View Full Version : dil izhori
Salom ko’pdan buyon men uchun qadirli sanalgan ,keti uzilmas ,shirin hayollarim sabachisi,qalbim bog’inng guli azizam (……..)
Bu maktubni o’qqyotganligingizda o’rtamizdagi o’zinig shirin onlaru-yu, o’zgacha damlaru-ila qalbimiz to’ridan joyolgan daqiqalarni yodga olsangiz kerak albatta .
Ha u damlar boshqacha edi!!!! O’ylab qarasam be ihtyor sizga ipsiz bog’lanib qolgan ekanman ,bilmadim sizni shirin so’zingizmi yoki o’zgacha dilimni yoquvchi kulgingizmi umuman sizdagi bori ajoyiblik meni sehirlab olgandi .
Avvaliga bu munosabatlar odiy dek edi chunki siz kabi qiz do’stlarim sanoqsiz edi –da lekin kunalr o’tgani sayin barchasining ichida sizning o’rningiz bolakchaligi –ila mehrimni qozonib borardi . Kunlar ketidan kunlar o’tdi siz ham men ham bir birimizni tez tez uchratar edik.Bu ataylab uyishtirilganday qizg’in sufbatlar bizni qaysizdir ma’noda yanada yakin bog’lab qoygandi. Song esa men sizni imkon qadar har kuni ko’risha, hech bo’lmasa bir jilmayib qosh qoqishingizga ro’paro bolish maqsadida yolingiz poylardim ichimda ne borligini hatto o’zim ham tushuna olmasdim. Lekin sizni tez tez ko’rim kelardi.
Ohirgi choglarda kunim siz hayolingiz bilan boshlanib o’sha bilan tugaydigan bo’lib qolgandi . O’ylab qolardim nega bu qizga men shunchalik bog’lanim qolganman faqat men-mi? yo unda ham shu tashvishmi ?! Buni bilmasdim sizga sevib qoldim deya aytishga jurrat qilaolmasdim chunki bu tuyguni asli o’zi sevgiliga meni aqlim etmasdi .
Balki bu sevgidir balki bu oddiy havasdir bu to’g’rida so’z ochsam o’rtamizdagi munosabatlar uzilib qolmasmikan deya cho’chirdim? Biroq sizni juda –juda yoqtirar edim.
Kunlar o’tdi sizga bu haqda bir so’z ham deya olmadim lekin sizni har kuni uchratardim siz ham menga shunchalik o’zgacha munosabatda bo’lar edingiz-ki bu narsa meni tamomila ado qilardi. Ko’zlar ko’zlarga tushganda ichimda bir nima jiz etar va o’sha onda” men boshqa chida olmayamn deya baqirgim kelar” lek buni ichimga yutardim ammo qaro qoshlar, oychan moviy kozlar, dilimni yoquvchi totli so’zlar har gal meni taqib ostiga olardi .
Hayollarim tarqoq shu on barcha narsani qog’zga bitmoqdaman, siz bilan uchrashish onlarini shunchalik orziqib kutyapman. Biroq ko’nglim g’ash !!!
Akademikdan
Sobir
04-13-2003, 09:45 PM
;)
Salom Akademik. Zo'r yozibsiz. Ehtiyot buling yana qattiq bog'lanib qolmang usha qaro kuzga. Ohiri qandey bulishini hudo biladi. Shuning uchun ehtiyot buling. Yuragingiz ezilib qiynalib qolmang.
Sizga omad tilayman! Hayot muhabbat bilan go'zaldir! :!:
Akademik
04-15-2003, 04:54 PM
Rahmat maslahatlarni qadirlaymizda qani endi shu yozganimni u ham o'qiganda edi balki dardimni tushunib yetarmidi deyman? Eh bilmayman yana lek :? yurak tutgan yolni tuaveraylik-chi yurak hech aldamaydi -ku-a?
Maftuna
04-16-2003, 09:21 AM
Hayolimning sultoni, tushlarimning doimiy mehmoni azizim... Sizni qo'msab yana yig'ladim.
Do'stlarim hayron bo'larlar, Sizning yagona tilagingiz, hech kimga alishmas tanho malagingiz bo'la turib, ko'z yoshlarimga yuvilishim sababini bilolmaslar. Siz shahri azim Toshkentda, men suvlar ortida turib, hayot atalmish ko'hna yaralmishning telba o'yinlaridan o'ylanmaklik va yo quvonmaklikni bila olmasmiz. Adoqsiz yo'llarim tez muddatlar ichida Sizning qadrlik yo'llaringizga birlashmakligi hayoli tinim bilmas yuragimga qaynoq yoz kunida yog'mish yomg'irdek ta'sir qilar, lekin qalbimni kuydirguvchi ayriliqning sabrsiz kunlari halovatsiz dilimda qovjiroq o'lanlar orasiga tashlangan cho'g' kabi... Bor vujudim bilan Sizning istiqbolingizga intilar, atrofimni o'rab turmish har bir narsada faqat Sizning ismingizni ko'rar bo'ldim.
Kimsalar borkim, yolg'izlik kunlarimda Sizning suyumli hayolingizni ko'ksimdan sug'urib olmak bo'larlar. Ularning hayosiz tikilmak ko'zlarida nafs o'tini ko'raman. Nafskim, ularga borlig'imni sanoqsiz bo'laklarga bo'lib tashlamak istagini berar. Ular boshqa kimsaning tovog'ida ko'rganlari taomni deb tamshanayotganliklarini bilarlar, shuning uchun hayosiz izhorlarini turlik bo'yoqlarga chulg'ab, ayblarini yashirmak bo'larlar...
Azizim, yuragim yonadi... Ko'zlarimda Sizning ko'zlaringiz aksi ko'ringan, sochlarim barmoqlaringiz aro sayr qilgan, quloqlarim ostida yuragingiz tovush bergan, nafasingiz yonog'imdan asta sirg'algan onlarni hotirlab yonadi yuragim. Bahorning quvonchli qiliqlariga qo'l siltab, istalmagan tamizsiz nigohlardan qochib, o'zimni zimiston makonlarga surgun qilmaklikni o'ylayman. Zero, Sizsiz o'tar kunlarim yolg'izlik va sog'inch mahzunligidan o'zga ne'mat keltirmas. Hudo bermish sevgimiz va ahdu-va'adalarimiz bilan bezatilgan muqarrar diydor yozimiz qachondir, begim?! Farg'onajonda giloslar lablarim rangiga kirgunga qadar kutmangiz, manim sabrdan ilm bermak toqatlik hayollarim bahoriy osmon bag'riga moviylasha singib ketgudek. Serquyosh o'lkada kechirganimiz shirin onlarning totli hotiralari qalbimga taskin bermay qo'ymish. Boriki mahzunliklar vujudimni holdan toydirmish, ko'zlarimning menga rahmlari kelib, sog'inch suvlarini oqizmishlar. Dilimning yolg'iz dorisi, qalbi quyoshli begim, yana Sizni qo'msab yig'ladim...
Maftunangiz.
quite impressive... sad and thoughtful... sensitive and inspiring...
good luck,
Suvoriy.
CHOYHONACHI
04-17-2003, 03:16 AM
Salom AZIZAM ....
