PDA

View Full Version : Seni izlayman


adiba
04-09-2003, 09:35 AM
Dilkash davralarning yarashig'isan
Kulsang kulging kabi sharqirar soy yo'q,
Qo'llarda gul tutgan oshig'ing qancha
Faqat hayotingda men uchun joy yo'q..

Koshki eshigingda bir zanjir bo'lsam,
O'tgan qaytganingda qo'nsam qo'lingga,
Koshki bir so'z bo'lsam tansiq va so'lim,
Titrardim yaproqday olsang tilingga.


Osmonday muhabbat bilan kelsam ham,
Zaminday zalvorli bo'lsa ham tuyg'um!
Ne qilay, sen kutgan ul yor emasman,
Ko'nglingning dardini ololmas sevgim.

Har kuni sovg'alar ulashasan sen,
Hatto yo'lingdagi bolachalarga.
Men esa rashk bilan qarab qolaman,
Ular qo'lidagi kulchachalarga.

Umidim, armonim, toleyi bekam,
Baxtim osmonida bir sen-Humoy yo'q.
Yoningda sollanib yurayin desam,
Sening hayotingda men uchun joy yo'q.

Yig'lagan ko'zlar ham qoraymas endi,
Hijron boylik bo'lsa mendayin boy yo'q.
Yo'ling to'lib toshgan sevganlaringga,
Faqat hayotingda men uchun joy yo'q...


xxxxxxxxxxxxx

Bir yulduzga shu keng osmon yetishmaydi,
Nilufarmiz, faqat ummon yetishmaydi,
Bugun Farhod-Shirin bo'lmoq imkonda bor,
Lekin vafo-asl imkon yetishmaydi.


Qo'l tegmagan cho'qqilarning qori bo'lsa,
Erib-erib ostonangga yetar edim.
Cho'ponbobo do'mbirasin tori bo'lsam,
O'rtanmagan yuragingni o'rtar edim.

Do'mbiraning navosiga ishonmagin,
Har yog'ochni chalsang axir sozi chiqar.
"Do'stman" degan sadosiga ishonmagin,
Asl dushman senga avval hamroz chiqar.

Sevilmagan yuragimni, oldin bilsam,-
Yo'lbarslarning qafasiga solar edim.
O'q-yoy bilan Alpomishlar yetolmagan
Bu joylarni bir she'r bilan olar edim.

Sevikli do'st ketdi tashlab saodatin,
Do'stsiz qolib yayrolmadim, kulolmadim,
Mingta nayga nola bo'ldi muhabbatim
Lekin qadrim bir qamishcha bo'lolmadi....

Gulandom Tog'aeva



Gulandom Tog'aeva-Surxondaryoning Oltinsoy tumanidan. Qalami o'tkir, pokiza yurakli chin inson. Hozirda Uzteleradiokompaniyasi "Assalom O'zbekiston" ko'rsatuvining bosh muharriri.

MegaZizi
04-09-2003, 09:50 AM
adiba,
rahmat sizga miriqib uqidim .

NOAVATAR
04-10-2003, 05:32 AM
Adibahon. Rahmat sizga bu misralar uchun.
Hurmat ila,

I_P77
04-10-2003, 05:44 AM
Salom Adiba
Shunaqa zo`r she`r ekan, rostan ham odamni qalbiga kirib boradigan mavzuda yoritilgan ekan...Yozganiz uchun rahmat...
Omadla

adiba
04-10-2003, 06:40 AM
Talablarga binoan :)


Mensiz yashab ko'rsin dunyo,
Ko'rsin toshni cho'qitib,
Qay olovxo'r yashar ekan
Yuragini cho'qitib?

Daryo asli tiniq edi,
Osmon avval ko'k edi.
Sig'inganim momotuproq,
Sog'inganim ko'k edi.

Mensiz yashab ko'rgin, dunyo,
O'tdan uzoq cho'tir oy.
Ursa ham-ki asriy giryon,
Yig'lamaydi shabnam soy.

