View Full Version : Mushoira
Ishq-yolg`on, baht-yolg`on, yolg`ondir kulgu,
Yolg`ondir, yolg`onning gunohlari ham,
Faqat....ko`zlarimga tik boqma, chunki,
Men qo`rqaman rostgo`y nigohlarimdan...
Gareeb
06-27-2005, 05:46 AM
.Nahotki, yo`llari shunchalar yiroq!
— Ana, ko`ryapsanmi?
Mening dadamlar!
Dada!!!
Ovozim hech chiqmaydi biroq
Erkin Vohidov
Mahmud
06-27-2005, 05:50 AM
"Q"
Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo`ymaysan.
Qarab qo`ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.
Erkin Vohidov
Asadbek
06-27-2005, 06:34 AM
"Z"
Zabt ayladi meni xayoling,
O'rtamizda qolmadi firoq.
Yuragimda, Olloh, jamoling -
Barg uchganda uyg'ongan titroq...
Usmon Azimdan
BIBIHONUM
06-27-2005, 08:37 AM
Qo'y,ovutma,yig'lashim kerak,
O'rtadagi hijron,arziydi shunga.
Sendan qancha bo'lmadi darak,
Sal qoldi,yaproqday uzilishimga....
Asadbek
06-27-2005, 08:45 AM
"A"
Azizim, so'ramang oydan holimni,
Tunlari ko'rmaydi iztiroblarim,
Azizim, so'ramang, quyosh ham bilmas,
Xijronda o'tkazgan kun azoblarim.
BIBIHONUM
06-27-2005, 08:57 AM
Muncha shirin bu kuz oqshomi
Labingdagi charchoq kalomlar:
- Men do’zaxdan qo’rqmayman, jonim,
Do’zaxdaman allaqachonlar...
Usmon Azim
Asadbek
06-27-2005, 09:09 AM
"R"
Raqiblar sezsalar, jonon, kuyib kul bo'lgusi shul dam,
Alardin ajratib bizni, suyib, saylab qarashlarga.
Tig'ing yetganda ko'ksimga, ki ko'zlar to'qnashib qolg'ay,
Nishonga tegdimi, yo'qmi, deya o'ylab qarashlarga.
Qo'shiqdan...
Shokirbek
06-27-2005, 10:31 AM
"A"
Ajab nozik ekan ko'ngil shishasi,
Salga kirlanadi, salga darz ketar.
Kishi ko'nglin ovla, der yurak sasi,
Shunda tozalanar, darzlari bitar.
Mahmud
06-27-2005, 11:40 AM
"R"
Rasul javob qildi: - Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.
Lablaring hajrinda yur parkandkim bo'lmish ko'ngul,
La'l erur mahlul qon o'rnig'a har parkand ila.
Chun Navoiy ko'ngli sindi, emdi lutfing ne asig'?
Kim ushatsa shishani bitmas yana payvand ila.
Gareeb
06-27-2005, 02:25 PM
Avval bag‘rin ochdi u,
Keyin zahrin sochdi u,
Bergan atirgulimni
Yuragimga sanchdi u.
Bunaqasi ketmaydi –
Gul yarasi bitmaydi.
Iqbol Mirzo
Mahmud
06-27-2005, 02:33 PM
Ikki buyuk hikmat, ikki xush zabon,
Ikki buyuk dildan yo’qdir sado bir.
Biz g’animga bejang topshirgan qo’rg’on –
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Muhammad Yusuf
Asadbek
06-27-2005, 05:19 PM
"R"
Ruhimga aytdimki, endi uyg'on - samandar bo'l,
Qonimga aytdimki, endi qo'zg'ol - qalandar bo'l,
Ko'ksimga aytdim, kurash o'tida munavvar bo'l,
O'zimdan himmatni topdim - oqibat gap shunda.
Usmon Azimov
Gareeb
06-27-2005, 05:27 PM
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o'tlar bosgan o'rmonim bor.
Qizg'aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o'tmagan otajonim bor.
Muhammad Yusuf
BIBIHONUM
06-28-2005, 03:43 AM
Rostin ayt, men ozlik qildimmi senga?!
Ayt, bir yurak ozmi? Mana! To'ydim-ku!
O'jar sevgim bilan tegdim joningga,
Kechir, rashkim bilan qiynab qo'ydim-ku.
Kechir, endi mening quyoshim botdi.
Senga ishonmadim. Sen mendan tonding.
Bir tuban nomingni loylarga otdi,
Razil kimsalarga nechun inonding?!
Rauf Parfi
Asadbek
06-28-2005, 03:47 AM
"G"
Gohida ko'ksimdan nido keladi,
Qalbginam ezilib, yig'lab oladi.
Sira tinchimaydir bu telba yurak,
Sevganim qani deb bo'zlab qoladi.
Animak Idoji
Ishqing o'tig'a kuygoli keldim,
Oydek yuzungni ko'rgoli keldim.
Savdoi zulfing tushdi boshimg'a,
Sendinn savolar so'rgoli keldim.
Mashrab
BIBIHONUM
06-28-2005, 04:08 AM
Men ishqingda ne bo‘lsam bo‘ldim,
Holim xarob, adolar bo‘ldim.
Faqat senga bitta ko‘zmunchoq
Bo‘lolmadim meni kechirgil.