Kecha oqshom sohil boylap uyga kelayotip yana sizni esladim ...chunki sizni sog'indim ... Har qadamda, kabutarday birbirga shing'igan, bir biriga osta osta, " boshqa hech kim eshitmasin, chunki bu gaplar atay siz uchun" deganday bo'lip, sevgi izhori qilgan Layli va Majnunlarni ko'rip sizni esladim ... chunki sizni sog'indim... Na oqshom quyosh botishin guzalligi, na dengizni dilni yupatatig'on shirvirlashi menga bahramand bo'ldi ... chunki sizni sog'indim ... Shamol esip yuzimga urganda sizni sochlarizga shumg'ip ketkanday bo'ldim ... qulog'imda uni sadosi eshitilganda sizni ovozizi uqqanday bo'ldim ... chunki sizni sog'indim ... birdan birontasi "azizim" deganday tuyuldi ... hamon ogrilip qarasam sizni emas boshqa Zuhrani o'z Tohiriga etayotkanini kordim ... va hafa bo'ldim chunki yonimda yoqsiz ... chunki sizni sog'indim ...
Har kun, ishtan charchap, tanamda kuch qolmasliga qaramay uyimga yaqinlashguncha yuragim tez-tez ura boshlaydi, qadamlarim hohlap-hohlmastan tezlana boshlaydi ... chunki sizdan kelgan bir maktubni orziqip kutadi yuragim ... balkim kelgandur bugun ... balkim ... lekin mana siz hatni jonatkanizga 14 kun bo'lishiga qaramay ... na pochtalyondan, na meni suyuntiradig'on hattan habar yoq ... na qilay dep .. ertasi kunni kutaman ...
Uyda Yulduzni, Sevarani, Setorani va kop qoshiqchilarni CD'lari, kasetalari yotadi aralash bo'lip .... ularni tinglayverip yodlap ham olganman ... ularni etkan qoshiqlari qanchalik ham bizni tasvir qilmasa ham bizni ayrilig'imizga yordam berolmas ... uni orniga yana ham yurakni ezar ... shuning uchun ham na muzika, na TV, na kitop, na boshqa narsa menga orom beradi ... yana o'sha tumbochkani ochip, ichidan "Azizimga" degan maktubni olaman, kechagina o'qigan bo'lsam ham menga boshqa bir hissiyot, tuyg'u uyg'ontirgan shu maktubizni yana bir bor o'qip chiqaman ... yana o'sha guzal onlar, kunlarni eslap ... uyqu girdobiga shon'ip ketaman ...
SIZNI SOG'INDIM AZIZAM ...
AZIZIZ ...
DJ_Cool
04-18-2003, 02:59 AM

Salom sevgini qadriga yetadiganlar va sevgi nima ekanligini tushunib uni hurmat kilganla,
Choyhonachi , ha bu biz bilmas ekanmizda? İchimda bittasi manga qarab: Ee DJ_Cool qanaqa bolasan.shuncha yil birga yurgan, qaerda bolsa ham har doim oldida bolgan bolani nahot ki hali ham yahshi tanimabsan..Uyat ee sanga- dedi. Keyin oylanib qarasam haqikkattan ham bilmagan ekanman..Choyhonachi mani kechirib koyadila..
Sizni sevgini bunchalik qadrlashishni bilmabman :( :( :(
Qolganlarga ham tassannno, man ham yozmoqchi edim ku, ammo osha azobli kunlarim ortta qoldi..Hozii hammasi juda yahshi..Oshani uchun yozishni maqul kormadim. Sizlar omad va baht tilayman.
Omadla,
Jamosh
04-18-2003, 10:08 AM
ha bu togri etasiz dj cool mana man ham bilmgan ekanman ha endi siz singari yonida kop bolmadim lekin qodirdon dostim choyhonachi mana sizi bilaman lekin choyhonachini bilmagan ekanman uzr hafa bolish yoq yanai hafa bolgan oris ha men ham dj coolli etkanide man ham sizga baht i omad ytilab qolamizade ha bu toyda belli baqvat qilib hizmat qilamizade oki? salom va hurmat bilan...........
DJ_Cool
04-19-2003, 02:10 PM

Jamosh sizaga man ham qoshilaman...
Biz ham shu fursattan foydalanib bu ikki yoshga baht tilaymiza, qollarimiz koksimizda hizmatta bolamiza..Toshkentni gullatamiz... 8)
Man ham Jamoshni gapiga koshilaman..va sozimni ohirida TOYGA ATAYLAB YODLAB YURGAN SHERiMNi; AYTiB BERAMAN... :oops: :oops: :oops:
Boqqa kirsam maylimi,
Gullar tersam maylimi,
iqbol akam bilan kenoyimni
Tabriklasam maylimi.... :oops: :oops:
Uyatib kettim eeee....
Hop salomat bolila..
CHOYHONACHI
04-21-2003, 12:47 AM

*CHOYHONACHI ve kelin shu jiyanlarini etkan shirin sherlarini eshitip erip ketishiti va ularga pul qistiraylik dep oyoqqa turishiti... :)
omadla
I_P77
04-21-2003, 01:58 AM
Salom AZIZIM…
Bugun sizdan habar kelmadi…ooh, naqadar qiyin va mashaqatli sizsiz o`tayotgan kunlar, o`z quvonchimni, hursandchiligimni siz bilan bo`lishgim keladi, ammo yonimda yoqsiz…siz bilan ko`rishgim keladi, lekin iloji yoq…uzoq masofalar bizga to`sqinlik qiladi…bazida hafa bo`lib ketaman, na kerak bunday hayot biz bo`lolmasak birga…lekin bir zum o`tadi yana ish, o`qish bilan ovora bo`lib ozgina unutganday bo`laman bu sog`inchlarni, ammo yana eslatadi nimadir sizni, yoki hayollarimga o`rnashib olganmi bu ism, bu tuyg`u deyman…tushunolmayman nima bovotti o`zi manga…yoki bu SEVGI yoki unga bo`lgan intilish…buni so`z bilan ifoda etib bo`lmaydi…bilaman siz ham eslaysiz meni, men esa sizni…hayollarimizda orzu qilgan lahzalar namoyon bo`ladi…shuqadar yana bir tuyg`u keladiki, u yana siz tomon meni hayollarimni olib qochadi…na kechalari uyqu kelar, tinchimaydi yuragim… Ko`chada ketayotib ko`zim Farhodu Shirinlarga, bir-biridan ayrilmas sevishganlarga ko`zim tushadi…shu dam yana o`zimga o`zim savol berib qalbimni qiynayman: Qani mening o`sha Farhodim, qani mening Sevgilim, …Shunda yana sizni esladim…Bilaman bu ayriliq abadiy emas, bir kun uchrashamiz…faqat o`shanda “Sizni kech uchrattim AZIZIM” deyishdan cho`chiyman… vaqtlar juda tez o`tar ekan, kunlar, oylar, yillar misli daryodagi suv kabi oqib o`tmoqda…Lekin hech o`sha vaqt kelmayaptiki, sizni bir bora ko`rsamu, sizga dilimdagini aytsam…Inson bor ekan u hayotidan nimalarnidir istab umidvor bo`ladi…men esa hanuz sizni ko`rishdan umidvorman…Inshoolloh nasib aylagan bo`lsa biz albatta uchrashamiz…
Yuragimning tubida saqlangan bir bo`lak tuyg`ularidan bo`lishgan ~ AZIZANGIZ…
Asadbek
04-22-2003, 08:27 AM
Samoda hanuz kezayotgan oyning yuziga bir boqing! O'z quyoshini sog'inib, ma'yus nigohini bizga qadaydi. Sizning oydan-da oydin yuzingiz, guzal nigohingizni sog'inganimni sezgandek yolg'iz oy...
Jimir-jimir etib porlayotgan yulduzlarga qarang! Yonib turguvchi, boqqanimda butun olamim mujassam qora ko'zlaringizni sog'inganimni sezishib jimirlashadi yulduzlar...
Tun bag'rida sohir sokinlikka qarang! Uchrashgan onimizda butun dunyoni unutib, o'z mamlakatimizda hukmronlik qilgan sokin onlarimizni eslatadi bu jimjitlik...
