PDA

View Full Version : For MUSLIMUZBEK


Islom Sof Holida
12-31-2002, 05:44 AM
Barcha Hamd Allohgadir! Biz u Zotga hamd aytamiz, Undan madad tilaymiz, istig'forlar so'raymiz! Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan panoh berishini o'tinamiz.Zero Alloh hidoyatga boshlagan insonni hech kim yo'ldan adashtira olmas va U adashtirgan kimsani endi hech kim hidoyatga yetaklay olmaydi. Allohdan o'zga ibodatga loyiq iloh yo'qligiga guvohlik beramizki U yolg'iz va sheriksiz Zotdir. Yana guvohlik beramizki Muhammad(sallallahu ’alayhi va sallam) Uning bandasi va rasulidir. U zotga, ahli-oilalariga, ashoblariga va ularga go'zal amallar bilan qiyomatga qadar ergashgan barcha mo'minlarga Allohning ko'pdan-ko'p saloti-salomi bo'lsin.
Amma ba'd (bundan so'ngra)
Aziz mo'min musulmon birodarlar Islom haqida sahih ma'lumotlarning yetishmasligi va uning sof holidan tashqariga chiqargan kimsalar, turli sabablar bilan islomga qarshi bo'lgan kimsalarning g’arazli propagandalari bilan, kitoblar, maqolalar chop etib Islom dinini shirkka bulg'ashmoqda. O’zbek va Rus tili matbuot olamida ushbu mavzuda doimiy ravishda turli shubhali maqolalar chiqib turibdi.
Bizning mujallamiz o'quvchiga barcha kerakli ma'lumotlarni yetkazib berish va yuqorida aytib o'tilgan shubhali, g'arazli ma'lumotlarni ilmiy ravishda qanchalik haqiqatga yaqinligini ochiqlab berishlarni Alloh oldida o'z vazifamiz deb bilamiz. Va ularni ushbu mavzular, bo'limlar ostida jamlaganmiz: Islom dini asoslari va arkonlari, o'lkamizda ko'pchilik rioya qilmayotgan ammo Islomning eng muhim ilmlaridan bo'lgan Tavhid ilmi bo'lib uni bilib buzgan kishi, yoki unga e’tibor bermagan kishi islomdan chiqib ketish xafvidadir, Quron suralari tarjimasi, Mashhur Muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Navaviy, Imom Alboniy va boshqa mashur muhaddislarning hadis kitoblaridan parchalar, Quron va Sahih Sunnatga mos musulmon aqidasi, ibodat turlari(namoz, ro'za, zakot, hajj), Siyrat-Tarix(payg'ambarimiz, uning sahobalari va ulardan keyin kelgan solix kishilarning tarixlari, islom tarixi, Movarounnahr va Turkiston islom tarixi)ga oid zamonamiz va undan oldin kelgan mashhur musulmon ulamolarining quron va sahih sunnatga mos maqolalaridan tanlab qo'yganmiz.
Bu maqolalarning ko'pchiligi "Movarounnahr - Tarjima va Nashriyot" guruhi tomonidan Arab, fors, turk, rus, ingliz va boshqa tillardan tarjima qilingan. Bundan tashqari o'zbek tilida yozadigan musulmon mualliflarining ilmiy-diniy maqolalari ham o'rin olgan. Shuning uchun ham mujallamiz ekskluziv bo'lib undan chiqadigan maqolalarni boshqa o'zbek manbalarida topish imkoni bo'lmagan muhim sahifalar o'rin topgan. Va ushbu maqolalarni oylik chiqadigan "Islom Sof Holida" mujalla-jurnalimiz orqali siz o'quvchiga muntazam ravishda taqdim etib turamiz inshaAlloh.
Allohdan ushbu mujallamiz musulmonlar uchun foydasi tegishini, undan istifoda qilishini va O'zining yo'lida xolis etmo'gini iltijo qilib qolamiz