Guljamol Asqarova
Asadbek
06-28-2005, 04:17 AM
"L"
Laxcha-laxcha cho'g'larimni suvlarga qatra sochmadim,
Begunoh bahri muhitni o'ldirolmayman, gulim.
Usmon Azimov
Shokirbek
06-28-2005, 10:02 AM
"M"
Meni men istagan o'z suybatig'a arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglim pisand etmas.
Hazrat Navoiy.
BIBIHONUM
06-28-2005, 02:14 PM
Sen meni o’ylama,o’ylama hech ham,
Bu dunyoda yashash emasdir oson.
Baxtingdan entikib,to’lg’ansin olam,
Mening yuragimda dardlarim pinhon.
Sen menga o’xshama-o’xshama singlim,
Bir olov qalbni-ku berdi tabiat.
Xalovat,oromni istamas ko’nglim,
Garchand mushtin tugib turar malomat….
Pythagor
06-28-2005, 02:39 PM
"T"
Tushti savdoyi muhabbat boshima,
Or etar mardum kelurg’a qoshima.
Vah, muhabbat ko’yida qon yig’ladim,
Yeti iqlim g’arq bo’ldi yoshima.
Sajda aylar zohid ul mehrobig’a,
Men qilurman sajda egma qoshima.
Qil hazar, albatta, jonon, qahrdin,
Uzru zorim senga – bag’ri toshima.
shokir
06-28-2005, 02:47 PM
A`robiy guftaam oynak, baforsiy guftaam chashmat
ba turkiy so`zlasam ko`zung,
S H A R L A R D A H U MO R O`LSUN...
ALISHER nAVOYIYDAN..
DaeAnd
06-28-2005, 02:49 PM
Novaking ko'nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko'nglum bila jonim talosh.
Navoiyni davom ettirib.....
shokir
06-28-2005, 02:50 PM
UZR, S A H A R L A R D A, BO`LISHI LOZIM, YANGLISH SHARLARDA DEB YOZIBMAN,
shokir
06-28-2005, 02:51 PM
SHE`RIM YANA O`ZING YAHSHISAN,
BOQQA KIRSAM GULLAR SHARMANDA
BIR MEN EMAS HAYOT SHAHSISAN,
JONIM KABI YASHAYSAN MANDA...
USMON NOSIR
Hozimi
06-28-2005, 02:52 PM
Azaldan to abad ko’nglum qutulmas ishq balosidin,
Yurokim rahnalar bo’ldi, bu ishqning mojarosidin.
Xayolimda sening vasling, topolmasman, meni hayron,
Magar vaslingga yetsam piri komilning duosidin.
Eshit arzimni, ey dilbar, yurak-bag’rim kabob o’ldi,
Raqiblar shodmon bo’ldi nigorimning jafosidin.
Sanam, sensiz bu dunyoda tiriklik qilmog’im mushkul,
Kel, ey ko’ngul, kecholi bu tiriklikning baqosidin.
Mahmud
06-28-2005, 03:03 PM
"N"
Nimadir u, ko'zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig'lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko'zingga kelgan?
DaeAnd
06-28-2005, 03:08 PM
Nechuk suroqlaysan, egik boshimni
Tugab borgan kuchsiz, nim bardoshimni
Yoki sinamoqqa qilganmisan ahd?
Maqsading ne erur yashirmay sen ayt!
Kaminai kamtarin...
BIBIHONUM
06-28-2005, 03:16 PM
Telba ko’ngil,devona ko’ngil,
Yorga yetmoq bizga mumkinmas.
Telba ko’ngil,sen shunga ko’ngil,
Devonalik axir birkunmas.
Telba ko’ngil,devona ko’ngil,
Kunlar ayri,qiynaladi jon.
So’ngsiz sog’inch guvohi bo’lib,
Yuraklardan sizar endi qon.
Asadbek
06-28-2005, 03:27 PM
"N"
Nechun o'g'irlading o'yu fikrimni,
Nechun xayolimni aylading sarson.
Endi men bilmasman borar yerimni,
Endi tuyg'ularim qoldi sargardon.
Abdulla Oripov
:)
Mahmud
06-28-2005, 03:40 PM
"N"
Ne vafo umrumda ul jonu jahondin ko’rgamen,
Kim vafo jondin ko’rubdurkim, men ondin ko’rgamen.
Bobur
DaeAnd
06-28-2005, 04:04 PM
Nochor furqati bilan ho'y etmisham, netay.
Chun vasliga o'zimni sazovor topmadim.
Bobur Mirzo
Shokirbek
06-28-2005, 04:04 PM
"M"
Muncha ey sho'xi sitamgar javr bisyor aylading,
Bevafolig'ni vafo o'rnida izhor aylading.
Obid Namangoniy (Fazliy bilan bir vaqtda o'tgan).
Asadbek
06-28-2005, 04:12 PM
"G"
Gullarni uzishga shoshilma biroz,
Ko'rgil, g'unchalar ham shoshmay qilar noz.
Abdulla Oripov
Shokirbek
06-28-2005, 04:18 PM
"Z"
Zulmat qo'ynida jim borarmiz shitob,
Kimdir mudrar, kimdir otadi xurrak,
Shopir ham borar jim, beun, beitob,
Chor atrof ham sokin, moshinlar siyrak.