Sokinlikda kurkam turgan bog'dagi bulbullar sayrog'ini eshityapsizmi? Ular ham go'yoki men kabi sog'inchdan nola etayotgandek...
Bulbullar sayrog'iga jo'r ravishda tebranayotgan gullarga boqing! Yuragimni zabt etgan, olam gullari aro yagonam - siz Gulimni doimiy o'y-xayollarimda ekanligingizdan mamnun tebranishmoqda...
sizni sog'inib
Asadbegingiz
o´zbek qizi
04-23-2003, 04:28 AM
:( :( :(
(( :D ))
Vasliddin
04-23-2003, 09:14 AM
Salom dilida muhabbat o'ti jo'sh urib turgan yoronlar... Safimizda sizlardek muhabbatning qadriga yetuvchi, uni ardoqlovchi safdoshlarimiz bor ekanligidan mamnunman... Meni kechirasizlar men unchalik gapga no'noqroqman, shuning uchun yozganlarim uncha o'xshamasligi mumkim, buning uchun oldindan hammalaringda uzr so'rayman.
Barcha sevgiga ishonuvchi va ishonmay yashovchilarga mening yagona tilagim...
Bu dunyoda sevib, sevilib yashash, baxtli oilaning baxtli boshliqlari va bekalari bo'lishlikni hammamizga nasib etishini Ollohdan tilab do'stingiz.
Qurbonoy
04-23-2003, 12:38 PM
Men kulimga kalam olsam doyim kalbimda uzim tushunib bulamas tuygularning asriga aylanaman va uylayman nega hayot buncha beshavkat, meni yagona dunyomdan dustlarim davrasidan ajratdi? Nega men endi istaganimda ul ruhsor uyzli gul nigor, tili totli,dili shirin ul malak siymoni kurolmayman ayrilik alami kalbimni tiladi. Tilinsa kalbim, parchalansa yuragim mandan kon okmaydi alam otashi butun borligimni jahannam uti kabi yokib-yondiradi, yongan vujudimdan erina bir havuch kul koladi va yana men har tong kaknus kushi kabi yangidan bu vayronaga aylangan dunyomga assalomu-alaykum deb kirib kelaman.
Maftuna
04-23-2003, 01:50 PM
Osmon... Ikkimizning umumiy tomimiz osmon... Ummon... Ikkimizning o'rtamizda poyonsiz to'lqinlarini shavqatsizlarcha yoyib tashlagan ummon... Shamol... Ikkimizning nafasimizdan ilhom olgan shamol... Va nihoyat visa... Ikkimizning hajrimizdan rang olgan bir parcha qog'oz...
Shular bo'lmasa edi, azizim, bunday hatlar yozilmas edi. Shular bo'lmasa edi, yolg'izim, Sizning shu qadar yahshiligingizni bilmagan bo'lardim. Shular bo'lmasa edi, sevinchim, muhabbat atalmishning borlig'ini ko'rmagan bo'lardim. Shular bo'lmasa edi, quvonchim, tikandan nafislik, tuproqdan go'zallik, tutundan hushbo'ylik topa bilmas edim. Shular bo'lmasa edi, sog'inchim, qalbimda ismingiz yozilgan she'r tug'ilmas edi.
Shular bo'lmasa edi... Hozir yoningizda bo'lardim...
ilyos
04-23-2003, 02:19 PM
hoho sevgi deb yonuvchilar ko'p ku a?
men ham bu tuyguda yonaman azizlar!!!!
DJ_Cool
04-24-2003, 08:40 AM
Salom ishq otida yonib kuyganlar, man ham sizlarga ohshap ishq yotida yonib kuyganman hozir esa hamma yuu ok, fakat mandan uzoqlarda, Uni juda ham sogindim. Kozlarim yollarda, kachon ketaman uyga dep kutvobman.. :( :(
Mana shu sherni yoki qoshiqni unga atab yozvobman..Bu hamma uzoqlarda birbirlarini sevganlar uchun 8)
Yonimda Bolsang!!!
Yonimda sen bolsang agar
Kechar edim royolardan
Oyoginga boshim qoyib
Ketar edim dunyolardan
Yonimda sen bolsang agar
Uzulmasdi qanotlarim
Qucholardim nigohlaringdan
Ezilmasdi sabotlarim
Yonimda sen bolsang agar
Baht bilar edim damlarimni
Kipriginga terib birma bir
Osar edim gamlarimni
Yonimda sen bolsang agar
Boqmas edim yod gullarga
Qargozorga parvo qilmay
Soz bermasdim bulbullarga
Yonimda sen bolsang agar
Ne orzuga yetmas edim
Xayolingdan,hayotingdan ham
Bir zum nari ketmas edim
Yonimda sen bolsang agar
Hatlar edim dengizlarni
Tizzam boyi
Qolip toglar ham
Olar edim yulduzlarni
Yonimda sen bolsang
Yonimda......
(by ASR)
HAMMAGA OMADLA, 8)
o'zBek qizi
04-28-2003, 04:19 AM
(...) Bahorning mayin shabodasi.Dataxtlar uzoq uyqudan song asta-sekin kurtak chiqarmoqda.Ularning pushti,oq gullarining hidi bahoriy kayfiyat bagishlaydi.(...) Bahorda yurak sevgiga talpinadi.Aynan osha gozal tuyguga(...)
Ana U. Yugurib majnun tol tomon shoshmoqda. Ha! Haqiqatdan shu daraxt uning uchun qadrli bolib qolgan,chunki U bugun ilk marotaba aynan shu daraxt tagida qalbining Malikasi bilan uchrashadi.Bugungi kun boshqacha,U bahtiyor! Sevgidan qanday qilib mast bolib qolganini bilmay qoldi.Ana yetib ham keldi.Qolida qip-qizil atirgul gunchasi.U unga tikilib qaradi.Shu damda U gulni Malikasiga qiyoslay boshladi.Yo Osmon! Qanday oxshashlik! Aqldan ozganday his qildi ozini.Uning Malikasi ham shu guncha kabi begubor,gozal. U gunchani labiga yaqinlashtirdi.Mayinlik bilan uni o'pdi.Song uni koksiga qoydi.Yuragini qanchalik tez urishini,bu tezlikning sababi osha gozal tuygi ekanligini ma'lum qilmoqni istadi gunchaga.(...)
Bu yoqda esa vaqt allamahal bolib qolibdi.Bir soat otibdi.U hali buni sezmadi.U tuygular ogushida.Malikasining visolini koz oldiga keltirdi:uning sehrli nigohi,bir nimalar demoqchi bolib turgan jayron kozlari,uzun qora sochlari uni erkalashini hohlaydi U (...)
Yana bir soat otdi. Lekin U kutmoqdanimagadir ishonib kutmoqda.(....) Vaqt esa otib borayapti.Soatiga qaradi,har bir soniya uning uchun asrdek tuyuldi.(...) Ana endi U oziga keldi.Galati bir his paydo bola boshladi.Gurur. Dostining gaplarini esladi:"U sendaqalarga qaramaydi hatto! Sen kimu u kim!" U bu gaplarga umuman etibor bermay kelgandi.Shu damda esa bu achchiq bir haqiqat ekanligiga ishona boshladi.Gurur va Sevgi jang olib borayotgandek tuyuldi Unga.Qolidagi guncha esga tushdi.U unga yana tikildi.Qandaydir gazab,nafrat oygona boshladi gulga nisbatan(...) Bir zarb bilan U uni majaglab tashladi.Qollaridan qon tomchilay boshladi.Ha,gulning tikonlari ham boladi! Lekin U ogriqni sezmadi.Uning hozir bohsqa yeri ogrimoqda(...)
