shoir
03-24-2003, 08:22 AM
Qo’ldosh MIRZO
ARAB BOLA, BAG’DODIY BOLA
Arab bola, Bag’dodiy bola,
Sen-la koyisha olmagan,
Sen-la sayisha olmagan,
Senga qayisha olmagan
Qardoshingni qarg’ama.
Arab bola, Bag’dodiy bola,
Ya’juj-ma’juj keldi ummonlar osha,
Kelar der edilar sel kabi tosha;
Zamona zo’rniki, ko’rga tomosha…
Qardoshingni qarg’ama.
Arab bola, Bag’dodiy bola,
Qasos qilichini peshlay olmasam,
Sen tomonga tezlay olmasam,
Uchgan o’qni ushlay olmasam,
Qardoshingni qarg’ama.
Arab bola, Bag’dodiy bola,
Kecha-kunduz bo’ldim sen bilan,
Uzilgan g’unchadek so’ldim sen bilan,
Bombalar ostida o’ldim sen bilan,
Qardoshingni qarg’ama.
Arab bola, Bag’dodiy bola,
Falokatning oldini olmas,
So’ng g’iybatdan jag’lari tolmas,
Azal-abad loqayd, qo’ramas
Olomonni qarg’ama.
ARAB BOLA, BAG’DODIY BOLA
Arab bola, Bag’dodiy bola,
Sen-la koyisha olmagan,
Sen-la sayisha olmagan,
Senga qayisha olmagan
Qardoshingni qarg’ama.
Arab bola, Bag’dodiy bola,
Ya’juj-ma’juj keldi ummonlar osha,
Kelar der edilar sel kabi tosha;
Zamona zo’rniki, ko’rga tomosha…
Qardoshingni qarg’ama.
Arab bola, Bag’dodiy bola,
Qasos qilichini peshlay olmasam,
Sen tomonga tezlay olmasam,
Uchgan o’qni ushlay olmasam,
Qardoshingni qarg’ama.
Arab bola, Bag’dodiy bola,
Kecha-kunduz bo’ldim sen bilan,
Uzilgan g’unchadek so’ldim sen bilan,
Bombalar ostida o’ldim sen bilan,
Qardoshingni qarg’ama.
Arab bola, Bag’dodiy bola,
Falokatning oldini olmas,
So’ng g’iybatdan jag’lari tolmas,
Azal-abad loqayd, qo’ramas
Olomonni qarg’ama.