PDA

View Full Version : FRANKFURT SAFARI


realist
03-02-2003, 01:13 AM
Salom Hammaga.
Bir sizlarga Sirojiddin Said bilan birgalikda Frankfurtlaringga qilgan safarimizni anglatmoqchiman.

Frankfurt Safari.

Ishlar yahshi, ishlar bari hayriyat,
Shamolingdan aylanayin Hurriyat!
Nasib etdi, keldi Shomu Iroqdin,
Bir sher aytay sizga men ham yiroqdin.

Alqissa shu Frankfurtga uchdik biz,
Yetti qavat osmonlarni quchdik biz.
Dunyo keta ketgunicha yol ekan,
Uni tor deb yurganlar hop gol ekan.

Frankfurt bu -nemislarning shahridir,
Belidagi kamar=Mayn nahridir.
Frankfurt bu Ovropaning markazi,
Qolingdagi pullar-nemis markasi.

Frankfurtda nima boru nima yo?
Bekor gap soz behuda jim-jima yoq.
Bilmaydursan farqin shomu saharning,
Qovogi sal soliq ekan shaharning.

Dokonlari tokin sochin, nolish yoq,
Hamma narsa boru faqat kalish yoq.
Odamlari oeiq, yoqdir semizlar,
Bilsang, QAZI yemas ekan nemislar.

Tomlarining bari qizgish koshindan,
Bu halq sira tushmas ekan moshindan.
Bunda turmush taziyqidan qochish yoq,
Hovliqish yoq, yugurish-yugur shoshish yoq.

Frankfurtning Topolonday soyi yoq,
Nos cheksang gar tupurishga joyi yoq. :)
Hammayogi sarishta ham ozoda,
Yerda gard yoq, gubor yoqdir havoda.

Keszdik, bildik, ramzlarni ranglarni,
Kordin bunda osmonopar banklarni,
Bu halq quruq manziratni kotarmas,
Yotali pul keltirmasa, yotalmas.

Hullas, kasning tirikligi kast bilan,
Shunday iqror, orzu ham havas bilan,
Shimib boldik safar degan qurutni,
Oqshom chogi tark etdik Frankfurtni.


SAlomlar. Omadlar. :)