Yana ancha vaqt otdi...U achindi.Gulga achindi.Yiglay boshladi.Gurur qani? Yana qadrdon dostining qaplarini esladi:" O'gil bolamisan? Muncha shu qizni ketidan yugurasan? Bitta qizni deb shunchalikmi?..." Dosti haq ekanligini tushungandek boldi.Afsus u haq edi! (...)
U ornidan turdi.Gunchaning qoldiqlarini yerga uloqtirdi.Endi qadam tashlab ketmoqchi bolganda qulogiga tanish tovush ilindi.Ha! osha nozik oyoqlarning ohista "tak-tuk,tak-tuk" qadam tashlashlari!!! Quloqlariga ishonmadi,ogirilib qaradi. Oh! Uning togrisida uning Malikasi.U erkalanib jilmaydi va yoqimtoy ovoz bilan:"Uzr kech qoldim" dedida yerda yotgan gunchaga qaradi(...)
Gulira'no o'zBek qizi
"Gurur va Sevgi"dan
dilimda izhor kiladigan bir narsa komapti hammasini izhor kip tashapman...
Akademik
04-29-2003, 07:09 PM
dardi borlar bizla mas ekan-ku aa?! :P
dardsuz inson bormidur..?
realist1
05-01-2003, 06:15 AM
Iyee,
Juda zorr narsalar yozib tashlabsizlarku. Men bu topikka etibor bermagan ekanman. Ozbek tilining naqadar nozikligi, gozalligini korsatibsizlar. Ofarin. Menimcha bu yerda Maftunaga "alo" berish kerak. Juda ham gozal yozilgan. Sizlarnikini oldida man yozsam huddi urishayotgandek bolib eshitilsa kerak.
Bir harakat qilaychi, konglimda nima gaplar bor ekan. Ammo chiroyli chiqmasa ham, chin dildan boladi.
Salomlar. Omadlar. :)
realist1
05-01-2003, 06:41 AM
Bugun yana supermarketga bordim... U yerga har borganimda konglim buzilib yiglagim kelaveradi. Bu dokondagi narsalarning kopligi, turlarini korib konlim buziladi. Bu yerdagi yemishlarning ondan birini, yoq yuzdan birini, yoq ondan ham kop, mingdan birini ham hatto kormasdan yashayotgan hamqishloqlarimni eslab konglim buziladi. Bularning qorni 2 tamikin? Anuvi erkakmi yo hotinligini ajratib bolmaydigan odam bir oziga bir mahallaga yetarli yemishni aravaga solib olib ketyapti. Bularning hunukligichi. Odamning gozal yoki hunuk bolishi yegan narsasiga bogliq bolmas ekanda a. Rahmatlik domlam "meni ham qaymoq bilan boqishganda bir oz chiroyli bolardim" deb hazillashar edilar. Adashgan ekanlarda.
Qishloqqa ohirgi borganimda sinfdoshim Mustafoning singilchasini kordim. Ikki yuzi naqsh olmani eslatsa, kozlari yulduz kabi porlab turadi, yonoqlarida kulgichlari oynab turadi, ichidan taralgan ajoyib bir nur yuzini quyosh kabi yoritib turadi. Yeydigan narsasi ertalab choy-non, tushlikka non-choy kechga nima topsa shuni yeb yurishibdi. Odamning gozal bolishi yeydigan narsasiga qaramas ekan da. U holda gap nimada ekan? Ha nima uchun konglim buzilishini aytayotgan edim, osha Mustafoni olaylik, har kuni 20 soat ishlasa keragov. Nima ish qilishini aytmay qoya qolay, ammo shunisini bilamanki, kech qingir ish qilmaydigan bola. Yer chopsa qattiq yerni ustiga tuproq surib ketadiganlardan emas, chuqur chopadiganlardan.
Ha shu Mustafoning qayeri kam anavu erkakmi hotinmi ajratolmaganim odamdan?
U ham dunyoga bir marta kelgan emasmi?
Bu yogini endi tushunish qiyin. Yoki bizning ota bobolarimiz biron yomon ish qilib ketishganu uning hisobini biz beryatganmikinmiz...
Ha bugun men yana Supermarketga bordim...
Maftuna
05-01-2003, 02:53 PM
Menimcha bu yerda Maftunaga "alo" berish kerak.
Rahmat, Realist aka, qo'ldan kelganiga shukur.
Maftuna. :P
Akademik
05-01-2003, 07:47 PM
yashanglar dilida o'ti borlar :)
realist1
05-02-2003, 08:45 AM
Dostim Akademik,
bir topikda hazillashib sizga tosh otgan edim, yomon tegmadimi?
Salomlar. Omadlar. :)
Asadbek
02-12-2004, 04:40 PM
Ajoyib maktubiy dil izhorlari bitilgandi-da o'ziyam.
Shanba kuni butun dunyo yoshlari Sevgi, Muhabbat kunini bayram qilisharmush.
Shu kunga hali maktub bitolmaganlar mana shu yerdan idea olishsa bo'ladi manimcha ;-)
Dunyokezganqalandar
02-12-2004, 05:27 PM
Asadbek, bilmadimu lekin shu kuni bobookalonimiz Bobur Mirzo ham tavallud topganlar....keyin sevishganlar kuniga kelsak manimcha haqiqiy sevishganlar uchun bu kun har kuni bo'ladi ularga
Asadbek
02-13-2004, 01:30 AM
Dunyokezganqalandar,
men ham shu fikrdaman. Har kuni muhabbat bo'lishi kerak, muhabbatning kuni har kun bo'lishi kerak.
Ammo oramizda shu kuni bir-birini tabriklaydiganlar kam emas-de, nailoj :-)
CHOYHONACHI
02-13-2004, 07:45 AM
eehhhh ... bir paytlari ilhom kelip ketkaanda yozgan edik ...
a tak Nahi Dunya Bez Muhabbat!!!
:lool:
omadla
Royal
02-13-2004, 08:06 AM
Obbo biror bir choroyli sh'eer bormikin oqirmikinman deb kirsam , botga hamma kassallar yigilgan joy ekan. Kechirasizlar bizani astanopkadan otib kertibmiza....
CHOYHONACHI
02-13-2004, 08:13 AM
kasal ham bir onani jigari
gar ketsangiz bu ostanopkandan nari
uvolga qoladi bu yerdagi majnunlarni va laylilarni bari
:)
omadla
Royal
02-13-2004, 08:33 AM
Ha, bunaqa ishlani sila qoyib beriylik bizaniki v pryamom smisle degan ekan Gofur Gulom.
Eng yahshisi hech narsani chozmaslik vo ana oshanda ish bitadi. Bugungi ishni ertaga qoyma deb etishmaganmi silaga?
Ha, bu qirgizistonda jaaaa chiroyli udumlari boriydi, sila undan hech habarila yoqmi deyman, qatta kotta bogansila ozi?
PainKiller
02-13-2004, 01:41 PM
..Ya daje neznayu kak nachat' eto pis'mo, stol'ko vsego u menya nabolelos', no slova kuda-to zapropastilis'. Chto je eto bilo somnoy? Boje moy, ya daje neznala kak k tebe obrashatsa, kak tebya nazvat'-Miliy? Lyubimiy? .... Prekrassniye slova kotoriye moi gubi bili nevprave proiznesti....
