PDA

View Full Version : Sevgimiz o'ldimi?..


Asadbek
03-30-2003, 11:12 AM
Sevgimiz o'ldimi

Sevgimiz o'ldimi? - Libosingiz ko'k,
Ko'nglingiz - begulxan, ko'zingiz - becho'g'.
Bizdan borish yo'qdir, sizdan kelish yo'q -
Kelishsiz dunyoda beg'am, azizim,
Nega ko'zlaringiz benam, azizim.

O't yetdi, - qaqshatdi band-bandlarimni,
Tuproqqa sochdingiz balandlarimni.
Aqlimni, dilimni - bebaxtlarimni,
Borishsiz dunyoga otgan, azizim,
Olisda oy kabi botgan, azizim.

Ammo siz sarg'aymang - gulli bog' bo'ling,
Yam-yashil ko'karing, mudom sog' bo'ling,
Bahorning bag'rida beadog' bo'ling -
Axir, qarg'aganim sizmas, azizim,
Ikki kuz dunyoga sig'mas, azizim.


Usmon Azim ijodidan

uzb.qizi
03-31-2003, 02:01 AM
Sevgi,yonaman-kuyaman,honim-jonim.....keragi yuq narsalar! Halaqit beradi holos "soglom" yashash uchun.

Seni dastingdan :evil:
ayrildim bahtdan,
Ozdim aqlimdan
kunglimga sigmas hech narsa :(
seni dastingdan,seni dastingdan.....

degandek

Asadbek
03-31-2003, 08:31 AM
Sevgi,yonaman-kuyaman,honim-jonim.....keragi yuq narsalar! Halaqit beradi holos "soglom" yashash uchun.


Ha Uzb.Qizi,

sevgisiz yashayman, demoqchimisiz bu bilan?

Yasholmaysiz :-)

Sevgi shunday navbahorki,
ul tikondin gul qilur.
Tog'u-toshga til bag'ishlab,
zog'chani bulbul qilur.

deganlaridek ;-)

Qurbonoy
03-31-2003, 01:24 PM
Asadbek sizdan bitta iltimos agar imkoningiz bulsa Usmon Azimning "Uchunchi Ugil" degan shari bor "1-aprel" degan tuplamida agar nomini notugri yozmagan bulsam usha sherini saytga kuysangiz iltimos?! Agar u sheri bulmasa istagan sherlaringizni kuysangiz Usmon Azimdan eng sevimli shoirim edi u kishi, illohim umri uzun bulsin!

Asadbek
03-31-2003, 01:58 PM
Qurbonoy opa,

Usmon Azim mening ham sevimli shoirlarimdan biri.
Ammo uning "Uchinchi ug'il" she'ri menda yuq. Balki Adiba bilsa kerak, surab kuramiz.

Quyida yana Usmon Azim she'rlaridan:


--- Grafika --- (shoirning eng zo'r she'rlaridan)

Ko'zing qaro sening, qoshlaring qaro,
Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq.
Qo'lingdagi ta'na toshlaring qaro,
Menga g'amgin boqib turishlaring oq.

Unutishing qaro, hijroning qaro,
Sog'inching oppoqdir, xatlaring oppoq.
Qarodir yurganing o'ch-mehr aro,
Menga tashlab ketgan dardlaring oppoq.

Shommi yo saharmi - vaqtimdir qaro,
Sen deb to'kayotgan yoshlarim oppoq.
Sening ham, mening ham baxtimdir qaro,
O'ttiz to'rt yoshingda sochlaring oppoq.

Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir,
Oq-qaro bo'yoqlar bizning bog'larda.
Men million bo'yoqni bilardim axir,
Ikkimiz baxtiyor bo'lgan chog'larda.

:weed:

Asadbek
03-31-2003, 02:03 PM
Adashmasam, bu she'r ham Usmon Azim ijodidan:



To'yganmidim shodlikni ichib,
Kelganmidi hatto ishq malol.
Aytolmadim: - Azizim, kechir...
Qichqirmadim: - Ketmasang-chi! Qol!

Yolg'izlikning ulkan zalvori,
Bosar - qalbim tortadi mayda.
Endi qaro tunga yolvorib,
Shivirlayman: - Qaydasan? Qayda?

