PDA

View Full Version : Sumalak! Bir yilda bir kelar mehmonim, sogindim seni!

MUHLIS
02-15-2003, 06:49 PM
Birodarlar, hozir yurtimizda sumalaklar pishirishni boshlashgandir a?
Men rasa sogindim sumalakni.....sumalak kayanatib, kozon kavlab, uzun kecha boyi sinfdosh kizni uzun kipriklariga termulib otirishni sogindim.......Barcha kandoshlar yigilib, jam bolib kizgin suhbat kurgan sumalak kechalarini kumsadim...Sumalakning totli ta'mini kumsadim....
Sizchi?

Alouddin
02-15-2003, 06:59 PM
taqsiri a'zam,

o'zi olti oydan buyon palovhonto'rani sog'inib yurganimda shu gappi yozib bekor qildizda :D men buvam qibergan oshlardi eslasam hapa bo'liiiiib, hapa bo'pketip qolyappan :D

ha mayli, yana 4 oy chidasek 8)

Me, Observer

p.s. a tak sumalekni adabiyotga qanchali aloqasi borligini bilmadim (binladin deb o'qivomanglar yana :D) hehe, a tak chiroylik gap bo'pti, Muxlis :)

Hurmatla, Kamina

Qurbonoy
02-16-2003, 05:52 AM
Men hammangizni sumalak sayliga taklif qilaman , kelinglar uzim sizlarni sumalak
pishirib mehmon qilaman.Dosh qozan bulmasayam uziga yarasha qozan topamiz bu erlardan :!: :!: :!:

NOAVATAR
02-16-2003, 06:44 AM
Qurbonoy, qayerdasiz?

Kolobok
02-16-2003, 06:46 AM
Nyam-nyam-nyam...sumalyak hachu :P

Asadbek
02-16-2003, 06:49 AM
Sumalak, sumalak, sumalak so'zi - onaaa,
Pazandalar...

davomi esimda yo'q :-)

02-16-2003, 06:51 AM
MUHLIS, nima qilasiz hammani havasini keltirib. Bilasiz ku bu forumdagilarning kupchiligi bu yil sumalakning hidini ham olishmidi. Ehhh dardlarimga yana dard qushib quydiz sumalak bilan.

02-16-2003, 10:51 AM
taqsiri a'zam,

o'zi olti oydan buyon palovhonto'rani sog'inib yurganimda shu gappi yozib bekor qildizda :D men buvam qibergan oshlardi eslasam hapa bo'liiiiib, hapa bo'pketip qolyappan :D

ha mayli, yana 4 oy chidasek 8)

Me, Observer

p.s. a tak sumalekni adabiyotga qanchali aloqasi borligini bilmadim (binladin deb o'qivomanglar yana :D) hehe, a tak chiroylik gap bo'pti, Muxlis :)

Hurmatla, Kamina
Janob kuzatuvchi (buni karang lakablarimiz deyarli sinonim ekan ;) ),
Men bu postni kayerga koyish hakida kop oyladim keyin shu yerda koyishga karor kildim.....Umumiy sahifaga koyay desam.....u yerdagilar ushbu mavzu bilan kamrok kizikishlari mumkin degan andishaga bordim....Shul boisdan, taksiri a'zam, adabiyot sahifasini ishtirokchilari koprak milliy kadriyatlarimizga e'tiborli degan fikrni nazarda tutgan holda, Sumalak mavzusini yeri shu bolim degan karorga kelmish edim..... :(
Muhammad Yusufni bir kosa sumalakka almashaman men degan yeri bor bir she'ri bor edi, hech kimni yodida yokimi?

MUHLIS
02-16-2003, 10:52 AM
Yukoridagi kamina edim...

Qurbonoy
02-16-2003, 10:57 AM
"Qurbonoy, qayerdasiz?"

Uydaman aylanay,uydaman keling bir tuyib sumalak eylik :!:

Alouddin
02-16-2003, 01:06 PM
Men hammangizni sumalak sayliga taklif qilaman, kelinglar uzim sizlarni sumalak pishirib mehmon qilaman.Dosh qozan bulmasayam uziga yarasha qozan topamiz bu erlardan :!: :!: :!:

yaxshi qiz, manzililzzi aytvorinda 8)

Men, Kuzatuvchi :D

Qurbonoy
02-16-2003, 01:20 PM
Manzilim Lausannedamiz keling kutamiz :!:

Alouddin
02-16-2003, 01:46 PM
Manzilim Lausannedamiz keling kutamiz :!:

"borsa kelmas boru, shundan yana 1000 chaqirim uzoroda" deb qo'ya qolmapsizde :mrgreen:

hurmatla, Kamina

p.s. bu o'lgur west coasttayam bormikina sumalak qilinadigan joylar? :bawling:

Me, Observer

Qurbonoy
02-16-2003, 02:16 PM
Observer yozganingizni uqib qotib-qotib kuldim :D :D :D negaki uzim ham manzilim "borsa-kelmas" deb yozjoqdim faqat sizni hafa bular deb yozmagandim. Ertaklar esingizdami?( Agar notugri eslan yozgan bulsam oldindan uzr suriyman) :?: : "Boyning uch ugli buladi, ular bir malikani sevib qoladi, uch aka-uka yulga chiqarkanlar yul uchga bulinadi biri borsa kelar, birisi borsa gumon, birisi borsa kelmas, shunaqa qilib kenja botir borsa kelmas yulga ravona buladi. Men ham oilaning kenja qizi edim taqdirim ham Kenja botirnikiga uhshadi :( :( :( Nima qilay taqdir hukmi tosh buldi buyin egdim har vaqt :!:

Kolobok
02-16-2003, 02:24 PM
Традицию камушек сумаляка кто знает? Типа : если найдешь 4 камушек у тебя будет 4 детей....бла-бла-бла?
Is that true? if so,could u tell me whole story please? :P

Asadbek
02-16-2003, 02:45 PM
Uxlamay tong ottirib Sumalak qilganni gunohlari tukiladi deb eshitgandim.