Kak je tak sluchiilos' a? Ya sama neponimayu. Vse bilo otlichno vnachale, ya jila tak-je kak i vse, Gordaya ptichka, v svoyem mire mechtaniy i schastya, poka ti ne povstrechalsya na moyem puti....Udevitel'no no tseliy god do togo samogo dnya kogda vse rasskrilos', ya bila tak schastliva i neschastna v odno i toje vremya. Ya jila toboy. Ti menya sam togo neznaya delal vse lutshe i lutshe den' oto dnya. Ya smotrela tebe vosled s radostyu i bolyu v dushe, Nikogda tak i ne osmelivshis' skazat' tebe o svoyey boli. Ti bil jizneradostnim, I otvechal mne vzaimnostyu. Prosto odna misl' menya muchala-Chto je znachili tvoi "Davayte shodim v restoran segodnya, ochen' po vam soskuchilsya". Eto bilo drujeskaya simpatiya, ili je ....? Ti nikogda nedaval mne otvetov na moi voprosi, kosvenno hotyabi. Hotya ya chuvstvovala chto ti toje komne nebezrazlichen. Ti odarival menya cvetami, delal umestniye i ostroumniye komplimenti, odnim slovom, ya bila schastliva. Slova Oblonskogo eshe raz dokazali svoye pravo na sushestvovaniye-Kajdaya semya schastliva odinakovo... U nas eto nepereroslo do semeynih otnosheniy, i vo vsem tvoya vina. Jonim kak ti mog somnoyu tak postupit'? Ti je moi chuvstva rastoptal... Ya chitala tvoy dnevnik gde ti pisal obo mne, tak bol'no bilo, tak bol'no....Ti je menya etimi 5yu stranicami svoyego ostroumnogo viskazivaniya prosto ubil..znachit ya krasivaya i ne glupaya detka, kotoroy nado bi zakrujit' golovu? tak da ti pisal tam... Ti menya ubil, unizil...
Miliy, no samoye ujasnoye chtodaje posle vsego chto ya uznala, ya prodoljala tebya lyubit'. Jdala tvoyego prihoda s opushenoy golovoy kak raba svoyego gospodina. Pritvoryalas' chto nichego neznayu. Moy razum govoril "On stoboy igrayetsa", Serdce buntovalo:" NET!! ya yego lyublyu!" Iz gordoy Jamki-Huliganki, ili kak podrugomu menya nazivali shutya "Petrosyana" ya prevratilas' v "Rabu" Ti stal moim bogom, lyubit' tebya nesmotrya ninachto stalo moyey religiyey. ya na vse bila gotova lyubimiy. No ya ushla s raboti, dabi nevidet' tebya. Ushla i nichego neskazala ne o svoyey lyubvi, ne o tom chto ya tebya razoblachila. Prosto ushla. Nu konechno, ne tak vzyala i ushla, Chuvstva chuvstvami, No obyazannosti obyazannostyami. Postavila tebya v izvestnost' za nedelyu do svoyego uhoda, skazav "Moyemu parnyu neochen' nravitsa chto ya rabotayu v sugubo mujskom kollektive" Ahh, asalim, ti bi videl svoye lico, eto prekrasnoye tvoreniye Allaha rastyanulos' ot udivleniya-Ti i ne podumal chto u menya mojet bit' paren'. hahahaha. Ti Prosil chto-bi ya ostalas', govorya chto ya tebe nujna. Esli-bi ti znal kak mne bilo tyajko na tot moment. ya gotova bila vzyat' i vsemu poverit'..Ya umolyala vzglyadom tebya obmanut' menya. Skaji ti togda chto eto ne ti pisal, a dyadya Fedya iz derevni Prostokvashino, ya bi tebe poverila. Ya vsemu gotova bila poverit', tochne hotela poverit' Jonim, ti nichego neskazal, skazal chto tebe jal'...Ya ushla...
Ya vse eshe hranyu tvoi fotografii, vnachale dumala porvat' ili vibrosit', dabi ne videt' tvoi do boli lyubimiye cherti, no potom reshila chto eto udel slabih, namnogo otvajnee bilo-bi smotret' na "tebya", i neboyatsa, ne bolet' toboy. Da, segonya ya uje sebya horosho chuvstvuyu, ya uje ne plachu, ne posilayu vseh i vsya.Ya voskresla. O tebe redko no vse eshe vspominayu. Tut kogda ya ot tebya v daleke, ya uje opyat' Jamka-huliganka. Ya jivu i ne ropchu na sud'bu.
A tebe ya jelayu tol'ko samogo horoshego. Hochu chtobi ti vstretil tu, chto budet tebya lyubit' takje kak i ya, Net, Net, pust' ona budet tebya lyubit' bolshe chem ya.
Ya uje o tebe govoryu bez boli, ona umerla. Ya tebya bezumno "lyublyu" Kak malen'kogo svoyego bratika, Nesmotrya na svoi 24 let, ti okazalsya malen'kim malchikom, ya v svoi 18 okazalas' namnogo tebya zrelee. Udachi tebe Jonim, Schastya, ti yego zaslujivaesh, to chto ti tak "poigralsya" somnoy, teper' ya ponimayu bilo izza tvoyey gluposti i nezrelosti. Tseluyu tebya v Nosik i Nerobey, Mir tak prekrasen. Budu vsegda tebe blagodarna, Nesmotrya ninachto, ti mooya pervaya lyubov', TI MOYA PERVAYA LYUBOV'!! i ya gotova skazat; eto lyubomu. :)
tseluyu tebya v tvoy sladen'kiy nosik..
Jamilka
P.S ya nepishu eti stroki chtobi tebe bilo stidno, esli chestno ya neznayu daje pochemuskazala napisala vse eto tut na obshee obozreniye, ti ved' yego ineprochtyesh skoree vsego. Prosto znay moy malen'kiy malish, esli tebe v budushem ponadobitsa moya pomosh', daje nedumay iskat' drugiye varianti, dabi ya vsegda gotova pomoch' svoyemu malen'komu Yunge.
;)
Royal
02-13-2004, 02:18 PM
Etishgani togride oziyam, har bir medallionni 3chi tamoni bor dib.
Slimshady
02-14-2004, 09:57 AM
Ha, bunaqa ishlani sila qoyib beriylik bizaniki v pryamom smisle degan ekan Gofur Gulom.
Royal, yahshi emabdi Gopir Gulom,
kasal ham bir onani jigari
gar ketsangiz bu ostanopkandan nari
uvolga qoladi bu yerdagi majnunlarni va laylilarni bari
CHOYHONACHI, baleee, yashang....
Aysuluv
02-28-2005, 03:54 PM
Shu yerda dardlarini izhor qilgan va qilmagan hammaga dardlari malham topishlarini chin dildan tilab qolaman!!!
Bugun Seni yana tushimda ko`rdim.
Qiziq, nasib qilarmikan o`ngimda ko`rish?
Logoscience
03-01-2005, 09:01 AM
Maftuna shuncha so'z bilan aytmoqchi bo'lgan gapni DIDO 2 ta gap bilan aytib qo'ydi. LOL.
Mana buni zamonaviy romantika desa bo'ladi.
Barchaga salomatlik tilab
Ko`zlarimni parda qoplaganga o`xshaydi.Nigohim qayerga tushmasin, sening suratingni chizadi. Kim ko`zlarimga boqsa, sening aksingni ko`radi.
Pardaning farqi shundaki, endi borliq yanada ko`rkamroq, yanada go`zalroq ko`rinadi. Yashashga bo`lgan ishtiyoqim tobora oshib boradi.
Meni hammadan begona, ko`yida telba, hajrida Zulayhodek devona qilgan bu ishq dunyoning naqadar ajoyib ekanligini his qilishga imkon berdi.
Asadbek
03-02-2005, 11:10 AM
...Kim ko`zlarimga boqsa, sening aksingni ko`radi...
Muhabbat sinovlari II
:)
Muhabbat sinovlari II
:)
Yepp, davomi, ko`zlarimdagi o`tga hech kim bardosh bera olmaydi.:P
mastertgtu
03-02-2005, 11:44 AM
Sevgilim esingdami Sen bilan birinchi bor uchrashganimiz? Sen o'shanda hali yoshgina, institutga topshirmoqchi bo'lib xujjatlaringni ko'tarib yurgan paytlaring edi. Sening beg'ubor chehrangni, charaqlab turgan chiroyli ko'zlaringni bir bor ko'rdimu aqlimni yo'qotdim, Olloh hohlasa Sen meniki ekanligingni o'shanda sezdim.