Faqat ozor berar qarshidan kelmish,
Mashinalar nuri qamashtirib ko'z,
Go'yo sitoralar birla yo'l to'lmish,
Ajab, osmonda ham, yerda ham yulduz.
Animak idoji (Asadbek ixtirosi ;) )
Mahmud
06-28-2005, 04:20 PM
"Z"
Zulfig’a vobastamen vaslig’a yo’qdur dastras,
Ey xush ul ozodakim, beqaydu forig’boldur.
Mirzo Bobur
DaeAnd
06-28-2005, 04:25 PM
Razmiga dosh berolmam, bir aytib bir qaytamen
Ul Bulbulning navosidin baxri dilim karaxt loldir...
maradona
06-28-2005, 04:28 PM
Roziman,yuragingga topolmasam ham yo'l,
Roziman,yuraging darvozasin chertmayin, bir.
Roziman, meni ko'ling ko'chasiga qo'y,
Hech bulmasa ko'ngling ko'chasidan o'tayin bir.
Bevafo
shokir
06-29-2005, 01:05 PM
........
Rasadkim bog`lamish zebi jahondur,
Osmon uzra yana bir osmondur!!
.....
Sonata
06-29-2005, 06:09 PM
Ruhim tetik,senga etmoq istaydi,
Ziyo tula kuzlaringga tuymoq istaydi.
Sonata
07-07-2005, 03:03 PM
Iftixorim-Vatan tuygusi butun.
Seni dunyo tanir,Yer tanir bu kun.
Yurakda bir olam mehrim sen uchun,
Elim deb,yurtim deb yonib yashayman.
:)
shokir
07-08-2005, 02:29 PM
Nahot ishq qismati buncha berahm!!!
Bunchalar ulug`san vafo shevasi!!!
Sengadur hurmatim, senga sharafim,
Qahramon jangchining buyuk bevasi!!
Ba`zida tirnoqlar bezagi uchun
Sahardan shomgacha qilursiz toqat,
Biroq yoringizni kutgali nechun,
Topilmas tirnoqcha sabru qanoat!!
Nazokat paytimas yaqinroq keling
Buyuk zot qoshida aylangiz salom!!
Shu sodiq bevaga sajdalr qiling
Shu sodiq bevaga aylang ehtirom!!
Xatto zeb ziynatni yulqib ziyoda
Haykal ham qo`yingiz bamisli hayol!!
Shundaylar bo`lmasa agar dunyoda
Bunchalar muhtaram bo`lmasdi ayol!!!!
Mahmud
07-08-2005, 02:46 PM
"L"
Lablaring hajrinda yur parkandkim bo'lmish ko'ngul,
La'l erur mahlul qon o'rnig'a har parkand ila.
Aisher Navoiy
Sonata
07-08-2005, 02:49 PM
Lahzalarda kelar muhabbat,
Lahzalarda ketmasin qaytib.
Qismat bulib qolsin ishq faqat,
Yashay ishqqa shukrlar aytib !
Mahmud
07-08-2005, 03:02 PM
"B"
Bulutlar ko`k kezar kunda piyoda
Ufqqa oftob botar qizil gulxanday.
Armonim ekansiz yorug` dunyoda,
Sizni o`ylamasdan yasharman qanday?
Muhammad Yusuf
Sonata
07-08-2005, 03:10 PM
Yuq !!!
Sevmayman yolgonchi yorni.
Endi haqguy suzni sevaman.
Soginmayin quydim bahorni,
Shu hazonli kuzni sevaman.
Madh etuvchi doston kerakmas,
Bitta tugri suzni sevaman.
Kursa giybat etuvchinimas,
kumaydigan kuzni sevaman.
Men sevaman kamtarin dilni,
Zar choponmas,buzni sevaman.
Anglolmasam uzga kungilni,
Faqat uzni,uzni sevaman !
BIBIHONUM
07-08-2005, 03:22 PM
Netay!,telba ruhim orom istaydi,
Rango rang bu tashvishlarning dastidan.
O'zim ham bilmayman ne deb qistaydi,
Yo'l topmay dunyoning baland pastidan.
Alamlardan kokillarim o'zimga dormikan,
Ayting,bu dunyoda bag'ri butun bormikan?
Sonata
07-08-2005, 03:27 PM
Ne uchun kelganligim,
Anglab ketsam mayliga...
Bir dona qushigini,
Tinglab ketsam mayliga.
Qaysi ishq yulida,
Yonmoqchisan yuragim...
Ishqning charog tunini,
Tonglab ketsam mayliga...
BIBIHONUM
07-08-2005, 03:43 PM
Aslida o'ylamay munis onamning,
Ba'zida qo'yaman ko'nglin og'ritib.
Ming bir o'qqa nishon aylab tanamni
Aybimga iqror bo'lib seni izlayman...
Sonata
07-08-2005, 03:51 PM
Nega uz holimga quymaysan yurak.
Faqat kuz yoshlarim mening qismatim...
Aslida kurashib yashamoq kerak.
Qadri yuq ilinjmi-sevgan hislatim..
BIBIHONUM
07-08-2005, 03:58 PM
Muhabbat tangrisin ko'zlarida yosh,
Poyida yotibdi ikkita yurak.