Men yana bir narsani sog'indim - tandir kabobni :-)
Dunyoda tandir kabobdan zurroq go'sht bo'lmasa kerak.

http://www.htwm.de/truziboy/68.GIF

Tandirda yopilgan issiqqina nonchi !...
Ehhhh, uyni sog'indi odam...

http://www.htwm.de/truziboy/72.GIF

Alouddin
02-16-2003, 03:57 PM
Традицию камушек сумаляка кто знает? Типа : если найдешь 4 камушек у тебя будет 4 детей....бла-бла-бла?
Is that true? if so,could u tell me whole story please? :P

ndaaaa... shu bolaga yana bir marta (!) aynalib kelishni maslahat beraman... nu tam, kirgiliga boribmi, Rishtonni chiroyli joylariga boribmi?.. a tak Novqat ham chiroylli joy, Kalabok...

ME, Observer

Alouddin
02-16-2003, 04:02 PM
Men ham oilaning kenja qizi edim taqdirim ham Kenja botirnikiga uhshadi :( :( :( Nima qilay taqdir hukmi tosh buldi buyin egdim har vaqt :!:

:oops: :oops: :oops: :oops: :oops: :oops: :oops: :oops: :oops: :oops:

mashu gapdan keyin mazza qilib galati-galati bo'voldim :D menam oylamizda kenjasiman :D menam uyimdan uzolarda dovdirab yurippan :D

wassalam, Observer

p.s. siz o'ziz qattasiz, Kurbonka? siz o'z qo'liz mnam (tup tup tup, ko'z teymasin :D) sumaleni qayerga borib yimiz? :D

Hurmatla, Kamina

Alouddin
02-16-2003, 04:06 PM
Uxlamay tong ottirib Sumalak qilganni gunohlari tukiladi deb eshitgandim.

Asqarbek, do'stim, qiziship oyog'izzi bid'atga botirvomen ;-)

agarda hadis yoki Qurondan dalil bo'masa, bunaqa gaplarni gapirmagan ma'qul ;-)

Wassalam, Observer

p.s. uxlamay tong ottirib sumalak qilgan atropdegilarni rahmati tagida qop ketadi, degan gappi eshitkanim bor omale :D

Me, Observer

MUHLIS
02-16-2003, 05:05 PM
Традицию камушек сумаляка кто знает? Типа : если найдешь 4 камушек у тебя будет 4 детей....бла-бла-бла?
Is that true? if so,could u tell me whole story please? :P
Kalabok, ahir bu bolmagan gapku! :D hudo bermayman desa bir kamaz shagal tokdirib sumalak kilsangiz ham bermaydi :D (tavba kildim-tavba kildim, hammaniyam osha bahtga yetkazsin)!
Hullas, har holda, eng kamida, Erkeg kishi ishonmasligi kerak bunday irim-chirimlarga!
Ammo haliyam sumalak yegim kerlyapti. Bir bonka posilka kilib yuboralmeysilarmi a? :(

MUHLIS
02-16-2003, 05:15 PM
Uxlamay tong ottirib Sumalak qilganni gunohlari tukiladi deb eshitgandim.

Asqarbek, do'stim, qiziship oyog'izzi bid'atga botirvomen ;-)

agarda hadis yoki Qurondan dalil bo'masa, bunaqa gaplarni gapirmagan ma'qul ;-)

Wassalam, Observer

p.s. uxlamay tong ottirib sumalak qilgan atropdegilarni rahmati tagida qop ketadi, degan gappi eshitkanim bor omale :D

Me, Observer
Taksir konlizga ogir botmasinu shu yerini biroz oshirib yuboribsiz. Ha endi Kur'oni Karimda "observer yoki askarbek sumalak kilsa gunohi tokiladiii" deb yozib koyilishi shartmi? :( Taksir ahir Tangri Taolo bizga nafakat paygambarlar va Ozining muborak kitoblarini, balki akl-farosat ham bergan ku! Ozingiz bir mantikan oylab koring, sumalakni nega kilishadi? Tanish-bilish yoru-birodarlarga, koni-koshnilarga tarkatish va shu bahonada ular konlini olish uchun! Hosh shunday ish bilan mashgul bolgan kishini "gunohi tokilmaydiii" deb Kur'oni Karimda yozilganmi? :( Ammo mening kamtarona (siznikidan farkli olarok) ma'lumotimga kora, kopchilik manfaati yolida bir ish kilinsa u osha kishi yoki kishilar Allohdan oz mukofotlarini olgaylar! (misol koprik, kuduk va x.k.) yana Alloh bilguchidir.....
Baribir Sumalak yegim kelyapti! :D

antisniper
02-16-2003, 05:15 PM
Asqarbek, do'stim, qiziship oyog'izzi bid'atga botirvomen

agarda hadis yoki Qurondan dalil bo'masa, bunaqa gaplarni gapirmagan ma'qul

Kalabok, ahir bu bolmagan gapku! hudo bermayman desa bir kamaz shagal tokdirib sumalak kilsangiz ham bermaydi (tavba kildim-tavba kildim, hammaniyam osha bahtga yetkazsin)!
Hullas, har holda, eng kamida, Erkeg kishi ishonmasligi kerak bunday irim-chirimlarga!
Ammo haliyam sumalak yegim kerlyapti. Bir bonka posilka kilib yuboralmeysilarmi a?