Keyinchalik Sen bilan tanishdim, doimo kuzatib qo'yardim Seni, ko'zlaringga tik qarolmasdim, sezdirib qo'yishdan qo'rqardim. Kursdosh bolalar bilan ketayotganlaringni ko'rsam qattiq rashk qilardim, alam qilardi menga. Pok muhabbatimni 3 qalbimda saqladim. Ungacha Sen bilan do'stlashishga ulgurdik, ko'p narsalarni men bilan maslaxatlasharding, uyga vazifalaringni birga tayyorlar edik.
O'shanda qishki sessiya edi. Hammayoqni qalin, oppoq qor qoplagan, izg'irin sovuq, yo'llar muzlagan edi. Seni kechqurun chaqirdim va ...
va muhabbatimga iqror bo'ldim. Sen mendan buni mendan kutmaganingni, men esa sensiz yasholmasligimni aytdik bir-birimizga.
O'sha tunda yig'lading, Sening yosh tomayotgan chiroyli ko'zlaringni ko'rish men uchun naqadar og'ir, qalbimni nimadir to'ldirib, nafasimga tiqilayotganini bilsang edi.
Men bilan xayrlashmasdan jo'nab qolding, do'stligimiz tugaganligini, men ham hamma bolalarga o'xshash ekanligimni aytding. O'shanda xato qildimmi deb qancha azob chekkanlarimni, necha-necha tunlarimni bedor o'tkazib, suratlaringni termulib chiqqanlarimni bilsang edi, azizam.
Ha, endi biz uchun do'stlik iplari uzildi...Shundan keyin meni ko'rsang qochadigan bo'lding. Men esa osonlik bilan taslim bo'ladiganlar xilidan emas edim, Sendan boshqasini hayolimga ham sig'dirolmas edim.
Ancha vaqt ko'rishmadik. Bir kuni tasodifan uchrashganimizda Sen ham menga befarq emasligingni, menga bog'lanib qolganingni bildirib qo'yding, qizaloq.
Mana endi birgamiz, bizdan baxtliroq insonlar yo'qday hayolimda...
Duo qilishlaringiz umidi bilan, chin haqiqat yozildi...

Mana buni baxtli hikoya desa bo`ladi. Hamma oh-voh deydi, hech kim baxtliligi haqda yozmidi.
Sorry, noo`rin bo`sa.
:P
satik
03-02-2005, 01:19 PM
Hayolimning sultoni, tushlarimning doimiy mehmoni azizim... Sizni qo'msab yana yig'ladim.
Do'stlarim hayron bo'larlar, Sizning yagona tilagingiz, hech kimga alishmas tanho malagingiz bo'la turib, ko'z yoshlarimga yuvilishim sababini bilolmaslar. Siz shahri azim Toshkentda, men suvlar ortida turib, hayot atalmish ko'hna yaralmishning telba o'yinlaridan o'ylanmaklik va yo quvonmaklikni bila olmasmiz. Adoqsiz yo'llarim tez muddatlar ichida Sizning qadrlik yo'llaringizga birlashmakligi hayoli tinim bilmas yuragimga qaynoq yoz kunida yog'mish yomg'irdek ta'sir qilar, lekin qalbimni kuydirguvchi ayriliqning sabrsiz kunlari halovatsiz dilimda qovjiroq o'lanlar orasiga tashlangan cho'g' kabi... Bor vujudim bilan Sizning istiqbolingizga intilar, atrofimni o'rab turmish har bir narsada faqat Sizning ismingizni ko'rar bo'ldim.
Kimsalar borkim, yolg'izlik kunlarimda Sizning suyumli hayolingizni ko'ksimdan sug'urib olmak bo'larlar. Ularning hayosiz tikilmak ko'zlarida nafs o'tini ko'raman. Nafskim, ularga borlig'imni sanoqsiz bo'laklarga bo'lib tashlamak istagini berar. Ular boshqa kimsaning tovog'ida ko'rganlari taomni deb tamshanayotganliklarini bilarlar, shuning uchun hayosiz izhorlarini turlik bo'yoqlarga chulg'ab, ayblarini yashirmak bo'larlar...
Azizim, yuragim yonadi... Ko'zlarimda Sizning ko'zlaringiz aksi ko'ringan, sochlarim barmoqlaringiz aro sayr qilgan, quloqlarim ostida yuragingiz tovush bergan, nafasingiz yonog'imdan asta sirg'algan onlarni hotirlab yonadi yuragim. Bahorning quvonchli qiliqlariga qo'l siltab, istalmagan tamizsiz nigohlardan qochib, o'zimni zimiston makonlarga surgun qilmaklikni o'ylayman. Zero, Sizsiz o'tar kunlarim yolg'izlik va sog'inch mahzunligidan o'zga ne'mat keltirmas. Hudo bermish sevgimiz va ahdu-va'adalarimiz bilan bezatilgan muqarrar diydor yozimiz qachondir, begim?! Farg'onajonda giloslar lablarim rangiga kirgunga qadar kutmangiz, manim sabrdan ilm bermak toqatlik hayollarim bahoriy osmon bag'riga moviylasha singib ketgudek. Serquyosh o'lkada kechirganimiz shirin onlarning totli hotiralari qalbimga taskin bermay qo'ymish. Boriki mahzunliklar vujudimni holdan toydirmish, ko'zlarimning menga rahmlari kelib, sog'inch suvlarini oqizmishlar. Dilimning yolg'iz dorisi, qalbi quyoshli begim, yana Sizni qo'msab yig'ladim...
Maftunangiz.
The language is "too sweet". Much effort is made to imitate the poetic style. Anyways, nice to read.
illusion
03-02-2005, 01:21 PM
Odamlar, kim mana bu g'azalning davomini biladi?!:
Kecha kelgumdir debon, ul sarvi go'lro' kelmadi,
Ko'zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi,
Lahza-lahza chiqtim-u, chektim yo'lida intizor,
Keldi jon o'g'zimg'a vu.........
Ehhh manga juda bu g'azal yoqar edi, lekin, afsuski, davomi esimda yoq...Balkim, kimdir bilar.....:)
Rahmatello!
Choyhonachi, how r u doing so far?
Gerkules
03-02-2005, 01:31 PM

Marhamat, www.ziyo-uz.land.ru (http://www.ziyo-uz.land.ru/) dan olindi:) :
KECHA KELGUMDIR DEBON…
Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro' kelmadi,
Ko'zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqtimu chektim yo'lida intizor,
Keldi jon og'zimg'avu ul sho'xi badxo' kelmadi.
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro'zgorimdek ham o'lg'onda qorong'u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim yig'ladim devonavor,
Kimsa bormukim anga ko'rganda kulgu kelmadi.
Ko'zlarindin necha suv kelgay deb o'lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan bu kecha suv kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo'qsakim qo'ydi qadam,
Yo'lg'akim avval qadam ma'shuqa o'tro' kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg'u kelmadi.
illusion
03-02-2005, 01:56 PM
Gerkules, thanx a lot, i really appreciate it...Oh Gosh, I'm in love with this peace of literature...:)
Sening ko`zlaring... O`sha qaroqchi ko`zlaring, zero ular meni osoyishtaligimni olib qochdi.
Qop-qora o`rmonday tig`iz, ma'shuqaning zulfidek qayrilma uzun kipriklaring nayza bo`lib yuragimning qoq o`rtasiga sanchiladi.Bu g`amza dastidan yetmish ikki tomirimda qonim, jismu shuurim karaxt bo`ladi. Ne ajabki, bu azobli og`riqdan sururlanaman.
