PDA

View Full Version : Mushoira


Pages : [1] 2

uzb. qizi
04-02-2003, 02:49 AM
Salom dostlar! :)

Sheriatni sevadigan,Vatandan uzoqda yuraverib (menga uhshab :( ),uzbekcha sherlar esdan chiqib ketayotganlardan bormi? Bor bulsa, kelinglar bitta mushoira qilamiz!

Birinchi bulib uzim boshlab beraman:
Vodiylarni yayov kezganda
bir ajib his bor edi menda
chappar urib gullagan bogin
upar edim Vatan tuprogin.

Aytmoqchi mushoirani ozgina qoidalari ham bor:

1) sherlar faqat uzbek tilida bulishi kerak
2) necha qator bulishi muhim emas
3) uzingizni ijodingizga mansub bulgan sherlar ham bulaveradi
4) qushiqlardan parcha qilish ham mumkin,chunki qoshiq qoshiq bulishdan oldin sher bulgan
5) va eng muhimi: sizning sheringiz sizdan oldingi yozilgan sherning ohirgi suzining eng ohiridagi 3 ta harfdan biridan boshlanishi kerak: masalan hozir ohirgi uchta harf G,I,N (tuprogin).Siz shu harflardan boshlashingiz lozim.

Hurmatlar :)

realist1
04-02-2003, 05:58 AM
Gir gir esgan shabboda,
Shivirlar qulogingga.
Bunda baht, bunda omad,
Qaytgin, der qishlogingga.

Meni kechir qishlogim,
Seni intizor etdim.
Do’stim, yorim, o’rtogim,
Sizlardan uzoq ketdim.

(Chimyon qoshiqlari turkumidan.)
Salomlar. Omadlar. :)

Yozuvchi
04-02-2003, 12:19 PM
dimlama egan chog'da
orik gullagan bog'da
yairab kulardim doim
dostlarim quchog'ida

men xali qaitaman kut,
boradi oltin yigit
vatan yoshlari uchun
bo'laman oliy ogit

<Yozuvchi ijodidan>

uzb.qizi
04-03-2003, 02:02 AM
Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon Ozbegim,
senga tengdosh Pomiru,oqsoch Tiyonshon Ozbegim

Asadbek
04-03-2003, 03:29 AM
Mustaqillik bayroq emas,
Mustaqillik shon emas.
Mustaqillik onang yopgan,
Issiqqina non emas.

Mustaqillik mustabiddan,
Olinajak bir o'chdir.
Mustaqillik qovurg'angdan,
Yasalajak qilichdir.

Mustaqillik tangri bergan,
Qiyosi yo'q in'omdir.
Bismillodan boshlanajak,
Buyuk Vatan - IMONdir.


P.S: Islom Hamrodan

realist1
04-03-2003, 08:10 AM
Raqibning boshiga mushtlagan qo'llar,
Uning yelkasidan quchsa bo'lmasmu?
Nafrat sahrosiga boshlagan yo'llar,
Mehr vodiysiga uchsa bo'lmasmu?

Olqishlar, olqishlar nechun olqishlar?
Hayvoniy bir tuygu, sartlik uchunmi?
Yoki yerda yotib oh chekayotgan,
Musht yegan, bechora dardlik uchunmi?

Siz kuchlimisiz? Ey Aziz Odam?
Kuchingiz yetarmu men aytgan ishga?
Yomonlik aylasa yahshilik qilib,
Qasoskor alamdan ustun kelishga.

Izzati nafs degan yovni yo'q etib,
Ul yolgon maqtovni qilasizmi mot?
Va haqsiz berilgan tojni ham otib,
Kibr ila havoga bo'lasizmi yot?

Ul zamon men uchun sizsiz chempion,
Rasmingiz yurakka mih la qoqarman!
Siznikidir olqish, siznikidir shon!
Poyingiz ostiga suvdek oqarman.

Tanaffus tugadi, bokserlar olga,
Biringiz to'qmogu biringiz bolga...

(Amerikacha boxni korib...)

Maftuna
04-03-2003, 02:05 PM
Lahza-lahza chiqdim-u, chekdim yo'lida intizor,
Keldi jon og'zimg'ayu, ul sho'hi badho' kelmadi.

Asadbek
04-03-2003, 03:21 PM
Mana, shoiralarimiz ham tashrif aylay boshlashdi yana :-)


Darig' tutding mehringni. Bildim -
Nafrating ham nasib etmadi.
Shuncha befarq ekansan menga,
Yuragimdan nega ketmading?.


__

04-04-2003, 07:00 AM
Inglizdir,nemisdir yoxud farang
burni tula ziraklarga bir bor qarang
quloqdagi "naushnikdan"chiqqan sado
aylarmikan bularni bir kun garang....

hazil sher shu eslolmay qolib tuqishga majbur buldim....uzr..

Qurbonoy
04-04-2003, 02:41 PM
Aytib bulmas sir kup kalbingda, bilasanku menda ham shunday,
Kup kun boldi sening hajringada yashaypman guyo tutkunday...



Kolgan satrlarini unitibman kimning esida bulsa yozinglar iltimos?...

Asadbek
04-06-2003, 04:33 AM
Asli biz talashgan dunyo nimadir?
Siz So'zni sotasiz, men So'z yutaman.
Qo'rqmang, shoir degan yorliq sizniki,
shu shahar ham sizga mendan esdalik.
Men hujjatsiz shoir bo'lib bir kuni -
Baribir qishloqqa qaytib ketaman...


Islom Hamrodan

Qurbonoy
04-06-2003, 01:40 PM
Mehr kup kurguzdim ammo mehriboni topmadim,
Jon basse kildim fido oramijoni topmadim:

Maftuna
04-06-2003, 02:08 PM
Daryo toshqin, suvlar shoshqin, o'tolmayman-ey,
Otim oriq, manzilimga yetolmayman-ey.
Otginamni oriq qilgan shu mayda tosh-ey,
Rangginamni sariq qilgan shu qalam qosh-ey...

(Qo'shiqdan)

Asadbek
04-06-2003, 02:26 PM
Yig'lab so'raganim sendan dunyomas,
O'ZBEKning ko'ksini osmon qil pirim.
Dushmanlari kuysin, do'stlari kulsin,
Shu elning mushkulin oson qil pirim.


(Islom Hamrodan)

uzb.qizi
04-07-2003, 03:21 AM
Men nechun sevaman Ozbekistonni
sababini aytgil desalar menga
shoirona, gozal sozlardan oldin
men tazim qilardim ona halqimga!

adiba
04-07-2003, 04:42 AM
Ajoyib kunlarning birida
uyg'onib ketaman uyqudan,
yurakning eng chuqur yerida
og'riqqa aylangan tuyg'udan.

Bir qo'shiq bo'laman daryoday
yurakning eng chuqur yerida,
boqaman dunyoga dunyoday
ajoyib kunlarning birida..

(Orzu tasbehi-Shavkat.Rahmon)

Maftuna
04-07-2003, 03:42 PM
Izsiz ketdi sharqiragan anhorlarim,
Esiz ketdi gurkiragan bahorlarim,
Ko'zlarimdan kiprik kabi to'kildilar
Sevganlarim, dilbarlarim, dildorlarim.

Sevdim yurtning shamshodiyu archasini,
Suydim soyning sokinligi, sachrashini.
O'nta qizni sevgan bo'lsam, o'rni boshqa,
Qirqta bo'lsa qilig'i hush barchasining!

Men daraxtman, yaprog'i bor, ildizi yo'q,
Xazon quchgan tuproqdirman, gul isi yo'q.
Osmon to'la yulduzlarni kashf aylagan
Munajjimman - manglayida yulduzi yo'q.

Goho gullar sochdi menga kuz-qishlarim,
Goho kullar sochdi tanish-bilishlarim.
Bugun yolg'iz o'ylanaman, o'rtanaman:
Urmadimi go'zallarning qarg'ishlari?

Bu yo'l menga sayr edi, sayil edi,
Sevgisiz kun - hafta edi, oy-yil edi.
Men qizlarni aldashni ko'p istamasdim,
Qizlar o'zi aldanishga moyil edi.

(Iqbol Mirzo)

uzb.qizi
04-08-2003, 03:15 AM
Dadam ishdan kelsalar
tulib ketar uyimiz
Kokka yetgudek bular
hursandlikdan buyimiz!

(meni yoshligimdagi ijodimdan)

adiba
04-08-2003, 03:30 AM
Alo, alo ishxonami?
Bormi mening dadamlar?
-Qizalogim dadang kimdir?
Bu yerda ko'p odamlar?
-Dadam chiroylilar,
Ko'kish papkalari bor,
Ko'rsangizchi aytib qo'ying
Uyga darrov kelsinlar,
Ovqat qilib qo'ygan edik,
Sovitmasdan yesinlar!

(bunisi mening bolalik ijodimdan)

04-08-2003, 04:10 AM
adiba, :)

Hasanali
04-08-2003, 05:03 AM
Labingizdan uchgan uchqunlar
ko'zlarimda gulxanlar yoqdi
va men bedor o'tkazgan tunlar
Oydan hayrat aralash boqdi...

joe parker
04-08-2003, 05:29 AM
arshning kungurasin farzona quchgan
so'fiylar, avliyo nafasli pirlar,
gohi paytlar boqsang, ruhlari tushkun,
ki "mashrab kabilar bechoradirlar..."

olamlarga berib sur'at va ravish,
har gardga qiymatu o'rin tayinlab,
dehqon sal tinsin deb yo'llab oppoq qish,
jim turgan shoirning qalbini tinglab,

bizga shu zaminni haq parvardigor
teng, xurram yashashga etmishki borgoh,
najib mujdalardan dilda sharor bor:
har ishdan voqif u, har shaydan ogoh!

uning yumushimas erdagi mubham
qing'ir-qiyshiq yo'llar,inson solgan iz.
adolat, nur sari yursa bas odam,
xoh ko'p bilan bo'lsin, xoh bo'lsin yolg'iz.

lekin haqsizliklar bois xor, ado,
tuhmat, ig'volardan bo'lgan jontalosh'
har g'arib qoshida tangri taollo
qo'shilib oh urar ekan ko'zi yosh...

sizga, ey, oz qoldi, lain mudbirlar,
bir yutum havo ham qahat bo'lajak!
ha, "mashrab kabilar bechoradirlar",
lek aytganlari albat bo'lajak.

(omon matjon "mashrab holatlari", 1996)

Chapmi
04-08-2003, 05:32 AM
hudoga shukr yana eski kunalr kaytib keldi.

adiba
04-08-2003, 07:40 AM
Qadamim yoqdi shekilli ;)

joe parker
04-08-2003, 08:03 AM
adiba, biz taraflargayam qadam qo'yib, she'rlarizdan qoldirib keting. usmon azim she'rlaridan va'dalar oluvdik... :)

http://www.livejournal.com/users/sanjar

Mirzabek
04-08-2003, 08:35 AM
Dik dik keldik shu yerga
Ijotlaringiz yokdi menga
Har tarafda ijotkor
Biz ham boldik bekaror

Lekin men ham sizlarga ohshab
Ikki soz yozay dedim karab

Uyga ketish ham, anca dart
Soginish ham, ehh bu ham dart
Bilo olmayman na chora
Aytishadi bechora...

Lekin bu yil ketaman
Uch yil boldim ovora
Uyga togri boraman
Hammasini opaman

to be continue... :lool:

adiba
04-08-2003, 03:41 PM
Muhabbat chiroyli kapalak,
Qo'rqaman sho'rlikni tutgani.
Kapalak quvganim yodimda,
yodimda yo'q ammo yetganim :(

Yuragim ranjigan boladay
na ermak, taskinga ko'nadi.
Muhabbat-chiroyli kapalak,
hali ham gullarga qo'nadi.

Ortidan halloslab chopaman,
xijolat bo'laman g'o'rlikdan-
qanchalik yugurmay, baribir
orqada qolaman sho'rlikdan...

Shavkat Rahmon

bir qiz
04-08-2003, 06:43 PM
Agar oshiqligim aytsam
Kuyib jonu jahon urtar
Bu ishq dardin bayon etsam
Yuraklarni hamon urtar

Maftuna
04-09-2003, 02:39 PM
Vidolashuv

Tushimni yoritgan zangori ertak -
Iymanib, yer chizib turgan kelinchak,
Havoni tebratgan munis boychechak,
Meni unutmagin, qaytar kunim bor.

Shukr, bog'laringda qolyapti izim,
Yoningda qolishga yo'q menda izn...
Men seni sevaman, tillaqo'ng'izim,
Meni unutmagin, qaytar kunim bor.

Tuproq kechib yurgan qo'yko'z bolacha,
Mening qaysar ukam, birso'z bolacha,
Qo'ynida yong'og'i yulduz bolacha,
Meni unutmagin, qaytar kunim bor.

Zerikib, ozmonga uflagan shamol,
O'ynab, qoqigulni puflagan shamol,
Tolning kovagida uhlagan shamol,
Meni unutmagin, qaytar kunim bor.

Mening ota yurtim, ey ona qishloq,
Toshloq ko'chalaring ko'rpaday yumshoq!
Mendan ayamagin bir chimdim tuproq...
Meni unutmagin, qaytar kunim bor.

(Iqbol Mirzo)

Akademik
04-09-2003, 03:10 PM
Garib konglim shod aylagin.
Har onda bir yod aylagin.
Qalbg ;) a ismim sen joylagin.
Suyib meni yor aylagin

Akademik
04-09-2003, 03:29 PM
agrib konlim shod aylagin.
har onda bir yod aylagin.
ismim qalba sen joylagin.
suyib meni yor aylagin.