O'zin qilmishidan changallaydi bosh,
Beqanot qolganin etgyncha tilak..
Asadbek
07-08-2005, 04:00 PM
Men ham bir bolaman, o'zbaki, sodda,
Huv olis qishloqda nomim ko'p ulug'.
Unda shotutlar ham, shoteraklar ham,
Har bitta she'rimga qiladi qutlug'.
Islom Hamrodan
Asadbek
07-08-2005, 04:02 PM
Kunlar qushday o'tar, tunlarim tushday,
Yuraman gohi qush, gohi behushday.
Hamma ishqli, faqat, bir men beishqday,
Sensiz hayot menga qorong'u quduq.
Islom Hamrodan
BIBIHONUM
07-08-2005, 04:04 PM
G'amgin hayollarni ko'ksiga tugib,
Horg'in-horg'in bosib keldi kuz sensiz.
Gulshan aro sening vasling qidirib,
Topmasdan ketmoqda ul Ra'nong sensiz..
Sonata
07-08-2005, 04:08 PM
Sizdan ketib alamlarni yod etaman.
Sizdan qolgan yurak bilan ketaman.
Muhabbatni ertaklarda bor etaman,
Uzga baxtni kuzlagan yor,xayr endi ...
Mahmud
07-08-2005, 04:17 PM
Ishonma...
Aldadim...
Oyni childirmadek chalganim yolg'on,
Zufof kechasiga kelinni chorlab.
Barmog'imdan sirqib, tomchigan qondan
Erib bitgani yo'q nayzador qorlar...
Iqbol Mirzo
BIBIHONUM
07-08-2005, 04:20 PM
Ismim ham untding jonim,bir zumda,
Beqayg'u yurolding aytgin sen qanday?
Men esa o'z yog'imga ming qovruldim,
Senchi?,yuribsan,meni hech sevmaganday..
Bevafo yor,aldamchi yor xayr endi,
O'zga bahtni ko'zlagan yor xayr endi...
DaeAnd
07-08-2005, 04:21 PM
Ro'yo bo'lsin qolgan armonlar kuzga,
Surma bolsin yozda surtganiz ko'zga.
Iymon bersin Tangrim sizgayu bizga
Juftin bersin har kim o'g'ilga qizga.
Sonata
07-08-2005, 04:29 PM
Agar hijron kelsa bostirib,
Uzoqlarga olib ketsam bosh.
Qolmaysanmi,sen behol turib.
Kuzlaringga kelmaydimi yosh...
DaeAnd
07-08-2005, 04:35 PM
Shonli yig'lasammi yoki kulsammi
Laylo bo'lub hajringda yonsam,
Aqldan ozib sen Qays bulasanmi
Magar sen chun borimdan tonsam....
Sonata
07-08-2005, 04:47 PM
Muhabbat !
Qalbdagi ilohim,
Bu yorug dunyoda panohim.
O,mening gunohsiz,gunohim,
Muhabbat...!
Asadbek
07-08-2005, 04:54 PM
Taxtli ko'ngil - faqir bo'lgin,
Baxtli ko'ngil - haqir bo'lgin,
Bahordan kech - taqir bo'lgin -
O'zing so'ng bir chechak o'stir.
Usmon Azimdan
Joe_Blake
07-08-2005, 05:09 PM
Rashk qilmang ey yor,
Rashksiz sevmoq darkor!
Biz sizni sevdik,
Sevgimizni ado etib.
Biz sizni yor dedik,
Qalbimizni vayron etib!
Joe_Blake ilk ijodidan ;)
Sonata
07-08-2005, 05:17 PM
Bu nigoh boqmaydi,sevaman deya.
Bu qalb talpinmaydi,men sari sira.
Tuygusiz tanaga qoldimu kunim...
Aqlu-hushginamdan bulsamda judo,
Ishqingni saqlarman jonim tandaman...
Joe_Blake
07-08-2005, 05:30 PM
Bu nigoh boqmaydi,sevaman deya.
Bu qalb talpinmaydi,men sari sira.
Tuygusiz tanaga qoldimu kunim...
Aqlu-hushginamdan bulsamda judo,
Ishqingni saqlarman jonim tandaman...
Novaking ko'nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko'nglum bila jonim talosh.
Alisher Navoiy
Sonata
07-08-2005, 05:34 PM
Shirin kalomlarin tinglab tolmayman,
Ammo, qush tilini anglay olmayman.
Ogahiy
Joe_Blake
07-08-2005, 05:40 PM
Shirin kalomlarin tinglab tolmayman,
Ammo, qush tilini anglay olmayman.
Ogahiy
Nuqta yanglig'kim, vafo uzra qilur kotib raqam,
Ishq o'tining dog'ini ahli vafoda istangiz.
Alisher Navoiy
Sonata
07-08-2005, 05:46 PM
Zarra uchubon nayyiri a'zam bulmas,
Yer bolish etib,avji falak ham bulmas.
Inson aro nodonni biling,hayvondur,
Hayvon necha zur aylasa,odam bulmas.
Ogahiy
Joe_Blake
07-08-2005, 05:50 PM
Zarra uchubon nayyiri a'zam bulmas,
Yer bolish etib,avji falak ham bulmas.
