mujreem
01-09-2003, 05:50 AM
Assalamu Alaikum aziz birodarlar
Assalamu Alaikum forum ishtirokchilari
Muhtaram Abdulloh Uzbeki, siz k'orsatgan web sahifalarida men shafoa't va tavajjuh mavzulari bilan aloqali ba'zi bir ihtilofli fikrlarga duch keldim, so'ramoqchi bo'lgan savollarim ham o'sha hususda edi. Lekin men savolni so'rab o'tirmadim chunki "Quvaytli shoira haqidagi hikoyada" javob berishga harakat qilingan ekan, o'ylaymanki sizning beradigan javobingiz ham undan ko'p farq qilmas edi, lekin o'sha javoblar meni qoniqtirmaganligi tufayli, to'g'rirog'i mening e'tiqodimga hilof bo'lganligi tufayli, quyida men savol-javob tarzida aynan ihtilofli masalalarni biroz bo'lsa ham oydinlashtiradigan yozuvlarni keltirayapman. Bualrning qaysi Zotlarning qaysi asarlaridan olinganligi ko'rsatib o'tilgan. O'ylaymanki siz ilm ulamosisiz va sizga tushunarli bo'lar, agarda tushunarsiz bo'lib qoladigan bo'lsa, ya'ni yozuvlarning biror joyida noto'g'ri deb hisoblagan joylarni topsangiz bemalol o'zingizning fikrlaringizni bildirishga tortinmang. Juda hursand bo'lgan bo'lar edim. Zero bunday ilmiy mavzularda bahslashmaganimga ham ancha vaqt bo'lib qoldi. Ishlatilmay yotib qolgan bilimlardan foydalanish, haqiqatga erishimizga vasila bo'ladigan bo'lsa bizlarga qanchalik yahshi, va agar Allohning inoyati bilan bizning yozuvlarimiz bilan tanishib chiqqan birodarlarimizni ham shubhaga solib kelayatgan savollarining javoblarini topishlariga va to'g'ri yo'lni topib qutulishga erishishlariga Alloh s.w.t. bizlarni bir sababchi qilsa, bu qanchalik katta baht bizlar uchun va hammamiz uchun. Zeroki payg'ambarimiz a.s.w. "Bu dunyoda bir kishining iymoninig qutqarilishi, butun yer yuzi to'la qizil tuyalarni Alloh yo'lida sadaqa qilishdan hayrliroqdir" deb buyurgan ekanlar sahih hadislarida.
Hurmatli birodarlar, biz hammamiz oxirgi paylarda juda ham ko'p hodisalarning shohidi bo'lib turibmizki, bu voqea va hodisalar natijasida bizning Islom dinimizga, solih mo'minlar boshiga turli tuman fitnalar yog'dirilmoqda. Butun dunyo bo'yicha Islom diniga qarshi mudhish bir adovat bordek. Hozirgi kunda bizning dinimizning butun dunyoda qonga bulab ko'rsatishga harakat qilayatganlardan biri, bu dinimizni ichkaridan yiqitib yo'qotish maqsadida tashqi dushmanlar tomonidan asos qilingan buzuq firqalar, va jamo'atlardur. Bu firqalar "haqiqiy islom" niqobi ostida o'z fikrlarini shunday ham uzoq davr dindan mahrum bo'lib yashab kelgan hamyurtlarimiz orasiga tarqatishga harakat qilayaptilar. Asrlardan beri e'zozlab kelingan qadriyatlarimizni, Muborak ajdodlarimizni, ishonib kelgan e'tiqodimizni, hattoki dinga mutlaqo qarshi bo'lgan kommunizm tizimining ham qilmagan, yo'qata olmagan qadriyatlarni endi din niqobi ostida yo'qotish payida turishibdi. Albatta juda ko'p hamyurtlarimiz va vatandoshlarimiz diniy ta'limlari sust bo'lganligi sababli o'shanday buzuq firqalar bizning soddadil va sof millatimizning ishonuvchanligidan foydalanib, akani uka bilan, otaning o'g'il bilan dushman bo'lib qolishiga sabab bo'lmoqdalar. Va aldanib bu yo'lga kirib qolgan hamyurtlarimizning bir kun kelib Allohu Ta'olo ularga to'g'ri yo'lni topishlarini nasib qilishini Allohdan duo qilib so'rab qolamiz. Chunki shu bugungi kunda, shunday ham nochor bo'lgan millatimizga, shunday ham g'arib bo'lgan dinimizga, dushmanchilik qiladiganlar emas, balkim xalqning joniga oro kirib, asrlardan beri yo'qotib qo'yib topaolmay, cho'lda adashib qolgan suvsagan yo'lovchiday, izlayatgan qadriyatini, ma'naviyatini, dinini, haqiqiy dinini, birovlarning emas o'zining dinini tiklovchi o'g'lonlar kerak. Bu qadriyatlarni poymol qiladiganlar bo'lsa shunday ham tiqilib yotibdi.