Mirzabek
04-10-2003, 03:26 AM
Yugurub keldiz siz men tarafga
Gul berdiz siz menga
Gulingiz ohshaydi mochalkaga \
Ozingiz esa Avcharkaga :lool:

uzb.qizi
04-10-2003, 03:28 AM
Hursandman ishtiroklaringdan :)

Aytmoqchi mushoirani ozgina qoidalari ham bor...
5) va eng muhimi: sizning sheringiz sizdan oldingi yozilgan sherning ohirgi suzining eng ohiridagi 3 ta harfdan biridan boshlanishi kerak: masalan hozir ohirgi uchta harf G,I,N (tuprogin).Siz shu harflardan boshlashingiz lozim.


Hurmatlar :)

adiba
04-10-2003, 07:20 AM
Asovga aylansa mana shu ximcha,
Havoga o'xshasa uzangilari.
Ariqni to'ldirib gullasa pichan,
Suv bo'lib sochilsa oyoq changlari...

Oyoqlar qanotga aylansa uchqur,
Quyoshning nuridan o'sib chiqsa dum,
Kishnasa samoga aylansa oxur-
Yog'ilsa dunyoga zangori mavsum.

Royal
04-10-2003, 12:29 PM
Asovga aylansa mana shu ximcha,
Havoga o'xshasa uzangilari.
Ariqni to'ldirib gullasa pichan,
Suv bo'lib sochilsa oyoq changlari...

Kechirasiz , sal pal tushinmay qoldim shu erlariga , men sizdan oz uzrimni sorab, shu torlikni qatoridagi gap va sozlarni ma'nosini bilmoqchi edim.

- Asovga aylansa mana shu ximcha,

- Havoga o'xshasa uzangilari,

- Ariqni to'ldirib qullasa pichan,

- Suv bo'lib sochilsa oyoq changlari

Oldindan Sizga tashakurimizni bildirib ,

hurmat ila,

adiba
04-10-2003, 01:02 PM
Bu yerda o'xshatish bor, fantaziya bor.Oddiy bir tayoq bir duldul otga aylansa, u shunchalik tez yelsaki, uzangilari havoga aylansa. Otning tuyog'idan ko'tarilgan changlar suv tomchilari bo'lib atrofga sochilsa..

ozbek_qizi
04-11-2003, 02:10 AM
Singlim ogrinadi qishloq yomon deb
qochgim kelayapti shahar tomon deb :(
shaharlikka boqqan dunyo zamon deb 8)
u yerda ham shu tosh-tarozu singlim
yashagan joyingdan rozi bul singlim
yashagan joyingdan rozi bul singlim

Shaharda yangramas yaram azonlar
bir birin tanimas qushni insonlar :twisted:
payt kelsa vijdonni sotar dukonlar :evil:
quy! shaharga havas qilmagin singlim
kel shu qishlogingdan yayragin singlim

Toglarga pul tulab chiqasan suzsiz
qadam tasholmaysan chuntakda pulsiz :x
hamma guzalu va hamma yoqimsiz :?
sokin oromingdan bezmagin singlim
behuda kunglingni buzmagin singlim

Tugri shaharda kup hali yahshilar :D
har ne yomonlikka dili qarshilar
lekin begonani kim ham qarshilar :(
minnatsiz nonga ne yetadi singlim
havas utkinchidir,utadi singlim! ;)

(qushiq,mahalladoshimni repertuaridan)

shoyir
04-11-2003, 10:13 AM
Muhabbat puch narsa, muhabbat yolg'on,
Orzular-qayg'ular, tuyg'ular mayda
Bilaman poyimda yig'laydi xazon
Biroq yupatguvchi muhabbat qayda.............

davom etaveraymi, yoki....

bir qiz
04-11-2003, 10:35 AM
Daryodan oqib kelodi, shoda-shoda marvarid, shoda-shoda marvarid,
Ruparamda ultirodi qoshi qaro barno yigit, qoshi qaro barno yigit,
Qoshi qaro barno yigit, kipriklaringdan aylanay
Toza chiqqan maysaday, muylablaringdan urgilay, maylablaringdan urgilay, hay

(qushiq)

shoyir
04-11-2003, 10:45 AM
Eeee barakalla, qani ...

Yig'ladim-yig'ladim osmon ho'l bo'ldi
Kiprigim havoga chizdi ariqlar
Oyu-kun ko'zimni olgan ko'l bo'ldi
Oylarni tangadek tortdi baliqlar
Man kamand istarman, tan gulxandadir
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir

Mirzabek
04-11-2003, 12:37 PM
Kerak emas shakhlo ko'zlarin
Kerak emas sumbul sochlaring
Qalbim uchun kifoya sening
Shirin so'zlaring

Asadbek
04-11-2003, 02:11 PM
Eeee barakalla, qani ...

Yig'ladim-yig'ladim osmon ho'l bo'ldi
Kiprigim havoga chizdi ariqlar
Oyu-kun ko'zimni olgan ko'l bo'ldi
Oylarni tangadek tortdi baliqlar
Man kamand istarman, tan gulxandadir
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir

Yeeee,
Shoyir bormisiz?
Bodenseega qaytdizmi uje? Berlinda vaqt yaxshi utdimi?

sandadir deb tugaganakan:


Ismim aytgin, ismimni aytgin,
Suv yurakni erit qaytadan.
Axir seni sevib qoldi dil,
O'shal ilk bor ko'rgan paytidan.

Maftuna ijodidan :-)

P.S: bag'oyat go'zal bitilgan!

Maftuna
04-11-2003, 02:26 PM
Uuuuvvvvv! Rahmat, Asadbek janoblari!
Dalshe ketdikmi?


Non yopganda, non yopganda
Mening oyim.
Kichik kulcha, kichik kulcha
Yopar doim.
Kulcha juda mazali,
Sedanali, jizzali.
Yegan sarim yegim kelar,
"Rahmat, oyijon"
Degim kelar.

:P Uy nonini sog'indim, odamlar.

Asadbek
04-11-2003, 02:31 PM
Salom Maftuna,
ketdik dalshe :-))


Ariq bo'yida tollar,
Tollar tagida chollar.
Bu chollar yomon chollar,
O'tgan kampirni poylar.


;-)

shoyir
04-12-2003, 04:57 PM
Salom Maftuna,
ketdik dalshe :-))


Ariq bo'yida tollar,
Tollar tagida chollar.
Bu chollar yomon chollar,
O'tgan kampirni poylar.


;-)
Asadbek! Buyog'i endi har sohadan bir shingil bo'pti-ku! Qoyileyyy :D

Men ham bir urinib ko'raychi...

Aldanma yor aldamchilar makriga
Malak bo'lma bevafo ishq shahriga
Ular seni bir bossa bas bag'riga
Seni hech kim sevolmaydi meningdek...

Yo'ling kesib o'tsam o'zim xijolat
Uzoqdan bir seni ko'rsam kifoyat
Bir nigohing o'zi menga inoyat
Seni hech kim sevolmaydi meningdek..

deb yoshligimizda xirgoyi qilib yurardik-de, eh qani endi u davrlar, odam ba'zida qo'msarkanda, esiz yoshligim deb :D :D :D :D , nima dedingiz Asadbek janoblari....

Asadbek
04-13-2003, 03:09 AM
Shoyir,


yoshliiik deng :-)
Yoshlikda bitilgan turtlikdan biri davom sifatida:


Dunyo ekan ishq degan savdo,
Tushdi boshga, qildi savdoyi.
Darding yorsang xumrayib qarar,
Emas ekan qizlar anoyi.


:-P

Qurbonoy
04-13-2003, 01:08 PM
"YOshlik zangor fasl kechdi sargaydi"

Rauf Parpi iltimos kimbilsa davom kildirsin.

Maftuna
04-13-2003, 03:36 PM
"Y" gami unda?

Yo'lbarsning to'ni yo'l-yo'l,
Yo'liqsang, ehtiyot bo'l.
:P

Royal
04-13-2003, 04:07 PM
Kechirasizlar, Mavlono BoboRahim Mashrabdab, "Y" laga:

Yaraydur menga hijron ilkidin faryodlar qilsam,
Berib haq oldida dasti falakdin dodlar qilsam.

Agarchi dodima etsa chaqiboq ishq chaqmoghin,
Falakni uyiga uotlar qoyib barbodlar qilsam.

Meni bir dam halos et, ey birodar, ghussai ghamdin,
Agar dardu faimimdin zarrae bunyodalr qilsam.

Oushalkim gharqi daryoi muhabbat birla Mashrabman,
Dilu jonim bilan har dam agar faryodlar qilsam.

shoyir
04-13-2003, 04:09 PM
"Y" gami unda?

Yo'lbarsning to'ni yo'l-yo'l,
Yo'liqsang, ehtiyot bo'l.
:P Maftuna ijodingizga barkamollik tiagan holda mushoyirani davom ettirsam..:) :)

O'pkalanib qaraysiz, o'pkalanib....
Ko'zimning gavhari, mahzanim
Quchmaganim, suymaganim, o'pmaganim
Sochlarini boshginamdan to'kmaganim

O'pkalanib qaraysiz, o'pkalanib.....

Uzandimu, hilolga hech yetolmadim,
Yetib sizga bilakuzuk eltolmadim
Samolarga talpingancha kunim kechdi
Quyoshni ham tilla uzuk etolmadim....

Ko'z uchida qaraysiz, ko'z uchida
Yulduzchalar cho'kib yotar dil burjida
Oy aylanar koinotning kulgichida
Yurak erir qbo`'imning hovuchida....
Ko'z uchida qaraysiz, ko'z uchida.....

Uzaldimu qoshingizga yetolmadim..... "Iqbol Mirzo" dan

Qani davomini kimdan eshitamiz... :D :D :D :D :D

Asadbek
04-14-2003, 03:22 AM
"M"gami endi :-)


Menga qolar bir tutam sog'inch,
Butun umr og'ushim aro.
Menman o'sha devona oshiq,
Muhabbatga to'ymagan gado.



qani ketdik dalshe! :-)

Mirzabek
04-14-2003, 04:04 AM
Yordam bering siz menga
Yoldan qoldim bir onda
Oqishlarim juda yomon boldi
Yahshi baholairm qayda qoldi

Hasanali
04-14-2003, 05:45 AM
gado. ( Asadbek)


Ayrim kamchiliklarni hisobga olmasak mushoyira yaxshi davom etayapti..eski davrlar qaytgani chin bo`lsin ishqilib....ha mayli "O" bilan tugagan ekan....

Oy to'ldi.Atrofi yulduzga to'la,
Yorug'ida kitob o'qisang bo'lar.
Ming yilki odamlar yurgan bu yo'lda,
har tosh kosasiga hasratim to'lar...

Oy to'ldi.Munavvar tortmoqda dala,
Ziyoga to'lmoqda har bitta suluk.
Guyoki falakda farxunda lola,
Falakning selida dur ko'zli uzuk.

Oy to'ldi.Dunyoning kami ham toldi,
Ammo bitmayapti ko'ngilning kami.
Oy to'ldi.Yorishib ketganday bo'ldi,
Etti qavat yerning etmish qatlami.

Oy to'ldi.Bu kongil to'lmaydi sira,
Oydek ketganiga to'ldi necha oy.
Oy bilan barobar yurar sayrda,
Dunyo deb atalgan bu kuhna saroy.

Oy to'ldi.Sayxonga to'lib nur oqdi,
Sharqirar soyda nur,suvlarda suvsar.
Ko'kda kim yarador qushlarni yoqdi,
Boshimga yog'ilar zardek bolu par...

Oy to'ldi.....

Salim Ashurdan....


PS. Asosiy mavzudan bir oz chekinish bo'lgan bo'lsa uzr.....

Hasanali
04-14-2003, 05:49 AM
Yordam bering siz menga
Yoldan qoldim bir onda
Oqishlarim juda yomon boldi
Yahshi baholairm qayda qoldi

:o :o :o bu "oq sh'er" bo'lsa kerak.....yomon emas ...ijodingizga omad...

Qurbonoy
04-14-2003, 11:59 AM
YOrug dunyo men uchun zindon,
Kishanlari bugar bugzimni.
Oh bir bora kursaydim uni...
keyin duzah utiga otardim uzni!


Ijodiy ishlaringizga omad!

MegaZizi
04-14-2003, 12:11 PM
Qizganarman uni dunyodan
Qizgonarman esgan shamoldan
Qizganarman hatoki uzimdan
Hudoyim qizgonmasin bergan umridan

Sobir
04-14-2003, 12:38 PM
Shoyir,

Dunyo ekan ishq degan savdo,
Tushdi boshga, qildi savdoyi.
Darding yorsang xumrayib qarar,
Emas ekan qizlar anoyi.
:-P

Bahor qaytmaydi kinosi, Bosh ro'lda Alimardon To'raev!

K E T M O Q D A M A N (Hojiakbar Hamidov)
Yahshi qol ey dilbarim
Dilga qadar ketmoqdaman.
Na ishonchu, na quvonchu
Na ko'ngildan ochma gap.

Barchasidan ushbu kun
Yo'qdir samar ketmoqdaman.

Men quyosh yuziga deb
Tun kechalar berdim yurak.
Oqibat otganda tong
Qondir jigar ketmoqdaman.

Necha kunlar o'tdi, ammo
Holimni bir so'rmading.
Oxirida hol so'rab kelsang
Agar ketmoqdaman.

Kelganida deylidarkim
Bu yigit koni zarar.
Ketmasimdan ohir ayt
Bormi zafar ketmoqdaman!