Kimga yoqar pastga qulash,
Men-ku tog'dek Insonman.
Senga o'q-yoy bo'lib emas,
Seni sevib sultonman.

Gulandom

I_P77
04-10-2003, 06:54 AM
Adiba...Molodets!
Yana bo`sin...talablar bor...:)
Muvaffaqiyatlar...
Hurmat bilan

Qurbonoy
04-12-2003, 12:53 PM
Hayr dedim, hayr dedim,
Keyin tilga kelmadi suz.
Suz ustasi shoir edim,
Nahot meni bilmadi suz?!...

Bu sherni notugri hotirlamasam Fulom Mirzoning ijodiga mansub, Iltimos bu sherning davomini kim bilsa davom kildirsin?!

shoyir
04-12-2003, 05:09 PM
Talablarga binoan :)


Mensiz yashab ko'rsin dunyo,
Ko'rsin toshni cho'qitib,
Qay olovxo'r yashar ekan
Yuragini cho'qitib?

Daryo asli tiniq edi,
Osmon avval ko'k edi.
Sig'inganim momotuproq,
Sog'inganim ko'k edi.

Mensiz yashab ko'rgin, dunyo,
O'tdan uzoq cho'tir oy.
Ursa ham-ki asriy giryon,
Yig'lamaydi shabnam soy.

Kimga yoqar pastga qulash,
Men-ku tog'dek Insonman.
Senga o'q-yoy bo'lib emas,
Seni sevib sultonman.

Gulandom
Hurmatli Adibaxon!
Juda g`'zal she'rlar ekan, katta rahmat, shunday yoshlarning ijodidan sitega tez-tez va ko'proq qo'yib borish lozim menincha...
Lekin men biroz ajablanganim , O'z TV "Assalom O'zbekiston" muharriyatinig bosh muharriri iste'dodli shoir Muhammad Ismoil edi, yaqingacha ham, Gulandom Tog'ayeva qachondan bosh muharrir bo'lgan?...Uzr...
hurmat ila Shoyir

adiba
04-13-2003, 12:47 AM
Shoyir,to'gri anglabsiz, uzr. "Assalom O'zbekiston" ko'rsatuvi tizimida, umuman teleradiokompaniya tizimida katta muharrir va kichik muharrirlar bor.Bosh muharrir esa bitta bo'ladi. Yana lekin ko'rsatuv direktori ham bo'ladi. Demak boshliqlar ko'p :).
Gulandom esa katta muharrir ekan, vizit kartasiga qaradim hozir.

Tushunmadim...
04-14-2003, 06:41 AM
Mensiz yashab ko'rsin dunyo,
Ko'rsin toshni cho'qitib,
Qay olovxo'r yashar ekan
Yuragini cho'qitib?

Uzr Adiba, bu yerda nima deyaptilar shoira? Tushunmadim. Yoki kochirib yozishda biror hato ketibdimi?
Cho'qitib va cho'qitib, biror so'z oyini bormi bu yerda.
Rahmat

:)

Hasanali
04-14-2003, 06:44 AM
Koshki eshigingda bir zanjir bo'lsam,
O'tgan qaytganingda qo'nsam qo'lingga,
Koshki bir so'z bo'lsam tansiq va so'lim,
Titrardim yaproqday olsang tilingga.



Nihoyatda go'zal bitilgan....bu satrlar menga quyidagi satrlarni eslatadi lekin muallifi esimda yuq ...

Koshki tikon bo'lsam
Barmog'ingga suqila olsam,
Sug'ira bilmasang ninalar bilan,
Men sening taningda abadiy qolsam...

to'liq matnini bilsangiz yozib yuboring iltimos...

Realist1
04-15-2003, 11:41 PM
Adiba:

"Gulandom Tog'aeva-Surxondaryoning Oltinsoy tumanidan. Qalami o'tkir, pokiza yurakli chin inson. Hozirda Uzteleradiokompaniyasi "Assalom O'zbekiston" ko'rsatuvining bosh muharriri."

GULANDOM opaga hazil bagishlov, chin dildan:

Mensiz yashab ko'rsin dunyo,
Men ham yashay dunyosiz.
Tushlarimda ko'rmay uni,
Uyqum bolsin ro'yosiz.

Mensiz yashab ko'rsin toglar,
Bir birini yiqitib.
Ko'kda suzgan to'lin oy ham ,
Yuzin qushga cho'qitib.

Mensiz yashab ko'rsin boglar,
Huvvilab qolsin bo'ston.
Yashab ko'rsin mensiz yana
"Assalom O'zbekiston".
16.04.2003

Salomlar. Omadlar. :)

Asadbek
04-16-2003, 03:01 AM
:-)

well done Realist janoblari :-)

Realist1
04-16-2003, 04:27 AM
Rahmat Asadbek,
Ishlar nechuk?

"Pahtakor" yutadimi Bes Teroni nima deb oylaysizlar?
Salomlar. :)

Asadbek
04-16-2003, 04:31 AM
Ishlar nag'ez!
Hozir oxirgi imtihondan chiqib keldim. Yaxshi utdi :-)

"Paxtakor" xudo hohlasa "Bes Tero"ni yutadi.
Milliy chempionatda esa "Paxtakor"ni xudo hohlasa "Nasaf" yutadi :-)

Realist1
04-16-2003, 04:37 AM
Bayram ekanda bolmasa?
Yelkadan yuklar yerga yiqilib :)

Kech qoldiz Bro,
Nasaf_Pahtakor 0:2

Asadbek
04-16-2003, 04:43 AM
Yeeeeeee yaramaslar,

yutqazishibdimi yana?
Hazillashmang, o'yin qachon bo'lib o'tdi?

Realist1
04-16-2003, 05:01 AM
Oyin kecha boldi,
Gollarni Gochkuli va Djeperov uribdi.

Bolib turadi, asosiysi Bes Ter.
Siz Futbol gazetasini 15 sonini oqidingizmi?
U yerda qiziq gaplar yozishibdi Tailand uchrashuvi haqida.

Asadbek
04-16-2003, 05:35 AM
O'qidim :-)

na mayli, Paxtakorga omad Tailarga qarshi.
Qani endi Tailar piska kuzini uzbek quyoshi ostida ochib ulgurgunicha Paxtakor 3-4 ta gol urib tashlasa :-)

Realist1
04-16-2003, 06:13 AM
Hudo hohlasa deb turaylik. :)

Endi Taylandagi oyinga tayyorlanishmabdida shovvozlar.
Ozimizning komandalarni yutaman deb oyinchilarni jarohat oldirishibdi. Tailar bolsa aksincha kuchlarini pahtakorga qarshi saqlashgan ekand yaramaslar :)

adiba
04-17-2003, 11:11 AM
Mensiz yashab ko'rsin dunyo,
Ko'rsin toshni cho'qitib,
Qay olovxo'r yashar ekan
Yuragini cho'qitib?

Uzr Adiba, bu yerda nima deyaptilar shoira? Tushunmadim. Yoki kochirib yozishda biror hato ketibdimi?
Cho'qitib va cho'qitib, biror so'z oyini bormi bu yerda.
Rahmat

:)


Mensiz yashab ko'rsin dunyo,
Ko'rsin toshni o'qitib.
Qay olovxo'r yashar ekan,
Yuragini cho'qitib?

To'grisi shunaqa ekan. Sorry :oops:

Realist1
04-18-2003, 11:58 PM
Bop turadi Adiba hatolar.
Man "choqitib" degan sozni, chaqmoq toshlarni bir biriga urishtirib uchqun chiqarishni "choqitish" deyishar ekan deb oylagandim. Bizda albatta bunaqa soz yoq, man "janub taraflarda" bunaqa soz bolsa bilmas ekanman deb oylagandim.
Gulandom opa hazil bagishlovimizga hafa bolmaydilar deb umid qilib qolaman.

Salomlar. Omadlar. :)