Inshoolloh Alloh s.w.t. bizni o'sha kunlarga etqazgay.
Quyida Islomdagi buzuq firqalarning asosiy huzjum qiladigan masalalari, va bizning qadrlab keladigan qadriyatlarimiz hususida kichkingina bo'lsa ham yozuv keltirilgan, o'ylaymanki barchaga foydali bo'ladi deb.
Alloh bizning har bir ishimizni hayrli qilsin. Ameen
Wassalam.
mujreem
01-09-2003, 05:52 AM
Bismillahir Rohmanir Rohim
Zumar surasining o’ttizinchi oyatida, Payg’ambarimizning a.s.v. vafot etganlikari ma'lum ekan, hali ham qabrlarni ziyorat qilish bilan o’lganlardan shafoat so’rash mumkinmi? “Butun shafoatlar Allohning izni bilan” va “Unga, faqat Uning ruhsat bergan kimsasigina shafoat etadi) va (Shafoat qiluvchilarning shafoati ularga foida qilmaydi” oyatlarini o’q’ib turib “Shafoat yo Rasululloh!” lafzi, shirkning eng iflos bir kurinishi emasmi?
Yuqorida bildirilgan oyati karimalar, shafoatning mavjudmasligini kursatish bir yoqda tursin, balkim shafoat qilinishini kursatib turibdi. Agar har bir arabiy bilaman degan odam, Qur'oni Karimdan ma'no chiqarishga tushishsa, adashib teskari fikr chiqarishi, va to’g’ri yo’ldan chiqib qolishi hech gap emas. O’z dinini, iymonini zadalanganligini, balkim hatto kufrga aralashib qolganini tushunmasdan, o’zini to’g’ri musulmon hisoblab va boshqa to’g’ri yo’lda bo’lgan musulmonlarning sha'niga dog’ tushurishi ham mumkin. Arabiy tilni bilish bilangina Qur’oni Karimning ma'nosini tushunish mumkin bo’lganida edi, Beirutdagi arab hristianlarining, Qur’oni Karimni bizdan ham yahshi tushunishlari ijob etgan bo’lardi. Holbuki ular, Qur’oni Karimdan hech narsa tushuna olishmagan, hattoki iymon sharofatiga ham qovusha olishmagan.
Qur’oni Karimning ma'nosini tushunib bilish uchun, ilmi lug’at, ilmi matn, ilmi matni lug’at, ilmi badi', ilmi bayon, ilmi ma'oniy, ilmi balog’at, ilmi usuli tafsir, kabi turli ilmlarni yaxshi o’zlashtirish, sarf, nahv, mantiq, kabi yordamchi bilimlarda chuqurlashish, oyati karimalarning ma'noi zohirisi, ma'noi zimnisi, ma'noi murodisi, ma'noi iltizomisini va har bir oyati karimaning qachon, nima sabab bilan, va kimlar uchun nozil bo’lganligini, oyati karimalarning qaysi hadisi shariflar bilan va qanday izohlanishini yaxshi bilish lozimdir. Faqatgina shunday Islom Olimi Qur’oni Karimni tafsir qilishi mumkin. Ya'niki kalomi ilohiydan, murodi ilohiyni tushunishi mumkin. Bunday bilimlari bo’lmaganlar, Qur’oni Karimdan ma'no chiqarishga harakat qilishi, boshlang’ich sinf o’quvchisining Universitet talabalarining kitoblarini o’qishga, kimyoviy tajribalar o’tqazishga jazm qilishiga o’xshaydi. Bunday becharalarning qanchadan qanchasi to’g’ri yo’ldan adashib, o’z tajribalarining qurboni bo’lganligining juda ko’p shohidi bo’ldik. Bunday ilmlarni bulmaganlar, mavjud va mo’'tabar tafsirlarga murojaat qilishlari, ilm sohiblarining tushunib yozgan ma'nolarni, tafsirlardan tushunishga harakat qilishi kerak. Tafsir o’qib, uni tushunish uchun ham arabiy va yordamchi bilimlarni chuqur bilishi shart. Bizlarday bu ilmlarni hech bilmaganlar, tafsirlardan ham hech narsa tushuna olmaymiz. Hattoki ba'zi bir o’quv dargohlaridan olgan diplomlarimizga ishonib, tafsir ilmida johil bo’lsagu, bu ilmga sho’ng’isak, aldanib halok bo’lamiz. Suzishni bilmagan diplomlining dengiz bag’riga o’zini tashlashidek, johillarday, axmoqlarday ish tutgan bulamiz.