Endi beishq begonalarga,
Oyoq osti bo'larkan jonim.
Men xushomad qilib ularga,
Jovdirayman: - Iltimos, qoling...

:megaphone:

Qurbonoy
04-01-2003, 09:47 AM
Asadbek ming rahmat sizga! Biroz bulsada soginch dardimni unitdim. Usmon Azim inson dilining derinliklarida yashiringan dardining suratini chizadigan shoirdir! Va uning sherini diling hayojonlanmasdan ukiy olmasaysan:

YAninga keldim men telba ,devona,
Bu ishk ketdimi yona-yona.
Men seni kuchaman sovuk begona,
Toshlar uchrashdi, biz uchrashmadik!

Asadbek bilmadim bu satrlarni tugri hotirladimi yukmi bilmayman, lekin bu sherni kachon ukisam kuzimga yosh tuladi. Bu kadar inson dardini teran ifodalagan yana bir shoir bormi yukmi bilmayman?!

Asadbek
04-01-2003, 12:45 PM
Qurbonoy opa,

siz eslatib o'tgan she'r Usmon Azim qalamining o'tkirligini yana bir bor isbotlaydigan, o'zbek adabiyotining go'zal bir she'rlaridan sanaladi.

Marhamat:


Tong chog’i tun bilan kunduz uchrashdi,
Tunda armon bilan yulduz uchrashdi,
Bahor bilan kuzak – baxtxush ushrashdi,
Toshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Bulut zamin bilan yig’lab uchrashdi,
Shamol kurtaklarni ilg’ab uchrashdi,
Visol hijron bilan minglab uchrashdi,
Yoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

O’lik zil tuproqni otdi ko’tarib,
G’ofil tiriklarni topdi axtarib,
Yo’qlik va borliqni oralab, g’arib –
Boshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Sarxush ari bilan uchrashdi gullar,
Erka shodlik bilan uchrashdi munglar,
Nigohlar, bag’irlar, lablari qo’llar,
Qoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Yoningda turibman dalli devona,
Yorim-a, ketdimi ishq yona-yona?
Men seni quchaman… Sovuq, begona –
Loshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

:-)

Free
04-02-2003, 01:14 AM
sevgi ulmaydi ku...

uzb.qizi
04-02-2003, 02:10 AM
Sherlar tuzuk,uqib borayapmiz. :)

Aytmoqchi,Asadbek!

sevgisiz yashayman, demoqchimisiz bu bilan? Yasholmaysiz

Voy,mani ichim tula sevgi men sizga aytsam! :D (qolganini yozmiman,bulmasa yana boshlanadi gappi qistir-qistir qilish)
Lekin fikrimni yozaman: Insonda oilasi,qilayotgan ishi va albatta hayotga sevgisi bulsa yetadi.Begonani sevishni (biologik tomonini hisoblamasak) unchalik muhim joyi/qizigi yuq!

Sevgi shunday navbahorki,
ul tikondin gul qilur.
Tog'u-toshga til bag'ishlab,
zog'chani bulbul qilur

Chiroyli satrlar,lekin bilsangiz agar men bitta materialistman :( Sevgi (agar u rostdan ham bulsa!) tikonni gul qilganini, yoki toshni gapirtirganini menga kursating!

Hurmatlar bilan

¨Qurbonoy
04-02-2003, 10:08 AM
Asadbek sizga uz minatdorchiligimni kanday izhor kilishni bilmayman, chunki siz mening eng sevimli sherimni sitaga kuyibsiz, men kancha hotirlashga urinmay barbir sherning bazi satrlarini unitgan edim, siz bu sher bilan menga huddi uz VATANimda yurgan paytimdagi hotiralarimni bir-bir eslatdingiz. Ha endi bazi dustlarim bilan uchrashmak menga nasib kilmadi yorug olamda ,ular bilan uchrashmak ruzi mashahrga koldi, chunki ular yorug dunyodan bosh olib ketdilar.Mening dardim uzimdan buyuk. Ollohga omanat buling.