Qoyilman lekin sizlarga bolalar! Okean ortida ham islom dinidan azgina bo`lsada "to`gri" tushunchaga ega bo`lgan odamlar bor ekan.
gaplaringizni o`qib boshim osmonga yetdi. Lekin bu gapimni ko`pchilik tushunmasa k-k. man dinga bid`atlarni aralshtirmaslikni nazarda tutyapman.
Lekin darhaqiqat sumalakni qattiq sogindim. Asadbek, bu rasmlariz b-n odamni ishtahasini ochvordizku ogayni!

Alouddin
02-16-2003, 06:09 PM
Taksir konlizga ogir botmasinu shu yerini biroz oshirib yuboribsiz. Ha endi Kur'oni Karimda "observer yoki askarbek sumalak kilsa gunohi tokiladiii" deb yozib koyilishi shartmi? :( Taksir ahir Tangri Taolo bizga nafakat paygambarlar va Ozining muborak kitoblarini, balki akl-farosat ham bergan ku! Ozingiz bir mantikan oylab koring, sumalakni nega kilishadi? Tanish-bilish yoru-birodarlarga, koni-koshnilarga tarkatish va shu bahonada ular konlini olish uchun! Hosh shunday ish bilan mashgul bolgan kishini "gunohi tokilmaydiii" deb Kur'oni Karimda yozilganmi? :( Ammo mening kamtarona (siznikidan farkli olarok) ma'lumotimga kora, kopchilik manfaati yolida bir ish kilinsa u osha kishi yoki kishilar Allohdan oz mukofotlarini olgaylar! (misol koprik, kuduk va x.k.) yana Alloh bilguchidir.....
Baribir Sumalak yegim kelyapti! :D

vek jivi vek uchis degan ekan o'rislar ;-)

gaplarizda jon bor, Muxlisbek... ;-)

Hurmatla, ELmurod

p.s Ammo mening kamtarona (siznikidan farkli olarok) ma'lumotimga kora

Muxlisbek, shu yerda nima demoqchi bo'lganingizni uncha tushunmadim... har holda Quroni Karimda "mijja qoqmasdan sumalak kavlasang gunohing istig'for etaman" deyilgan joyi yo'qku, to'girmi?!. ALbatta, siz aytib o'tgan hayriyani toshi og'ir, foydasi katta. Lekin buni sumalak kavlashga bog'lash va shundan kelib chiqib gunoxlarda forig' bo'lish haqida Asqarbekni tushunchasi sal noto'g'ri ekanligini ko'rsatmoqchi bo'lgan edim, holos. Siz aytgan hayria-exsonlar haqida, albatta, bilaman. Ahir Muslimlar uchun eng ulug' bo'lgan Eid-Ul-Adhani oling 8)

har ne qilganda ham, fikrizzi aytganiz-bo'lishganiz uchun shukran ahi ;)

endi men RUstamjonga javob berib qo'yi ;)

Hurmat, Men

Alouddin
02-16-2003, 06:20 PM
Qoyilman lekin sizlarga bolalar! Okean ortida ham islom dinidan azgina bo`lsada "to`gri" tushunchaga ega bo`lgan odamlar bor ekan. gaplaringizni o`qib boshim osmonga yetdi. Lekin bu gapimni ko`pchilik tushunmasa k-k. man dinga bid`atlarni aralshtirmaslikni nazarda tutyapman.
Lekin darhaqiqat sumalakni qattiq sogindim. Asadbek, bu rasmlariz b-n odamni ishtahasini ochvordizku ogayni!

Assalam

"o', buncha pridiratsa qilasan" deyishilar mumkin, lekin men uchun bu narsa muximligi uchun aniqlab olmoqchiman... Okean ortida ham islom dinidan azgina bo`lsada "to`gri" tushunchaga ega bo`lgan odamlar bor ekan. Rustambek, iltimos, shu so'z bilan nima demoqchi bo'lganingizni aytib bersangiz... ya'ni qo'shtirnoqlar o'rni-ro'lini tushunmadimda men...

Wassalam, Abu Sarvar

Asadbek
02-17-2003, 02:42 AM
Observer,
men sizni hazil qilib gapirgan deb indamay qo'ya qolgandim.
Dindan mana shu 25 yoshlik miyamizga yarasha xabarimiz bor andakkina.
Albatta, Qur'oni Karim yohud Hadisi Sharifda uxlamasdan sumalak qilib chiqqanning gunohi to'kiladi, deb aytilmagan.
Gunoh qachon to'kiladi? Adashmasam:
- Boshqalarga nisbatan yaxshilik, ezgulik qilinsa;
- tavba-tazarru qilinsa va hokazo hollarda... Olloh o'zi bilguvchidir.

Muhlisbek yaxshi aytib o'tdi. Siz aynan gunohlarim to'kilsin deb kechasi uxlamasdan qozon do'qalab chiqsangiz, bir narsa bo'lishi dargumon :-)
ammo, chin dildan, ezgu niyat-la, atrofdagilar ham bahramand bo'lsin, deb qilgan mehnatingiz evaziga ba'zi gunohlaringiz to'kilsa, ne ajab, mavlono?!

Sumalakning nima ma'no berishini ko'pchiligimiz bilamiz, o'ttiz farishta deyishadi adashmasam, farishtalar nigohi tushgan taom deyishadi. Har xil afsona va rivoyatlar bor Sumalak haqida.
Sumalak - taomlar ichida eng mo'jizaviysi, eng sevimlisidir, chunki bug'doyni necha kunlab suvlab chiqish, parvarishlash - bularning hammasi mehrli mehnatdir - shu ishlar evaziga ba'zi gunohalringiz tukilsa, ne ajab, mavlono?!

antisniper
02-17-2003, 07:21 AM
Observer wrote:
Assalam

"o', buncha pridiratsa qilasan" deyishilar mumkin, lekin men uchun bu narsa muximligi uchun aniqlab olmoqchiman... antisniper wrote:
Okean ortida ham islom dinidan azgina bo`lsada "to`gri" tushunchaga ega bo`lgan odamlar bor ekan.
Rustambek, iltimos, shu so'z bilan nima demoqchi bo'lganingizni aytib bersangiz... ya'ni qo'shtirnoqlar o'rni-ro'lini tushunmadimda men...

walaykumussalam! taqsir man bu gapni urgulab qo`shtirnoq orasiga olib aytganimning boisi shundaki bizning halq 70 yil dinsizlashtirish davrida islom dininig asl sof qiyofasidan ancha uzoqlashib ketishgan hamda kishilarning qalbida bir katta bo`shliq paydo bo`lgan edi. Tabiiyki bu bo`shliqni to`ldirish uchun dindan diniy adabiyotlardan uzoqlashib ketgan halqimiz o`z bilganicha kimlardir otasidan eshitgan gaplarini kimlardir qayerdadir qulogiga chalinib qolgan diniy bo`lib ko`ringan gaplarni mana shu din ekan deb mahkam yopishib olgan edilar. Shu tariqa kishilar ongida aslida biror ishonchli manba`da aytiulmagan hurofiy urf odatlar din o`laroq shakllandi. Masalan, biror kimsa yetti , yigirma , qirq , yil oshi va hokazo singari. mavlud , chil yosin qor yogdilar ham shular jumlasiga kiradi.
Endi man tasodifan sizning man bu gapingizni o`qigach bagoyat hursand bo`ldim
Asqarbek, do'stim, qiziship oyog'izzi bid'atga botirvomen

agarda hadis yoki Qurondan dalil bo'masa, bunaqa gaplarni gapirmagan ma'qul

Sizning bu gapizni to`gri tushundim. Ya`ni siz urf odatlarimizni yerga urmoqchi emas balki har narsani o`z o`rniga qo`yish tarafdorisiz adashmasam.
Ya`ni sumalak bizning milliy urf odatimiz lekin sumalakni tepasida o`tirgan insonning gunohi to`kiladi deyish uchun qur`on yoki hadisdan biror dalil k-k.

Asadbek
02-17-2003, 07:58 AM
antisnayper,

dindan boxabar yigitga o'xshaysiz. Malol kelmasa, Qur'oni karim yoki Hadisi sharifdan insonning qilgan gunohlari qachon to'kilishi mumkin va nima qilsa savobga erishadi kabi savollarimga aniq javob beradigan joyini aytolmaysizmi?
Bag'oyat xursand bo'lardim.

Mohiyatga qarasangiz, har bir qilingan savob ish qilingan gunohning yukini kamaytirib boradi, shunday emasmi?

HARIP MUHLIS
02-17-2003, 08:26 AM
Taksir ahir Tangri Taolo bizga nafakat paygambarlar va Ozining muborak kitoblarini, balki akl-farosat ham bergan ku!

antisniper
02-17-2003, 08:28 AM
Assalomu alaykum!
asadbek wrote:
dindan boxabar yigitga o'xshaysiz. Malol kelmasa, Qur'oni karim yoki Hadisi sharifdan insonning qilgan gunohlari qachon to'kilishi mumkin va nima qilsa savobga erishadi kabi savollarimga aniq javob beradigan joyini aytolmaysizmi?

Bu endi juda keng masala. Albatta tavba qilishlik b-n gunohlar kechiriladi.
Tavba so`zi arab tilida qaytish ma`nosini anglatadi. ya`ni qilingan gunohdan Allohga qaytish. Lekin tavbaning o`z shartlari mavjud:
1) Qilgan gunohiga chin dildan pushaymon qilish. Zero bir hadisda : Pushaymon bo`lish tavbaning o`zginasidir deya marhamat qilingan.
2)Osha gunohni qayta takrorlamaslikka dildan jazm etmoq.
3)Agar gunoh biror bandaga taalluqli boi`lsa, borib uning roziligini so`rash.

Asadbek wrote:
Mohiyatga qarasangiz, har bir qilingan savob ish qilingan gunohning yukini kamaytirib boradi, shunday emasmi?

Bu gapingiz juda to`gri. Chunki Quro`nda: Albatta ezgu ishlar gunohlarni ketkazur deyilgan. Qolaversa PaygambarimizMuhammad AS: Biror gunoh ish qilib qo`ysan darhol ketidan bir savob ish qilginki zero savoblar gunohlarni o`chirur deganlar.
Lekin buning uchun holis niyat lozim. Ya`ni bir inson zohirdan savob ko`ringan ishni qilsayu maqsadi Allohni rozi qilish emas boshqa garaz bo`lsa masalan, obro orttirish, maqtov eshitish, yoki bo`lmasa shu ish b-n kimnidir o`ziga yaqinlashtirish bo`lsa u holda bunday ishlarga savob berilmaydi. Shuning uchun ham biror yahshilik qilganda Alloh uchun qilmoqlik k-k.
O`shanda bir yahshiligiga berilgan bir dona savob ko`payib bamisoli bir dona urugdan, yettita sunbulga( boshoq) aylangan va harbir sunbulada 100tadan bugdoy paydo qilgan bugdoy donasi yanglig bir savobingizni Alloh o`stirib qariyb 700 ta savobga aylantiradi. Ha Alloh taolo shunday mehribon zotki hattoki zarradek qilgan yahshi ishimiz uchun Uning roziligi niyat qilinganligi sabab behisob ajru savoblar ato qilur.
Alolh Taolo hammamizni yahshi ishlar sari hidoyat qilsin.

Asadbek
02-17-2003, 08:49 AM
antisniper wrote:
Bu gapingiz juda to`gri. Chunki Quro`nda: Albatta ezgu ishlar gunohlarni ketkazur deyilgan. Qolaversa PaygambarimizMuhammad AS: Biror gunoh ish qilib qo`ysan darhol ketidan bir savob ish qilginki zero savoblar gunohlarni o`chirur deganlar.

Ana, endi uzizga kelyapsizlar.
Men yuqorida "Kechasi uxlamasdan sumalak qaynatib chiqqanning gunohi tukiladi, deb eshitganman" degan gapimga mani tanqid qilayotgandizlar.
Endi esa uzingiz mening gapimga tasdiq berib turibsiz.
Sumalakni qilgan odam olloh roziligida atrofdagilarni bahramand qilay mehnatimdan, deb qiladi asosan. Faqat o'z qorni uchun emas. Sidqidildan qilish albatta muhim. Shunday ekan - sumalak qilmoq va atrofdagilarga tarqatmoq - savob ish - natijasi esa Olloh inoyati bilan gunoh kamayishiga olib keladi.

Muhlis, fikringizga gap yo'q!

Salomat bo'lgaysizlar!

Alouddin
02-17-2003, 10:10 PM
Observer,
men sizni hazil qilib gapirgan deb indamay qo'ya qolgandim.
Dindan mana shu 25 yoshlik miyamizga yarasha xabarimiz bor andakkina.
Albatta, Qur'oni Karim yohud Hadisi Sharifda uxlamasdan sumalak qilib chiqqanning gunohi to'kiladi, deb aytilmagan.
Gunoh qachon to'kiladi? Adashmasam:
- Boshqalarga nisbatan yaxshilik, ezgulik qilinsa;
- tavba-tazarru qilinsa va hokazo hollarda... Olloh o'zi bilguvchidir.

Muhlisbek yaxshi aytib o'tdi. Siz aynan gunohlarim to'kilsin deb kechasi uxlamasdan qozon do'qalab chiqsangiz, bir narsa bo'lishi dargumon :-)
ammo, chin dildan, ezgu niyat-la, atrofdagilar ham bahramand bo'lsin, deb qilgan mehnatingiz evaziga ba'zi gunohlaringiz to'kilsa, ne ajab, mavlono?!

Sumalakning nima ma'no berishini ko'pchiligimiz bilamiz, o'ttiz farishta deyishadi adashmasam, farishtalar nigohi tushgan taom deyishadi. Har xil afsona va rivoyatlar bor Sumalak haqida.
Sumalak - taomlar ichida eng mo'jizaviysi, eng sevimlisidir, chunki bug'doyni necha kunlab suvlab chiqish, parvarishlash - bularning hammasi mehrli mehnatdir - shu ishlar evaziga ba'zi gunohalringiz tukilsa, ne ajab, mavlono?!

yasheng :)

OBserver

Alouddin
02-17-2003, 10:15 PM
Observer wrote:
Assalam

"o', buncha pridiratsa qilasan" deyishilar mumkin, lekin men uchun bu narsa muximligi uchun aniqlab olmoqchiman... antisniper wrote:
Okean ortida ham islom dinidan azgina bo`lsada "to`gri" tushunchaga ega bo`lgan odamlar bor ekan.
Rustambek, iltimos, shu so'z bilan nima demoqchi bo'lganingizni aytib bersangiz... ya'ni qo'shtirnoqlar o'rni-ro'lini tushunmadimda men...

walaykumussalam! taqsir man bu gapni urgulab qo`shtirnoq orasiga olib aytganimning boisi shundaki bizning halq 70 yil dinsizlashtirish davrida islom dininig asl sof qiyofasidan ancha uzoqlashib ketishgan hamda kishilarning qalbida bir katta bo`shliq paydo bo`lgan edi. Tabiiyki bu bo`shliqni to`ldirish uchun dindan diniy adabiyotlardan uzoqlashib ketgan halqimiz o`z bilganicha kimlardir otasidan eshitgan gaplarini kimlardir qayerdadir qulogiga chalinib qolgan diniy bo`lib ko`ringan gaplarni mana shu din ekan deb mahkam yopishib olgan edilar. Shu tariqa kishilar ongida aslida biror ishonchli manba`da aytiulmagan hurofiy urf odatlar din o`laroq shakllandi. Masalan, biror kimsa yetti , yigirma , qirq , yil oshi va hokazo singari. mavlud , chil yosin qor yogdilar ham shular jumlasiga kiradi.
Endi man tasodifan sizning man bu gapingizni o`qigach bagoyat hursand bo`ldim
Asqarbek, do'stim, qiziship oyog'izzi bid'atga botirvomen

agarda hadis yoki Qurondan dalil bo'masa, bunaqa gaplarni gapirmagan ma'qul

Sizning bu gapizni to`gri tushundim. Ya`ni siz urf odatlarimizni yerga urmoqchi emas balki har narsani o`z o`rniga qo`yish tarafdorisiz adashmasam.
Ya`ni sumalak bizning milliy urf odatimiz lekin sumalakni tepasida o`tirgan insonning gunohi to`kiladi deyish uchun qur`on yoki hadisdan biror dalil k-k.

(bosh irg'ab) yashang, do'stim :) Olloh hammamizni to'g'ri yo'lda saqlasin :)

wassalam, Observer

Qurbonoy
02-18-2003, 11:01 AM
Aytganlaringiz hammasi tugri yigitlar negaki, sumalak pishirmak uni quni -qushniga , qarindosh urugga tarqatmoq goayatda savobdir. Agar hotiringizda bulsa sumalak pishirarkan ayollar qozan atrofida aylanib tuni bilan qushiq, bayt-barak aytishib kongillarini hush qilishadi. Juda sogindim qozan atrofida sumalak pishirib quni-qushnilar bilan shirin damlar utkazishni :) Bu erda ham pishiraman lekin Uzbekistonda pishirilgan sumalakni totini bermaydi :( Har na yuqdan yahshi-da :) :) :) :)

antisniper
02-18-2003, 11:39 AM
Qurbonoy wrote:
Bu erda ham pishiraman lekin Uzbekistonda pishirilgan sumalakni totini bermaydi Har na yuqdan yahshi-da

Oh qurbonoy odamni havasini keltirvordiz

Sumalakho'r Observer
02-18-2003, 06:12 PM
:) Bu erda ham pishiraman lekin Uzbekistonda pishirilgan sumalakni totini bermaydi :( Har na yuqdan yahshi-da :) :) :) :)

;) adresni ana beraman, mana beraman, deb uxlattizaaaa? :D

Hurmatla, Me

p.s. vafshe jiddiy sovol: Muxlisbek (va boshqa USdagilar) Los Angelesda yoki shu metro areada sizlar bilgan bitta-yarimta O'zbek Restoran-pestoran bormi? men oshti vafsheeeeeee-vafshe sog'inib kettim :( ya bol'she tak ne mogu. u nas v kafeterii kampusa podayut kakoy-to ris iz Mexicanskoy kuhni, i on slegka napominaet plov... lekin o'zbek oshiga yetmas ekan :( SOOOOOOOOOOOOOOOS :D

Wassalam, Observer

Ajablangan Muhlis
02-18-2003, 06:28 PM
Iyeeeee, nima balo bu siz palovni oziz damlay olmaysizmi? :shock:
Los Angelesga umrimda bormaganman...bilmadim lekin ;)

02-18-2003, 06:31 PM
ya bol'she tak ne mogu. u nas v kafeterii kampusa podayut kakoy-to ris iz Mexicanskoy kuhni, i on slegka napominaet plov... lekin o'zbek oshiga yetmas ekan :( SOOOOOOOOOOOOOOOS :D

ashi miksikanski guruch minam 18 kiloga semirganizga ahamiyat bersek, chakkimas a tak :D unda Siz vopshe noshukur bo'p qolyapsiz :D

XSpider
02-18-2003, 06:32 PM
UK da Uzbek qizlari bormi ? faqat sumalak qilishni biladigan ? :P

Alouddin
02-18-2003, 07:32 PM
UK da Uzbek qizlari bormi ? faqat sumalak qilishni biladigan? :P

Manchesterda bittasi borligini bilaman. ne qadar sumalak qilishga qurbi etishidan habarsizman lekin :D

Observer

Alouddin
02-18-2003, 07:34 PM
ashi miksikanski guruch minam 18 kiloga semirganizga ahamiyat bersek, chakkimas a tak :D

:oops: :oops: :oops: :oops: :oops: :oops: :oops: :oops: :oops: :oops:

10 kilo, otam, 10 kilo :oops:

Ky3aTyB4u

Alouddin
02-18-2003, 07:40 PM
Iyeeeee, nima balo bu siz palovni oziz damlay olmaysizmi? :shock:

taqsiri a'zam, ayppi betka solish yaxshimas a tak :D lekin zaharga aytkandi beti yo'q degan ibora bor... uzr, khm, betga aytganni zahri yo'q edi shekilli :?

ha ahir uyda buvam, singlim va buni ustiga ikki yildan beri kelin bo'sa, men maqaman o'rganib? :?:

"oshpaz" Observer :D

p.s. tschu, lekin o'rganvogan bo'ganimda ham bu yerda bizzi devzira guruch yo'g'u... mmmm... O'zgandi guruchida bo'gan, kavartaklar, ziravorlar... eeee-ex, uzoq uyimmi sog'indim... :(

p.p.s. omale qaytkanimda oshni bunnimdan chiqqunicha... oops... uzr, rosa kooooop demoqchidim hehe. omale O'shga qaytkanimda oshni bu... rosaaa ko'p yiman iA :D

Hurmat, Men

XSpider
02-18-2003, 07:44 PM
UK da Uzbek qizlari bormi ? faqat sumalak qilishni biladigan? :P

Manchesterda bittasi borligini bilaman. ne qadar sumalak qilishga qurbi etishidan habarsizman lekin :D

Observer

Ismi bormi ? hechbumasa tellni berarsiz ?

Alouddin
02-18-2003, 07:47 PM
Ismi bormi? hechbumasa tellni berarsiz?

uzr, telini beromiman. har holda telo-imushestvo kajdogo lol! :) men u qizzi o'zi bilan gaplashida, ok? :)) lekinchi, maslahat, o'zi shu forumda onda-sonda paydo bo'p qoladi. niki Arcyqiz . birga yoziladi ikkala so'z. Arcyqiz unga PM tashlang va javobini kuting :D

Observer

02-19-2003, 10:34 AM
" adresni ana beraman, mana beraman, deb uxlattizaaaa? "

Hurmatli Sumalakhur Obsevar men yozdimku ahir Lausannedaman deb kelinglar hammangizga eshigim ochiq :!: Kutaman balkim 22 mart Navruz bayramiga tayyor bular. Doshqozanda osh ham damlardik :!: Tonggacha sher aytib, bayt barak uqib Evropaning qoq markazida bir uzbek milliy bayramini utkazardik :!: :!: :!:

Qurbonoy
02-19-2003, 10:35 AM

02-19-2003, 02:07 PM

hey, hey!!! yashasin qaytaruvchilar!!! :D hali aytib o'tganimdek "yururasiz, yururasiz, orqaga qaramisiz... voobsheeee uzzoooo yurganizdan keyin borsa-kelmas degan joy keladi. men adresim: o'sha borsa kelmasdan shimolga qarab chorshanbagacha yugurasiz, chorshanba kuni 180 daraga burilasizde, endi juma kunigacha yugurasiz. Juma namozini o'qib bo'lgandan keyin yaxshilab duo qilib, chapkka ikki qadam tashisiz... vot ashu ikki qadam tashagan joydan boshiz oqqan tomonga 1000 chaqirim yursez Lausanne degan joy keladi. u joyda "Kurbonka qayerdaykina?" deb umrizzi yarmini o'tkizas... ashu vaqt keganda sumalak yiyishga na hohish, na hojat va na tish qoladi" :D :D :D :D :D

Sumalakho'r Obsevar

Qurbonoy
02-19-2003, 02:24 PM
SHu gap bilan bulib uzlarining turar joy adreslarini suranagan ekanmanda gaflat bosib, endi suray siz uzi qattasiz aylanay sumalakni pishirsam-u, sizni kaerdan izlay :idea: siz mendan ham utib "borsa gumon" :D mamlakatiga ketibsiz-da,oyilada urtancha farzandmisiz :?:

XSpider
02-19-2003, 02:44 PM
hmmm , Observer tinchlimu mudosini anglayolmadim chogi ? a mayli yana bir uzbek oyilasida shodu huramlik buladi hmmm

me
Prince na belom kane .

Alouddin
02-19-2003, 04:14 PM
hmmm , Observer tinchlimu mudosini anglayolmadim chogi ? a mayli yana bir uzbek oyilasida shodu huramlik buladi hmmm

me
Prince na belom kane .

shu, bekorchilida nayniiiiib o'tirimmiza :)

Me! Observer

Alouddin
02-19-2003, 04:17 PM
SHu gap bilan bulib uzlarining turar joy adreslarini suramagan ekanmanda gaflat bosib, endi suray siz uzi qattasiz aylanay sumalakni pishirsam-u, sizni kaerdan izlay :idea: siz mendan ham utib "borsa gumon" :D mamlakatiga ketibsiz-da,oyilada urtancha farzandmisiz :?:

eeeee-ex, Kurbonka, asti so'ramang... ota-onam, do'stu-birodarlarimda uzoqdaman... O'rta Osiyoning so'lim gO'SHalaridan uzoqdaman... hur sifat qizlardan uzoqdaman... sumalakni sog'inishda Muxlisbekka hamkasabaman--okean ortida :| yana bir tomonda, okeanga juda yaqinman... tinchkina okeanga :|

ishqilib, uzodaman :D

Me, Observer

p.s. yo'q, men oilada uchinchi o'g'ilman, bitta singlim boru, lekin o'gillar ichida kenjasiman :) Yaxshi qiz, siz nimaga o'zizzi register qilib olmaysiz?

Wassalam, Kamina

Hasanali
02-20-2003, 03:47 AM
Uxlamay tong ottirib Sumalak qilganni gunohlari tukiladi deb eshitgandim.

Asqarbek, do'stim, qiziship oyog'izzi bid'atga botirvomen ;-)

agarda hadis yoki Qurondan dalil bo'masa, bunaqa gaplarni gapirmagan ma'qul ;-)

Wassalam, Observer

p.s. uxlamay tong ottirib sumalak qilgan atropdegilarni rahmati tagida qop ketadi, degan gappi eshitkanim bor omale :D

Me, Observer
Warning: :!: :!: :!: :!: :!: :!:
Hurmatli Kuzatuvchi mansabingizni su'estemol qilyapsiz ...yani kuzatuvchanlik qobiliyatingiz sustlashayapti shekilli zero Asadbekka javob yoza turib Asqarbek deb (yani kaminaga..) murojat qilyapsiz...hushyorlikni qo'ldan boy bermang do'stim....best wishes...

Qurbonoy
02-20-2003, 06:27 AM
Sulim bir shahardan ekansiz, endida tinchginaaa bir okeannig urtasida uqirkansiz omadidingiz bor ekan-da, a :?: :?: :?: Imtihon topshirib terlganda :oops: yoki domlaning savoliga javob topolmay boshingiz garang bulganida :idea: bitta chumilivolib yana darsga kirarkansizda :D :D :D Ha endi uchunchi ugilning omadi keptida :!: Hamisha oshigingiz olchi bulsin :!:

Alouddin
02-20-2003, 12:40 PM
Uxlamay tong ottirib Sumalak qilganni gunohlari tukiladi deb eshitgandim.

Asqarbek, do'stim, qiziship oyog'izzi bid'atga botirvomen ;-)
agarda hadis yoki Qurondan dalil bo'masa, bunaqa gaplarni gapirmagan ma'qul ;-)
Wassalam, Observer
p.s. uxlamay tong ottirib sumalak qilgan atropdegilarni rahmati tagida qop ketadi, degan gappi eshitkanim bor omale :D
Me, Observer
Warning: :!: :!: :!: :!: :!: :!:
Hurmatli Kuzatuvchi mansabingizni su'estemol qilyapsiz ...yani kuzatuvchanlik qobiliyatingiz sustlashayapti shekilli zero Asadbekka javob yoza turib Asqarbek deb (yani kaminaga..) murojat qilyapsiz... hushyorlikni qo'ldan boy bermang do'stim.... best wishes...

Assalam,

umuman oganda Asqarbek bilan Asadbek bir inson degan yanglish fikrga borgan ko'rinaman :)

rahmat. :)

Hushyorlikni boy bermaslikka harakat qiluvchi, Observer

p.s. ... ha mayli, keyin qoldirarman p.s. ni :D hoz etadigan gappi o'zi yo'q :D

Wassalam, Kamina

Alouddin
02-20-2003, 12:46 PM
Sulim bir shahardan ekansiz, endida tinchginaaa bir okeannig urtasida uqirkansiz omadidingiz bor ekan-da, a :?: :?: :?: Imtihon topshirib terlanda :oops: yoki domlaning savoliga javob topolmay boshingiz garang bulganida :idea: bitta chumilivolib yana darsga kirarkansizda :D :D :D Ha endi uchunchi ugilning omadi keptida :!: Hamisha oshigingiz olchi bulsin :!:

yaxshi qiz-Kurbonka-yoshizzi aytmaslikni jaaaaaaaaa yaxshi usulini topibsizmi? :? ahir yoshizzi qanchaligini bilmoqchi bo'lib, savol berudim shekilli? 8)

ishqib yurimmiz :) bir cho'milvolishga cho'milimimanu, lekin birrov dushka kirvolaman :D bu yerda qish degan tushuncha yo'q ekan :| qish oylari bor ekanu, qishni o'zi yo'q ekan, hehe ;)

yoshizzi aytishizzi kuzatib qoluvchi, Observer

Qurbonoy
02-20-2003, 01:01 PM
Yoshimni nima qilasiz uglim, siz mening katta nevaram bilan tengsiz. Tishim tushgan, yuzimni ajin, sochimni qor bosgan, elkamga yillarning tosh ogirligi tushib qaddim bukilgan . Bundan keyin istasangiz menga buvi yoki, katta ona desangiz ham yarashadi :D :D :D :D Ahir uzbekchilik, kattaga hurmat degan gap bor :D :D :D Ishqilib uglim deymi nevara deymi uzim ham bilomadim :D :D :D Qishi yuq mamlakatda omad yor bulsin :!: :!: :!:

Alouddin
02-20-2003, 01:07 PM

hahahaahaahah, bo'ldi, men qotib qoldim, momo!!! :D

opoqimla yo'qligida forumga kirib "sho'xlik" qip turarkansizde, a? :D

adiba
02-20-2003, 01:13 PM
Observer, qo'pollashmang , do'stim, yaxshimas.

Katta enangiz
02-20-2003, 01:25 PM
Tugri opoqdadangiz bulmagan paytlarga kiramanda bu sahifalarga nevaraginam :D :D :D Opoqdadangizni jahllari yoman aylalay :( Bilib qolsalar shurimga shurva tukiladi siz ham aytmang-ga, opoqdadangiza :!: :!: :!:

MUHLIS
03-03-2003, 03:41 PM
Sumalakni sogindim :( :(

Marghiloniy.
03-11-2003, 11:02 AM
Rishtonni chiroyli joylariga boribmi?

Observer sizga kotta rahmat.Men Rishtonda tugilib usdim va umrimning14 yilini shu go'shada o'tkazdim.xat yozing man sizni Rishtonni hushmanzara joylarida kutib olaman.
Hurmat bilan Marghiloniy.
P.S:Sumalak ham albatta buladi. :P

Alouddin
03-11-2003, 12:10 PM

P.S:Sumalak ham albatta buladi. :P ;) qo'ldan kelganicha insholloh. taklifnoma uchun tashakkur :) rosayam chiroyli joy lekin Rishton :)

Hurmatla,

Men

03-11-2003, 01:19 PM
Rishtonni chiroyli joylariga boribmi?

Observer sizga kotta rahmat.Men Rishtonda tugilib usdim va umrimning14 yilini shu go'shada o'tkazdim.xat yozing man sizni Rishtonni hushmanzara joylarida kutib olaman.
Hurmat bilan Marghiloniy.
P.S:Sumalak ham albatta buladi. :P
bILASMI, rISHTONDA, HALIGII, MARKAZIGA BURILMASDAN BIR CHOYHONA BOR......OSHA YERDA 20-MIN DA OSH DAMLAB BERISHADI:):):):):):) BIR-IKKI MARTA TOHTAGAN EDIM...NYAM NYAM NYAM:):):)

Alouddin
03-11-2003, 01:22 PM
Rishtonni chiroyli joylariga boribmi?

Observer sizga kotta rahmat.Men Rishtonda tugilib usdim va umrimning14 yilini shu go'shada o'tkazdim.xat yozing man sizni Rishtonni hushmanzara joylarida kutib olaman.
Hurmat bilan Marghiloniy.
P.S:Sumalak ham albatta buladi. :P
bILASMI, rISHTONDA, HALIGII, MARKAZIGA BURILMASDAN BIR CHOYHONA BOR......OSHA YERDA 20-MIN DA OSH DAMLAB BERISHADI:) :) :) :) :) :) BIR-IKKI MARTA TOHTAGAN EDIM...NYAM NYAM NYAM:) :) :) omale shu oshti sog'indim... eslasam NYAM NYAM NYAM devoraman :D

Free
03-12-2003, 08:23 AM
Sumalakga hali erta ku...

MUHLIS
03-12-2003, 06:45 PM
Sumalakga hali erta ku...
HA ENDIIII...GAPTA OLIMTOY GAP...... :D

Qurbonoy
03-13-2003, 01:03 PM
Hechamda nima qoldi bir hafta, yani uch kun bugdoy ivtishni, uch -turt kunmi unib chiqishini, bir kun pishirishini hisobga losak oz vaqt qoldi ....

Free
03-13-2003, 01:13 PM
Navruzga hali erta ku...

Qurbonoy
03-13-2003, 01:31 PM
Men sumalakni nazarda tugandim!