Sobir
04-14-2003, 12:57 PM
Ey dust, jonmi kerak jon berayin men.
Har neki aziz sen sura, shu on berayin men!
:D

shoyir
04-14-2003, 12:57 PM
Qani boshladik-mi:

Million yilda meni yaratdi hayot
Meni so'rab qator tog'lar cho'kdi tiz
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot
Axir men bittaman yagona yolg'iz

Bug'lanib qaytadan to'kiladi suv
Quyoshdan ishorat, ko'z yorar ildiz,
Men axir ularga o'xshamaymanku
Axir men bittaman, yagona yolg'iz

har elat o'zicha atar shamolni
Mingta ism bilan yashaydi yulduz
Sen qaydan topasan boshqa iqbolni
Axir men bittaman yagona yolg'iz

Nafasim g'animat, so'zim g'animat
Fojia poyimdan uzilgan har iz
Mening nigohlarim eng ezgu ne'mat
Axir men bittaman yagona yolg'iz

Yaratganga borib aytaman seni
O'zi hukm etsin odil va xolis
Men qaytib kelmayman tushunyapsanmi?
Axir men bittaman yagona yolg'iz.....

Qani endi kimdan eshitamiz ;) ;) ;) ;)

Mirzabek
04-15-2003, 02:06 AM
Qani endi kimdan eshitamiz deb aytti shoyir bizga
Biz ham oldik klaviaturani qolga
Hech narsa kelmaydi ku aqilga
Nima yozman deb oylayman men sizga

Lekin bir narsa bor aqlimda
Gar CHOYHONACHİ kelsa bu yerga
Sher aytib berar u bizga
Aytyatganda ham jo'n turmas
Choy quyib berar u hammaga

omadlar (birnarsaga ohshagandur aaa :lool: )

bien
04-15-2003, 04:03 AM
Darmon qidirsam dardimga,
dardim menga darmon ekan...
(qoshiqdan)

Hasanali
04-15-2003, 07:56 AM
"n"

Nilu sening yuraging toza...
Yuragingga boqayotgan men.
Ikki ko'zing ikki darvoza,
Darvozangni qoqayotgan men....

PS.Hurmatli "shoyir " shu sherni to'liq matnini bilishingizni bilganim holda davomini sizga ilindim.....

04-15-2003, 11:15 PM
In order to quote something from the current page, please select the text you would like to quote and click the "Quote selected" button.

Realist1
04-15-2003, 11:52 PM
PS.Hurmatli "shoyir " shu sherni to'liq matnini bilishingizni bilganim holda davomini sizga ilindim.....

Shoyir tilidan:
"man"

Men ham bugun Shoyirman,
Shoyirlarga doyirman.
Shoyirlar boy bo'larmish
Bir kun men ham boyirman.

Salomlar. Omadlar. :)

Mirzabek
04-16-2003, 02:18 AM
Mirzabekdan
"man"...

Shoyirlar boy bolarmish
Qo'rgan erga she yozarmish
Lekin Mirzabekda ham sher bor
Xohlasa yozar kator kator

Fakat bizning ishimiz boshka
Biz hizmat qilamiz halqqa
Agar qulaman desangiz yo'lingiz biz tarafga
Aksi holda yolingiz shoyirlar tarafga

:D

Omadlar

Chapmi
04-16-2003, 05:09 AM
peredumal i ster vse.

Realist1
04-16-2003, 06:28 AM
Fakat bizning ishimiz boshka
Biz hizmat qilamiz halqqa
Agar qulaman desangiz yo'lingiz biz tarafga
Aksi holda yolingiz shoyirlar tarafga



"f"

Faqat shodlik ulashar,
Hech kuldirib tolmaydi.
U bor joyda gurbat yoq,
Ismi Mirza Holmedov.

Yol oldim siz tarafga,
Biir miriqib kulaman.
Kulgi sogliq ekanin,
Hatto men ham bilaman

Salomlar. Omadlar :)

Chapmi
04-16-2003, 01:44 PM
xexe
a tak qoyil Realist1 :)

shoyir
04-16-2003, 01:45 PM
"n"

Nilu sening yuraging toza...
Yuragingga boqayotgan men.
Ikki ko'zing ikki darvoza,
Darvozangni qoqayotgan men....

PS.Hurmatli "shoyir " shu sherni to'liq matnini bilishingizni bilganim holda davomini sizga ilindim.....
Avvalambor Ilinganingiz uchun Tashakkur Asqarbek!
Shu she'rni eslay olmadim, balki keyinroq esimga kelsa albatta kiritaman, xafa bumang :D :D :D :D

shoyir
04-16-2003, 01:49 PM
PS.Hurmatli "shoyir " shu sherni to'liq matnini bilishingizni bilganim holda davomini sizga ilindim.....

Shoyir tilidan:
"man"

Men ham bugun Shoyirman,
Shoyirlarga doyirman.
Shoyirlar boy bo'larmish
Bir kun men ham boyirman.

Salomlar. Omadlar. :)

Hurmatli Realist! katta rahmat, mening yo'qligimni bildirmaganligingiz uchun, xudo hohlasa bir kun boy bo'larsiz, aytishadiku "yaxshi niyat yarim davlat" deb
salomlar..omadlar :D :D :D

shoyir
04-16-2003, 01:53 PM
Ana endi biroz jiddiylashsak ham bo'ladi, davom ettiramizmi:

"Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko'lmak hovuz deb bilar dunyoni"
ustoz shoyirimiz A. Oripovdan, qayerdasiz ey Asadbek og&! davom ettirmaysizmi...
Omadlaaa, hurmat ila Shoyir ;) ;) ;) ;)

Maftuna
04-16-2003, 02:32 PM
dunyoni



Нивы сжаты, рощи голы,
От воды туман и сырость.
Колесом за сини горы
Солнце тихое скатилось.

Дремлет взрытая дорога.
Ей сегодня примечталось,
Что совсем-совсем немного
Ждать зимы седой осталось.

Ах, и сам я в чаще звонкой
Увидал вчера в тумане:
Рыжий месяц жеребенком
Запрягался в наши сани.

(Сергей Есенин.)

Qurbonoy
04-16-2003, 02:38 PM
Men shoirman istasangiz shu,
Uzimniki erur shu sozim .
Uzgalardan olmadiom tuygu,
Boshkaga ham bemam ovozim:
(Sergey Esenin)

Agar mualiffini notugri hotirlgan bulsam oldindan uzr)

Kolobok
04-16-2003, 03:40 PM
Что такое Мушоира? :oops:

ozbek qizi
04-17-2003, 01:57 AM
Mana senga olam-olam gul
qullaringa siqqanicha ol...

odamlar! shu qushiqni davimi davomi qanaqa edi? :(

Hurmatlar

04-17-2003, 02:21 AM
Mana senga olam-olam gul
qullaringa siqqanicha ol...
Bunda to'le har narsadan mo'l
yor, o'lguncha shu o'lada qol...

Har bahorda shu bo'lar takror,
Har bahor ham shunday o'tadi...

04-17-2003, 02:23 AM
Mana senga olam-olma gul
Etagingga siqqanicha ol,
Bunda to'le har narsadan mo'l
Yor, o'lguncha shu o'lkada qol...

Har bahorda shu bo'lar takror,
Har bahor ham shunday o'tadi....

ozbek qizi
04-17-2003, 02:36 AM
Ooo! mehmon tashakkur!


"A"
Ariq buyida chollar chipra dalli-dalli
Bu chollar yomon chollar chipra dalli-dalli
otgan kampirni poylar chipra dalli-dalli....

(buniyam davomi esda yogu! :( )

Gulmat
04-17-2003, 05:27 AM
Izdraska, vay skuchna
Tanishilu pajaliska!
Bo'moqchiman man drujna,
Tanishilu pajaliska!

Marja bo'sang, yashardik jam,
Kibitkamga yoqarding sham,
Yaxshi kampir mamashkam ham,
Tanishilu pajaliska! :D

adiba
04-17-2003, 05:41 AM
Что такое Мушоира? :oops:



Mushoira, bu har kim navbati bilan she'r aytadi. Bunda har xil qoidalar bo'lishi mumkin.Masalan uzb.qizi "keyingi sh'er albatta sho'nggi she'rning oxirgi harfi bilan boshlansin" degan. Bu yerda bunga ko'p ham rioya qilinmayaptiyu, ammo har qalay mushoira yaxshi ketyapti.

Chapmi
04-17-2003, 06:00 AM
Eshitishimcha O'zbekiston tomonlarda toy bazmlarda yoshlar
gul bazmi uyushtirisharkan.
bizda malum bunaqa bazmlar bolmaganligi uchun silardan bir ilitmos bir ikki misol
yozvorsalaring biz ham bahramand bolsak
Hurmat va ihtirom ila Abarigen

Mirzabek
04-17-2003, 06:12 AM
Masalan senga bitta action

Gul bazimda bola qizga gul bersa
qizning cavobi

Gulingiz oshkaydi mochakaga
O'zingiz esa avcharkaga

mauahah

omadlar

Asadbek
04-17-2003, 09:49 AM
Ooo! mehmon tashakkur!


"A"
Ariq buyida chollar chipra dalli-dalli
Bu chollar yomon chollar chipra dalli-dalli
otgan kampirni poylar chipra dalli-dalli....

(buniyam davomi esda yogu! :( )
O'zbek qizi,
yuqorida aytib utgandim shuni, kurmabsiz shekilli:

Ariq bo'yida tollar,
Tollar tagida chollar.
Bu chollar yomon chollar,
O'tgan kampirni poylar.


Qars guruhi aytib chiqqanidi 10 yillar oldin, Ravshan Nomozov boshchiligida.

adiba
04-17-2003, 11:14 AM
demak "r"

Ravzaingning dog'ida
Artdu ruxsor yoshini,
Nolakim, yosh chog'ida
Olar emish yoshinib.

Baytul ahzon etgani
Kelsa qiyomat-qoyim.
Ko'zlarimga surtgani
Asra uni, xudoyim!...

Kolobok
04-17-2003, 11:45 AM
Mushoira, bu har kim navbati bilan she'r aytadi. Bunda har xil qoidalar bo'lishi mumkin.Masalan uzb.qizi "keyingi sh'er albatta sho'nggi she'rning oxirgi harfi bilan boshlansin" degan. Bu yerda bunga ko'p ham rioya qilinmayaptiyu, ammo har qalay mushoira yaxshi ketyapti.
adiba,
Thanks for your sweet and clear explanation,now i see what does "Mushoira" mean :)

Qurbonoy
04-17-2003, 12:38 PM
Ariq buyida chollar chipra dalli-dalli
Bu chollar yomon chollar chipra dalli-dalli
otgan kampirni poylar chipra dalli-dalli


Hurmatli Asadbek bu UZB KIZI yozgan hazil sheriy parcha Horazm halk hazil kushiklar turkumidan bir shingil holos. Endi Ravshan Namozov boshchiligidagi "Kars" gruhi aytgan mazkur sheriy parcha menimcha Surhandaryo da aytiladigan hazil kushiklar turkumiga kirsa kerak. Bu kushikni Bahtiyor Sultonov aytganmi-aytganmaganmi anik bilmayman, lekin Horazmda tuy bazmlarida mutlako bu kushik aytiladi va bu kushikni har kim ham hirgoyi kiladi
Horazmda. Tugrisi bu kushikni davomini men ham hozir unitganman.

bir qiz
04-17-2003, 12:43 PM
"Y"
Yor ketdi deb kuyinma qayga ketar yor,
Uch kun iziga qaytib kelar yor.
Araziga kufurma umr elar yor yor,
Yana oysha holasi olib kelar yor yor.

O'zi ketar yor o'zi kelar yor yor,
O'zi ketar yor o'zi kelar yor yor.

Ko'pi bilan tuqqiz oy,
Bahting kular yor yor.
Chaqaloqni ko'tarib
Kelmay ner yor yor.

O'zi ketar yor o'zi kelar yor yor,
O'zi ketar yor o'zi kelar yor yor.

Maftuna
04-17-2003, 04:14 PM
O'zi ketar yor o'zi kelar yor yor.


Olam bir alamdir, sim-siyoh cheti,
Alam bir olamdir endi, sevarim.
O'rik gullaridek sochilib ketdi
Kaftimdagi bir juft sitoralarim.

Mirzabek
04-18-2003, 07:39 AM
Oq miltiq qora miltiq otgan otam yor yor
;)

mehmon*
04-18-2003, 09:59 AM
Mushkullarni oson qilolmas pirlar!
Har-biri ne hisob berishin poylar.
Oson qila olar bugun bor erlar,
gar yo'lga tushishsa minishib toylar.

Yiglab so'rar bo'lsang so'rgin Xudodan,
Undan so'rash Senga quvvat baxsh etar.
Pirdan so'rash go'yoki tilash gadodan,
Ikki dunyo kuyib, iymon darz ketar.

(shunchaki to'qima)[B]

Maftuna
04-18-2003, 12:44 PM
Ikki dunyo kuyib, iymon darz ketar.


Ro'molini qanot qilgan pari o'tdi,
Ko'z uchida menga qaray-qaray o'tdi,
Nigohlari jonimdan ham nari o'tdi,
Sizdan tekkan iztiroblar o'tmadi, yor,
Ko'zlarimdan ko'zlaringiz ketmadi, yor.