Free
04-03-2003, 04:09 AM
&Qurbonoy, zarari yok qisinmang bu kunlar ham utib ketar kurmaganday bub ketasiz.,,
BU olam foniy narigi olamda uchraship kolarsiz..
"Vsyo Prohodit,I eto proydyot" ,Umar Hayyom...
Becky Hurmatlar Bilan..

Asadbek
04-03-2003, 04:38 AM
Qurbonoy opa,

ushbu she'r ko'nglizga quvonch bag'ishlagan bo'lsa, bag'oyat mamnunman.
Ketganlar haqida gapiribsiz...
Ketganlarning joyi jannatda bo'lsin. Ularni qaytarib bo'lmaydi, ammo bizga ular vaqti kelganda birlan OROM YURTIda uchrashmoq nasib etsin!

Qurbonoy
04-03-2003, 10:56 AM
Tilaklaringiz uchun rahmat sog bulinglar Asadbek, Becku! Kungliim tog kabi kutrildi!
Ha kancha yonib kuymayin takdir ekanda... foniy dunyoda ular bilan uchrashmak nasib kilmadi,umidim u dunyoda ular bilan kurishmakdir! Zotan ketganlarni uylasam bu dunyoning da hech unami kolmaydi! Mayli ollohdan kelgan hukm ekanda insonning sabrdan bulak hech ish kulidan kelmas ekanda...

Akademik
04-06-2003, 03:34 AM
asadbek bale tasanno mavlono sevi deya ancha yonim kuyar ekansiz biror men sevgiga ishonamanu uni uchratisha ishonmayman men uchunerishilmagan sevgi chi sevgidir .
Men sizni sevmasam bo,larkan.

holimga majnunlar kularkan
koksimga armonlar to,larkan
jonimni jabborga bersam ham
men sizni sevmasam bolarkan.

ey husni zar nigor oyzoda
bir sizni tanirdim dunyoda
ismingiz zuhrodan ziyoda
men sizni sevmasam bo,larkan

Asadbek
04-06-2003, 04:38 AM
sevgini uchratishga ishonmasangiz, unda erishilmagan sevgining asl sevgiligiga qanday ishonasiz?
lekin chiroyli satrlar bitibsiz .

Qurbonoy
04-06-2003, 01:33 PM
Akademik gap yuk guzal satrlat bitmishingiz, ijodingizga baraka! Aslida bu yorug olamda, muhabbat yuk, sevgi hayoliy,yashash kerak mehrga mushtok, agar sevmok istasang dildan sevgil yaratganni asl ollohni! Gar uylansang guzalga, kalbini tuldirgil mehringla va yasharsan hayotda eng bahtli bulib san!

Maftuna
04-06-2003, 02:24 PM
Foniy muhabbatning shakli uch burchak,
Rangi olov rangli, makoni - yurak.
Gar mehr kutganing mehri o'zgadir,
Baxtingni qaytadan izlamoq kerak.

Sevgining hayoliyligi rostdir, lekin undan hayot yaratish har bir insonning o'ziga bog'liq emasmi? Kimgadir yetisholmaganlar o'sha insonning mehri yana kimdadir atalgan bo'lishi mumkinligini unutmasliklari zarurday nazarimda. Hudo "bo'l" demaguncha, hech narsa bo'lmas. Nima dedingiz?

Maftuna.

04-06-2003, 03:11 PM
Salom hammaga, mushoira avjida ekan, menam Qurbonoy opa talabiga binoan "Uchinchi o'gil" degan she'rni bilardim, o'shani qo'yayapman.

UCHINCHI O'G'IL

Ertaklarda "bir cholu bir kampirning uch o'g'li" bo'ladi.Bu she'r uchinchi o'gil haqida

Uchinchi o'gil
otang akalaringni ardoqlaydi,
sen poda boqasan.
Akalaring par to'shakda uxlaydilar,
sen-bo'sag'aga boshingni qo'yib.
Akalaring malikalarga uylanadilar,
sen qurbaqaga uylanasan,
uchinchi o'g'il.