Yukorida sanab utganimiz ilmlarda mutahassis bulgan, islom dunyosida asrlardan beri barmoq bilan sanaladigan tafsir olimlari, “Olimlar, Payg’ambarlarning vorislaridir” hadisi sharifi bilan Islom dinining oliy daholari, Yuqoridagi savoldagi oyati karimalarni, savol so’rovchining tushunganidek tor ma'no berishmadilar. Balkim o’zlarining chuqur ilmlari va o’tkir nazarlari bilan, to’g’ri ma'nolarni tushundilar. Murodi Ilohiyning hech ham bunday emasligini bizlarga bildirdilar.
Tafsir Olimlarining boshining toji bo’lmish, bu ilm mutahassislarining ustozi bo’lgan Qodi Baydaviy hazratlari, butun dunyo bo’yicha tan olingan, va islom dinining asos ustunlaridan biri bo’lgan tafsirida, birinchi oyati karimaga shundai ma'no berdilar:
Zumar surasining o’ttizinchi oyati karimasida “Sen o’lasan. U kofirlar ham o’ladi. Keyin, qiyomat kuni, Rabbingizning huzurida hisoblashasizlar. Sening haq ekanliging, Mushriklarning botil, buzuq bo’lganligi bilinadi” ma'nosida buyurildi. (Tafsiri Husainiy)da va (Mavoqib) tafsirida, “Makka kofirlari, Muhammad a.s.v. o’ladi, undan qutulamiz deyishardi. Allohu Ta'olo ham, ha, sen o’lasan. Faqat, u mushriklar ham, albatta o’lishadi. O’zlari albatta o’ladigan odamlarning, boshqasining o’limini kutishlari, ochiq bir johillikdir” deyiladi. Bu oyati karima, kofirlarning xato yo’lda bo’lganliklarini bildirish uchun nozil bo’ldi. Bo’lmasa, Rasululloh a.s.v. vafotlaridan keyin, eshitmaydi, ruhsiz, tuproq bo’ladi ma'nosida bir narsani bildirmaganidek, bu bilan hech bir aloqasi ham yo’q. O’lish bu dunyo hayotidan holis bo’lish demakdir. Bu bilan, qabr hayotining bo’lmasligi va ruhning o’lishi tushunilmaydi.
Zumar surasining qirq to’rtinchi oyati karimasiga keladigan bo’lsak “Quraysh kofirlari, butlarning o’zlariga shafoat qilishlarini aytishardi. Ularga aytginki, Allohi ta'oloning iznisiz shafoat qilolmas” deb tafsir qilinmoqda. Butlarning, haykallarning shafoat qilolmasliklarini bildirgan oyati karimani, Rasululloh shafoat qilolmaidi deb izohlash bu juda katta xatodir. Rasulullohning a.s.v. shafoat qilishlari uchun izn beriladi. Va payg’ambarimiz ham, xohlagan mo’'minlarga shafoat qilishadi. Baqara surasidagi Oyatul Kursining tafsiri ham, shundayligini bildirib turibdi.
Mudassir surasining qirqsakkizinchi oyati karimasi bo’lsa “Shafoat qilishga ruhsat berilganlar, agar kofirlarga shafoat qilsalar ham, bu shafoat kofirlarga foida qilmaydi” ma'nosini bildirib turibdi. Bundayligini bildirib turgan hadisi shariflar (Tafsiri Mazhari)da keltirilgan.
Ko’rilib turibdiki, oyati karimalarning hammasi, shafoat qilish uchun, mo’'minlarga yordam berish uchun izn berilishini, kofirlarga esa shafoat qilinmasligini bildirib turibdi. Rasulullohning mo’'minlarga shafoat qilishlarini bildiruvchi turli hadisi shariflar bor, quyida bulardan ba’zilari keltirilgan:
Hatibi Bog’dodiyning bildirgan hadisi sharifda, “Ummatimdan, ahli baytimni sevganlarga shafoat qilaman” deb buyurilmoqda. Sevish faqat so’zda bo’lmasligi kerak.
Imomi Ahmadning r.a. (Musnad) kitobida bildirgan hadisi sharifda “Ummatimdan, katta gunoh ishlaganlarga shafoat qilaman” deb buyurilmoqda.