(Iqbol Mirzodan)

04-18-2003, 01:19 PM
Xай , енди Икбол Мирзолар туплами булса, шу давом эттирмайдими киши деган... Танлаетган шеьрларингизга гап йук

Gulmat
04-19-2003, 03:48 AM
Oting nima, kraso'tka,
Maruskami va yo Ludka?
Achavottan keldim bo'tka
Tanishilu, pajaliska :D

shoyir
04-20-2003, 04:36 AM
Oting nima, kraso'tka,
Maruskami va yo Ludka?
Achavottan keldim bo'tka
Tanishilu, pajaliska :D

Ey Yashang usta Gulmat! Achavotda bizning shunday shoyirimiz borakan-u biz bilmay yurgan ekanmizda... :D :D :D
Sizga ijodiy barkamollik tilab mushoirani davom ettirsam:

Siz achchiq qismatim, siz iztirobim
Siz shirin dardimsiz, shirin azobim
Siz mening ko'klardan topgan oftobim
Yerlarda yo'qotgan ko'zmunchog'imsiz

Siz o'sha ko'zimning kiftida yurgan
Siz o'sha ko'nglimga ko'ngil in qurgan
To'kilay deb tilim uchida turgan
She'rimsiz, bir umr bitmas ohimsiz......

omadlaaa ;) ;) ;) ;) ;)

shoyir
04-20-2003, 04:41 AM
Ey bir ilhom keldi-da endi:

Imkonlar izlayman topilmas nega
Meni mahbus kabi saqlar o'zligim
Inson bolasiga ba'zi- ba'zida
Og'ir botar ekan chorasizligi

Nega xayolimda yolg'izsan hamon
Hech narsa dilingga hadik solmaydi..
Nega xayolimda sening yoningga
Mendan boshqa yigit bora olmaydi......

Omadlaaa ;) ;) ;) ;)

Gulmat
04-21-2003, 02:45 AM
Faranglardan olib ta’lim Shoshga qaytmish bir olimcha,
Burun ustinda aylang’on buraq sochi soqolimcha.

Boshimni irg’asam g’ayri lisonda ul dedi “banjur”,
Tavakkaldin dedim “mixlo’sh” manam o’zimni holimcha.

So’g’in ayni bo’lib Luqmon oni qattiq sinov qildim,
Javobi bo’lmadi oqil mani dono savolimcha.

Desam ya’ni: “Farang bozorida chan pul kovush-mahsi?”
Dedi: “Bo’lsa tasodifon, tekin turg’aydir monimcha”.

Yo’talmoq ham bozorda pulligin qaydin tushungay ul,
Boshig’a shuncha jun to’plab aql kirmabdi molimcha.

Fahmsiz boyni o’g’lidin nechuk olim chiqur, Gulmat,
Otosi sallador zolim, buyam shapkoda zolimcha.

Akademik
04-21-2003, 06:30 PM
aladama qaro qosh aldama
sen qora qo'zni aldama

o´zbek qizi
04-22-2003, 05:21 AM
Ariq bo´yi rayhonlar
o´ynagani qo´ýmaslar
ikkimizni yomonlab o´ynagani qo´ymaslar....

Hurmatlar

Maftuna
04-22-2003, 08:11 AM
Ra'nogul, hoy ra'nogul,
Rangingda bor ma'no, gul.

:P :) :P

Asadbek
04-22-2003, 08:13 AM
Yehheee, avjidayu a :-))


Lalihon, hayda qo'yingni boqaman,
Yuragingda ishq o'tini yoqaman.
Yaylovlarda gullolalar terib,
Bo'yingga marjon qilib taqaman.

;-) shunaqa aytilarmidi lapar?

bir qiz
04-22-2003, 09:09 AM
Necha kunki yuq oromim,
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechlari
Kirib chiqar tushimga.

Qullarida oq elpug'ich
Oy nurida yaltirar
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.

Keltirarlar goho beshik
Ko'zlarida hayajon
Yotar payting po'ldiku der
Kelaqol der bolajon

Qaylargadir yuguraman
Fig'onimdan chiqar dud
Yig'lama deb qullarimga
Tutqazarlar sung tobut.

Tongda hushsiz ko'z ochaman
Qovurilar tanda jon
Onajonim bunday qilma
Bunday qilma Onajon.

Ahir o'zing der edingku
Silab uksik boshimni
Endi senga bersin umr
Senga bersin yoshimni.

... fano har kimsaka
Azaliy bir qismatdir
Lekin Ona tiriklik ham
Bilsang yarim hikmatdir.

....
Abdulla Oripov, onajon
Ming afsus hamasi esimda yuq.. yig'lab yuboray dedim

Yozuvchi
04-22-2003, 09:49 AM
bir qiz: 0dc8456f,

Raxmat, yaxshi sher, manda butun to'plam bor edi bir paitlar.
Manimcha nomi "Sen baxorni soginmadingmi" degan!?

Kimda kim sher ni davomi bolsa post qilinglar. Sen baxorni sog'inmadingmi degan kichkinagina kitobcha, sherlar toplamida bor.

Qurbonoy
04-22-2003, 11:37 AM
Albatta (hudo rahamatli Abdulla Oripov) bir vaktlar ajoyib shoir edi, yozgan har misrasiga jon fido kilsang arzirdi ming afsus.....Endi fakat jasadi kolgan sheriyat olamidagi ruhi uchib ketgan.

Deydilar it hurar utadi karvon,
Ranju malomatlardan yonmasin joning.
Lekin alam kilar bir umar giryon,
Itlar orasidan utsa karvoning!

Va bugungi Abdulla Oripov "itlar karvoning sarboni buldi" ming afsus.........

shoyir
04-23-2003, 03:11 AM
[quote="Asqarbek"]"n"

Nilu sening yuraging toza...
Yuragingga boqayotgan men.
Ikki ko'zing ikki darvoza,
Darvozangni qoqayotgan men....

PS.Hurmatli "shoyir " shu sherni to'liq matnini bilishingizni bilganim holda davomini sizga ilindim.....[/quote

Ey sazangiz o'lmasin, Asqarbek!

Nilu sening yuraging toza
Yuragingga boqayotgan men
Ikki ko'zing ikki darvoza
Darvozangni qoqayotgan men...

Faqat sendan istarman panoh,
Faqat sendan olarman bahra...
Yillar mangu mehrdan yiroq
Gulim, mening ko'nglimga qara

Asablarim o'tday chaqnagan
G'urbatlarda zerikdim Gulim,
Birov borib eshik qoqmagan
Uzlatlarda zerikdim Gulim...

Yigirma bir yoshimda keldim
Yulduzlarim ko'ksimda o'chib
Gulim sening qoshingga keldim
Ikki dunyo bahridan kechib.....

Faqat men sen uchun yahsab yuraman
Faqat men yashayman, sening g'aming yeb
Faqat men NILU ni yaxshi ko'raman...
Faqat men so'rayman Nilu qani deb..........

salomlar.... Omadlar...... :D :D :D :D

o´zbek qizi
04-23-2003, 04:14 AM
"B"

Bu til menikidir hohlaganin der
gunoh savobimni menga qoyib ber
senda gunoh yuqmi,bor tavbangni qil
menga osilmasdan sen ozingni bil!

Hohlasam oy bolib yerga botaman
hohlasam ozimni soyga otaman
unutma men ham bir ojiz bandaman
farishta bolardim gunoh qilmasam...

tegma meni,
sevma meni,
oz holimga qoy meni...

(Love this song! :D )

Hurmatlar :)

o´zbek qizi
04-23-2003, 04:18 AM
hudo rahamatli Abdulla Oripov


Iye :shock: ,rahmatli bulishgayam ulgurdimi u hali,biz behabar ku a?!!! Sevardim sherlarini!

hurmatlar

realist1
04-23-2003, 04:22 AM
farishta bolardim gunoh qilmasam...


Menga Farhod birla Majnun iztirobidan quying,
Layliyu Shirin uzar gulni gulobidan quying.
Soylasaningiz soylangiz holi harobidan menga,
Barcha oshiq ahlining tortgan azobidan quying...

S. Sayid.

Maftuna
04-23-2003, 01:55 PM
Barcha oshiq ahlining tortgan azobidan quying...


Garchi, umrim chizgilari oddiy emas,
Lekin do'stu dushmanlarim jiddiy emas.
Bir do'stu bir dushmanim bor - o'zim tengi:
Birisining ismi she'rdir, biri - sevgi.

(Iqbol Mirzodan)

ilyos
04-23-2003, 02:16 PM
yahshi ketvoti omadlar

shoyir
04-24-2003, 05:48 AM
Barcha oshiq ahlining tortgan azobidan quying...


Garchi, umrim chizgilari oddiy emas,
Lekin do'stu dushmanlarim jiddiy emas.
Bir do'stu bir dushmanim bor - o'zim tengi:
Birisining ismi she'rdir, biri - sevgi.

(Iqbol Mirzodan)
Hurmatli Maftuna! Sizdan iltimos agar iloji bo'lsa shu she'rni to'liq kiritsangiz, juda xursand bo'lardim, Iqbol Mirzoning eng go'zal she'rlaridan biri bu.

Qani davom ettiramizmi:

Gohi shundayki, o'sha chog'i topmoq mumkinday,
O'shanday quchmoq yana, shunday o'pmoq mumkinday
Yana ko'rmoq mumkinday, labingda toza kulgu
Javobi shart bo'lmagan go'zal so'roq mumkinday,
Ko'zimga ishonmayman, nahotki o'zingsan shu....

( Iqbol Mirzo dan)

adiba
04-27-2003, 10:04 AM
Osmon cho'kdi ko'ngil singari
Qarog'imning nim kosasiga.
Bulutlarning chil-chil singani
O'zni urdi rayhon isiga.

Oy mustar qiz-unga da'vogar-
Quyunlar qo'yniga quladi.
Sahob deb atalmish devorga
Yuzlarini bosib yig'ladi.

Cho'kdi quyosh lablarin tishlab
O'ralib qontalash qaboga.
Kipriklarin zaminga nishlab,
Mushtlarini urdi havoga...

Vasliddin
04-27-2003, 11:02 PM
Asta barg ostida tinglab yotgan ermish shum sabo,
G'uncha bulbuldan muhabbat darsin olgan chog'ida.

Sevgi sahrosida qolmish necha Majnundan g'ubor,
Necha Farhod gardi yotgay Bistunning tog'ida.

G'unchadek chehrangga Erkin jon fido etgay, sanam,
Qatra jonidan gul unsin to muhabbat bog'ida.

(Erkin Vohidovdan)

04-28-2003, 02:04 AM
yoxliq

tepishmoqlor
04-28-2003, 02:08 AM
1.quluqi puting uchido
uchiye qursiqining teshido. u nema?

shoyir
04-29-2003, 01:51 AM
yoxliq

Qiyomat kun Tangriga ayon
Oyatlarda qilingan bayon
Boshimizda katta imtihon
Bir kun bo'lar qiyomat-qoyim......

salomlar..... omadlar....... :D :D :D

Mirzabek
04-29-2003, 02:30 AM
Qiyomat deganlari nimadur
Odamlar shu savol cavob topmaydur
Gar bilsalar nima bolardur
Har bir odam bir oylanib ko'rsadur?

omadlar

Vasliddin
04-29-2003, 03:16 AM
Uyg'onuvchi bog'larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonog'ingdan rang olgan dedim -
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo o'zingni
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

Uzoqlarda zalvorli tog'lar
Xayolimni keldilar bosib.
Kechdi qancha intizor chog'lar,
Vasling menga bo'lmadi nasib,
Sensiz men ham, bahor ham g'arib,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

O'girlarda sakraydi ohu,
Na'matakda sa'va mittijon.
Qorliklardan sipqarilgan suv,
Daralarda uradi javlon.
Nigohimdan faqat sen pinhon,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

Mana, bugun navro'zi olam,
Do'stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam...
Qo'limda gul, seni kutarman,
Umrim bo'yi chorlab o'tarman,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

Abdulla Oripovdan

Asadbek
04-29-2003, 09:25 AM
Menga g'amgin qarama, jonim,
Senga shodlik ulashmoqchiman.
Bu hayotda xurramliklar ko'p,
Shuni sen-la bo'lishmoqchiman.

o'zBek qizi
04-29-2003, 11:29 AM
Mehr ko'p ko'rgazdim ammo mehribone topmadim
Jon base qildim fido,oromijone topmadim
Gam bila jonimga yettim gamgusore ko'rmadim
Hajr ila dilhasta bo'ldim dilsitone topmadim

Hazrat Navoiy

hrmtlrm :)

realist1
04-30-2003, 12:32 AM
"M"


Men ishq elining nolayi afgonida kuydim,
Har nekim orzu etib, oning armonida kuydim.

Mehrdin ekdim nihol, vafo birlan suv quyib,
Vale do'stlar, ohiri oning hirmonida kuydim.

Ilmu urfon ahtarib ketdim uzoq Yevrop sari,
Goh Farang, gohi Ital gohida Girmonida kuydim.

Oh ururman kunduzi qaydadir oftob debon,
Kechalar yulduzi yo'q, qop qaro osmonida kuydim.

Bunda to'qlik, bunda sho'hlik, bunda orzu nish urar,
Meni gayri yo'lga boshlar huru gilmonida kuydim.

Senga ne yetmas debon, ayb aylamang ey Rafiq,
Asli men ona yurtning bir siqim tuprogida kuydim.

Salomlar. Omadlar :)

shoyir
04-30-2003, 02:43 AM
"M" gami....

Majnuntoldek boshginangni egmagil jonim,
Ko'zlaringdan yoshginangni to'kmagil jonim
Endi qayta uchrashmasmiz, kutmagil jonim
Nurli, nurli nurga cho'mgan bir xayol bo'l
O'z yoriga sadoqatli bir ayol bo'l..........

Ohlar ursam, tog'lar toshi qulablar ketdi
Ostonangdan bir mard yigit yiglablar ketdi,
Ohlarini dardlariga ulablar ketdi...
Nurli,nurli nurga cho'mgan bir xayol bo'l
O'z yoriga sadoqatli bir ayol bo'l..........

salomlar..... omadlar.....

shoyir
04-30-2003, 02:46 AM
" B " ga

Bizgacha ham olov bo'lgan, muz bo'lgan
Sizgacha ham ne-ne ohu ko'z bo'lgan
O'zingizga bino qo'ymang Guljamol
Yalmog'iz ham bir kun sizday qiz bo'lgan.......