Uchinchi o'g'il,
akalaring ravon yo'ldan yuradilar,
sening yo'ling-
"Borsa kelmas".
Akalaring avval g'isht uyda,
so'ngra marmar qasrda,
so'ngra oltin saroyda yashaydilar-
senga taqdir chor devor ham ko'rmaydi ravo.
Uchinchi o'g'il,
akalaringda
pul,mansab, og'aynilar, katta qorin,
sog'liq bo'ladi-
Sening yolg'iz Vataning....
Uchinchi o'g'il,
akalaring vijdonlarini, insoflarini,
insonliklarin, umrlarini sotadilar-
sening yolg'iz Vataning bor-
Vatanni sotib bo'lmaydi.
Uchinchi o'g'il,
bu she'rni yozganimni bilib qolishsa,
katta akam,
kichik ukam
meni umr bo'yi qinaydilar-
yeganim og'u bo'ladi,
ammo
jonni tikib qo'yaman imzo:
Bu she'rni yozgan men-Usmon Azimov-
uchinchi o'gil!

adiba
04-06-2003, 03:13 PM
Bu men edim, :-)

Asadbek
04-07-2003, 01:10 AM
wooow!
o'qimagan ekanman bu she'rini.
Zo'r yozgan ekan.

Qurbonoy
04-07-2003, 11:59 AM
Adibahon rahmat bu sher mening eng sevimli sherim edi, siz menga VATANda kechgan begubor kunlarimni yorkin hotirasini bir parchasin kaytarganday buldingiz rahmat. Kalbingizda ne orzuyingiz bulsa etishing! Ollohga omanat buling!!!

Asadbek
04-14-2003, 07:11 AM
Mavzuga mos tushadi ekan :-)
______________________________________

You still touch me (Sting)


Another night finds me alone
in my dreams
you still touch me
your picture by my telephone
in that smile
you still thrill me

Now if I sleep, I sleep here alone
in my bed tonight
you still haunt me
and if I'm falling
I'm falling like a stone
in my nightmares
you still hold me

And after all that we've been through
now I'm wondering
if you still blame me
if only half of this was true
that you believe of me
you still shame me

Dark rain will fall until I see your face
I close my eyes
I seem to hear the raindrops saying
you won't come back
you still touch me

And when I'm sick at heart and low
in my prayers
you still heal me
when I'm so sure this isn't so
in my complacency
you still shake me

I wonder if you feel the same way as I do
and you'd come back
you still touch me

Another night finds me alone
in my bed tonight
you still haunt me
you still hold me
you still touch me

shoyir
04-14-2003, 01:04 PM
Asadbek! Qoyil sizga, universal ekansizu... :D :D :D

"Handalak"chilarga o'xshab luboy tilda gazlayapsizmi deyman-da, ey ijodingizga baraka :D :D :D :D :D :D

Mirzabek
04-15-2003, 02:11 AM
shoyir bitta nemischa ohshating kegin men bitta turkcha qoshik aytmaan ;)

Chapmi
04-15-2003, 02:15 AM
Salom hammaga, mushoira avjida ekan, menam Qurbonoy opa talabiga binoan "Uchinchi o'gil" degan she'rni bilardim, o'shani qo'yayapman.

UCHINCHI O'G'IL

Ertaklarda "bir cholu bir kampirning uch o'g'li" bo'ladi.Bu she'r uchinchi o'gil haqida

Uchinchi o'gil
otang akalaringni ardoqlaydi,
sen poda boqasan.
Akalaring par to'shakda uxlaydilar,
sen-bo'sag'aga boshingni qo'yib.
Akalaring malikalarga uylanadilar,
sen qurbaqaga uylanasan,
uchinchi o'g'il.

Uchinchi o'g'il,
akalaring ravon yo'ldan yuradilar,
sening yo'ling-
"Borsa kelmas".
Akalaring avval g'isht uyda,
so'ngra marmar qasrda,
so'ngra oltin saroyda yashaydilar-
senga taqdir chor devor ham ko'rmaydi ravo.
Uchinchi o'g'il,
akalaringda
pul,mansab, og'aynilar, katta qorin,
sog'liq bo'ladi-
Sening yolg'iz Vataning....
Uchinchi o'g'il,
akalaring vijdonlarini, insoflarini,
insonliklarin, umrlarini sotadilar-
sening yolg'iz Vataning bor-
Vatanni sotib bo'lmaydi.
Uchinchi o'g'il,
bu she'rni yozganimni bilib qolishsa,
katta akam,
kichik ukam
meni umr bo'yi qinaydilar-
yeganim og'u bo'ladi,
ammo
jonni tikib qo'yaman imzo:
Bu she'rni yozgan men-Usmon Azimov-
uchinchi o'gil!