Daylamiy r.a. (Musnad) kitobida bildirgan hadisi sharifda “Azhobimga til uzatganlardan boshqa, barchaga shafoat qilishim mumkin” deb buyurilmoqda.
Ibni Abu Shaibaning bildirgan hadisi sharifda, “Qiyomat kuni, qabrdan ilk men chiqaman, va ilk bo’lib man shafoat qilaman” deb buyurilmoqda.
Imomi Muslimning r.a. bildirgan hadisi sharifda, “Qiyomat kuni, ilk bo’lib men shafoat qilaman” deb buyurilmoqda.
(Shir'at ul Islom) sharhi, yigirma sakkizinchi sahifasidagi hadisi sharifda, “Shafoatimga ishonmagan unga qovushaolmaydi” deb buyurilmoqda.
(Buhoriy) va (Muslim)da va (Sunan) kitoblarida bildirilgan hadisi sharifda, “Qabrimni ziyorat qilgan kimsaga shafoatim vojib bo’ldi” deb buyurilmoqda.
Tabaroniyning r.a. bildirgan hadisi sharifda “Qabrimni ziyorat qilganning shafoatchisiman” deb buyurildi. Bu ikki hadisi sharif, Rasulullohning qabri shariflarini ziyorat qilish lozimligini ko’rsatib turibdi.
Rasululloh a.s.v. ning shafoat qilishlarini bildirgan yana qanchadan qancha hadisi shariflar mavjuddir. (Milal-nihal) kitobi, oltmish yettinchi sahifasida deyiladiki, “Rasulullohning shafoat qilishlariga, va munkar nakir farishtalariga, va Jannatdagi ro’'yotga ishonmagan kimsaning orqasida namoz qilinmasligi (Hulosada) yozilgan. Shuning uchun Vahhobiy va boshqa radikal oqim imomlari orqasida namoz qilmaslik kerak.
Ahli Sunnat olimlari bildirib turibdilarki, har bir Payg’ambar shafoat qiladilar. Undan keyin olimlar, keyin shahidlar, keyin solihlar, keyin Qur’oni karimni tajvid bilan va tag’onniy qilmasdan Alloh rizosi uchun mutolaa qilgan hofizlar, kichik bolalar shafoat qiladilar. Bu narsani bildirgan hadisi shariflar (Kurtubi tazkirasi) muhtasarida va (Birgiviy vasiyatnomasi)da yozilgandir. Yosh bolalarning janoza namozini qilayatganda, “Yo, Alloh! Bu bolani shafoatchi qil!” deb o’qilishi butun fiqh kitoblarida yozilgandir.
Qiyomat kuni yahshilarning, gunohlilarga shafoat qilishini bildirgan hadisi shariflar shunchalik ko’pki, bularni ko’rib bularga ishonmagan, yo juda ham johil yoki Islom dinini yo’qotish uchun jon kuydirayatgan zindiqalarga aldangan bir bechara ekanligini tushunish mumkin. Shuning uchun yuqoridagi savolni so’ragan odamning, shafoatga ishonmasligini emas, balkim qabr ziyoratining va vafot etgan bir insondan bir narsa istashning joiz emasligini bildirmoqchi ekanligini hulosa qilish mumkin.
Bugun ba'zi kimsalar, Avliyolarni ziyorat qilish va mayyitlardan bir narsa so’rash shirk deyishadi. Bir Valini ziyorat qilganlarga va Rasulullohdan shafoat so’raganlarga kofir, ya'ni musulmon emas deyishadi. Ahli sunnat olimlari, mayyit bilan tavassulning joiz ekanligini, qalam va fiqh kitoblarida, turli dalillar bilan isbot qilmoqdalar. (Durrul muhtar)da, janoza namozini tushuntirgandan so’ng, “Qabrlarni ziyorat qilishingizni ta'qiqlagandim. Bundan keyin, qabrlarni ziyorat qilingiz!” deb buyurilgan hadisi sharifi bildirilmoqda. Bu hadisi sharifda, qabr ziyorati amr qilinmoqda, ya'ni buyurilmoqda. Ibni Obidin buni sharhlar ekan buyuradilarki “Mavta ya'ni mayyit, Jum'a kuni va bir kun oldin va bir kun keyin o’zini ziyorat qiluvchilarni