi yoq).
Shunday ekan islomni yuz tutishi faqat va yana faqat sovodsizligimizga,kam oqishimizga,ilmlarga bolgan qiziqishimiz sustligida dep oylayman.
Vijdon erkinligi togrisidagi qabul qilingan qonunni esa hech bunga
aloqasi yoq.
Bu faqat mening shahsiy fikrlarim mutloq togriman dep iddao qilayabganim yoq.

mujreem
12-27-2002, 07:31 PM
Assalamu Alaykum uvajaemiye posetiteli
Ya bi xotel poprosit' prosheniye za to chto pishu na russkom, prosto tak mne budet namnogo legche virazit svoyu misl.
Uvajayemiye posititeli, kogda ya prochel nekotoriye zapisi ostavlenniye vami ya bil priyatno udivlen vashimi znaniyami naschet islama i jizni musul'man chto, reshil tut osmelitsya sdelat' odno malen'koye zamechaniye i nadeyus' vi postorayetes' ponyat' menya. Uvajayemiye posetiteli, prejde chem ostavit' zapis' i tak skazat' "blesnut' svoim umom i svoimi znaniyami" ya bi xotel obratit' vashe vnimaniye na to chto vopros kasayetsya neposredstvenno Islama i Musul'man, i ix problemi kasayutsya kak ne stranno ix je samix, t.e. nas. Islam eto kul'tura i znaniya, islam eto duxovnost', i chelovek u kotorogo net takoy kul'turi i takix znaniy neschitayetsya po pravu musul'maninom daje yesli ego otec shayxul islam, i daje yesli yego mat' valiullah. Islam kak nistranno geneticheskimi putyami ne peredayotsya. Iz etogo sleduyet chto, dlya togo chtobi bit' po pravu musul'maninom, odnogo togo chto roditeli musul'mani, i govorit' chto vi musul'mani malo, nado yesho staratsya jit' etoy jizn'yu. I ostavlyaya tut vsyakiye zapisi vi ne tol'ko ushemite pravo tex kto schitayet sebya popravu musul'maninom, no i sdelayete iz sebya posmeshishe.
A chto kasayetsya deystvitel'no problem, to oni k bol'shomu sojaleniyu sushestvuyut, i ix nemalo. No kak govoritsya v hadise: Kajdim godom fitna v islame stanet vsyo bol'she i bol'she, i kajdiy posleduyushiy vek budet namnogo slojnee predidushego. Znachit' eto yavleniye uje predpisannoye, i nam s vami uvajayemiye musul'mani pridyotsya v etoy obstanovke ne teryat' svoyu veru, i nepoddovatsya vsyakim provokaciyam. Glavnoye terpet' i derjatsya v tolke "Ahli sunnah val jama'ah" ibo tol'ko oni mogut nadeyatsya na shafa'ah nashego lyubimogo proroka a.s.w. Jelayu vam vsem udachi vo vsyom, i ogromnogo terpeniya, molyu vsevishnego, i poproshu chtobi vi toje v svoix molitvax nezabivali o svoyom greshnom brate.
Wassalam.

TavhidMarkazi
12-28-2002, 02:43 AM
Assalamu 'alaykum wa Rahmatullah


Bu savol barchamizga muhim bo'lgan savollardandir. Menimcha tarixga bir nazar solsangiz Islom Oz'bekistondan mustaqillikka chiqqan paytlarning boshida juda yaxshi edi. Ammo bir necha yillardan keyin yana pastga tushib ketdi.. buning asosiy sababi men o'ylaymanki...ozbekistonda hizbut tahrir degan guruhning tarqalishi. Bu guruh yaqinda 50-60 yil oldin Taqiuddin Nabahani tomonidan ochilgan..bu guruhning xatolari juda ham ko'p ahad hadislarni qabul qilishmaydi va qabr azobiga ishonishmaydi. Bu guruh o'zbekistonda juda katta fitnaga sababchi bo'ldi chunki bu guruhning asosiy gapi bu xilofat qilish(namoz o'qish boshqa ibodat qilish emas). hokimiyatni ag'darish ham ularning asosiy ishi. Islom dinini aniq bilishmaydi..bilmadim qanday qilib xilofat qurishar ekan. Islomdan hokimni ag'darish unga qarshi jang qilish mumkin emas agar hokim musulmon bo'lsa.

