View Full Version : ISBOT
meritocrat
01-24-2003, 10:00 PM
Har qanday N natural soni uchun , faqat 0 va 1 raqamlaridan tashkil topgan shunday M soni mavjudki, M soni N ga qoldiqsiz bulinadi.
Isbotlang.
Pythagor
07-04-2005, 06:07 PM
Har qanday N natural soni uchun , faqat 0 va 1 raqamlaridan tashkil topgan shunday M soni mavjudki, M soni N ga qoldiqsiz bulinadi.
Isbotlang.
M=10N ;)
maradona
07-05-2005, 04:12 AM
M=10N ;)
Siz bu javobiz bilan savol bergan odamni axmoqqa chiqarib tashlabsizku....
Aslida esa :
Hurmatli Pythagor "Odamga ozgina farosat kerakda" : N=2 da M=20 bulayabdi yu :lool:
Masala shartni tushunish kerak javob berishdan oldin :lool:
M soni faqat 1 va 0 dan iborat bulsin deylayabdi :lool:
sizni M soningiz N va 0 dan iborat bulib qoladi :lool:
P.S.:"Odamga ozgina farosat kerakda" (Pythagor janoblarini gaplaridan kuchirilgan)
Pythagor
07-05-2005, 07:36 AM
Har qanday N natural soni uchun , faqat 0 va 1 raqamlaridan tashkil topgan shunday M soni mavjudki, M soni N ga qoldiqsiz bulinadi.
Isbotlang.
M=10N ;) uzr xato uchun, masalani shartini chala tushunibman, sheklli. Kigin qararman, lekin yaxshi masala.;)
Masalani boshqacha qo'ysak, har bir N natural son uchun shunday K natural son topish kerakki, N*K (aytaylik M), faqat 0 v 1 lardan tashkil topgan bo'lsin.
Primitiv hollarda ba'zi bir misollarni qarab chiqsa boladi:
N=2: K=5, M=2*5=10
N=3: K=37, M=3*37=111
N=4: K=25, M=4*25=100
N=6: K=185, M=6*185=1110
N=7: K=143, M=7*143=1001
Ishqilib K sonni qanday qilib yasash kerakligini topish kerak.
Bu yog'ini hali o'lab kormadim :)
Masalani ko'rinishi original holda quyidagicha boladi:
Har bir N uchun shunday t va [j1,...j(t-1)] topish lozimki quidagi summa N ga qoldiqsig bo'linishi kerak:
M=10^t + Summa (i=0 dan t-1 gacha) j(i)*10^i
Bu erda j(i) 0 yoki 1 dan iborat.
Summa (i=0 dan t gacha) 10^i ba'zi a'zolarisiz Nga qoldiqsiz bo'linadi.
Delf.
MasxaraboZ
08-11-2005, 02:41 PM
Masalani boshqacha qo'ysak, har bir N natural son uchun shunday K natural son topish kerakki, N*K (aytaylik M), faqat 0 v 1 lardan tashkil topgan bo'lsin.
Primitiv hollarda ba'zi bir misollarni qarab chiqsa boladi:
N=2: K=5, M=2*5=10
N=3: K=37, M=3*37=111
N=4: K=25, M=4*25=100
N=5: K=20, M=5*20=100
N=6: K=185, M=6*185=1110
N=7: K=143, M=7*143=1001
Ishqilib K sonni qanday qilib yasash kerakligini topish kerak.
Bu yog'ini hali o'lab kormadim :)
Delf.
K soni topilishini isbotlash yetarli, quyilgan masala biroz osonlashgandek..lekin...;)
Delf qani yana o'ylab kurdingizmi ;)
Umar Hayom
08-21-2005, 08:08 AM
Menimcha masala hato, chunki N=15 soni uchun unday son topib bulmaydi.:cool:
Wolfman
08-21-2005, 08:17 AM
topsa bo'ladi:
N= 15, K= 74; N*K= 1110
Stan
Menimcha masala hato, chunki N=15 soni uchun unday son topib bulmaydi.:cool:
MasxaraboZ
08-21-2005, 08:20 AM
Menimcha masala hato, chunki N=15 soni uchun unday son topib bulmaydi.:cool:
N=15 uchun nima topilmaydi ????
N=15 da M soni :1110,11100,111000,1110000,10110 va hakoza shu shonlarni hammasi 15 ga bulinadi
demak K ham topiladi
Maslan : N=15 da K=74 desak M= 1110
sal uylab javob bering...
bir vaqtni uzida ham 3 ga ham 5 ga bulinadigan son topiladiku: raqamlar (endi bu yerda albatta raqamlar 1 sonidan iborat) yigindisi uchga bulinsa,oxirgi raqami 0 bulsa (bu yerda 5 bula olmaydi) son 15 ga bulinadi...
Umar Hayom
08-21-2005, 08:44 AM
Uzr.
Hato ekanligini uzim ham anglagan edim, to yozganimcha javob berib ulguribsizlar.
Yana bir bor uzr.
MasxaraboZ
08-21-2005, 09:43 AM
Men masalani isbotladim ;)
"forumda matemetikman degan"larni barchasi kelib ,"Men shu masalani yecholmagandim,sizga shahar berdim..." desa men masalani isbotini aytaman ;)
Akhee-Abdullah
08-22-2005, 07:59 AM
Men masalani isbotladim ;)
"forumda matemetikman degan"larni barchasi kelib ,"Men shu masalani yecholmagandim,sizga shahar berdim..." desa men masalani isbotini aytaman ;)
Shahar berdik Taqsir, qani bir sayrab beringchi..sabr kosasi limmo lim tuldiyu taqsir 01-25-2003, 07:00 AM dan beri!!
Pythagor
03-09-2006, 09:11 PM
Euler funksiyasi (http://algolist.manual.ru/maths/count_fast/phi_n.php) va Euler Theoremasi (http://mathworld.wolfram.com/EulersTotientTheorem.html)
Pythagor
03-10-2006, 07:33 PM
Ooo orqa partadagilar, silargayam tushunarli bo'ldimi?
Royal
03-10-2006, 08:13 PM
Ooo orqa partadagilar, silargayam tushunarli bo'ldimi?osha qogozizni bir chetidan bir parcha yirtip berasmi ?
Pythagor
03-10-2006, 08:57 PM
osha qogozizni bir chetidan bir parcha yirtip berasmi ?Qiyin ahvolga tushibsizu a, karton qog'oz u, yomon qiladi lekin ,... :lool:
migrant
03-13-2006, 11:41 AM
i ning i inchi darajasi qanaqa son i^(i)
real yoki non real ???
I= SQ(-1)
Mahmud
03-13-2006, 02:01 PM
i ning i inchi darajasi qanaqa son i^(i)
real yoki non real ???
I= SQ(-1)
musbat haqiqiy son :)
ps: savol tekshiruv tarzida berilgani uchun batafsil javobni o'zingizdan kutamiz.
pps:Agar savolda "real yoki non real ???" qismi bo'lmaganda javobni yozish mumkin edi.
Salomat bo'ling!:)
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.