Qani kimdan eshitamiz ;) ;) ;)

omadlar.... salomlar :D :D :D :D :D :D :D

Qurbonoy
04-30-2003, 03:27 AM
"S" ga

Sen shunchalar guzaksan, kulishlaring alomat,
Kuzlaringda aks etar oppok-oppok hiyanat.

Murtazo Karshiboev.

Mirzabek
05-01-2003, 02:37 AM
"G" ga

Gul ko`tarib ostonanga boraymu?
Mexr qo`yib bo`ylaringa qaraymu?
Rozi bo`lsang birga davron suraymu?
Yurak sirlarini eshit jonginam.

Hech kim man singari yonib sevmagan.
Ishq o`tida yurak bag`rin ezmagan.
O`zga qizga Ibo ko`ngil qo`ymagan.
Yurak sirlarini eshit jonginam

Visol oylariga qachon yetaran?
Yoq desang-a boshim olib ketarman.
Yoki majnun kabi yig`lab o`tarman.
Yurak sirlarini eshit jonginam.

Omadlar

Maftuna
05-01-2003, 02:50 PM
"M" ga:

"Mening ko'nglumki gulning g'unchasidek tah-batah qondir,
Agar ming bir bahor o'lsa, ochilmog'i na imkondir".

Atirgulning g'unchasidek dardi dunyom qatma-qat,
Dardli osmon yerga sochmish bahri ashkimdin nishondir.

Bahri ashkim suvlaridin dil gulizorim qizil,
Yuzim kuzning olov rangli libosidek za'farondir.

Agar sevmoq gunoh bo'lsa, gunohimdir Ko'hiqof,
Samo o'pgan gunohim hoki poy bag'rimda nihondir.

Nihon darding ahli dunga ayon etma, Maftuna,
Olov ishqing taftlari haq o'tlariga yonma-yondir.

adiba
05-04-2003, 09:52 AM
Shamollarda ko'zimdan
uchgan yoshimsan, yor-a.
Ko'ngil tubiga cho'kkan
Otash toshimsan, yor-a.

Oshiq dilga yarashgay
Devonalig'lar yor-a.
Oshiqlarni o'ldurgay
Begonalig'lar yor-a.

Begonalig' ichida
"Oh"lari ko'pdir yor-a.
Tashlagani hijronning
Chohlari ko'pdir, yor-a.

Baxtni osmonga otdim
Qaytib tushmadi yor-a.
Yurak asli qush edi-
Nega uchmadi, yor-a.
Hay yor-a!
Voy, yor-a!
Yurak bo'ldi ovora....

:(

U.Azim

Vasliddin
05-04-2003, 10:07 PM
Afsus endi bu ko'zlarning qarolari,
Bu ko'zlardin dilga nadir oraladi.
Oshiqlari kammidi yo dunyosida,
Nadin bu g'am bizni dilni saraladi.

Bu kuymidi tanovorlar taraladi,
Oh o'ldirdi orolari, ibolari.

Falak asli falarlardin yaraladi,
Bizga qismat qoshlarining oralari.
Faqat kuyib qolaverar otashida,
Yetolmasdan bizday baxti qarolari.

Bu kuymidi tanovorlar taraladi,
Oh o'ldirdi orolari, ibolari.

Sochlariga yigit umrim o'raladi,
Yo bormidir ketmaklikning choralari.
Qaytib kelsa shaksiz bandi bo'lur unga,
Bu dunyoning Iskandaru, Dorolari.

Bu kuymidi tanovorlar taraladi,
Oh o'ldirdi orolari, ibolari.

Mirzabek
05-05-2003, 05:53 AM
"B" ga

Bahor keldi yoz fasli
Yilning en chiroyli fasli
Gullar, darahlar, otlar
Hammasi yam-yashil

Bir karasangiz kushlar
Aytadilar dil-navolar
Eshitib mazza qilaman
Oromga tushib uykuga ketaman...

omadlar

o'zBEK qizi
05-05-2003, 12:44 PM
Eee,malades hammalaringa, mazza qilib o'qiyapman! :)

Lekin bir hilgilar,masalan Mirsabek, haliyam o'yinni mana bu qoidasini kapire qilisholmayapti.


va eng muhimi: sizning sheringiz sizdan oldingi yozilgan sherning ohirgi suzining eng ohiridagi 3 ta harfdan biridan boshlanishi kerak


Hurmatlarim :)
o'zBEK qizi
PS Mirzabek,sherlariz lekin rosa prikol chiqayapti,zor!

o'zBEK qizi
05-05-2003, 12:48 PM
"A"ga

Allohim senga hiyonat qildim o'zing kechir meni,
sendan o'zgani yor dedim uyim kuydi kechir meni,
sendan o'zgani do'st dedim dilim vayron kechir meni
Panohinga olgin meni,hiyonatim kechir meni.....

:( :( :(

(Atheistni qo'shigi)

Mirzabek
05-06-2003, 04:01 AM
iye o'zbek qizi nima boldi sizga
g'alati sherlarni yozib yuboribsiz
tinchmisiz ina kegin ?*???


omadlar

shoyir
05-06-2003, 05:18 AM
"N" ga
Nazokatni qaydan olgan kapalak
G'uvillab nelarni so'ylaydi kaptar
Nimaning tasviri ayting kamalak
Sevgi deganlari yo'q bo'lsa agar.....

Ne bois qizarib ketdi atirgul
Nasimlar qaylardan keltirdi xabar
Kimning qiynog'ida to'lg'anar sunbul
Sevgi deganlari yo'q bo'lsa agar.....

Ilon ham qovushar garchi zahri bor
Chayon o'z juftiga tutadi shakkar
Ko'ngilni yurakdan nima farqi bor
Sevgi deganlari yo'q bo'lsa agar.....

omadlar.... salomlar.... :D :D :D :D :D

Shokirbek
05-07-2003, 02:23 AM
Rahmat, juda zo'r.


agar.....
"A" ga javob tarzida: :P

Ajoyib purhikmat, shirin, dilrabo,
Behad jozibali, o'tli, jilvagar,
So'zlar aytarmidi INSON ajabo,
Sevgi deganlari yo'q bo'lsa agar.

shoyir
05-07-2003, 03:44 AM
Shokirbek, rahmat, she'rni mantiqiy yakunlabsiz....

Garchi qadah tuta boshladim
Garchi qizlar bilan yuraman,
Meni mayxo'r deyolmas hech kim
Oshiqlari berib qo'ygan tan.....

salomlar... omadlar....

Maftuna
05-07-2003, 03:58 PM
tan.....


Na qildim senga, ey jonon, visolingdin judo qilding,
Boshimda dardi g'amni chun charog'i osiyo qilding.

(Huvaydo)

Asadbek
05-08-2003, 01:09 AM
qilding
"N"ga

Novaking ko'nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko'nglum bila jonim talosh.



P.S: Novak nima ma'noni bildiradi?

05-08-2003, 03:23 AM
yordam qilinglor

shoyir
05-08-2003, 04:07 AM
Odami ersang, demagil odami
Onikim yo'q xalq g'amidin, g'ami

(Hazrat Navoiydan)
salomlar.... omadlar.... ;) ;) ;) ;)

Shokirbek
05-08-2003, 06:15 AM
g'ami


Ayo charx, etding ortuq jabr bunyod,
Ko'zim yoshlig', tilimda qoldi faryod.
Hayotim lolazoridin ayurding,
Yoqib jonim, kulim ko'kka sovurding.

Hasanali
05-08-2003, 06:24 AM
qilding
"N"ga

Novaking ko'nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko'nglum bila jonim talosh.



P.S: Novak nima ma'noni bildiradi?

Qaley Asadbek ,savolingizga javob berolmaymanu lekin agar rozi bo'lsangiz shu baytingizga turkiy-forsiyda yozgan 10-12 ming misramni almashmoqchiman nima deysiz?

Asadbek
05-08-2003, 08:38 AM
Asqarbek,
tashakkur. :-)
Ammo kaminaning muallif Hazrati Mavlono Alisher Navoiy ismlarini yozib qo'ymoq hayolidan ko'tarilibdur.

realist1
05-08-2003, 09:21 AM
Expromt.

Mening holi harobimni ham yomon ham ho'bdan so'rang,
Sormangiz bir kimsadin lutf eting, ko'pdan so'rang.
Dardlarim daryosining irmogu poyonini
O'zbegim qolida tutgan ul kichik cho'pdan sorang.


Salomlar. Omadlar. :)

Amazone
05-19-2003, 02:02 PM
"N"

Nafas olmoq hamda chiqarmoq erur
ikkiehson,buni anglamoq zarur
Biri siqar ,o'zgasi yangi quvvat
shular sabab hayot go'zaldir g'oyat
Alohga shukr de nafas kirgan on
shukr de nafasing chiqargan zamon

Goethe

adiba
05-21-2003, 04:27 AM
"N"
Necha suyding, necha suyding-
G'azal-dostonga yig'larsan.
Kishi obodga yig'larmi,
Ayon: vayronga yig'larsan.

Ayonkim, ko'zga yosh kelmas,
Haqiqat zikri chin bo'lsa,
Jahonda eng qabih nayrang,
Qabih yolg'onga yig'larsan.


Mirzo Kenjabek

Asadbek
05-21-2003, 07:29 AM
"N"

Nafas olmoq hamda chiqarmoq erur
ikkiehson,buni anglamoq zarur
Biri siqar ,o'zgasi yangi quvvat
shular sabab hayot go'zaldir g'oyat
Alohga shukr de nafas kirgan on
shukr de nafasing chiqargan zamon

Goethe

Goethe bu she'rini manimcha Islomni sevishni boshlaganida yozgan bo'lsa kerak. Uning Islom dini haqida juda bir ajoyib texti bor edi, esimga kelmayapti.

05-22-2003, 07:32 PM
duyya guzel odemler bilen.

Sobir
05-23-2003, 05:13 AM
!!!!!!Юлдуз Усмонова: БАХОРИМ!!!!!!!!!

Куз очган куртаклар кузимга чирой,
Булбуллар баёти сузимга чирой,
Тогда колган корлар энди хуш колиб,
Келдингми мунисам онам кукламой!

Накорат:
Биз сени согиндик-эй хокисорим,
Сен хам бизни согиндингми бахорим,

Накорат:
Биз сени согиндик-эй хокисорим,
Сен хам бизни согиндингми бахорим,

Сенингсиз ёзни хам ёзлиги ёлгон,
Кузни этагига тукилмас хазон,
Кишнинг эртагини ким хам тингларди,
Багрида бахорни курмаса омон!

Накорат
Орази офтобим кузи хуморим,
Сен хам бизни согиндингми бахорим,


Накорат
Орази офтобим кузи хуморим,
Сен хам бизни согиндингми бахорим,

Накорат
Орази офтобим кузи хуморим,
Сен хам бизни согиндингми бахорим,

Накорат
Орази офтобим кузи хуморим,
Сен хам бизни согиндингми бахорим,

Ёмгирларинг бошка чакмогинг бошка,
Булутлар ярашган кабогинг бошка
чехрангдан айланай жоним момо ер
Ялпизлар ярашган ёногинг бошка

Майсанинг чечакнинг гулнинг эгаси,
Ошиклар ахтарган бахтнинг бекаси
Мен сени хаммадан купрок согиндим,
Куп фасллар ичра кунглим эркаси!

Накорат:
Ko'zlarga сигмаган гулим гулзорим,
Сен хам бизни согиндингми бахорим,

Накорат:
Кузларга сигмаган гулим гулзорим,
Сен хам бизни согиндингми бахорим,

Накорат:
Топилган туморим атир ифорим,
Сен хам бизни согиндингми бахорим,

Накорат:
Топилган туморим атир ифорим,
Сен хам бизни согиндингми бахорим,

Тугади.................

Sobir
05-23-2003, 05:14 AM
SAMANDAR
!!!Sevgi fazosi!!!
Мухаббат япрогин узганинг ростму
Чечак очилсин деб кутганинг ростму
Севги гулшанида бир нола булиб
булбулнинг мехрини кутганинг ростму.

Тоглардек матонат тилайман сенга
Дарёдек жушкин бул севги бобида
Ваъдангга вафоли булсанг сен учун
Сахифа очилур бах китобида
Севги фазосинда учганлар купдир
Хаёлда юлдузни кучганлар купдиииир
ааа-ааааа-ай кучганлар купдир

Кайгудан йирок юр менинг ок кушим.
Юзингга юктирма карони асло
Либосинг мисоли калбинг ок булсин
Севгинг чин пок булсин эй акли расо.

Тоглардек матонат тилайман сенга
Дарёдек жушкин бул севги бобида
Ваъдангга вафоли булсанг сен учун
Сахифа очилур бах китобида
Севги фазосинда учганлар купдир
Хаёлда юлдузни кучганлар купдиииир
ааа-ааааа-ай кучганлар купдир

Хаттоки денгизни тубига шунгиб
Аслида вафодан кочганлар купдир
ааа-ааааааа-ай кочганлар купдир
Севги фазосинда учганлар купдир
Хаёлда юлдузни кучганлар купдиииир
ааа-ааааа-ай кучганлар купдир
Хаттоки денгизни тубига шунгиб
Аслида вафодан кочганлар купдир
ааа-ааааааа-ай кочганлар купдир

05-23-2003, 02:26 PM
Afsun

"Yukolsin zulm" dedik,
Zulm darrov yukoldi.
"Yashasin hurriyat!" dedik,
Hurriyat yashadi.