taniydi”. Muhammad Vasi' shunday bildirmoqda va jum'a kuning boshqa kunlardan ustunligi shu yerdan ham tushunilmoqda. Ibni Abu Shaiba, Rasululloh a.s.v. ning Uhud shahidlarining kabrlarini har yili ziyorat qilganliklarini va ularga, “Assalamu Alaikum” deganliklarini xabar berganlar. Uzoq manzildan turib ham ziyorat qilish mandubdir. Ibni Hojar, fatvolarida, “Harom bo’lgan narsalar aralashsa hamki, masalan erkaklar orasida ayol bo’lsa hamki, Avliyolarning mazorlarini ziyorat qilishni tark qilmaslik kerak” deyishgan. Chunki bir kishi boshqalarning qilgan gunohlari uchun ibodatni tark etmasligi kerak. Janozalarni tashish ham bu sabab bilan tark etilmaydi. Rasululloh a.s.v. Azhoblarining “ridvanallahu ta’ala anhum ajma’in” mazorlarini ziyorat uchun Boqi' qabristoniga borib, oyoqda turib ularga “Assalamu Alaikum” deyishardi. Qabrning oyoq tomonida turish yahshidir, lekin bosh tomonida ham turish joiz. Rasululloh a.s.v., bir mazorning bosh tarafida Baqara surasining bir kismini o’qib, qolganini oyoq uchida o’qishardi. Hadisi Sharifda buyuriladiki, “Qabristonga kirgan kimsa, Yosin surasini o’qisa, o’sha kuni mayyitlarning azoblari yengillashadi. Mayyitlarning sonichalik, unga ham savob beriladi” Bir boshqa hadisi sharifda esa, “O’nbir ihlos o’qib, savobini marhumlarga bag’ishlasa, marhumlar sonichalik unga ham savob beriladi” deb buyurilmoqda.
(Hidoya) fiqh kitobida deyiladiki, “Bir kimsaning, namoz, ro’za va sadaqa kabi butun ibodatlarining savobini boshqasiga bag’ishlashi joizdir”. Ibni Obidin, janoza namozi oxirida deyishadiki, “(Tatarhaniiya) kitobida, zakotni tushuntirar ekan aytishadiki, “nafila sadaqa bergan kimsaning, savobini butun mo’'minlarga bahshida etishini niyat etishi juda ham yaxshi bo’ladi. O’z savobidan hech kamaymasdan, butun mo’'minlarga ham savobi erishadi. Ahli sunnat val jamo'at mazhabi shundaydir”. Hanafiy va Hanbaliy mazhablariga ko’ra, namoz va Qur’on o’qishdek faqatgina badan bilan bajariladigan ibodatlarni ham xuddi shunday bahshida qilish mumkin. Mu'tazila mazhabi hech biri bahshida qilinmaydi dedi. [mu’tazila mazhabi bu buzuq mazhab] Shofiy olimlaridan keiyn kelganlari rahmatullahi ta'ala anhum ajma'in, Qur’oni Karimning ham, Namozning ham mayyitga foyda berishini bildirdilar. Chunki Qur’oni Karim o’qilgan joyda, rahmat va barokat yog’adi. Bunday paytlarda qilingan duolarning qabul qilinishi juda ham umid qilib qolinadi. Farz va nafila namozlarining savoblarini ham marhumlarga hamda tiriklarga bahshida qilish mumkin. Ibodatni qila turib, savobini boshqasiga niyat qilish joiz bo’lganidek, ibodatni o’zi uchun qilib keyin savobini boshqasiga hadiya qilish ham joizdir. Savob, hadiya qilinganlar orasida taqsimlanmasdan, har biriga butun butun yoziladi. Har qanday ibodatning savobi, Rasulullohning muborak ruhlariga ham jo’natilishi mumkin. Abdullah ibni Umar r.a., Rasululloh uchun Umra qilardi. Holbuki Rasululloh a.s.v. bunu vasiyat qilmagandilar. Ibni Sarroj, Rasululloh a.s.v. uchun o’n mingdan oshiq hatm qilishgan. Muborak ruhlari uchun qurbonlik qilishgan. Bu hadiyalar bilan darajasi va sharafi oshadi deyildi”.