Bilmay qolibman, chuv tushibman, qalbimni yo`qotib qo`yib. Endi u sening qo`lingda, demakki, taqdirim sening qo`lingda.
Ne-ne intizorlik bilan termulsa nigohim ko`zlaringga, rashkchi kipriklar yo`limga g`ov bo`ladi. Men roziman, sening suratingga to`ymasam ham, faqat qo`riqchi kipriklaring seni men uchun yomon ko`zlardan asrasa bas.
Logoscience
03-09-2005, 03:43 PM

Yashang DIDO xon.
Yashang DIDO xon.
Qara, ko`kda hilol.
Yulduzlar ko`zlarini qisayapti: sirli-sirli, shirin habarni menga tezroq aytmoq uchun.
Qalbim tipirchilayapti, Sen yaqinlashayapsan.Yana menga, o`zimga qaytayapsan.
Men endi yashayman, seni iqbolingni ko`rish uchun, Yashayman.
Ohh, bu zalvorli qadamlaring yer titratadi, Yerki, mening butun borlig`imda vulqon uyg`otadi.
Aysuluv
03-14-2005, 01:12 PM

Har qachongidek manoli va tasirli satrlar, Dido. Sizga bir savol bersam maylimi?
Deylik siz sevgan inson sizdan yiroqda bo'lsa yu, va siz uni sizni sevishi yoki sog'inib yashashidan noxabar bo'lsangiz - xat yozmasa, telefon qilmasa -, siz bunga qanaqa reakciya ko'rsatkan bo'lardingiz? Sizni sher va yo'qoridagidek yozishlaringizdan kelib chiqib tuyg'uning qadriga etadigan inson bo'lsangiz kerak deb, shu savolni berishni maqul ko'rdim. Samimiy javobingizni kutaman. ;)

Avvalam bor bunaqa situatsiyadan Ollohning o`zi asrasin.
Agar shu ahvolga tushgudek bo`lsam, shunchaki bir banda: ojizaman, yolg`iz Ollohdan so`riyman. Dilimda nima kechsa uni yuzini qog`oz bilan qalam ko`radi, meni hecham tanimidigan odamlar eshitadi.Bo`ldi bundan ortig`ini qilomiman.
Borib sevdim deb aytolmiman, menga e'tiborsizligi uchun bo`g`zidan olomiman.
Yanam kim biladi, agar odam sevsa boshqacha kuch kirmasa odamga.:D
Baribir ham men oddiy bitta qizman. ;)
Mas'ud
03-20-2005, 11:06 AM
Nega she'r yozmayin. Etmayin ijod!
Nega qalbimdagin sochib to'kmayin.
Axir shu yosh yurak etganda faryod,
Satr kelaverar yozganim sayin.
Ijodim- ishonchim - sirim ishongan,
Hayotga umidim, ham toju taxtim,
Yoshlik sururini in'om etolgan,
He3ch qachon tark etmas yagona baxtim.
Oydin kechalarda dardlarga darmon,
Quvonchga hamrozdir shodon onlarda.
Dilimda yashirin, ushalmas armon,
Unda mujassamdir; etgumdir bayon...
She'rim - tuyg'ularim etgan ifoda,
she'rim - yetolmagan chin muhabbatim.
She'rim - bu tuganmas temir iroda,
She'rim - o'ylarimda yetgan sarhadim...
16/06/2005 Moskva
Ohh, bugun yana dardim xuruj qiladi. Yana seni, faqat seni topib ber deydi. Qanisan, qayerdasan, nega ,nima uchun biz baxtlimasmiz?
Ohh, bilaman balki sen mendan ham battarroq dard chekayotgandirsan.
Lekin nailoj, mening tillarimga qulf solingan, senga o`sha bir umrlik darmon bo`lguvchi so`zlarimni aytolmayman.
Yo`llarimga tikonlar ekilgan, sening vaslingga tomon bir qadam ham qo`yolmayman.
Yagona imkonim, faqat hayolim sen bilan. Unutma, biz birga baxtli bo`la olamizmi yoki yo`q, men sen bilanman.
Sening hayoling bilan yashayman, chunki sen bittasan:faqat Men uchun.
Aysuluv
03-21-2005, 01:23 PM
:P :kotc:
Dardsiz inson bo'lmaydi deyishadi. Mana Navruz ham kirib keldi. Tilagim shuki hamma tengdosh va yurtdoshlarimga, uzimga ham, ilohim bu yangilanish bayrami har birimizning dilimizdagi ezgu niyat va orzularimizning ruyobka chiqishining guvohi bo'lsa!
Sizni shunchalik sog`inganmanki, hatto bu olam jahonda shunaqa sog`inch borligini bilmaysiz.
Sizni shunchalik sog`inganmanki, bunchalik sog`inch siz aytgandek "jajji" qalbimga sig`ishiga ishongingiz kelmaydi.
Shunchalik sog`inganmanki, sog`inchning shunaqa isitmalarini boshim uzra olib yurib, haligacham hayotligimga balki tasannolar aytarsiz.Qiziq, haliyam tirikman.
Ba'zida o`ylanib qolaman,yana nimaga, nima uchun yashayapman? Ortiq haqqim yo`qku axir bu rangsiz, tussiz, ta'msiz dunyoda hayot bo`lishga. Barcha ishtiyog`im, maqsadlarimni ushlab turgan o`sha eng muhim nuqtani yo`qotib qo`ydimku.
Yo`q, men yo`qotib qo`yganim yo`q. Tortib olishdi, ko`nglimni lahja-lahja bo`laklarga kesib, uni mendan yulib olishdi. Ohh, mangulikkacham ajratishdi.
Endi har safar yo`qotganimda, bo`laklarga bo`lingan siniq ko`nglimdan oqib turguvchi qondan sharob ichaman.
Kayf aralasah yana o`sha, O`sha uzoooooqlarda Sizni ko`raman.
Sog`inch bilan o`sha qiz.
Pythagor
03-22-2005, 01:20 PM
Marhamat, www.ziyo-uz.land.ru (http://www.ziyo-uz.land.ru/) dan olindi:) :
KECHA KELGUMDIR DEBON…
Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro' kelmadi,
Ko'zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqtimu chektim yo'lida intizor,
Keldi jon og'zimg'avu ul sho'xi badxo' kelmadi.
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro'zgorimdek ham o'lg'onda qorong'u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim yig'ladim devonavor,
Kimsa bormukim anga ko'rganda kulgu kelmadi.
Ko'zlarindin necha suv kelgay deb o'lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan bu kecha suv kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo'qsakim qo'ydi qadam,
Yo'lg'akim avval qadam ma'shuqa o'tro' kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg'u kelmadi.
Yashang, Mana shu g'azal meni eng yaxshi ko'rgan g'azalim bo'ladi.
Omadlar
Mas'ud
03-22-2005, 01:38 PM
Izhor...(lavha)
... Siz yuragim eshiklarini taqillatmasdan kirib keldingiz, chunki bilardingiz-da, taqillatganlarga ochilmasligini;
... Siz qalbim parchalarini mashaqqat ila yig'ib butladingiz, chuki, butun qalbni mahv etishdan-da og'irroq mushkulot yu'q bu olamda;
... Siz ku'nglim torlarini men yoqtirgan ohang ila chertdingiz, toki bu navolar yuragim tubiga etib borguncha;
... Siz dilim osmonini u'zingizing charog'on nurlaringiz bilan munavvar etdingiz, chunki sezgandingizda, ishqning faqatgina charogon ku'kda erkin bu'lishin;
... Siz mehrim chashmasining zilol suvidan totib ku'rdingiz va qalbim tu'rining abadiy mehmoniga aylandingiz,chunki mehmonning quyosh kabi qadrlanishi Sizga ayon edi;
... Siz ishqim nolasini ilk bor she'r qilib kuyladingiz,chunki mening she'riyatga qanchalik mahliyo ekanligimni su'zsiz bilardingiz;
... Mening sizga bu'lgan muhabbatim cheksiz, ularni sezish esa, faqat yurak uchun hosdir...