Inson aro nodonni biling,hayvondur,
Hayvon necha zur aylasa,odam bulmas.
Ogahiy
Sevishgan har yigit-qiz, avvalo, aqli raso bo'lsin,
Kuyov birlan kelinchakda vafo bo'lsin, hayo bo'lsin.
Chustiy
Sonata
07-08-2005, 05:55 PM
Nahot odamlarda sungan aqida.
Nahot she'r yulidan ozgin, dedilar?
Shoir she'r yozgandi Ona haqida,
Yozaber dedilar,yozgin !-dedilar.
Joe_Blake
07-08-2005, 06:04 PM
Nahot odamlarda sungan aqida.
Nahot she'r yulidan ozgin, dedilar?
Shoir she'r yozgandi Ona haqida,
Yozaber dedilar,yozgin !-dedilar.
Ranglarga zor buldi kecha-kunduzim,
Sen hamon bo‘zlarsan, men bo‘zlab bo‘ldim.
Parvarish yetmadi ishk niholiga,
Xazondek to‘kildim kuz shamoliga.
Abdukarim Jumaboyev
Sonata
07-08-2005, 06:07 PM
Aldovlarga kundik,biz jonim.
Ochiq qalbga tugma qadashdi.
Uyin buldi kungilning ishi-
Sevgimizni yirtib,yamashdi...
Mahmud
07-08-2005, 06:09 PM
"I"
Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.
Muhammad Yusuf
Joe_Blake
07-08-2005, 06:13 PM
"I"
Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.
Muhammad Yusuf
Ayt-chi, meni unutdingmi?
Gullarim qonlar yutdimi?
Unutdingmi, eh bir yo'la
Yorug' dunyodan o'tdimi
Muhabbatim ekkan gullar?!
Rauf Parfi
Sonata
07-08-2005, 06:16 PM
Armon nihol uraverasiz.
Sir boy bermay yuraverasiz.
Peshonadan kuraverasiz.
Men ham axir sizday insonman.
;)
Mahmud
07-08-2005, 06:18 PM
"N"
Novaking ko'nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko'nglum bila jonim talosh.
Alisher Navoiy
Sonata
07-08-2005, 06:23 PM
Shukrkim,gardun tarahhum rasmini fan ayladi,
Bir quyosh ruxsoridin kuzimni ravshan ayladi.
Ogahiy
Mahmud
07-08-2005, 06:34 PM
"I"
Ishq vodisidin bir kecha men “hay-ha”lab o’ttum,
Monandi nayiston gulig’a o’t qalab o’ttum.
Boborahim Mashrab
Sonata
07-08-2005, 06:41 PM
Musaffo havodan sen nafas olgan,
Men ham qonib-qonib nafas olaman.
Ayta olmaymanu kunglimni,ammo,
Ishqimda,ahdimda sodiq qolaman !
Mahmud
07-08-2005, 06:44 PM
"N"
Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.
Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
“Nigoro!” deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar.
Boborahim Mashrab
DaeAnd
07-08-2005, 06:48 PM
Ra'no erur chamandagi gullar ichra zur anvosi,
Magar hidlab ko'rar bo'lsang iforlari mudom o'rtar.
Sonata
07-08-2005, 06:49 PM
Ruhim siniq.Parvonasi jim ular.
Nafasingiz ishqim guli jim sular.
Yogiylarim,yogiylarim jim kular.
Sen kelmagan kun.
Mahmud
07-08-2005, 07:08 PM
Ne vafo umrumda ul jonu jahondin ko’rgamen,
Kim vafo jondin ko’rubdurkim, men ondin ko’rgamen.
Ko’z yo’lidin ul sari husnun nazar aylar edim,
Qon yoshim ul yo’lni tutti, emdi qondin ko’rgamen.
Bobur Mirzo
DaeAnd
07-08-2005, 07:13 PM
Ne ajabki taqdir bo'lib,
Uchrashibmiz chamanda.
Qo'ling tilgan gul tikonin
Eslaysanmi o'shanda????
Mahmud
07-08-2005, 07:24 PM
Ammo san ro'yosan, bilmayman,
Qaydasan va qachon qaytasan.
Ismimni tutasan gulday san,
Ismimni bir go'zal aytasan.
Iqbol Mirzo
Bevafo
07-09-2005, 06:40 AM
N-n :king:
Nigohingdagi ishq kimga atalgan,
Buncha hayol surasan,
Hayollaring kimga atalgan.
So'zlamaysan so'zlaring shirin,
Shirin so'zlaring kimga atalgan,
Yuragingda sevging yashirin,
Jonim sevging kimga atalgan,
Meni yuragim senga atalgan...
Sonata
07-09-2005, 02:50 PM
Nega buncha moyilsan...
Bul yulingdan qayt,kunglim.
Dunyo keng bir armonzor,
Armon terar payt,kunglim.
Royal
07-09-2005, 07:27 PM
May balqigan yoqut, kozasi qondur,
Qadahi badanu sharobi jondur.
Billurin bu qadah maydan handondur,
Koz yoshdur, Dil qoni unda pinhondur.
Umar Hayyomdan
DaeAnd
07-10-2005, 09:45 AM
Raqiblar sezsalar, jonon, kuyib kul bo'lgusi shul dam,
Alardin ajratib bizni, suyib, saylab qarashlarga.