Oz'bekistonda Islomning sof ilmi tarqatilishi lozim.Ko'pchilik kishilar islom hizbut tahrir yo'li deb tushunadi ammo bu xatodir. Biz o'zbekistonda da'vatni boshidan boshlashimiz ya'ni Tavhiddan boshlashimiz kerak aks holda barcha amallar zoyaga ketadi.Payg'ambarimiz makkada 13 yil tavhidga chaqirganlar. Payg'ambarimiz hokimlarni ag'darish u qilish bu qilish bilan shug'ullanmadilar balki Allohga ibodat qilishga chaqirdilar. Bizning vazifamiz payg'ambarimiz sallallahu 'alayhi wa sallamning yo'llaridan borishdir.

Siz birodarlardan iltimos bizning Islom Sof Holida jurnalimizga obuna bo'ling. Sof islomni o'zbekistonga tarqalishiga hissa qo'ying. Bizga sizning yordamingiz juda muhimdir. Agar obuna bo'lishni istasangiz http://groups.yahoo.com/group/Islom_Sof_Holida/
dan
yoki bizga quyidagi emailga email qilish orqali
tavhidmarkazi@yahoo.com
qilishingiz mumkin.
Bir birimizga yaxshilik amallarida yordam berishimiz vojibdir.
Mujallamizning 1-soni tayyor kelasi oyda siz azizlarga havola etamiz inshaAllah.
Jazakallah Khayr.
Allohdan barchamizni To'g'ri Yo'lga solishlarini so'rab qolamiz.

wa'alaykum salam
Tavhidmarkazi

Desperado
12-28-2002, 05:25 AM
Ислом дини хеч качон инкирозга юз тутмайди!
Балки Узбекистон инкирозга юз тутаётгандир...

Change_Username2
12-28-2002, 07:57 AM
Assalamu aleykum.
Guest,mening fikrimda biz Allohga faqat taqvomiz bilan suyumlik bo'la olamiz.Inson yoshligidan islomga bo'ysinib yashaganmi yoki ko'p gunohkor bo'lib so'ng Islomga kirganmi.Qaysi birining taqvisi kuchlik ekanini yolgiz Allohga ma'lum.Balkim fohishalik bilan shugullanib so'ng iymonga kelgan inson Allohga birorta qoridan ham suyumlikroq bo'lib qolar taqvosining kuchi bilan.Buni Alloh biladi.Shuning uchun musulmon insonning o'tmishiga qarab baho berish noto'gri.Agar bir inson umri bo'yi shirkda yashab,so'ng islomga kirsa Alloh uni gunohlarini magfirat qiladi VAllohu a'lam.Bizning togdek gunohlarimiz ham Alloh uchun pashshani qanotidak kelmaydi va Alloh kechirishni yahshi ko'radi.Ammo uning uchun inson chin qalbidan tavba qilib shundan so;ng Allohning buyruglariga bo'ysinib yashashi shart.Alloh O'z Kitobida "Agar shirkdan saqlangan holda odam er qobigicha gunoh bilan menga ro'baro' bo'lsa,men unga er qo'bigicha magfirat bilan ro'baro' bo'laman"Tavbalar ikki holda qa,bul bo'lmaydi,biri quyosh o'zining botadigan joyidan ko'tarilgandan so'ng,ya'ni qiyomat aniq bo'lganida va inson gargaraga kelgan vaqtda,ya'ni o'layotgani aniq bo'lganidan so'ng.Ungacha qilingan tavbalarni Alloh inshaAlloh qa'bul qiladi.Alloh rahmlik va mehribon Zotdir.