Abdulhaqqi Dehlaviy hazratlari, forscha (Medarij un nubuvva) kitobida, ikkinchi jild, yuz o’ttiz ikkinchi sahifasida aytishadi ki: “Badr g’azosida, to’qqizyuzdan ortiq kofirlardan, yetmishtasi o’ldirilgan edi. Bulardan yigirma to’rttasi bir chuqurga tashlandi. Rasululloh a.s.v. uch kun keyin chuqur boshiga keldilar. Bir nechasining ismini aytib, “Rabbingizning va uning Rasulining bildirgan azoblariga qovushdingizmi? Men Rabbimning va'da qilgan zafariga qovushdim” deb buyurishdi. Umar r.a. bunu eshitib “Yo Rasululloh! Jonsiz o’liklarga nega gapirayapsiz?” dedilar. “So’zlarimni sizlar ulardan yaxshiroq eshituvchi emassiz, faqat ular javob bera olishmaydi” deb buyurishdi Payg’ambarimiz a.s.w.” Bu hadisi sharif, hadis olimlarining so’z birligi bilan bildirilmoqda. Bu hadisi sharif mayyitlarning xuddi tiriklarday eshitishlarini, faqat javob bera olmasliklarini ko’rsatib turibdi. (Muslimi Sharif)da bildirilgan bir hadisi sharifda: “Dafndan keiin jamo'at tarqalayatganida, mayyit bularning oyoq tovushlarini eshitadi” deb buyurilmoqda. Rasululloh a.s.v., Boqi' qabristonini ziyorat qilisharkan, u yerdagi mayyitlarga salom berib, ularga gapirishardi. Eshitmagan, tushunmagan kimsaga bir narsa gapiriladimi? Ma'nosiz gap bo’ladiyu unda.
Bu yerda ba'zi uquvchilarga kuyidagi savol tug’ilishi mumkin: Mayyit faqatgina Rasululloh a.s.v.ning so’zlarini eshitadi. Bu bulsa bir mo’'jizadir. Hammaning ham so’zini eshitadi deyish qanday bo’larkin?
Javob: Hadisi sharifda ochiq bildirilgan bir narsani chegaralash yoki boshqacha tushuntirish uchun, bu narsaning, ochiq bildirilganligi kabi, bo’lmasligini isbot qilish kerak bo’ladi. Allohu Ta'olo, mayyitga, quloqsiz tuyg’usiz, bizning faraz qilaolmaydigan bir tarzda eshitdirishi mumkin. Allohning qudratiga shubha qilgan odam o’sha zahotiyoq kofir buladi. Biz bo’lsak o’zimizning ojiz aqlimiz bilan ba'zan ba'zi bir narsalarni ihota qila olmasligimiz mumkin. Bu holda biz o’zimizcha fikr chiqarmasdan, o’zimizning ojizligimizni tan olishimiz ijob etadi.
Bu holda ba'zi birovlarda yana kuyidagi savol tug’ilishi mumkin: Fatir surasining o’ttiz beshinchi oyatida “Sen o’liklarga eshittira olmaysan. Sen qabrda bo’lganlarga xabar beruvchi emassan!” deb buyurilmoqda. Bu oyati karima oldida yuqoridagi hadisi sharif to’g’ri buladimi? Balkim hazrati Umarga r.a. payg’ambarimiz a.s.v. “yaxshiroq biluvchi” deyishganu, bizlarga bo’lsa xatolik bilan “yaxshiroq eshituvchi” ma'nosida rivoyat qilishgandir? Chunki o’liklar tiriklardan ko’ra qiyomat ishlarini "yaxshiroq biluvchilardir"??? [Bu savollar odatda bid'at firqalarining eng ko’p ahli sunnat val jamo'atga hujum qiladigan savollari, e'tibor bering ularning diniy ilmlari zaif emas faqatgina, ba'zi bir narsalarni o’zlarining tor qarashlari bilan ma'no berganliklari tufayli ihtiloflar kelib chiqmoqda]
Javob: Hazrati Umar “radiallohu ta'ola anh”dek ishonchli bir zotning bildirgan bir hadisi sharifda bir xato borligini hech bir musulmon faraz qila olmasa kerak, bunday farazni faqatgina Islom dushmanigina qilishi mumkin. Bu oyati karimada “Sen o’liklarga eshittira olmaysan. Sening ovozingni Allohu ta'olo eshittiradi” deb buyurilmoqda. Rasululloh a.s.v., Makka kofirlarining iymonga kelishlari uchun barcha harakatni qilishar edi. Biroq iyonga kelmaganlari uchun juda ko’p iztirob chekishardi. Bu oyati karima o’sha paytda nozil bo’ldi. “Sen uliklarga eshitdira olmaisan” demak, o’lik qalblarga, ya'ni kofirlarni iymonga keltira olmaysan demakdir. Kofirlarning badanlari qabrga, qalblari bo’lsa o’likka qiyoslanmoqda. Yana bir bor e'tibor bering: “Sen uliklarga eshitdira olmaisan. Sen kabrda bulganlarga habar beruvchi emassan!”.