Qo'shiqdan
erkak#1
07-10-2005, 09:50 AM
Raqiblar sezsalar, jonon, kuyib kul bo'lgusi shul dam,
Alardin ajratib bizni, suyib, saylab qarashlarga.
Qo'shiqdan
Alisherlar, Ulug'beklar tug'ilsin, ibni Sinolar,
Tug'ilsin, Nodira, Zuhro, biri Zebuniso bo'lsin.
Chustiy
Sonata
07-10-2005, 12:31 PM
Nomard bulsang senga jonon emasman.
Uz ahdimda chinman yolgon emasman.
Ush-turt kunlik davru-davron emasman,
Chin insonman,qadri arzon emasman.
Royal
07-10-2005, 01:27 PM
Namangan sharidan ketsam, meni yoqlar kishim bormu?
Gariblik shahridan yursam, meni yoqlar kishim bormu ?
Boborahim Mashrabdan
erkak#1
07-11-2005, 08:38 AM
Namangan sharidan ketsam, meni yoqlar kishim bormu?
Gariblik shahridan yursam, meni yoqlar kishim bormu ?
Boborahim Mashrabdan
Ulki, topilmas bashar jinsida vah g'aflat ko'rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim
Alisher Navoiy
Mahmud
07-11-2005, 10:35 AM
Ulki, topilmas bashar jinsida vah g'aflat ko'rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim
Alisher Navoiy
Men bora olmayman. Yurak to’la tosh.
Ayt, qachon vaznsiz bo’lmoqlik mumkin?
Qanday oy nuriga aylansa bo’lar
Va qachon oy nuriday sarg’aygan qo’llarim
Qaro sochlaringni silab titragay?
Usmon Azim
DaeAnd
07-11-2005, 10:57 AM
Yig'laymanu ko'zdan yosh chiqmas,
Quvilgan g'ash hech nari ketmas.
Zor-zor bo'lib kuyladim bu kech
Yurak takror aytar ishqdan kech!!!
Mahmud
07-11-2005, 11:08 AM
Yig'laymanu ko'zdan yosh chiqmas,
Quvilgan g'ash hech nari ketmas.
Zor-zor bo'lib kuyladim bu kech
Yurak takror aytar ishqdan kech!!!
Chora topolmadim seni aldashga,
Yurak seni qumsab o'rtansa,
Olis davonlarda yomg'ir yoqsa ham,
Seni isming aytilur hamon.
DaeAnd
07-11-2005, 11:32 AM
Nechuk chora zarur unday aldovda
Yurakka quloq sol, solmay qiynoqqa.
Magarkim tuyg'ung chin, olg'a bos, kurash,
Davonda qor yog'sa zarurdur kurash.
Asadbek
07-14-2005, 04:53 AM
Shoir yashamaydi aslo bealam,
Va biron kimsaga istamas balo.
Lekin o'zgalarning kulfatiga ham,
Hasad qilganlarga bir tilak ravo...
Abdulla Oripovdan
PS: Qani azizlar, mushoirani davom etkazamiz! Davraga marhamat!
DaeAnd
07-14-2005, 05:53 AM
Oling qo'lga qalamni og'am,
O'z ijoddan yozib turungiz.
Gul Bazmidan qochdingiz biram,
La'lihonga kirmay qutuldiz...
P.S Xapa bugan o'ris...:lol:
Asadbek
07-14-2005, 06:21 AM
Zil-zambildek yukim yelkada,
Gul bazmida she'rlar bitdim men.
Baxtli onlar yaqinlashib so'ng,
La'lihonni olib ketdim men...
;) :P
DaeAnd
07-14-2005, 06:32 AM
Nega yolg'on aylarlar kalom
La'lihonsiz Bek akaxonlar...
"Tanho Nemkam" debon gap tamom
Germonida qolib ketganlar....
Asadbek
07-14-2005, 08:22 AM
Ruhimda osoyish, dilimda charog',
Shifokor ahliga o'qurman tahsin.
Lekin xitob aylay senga ushbu chog':
Olgin, dardlarimning olgin barchasin!
Abdulla Oripov
PS: DaeAnd, La'lihon haqida aytishuvni o'sha mavzuni o'zida davom etsak, yaxshi bo'lardi manimcha :)
BIBIHONUM
07-14-2005, 10:09 AM
Ne qilay? Yurakdan bo'shadi tanim,
Najot - ko'nishdami, najot - o'lishda?..
Azizim, azizim, azizim manim,
Ayt, qachon ulgurding jonim bo'lishga?
Usmon Azim
Asadbek
07-14-2005, 11:44 AM
Ayvon ustuniga suyanib og'ir
Boqasan: falakda uchar ko'p turna...
Turnalar yig'larmi, yog'armi yomg'ir -
- Sevgilim, bir umr bo'lamiz birga!
Usmon Azim
BIBIHONUM
07-14-2005, 04:32 PM
Azizim,
Shundayin bir kunlar keladi,
Qalbingda unadi alvon lolalar,
Seni unutmaydi hali keladi,
Shunda tasannolar aytar alyorlar...