Menimcha vatan vatan yoki sevgi sevgi dep do'q urganklardan qorqish kerak. O'z akalarini bunday yomonlagan kishidan umuman masofali turush eng tog'risi.
yana bir nuqta inson oz vatanini chin qadri qiymatini vatandan uzoq qolgandagina his qila oladi dep oylayman.

Mirzabek
04-15-2003, 02:39 AM
100 da 100 qoshilaman shu dosimga va hammalarga baht tilayman
bahtli bo'linglar :lool:

Asadbek
04-15-2003, 03:18 AM
Menimcha vatan vatan yoki sevgi sevgi dep do'q urganklardan qorqish kerak. O'z akalarini bunday yomonlagan kishidan umuman masofali turush eng tog'risi.
yana bir nuqta inson oz vatanini chin qadri qiymatini vatandan uzoq qolgandagina his qila oladi dep oylayman.

Sizning bu gapingizdagi tugunni bushatsak, unda hammadan qurqishga tug'ri keladi. Qurqoqlik esa Uchinchi o'g'ilga yarashmaydigan narsa.
shu tufayli fikrimcha shoir nafaqat o'zida, balki boshqalarda ham uchrab turadigan bir ichki dardni qog'ozga tushirgan, xolos.

Kolobok
04-15-2003, 05:17 AM
Asadbek,Thanks for sweet poems ;)

Asadbek
04-15-2003, 05:25 AM
Kolobok, you are welcome!


*****

G'anim bo'lolmasmiz ikkimiz sira,
Do'st ham bo'lolmasmiz balki hech qachon.
Balki emasdirsan sen ham bokira,
Balki emasdirman men ham pokdomon.

Ikkimiz uchun ham yolg'iz shu oftob,
Ikkimiz uchun ham yagona zamin.
Men ham sening uchun bitmadim kitob,
Sen ham shuhratimni etmassan ta'min.

Kimga nima kerak? Nechun soxta shon?
Nechun mangulikdan behuda talab?
Axir ikkimiz ham so'ng manzil tomon
Ketmasmiz dunyoning yukin orqalab.

Abdulla Oripovdan

Hasanali
04-15-2003, 07:40 AM
Mirzabek:
shoyir bitta nemischa ohshating kegin men bitta turkcha qoshik aytmaan


Ich wei& nicht, was soll es bedeuten.
Das ich so traurig bin,
Ein M&rchen aus alten Zeiten,
Das kommt mir nicht aus dem Sinn...

tezroq turkcha eshitkim kelib,shoyir do'stim nomidan nemischadan o'zim yozib quya qoldim....

Qurbonoy
04-15-2003, 03:18 PM
Asadbek rahmar sizga , yahshiyam siz borsiz men unita boshlgan satrlarni yana yangidan esimga solayapsiz buning uchun olloh sizdan rozi bulsin, kani edi... Abdulla Oripovning " Yillar armoni" sherini ham bilsangiz va saytga kuysangiz meni chuh mutli kilgan bulardingiz?! Men ham Abergienning fikrlariga mutlako kushilmayman kani edi Vatanni, tugilgan ul azim tuprokni hamma ham "Uchunchi ugil" kabi sevganida edi ................. ming afsus...

Chapmi
04-16-2003, 05:22 AM
Asadbek rahmar sizga , yahshiyam siz borsiz men unita boshlgan satrlarni yana yangidan esimga solayapsiz buning uchun olloh sizdan rozi bulsin, kani edi... Abdulla Oripovning " Yillar armoni" sherini ham bilsangiz va saytga kuysangiz meni chuh mutli kilgan bulardingiz?! Men ham Abergienning fikrlariga mutlako kushilmayman kani edi Vatanni, tugilgan ul azim tuprokni hamma ham "Uchunchi ugil" kabi sevganida edi ................. ming afsus...