"Yukolsin boylar!" dedik,
Yukoldi boylar.
"Yashasin yuksillar!" dedik,
Yashayapti yuksillar.


Muhammad Solih.

05-24-2003, 03:31 AM
Muqam Jahanda Tangning Sabasi
Janangha Janki Qalsun Sadasi
Hich Teng Kelelmes Bulbul Sadasi
Alemde Yoqki Buning Bahasi

Qedirxan Yerkendi

Amazone
05-27-2003, 12:30 PM
Asadbek,hier ist noch was schoenes vom Goethe (das geht "Mushoira" nicht an,aber wohl unser Heimatland):

Getrocknet honigsuesse Fruechte
von Buchara,dem Sonnenland
Und tausend liebliche Gedichte
auf Seidenblatt von Samarkand...

"West-Oestlichr Diwan"

Asadbek
05-27-2003, 03:10 PM
O'zbek qizi,
baraka toping :-)

Xuddi mana shu to'rtlikni men 2 oy muqaddam O'zbekiston haqida praesentation qilganimda ishlatgandim :-)

A tak Westdeutschland joyidami?

05-27-2003, 07:19 PM
oz wetinini soymeydu kim,
oz xelqige koymeydu kim.
bulsa dilda wijdan,pak iman,
wetan,xelqim dep olmeydu kim.

Hasanali
05-30-2003, 06:30 AM
kim.
.."m"ga

Mening hech kimsadan gizli sirim yo'q,
Shoirning ko'nglida sir ne qiladi?
Ko'zingning tubida qancha gizlama ,
Meni sevishingni hamma biladi.

Do'stim ,iste'dodli yosh shoir Nodir Jonuzoq ijodidan.

Amazone
05-30-2003, 06:39 AM
"D"

Dillarida ne orzu yashayapti odamlar
terib topgan rizqini oshayapti odamlar.
Kimlar qo'lda tosh bilan,kimlar millat chirogi...

yashasak bu dunyoda Vatan uchun yashaylik,
O'zbekiston atalmish chaman uchun yashaylik...

ashula boridi shunaqa

A tak Westdeutschland joyidami?

joyida,joyida :)

05-30-2003, 07:44 AM
el uchun ut bulup yanidu sha'ir.
behittin elge gul sunidu sha'ir.
el weten milletning numusi ni dep,
el uchun jinini beridu sha'ir.

Mirzabek
05-31-2003, 10:40 AM
Korkma sonmez bu shafaklarda yuzen alsancak
Sonmeden yurdumun ustunde tutan en son ocak
O benim milletimin yildizidir parlayacak
O benimdir o benim milletimindir ancak

omadlar

Germain
06-01-2003, 01:04 PM
Çatma, kurban olayım, çehreni ey nazlı hilal!
Kahraman ırkıma bir gül! Ne bu şiddet, bu celal?
Sana olmaz dökülen kanlarımız sonra helal...
Hakkıdır, Hakk'a tapan, milletimin istiklal!

Germain
06-01-2003, 01:05 PM
Ben ezelden beridir hür yaşadım, hür yaşarım
Hangi çılgın bana zincir vuracakmış? Şaşarım!
Kükremiş sel gibiyim, bendimi çiğner, aşarım.
Yırtarım dağları, enginlere sığmam, taşarım.

Germain
06-01-2003, 01:06 PM
Garbin afakini sarmışsa çelik zırhlı duvar,
Benim iman dolu göğsüm gibi serhaddim var
Ulusun, korkma! Nasıl böyle bir imanı boğar,
'Medeniyet!' dediğin tek dişi kalmış canavar?

Germain
06-01-2003, 01:08 PM
Garbin afakini sarmışsa çelik zırhlı duvar,
Benim iman dolu göğsüm gibi serhaddim var
Ulusun, korkma! Nasıl böyle bir imanı boğar,
'Medeniyet!' dediğin tek dişi kalmış canavar?

Germain
06-01-2003, 01:09 PM
Buni yana ham davom ettiremi, yoki bo'ldimi...
Hosh mayli unda shunde qolsin...kegin yozaman...
Lekin buni sher juda ham manoli bolgani rost...

omon boling :)))))

Mirzabek
06-02-2003, 07:59 AM
Beni güzel hatırla!
Bunlar son satırlar...
Farzet ki, bir rüzgârdım, esip geçtim hayatından
ya da bir yağmur sel oldum sokağında
sonra toprak çekti suyu...
Kaybolup gittim, belki de bir rüya idim senin için.
Uyandın ve ben bittim...


men davom ettirib qoydim

omadlar

Germain
06-02-2003, 09:39 AM
borakalla, i .. t

omon boling

Mirzabek
06-02-2003, 10:40 AM
Beni güzel hatırla!
Çünkü; sevdim seni ben, herşeyini...
Sana sırdaş oldum, dost oldum,
koynumda ağladın.
Yüzüne vurmadım hiçbir eksikliğini,
beni üzdün, kınamadım.
Alışıktım vefasızlığa, el oldun aldırmadım...

ehh ilohiyot :o

omadlar

idequt
06-02-2003, 07:11 PM
biz hemmimiz dunya xoshlighi
dunya guzel ademler bilen.

Dilya
06-03-2003, 08:23 AM
:) salom dostlar men ham ozim bılgan sherım bılan davom ettırıb koyay

SENİ SEVİYORUM

Ne güzel şey; SENİ SEVİYORUM demek
Sevdiğini söyleyebilmek ne güzel...
Her baharda, gece-gündüz
Her saniye
SENİ SEVİYORUM!
SENİ SEVİYORUM!
SEVİYORUM SENİ!
Diyebilmek ne güzel

Dilya
06-03-2003, 08:29 AM
Korkma sonmez bu shafaklarda yuzen alsancak..
Sonmeden yurdumun ustunde tuten en son ocak
O benım mılletımdır....

Mirzabek
06-03-2003, 09:24 AM
Dilya o sherni kayerdan oldiz :)

men ham davom ettirib koyay aa

Seni seviyorum
Sensiz olamiyorum
Seni kokluyorum
Sensiz nefes alamiyorum,
Seni gerchekten cok seviyorum
Bak sensiz sensiz hefesim kesiliyor
Tansiyonum artiyor, kalbim duruyor
Sensiz hich bir shey olmuyor
Chunki seni birisi seni coook SEVIYOR

omadlar

Germain
06-04-2003, 05:41 AM
Ha Mirza, nima bo'ldi... Qalbizdan 12 dan urilganga ohshesiz...
Seni sevaman dep dik qivordizu...

Ha mayli mayli, yosh bollarga bolaveradi a :D

Seni seviyorum mush.........

(sal pal stihotvorniy bo'lsa ham maylidi)........

omon bo'ling

Germain
06-04-2003, 05:53 AM
EUROVISION - BEST SONG 2003 - by Sertab Erener

I feel you moving on a different course
Making the way for a distant coast
You say you love me and you roll your eyes
Turn to stare at the empty skies

I thought it was over and we'd pass all that
All we've done is to pass back to frame number one
Come on, now, now
I wanna show you all again what it would be like
If you just let go and let me love you

Everyway that I can
I'll try to make you love me again
Everyway that I can
I'll give you all my love and then
Everyway that I can
I'll cry, I'll die
Make you mine again

....

Kurbanoy
06-04-2003, 04:34 PM
Bir kun menga kildilar imo kursdosh kizlar,
Husni obiod kizlar,
Bu kunlarni sher kiling Mitzo
Kushik kilib kuylalik bizlar.....

Mirzo Kenjabek.

Iltimos kimda-kim shu sherning davomini bilsa shu saytga kuysin?! Oldindan kattakon rahmat.

Amazone
06-05-2003, 02:19 AM
"B"
Bul na gumbazdur tuynug'idin yo'q nishon
Necha gulgunpo'sh qizlar manzil aylabdur makon
Sindirib gumbazni qizlar holidin olsam habar
Yuzlarig'a parda tortig'liq,qizlarning bag'ri qon

Jahon Otin Uvaysiy

Mirzabek
06-05-2003, 07:55 AM
Qon qilib koyding meni
Bilasan seveman seni
Na dersan o`shani kilaman sen uchun
Nahotki tushunmasan meni
Gar yana qilsan qon meni
Bilki shuni o`ldiraman seni :D

omadlar

06-08-2003, 07:39 PM
anam mini kuz guxiride
yultuzlarni uzup berip eteklep
baqqan mini ,bextini emes,bextimni tilep.
men anamgha yultuz emes anarni
awarimen uzup berelmey.
anam mini harmisun deydu
bilekliri talmisun deydu,
birtal alma tapsa yewalsun deydu,
ghem taghlirimni urulsun deydu,
ana perzentige bexit tilep harmaydu,
uzi harmamdighandu,talmamdighandu?[I]

Mirzabek
06-10-2003, 12:24 PM
:? :? :? :? :? :? :? :?

mdlr

adiba
06-12-2003, 03:16 PM
Shafaqqa ingansan sayor qush kabi,
Go'yo tuproq bo'ldi yo'qotgan tangam.
Seni eslash mumkin bir tovush kabi,
Seni unutganman.Unutganman.

Biz suygan majnuntol kesilib ketgan,
Keyin o'tin bo'lgan, keyin alanga.
Kesilgan yurakning yarasi bitgan,
Seni unutganman.Unutganman.

Esimdan chiqibdi hatto ko'zlaring,
Qo'llaring...
Men o'zga qo'lni tutganman.
Kechir og'ir botsa yengil so'zlarim.
Seni unutganman. Unutganman.


Muhabbat...
Kimningdir oshig'i olchi,
Oshiq bo'lib, xolos, zaqqum yutganman,
Qaylardadir qolib ketdi ro'molchang,
Seni unutganman. Unutganman.


Goho dilni ezar tiriklik yuki,
Goho to'yganimda bu laziz jondan.
Gohida.... Bir nafas... Faqat.... Holbuki,
Seni unutganman.Unutganman.Unutganman...

Iqbol Mirzo

ozzy
02-11-2004, 08:19 AM
hahha It ws good!

Al-Bagdodiy
03-01-2004, 01:09 PM
Salom aziz Mushoira ishtirokchilari!
Yozib qoldirgan sherlaringgizni uqib tugrisi mazza qildim,agar iloji bulsa mushoirani davom ettirsak.Faqat iltimos sherlar faqat uzbek tilida bulsin.
Man ham shu mushoirani davomi uchun bir sherni etiborlaringga havola etaman!

Esingdamu tog lolasini kukragingga taqib quyganim
Esingdamu dil navosini kuylab turib boqip quyganim
Esingdamu buloq boshida kuylagingga suv sachratib men
Kulib qochganingda ushanda kuvlap kokilingdan tutganim

Kechir meni ranjitgan bulsam siyo zulfing ushlab yuragim
Kechir meni ogritgan bulsam qora soching ushlab yuraging
Shuhlik bilan tortibman bilsam nozikkina oppoq bilaging
Shuhlik bilan tortibman bilsam nozikkina oppoq bilaging

Faqat yorim sendan iltimos gul sayliga boraylik yana
Yillar ortga qaytsin kel bir oooz uynashaylik yur oshiqona
Endi navbat seniki mayli kuylagimga suv sachratib ut
Lolazorda birga qolaylik ne istasang murodingga et

Lolazorda birga yuraylik ne istasang murodingga et

Ohunjon Madaliev.....

davom etinglar..............

Mas'ud
03-02-2004, 12:23 AM
Assalomu alaykum mushoira qatnashchilari. Men ham mushoiradagi she'rlarni uqib, ancha dam oldim. Bugundan boshlab uz ijodimdagi she'rlar bilan mushoira sahifalarini tu'ldirishga harakat qiaman.
:D :D :D
"T"

Tu'marisning orzu iqboli,
Har vaqt tayyor hayrli ishga.
Uzbegimning munis ayoli,
SEN haqlisan bahtli bolishga.

Ne-ne ulug' kishilar senga,
"Onam" deya murojaat etgan.
Chunki sensan halqimning shonin,
Yillar uzra opchilab u'tgan.
Buyuk millat ezgu qiroli,
FArzandlaring etadi ta'zim.
U'zbegimning hamdard ayoli,
SEN haqlisan bahtli bu'lishga.

Sen singilsan aka hurmatin,
Tangri misol muqaddas bilgan.
Sen opasan ukalar jonin,
U'znikidan yu'qori qu'ygan.
Ne bu'lsa ham ibo-hayoni,
Oliy tuyg'u deya sanagan.
U'zbegimning ju'mard ayoli,
SEN haqlisan bahtli bu'lishga.

Yoringga sen sevikli bu'lib,
Vafoni-da etgansan shior.
Kumush kabi zavqlarga tu'lib,
Otabegin kutgan beme'yor.
Yigitlarin fikru hayolin,
U'girlagan u'zbek gu'zali.
U'zbegimning tengsiz ayoli,
SEN haqlisan bahtli bu'lishga.

Sen inamsan, singlimsan, yorim,
Burchim - senga ato etmoq baht.
Neki bu'lsa qalbimda borim,
Poyingga men etajakman taht.
Aqli teran, ilmu ziyoli,
Jahondagi ayollar boli,
U'zbegimning buyukl ayoi,
SEN haqlisan bahtli bu'lishga.

