PDA

View Full Version : "Turkman Qizi"

NOAVATAR
02-17-2003, 11:12 PM
Эсизда булса Юлдуз Усмонова билан Мухриддин Холиков(рахматли) кушик айтишуви килишганди, Мухриддин, "Туркман кизга уйланаман" деб, Йулдуз опа еса узини жавоблари билан. Бу айтишув 4-5 кушикка сабабчи булган. Уша кушиклардан бири Юлдуз Усмонованинг "Туркман кизи" деган кушигини топиб олдим. Лекин синдириб куйган екан Юлдуз опа!!! :!:
Кушикнинг узини шу ыерда топасизлар: www.music.arbuz.com

Мархамат сузлари
-------------
Туркман кизга кетавер, бош егмасман,
Олдимга кайтиб келсанг, кечирмасман.
Туркман ота киркта камчи урганда,
Узурингни айтиб келсанг бокмасман.

Йул булсина йул булсина йул булсин,
Йул булса да йул булса да мул булсин.
Туркман йигит киличини уйнатса,
Куён булиб кочарингиз чул булсин.

Узгаларга бокканларга тегмасман,
Огзидан сув окканларга тегмасман.
Етагига кетаверса ергашиб,
Кошларини кокканларга тегмасман.

Йул булсина йул булсина йул булсин,
Узбек кизин камситганга йул булсин.
Узбек кизи кайрилиб бир бокканда,
Ман-ман деган Мафтункули кул булсин

Йул булсина йул булсина йул булсин,
Йул булсада мул булсина мул булсин.
Йулларинга чин босаман утмайсан,
Мен турганда Туркман кизга йул булсин,

Туркман кизга кетавер бош егмасман,
Олдимга кайтиб келсанг кечирмасман.
Туркман ота киркта камчи урганда,
Узурингни айтиб келсанг бокмасман.

Alouddin
02-17-2003, 11:19 PM
Эсизда булса Юлдуз Усмонова билан Мухриддин Холиков(рахматли) кушик айтишуви килишганди, Мухриддин, "Туркман кизга уйланаман" деб, Йулдуз опа еса узини жавоблари билан. Бу айтишув 4-5 кушикка сабабчи булган. Уша кушиклардан бири Юлдуз Усмонованинг "Туркман кизи" деган кушигини топиб олдим. Лекин синдириб куйган екан Юлдуз опа!!! :!:
Кушикнинг узини шу ыерда топасизлар: www.music.arbuz.com

mmmmmmmmmmmabodo rahmatli Ohunjon Madaliev emasmidi? ;)

Qiziquvchan Observer

NOAVATAR
02-17-2003, 11:28 PM
mmmmmmmmmmmabodo rahmatli Ohunjon Madaliev emasmidi?

Qiziquvchan Observer
Hehe, uzim his etib turuvdim, hato bulsa kere deb. Mammmmabodo Ohunjondir. Kim biladi deysiz... A tak fakt yest fakt. Yulduz opa rulezzzzzzzzzz

Alouddin
02-17-2003, 11:32 PM
Hehe, uzim his etib turuvdim, hato bulsa kere deb. Mammmmabodo Ohunjondir. Kim biladi deysiz... A tak fakt yest fakt. Yulduz opa rulezzzzzzzzzz

aha, vodiyliklar o'zi hammasi rulesss :D a tak o'sha rahmatli Ohunjon ham vodiydan edi 8)

Hurmatla, Kuzatuvchi :)

NOAVATAR
02-17-2003, 11:35 PM
aha, vodiyliklar o'zi hammasi rulesss a tak o'sha rahmatli Ohunjon ham vodiydan edi

Ha maili, etganizday bulsin

MUHLIS
02-18-2003, 12:12 AM
Ohunjon Madaliyev ismi kasbiga mos inson edilar.........
U kishining yurak ortar nolishlari hali kopchilikning yodidan kotarilmagan bolsa kerak....Juda ham kamtar va ochikongil kishi edilar, Alloh oz rahmatiga olgan bolsin.
agar e'tibor bergan bolsangiz, deyarli bir vaktda 3 ta Millat farzandi, Muhammad Yusuf, Muhriddin Holikov, va Ohunjon Madaliyevlar bu dunyoni tark etiilar. Yana bir narsaga e'tibor bergan bolsangiz, Yulduzhonim Usmonova, Muhammad Yusuf va Muhriddin Holikov hotiralariga koshik kuylaganlari holda, ozi bilan butun Halk e'tiborini jalb etgan muskiy "mushoira" aytishgan yurtdoshi Ohunjon hakida bunday yol tutmadilar.....
Meni shu narsa nihoyat darajada hayron koldirdi. Albatta San'atkorga "sen bunday koshik ayt" deb bolmaydi, bular fakat mening oy-fikrlarim holos.