Avval aytganimdek u meni oz fikrim edi.
lekin hali ham fikrimdan kaytganim yok.
uchunchi o'g'il kabi vatan sevgisi faqatgina sherlarda bitilsa kerak .
bilmadim balkim bir kun parvardigor bizga ham shunday sevgi ato etar.
lekin vatani bomagan kishini sevgisi qanaqa bolarkin.

stolz
04-16-2003, 05:38 AM
sevgi uzi ne,deb surashar,
qanday kuch u rom etar dilni?
savollarga savol ulashar,
kim bilar bu pinhona sirni????
deb suragan ekan bir shoir?
Qani adabiyot ixlosmandlari,biiir tahlil qilingchi , nedir U?

Asadbekka salomlar :D

Asadbek
04-16-2003, 05:39 AM
lekin vatani bomagan kishini sevgisi qanaqa bolarkin.
Hurmatli Abarigen,

vatani bo'lmagan kishi deb kimni nazarda tutyapsiz o'zi?
shu gapingizga izoh bera olasizmi?

She'rdagi uchunchi o'gilda VATAN bor.

Kolobok
04-16-2003, 10:50 AM
Чат
Было лето. Они шли по улице и смеялись. Было солнце, и они. Они - вместе. Они любили друг друга. И было солнце.
Они познакомились очень просто. Или - нет. Для кого как. Интернет. Чат. Там она впервые увидела его. Он ее. Судьба или случай? Кто знает? Она жила там . Он - здесь . Сотни километров. Много или мало? Для них это было ничто.
Сначала он был для нее никем. Просто бегущая строка. Просто буквы. Ни имени, ни судьбы - просто буквы. Ей было неважно: есть он или уже спит.
А потом. Что-то в нем было. Особенное. Манящее. Родное. Она стала ждать вечера. Начала жить его ожиданием. Вечером они уходили от всех. Прятались в сети. В привате. Реальность отступала. Было нечто иное. Буквы сливались в слова. Слова в образ. Образ: Ей стало казаться, что она любит его. Смешно. Ведь она никогда не видела его. Не слышала его голоса. Но она не смеялась.
Ей уже было все равно, как он выглядит. Она полюбила его. Она полюбила его душу. Он стал частью ее самой.
Они решили поговорить (голосом). У него был красивый, глубокий голос.
Они стали созваниваться. Каждый день. Это была уже не любовь. Что-то новое. Совсем новое для них. Теплое и живое. Но внутри рос страх. Они оба боялись одного. Они никогда не видели друг друга. Только представляли. Чувствовали. Слышали. Но глаза: Они не только отражают душу. Они еще и заглядывают в неё. И они просто видят. Видят все. Видят лицо. Тело. Это страшно. Разочароваться внешностью. Но время шло. Чувство росло. Страх отступал. Притуплялся. Прошло два месяца. Они послали друг другу фотографии. Оба знали, чем это грозит. Но они решились.
Мучительно тянулось время. Было страшно. Боязнь нового ожога. Нового разочарования.
Жизнь уже не раз шутила с ней. Шутила зло. Он не мог быть красивым. Так не могло быть. Она понимала это. Это было бы против закона жизни. Против ее подлости.
Где-то далеко. Он. Ждал и боялся. Он безумно полюбил ее. Ее образ. Он знал, что она не красива. Он устал от красивых пустышек. Ему было все равно. Она устала от красивых подонков. Ей было все равно. Им было плевать на внешность. Их любовь была выше оболочки. Она открыла его письмо. Он открыл ее письмо. Он был великолепен. Она была прекрасна. Три часа ночи. Они созвонились. Они проговорили до утра. Она собиралась приехать.
Было шесть часов утра. Всю ночь она стояла в тамбуре и думала. Спать не хотелось. Она ехала к нему. В детстве она мечтала. Была такая глупая мечта. Найти свою половинку. Она росла. Умнела. И однажды поняла. Это мечта. Не больше. А сейчас она вновь думала об этом. Сон или явь? Но сна не было. Лишь стучали колеса. Вставало солнце. Пахло теплом. И вот она здесь. Автомат. Жетон. Его номер. Родной голос. Адрес. Такси. Подъезд. Лифт. Нет. Лучше лестница. Звонок. Дверь открылась. Слов не было. Они были не нужны. Все сказали глаза. А потом заговорили их тела. Руки. Губы. Души.
И было Лето. Он приезжал. И была любовь. Она звонила. И было счастье. Они помнили друг о друге. Постоянно. Они были счастливы.
Но они жили на земле.
Была осень. Шел дождь. Шла она. Шел он. Она шла там. Он - здесь. Слезы и дождь. Никто не пытался понять. Куда- то спешили люди. Их было много. Много чужих людей. Он и она. Порознь.
Как так вышло? А важно ли это? Теперь нет. Уже нет. В голове бились слова. Его слова. Последние слова. (Я вышел из привата).
И наступила осень. И появились чужие люди. И здесь. И там. Жить не хотелось. Жизнь. Жизнь победила судьбу.
Дождь?
Source: http://museum.oloy.uz/text/chat.html
Love doesn't exist...