17/06/2003
JaruleUZB


__________________________________________________ _________
"Tot kto sleduet svoey sud'be, znaet i umeet vse. Tol'ko odno delayet ispolneniye mechti nevozmozhnim, eto strah neudachi.
(Poulo Koel'o)

Al-Bagdodiy
03-02-2004, 05:06 AM
Davom etamiz...
Ajablanma sevsang agar su-rog-imdan
.................
Maylimi oy chiqqan oydin shu kecha,
Nafas olaversam yutinib hursand,
Maylimi dunyoning bitta burchida,
Men ham vaslingizni kutib o-tirsam,
Maylimi sog-insam va toshsa ko-nglim
Yig-lasam maylimi, maylimi kulsam.
O-ksitmasmikinman sizni sevgilim,
Shu kecha hajringizda behosdan o-lsam-

Mas'ud
03-02-2004, 06:05 AM
Davom etamiz... [/B]

Yana davom etamiz...

"M"

Me sizni she'rimda kuylamay qu'ydim,
Hattoki ismingiz u'chirdim dildan.
Sevgimga men u'zim bir qabr u'ydim,
Kafanlik su'radim boychechak guldan.

Men sizni tunlari u'ylamay qu'ydim,
Hattoki u'shal tun bedor u'tsa ham.
Bevafo dunyoda qon yutib tu'ydim,
Chunki bu yurakka tu'lgan edi g'am.

Men sizga hayolan su'ylamay qu'ydim,
She'rimni u'zgaga atadim butkul.
Ne bu'lsa barini taqdirga yu'ydim,
Uzimni; hattoki sevgimni tugul...

(Bir dustim ijodidan)
hurmat ila...

______________________________________________
Aql holsiznalar,
qachonki su'na boshlasa
ilmga rag'bat (Tohir Malik)

Al-Bagdodiy
03-02-2004, 06:52 AM
Uzimni; hattoki sevgimni tugul...
Koroche yigitlar man ketishim kerak edi uzr,shuning uchun mushoira qoidalariga amal qilmasdan bir turtlik qoldiryapman.Bu sherni davomi ham borku no qolganini keyin yozaman.Hozircha see you when i see you!

Bolni ulash labing bilan tillaringda,
Shomu sahar bedor u-tay yu-llaringda
Sevish bu-lsa shuncha bu-lar aziz yorim
Jon bermoqqa rozidirman qu-llaringda

Mas'ud
03-02-2004, 11:54 PM
"H"(qu'shiq)

Har kun boqqa borar edim ku'rgani uni,
Gulzor aro usayotgan nozik g'unchani.
Iliq shamol yalab u'tar uning yanog'in,
Asta sekin hilpiratar nozik yaprog'in.

Ku'rganda bu g'unchani, ku'nglimda quvonch,
Kun sayin ortar menda sevgimga ishonch.
bilmam nimalar bizni yaqin etardi,
Yulduzlardan yuksakda ku'rardim uni.

Bir kun bog'da shu g'unchani topa olmadim,
Ming afsuski yorginamni asray olmadim.
Nahozki bir begona ku'z nazar tashladi,
Shu nozik , mayin g'unchamdan meni ayirdi.
naqorot
Kim uzdi bu g'unchani, bu gu'zal bog'dan,
Ajratib yolg'izimni ajratib mendan.
Qani endi bu g'uncha? Tunlarim bedor
Sensiz utar sevgilim. Dunyo menga tor.

Kunlar utar tu'htamay, eslarman uni,
U'sha payt ochilmagan nozik g'unchani.
G'uncha endi ochilib gulga aylangan,
Har zamonda kaminani esga olarkan.

Kechalar yulduz sanab, yulduz ku'zing deb yonaman,
Kunlari oftobda oy, Kechalar begonaman...


hurmat ila...

Asadbek
03-03-2004, 02:05 AM
JaruleUZB,

bormisiz? Anchadan beri shu qo'shiqni matnini to'liq eslolmay yurgandim. Vaqtida yotoqxonada yotvolib, maza qilib eshitardim. Konkretno zo'r aytilgan qo'shiq.

Mas'ud
03-03-2004, 02:19 AM
JaruleUZB,

bormisiz? Anchadan beri shu qo'shiqni matnini to'liq eslolmay yurgandim. Vaqtida yotoqxonada yotvolib, maza qilib eshitardim. Konkretno zo'r aytilgan qo'shiq.

Assalomu alaykum Asadbek aka. Aytganizday, men ham juda yoqtiraman bu qu'shiqni. Juda yahshi ijro etilgan.Hudo hohlasa yana qu'shiqlar matnlarini yoib borishga harakat qilaman
hurmat ila...

Asadbek
03-03-2004, 03:29 AM
Salom JaruleUZB,
o'sha qo'shiqchini ismi-familiyasini eslaysizmi?
Isroilov bir balomidieyy.

Yana bir qo'shig'i bor:

Bahor kelib jamol ochdi turfa gul,
Qahrli kuz so'ldirmasa yaxshiydi.
Chechaklarni o'pganimni yellar u,
Yorga borib bildirmasa yaxshiydi.
...

Al-Bagdodiy
03-03-2004, 05:32 AM
"H"(qu'shiq)

Har kun boqqa borar edim ku'rgani uni,
Gulzor aro usayotgan nozik g'unchani.
Iliq shamol yalab u'tar uning yanog'in,
Asta sekin hilpiratar nozik yaprog'in.

Okam bu qushiqqa gap yoq,qiziq eshitmagan ekanman.Kim ijro etgan uzi?
Hurmat bilan..

Al-Bagdodiy
03-03-2004, 05:49 AM
Kunlari oftobda oy, Kechalar begonaman...
"N"

Necha yildir kunglim sira tulmaydi
Goh sen kelsang goho ilhom kelmaydi


qolgani esimdan chiqib qopti uzrlarim...Jarule aka agar sizni esizda bulsa tuldirib quying iltimos :-))))))!
hurmat ila

Mas'ud
03-03-2004, 07:28 AM
Kunlari oftobda oy, Kechalar begonaman...
"N"

Necha yildir kunglim sira tulmaydi
Goh sen kelsang goho ilhom kelmaydi


qolgani esimdan chiqib qopti uzrlarim...Jarule aka agar sizni esizda bulsa tuldirib quying iltimos :-))))))!
hurmat ila

Al-Bagdodiy, sazangiz ulmasin...
Men bu qushiqni eslay olmadim ku lekin uzim ijod ila davom ettirishga harakat qilaman...

Necha yildir kunglim sira tulmaydi,
Goh sen kelsang goho ilhom kelmaydi,
Yurak sirin hatto aqlim bilmaydi,
Seni sevish mushkul ekan, aziz yorim.

Ku'zim nuri Sen tufayli ko'p nurafshon,
Sensiz kunim tuyuladi, zim-zimiston,
Qalbdan senga talpinaman ku'pdan chunon
Seni sevish mushkul ekan, aziz yorim.

Bu dunyoning shodliklari, quvonch, g'ami,
Farqi yu'qdek endi menga ortiq-kami,
Seni deyman uchgunicha umrim shami,
Seni sevish mushkul ekan, aziz yorim...

3 Mart 2004
Dresden


hurmat ila

shoyir
03-03-2004, 08:02 AM
Seni sevish mushkul ekan, aziz yorim...


salom hammaga!!!

"M" ga

Million yilda meni yaratdi hayot,
Meni so'rab qator tog'lar cho'kdi tiz...
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot
Axir men bittaman yagona yolg'iz......


hurmat ila....

Mas'ud
03-03-2004, 09:15 AM
Axir men bittaman yagona yolg'iz......

"Z" (Qu'shiq)

Zangor u'rmon bag'rida, mag'rur u'sgan oq qayin.
Senga keldim atayin, kel qu'shig'im aytayin.
Seni ku'rdim esladim oq bilak malagimni,
Yoshlikning tor yu'lida, yuqotgan tilagimni.

Havasim kelar senga, Oh, gu'zalim oq qayin,
Sochlaringni siypalab, dardim senga aytayin.

Bag'ritoshlar bor hali, qilmishlari atayin,
Indamasang tanangga bolta urishi tayin.
Ehtiyot bu'l qayinjon, ular seni kesmasin,
Tanangni yog'och qilib, barging hazon etmasin...

(Sherali Ju'rayev ijrosida)

Hurmat ila...

____________________________________________
"Yashamoq mumkinmi
agar seni hech kim yahshi ku'rmasa" (Tohir Malik)

Mas'ud
03-10-2004, 01:48 AM
Nega ushbu sahifa davom etmayapti? menimcha "Mushoira" juda yahshi narsa, demoqchimanki kishini izlanishga chorlaydi...

Olloh bilguvchiroqdir...

________________________________________
"Yashamoq mumkinmi, agar seni hech kim yahshi ku'rmasa"
(Tohir Malik)

BIBIHONUM
04-15-2004, 04:52 PM
Sevgi Sevgi shunday navbahorki,
U tikandin gul qilur,
Toshga jonu til bag'ishlab,
Zog'ni ham bulbul qilur,

Sevgi shunday dard erurki,
Barcha bo'lg'ay mubtalo,
Mubtaloni neki qilsa
Telba bu ko'ngil qilur.

Sevgi shunday tangridirki,
Unga tengdur shoh, gado,
Qulni aylab shohu sulton,
Shohni bo'lsa qul qilur.

Sevgi shunday bir olovki,
Jonga undan yo'q omon,
Gulxanida o'rtab-o'rtab,
Bir kun oxir kul qilur.

Sevginingdir hukmi mutlaq,
Istasa shaydolarin
Chashmi giryonidan ummon,
Ohidan dovul qilur.

Sevgiga she'r bitding, Erkin,
Besabab ermaski, ishq -
Aylagach ko'ngulni ishg'ol,
She'r ila mashg'ul qilur.

Erkin Vohidov

Asadbek
04-16-2004, 01:47 AM
Yo'q-yo'q, hech qayrilib boqma ortingga,
O'ylanmay, chekinmay ketaver chaqqon.
Qarshingda tiz cho'kdim yonib-yolvorib,
Lek aslo yo'lingga bo'lmadim to'g'on.

Gangster

Aschenputtel
04-16-2004, 05:46 AM
Sarvigul soyasinda gul soldi netmak kerak,
Sarvidan tobut yasab, guldan kafan etmak kerak.

Asadbek
04-16-2004, 07:10 AM
Ishq dedik – yo’lida ado bo’ldik biz,
Ishq qayda? Bilmadik – xato bo’ldik biz,
Ishqimizu, ish so’rab gado bo’ldik biz –
Ishq jondan do’zaxni boshlab o’tadir,

Usmon Azim

Aschenputtel
04-23-2004, 07:22 AM
E'tiqod yarimdur, imon nogiron,
Oqibat yarador, koksida oqdur.
Asrlar qa'ridan kelar bir nido:
"Sozdin baqoliroq edgor yo'qdur..."!
Za'far varaqlardan boqadi g'amli
Toptalgan haqiqat-yuzlari qora,
Xevaning yolida ingranib toshlar
Maxzun yuragimni etadur pora.
Beshikda so'yilgan gudak ko'zida
Bir hayrat qotadi-mangulik so'roq,
Qon kechgan g'ildirak ko'ksini erar,
To'kilar armonga yo'g'rilgan ingroq.
Ufqdir qip qizil, qalqiydi dune
Bo'g'zidan bo'g'ilgan erkning faredi.
Satrlar yiglaydi, sargayar ranglar,
Shafqat tilar bugun azhdodlar edi.

I.Adizova

BIBIHONUM
04-23-2004, 10:22 AM
Tabib bilan borardik birga,Suhbatlashib sogu bemordan.Ittfoqo tushib yo'limiz,O'tar edik qabristondan.Birdan tabib tezlab qadamin,Qo'li bilan to'sib oldi yuzini.Hayron bo'lib men dedim unga:-Qo'rqasanmi marhumlardan?.Hamrohim dedi:-Qo'rqmaydurman,Uyalaman qilmishlarimdan.Ajaldan oldin kelganlar bor,Ichib,men bergan dorilardan.Saidgaffor hoji.

Aschenputtel
04-24-2004, 05:25 AM
Menga o'lim tilama o'lib bolgan odamman.
Xazonimni kutmagil so'lib bolgan odamman.
Nafrat kozingni mandan yashirmoqqa urinma,
Ko'zing nima dilingni korib bolgan odamman.
...

Qo'shiqdan...

DaeAnd
06-23-2005, 01:28 PM
Nafrat kozingni mandan yashirmoqqa urinma,
Ko'zing nima dilingni korib bolgan odamman.


"N" harfiga kelib tuxtagan ekan Mushoira yana davom ettirsak degandim....

Nechuk bu kun aylabon zabon,
Tilimni lol etding beomon,
Ko'zim yerda, yuzimdur alvon,
Nahot kutgan sevgim shu bulsa....

Kaminaning ijodidan...

Asadbek
06-23-2005, 01:36 PM
"A" harfidan:

Archaning qorlarga qarshi isyoni,
Yashil bahor bo’lib kuldi oqibat.
Ajoyib ranglarga intiq vijdoning,
Yam-yashil hislarga to’ldi oqibat...
Gul, bulbul, gulzorlar tilayman senga,
Hech so’lmas bahorlar tilayman senga!

Mirzo Kenjabekdan

DaeAnd
06-23-2005, 01:40 PM
"A" harfi yana sahnada:

Ammo san ro'yosan, bilmayman,
Qaydasan va qachon qaytasan.
Ismimni tutasan gulday san,
Ismimni bir go'zal aytasan.


Iqbol Mirzo

Asadbek
06-23-2005, 01:42 PM
"A"

Ayricha tovlanar ko'zlarda xilqat,
Bahorning farahbaxsh, sokin tunlari.
Ohorli ohangga aylanib bu payt,
Yurakka quyilar ko'kning unlari.

