PDA

View Full Version : 14 Fevral-sevishganlar kuni


adiba
02-13-2003, 02:36 AM
Garchand bu ayyomni bizning milliy madaniyatimizga aloqasi yo'q deb hisoblasakda, bu kun butun dunyo yoshlari qatori o'zbek yigit-qizlari orasida ham ramziy sana-sevishganlar kuni sifatida bayram qilinadi. Shu bahona ko'pchilik dil dardini aytvoladi, gullar, shirin so'zlar hadya etadi. Zora bu gaplar ta'siridan qand fabrikasi emas, ;) ko'ngillar erisa...



Kiprigingning uchlarini o'par osmon,
Qoshlaringni, sochlaringni o'par osmon,
Men sig'magan bag'ringdan joy topar osmon,
Menga bir dona xolingni asrab qo'ygin.

Dunyo tutdi sharob to'la ikki sopol,
Birisi bol bo'lsa, biri bo'ldi zavol.
Ming bir kecha quchog'ida ming bir xayol.
Eng pokiza xayolingni asrab qo'ygin.


Osmonga ne, asli sen deb kuygan o'zim,
Kulgularing jarangini tuygan o'zim.
Yuzin bosib jonin bergan, so'ngan o'zim,
Yuzingdagi hilolingni asrab qo'ygin.

Seni suyib oqarmadi garchi kosam,
Men tunlarning tegrasida ichdim qasam:
Armonim yo'q labim qo'yib o'lib qolsam-
Labingdagi zilolingni asrab qo'ygin.. :loveyes:

adiba
02-13-2003, 04:45 AM
Mayliga, kopi qilib yetkazib qo'yaman dil izhorizni :P ,
Manovi she'rniyam aytingda unga , sizga o'xshagan bir bo'z yigit yozgan bir zamonla :P


Men sizni sog'indim, sog'indim yomon,
Sizni deganim rost, sevganim ham rost.
Goho keng, gohi tor bu kam dunyodan
Dunyo topilgay, sizdek zebo topilmas.

Kaftlarim chokida ismingiz mastur,
Qarog'im tubida husningiz mahzun.
Xazonlar yaproqqa aylanib qolur-
Siz meni sevgan kun, Sizsiz degan kun.

Yuragim ikki band, ikki dengizdir,
Qayg'usi bir tomon, sevinch bir tomon.
Husnu chiroyingiz yerda tengsizdir,
Hilolga termulib sizni ko'raman.

Bir kun ko'kka qarab o'qidim ash'or,
Ko'ksimga to'kildi necha bir yulduz.
Sizni ko'zim yumib o'pgim, quchgim bor-
Sevgimni quchoqlab, uxlab yotgan qiz.

Asadbek
02-13-2003, 05:22 AM
Yeeeeeeeeeee Adiba, borakansizu :-)
zur she'r ekan, oooxirgi ikki misrasi yoqdi juda :-)

Sizni ko'zim yumib o'pgim, quchgim bor-
Sevgimni quchoqlab, uxlab yotgan qiz.


http://www.htwm.de/truziboy/tabiat1.jpg

Hasanali
02-13-2003, 05:59 AM
Ey bor ekansilaru uzi anchadan beri lirik chekinish qilib hech kim sher yozmay quygan edi...bo'lar ekanu....
Tongga yaqin shirin uyqudan
Uyg'otadi bezovta yurak
Tutqazadi qulimga qalam
Yozgin deydi yozmog'ing kerak
Qay mavzuga uray deb qalam
Ming uy kelar xayollarimga...
Qaysar yurak hech javob bermas
qancha qancha savollarimga...
shunda kelib ilhom parisi
Ishq dardini anglatib ketdi
Endigina bitgan yaramni
Yangiladi, yig'latib ketadi...

ha sevgi mavzusi o'lmasin qani ko'proq bo'lsin sherlardan.....
:loveyes: barchangizni sevishganlar bayrami bilan chin qalbdan tabriklayman...barchangizga sevish va sevilishdek oliy tuyg'u nasib etsin.....

Hasanali
02-13-2003, 06:22 AM
Yana sher....ilhom kelib ketdi shekilli sher aytishga.. Salim Ashurdan.... :arrow:

Sizni sog'inib....
Uyg'onib ketaman yarim kechasi
Yulduzlar uyg'onar ko'z ochar o'lim
Sizni qumsamayman lekin negadir,
Sochingizni qo'msab yulqinar qo'lim...

