PDA

View Full Version : O'zbek romanchiligi


noodles
03-15-2003, 05:12 PM
Kimga qaysi o'zbek romanlari yoqadi?

Shahsan menga "O'tgan kunlar" va "Kecha va Kunduz" yoqadi (boshqa o'qimaganman) :(

_Charosoy_
03-15-2003, 05:22 PM
max ular ko'p:) yangi davr adabiyotida ham judayam yahshi yangi iste'dodli yozuvchilar chiqyaptilar.

noodles
03-15-2003, 05:42 PM
_Charosoy_, sizga qaysilari yoqadi?:)

_Charosoy_
03-15-2003, 06:26 PM
Manga O'tkir Hoshimovning yozish uslubi va umuman uning romanlari yoqadi. Said Ahmad, Pirimqul Qodirov, U. Nosir, Odil Yoqubovning romanlari judayam ta'sirchan va ma'noli deb oylayman. Bu yozuvchilar faqat roman yozmaydilar. Ular chuqur izlanish olib borishadi. Pirimqul Qodirovni ham yozuvchi ham tarihchi sifatida judayam hurmat qilaman.
Umuman bu yozuvchilar kitobhonning qalbini tirnaydigan torlarni topishni yahshi biladilar.

Yangi adabiyot. Togay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" judayam tasirchan. Eski davrining voqealarini va oddiy halqning yashashini yahshi ko'rsatgan. Erkin A'zamning ham judayam ko'p yahshi asarlari bor. Adashmasam, yaqinda Germanyiada "Dilhiroj" filmi bo'lgan edi. Uning muallifi ham bu yozuvchi edi.
Umuman olganda o'zbek romanchiligi bizda judayam yahshi rivojlangan. Har kim istalgan uslubdagi romanini topishi mumkin. Ko'p yahshi yozuchilarimiz bor, o'qiging keladiyu, yoki vaqt bo'lmaydi yoki u kitoblar yoninda bo'lmaydi :(

noodles
03-16-2003, 01:01 PM
_Charosoy_, ohhooo, shunchasini oqip tashapsizu....ehh I wish I wish....

Qurbonoy
03-16-2003, 02:53 PM
Uzbek romanilar deganda kuz oldimga sevimli adiblarim: Pirimkul Qodirov, Erkin Azam, Murod Muhammad Dust va yana bir qanchasini sanashim mumkin. Lekin Odil Yaqubov yahshi yozuvchi-yu, bir erda juda katta hatoga yul quygan usha "Ulugbek gazinasi" romanida Hazarati Huja Ahrorni guyoki Ulugbekning ulimiga fatvo bergan diniy arbob sifatida tasvirlagan, aslida bu juda ham notugridir. Va buni qanday bulganini, voqieani tarihchilar yahshi biladi, agar Odil YOqubov bu hatosini tan olib kitobini qaytadan yozsa tarih oldida qilgan hatosini tugrilagan bulardi. Va Said Ahmad u ham shunaqa uzining "Kirq besh kun" va "Ufq" romanlarida tarihni notugri aks etdirgan, u ham qaytadan tahrir qilmasligi kerak bulgan sahnalar bor .Yana davom etaymi? Menimcha hozircha shuning uzi etar deb
uylayman...

SayFuLLoH
03-16-2003, 03:06 PM
Otabek va zaynab, koroche nazvanie ne pomnyo,no film smotrel,etot film Rock!:-)

noodles
03-16-2003, 03:23 PM
_vjik_, Otabek va Kumush GAD!

_Charosoy_
03-16-2003, 03:56 PM
Qurbonoy opa... Yahshimisiz, fikrlarinigiz to'gri. "Ufq" romani va siz aytgan Odil Yoqubovning romanlari o'sha paytning sovet tuzumiga moslashgan holda yozilgan. Agar hozir u asarlarni to'girlab haqiqatni ko'rsatib yozsalar edi, siz aytganday to'g'ri bo'lar edi. Lekin "UFQ"da harakterlarni u yerdagi qahramonlarning qanday ahvolga tushganlarini, kechinmalarini yahshi ko'rsatib berilgan, deb o'ylayman.

P.S Qurbonoy opa, sizga ikki marta hat yozdim negadur javob kelmadi, biron narsa yoqmadimi, agar ko'nglizni bilmasdan og'ritgan bo'lsam uzrimni qabul qilasiz deb umid qilaman.

Hurmat ila....

kichkin
03-17-2003, 02:53 AM
LOLAZOR

6972
03-17-2003, 03:26 AM
MENGA KO'PROQ PIRIMQUL QODIROVINING "YULDUZLI TUNLAR" BILAN "HUMOYUN VA AKBAR" ROMANLARI YOQADI. SAID AXMADNING "JIMJITLIK" ROMANI, TOHIR MALIKNING ROMANLARI O'Z VAQTIDA KATTAGINA SHOV-SHUV UYGOTGAN EDI.

Qurbonoy
03-17-2003, 06:18 AM
Hurmatli CHarosoy men sizdan har kun maktub kutdim lekin hech javib olmadim c sizga hat ozgandim! Va keyin uyladim bemani gap yozib hafa qilib quydimmi deb?! Haliyam sizdan javob kutayapman... Agar men biror nojuya gap yozgan bulsam uzr?!