Shohjahon

BIBIHONUM
06-23-2005, 01:45 PM
"I"

Ilon sochlaringni shamol o'naydir,
Uzilgan barg kabi qaltiraydir jon.
Ezilgan yurakni ezib to'ymaydir,
Gulim, ko'zlaringga berkingan jahon.
Rauf Parfi :P

DaeAnd
06-23-2005, 01:48 PM
"N"



Na bir shirin kalom ming zahmatingga,
Na bir salomingga alik oladi.
Muhabbating nima Muhammadingga?..
Qalamni quchoqlab uxlab qoladi.


Muhammad Yusuf

BIBIHONUM
06-23-2005, 01:50 PM
"I"

Ishq-vafodan so'zlaganlarim
Yetur senga ohu-fig'onim.
Yodga tushar bo'zlaganlarim
Men olamdan o'tganda, jonim.
Rauf Parfi

Dil
06-23-2005, 01:54 PM
"I"

Ishq-vafodan so'zlaganlarim
Yetur senga ohu-fig'onim.
Yodga tushar bo'zlaganlarim
Men olamdan o'tganda, jonim.
Rauf Parfi
:)
Man bugun bariga ko`nib yahsayman,[
Ko`naman teskari oqasa ham daryo.
Umidga bag`rimni ko`mib yashayman,
Bir kuni meniki bo`ladi dunyo

DaeAnd
06-23-2005, 01:55 PM
"M"


Magar sensiz qolsam kerakmas,
Foniy dunyo menga bir laxza.
Laxza o'tar yildek onda bas,
Boqiy dunyo bo'lur payvasta.


Kaminaning ijodlaridan...

DaeAnd
06-23-2005, 01:59 PM
:)
Man bugun bariga ko`nib yahsayman,[
Ko`naman teskari oqasa ham daryo.
Umidga bag`rimni ko`mib yashayman,
Bir kuni meniki bo`ladi dunyo


"O"

Odam bo'lib bir odamni tushunmaslar,
Ko'zingda yosh ko'rib ham goh o'kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo'l cho'zib turgan qalqonim bor...


Muhammad Yusuf

Asadbek
06-23-2005, 02:05 PM
"R"

Raqib bilganlarim qo'rqoq, deb aytsa,
Do'stim dushman undan behroq, deb aytsa,
G'ururi osmonmas, tuproq, deb aytsa,
Ko'zim, yoshlaringni yurakka yashir.

Islom Hamro

DaeAnd
06-23-2005, 02:21 PM
"R"


Rahm aylagin bedor kuylasam,
Azoblansam, jilmayolmay hech.
Hardamhayol, tanxo bo'ylasam,
Men birla bo'l doim: erta kech.



Kaminaning ijodlaridan...

Pythagor
06-23-2005, 03:14 PM
"Ch"

Charx avzoi bu dam, avvalgilarga o‘xshamas,
Ko‘nglim ichra dardu g‘am, avvalgilarga o‘xshamas.
Kotibi rahmu raqam, avvalgilarga o‘xshamas,
Endi inson qadri ham, avvalgilarga o‘xshamas,
Kim ul oyning hajri ham, avvalgilarga o‘xshamas....

AVVALGILARGA O‘XSHAMAS, Sh. Jo'rayev

maradona
06-23-2005, 03:18 PM
"Ch"

Charx avzoi bu dam, avvalgilarga o‘xshamas,
Ko‘nglim ichra dardu g‘am, avvalgilarga o‘xshamas.
Kotibi rahmu raqam, avvalgilarga o‘xshamas,
Endi inson qadri ham, avvalgilarga o‘xshamas,
Kim ul oyning hajri ham, avvalgilarga o‘xshamas....

AVVALGILARGA O‘XSHAMAS, Sh. Jo'rayev

1. Maxtumquli gazili ;)
2. Kap katta yigit mushoira uynab yursaya ;)

Dil
06-23-2005, 03:25 PM
"Ch"

Charx avzoi bu dam, avvalgilarga o‘xshamas,
Ko‘nglim ichra dardu g‘am, avvalgilarga o‘xshamas.
Kotibi rahmu raqam, avvalgilarga o‘xshamas,
Endi inson qadri ham, avvalgilarga o‘xshamas,
Kim ul oyning hajri ham, avvalgilarga o‘xshamas....

AVVALGILARGA O‘XSHAMAS, Sh. Jo'rayev
S

Sensiz kunduzlarim kunga ohshamas
Uyqusiz kechalar tunga ohshamas,
Hech qaysi yahshilar senga ohshamas,
Ayt qachon sevgimga ishonasan yor…


qo`shiqdan.
 

Asadbek
06-23-2005, 03:36 PM
"R"

Rahming kelmadi menga,
O'z yog'imda qovrildim.
Rangim za'faron bo'ldi,
Somon kabi sovrildim.

noma'lum shoir

Pythagor
06-23-2005, 03:46 PM
"M"

Men keldimu, dunyo ko'rdimi foyda?
Ketsam martabasi osharmi? Qayda!
Hech kim tushuntirib bera olmadi:
Kelishim - ketishim sababi qayda.

Umar Xayyom

Dil
06-23-2005, 03:51 PM
"R"

Rahming kelmadi menga,
O'z yog'imda qovrildim.
Rangim za'faron bo'ldi,
Somon kabi sovrildim.

noma'lum shoir
M

Men demak ul kunnii kutib yashayman,
Poyingizga gullar sochmoqlik uchun.
Hayotning achchig'in yutib yashayman,
Bir kuni .... dunyoni olmoqlik uchun.


" Seni olislarga olib ketaman" threadidagi Asadbek bilan bo`lgan aytishuvdan parcha edi

Dil
06-23-2005, 03:55 PM
"M"

Men keldimu, dunyo ko'rdimi foyda?
Ketsam martabasi osharmi? Qayda!
Hech kim tushuntirib bera olmadi:
Kelishim - ketishim sababi qayda.

Umar Xayyom
A
Azaldan loyimni qorganda Hudo,
Bilardi fe`limdan ne bo`lur paydo.
Hukmidan tashqari emas gunohim,
Ho`sh necun Mahsharda beradi jazo?

yana o`sha Hayom.

Pythagor
06-23-2005, 04:21 PM
"O"
Oqshom yulduzlarni hilol uyg'otar,
Daryo to'lqinlarin shamol uyg'otar...
Qaydasan, ey shamol olib ketgan gul?
Meni shu alamli savol uyg'otar...

OQSHOM YULDUZLARI...
Iqbol Mirzo

P/s/ ana piyozdanam somsa bo'larkanu a dip qotmayapsizlarmi? Qo'ldan keguncha ko'chirayapmiz...

BIBIHONUM
06-23-2005, 04:31 PM
"O"
Oqshom yulduzlarni hilol uyg'otar,
Daryo to'lqinlarin shamol uyg'otar...
Qaydasan, ey shamol olib ketgan gul?
Meni shu alamli savol uyg'otar...

OQSHOM YULDUZLARI...
Iqbol Mirzo

P/s/ ana piyozdanam somsa bo'larkanu a dip qotmayapsizlarmi? Qo'ldan keguncha ko'chirayapmiz...Yashang Mulla aka!!!!


"R"
Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing -
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..

Asadbek
06-23-2005, 04:36 PM
"N"

Ne qilay? Yurakdan bo'shadi tanim,
Najot - ko'nishdami, najot - o'lishda?..
Azizim, azizim, azizim manim,
Ayt, qachon ulgurding jonim bo'lishga?

Usmon Azimov

Mahmud
06-23-2005, 05:07 PM
"A"

Avval bag‘rin ochdi u,
Keyin zahrin sochdi u,
Bergan atirgulimni
Yuragimga sanchdi u.
Bunaqasi ketmaydi –
Gul yarasi bitmaydi.
Iqbol Mirzo.

DaeAnd
06-23-2005, 05:34 PM
"I"


Izsiz ketdi sharqiragan anhorlarim,
Esiz ketdi gurkiragan bahorlarim,
Ko'zlarimdan kiprik kabi to'kildilar
Sevganlarim, dilbarlarim, dildorlarim.


Iqbol Mirzo

Mahmud
06-23-2005, 05:43 PM
"M"

Man sani esladim, qo'msadim
Yuzingni, ko'zingni, so'zingni.
Izingni topsaydim, o'psaydim,
Tuysaydim sochlaring isini.

Iqbol Mirzo.

DaeAnd
06-23-2005, 06:00 PM
"I"

Ishonmading sevaman desam,
Ishonmading yonsa yuragim,
Yolg'on bo'ldi sen uchun qasam
Ro'yo bo'lib qoldi tilagim.

Dil
06-23-2005, 07:22 PM
"I"

Ishonmading sevaman desam,
Ishonmading yonsa yuragim,
Yolg'on bo'ldi sen uchun qasam
Ro'yo bo'lib qoldi tilagim.
M
Muhabbatning ko`chasidan o`taman men,
Muhabbatning qo`llaridan tutaman men.
Niyat holis bo`lsa agar ijobatdir,
Armonimsiz bir kun Sizga etaman men....

DIDO
06-23-2005, 10:54 PM
M
Muhabbatning ko`chasidan o`taman men,
Muhabbatning qo`llaridan tutaman men.
Niyat holis bo`lsa agar ijobatdir,
Armonimsiz bir kun Sizga etaman men....

N
Nega hapriqaman sevinchdan
Nega izlar yurakcham seni
Nega hayoldaman, betinchman
Qayda eding ko`zlarim meni

Dil
06-23-2005, 11:38 PM
N
Nega hapriqaman sevinchdan
Nega izlar yurakcham seni
Nega hayoldaman, betinchman
Qayda eding ko`zlarim meni
I
Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,

Barchadin yumub ko’zni muddao Uvaysiyman.

Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,

To degil kecha-kunduz: “Mosivo Uvaysiyman!”

Uvaysiy.

Pythagor
06-24-2005, 08:06 AM
"N"

Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.

maradona
06-24-2005, 02:26 PM
"A"

Arzing aytsang,xalqqa aytgil bigzbar,
Chidamli bo'l,chidamsizlik bo'sh-bekor,
Har yerda ishlagil,nasibangdir bor,
Boy bo'lay deb,izzatingnan ayrilma.


Maxtumquli "Ayrilma" ;)

Shuncha ugil bolalar uynayotgan ekan Mushoira,Modami deyman, men ham chetda qolmay ;)

JONİ
06-26-2005, 07:38 AM
[QUOTE=maradona]"A"

Arzing aytsang,xalqqa aytgil bigzbar,
Chidamli bo'l,chidamsizlik bo'sh-bekor,
Har yerda ishlagil,nasibangdir bor,
Boy bo'lay deb,izzatingnan ayrilma.


Maxtumquli "Ayrilma" ;)

Shuncha ugil bolalar uynayotgan ekan Mushoira,Modami deyman, men ham chetda qolm

Agar Farhodning Shirin, bo'lsa Majnunlarning Laylosi,
Nasib o'lmish menga gulshan aro gullarning - Ra'nosi...

Gareeb
06-26-2005, 08:25 AM
Ilvasin yigitlar,
bobir yigitlar,
sajdaga bosh qo`ydi yovga ters qarab,
gullarni kemirib, yig`ladi itlar

Shavkat Rahmon

Shokirbek
06-26-2005, 09:12 AM
[R]

Rayhon, atirguldan shirin hidi bor,
Guvoh bo'lmaganlar bilmaslar zinhor,
Ko'rganlar tag'in ham ko'rgilari bor,
Hidlamoq istarlar takror va takror,
Azizim, biling, bu shahid qonidir.

Gareeb
06-26-2005, 09:20 AM
Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing –
Onang seni
Chiroyli tuqqan

Muhammad Yusuf

Mahmud
06-26-2005, 09:30 AM
"N"

Ne qilay? Yurakdan bo'shadi tanim,
Najot - ko'nishdami, najot - o'lishda?..
Azizim, azizim, azizim manim,
Ayt, qachon ulgurding jonim bo'lishga?

Usmon Azim

Asadbek
06-26-2005, 09:40 AM
"A"

Ammo, ko’z oldimda ko’zlaring yoniq...
Yetti kecha-kunduz cho’kib boryapsan,
Seni yamlamoqda bir daryo – ajdar,
Tillari hanjardir, mavjlari hanjar –
Menga Navoiyni o’qib boryapsan.

Usmon Azim (Malika tilidan)

shokir
06-26-2005, 12:25 PM
NOZU, ADOU, G`AMZASI, QASDIM QILURLAR DAMBADAM,
VAH, MUNCHA OFATMU BO`LUR BIR ODAMIZOD USTINA..

....

MAN HASTAG`A JON ASRAMAK EMDI ERUR DUSHVORKIM,
QOTIL KO`ZI BEDOD ETAR HAR LAHZA BEDOD USTINA..

BIBIHONUM
06-26-2005, 12:46 PM
"A"

Asir qalbimni etib shod,kel mahzun dil qoshig'a,
G'arib kulbam aylab bo'ston,qo'y poying,diydam ustina... :)

Mahmud
06-26-2005, 12:53 PM
"A"
Ammo san ro'yosan, bilmayman,
Qaydasan va qachon qaytasan.
Ismimni tutasan gulday san,
Ismimni bir go'zal aytasan.

Iqbol Mirzo

Gareeb
06-26-2005, 12:58 PM
Na bir shirin kalom ming zahmatingga,
Na bir salomingga alik oladi.
Muhabbating nima Muhammadingga?..
Qalamni quchoqlab uxlab qoladi.

Muhammad Yusuf

Asadbek
06-26-2005, 01:30 PM
"I"

Izg‘irdim sargardon men sizni izlab,
Tovonimni teshdi saraton, yomg‘ir.
O‘zimni la’natlab, sizimni sizlab
O‘lmay turib o‘ldim, siz uchun oxir.

Rauf Parfi

Pythagor
06-26-2005, 03:44 PM
"N"

Nimadir u, ko'zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig