View Full Version : Yaxshilar kambagal bolishi kerakmi?
Dilmuki
01-12-2003, 04:32 AM
:?: "Iza tavotiru aala ahadikum an nia'mu fal-yabki aala nafsihi fa qod salika g'ayra tariyqus-solihun", Ma'nosi budir: "Agar birortangizga boylik kelsa, bas, ul kishi o'z holiga yig'lasin. Chunki u yaxshi odamlar yo'lidan yurmayotgan ekan."
Agar inson umri davomida halol ishlab pul topsa, mayli savdogarlik qilsa ham (ustiga 10foizdan qoshib sotish halol hisoblanishini nazarga olgan holda), zakotni berib yashasa ham boyib ketishi mumkinku...
Lekin bu hadisni oqiganimda qandaydir qarama-qarshilikka duch keldim. Shunga Forum qatnashchilarini fikrini bilmoqchi edim...
Dilmuki
01-12-2003, 04:37 AM
Yana bitta topuvdim...
"Ya bani Adama! Iza raayta-l-g'ina muqbilan a'layka faqul zanbun a'jilatun uqubatuhu" Ma'nosi budir: "Ey Odam farzandi! Agar senga boylik kelayotganini sezsang, bilginki, azob-uqubati va jazosi naqd bo'lgan gunoh kelayotir." (Qudsiy hadisdan)
mujreem
01-12-2003, 06:29 AM
Assalamu Alaikum muhtaram Dilmuki,
Avvalambor sizning diqqatingizni bir boshqa narsaga qaratmoqchiman.
Agar har bir arabiy bilaman degan odam, Qur'oni Karimdan ma'no chiqarishga tushishsa, adashib teskari fikr chiqarishi, va to’g’ri yo’ldan chiqib qolishi hech gap emas. O’z dinini, iymonini zadalanganligini, balkim hatto kufrga aralashib qolganini tushunmasdan, o’zini to’g’ri musulmon hisoblab va boshqa to’g’ri yo’lda bo’lgan musulmonlarning sha'niga dog’ tushurishi ham mumkin.
...
Qur’oni Karimning ma'nosini tushunib bilish uchun, ilmi lug’at, ilmi matn, ilmi matni lug’at, ilmi badi', ilmi bayon, ilmi ma'oniy, ilmi balog’at, ilmi usuli tafsir, kabi turli ilmlarni yaxshi o’zlashtirish, sarf, nahv, mantiq, kabi yordamchi bilimlarda chuqurlashish, oyati karimalarning ma'noi zohirisi, ma'noi zimnisi, ma'noi murodisi, ma'noi iltizomisini va har bir oyati karimaning qachon, nima sabab bilan, va kimlar uchun nozil bo’lganligini, oyati karimalarning qaysi hadisi shariflar bilan va qanday izohlanishini yaxshi bilish lozimdir. Faqatgina shunday Islom Olimi Qur’oni Karimni tafsir qilishi mumkin. Ya'niki kalomi ilohiydan, murodi ilohiyni tushunishi mumkin. Bunday bilimlari bo’lmaganlar, Qur’oni Karimdan ma'no chiqarishga harakat qilishi, boshlang’ich sinf o’quvchisining Universitet talabalarining kitoblarini o’qishga, kimyoviy tajribalar o’tqazishga jazm qilishiga o’xshaydi. Bunday becharalarning qanchadan qanchasi to’g’ri yo’ldan adashib, o’z tajribalarining qurboni bo’lganligining juda ko’p shohidi bo’ldik.
Aslida bu qur'onni o'qib undan o'zlarining qisqa ko'rishlari bilan ma'no chiqaruvchilar haqida yozilgandir. Chunki qur'oni karim u kalomi ilohiy biz ba'zan o'zimizning ojiz aqlimiz bilan ba'zi bir narsalarni tushuna olmasligimiz bu oddiy holdir. Vu huddi shu gapni hadisi shariflar haqida ham aytishimiz mumkin. Hadis ilmi bu mo''tabar ilmlardan biridir, va uni olimlar yillar davomida o'rganishadi. Biz asl ma'nosini tushunishimiz uchun to'gridan to'g'ri hadis mutolaa qilishimiz noto'g'ri bo'lishi mumkin, chunki bir nuqta tushunmay qolib so'rasak yahshi, agar so'ramay o'zimizcha hulosa chiqarsak kufrgacha borib qolishimiz mumkin, ba'zan bizning nazarimizda qarama-qarshidek tuyulgan hadislarni o'qib bular haqida shubha qilsak, payg'ambarimizga ishonmagan bo'lamiz, unda aniq kufrga kirib qolgan bo'lamiz. Qur'oni Karimdan ku shubha qilishni Alloh a.j. ning o'zi asrasin.
Shu o'rinda bir nuqtaga diqqatingizni qaratmoqchiman, ahli sunnat val jama'at firqasi, ya'ni bu 4 buyuk imomning mazhabida bo'lganlar dinlarini mazhab imomlarining asarlaridan o'rganadilar, qiynalgan savollariga mazhab imomlarining yozuvlaridan javob izlaydilar. Chunki olimlar bu ishni bizlar uchun allaqachon qilib qo'yishgan, va qaysi joyda qaysi oyatdan yoki hadisdan foydalanib uni qanday tahlil qilishni ishoning ular biz va sizdan yahshiroq bilishgan. Bu hozirgi asosan juda ko'p tarqalgan buzuq bid'at firqalari, har bir so'zlarida qur'on va hadisga murojaat qilishadi, holbuki buyuk olimlarning ilmini pisand qilmay, o'zlarining bu ilmda biladiganday, xato tushunishlari ihtilof keltirib chiqarmoqda.
Shuning uchun qur'onni tarjimasini o'qiyatganda, va hadislarni o'qiyatganda juda ehtiyot bo'lishingiz talab qilinadi. Biz o'z ojizligimizni anglashimiz zarur. Bu ilmlarni tushuna olmasligimizni tan olishimiz kerak, shuning uchun olimlarning hadislarga bergan izohlari bizlar uchun ko'proq foydali bo'lishi mumkin.
Sizning savolingizga keladigan bo'lsak, haqiqatdan ba'zan ba'zi bir hadislarni tushunmay qolishimizning asosiy sabablari bu bizning qalbimizning haqiqatga haqiqatdan ham ochiq emasligi, hadisning qachon qanday hodisada aytilganligini, qaysi oyatning izohi ekanligi, va nima maqsadda aytilmaganligini bilmaganligimizdadir. Ba'zi bir hadislar boshqa bir hadislar orqai izohlanishi mumkin, ba'zi birlarining izohi uchun olimlar butun boshli kitoblar yozishadi.
Mening sizga tavsiyam, siz hadis o'qish bilan ilmingizni boyitishingizga ishonaman, lekin inson uchun ilmlar orasida farzi ayn bo'lgani bu diniy ilmni o'rganishidir. Diniy ilm bo'lsa birinchi navbatda fiqhni o'rganish bilan bo'ladi. Ya'ni ol'imlarning fatwolari va hukmlari. Ahir inson amallarning qanday to'g'ri qilinishini bilmay turib Sahihi Buhoriyni yodlab chiqqani bilan nima foyda? Hofizi qur'on bo'lgani bilan nima foyda? Albatta bu ilmlarni ham o'rganish kerak, faqat asosiy diqqatni fiqhga qaratish kerak. Chunki siz oyat va hadislardan, oddiygina tahorat yoki namozning sunnat, vojib, farzlari, buzuvchi amallari, makruh amallar, mandub amallar, odatlarini ishoning o'rgana olmaysiz. Qanday hollarda qanday namoz qilinishini (safar namozi, janoza namozi, jum'a namozi, bayram namozlari va h.k.) bila olmaysiz? Fiqh kitoblarida bo'lsa har bir amal juda yaxshi izohlab berilgan. Sizning asosiy vazivangiz diningizni o'rganish. Din bo'lsa olimlarning kitobidan o'rganiladi. [Faqat xato tushunmang men bu gapim bilan zinhor qur'oni karim yoki hadisi sharif shaniga dog' tushurmoqchi emasman, qaytaga ularning bizning zehnimiz uchun bir daraja ustunligini ta'kidlab o'tayapman, agar savollaringiz tug'ilib qoladigan bo'lsa bemalol murojaat qilishingiz mumkin, asadzade@netscape.net]
mujreem
01-13-2003, 02:42 AM
i'll answer to yor question, but a little later
LYUDOED
01-13-2003, 05:13 AM
:?: "Iza tavotiru aala ahadikum an nia'mu fal-yabki aala nafsihi fa qod salika g'ayra tariyqus-solihun", Ma'nosi budir: "Agar birortangizga boylik kelsa, bas, ul kishi o'z holiga yig'lasin. Chunki u yaxshi odamlar yo'lidan yurmayotgan ekan."
Agar inson umri davomida halol ishlab pul topsa, mayli savdogarlik qilsa ham (ustiga 10foizdan qoshib sotish halol hisoblanishini nazarga olgan holda), zakotni berib yashasa ham boyib ketishi mumkinku...
Lekin bu hadisni oqiganimda qandaydir qarama-qarshilikka duch keldim. Shunga Forum qatnashchilarini fikrini bilmoqchi edim...