Uyg'onib ketaman yarim kechasi
Tars-tars yoriladi tashna tomog'im,
Sizga borgim kelmas lekin negadir
Ko'changizni izlab ketar oyog'im...

Uyg'onib ketaman yarim kechasi
Tun,aflok jonimga bermagay to'zim,
Sizni ko'rgim kelmas lekin negadir
Bir ko'ray deb yum-yum yig'laydir ko'zim...

Uyg'onib ketaman yarim kechasi
O'z dilim o'zimga o'tkazar zulm
Mening aytgim kelmas lekin negadir
Ismingizga do'nib borgaydir tilim..

Qovjirab-qovjirab qulog'im yonar
To'g'onday buzilib ketar lablarim
Siz g'oyat baxtdorsiz meni unitib,
Sizga eshitilmas yolg'on so'zlarim

Uyg'onib ketaman yarim kechasi
Burkanib shuhratu shonu-sharafga,
Menga kerakmassiz...sizni sog'inib...
To'rt mucham ketadi to'rtta tarafga....

It hurts when we love somebody because loving is a painful thing that is it's nature...Today even though we are not sure that the pain will pass it has to be said that our loving is hurting us...

P.S But don't be afraid of loving 'cause the pain is pleasant and it hurts pleasantly......with best wishes... :P :P :P

shoyir
02-13-2003, 07:47 AM
Obbo birodarim Asqarbek, tuppa-tuzuk shoyir ekansizu... : :shock:
Mayli bu bayramning bizga qanaqa bog&liqligi hech ham qiziq emas ,balki sevgining borligi o&zi bir mo&jiza emasmi....Yoxud:,,,,

Nazokatni qaydan olgan kapalak
G&villab nelarni so&laydi kaptar
Nimaning tasviri ayting kamalak
Sevgi deganlari yo&q bo&lsa agar....

Ne bois qizarib ketdi atirgul
Nasimlar nelardan keltirdi xabar
Kimning qiynog&da to&lg&nar sunbul
Sevgi deganlari yo&q bo&lsa agar...
deb yozgandi bir okaxonimiz
Hurmatli xonimlar va janoblar. Olloh tomonida insonga ato etilgan go&zal tuyg& sevgi haqida bitilgan ajoyib misralardan o&rtoqlashsalaringiz ajoyib ish bo&lardi-da

Qurbonoy
02-13-2003, 10:27 AM
Muhabbat haqida shuncha uylandim bir shirin suz yozay deb, afsus hech narsa yoza olmadim. CHunki meni mazur tutinglar azizlarim. Muhabbat bir kunlik hayu-havas emas bu bir muqaddas tuygu, uni asramoq avvaylash kerak toki bir umr sunmasin. Sizlarga tilagim sevgilalar kuni bir umr sizning hayotingizni tark qilmasin!!! :( :( :(

Maftuna
02-13-2003, 10:43 AM
Sevgilim, tushimga kirmangiz endi,
Halovatlarimni olib qo'yasiz.
Ko'zimga yashirib suratingizni,
Ko'ksimga ismingiz solib qo'yasiz.

Sevgilim, tushimga kirmangiz endi,
Yuragim sog'inchdan qovjirab qoldi.
Ko'zlarim qaygadir tentirab ketdi,
She'rim-mast, qalamim aljirab qoldi .

Sevgilim, tushimga kirmangiz endi,
Honamning yuragi hapqirib ketdi.
Qovurg'asi sinib qoldi ko'rpamning,
Bolishim hayoli sochilib ketdi.

Sevgilim, tushimga kirmangiz endi,
Siz kirmagan tushim qolmadi hisob.
Sog'inaman Sizni tushimda ko'rib,
Tushimga kirmagan kuningiz azob.

__________________________________________________ _____
Sevishganlar kunida sevganingiz ko'z oldingizda bo'lishini tilayman. Seving, sevimli bo'ling. :heart:

Maftuna.

Alouddin
02-13-2003, 01:04 PM
Garchand bu ayyomni bizning milliy madaniyatimizga aloqasi yo'q deb hisoblasakda, bu kun butun dunyo yoshlari qatori o'zbek yigit-qizlari orasida ham ramziy sana-sevishganlar kuni sifatida bayram qilinadi.

