MUHLIS
03-06-2003, 06:07 PM
Internet va O’zbekiston.
Assalomu aleykum aziz doslar, men ushbu hatimda rus tilidagi web sahifalaridagi pornografiya muammolari xaqida yozishga ahd etdim.
Balki ko’pchilikka ayondur, rus tilidagi juda ko’p web sahifalar haddan ziyod reklama va tor doiralar manfaatiga xizmat qiluvchi tashviqotlar bilan to’lib-toshmoqda. Men o’z mulohazalarim bilan sizlarni tanishtirishdan avval shuni alohida ta’kidlab o’tmoqchimanki, bildirilgan fikrlar faqat shahsiy kuzatishlar asosida beriladi va hech kimni kamsitish yoki “aybini fosh etish” uchun emas balki, mavjud bo’lgan imkoniyatlarni kengaytirish va ularni sifatini oshirish va mo’ljallangan o’quvchilar ommasining umumiy ishonch va qadriyatlariga moslashtirish hususida bo’ladi.
Internet xaqida soz ketar ekan, uning bugungi kunda juda ham yoqori suratlar bilan yangilanib va har-hil ma’lumot va ahborotlar bilan boyib borayotganini ham alohida e’tiborda tutmoq lozim bo’ladi mening nazarimda. Hozirgi paytda Garb davllatlarida Internetdan davlat muassalari va banklar, savdo firmalari va boshqa boshqalar o’z mijozlariga hizmat korsatish va oz hizmat va tovarlarini tanishtirish vositasi o’laroq foydalanmoqdalar. Bundan shubhasizki, jamiyat ham, davlat ham hususiy sector ham foyda kormoqda. Bir soz bilan aytganda,Internet dunyoning ko’plab davlatlarida kundalik hayotga kirib ketgan. Shuning bilan birgalikda ko’plab ilg’or davlatlarda Internetdagi ba’zi bir ma’lumotlaring haqqoniyligi va ba’zi bir torlarning ma’lum bir jamiyat qadriyatlariga zid kelayotgani va ma’lum ma’noda jamiyatga salbiy ta’sir etayotgani allaqachon anglab etildi va bunday moammolarga qarshi lozim bo’lgan chora tadbirlar ko’rilmoqda. Bunga misol: ishonchli va xaqqoniy bo’lgan ma’lumot ba’zalari tashkil etilgan va aynan shunday ma’lumot ba’zalaridan olingan faktlar ishonarli va xaqqoniy deb hisoblanadi. G’arb jamiyatida internet foydalanuvchilari torning tashkil etuvchilar va ularning maqsadlari bilan eng birinchi galda qiziqib ko’radilar va keyin o’sha to’rning hizmatlaridan foydalanadilar. Yuqoridagi so’zlarga qo’shimcha qilib yana shuni aytish mumkinki, pornografik mazmunda bo’lgan torlarga chiqish imkoniyat darajasida chegaralangan; rasmiy to’rlar imkoniyat darajasida reklamalardan holi saqlanadi. U yerdagi yutuq va kamchiliklar xaqida juda ko’p sozlash mumkin, ammo bu bizning maqsadimizga kirmaydi ushbu makolada.
Sir emaski, ko’plab boshqa sobiq Sovet respublikalari kabi O’zbekistonda ham rus tilidagi web sahifalar, va “.ru” domanidan keng foydalaniladi. Albatta, bu o’rinda Internet tarmogi va uning bugungi kunga har qanday jamiyatda bo’lgani kabi O’zbekistonga ham bir qancha ijobiy ta’sirlari bo’lmoqda va buni hech kim inkor eta olmaydi. Ammo shu bilan birgalikda ba’zi bir bevosita O’zbekiston va uning Xalqi va jamiyati bilan bog’liq bo’lgan to’rlar meni tobora ihlosimni qoldirmoqda. Aksariyat to’rlar (O’zbekiston xaqidagi), O’zbekistondan tashqarida bo’lgan kimsalar tomonidan atashkil etilgan va tabiiyki, ularning hammasining tarkibi va mazmuni hilma-xil. Ularni o’qir ekansan kaysi biriga ishonishni ham bilmay qolasan kishi…..Rus tilida bo’lgan to’rlar haqida bir ikki og’iz soz: ular odatda O’zbekiston xaqida juda ham salbiy taassurot qoldiradi. Ba’zi bir butun O’rta Osiyoga hizmat qilishga da’vo qiladigan to’rlarda O’rta Osiyo xalqlarini bir-biriga gij-gijlovchi ular orasida nafrat va dushmanlik tuyg’ularini uyg’otishga hizmat qiluvchi “maqolalar” sanoqsiz. Albatta tanqid yahshi narsa, ammo nazarimda ko’plab rus tilidagi to’rlarda tanqid bilan haqoratni farqiga bormay qolishgan…..K’oplab tarqatiladigan “habar va maqolalar”ning aniq bir mana’si ko’rsatilmaydi, va uyg’oq fikrli insonda ushbu ma’lumotlarning xaqqoniyligiga katta shubha uyg’otadi. Bundan tashqari ko’plar shu toifadagi to’rlarda “kommunizm” va “qadrdon SSSR”ga alohida “hurmat” va sog’inch hissi