Qiziq Odam ekansiz :D Qoyil Qolmadim sizga :-(
Piligrim
01-17-2003, 06:47 AM
Ñàëîì Õàëê
Ìàíè áèòòà ôèêð êèéíèäè ìèíã óéëàñàì õàìîõèðèãà åòîëìèìàí øóíèíã îõèðè ñèëàðãà õàâîëà êèëèøãà êàðîð êèëäèì.Åøèòãàí áóëñàíãëàð Õàð êàíäàé êîòòà áîéëèêíè òàãèäà æèíîÿò ¸òàäè äåãàí èáîðà áîð øóíãà íèìà äåéñèëàð ôèêðëàðèíãíè êóòèï êîëàìàí.Îäèíîêèé Ïèëèãðèì!
Iqbol
01-17-2003, 04:05 PM
Salom, Dostlar.
Dilmurod, siz savolingizga javob olish yoki yorqinroq bolishi uchun, sahobalarni hayotiga nazar solsangiz, yordam beradi dep umid qilaman.
Men dalillar keltirip javob bera olmayman, va bunday savollarga javob berish uchun astoydil o'tirib javob berish kerak.
Lekin qisqacha bir ikkita fikr va misol keltirmoqchi edim.
Hadislarni sharhini olimlardan soraylikda,
balki bu yerda boylikka qarshi sizni ogohlantirayotgani, bu sizni boylik olip keladigan hulqingizdagi yomon o'zgarishlarga, kibrga, boshqalarni nazar pisand qilmay qoymaslikka, va boylikni isrof qilip noto'gri yo'llarga kirip ketishlikka qarshi ogohlantiryotgan bolishi mumkin. Chunki, albatta boylik kelishi bilan, bunday sifatlarni o'zizga amal qilsangiz, unda haqiqatdan ham holingizga voy bo'ladi. Zotan, Qorun tillasi kopayip shu darajada boyip ketadiki u shirkka yuzlanadi, va uning qismati haligacha hammamizga o'rnakdir.
Lekin, buning ziddi o'laroq, Alloh bergan boylikni, Allohning yo'lida yahshi yo'llarga, halqning farovonchligi yo'lida, ehsonlarda ishlatsangiz, albatta bu orqali Hudo sizga yuqori darajalar beradi.
Va islom dini bu insonning eng kichik ehtiyoj va tuygularigacha qamrap oladi demak, insonda ishlap chiqarish sifati, boylik topish sifati bor, hech qachon buning teskarisini buyurmaydi, balki faqat, hammasini o'z yo'lida bo'lishini va eng chiroyli sifatda qilinishini ko'rsatadi. Zotan, musulmonlar boylikda va farovonlikda ham birincho o'rinda bo'lishi kerak dunyoda.
Zotan, agar qarap boqsangiz, Paygambarimiz tirikligida jannatga kirishi bashorat qilingan o'nta sahobadan ko'pchiligi boy insonlar bo'lganlar. Hattoki, Abdurrahmon ibn Avf hazratlari shunday boy bo'lganlarki, bir kuni Madinaga kirip kelgan yetti yuzta tuya molini hammasini halqqqa sadaqa qilip yuborganlar.
Qancha molini kop sadaqa qilmasin, Alloh shuncha barakasini berip, boyip ketavergan.
Alloh kimni boylik bilan imtihon qiladi, kimni esa kambagallik bilan.
Har qanday holatda ham O'zi to'gri yo'lidan adashtirmasin.
Hurmatlar bilan...
Chichikov
06-03-2007, 02:04 PM
Juda ham qiziqarli savol.....bu thread Din va Madaniyat bo'limida bo'lishi kerak-ku...lekin savol juda qiziq....
Royal
06-03-2007, 02:09 PM
Boylik/Baht/Omad bu osha Insonni yahshiliga bolgan Olloh tuhfasidir...
Chichikov
06-03-2007, 02:13 PM
Boylik/Baht/Omad bu osha Insonni yahshiliga bolgan Olloh tuhfasidir... Balkim shaitondandir? Asoslang va qo'yilgan javobga savol bering. Biz hammamiz o'zimizni fikrimizni aytishga ustamiz.
Mr. Putin
06-03-2007, 02:29 PM
Balkim shaitondandir?
Gapirishdan oldin sal oylash kerak. Hech nima prosto tak shaytondan bolmaydi.
Yahshilik ham yomonlik ham Allohdan deb qaraladi bizni dinimizda. Yani yahshilik sinov va mukofot darajasida va yomonlik sinov va jazo darajasida bolishi mumkin.
Shaytondon hech nima prosto tak bolmaydi. U faqat bizni vasvasa qila oladi, lekin ohirigi resheniyani ozimiz qabul qilamiz va shuning uchun ozimiz javob beramiz ohiratda. Shaytonni krayni qila olmidi hech kim u kunda. Agar shayton nimadir qila olganida bu dunyoda yahshi odam qolmasidi. Yoki bolmasa yuborilgan paygambarlar hammani togri yolga kirita olganda, hech kim bu dunyoda yomon bolip qolmasdi. Paygambalar togri yolni korsatishgan, shayton esa aksini. odamni qaysi bir yolga ketishi Allohni ilmidadir.
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.