Boy,bizning hukumatimiz bir vaqtlarda haqiqatdan Islomga ommaviy ozodlik berdi,ammo shu erda katta hatoga yo'l qo'ygan deb o'ylayman.Bizning yurtimizda qadimdan islomga qarshiliklar bo'lgani sabablik,insonlar islom haqida hech qanday tushunchalarga ega emas edilar.Birdaniga ozodlik berilib va uni hech qanday nazorat qilinmadi.Shuning natijasida aslida islom dushmanlari tomonidan tuzilgan har hil oqimlar bizlarga o'z tasirini o'tkazishni boshlashdi.Va bizni hozirgi ahvolga olib kelib qo'ydi.
Avvalambor kuchlik ulamolar yordamida Islomni,haqiqiy islomni tashviq qiladigan va o'rgatadigan dasturlar ishlab chiqish zarur edi.So'ng uni omma ichiga yoyish kerak edi.Shunda bizning halqimiz oq bilan qorani agratib olardi va har hil guruhlarga qo'shilib ketmas edi.Islom bu juda kuchlik narsa.Uni yordamida butun insoniyatni bahtu saodatiga erishish mumkin,ammo yomon yo'lda ishlatilsa u juda kuchlik qurolga aylanadi.Bizning hukumatimiz mustaqillikdan so'ng Islomni nazoratsiz qo'yib uni qurolga aylanishiga sabab bo'ldi,bu qurol hukumatga qarshi qaratilganidan so'ng,darrov uni taqiqlashni boshlashdi.O'zlarining hatosi uchun boshqalarni javobgar qilishdi.

TavhidMarkazi, sizning oynomangiz qaerda chop etilmoqda,uning sponsorlari kim,va umuman oynomangiz haqida qisqa ma'lumot bersangiz.Yordam berishimizdan oldin ozroq ma'lumotga ega bo'lsak zarar qilmasa kerak deb o'ylayman.Agar oynomangiz haqiqiy Ahli sunnat yo'lida tuzilib,"Saroy oynomalaridan" ya'ni islomni bazi bir insonlarni manfaatlariga mos qilib talqin qilib chiqarilgan oynomalardan biri bo'lmasa InshaAlloh qo'limizdan kelganicha yordam beramiz.

Assalamu aleykum varahmatullohu va barakotu.

12-28-2002, 09:58 AM
Maktab va universitetlarda Islom dini va Musulmonchilik yoki shunga o'xshash dars kiritilsa va Islom tarixi va namoz urf odatlar va ba'zi saqlanish kerak bo'ladigan xorijiy illatlar to'grisida keng ma'lumotlar berib borilsa juda yaxshiroq bo'lar edi, albatta diniy universitetni bitirgan o'qituvchilar tamonidan, Albatta Toshkentda bunaqa universitet ochilgan yaqin orada 1-nchi talabalar ham bitirib qolar, o'shalarmi yoki o'qitishga huquq berilgan domlalar tomonidanmi...

Aks holda odamlar har xil mishmishlaru, hizbitohrir ga o'xshagan lottibozlar yoki arab mamlakatlaridan kelgan fundamentalistlarning har xil safsatalriga uchrab yuraveradi,

Albatta bunaqa darslar borku demoqchi bo'lsanglar bilaman ilgarigi ateistlar yani dinga qarshi bo'lgan o'qituvchilar bir dumalab universitetlarda din tarixi o'qituvchilari bo'lib qolishgan,

Illatlarga faqat tushuntirish bilim, ilm bilangina qarshi chiqish mumkin,
Ayni damda qishloq joylarida, yoki madrasalarda ham o'qimishli bilimga ega bo'lgan domlarlarni ko'tarish kerak, bivshiy alkash narkaman bo'lib yurib bir dumalab mulla bo'lganlarni emas, yoki bir ikkita sura yodlab mulla bo'lib qolganlarni ham emas, mulla bo'lish uchun ham diplom mi talab qilish kerak oddiy o'qituvchilar kabi,
Din bu yashash tarzi, dunyoga munosabat, odamlarga munosabat,
tinch totuv yashash, talim tarbiya, va hakozolarga yordam qiladigan undaydigan, odamlarni birlashtirish vazifasin o'tash kerak,

Odil R.
12-28-2002, 11:20 AM
I believe that Church should be separate from State as it is indicated in our Constitution, but people should not be hindered from practicing religion although our people should be protected from external religious influence.