Hadisi shariflar va Din ulamolarining kitoblari, mayyitlarning eshitishlarini va tushunishlarini ko’rsatib turibdi. Bu xabarlarga teskari boshqa bir xabar bildirilmadi. {Hurmatli musulmonlar, agar mana shu joyda sizda ba'zi bir tushunmovchiliklar bo’lsa, bu mavzuni yana ham ochiqroq oydinlatish mumkin!}
Anfal surasining o’n yettinchi oyatida “Kofirlargan otganlaringni sen otmading, ularni Allohu ta'olo otdi” deb buyurilmoqdadir. Bu oyati karimani xato tushunib, insonning qilgan ishlarini inson qilmaydi deyish, insondan bir narsa so’rashni joiz emasligini faraz qilish xatodir. Agar shunday bo’lganida edi, daraxt meva berdi, ovqat qornimni to’ydirdi, dori og’riqni to’xtatdi, tosh shishani sindirdi kabi jumlalar xato va gunoh bo’lgan bo’lardi. Bu so’zlar “Ushbu narsa shu ishning qilinishiga bir sabab bo’ldi” demakdir. Masalan tosh shishani sindirilishiga sabab bo’ldi ma'nosida aytilgan gapdir. Har narsani qilgan va yaratgan faqatgina Allohu Ta'olodir. Allohu Ta'olodan boshqa yaratuvchi yo’qdir. Inson bir narsani yaratdi deyish shirk bo’ladi. Faqat Allohu Ta'olo juda ko’p narsalarni yaratishda, insonlarni va maxluqlarni sabab qilgandir. Uning Odati shundaydir.
Bu oyati karimani Qodi Baydaviy r.t.a. hazratlari shunday tafsir qilishgan: “Yo Muhammad a.s.v.! Kofirlarga otgan usha bir hovuch tuproqni, ularning ko’zlariga sen olib bormading. Allohu ta'olo bu narsani ularning ko’zlariga olib bordi. Yoki Uhud g’azosida Ubayya ibni Halafga otganingni u kofirga sen otmading. Allohu ta'olo otdi”. (Husainii) va (Mazhariy) tafsirlarida aytiladiki, “Kasb etishi, istanilishi, va sabab bo’lishi nuqtai nazaridan, ishlarni inson qildi deiiladi. Yaratilish mohiyatidan bo’lsa, Alloh qildi deyiladi. {E’tibor bering mohiyatlarga, va bularni aralashtirmaslik kerak} Allohu ta'olo, “Dovud Jaludni o’ldirdi” deb buyurmoqda. Holbuki Muhammad a.s.v. ga, “Sen otmading, men otdim” deb buyurmoqda. Bu bilan, Muhammad a.s.v. ning darajalarining yuksakroq ekanligi bildirilayapti. {E'tibor beringlar, agar ikki oyatni qiyoslaydigan bo’lsak, bu Payg’ambarimizning a.s.v darajalarining yuksakligini bildirayapti}.
Niso surasining yetmish ikkinchi oyatida “Ey inson! Senga kelgan har yaxshilik, Allohu ta'oloning bir ehsoni, bir ne'mati bo’lib kelmoqda. Har dard va balo ham, yomonliklaringga qarshilik bo’lib kelmoqda. Hammasini yaratgan va jo’natgan Allohu Ta'olodir” deb buyurilmoqda. Allohu ta'olo, dardlarni, balolarni, gunohlarga jazo qilib, azob qilib jo’natmaydi. Balkim gunohlarning avf etilishi uchun bizlargi bir ehson va lutf qilib jo’natadi. {Ushbu zhoida ham tushunarsizlik bulsa, yanada oidinalish mumkin ushbu masalani}. Demakki ko’rilib turibdiki, Allohu ta'olo juda ko’p narsani sabablar bilan yaratmoqdadir. Sabablarga yopishish, sabablardan kutish, istash, Uning Odatlariga e'tikod qilish, Undan kutish, Undan istash ma'nosida bo’ladi. Payg’ambarimizdan a.s.v. Shafo'at so’rash ham, xuddiki tabibdan dori so’rash, bulutdan yomg’ir kutishdekdir. Bunday sabablarga yopishish Allohu Ta'ologa shirk bulmaydi. Uning Odatiga e'tiqod qilish, Unga itoat qilish bo’ladi. “Menga itoat qilishni istagan, Rasulimga itoat qilsin!” ma'nosidagi oyati karima juda mashhurdir.
Mu'tazila firqasi, shafo'at qilinishiga ishonmaidi. “Tog’larchalik ham gunohi bo’lganlarga, yaxshilar shafoat qiladi” bayti, shafoat bo’lishini bildirib turibdi.
Shartga bog’lik bo’lib Avliyoga bir narsani adoq qilish (ya'ni bir narsani atash) ham, o’zining, gunohlari ko’pligidan, Allohu ta'olo oldida o’zini yuzsiz bilib, Muborak bir zotni vasila qilib, Allohu ta'ologa yolvorish demakdir. Masalan: “Agar kasalim tuzalib ketsa, eki Alloh manga bir o’g’il ato qilsa, savobi Nakshbandiy hazratlariga bo’lish sharti bilan uch Yosin o’qiyman yoki bir qo’chqor so’yaman” degach, bunday tilaklarning qabul bo’lganligini juda ham ko’p shohidi bo’lganmiz, va haligacha insonlar Muborak ajdodlarimizning ruhi shariflaridan foydalanib kelishmoqdalar. Ya'ni bu yerda, Allohu Ta'olo uchun Qur’oni Karim o’qib yoki qo’chqor so’yib, savobi Nakshbandiy hazratlariga bag’ishlanayapti, va u hazratlarning shafoatlari bilan, Allohu ta'olo kasalga shifo berayapti, o’g’il ato etayapti, yoki boshqa bir balo qazo bo’lsa, o’sha balo qazoni daf qilayapti. Qo’chqorni mazorning boshida so’yish haromdir. Hech bir mazorning yonida so’yilmasligi kerak. Butlarga ibodat qiluvchilarning butlarning yonida so’yishiga o’xshamaslik kerak.
Ibni Obidin hazratlari, nafila namozlarini adoq qilib qilishni tushuntirar ekanlar, bildirgan bir hadisi sharifga ko’ra, bir tilak uchun adoq qilingan bir ibodat, u tilakni hosil qildirmaydi! Bu ibodat, o’sha tilakning hosil bo’lishi uchun qilinmaydi! Allohu Ta'olo o’sha ibodat tufayli yoki o’zining sevgan bir quliga qilingan bir yaxshilik, hayr tufayli, marhamat qilib o’sha tilakni qabul va ehson qiladi!
(Sharhi Maqasid)da aytiladiki: Islom ishonchiga ko’ra, ruh, badandan azhralgandan keyin, yangicha bir tushuncha, tiriklarning hollarini va bilhissa dunyodaligida tanigan kimsalarning hollarini tushunish quvvati hosil bo’lmoqdadir. Demakki shu tufayli Valilarning "qaddasallahu ta'ala asrarahumul 'aziz" qabrlarini ziyorat qilish va ularning muborak ruhlaridan istig’osa qilish, ya'ni yordam so’rash bilan, yaxshiliklarga qovushish va zararlardan qutilish nasib bulayotir.
Ruhning badandan ajralgandan keyin, badan bilan va badan mavjud bo’lgan tuproq bilan aloqasi bordir. Bir kimsa, bu tuproqni ziyorat qilib Valining ruhiga tavajjuh qilsa, ikkalasining ham ruhlari uchrashishadi va bir birlaridan foydalanishadi.
(Tafsiri Kabir)da aytiladiki: “Insonning ruhi, badandan ajhralib, dunyo aloqasidan qutulgach, malaklar olamiga, qudsiy maqomlarga ketadi. O’zida o’sha olamlarga maxsus quvvatlar hosil bo’ladi. Juda ko’p ish qila oladilar. Inson ustozini tushida ko’rib, bilmaganini so’rab o’rganishi mumkin masalan”. Fahruddini Roziy (Al matalib ul aliiya) kitobining o’n sakkizinchi faslida buyuradiki: “Ruhi kamolatga ergan, nafsi pok va ta'siri quvvatli bir Valining qabri yoniga kelib, bir muddat turib o’sha Vali tafakkur qilinsa, ruhi o’sha tuproqqa bog’lanadi. Mayyitning ruhi ham, shu tuproqqa bog’liq bo’lganligi uchun kelgan ziyoratchining ruhi bilan Valining ruhi uchrashishadi. Bu ikki ruh qarama qarshi ikki oynadek bo’lishadi. Har birida bo’lgan maorif, balog’at boshqasiga aks etadi, ta'sir etadi. Ikkisi ham foydalanishadi”. Olouddin Attor r.t.a. hazratlari buyurdilarki: “Mashoyihlarning qabrlarini ziyorat qilganlarga, ularni tushunish, va ularga bog’liqlik miqdorichalik foyda hosil bo’ladi. Ularning qabrlaridan juda ham ko’p foyda olinadi. Fakat ruhlariga bog’lanish, ya'niki robita qilish, yanada foydaliroqdir. Chunki uzoq yoki yaqin bo’lishning bundan bir ta'siri yo’qdir”. {Bu masalani ham yanada chukurrok eritish mumkin}
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.