adiba
04-16-2003, 12:31 PM
yaxshi chiqibdi :), kim yozgan bo'lsa ham boshidan o'tkazgan ko'rinadi..

04-17-2003, 03:02 AM
hhmda Kolobo4ek... leto je ne na vsyu jizn' dlitsya...
a tak istoriya bila ochen' zatragivayushey :rolleyes:

ok udachi

Asadbek
04-17-2003, 09:50 AM
haqqatdan yaxshi hikoya chiqibdi.
Chiroyli uslubda yozilibdi.

Asadbek
02-12-2005, 06:12 AM
--- Grafika --- (Usmon Azimning eng zo'r she'rlaridan biri)

Ko'zing qaro sening, qoshlaring qaro,
Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq.
Qo'lingdagi ta'na toshlaring qaro,
Menga g'amgin boqib turishlaring oq.

Unutishing qaro, hijroning qaro,
Sog'inching oppoqdir, xatlaring oppoq.
Qarodir yurganing o'ch-mehr aro,
Menga tashlab ketgan dardlaring oppoq.

Shommi yo saharmi - vaqtimdir qaro,
Sen deb to'kayotgan yoshlarim oppoq.
Sening ham, mening ham baxtimdir qaro,
O'ttiz to'rt yoshingda sochlaring oppoq.

Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir,
Oq-qaro bo'yoqlar bizning bog'larda.
Men million bo'yoqni bilardim axir,
Ikkimiz baxtiyor bo'lgan chog'larda.

:weed:


Logoscience, yuqoridagi she'rni ham bir tahlil qilvorasizmi? :)

Sotvoldiyep
02-12-2005, 10:18 AM
Yomgir tinmay yogdi kun boyi
Yomg'irli kun kabi ezildi dardim
Yaydoq ko'chalarda jim yurgan ko'yi
Sening izlaringni ahtardim
Ufqlarda esa achchiq bir tuman
Mening ko'zlarimga quyardi zahar
Uvishgan qalbimni sokinlik bilan
Ezar edi bo'm-bo'sh bu shahar
Endi sen tutmassan aslo qo'limni
O'tgan sevgim uchun ochmassan aza
Oh, qanday o'lim bu sevgi o'limi
Unga na qabr bor va na janoza

Aysuluv
02-13-2005, 05:34 PM
--- Grafika --- (Usmon Azimning eng zo'r she'rlaridan biri)


Ko'zing qaro sening, qoshlaring qaro,
Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq.
Qo'lingdagi ta'na toshlaring qaro,
Menga g'amgin boqib turishlaring oq.

Unutishing qaro, hijroning qaro,
Sog'inching oppoqdir, xatlaring oppoq.
Qarodir yurganing o'ch-mehr aro,
Menga tashlab ketgan dardlaring oppoq.

Shommi yo saharmi - vaqtimdir qaro,
Sen deb to'kayotgan yoshlarim oppoq.
Sening ham, mening ham baxtimdir qaro,
O'ttiz to'rt yoshingda sochlaring oppoq.

Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir,
Oq-qaro bo'yoqlar bizning bog'larda.
Men million bo'yoqni bilardim axir,
Ikkimiz baxtiyor bo'lgan chog'larda.

:weed:



Logoscience, yuqoridagi she'rni ham bir tahlil qilvorasizmi? :)

Afsus, forumda bulmagandim. Kup narsani utqzivoribman shundaygina. Yurakni esivordingizu.:(

Aysuluv
02-13-2005, 05:38 PM
Yomgir tinmay yogdi kun boyi
Yomg'irli kun kabi ezildi dardim
Yaydoq ko'chalarda jim yurgan ko'yi
Sening izlaringni ahtardim
Ufqlarda esa achchiq bir tuman
Mening ko'zlarimga quyardi zahar
Uvishgan qalbimni sokinlik bilan
Ezar edi bo'm-bo'sh bu shahar
Endi sen tutmassan aslo qo'limni
O'tgan sevgim uchun ochmassan aza
Oh, qanday o'lim bu sevgi o'limi
Unga na qabr bor va na janoza

Majnunga ishqni urgatadigan mardlarning borligidan hursandman. :frndshp: Qalbingizni sevgingiz hesh ham tark etmasin. :paint:

himalay
03-20-2006, 09:45 PM
Asadbek aka,

"Yomg'ir yog'di mayda -maydalab" bormi sizda? Ayniqsa "kuzgi bog'" turkumdagi she'rlari juda yoqadi menga. Iloji bo'lsa, topa olsangiz, bir-ikkita she'rlaridan post qila olasizmi? Men ham eslaganim, topa olganimni joylashtirardim.

Rahmat oldindan...

M.B.

P.S. Ha, aytgancha, mana shu threadning nomi bilan boshlanadigan she'rini ("Sevgingiz o'ldimi - libosingiz ko'k") Mavluda Asalho'jaeva qo'shiq qilib aytib chiqibdi o'zi.

KhwarezmshaH
03-21-2006, 12:57 AM
Sevgilim men seni tushunolmadim,
Nelarni uylarsan, hech bilolmadim,
Endi visolingga yetarman desam,
Yana olis ketding, hech yetolmadim.

Umiding uz dersan, bahtga yetmasmiz,
Nahot unutgansan, ojiz bandamiz,
Bahtli bulish yo bulmasligimiz,
Olloh bilar, biz qaydan ham bilamiz.

Ollohga yovorarman, qoldan kelgani,
Yo`llar uzoq, yonginangga borgani,
Tasalli berolmas menga hech kimsa,
Dunyoda istamasman, sendan o`zgani.

Balkim meni unutish senga qiyinmas,
Yuragingning aytayotgan ismi men emas,
Lek seni unutishim mendan istama,
Qancha urinmayin, qolimdan kelmas.

Yuragim urishdan to`htasa balkim,
tugashi mumkin hijronim, dardim,
Lekin tomirimda oqar ekan qon,
Yuragim ismingni takrorlar har on...

Mas'ud
03-24-2006, 01:48 AM
"O'ldi..."?... Yo'q, sevging o'lmagan...
U hur bo'lib yashar yurakda...
Sendan boshqa yorim bo'lmagan,
Bo'lmagay ham bundan buyoqda.

Yig'lagani qo'ymayman senga,
G'amdan ko'rmay ko'zlaringda nam,
Xijronda-da to'ymayman Senga,
Vasl umidi mening chun karam.

Visolingga yetib olayin,
Ming so'zlarga chek qo'ygum shu on.
Hayolimni tiklab olayin.
Tunlar uyqu bermayman chunon.

Hayolimda surmayman hayol,
Mening aniq maqsadlarim bor.
Sensiz o'tgan vaqtim-ku, zavol,
Albat seni baxtli qilgum, Yor.

Oltin tog'ni etmayman va'da,
Balandparvoz she'rlar bitmagum.
Quvonch yoshing ko'rgan mahalda,
Muhabbatdan mahrum etmagum.

Ollohimdan yolg'iz tilagim,
To so'ng zarba ursa yuragim,
Seni deyman, mayus malagim....
...Men seni baxtiyor ko'rmoq istayman

10.28.05

hurmat ila...