Nothing happened to Islam and Islam has never changed. It is the people of our time who make Islam different by their behaviour and attempts to give it a political color.

Same can be said about Catholicism - it is not Catholicism, but priests who by their behavior (molesting children) hurt this form of Christianity (I can't call Catholicism a religion as most Christians do.)

MUHLIS
12-28-2002, 11:22 AM
Odil akani gapiga tola koshilaman!

TavhidMarkazi
12-30-2002, 01:34 AM
Assalamu 'alaykum wa Rahmatullah

Birodarim MuslimUzbek...so'rovingiz uchun raxmat...avval ham bu so'rovni so'ragan edingiz javob qilgandim menimcha o'qimaganga ko'rinasiz. Da'vatimiz va yo'limiz haqida forumlarga maqola qo'ygandim. Bizning yo'limiz Ahlus Sunnat wa Jamoa yo'lidan borish ya'ni bu ummatning salaflari chunki payg'ambarimiz o'zlarining sahih hadisida aytganlarki:"Eng 'alo avlod mening avlodim keyin bularga ergashganlar so'ngra ularga ergashgan avlod" Ya'ni sahobalar,tobeinlar(sahobalar toliblari) va tobitobeinlar(sahobalar tobeinlarining tobeinlari) Mana shuni bizlar Ummatning Salaflari deb ataymiz. Salaflar yo'li bu Alloh va Uning Payg'ambari yuborgan To'g'ri Yo'ldir. Biz boshqa jamoat,hizb(guruh)larga qo'shilmaymiz. Aksincha ularning xatolarini ko'rsatamiz.

Mujallamiz rus va uzbek tilida chiqadi.
Barcha maqolalar arab,rus,ingliz, fors va turk tillaridan tarjima qilingan.
Bizning sponsorlarimiz yo'q. O'zimiz bu maqolalarni Alloh uchun siz birodarlarga Oz'bekistanda Islomning yanada gullashi va Tavhidning yoyilishi uchun qilmoqdamiz.

Agar boshqa ma'lumotlar xohlasangiz marhamat qilib so'rangiz javob beruzmiz inshaAllaah.

wa'alaykum salam
Islom Sof Holida

Islom Sof Holida
12-30-2002, 01:39 AM
Assalamu 'alaykum wa Rahmatullah


I have attached a file which contains titles of articles in the first issue of Islom Sof Holida

wa'alaykum salam wa rahmatullah
TavhidMarkazi

Change_Username2
01-02-2003, 07:25 AM
Assalamu aleykum.

TavhidMarkazi,jaridangizga qanday obuna bo'lish mumkin?
Va jaridangiz uchun qanday yordam qilishimiz mumkin?

Assalamu aleykum.

Islom_Sof_Holida
01-02-2003, 08:24 AM
Assalamu 'alaykum wa Rahmatullah va Barakatuh

Jazakallah khayr akhee MuslimUzbek
Mujallamizga obuna bo'lishni xohlasangiz tavhidmarkazi@yahoo.com ga email qilsangiz bo'ladi.

Bizga masalan ingliz tilini bilsangiz biz sizga ingliz tilida maqola yuboramiz siz tarjima qilishga yordam bersangiz ma'qul bo'ladi yoki boshqa tillarda.

Bundan tashqari chiqarayotgan mujallamizda xato va kamchiliklar bo'lsa bizga yuborib tursangiz katta savob ishdir.

Yoki bizga qanaqangi maqolalar qo'yish haqida nasihatlar berib tursangiz ham 'alo ishdir.

Birgalikda O'zbekistonda islomning yuksalishiga hissa qo'shsak yaxshi bo'ladi bu ish Alloh oldidagi burchimizdir.

wa'alaykum salam
Islom Sof Holida