TavhidMarkazi
12-31-2002, 05:45 AM
Da’vatimiz va Yo’limiz
1. Qur'oni Karim va Payg'ambarimizning sahih sunnatlariga qaytmoq va ularni bu ummatning salaflari(payg'ambarimiz sahobalari, tobe'inlar va ulardan keyin kelgan avlod) anglaganlari kabi anglamoq va hayotning har sohasiga Qur'on va Sunnatni hokim qilmoq.
Kim haq yo'lini aniq bilganidan keyin payg'ambarga xilof ish qilsa va mo'minlarning yo'llaridan boshqa yo'lga ergashib ketsa, Biz uni tanlagan yo’lida ketganicha qo'yib beramiz(qoldiramiz). So'ngra jahannamga doxil qilamiz. Naqadar yomon joydir u!
(Niso Surasi 4:115 oyat)
Endi agar ular sizlar iymon keltirgan narsalarga iymon keltirsalar haq yo'lni topibdilar. Agar yuz o'girsalar, u holda, shubhasiz, sizlarga nisbatan gina va adovatlari bordir.
(Baqarah surasi 2:137 oyat)

2. Musulmonlarning hayotiga kirgan shirkning har turidan tozalash. Va ularni aqidadagi va ibodatdagi munkar bid'atdan va har tashqaridan kirgan (bashariy) tushunchalar, falsafalardan ogohlantirish. Sunnatni zayif va mavdzu rivoyatlar (hadislar) dan tozalash. Chunki ular sof bo'lgan islomni buzmoqda va musulmonning rivojiga to'siq bo'lmoqtadir. Payg'ambarimiz (sallallahu ‘alayhi va sallam) ning ushbu hadisini shu o'rinda keltirib o'tamiz:
Bu ilm har bir asrning solih va haq kishilari tomonidan olib kelinadi, ular chegaradan chiqib ketganlarning kiritgan o'zgartirishlari, firibgarlarning qilgan bo'htonlari va ilmsizlarning xato tafsiridan uni tozalashadi.
(Sahih, Ibn ‘Adiy, Ibn Asakir, va Al-Xatiblar rivoyat etganlar)
va Alloh taoloning quyidagi farmoniga bo’ysunib:
Ey mo'minlar, Alloh buyurgan udumlarni buzishni, urush harom qilingan oyda jang qilishni, Alloh yo'lida hadya etilgan hayvonlarni o'ldirishni va ularga osib qo'yilgan hadyalik belgilarini uzib tashlashni hamda Parvardigorlaridan fazlu marhamat va rizolik tilab Baytul-Haromni (Ka'bani) maqsad qilib ketayotgan kishilarga qarshi (jang qilishni) halol qilib olmangiz! Ammo(ihromdan chiqib) halol bo'lgach, ov qilaveringiz. (Sizlarni Ka'badan to'sganlari sababli) biron qavmni yomon ko'rishingiz haddingizdan oshishingizga tortmasin.Yaxshilik va taqvo yo'lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo'lida hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo'rqingiz! Shubhasiz, Allohning azobi qattiqdir.
(Moida surasi 5:2 oyat)
3. Musulmonlarni haq din bilan tarbiya qilmoq va ularni uning qonunlariga amal qilmoqlikka chaqirmoq va Allohning rizosiga ulashmoq xususida kafil bo'lgan Islomning odob va fazilati ila bezanishga chaqirmoqki bu xislatlar ila Alohning rizoligiga va saodatiga erishish mumkin.
Quronda tasvirlangan adashishdan saqlanadigan guruh yo’lidan bormoq:
Albatta (barcha) inson ziyon - baxtsizlikdadir. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir -birlariga Haq(yo'li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yo'lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina(najot topguvchidirlar).
(Asr surasi 103:2-3 oyatlar)
Va Uning amriga ko'ra:
Biror odam uchun Alloh unga Kitob, Hikmat va payg'ambarlik berganidan so'ng odamlarga:"Allohga emas, menga ibodat qilinglar" deyishi joiz emas, balki ularga:"Allohning Kitobini odamlarga ta'lim berib va o'zingiz o'qib –o’rganib, yolg'iz Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar bo'linglar",(demog'i lozimdir).
(Al-Imron surasi 3:79 oyat)