Salom H. aka Adiba,

uzr, pain in the ass bo'moqchimasmanu, lekin shu bayram dunyo yoshlari qatori o'zbek yigit-qizlari orasida ham ramziy sana-sevishganlar kuni sifatida bayram... qilinishiga qancha bo'lgan? aytaylik, yuz yil bormi? :| shunchaki qiziqayotirmanda... :dead3d: 21.5 yoshga kirgan o'zbek yigit bola turib shu bayram "o'zbek yigit-qizlari orasida ham ramziy sevishganlar sifatida" bayram qilishlaridan benasib qolib ketibmanmi... :questioned:

balkim bunaqa narsalar bizzi o'zbek yigit-qizlariga umuman kerakmasdir?.. :puppydogeyes:

shunchaki hayollar, Observer

Tank
02-13-2003, 02:16 PM
Syraiman osmonimdan
Syraiman uragimdan
Bahtier kyvonchim qaida bor
Bahtier kynlarim qaida bor
Izlaiman ymyrbod

Baht iuroqlardamisan
E yakinlardamisan
Bogy toglar ortidamisan
Eki tany jonimdamisan
Baht qaidadir borsan

XSpider
02-23-2003, 04:11 PM
Muhabbat haqida shuncha uylandim bir shirin suz yozay deb, afsus hech narsa yoza olmadim. CHunki meni mazur tutinglar azizlarim. Muhabbat bir kunlik hayu-havas emas bu bir muqaddas tuygu, uni asramoq avvaylash kerak toki bir umr sunmasin. Sizlarga tilagim sevgilalar kuni bir umr sizning hayotingizni tark qilmasin!!! :( :( :(

Qurbonoy
bu chiroyli suzlarham uz urnini topadi albata
lekin yuragida sevgisi bor inson hechham kunni kundimay utadi !!!

Qurbonoy
02-24-2003, 01:36 PM
Prince uk istardimki, har sevishgan yoshni har kuni bayram bulsin, shodlik bulsin!

XSpider
02-24-2003, 05:02 PM
Prince uk istardimki, har sevishgan yoshni har kuni bayram bulsin, shodlik bulsin!

eeh Qurbonoy
shu bir husni jamolini kurishni uzi bir bayramdek , lekin juda mushkulde , vaziyat yulqumeydi . :(
vo shodliksari hama harakatlar deb uyleman , eeeeeeh :P
yuq deb kursinchi oysi ?

salom_alik
12-08-2007, 11:59 PM
O'TINCH

Yurakni majburalb sevib bo'lsaydi,
Mening so'zlarimga ko'nsaydi qalbim.
Ko'ngilga hushomad qilib bo'lmaydi,
Netay bir gulni jonimdan suydim.

Sevgi gulzorida gullar bepoyon,
Yaqinglashsang bari tikonin sanchar.
Tog'larning erkasi loladekir qiz,
Doimo men tomon intilib yashar.

Iboli hayoli masum farishta,
O'zifa yarashgan kamon qoshlari.
Meni shaydo qildi bir bor qarashda,
Sevgimning timsoli uzun sochlari.

Sevgimni aytmadim bir yurak yutib,
Termulib yashayman qaro ko'ziga.
Bu shirin jonimdan ketardim kechib,
Samimiy ma'noli bitta so'ziga

Ko'zlarimosmonga termulib qoldi,
O'ylarim tugamas uni o'ylasam,
Yo'liga termulib ko'zlarim toldi
Kelin tanlash bilan ovvora onam

Mening so'zlarimga ko'nsaydi qallbim,
Men uni bundan ham ko'proz sevardim.
Mening so'zlarimga konsaydi onam,
Men faqat shu gulni suygan bo'lardim.

Kongilga xushomad qilib bo'lmaydi,
Men undan roziman xushomadsiz ham.
Ko'ngil sariyida men sulton bo'lay,
U mening sevimli go'zal malikam.

Netay faqatgina shu gulni suydim.
Shu gulni asradim yurak tubida,
Sevib bir narsani tushunib yetdim.
Yurakni majburlab sevish befoyda!

salom_alik
12-09-2007, 12:02 AM
BEVAFO DO'STIMDAN
Bevafo do'stimdan yuragim yaxshi,
G'ing demay jimgina dardim tinglaydi.
Bevafo do'stimdan yuragim yaxshi,
Tunlari meningdek kuyub yig'laydi

Bevafo do'stimdan g'ubor yaxshidir
Hayotda salgina o'rni bor uning
Bevafo do'stimdan kapalak yaxshi,
Dunyoda tuganmas dardi bor uning

Bevafo do'stimdan tuproq yaxshidir,
Sog'ingan chog'imda ko'zimga surtay.
Bevafo do'stimdan ko'p bora kuydim,
Brinchi sevgimni qanday unitay.

Do'st nimaga kerak boshimga balo,
Nafim tegsa bo'ldi unga shu kerak
Hasad bilan boqqan mingta do'stimdan
Menga qadrliroq bitta kapalak

Gina saqlamayman gudratim yo'qdir
Kerakmas menga u soxta do'stim ham
Eng yaqin ulfatim shu oppoq qog'oz
Eng yaqin do'stim ham shu qora qalam

salom_alik
12-09-2007, 12:03 AM
SIZDAN O’ZGASINI SEVGIM KELMAYDI

Sizni boshqasiga bergim kelmaydi,
Osmon yulduzini qizg’onganidek.
Sizdan o’zgasini sevgim kelmaydi,
Xuddi bu jon tandan chiqib ketgudek.

salom_alik
12-09-2007, 12:04 AM
Men Sizni she'rimda kuylamay qo'ydim,
Ismingiz o'chirdim xattoki dildan.
Sevgimga men o'zim bir qabr o'ydim,
Kafanlik so'radim boychechak guldan.

Men sizni tunlari o'ylamay qo'ydim,
Xattoki o'sha tun bedor o'tsa ham.
Bevafo dunyoda qon yutib to'ydim,
Chunki bu yurakka to'lgan edi g'am.

Men Sizga hayolan so'ylamay qo'ydim,
She'rimni o'zgaga atadim butkul.
Ne bo'lsa barini taqdirga yo'ydim,
O'zimni, xattoki sevgimni tugul...

salom_alik
12-09-2007, 12:05 AM
Birorta qiz ne uchun yigitlardek bo'lolmas?
U ham sevaru lekin dil izhorin qilolmas.
Agar chindan sevsa qiz nedir qilmog'i kerak,
Bu tuyguni shubhasiz yigit bilmog'i kerak.

salom_alik
12-09-2007, 12:08 AM
Qoshlaringni, sanam, qoqishing,
Ishva bilan nozli boqishing,
Oh, o’ldirdi bu hijron, azob,
Bilasan-a, menga yoqishing?
Bog’larimda bulbul sayraydi,
Sizni ko’rsam ko’nglim yayraydi.
Hamma bizga hayron qaraydi,
Bilasan-a, menga yoqishing?

Sen Zuhrosan, men Tohir,
Sevgimiz umrbod bo’lmasin ohir.
Sen ham menga qaragin, ahir,
Bilasan-a, menga yoqishing?

salom_alik
12-09-2007, 12:09 AM
Agar meni aldasa hayot,
Orzularim qilsalar barbod,
Yuz o’girsa do’stlarim hayhot,
Sevasizmi shunda ham ayting?

Zaiflashsa ruhi zabonim,
Olloh olsa yoki zabonim,
Topilmasa bir mehribonim,
Sevasizmi shunda ham ayting?

Fojeaga duch kelib qolsam,
Ko’zlarimdan ayrilib qolsam,
Nogironlik nomini olsam,
Sevasizmi shunda ham ayting

salom_alik
12-09-2007, 12:10 AM
-------------
O’tib qolsa ko’chadan
sallona qadam tashlab.
Bu sho’x ko’zim darchadan
nigoh tashlar o’y boshlab.
--------------
Befavoni jabridan,
Tishlab qoldim tilimni.
Bilganimda avvalroq,
Baxsh etardim o`zimni

--------------
Sevmang boylikni, Sevmang chiroyni
Seving haqiqiy, oddiy insonni.
Yurak tosh emas, Suv qon emas
Qiz bola sevsa, Bu ayb emas.
--------------
Bir ko`rsam quvonaman,
T?z orada boraman,
S?ni o`ylab yonaman,
Olisdagi s?vgilim.

--------------

ulugbekTR
12-09-2007, 03:45 AM
sevelim sevişelim bu dunya kimseye kalmaz

Black
12-10-2007, 07:42 AM
Bu bayram (???) kofirlarniki ekanligiga shubha qiluvchilar hali ham bormi? Zamondan orqada qolib ketibsizlar o'rtoqlar.