NOAVATAR
02-18-2003, 12:19 AM
MUHLIS, aslida man shu Y.Usmonovaning "Muhriddinni eslab" nomli qushigini eshitib, usha musiqiy mushoiralikni Muhriddin bilan qilgan deb uyladim. Rostini etsam hozirgacha usha mushoiralik haqida kup eshitganman, lekin qushiqlarning uzini eshitmagandim. yaqinda www.music.arbuz.com da topib shu yuqoridagi qushiqni eshittim. A tak gapizda jon bor. Yulduz opa agar O.Madaliyev ga ham atab qushiq etsalar, zur, tasirchan qushiq bular edi manimcha. Kim biladi balkim hozir yozayotgandirla usha qushiqni.

MUHLIS
02-18-2003, 12:23 AM
Kim biladi balkim hozir yozayotgandirla usha qushiqni.

_________________
And Allah knows best

Yomon mos tushib koyibdimi? Hayt... :D

NOAVATAR
02-18-2003, 12:32 AM
hehehe :D

Qurbonoy
02-18-2003, 09:05 AM
Hayot shu ekanda hamisha yahshilar oldin ketarkan, illohim Muhammad YUsufni, Ohunjon Madalievni, Muhriddin Holiqlarni olloh uz rahmatiga olgan bulsin, joylari jannatdan, tufrogi engil bulsin! Usha payrlarda har kimning tilida edi bu qushiq "Turman kiziga uylanaman" deb kuylaganda Ohunjon :!: Hamma yigitlar qizlarning qirk kokil urib, uzun atlas kuylak kiyishini orzu qilardi. Taqdir ekanda biri yozgandi, biri kuyladi ohirida hammamizni yuragimizni doglab yalgonchi dunyodan, boqiy dunyoga ravona buldilar.

02-21-2003, 09:11 AM

:( , yurakni esib tashladingiz.....

shoyir
02-21-2003, 04:53 PM

Inson hayotga bir marta keladi, keyin u rost dunyoga ravona bulganidan sung, usha odamdan nima qoldi deb eslashadi, keyinchalik.
Uzbekning haqiqiy shoiri, buni baralla aytishim mumkin, marhum Muhammad Yusufdan, dangillama imorat qolmadi, bir olam mol-dunyo ham qolmadi, undan faqat uzbekning dardini, armonlarini uzida jamlagan sheerlari qoldi. Hech kim Muhammad Yusufchalik xalqona, milliy ohangda shu bilan birgalikda sodda,uqimishli sherlar yozmagan, yozolmaydi, bu bilan men boshqa shoirlarni kamsitmoqchi emasman, bunga haqqim ham yuq, lekin Muhammad Yusufning uz yuli uz yunalishi bor ediki, bu boshqa shoirlar ijodida hech qachon kuzatilmagan.
U kishi qishloqdan endi shaharga kelganida tuflisining bir poyi ip bilan yana biri esa sim bilan boglangan ekan, buni uning uzi aytib bergan edi, U kishining ijodidan xabardor bulsalaringiz, shunday satrlar bor
Toshkentda eng zur shoir bulaman, menimcha niyatlariga batamom erishdilar, ularni joylarini Olloh jannatdan ato qilgan bulsin, ruhlari doim shod bulsin:
Maylida, kimgadir yoqsa yoqmasa
Ularga qushilib yiglasharmidik
Biz baxtli bulamiz xudo hohlasa
Xudo hohlamasa uchrasharmidik.........

Qurbonoy
02-24-2003, 01:32 PM
Hurmatli shoir Muhammad YUsufning bir sheri bor edi:

"Utmishing uylab ogriydi jonim, mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor degan"

SHu sherini agar siz bilsangiz saytga quysangiz? Men butunlay unitganman bu satrlarni.