Xursandbek To'liboyev
Asadbek
07-14-2005, 04:44 PM
Ruxsoringni ko'rayin deb,
Oshdim tog'ni dovonni.
Yo'llarimda yanchib o'tdim,
Shum niyatli yomonni.
DaeAnd
07-14-2005, 04:49 PM
Insof bersin har kimga,
Ayblamasin o'zgani
Mehr bersin xalqiga
Qasdlamasin o'ziga.
BIBIHONUM
07-14-2005, 04:55 PM
Anglanmagan dardlarday to'zib,
Kunlar asta qiladi parvoz.
Xotirangdan chiqaru suzib,
Qaytmas bu'lib ketar bizning yoz.
Usmon Azim
Asadbek
07-14-2005, 05:07 PM
Zabt aylagay meni xayoling,
Uyqumda ham, yorug' kunda ham.
Mayli, yog'dir menga savoling,
Faqat bo'lgin sen menga hamdam.
BIBIHONUM
07-14-2005, 05:10 PM
Men esa
Oshig`ing sening –
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.
Muhammad Yusuf
Mahmud
07-14-2005, 05:37 PM
Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.
Muhammad Yusuf
DaeAnd
07-14-2005, 07:11 PM
Ayting, xafa bo'lay men yana kimdan?
Birov davlat qurar, birov uy tiklar.
Asli bir xalqligin bilar-u, zimdan
Nechun, bir-birovin ko'rolmas ular.
Muhammad Yusuf
eagle
07-17-2005, 07:04 PM
Urtog'im iltimos qildi yozishga va man u sh'er:
Raxmat Raxmatjon,
Salom Ahmadjon.
Jonga tegdilaring,
Yurak bag'rim qon.
DaeAnd
07-22-2005, 12:39 PM
Nafasim g'animat, so'zim g'animat,
Fojia poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne'mat,
Axir men bittaman, yagona-yolg'iz.
Iqbol Mirzo
Mahmud
07-22-2005, 12:52 PM
Zulfing seni bu jonima yuz domi balodur,
Jonim qushi sayd o’ldi chu sayyod eshigingda.
Olam borisi lazzati husnungni topibdur,
Giryonu fig’on, nolavu faryod eshigingda.
Boborahim Mashrab
Asadbek
07-22-2005, 12:58 PM
Allaqaysi burchakda pismiq bir xayol bilan,
Bizlarning sha'nimizga saqlamangiz siz keklar.
Mehnatkashu zahmatkash erkagu ayol bilan,
Asrlarni oralab kelayotir O'zbeklar.
Abdulla Oripov
Mahmud
07-22-2005, 01:16 PM
Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing –
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..
Muhammad Yusuf.
DaeAnd
07-22-2005, 01:20 PM
Nega jim yashaysan, sokin yashaysan?!
Sezmaysan, qo'llarim ketsa ham tegib.
Olamda men yo'qdek, hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.
Mirzo Kenjabek
Mahmud
07-22-2005, 01:42 PM
Bo'sae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam og'zi ichra aytur la'l ham bor nav' tosh.
Novaking ko'nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko'nglum bila jonim talosh.
Alisher Navoiy
Asadbek
07-22-2005, 01:49 PM
Shoshmagin, ey karvon, to'xtagin bir on,
Chashmi zilol bo'lib dardingni olay.
Yo bir yaproq misol bo'lay soyabon,
So'ngra xazon yanglig' yo'lingda qolay.
Abdulla Oripov
BIBIHONUM
07-22-2005, 09:58 PM
Yo'q,endi so'zlama,ishqdan oh urib,
Bu yolg'on dunyodan bezib ketdim men.
Qo'shiq qilib kuylagan sevging so'zini,
Qalbimning to'riga yozib ketdim men...
Asadbek
07-23-2005, 02:53 AM
Ne nafis tug'yonlar ichida qoldik!
Sevgilim, gapirma, o'ltirgin tinib -
Go'yo dundo go'dak qalbidan nozik,
Go'yo entiksang ham ketadi sinib...
Usmon Azimov
Guardian
07-23-2005, 03:07 AM
Bu dunyo hech sendek
Qiz yo`q edi tur singlim,
O`zing orzu qilgandek,
To`y qilamiz, yur singlim.
Oy yuzingga bir nafas,
Harir ro`mol o`rarsan.
Gulgul yonib muqaddas
Chimildiqqa kirarsan.
Muhammad Yusuf
Shokirbek
07-23-2005, 03:34 AM
"N"
Nay kabi hardamki bazmi waslingi yod aylaram,
To nafas wordur qurug' jismimda faryod aylaram.
Ro'zi hijrondir sewin, ey murg'i ruhimkim bukun
Bu qafasdin ban sani albatta ozod aylaram.
Wahm edib to solmaya san moha mehrin hech kim,
Kima yetsam jawru zulmingdin anga dod aylaram.
Qon yoshim qilmaz wafo giryon ko'zim isrofina,
Bunchakim har dam jigar qonimdin imdod aylaram.
Injimon har nechakim ag'yor bedod aylasa,
Yor jawri chun ko'ngul bedoda mu'tod aylaram.
Bilmisham bo'lmon wisoling, lek bu ummid ila,
Goh-gah o'z xotiri noshodimi shod aylaram.