oshkora sezilib turadi. Eng achinarlisi shundaki, O’zbekistonga aloqador ba’zi bir “rasmiy” to’rlar tamomila rus yoki ingliz tilida va o’zbek tilidagi so’zni “chiroq yo’qib” ham topib bo’lmaydi…….Ahir Internetga va undagi ko’plab to’rlarga butun dunyodan istalgan odam kira oladi agar hohlasa…..Yana bir narsa meni juda ham afsuslantiradiki, O’zbekiston yoki O’rta Osiyo xaqidagi “rasmiy” to’rlarga tashrif buyurgan istalgan kishi ozini sanoqli soniyalar ichida pornographic mazmundagi to’rda ko’rishi mumkin…O’zbekiston xaqidagi “o’ta jiddiy va professional” va “xaqqoniy va ishonarli” ot’rda bo’lar ekansiz sahifaning butun atrofi boylab har-hil bemaza va ta’bir joiz bo’lsa tuturuqsiz reklamalar “charaqlab” turadi…..Mening nazarimda bu bizning milliyligimiz va qadriyatlarimizga umuman to’g’ri kelmaydi. Lekin boshqa tomonda esa esa, ba'zi bir o'zbek tilida va O'zbekistonda tashkil etilgan to'rsahifalar ozining juda ham ziaf dizayniva sifatsizligini ham tan olish lozim. Masalan, yaqinda, Axboron Informatsion Dasturining rasmiy(!) to'riga ko'zim tushdi.....U yerda bir-ikkita xodimlarning rasmidan bo'lak deyarli hech narsa yoq edi......Menga yana bir narsa juda ham erish tuyuldiki, Ahborot hodilmarida, yurtimizdagi eng taniqli yangilik tarqatuvchilarda(!) o'z elektron pochtalari yoq.....Hozir aniq esimda yoq lekin aksari hodimlarni electron pochtalari rambler.ru...........men buni izohlashni ortiqcha deb bilaman...
Ohirgi paytlarda hukumatimiz Internetga bo’lgan munosabatini tamomila o’zgartirdi, va men bundan behad mamnunman. Ammo, men istardimki, Internetga bolgan e’tibor bundan da kuchaytirilsa, “mazmunan yaroqsiz va siyosiy qarashlarimizga mos kelmaydigan” ma’lumotlarga ommaning chiqish imkoniyatini “cheklash” mudaaosida Internetni ommalashtirishda ikkilanishga yo’l qo’ymaslik kerak. Dono Halqimiz bilib aytgan bir maqol bor: “Chumchuqdan q’orqqan tariq sepmaydi”. Ushbu ishga, mening nazarimda, dadillik va g’ayrat bilan kirishish kerak. Mamlakatimizdagi Axborot Tehnologiyalari mutahasislarini yangi-yangi va har-hil mavzudagi, millatimiz ruhiyati va qadriyatlaridan kelib chiqib tuzilgan to’rlar ochishga undash va kerak bolsa bu ishlarni moliyalashtirish lozim.Yana bir muhim masala shuki, Internetda O'zbek tiliga ham alohida va katta e'tibor berish lozim! Hozirgi vaqtdagi barcha o'zbek tilidagi to'rlarni ko'rib chiqish, ularning rasmiy o'zbek tilida yozilishini ta'minlash, ba'zi bir yangi terminlarni standartlashgan tarzda taqdim etish, bunda esa qardosh turkiy halqlar tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'lar edi. O’lkamizdagi habar va yangiliklarni o’zimiz o’z to’rlarimizda hammadan yahshi va sfatli tarzda taqdim etishimiz kerak o’quchilarga. Jamiyatimizdagi kamchilik va yetishmovchiliklarni ozimiz (!) tanqid qilishimiz va o’zimiz ularni keng ommaga havola etishimiz va jamiyat manfaatlaridan kelib chikkan holda ularga ijobiy yechimlar izlashimiz kerak. Ommaga qaysi ma’lumot va ahborotni tanlash va qaysi biriga ishonish imkoniyatini berishimiz kerak. Shunda ba’zi bir galamis va hasadchi kimsalarning haqoratli “critika”lariga barham beramiz, Internetga kirayotgan fuqarolarimizning Davlatimiz va O’lkamiz haqidagi har-xil haqorat, safsatayu bo’htonlar, qalbaki dalillar va habarlardan iborat bo’lgan tajovuzlari orasida esankirab, kimga ishonishlarini bilmay qolishlarini oldini olgan va Internetni chin ma’noda jamiyatimiz va millatimiz manfaatlariga hizmat qiluvchi vositaga aylantirgan bo’lamiz,va hamda O’zbek tilini yana da ommalashuviga o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz. Sozim so'nggida o'uvchida tamomila tuskunlik kayfiyati uygotmaslik uchun, www.uzreport.com,ning havas qilsa arzigulik darajada ekanini ta'kidlamokchi edim, Internetda O'zbek musiqasini muvaqqatiyatli taqdim eta olgan to'r sifatida esa www.arbuz.com ni tan olish lozim.
E’tiborlaringiz uchun tashakkur.