4. Haq islomiy fikrlashni Quron Karim, Sahih Sunnat va ummatning salaflari yo'lida jonlantirish va mazhablar, jomoat, hizb (guruh) larni ko'rona tutish va ularga qo'shilishdan olib tashlash qaysikim ular ko'pchilik musulmonlarning fikrini chalg'itib ularni aniq va sof islomiy birodarlikdan uzoqlashtirmoqda.
Va barchangiz Allohning arqoniga (Qur'onga) bog'laningiz va bo'linmangiz! Hamda Allohning sizlarga bergan ne'matini eslang:bir-biringizga dushman bo'lgan paytlaringizda dillaringizni oshno qilib qo'ydi-yu, sizlar Uning ne'mati sabab birodarlarga aylandingiz. Va do'zax cho’xining yoqasida turgan edingiz, sizlarni undan xalos qildi. Haq yo'lni topishingiz uchun Alloh sizlarga O'z oyatlarini mana shunday bayon qiladi.
(Al-Imron surasi 3:103 oyat)

Va payg'ambarimiz (sallallahu ‘alayhi va sallam)ning aytganlaridek:
"Allohga ibodat qilguvchi va og'a-ini bo'lingizlar. (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari)

5. Hozirgi zamondagi butun muammolarga islomiy choralar taqdim etmoq va haqiqiy islomiy hayotni Rasululloh (sallallahu ‘alayhi va sallam) yo'lida qaytadan jonlantirishga intilmoq va yer yuzida Allohning hukmini tatbiq etishlik uchun bu jarayonni tasfiya va tarbiya orqali boshlash. Alloh taolo marhamat qilganidek:
Parvardigoro, ularning orasiga o'zlaridan bo'lgan, ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, Kitob va Hikmatni(Qur'on va Hadisni) o'rgatadigan va ularni poklaydigan bir payg'ambarni yubor! Shubhasiz, Sen qudrat va hikmat sohibisan".
(Baqarah surasi 2:129 oyat)
va Uning ushbu oyatini eslagan holda:
Bas(ey Muhammad sallallahu ‘alayhi va sallam , sizga mushriklar tomonidan yetayotgan ozor -aziyatlarga) sabr qiling - zero Allohning (O'z payg'ambari va mo'minlarga yordam berish va kofirlarni azoblash haqidagi) va'dasi haqdir! Endi agar Biz sizga o'sha (kofirlar)ga va'da qilayotganimiz (azob)dan ayrimlarini ko'rsatsak (ya'ni siz hayotlik paytingizda ularni ayrim azob-uqubatlarga duchor qilsak) ko'rarsiz yoki sizni( ularga azob tushirishimizdan ilgari) vafot topdirsak ham, u holda ular yolg'iz O'zimizga qaytarilurlar.
(G’afir surasi 40:77 oyat)

6. Shuning navbatida hammani sahih ilm va Islomni hayotda tatbiq qilishga
chaqirish, qaysikim u Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi vahiy bo’lib, shu bilan hayoti dunyoni tinch va osoyishta kechirib va kelgusi hayotda mangu baxtga erishish mumkin.

Ushbu bizning da'vatimiz, g'oyamizdir. Butun musulmonlarni bizga bunda yordamchi bo'lishga va bu burchni zimmamizda olib yurishga hamdard bo'lishlarini va sof Islomning dunyoning barcha burchaklariga tarqalishiga bizga qo'lbosh bo'lishiga chaqiramiz. Chunki mangu/boqiy bo'lgan Islomning yangidan yoyilishi uchun samimiy birodarlik tuyg'ulari, sof bir muhabbat bilan va eng muhimi Allohning yordami bilan bu g'oyani amalga oshirish ustimizdagi buyuk bir omonatdir.
Ular(munofiqlar):"Qasamki, agar Madinaga qaytsak, albatta kuchlilar kuchsizlarni undan quvib chiqarur", derlar. Holbuki, kuch-qudrat Allohniki, va Uning payg'ambariniki (Muhammad sallallahu ‘alayhi va sallam) , va mo'minlarnikidir. Lekin munofiqlar (buni) bilmaslar.
(Munafiqun surasi 63:8)

U(Alloh) O'z payg'ambarini hidoyat va haq din bilan - garchi mushriklar istamasalar-da - barcha dinlarga g'olib qilish uchun yuborgan zotdir.
(Saff surasi 61:9 oyat