Lawhi olamdin yudim ashk ila Majnun odini,
Ey Fuzuliy, ban daxi olamda bir od aylaram.
Godunov
07-23-2005, 03:41 AM
Majnuntolday boshginangni egma jonim
Ko'zlaringdan yoshginangni to'kma jonim,
Endi qayta uchrashmaymiz, kutma jonim
Nurli-nurli nurga cho'mgan bir xayol bo'l,
Sen bahor bo'l, baxtiyor bo'l, baxtiyor bo'l
O'z yoriga sadoqatli bir ayol bo'l...
Asadbek
07-24-2005, 02:22 PM
Laxcha-laxcha cho'g'larimni suvlarga qatra sochmadim,
Begunoh bahri muhitni o'ldirolmayman, jonim.
Usmon Azimdan
BIBIHONUM
07-24-2005, 02:50 PM
Mehribonim!,qora zulmat qushlari,ko’zlarimni o’yayotur,
Yuragimni bu qushlarga uzib berolmayman,tushun!
Mayli olsin ko’zlarimni,lek bermasman yuragimni,
Chunki uni asrayapman senga uzatmoqlik uchun...!
bir havaskor qalamidan...
Asadbek
07-24-2005, 03:12 PM
Nafis qalbli go'zal malagim,
Ko'zim ko'zgu sening qoshingda.
Baxtim ekan, uchratdim seni,
Gulg'unchadek bo'lgan yoshingda.
Animak Idojimadan tarjima
:)
BIBIHONUM
07-25-2005, 09:41 AM
Azizim,yuragim,ezilib,g'amgin,
Pichirlayman,ko'zim yoshlanar,
Ne borligin bilmay dilimga,
O'z-o'zidan ko'ngil g'ashlanar....
bir havaskor qalamidan...
Asadbek
07-25-2005, 10:13 AM
Rosti, sening bir og'iz gaping,
O'qiganim, eshitganim on,
Oshiqlikni bilmagan hapqir,
Yuragimga qadaldi hijron...
DaeAnd
07-26-2005, 04:46 PM
Nahot, qachonlardir chiqadi quyosh,
Nurga yo’g’riladi bu sovuq dunyo?
Endi bu hayotim ketguncha bardosh,
Endi bu hayotim meniki tanho...
Usmon Azim
Mahmud
07-26-2005, 05:06 PM
„Oh“ urarmiz, har „oh“imiz – sariq yaproq,
Ishq bog‘ berdi ikkimizga, tumanli bog‘,
Har bir bargi xazonlikda, har bargi dog‘ –
Najotsiz ishq dami odam yutarlidir.
Usmon Azim.
BIBIHONUM
07-26-2005, 05:09 PM
Ro'parangda u bosh egdi jim,
Horib keldi- uzoq edi yo'l...
Sen yoshingni arta bilmading.
"Salom" deb ham uzatmading qo'l.
Usmon Azim
Asadbek
07-27-2005, 02:34 AM
Lochin bo'lib quchgum samo,
Qanotlarim qayirma.
Porloq bo'lib jimirlagan,
Yulduzimdan ayirma.
Noma'lum shoir
Shokirbek
07-27-2005, 04:17 AM
"A"
Ayo charx, etding ortiq jabr bunyod,
Ko'zim yoshlig', tilimda qotdi faryod,
Hayotim lolazoridin ayurding,
Yoqib jonim, kulim ko'kka sovurding!
Abdulla Qodiriy.
DaeAnd
07-27-2005, 10:30 AM
Garchi shuncha mag'rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak ?
Erkin Vohidov
Mahmud
07-27-2005, 12:56 PM
Ko’rib-ko’rmaslikka
Olmoqlar oson.
Siz-ku ko’rsangiz ham
Olmaysizu tan,
Meni tanib, hatto
Har kun ko’chamdan,
Sochingiz qo’l silkib
O’tar yorijon.
Muhammad Yusuf.
Shokirbek
07-27-2005, 03:26 PM
"N"
Necha yil tun-kun agar tinmay o'qusang ilmi qol,
Hech vaqt iymoni pokinga topolmassan zavol,
Har zamini sho'razoridur, ko'karmasdur nihol,
Arzaniga arzimas yo'l ustida singan safol,
To otang rozi emas, tavbang qabul bo'lmas seni.
Boborahim Mashrab.
Asadbek
07-28-2005, 02:37 AM
Itqit jaholatni, aqlga yuz tut,
Bunchalar e'tiqod qo'yma jabrga.
Bir kuni ko'z yumsang, seni ham el-yurt,
Boshida ko'tarib eltar qabrga.
Abdulla Oripov
Shokirbek
07-28-2005, 04:45 AM
"A"
Anbarin zulfung tarab boqsang, nigoro, har taraf,
Jam' ko'ngul bir qarab yuz parishon bo'lg'usi.
Mashrab.
Asadbek
07-28-2005, 04:50 AM
Iztirobdan yurak yuksalib borar,
Teranlashib borar, borar kenglashib.
Go'shtlikdan asabga aylanib borar,
Tobora boradi ruhga tenglashib.
Usmon Azim
Mahmud
07-31-2005, 02:17 PM
Bu zamonni naf’i qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko’ngluma,
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.
Bobur Mirzo.
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.