Noyabr 2001, Andijon
Martingale
03-22-2005, 01:50 PM
Izhor...(lavha)
... Siz yuragim eshiklarini taqillatmasdan kirib keldingiz, chunki bilardingiz-da, taqillatganlarga ochilmasligini;
...
Noyabr 2001, Andijon
:lol::lol::lol:
shu joyini uqib yiqilib tushishimga sal qoldi:D... lekin original zur yozibsiz;)
yurakka yaqin omen
Derazamni ortidan sho`x ovozlar eshitiladi, meni chorlayapti, kel deydi o`yna deydi bizlar bilan.
Yashil dunyo nafosatini oldimga dasturxon qilib yozib, meni ne'matlaridan bahramand qilmoqchi.
Borayinmi, kezib-kezib o`rmonlarni, g`uborimni o`chirsammikin.
Quyosh kulayapti, ehh va'dalaring qani Quyosh?
SEni ko`rsam, yana u esimga tushadi, yo`qotgan qalbim. Bo`ldida endi, har dardning bitar kuni borku. Hushxabariing bormi menga?
Asadbek
04-20-2005, 09:27 AM
Mana, kaminaning dil izhori: My real dream.mp3 (http://www.htwm.de/truziboy/muzika/Asadbek - Real dream.mp3)
:)
shiawase
04-20-2005, 12:02 PM
Mana, kaminaning dil izhori: My real dream.mp3 (http://www.htwm.de/truziboy/muzika/Asadbek%20-%20Real%20dream.mp3) :)
Bek, zo'r chiqibdi..
Mabodo TVda yoki radioda boshlovchilik qilmaganmisiz? :P
BIBIHONUM
04-20-2005, 06:54 PM
Mana, kaminaning dil izhori: My real dream.mp3 (http://www.htwm.de/truziboy/muzika/Asadbek - Real dream.mp3)
:)
Men esa muhabbatni o’xshatmasdim gullarga
Binafshadek xushbo'ylarga, loladek suluvlarga.
Toki guldek bir xonaga bezak bo'lib qolmasin,
Bir daqiqa o'tmasdanoq rangi so'lib qolmasin.
Toptamasin uni hech kim koyitmasdan zarra jon,
Kim uchundir oyoq osti bo'lmasin u hech qachon. :P
Asadbek juda chiroyli chiqibdi dil izhori.Hozir yig'liman :( :cry: :cry:
BIBIHONUM
04-20-2005, 07:02 PM
Gul yig’ladi,go’yo qildi tilovat,tun yig’ladi,so’zlab dardli hikoyat
Jonu tanda boshlama-da, qiyomat,azobingni bas qil endi, muhabbat.
Topolmasdan,izlagan ko’z ne qilsin?,dildan tomib yig’lagan so’z ne qilsin?
Yuragingga sig’magan qiz ne qilsin?azobingni bas qil endi, muhabbat.
Yig’la yurak,yig’lagin may,yig’la nay,endi qaydan topay,kimga elanay?
Kel kipriging soyasida jon beray,azobingni bas qil endi, muhabbat.
Yaproq tushsa,ko’targudek holim yo’q,jonu tanda,jon qolmadi,jonim yo’q.
Hijron bilan yolgiz qoldim,yorim yo’q,azobingni bas qil endi, muhabbat.
Ishq zanjirin asiriman chorasiz,bahor-bahor bo’larmidi lolasiz?
O’lar jonga axir davo foydasiz,azobingni bas qil endi, muhabbat.
P.S.Dil izhori sog'inch bitigiga ulanib ketdi :)
BIBIHONUM
04-20-2005, 10:18 PM
Sevgilim esingdami Sen bilan birinchi bor uchrashganimiz? Sen o'shanda hali yoshgina, institutga topshirmoqchi bo'lib xujjatlaringni ko'tarib yurgan paytlaring edi. Sening beg'ubor chehrangni, charaqlab turgan chiroyli ko'zlaringni bir bor ko'rdimu aqlimni yo'qotdim, Olloh hohlasa Sen meniki ekanligingni o'shanda sezdim.
Keyinchalik Sen bilan tanishdim, doimo kuzatib qo'yardim Seni, ko'zlaringga tik qarolmasdim, sezdirib qo'yishdan qo'rqardim. Kursdosh bolalar bilan ketayotganlaringni ko'rsam qattiq rashk qilardim, alam qilardi menga. Pok muhabbatimni 3 qalbimda saqladim. Ungacha Sen bilan do'stlashishga ulgurdik, ko'p narsalarni men bilan maslaxatlasharding, uyga vazifalaringni birga tayyorlar edik.
O'shanda qishki sessiya edi. Hammayoqni qalin, oppoq qor qoplagan, izg'irin sovuq, yo'llar muzlagan edi. Seni kechqurun chaqirdim va ...
va muhabbatimga iqror bo'ldim. Sen mendan buni mendan kutmaganingni, men esa sensiz yasholmasligimni aytdik bir-birimizga.
O'sha tunda yig'lading, Sening yosh tomayotgan chiroyli ko'zlaringni ko'rish men uchun naqadar og'ir, qalbimni nimadir to'ldirib, nafasimga tiqilayotganini bilsang edi.
Men bilan xayrlashmasdan jo'nab qolding, do'stligimiz tugaganligini, men ham hamma bolalarga o'xshash ekanligimni aytding. O'shanda xato qildimmi deb qancha azob chekkanlarimni, necha-necha tunlarimni bedor o'tkazib, suratlaringni termulib chiqqanlarimni bilsang edi, azizam.
Ha, endi biz uchun do'stlik iplari uzildi...Shundan keyin meni ko'rsang qochadigan bo'lding. Men esa osonlik bilan taslim bo'ladiganlar xilidan emas edim, Sendan boshqasini hayolimga ham sig'dirolmas edim.
Ancha vaqt ko'rishmadik. Bir kuni tasodifan uchrashganimizda Sen ham menga befarq emasligingni, menga bog'lanib qolganingni bildirib qo'yding, qizaloq.
Mana endi birgamiz, bizdan baxtliroq insonlar yo'qday hayolimda...
Duo qilishlaringiz umidi bilan, chin haqiqat yozildi...
Chin dildan tabrigim.Aytganingizdek eng bahtli inson bo'lilar!.Duo sizdan aylansin. ;)
UzbekVoice
04-20-2005, 10:22 PM
Mana, kaminaning dil izhori: My real dream.mp3 (http://www.htwm.de/truziboy/muzika/Asadbek%20-%20Real%20dream.mp3)
:)
Gap yo'q, bro. Aytgancha, anu background soundni upload qilolmisizmi? Manam bir urinib ko'rsammikin divomman, orzu qilishga.:)
Asadbek
04-21-2005, 01:52 AM
Do'stlarim, mani dil izhorim yoqqanidan xursandman :)
Shiawase, yo'q, boshlovchilik qilmaganman hali. Niyat yo'q emas ;)
BIBIHONUM, Kavsar Turdiyeva juda ajoyib yozgande o'sha she'rini... Ko'z yosh to'kish shartmas ;)
PS: she'r o'zingiznikimi? Ajoyib ekan.
UzbekVoice, original fileni Maildan tashlayman. Yanni degan grek kompozitoridan, muzikalariga gap yo'q.
akamullo
04-21-2005, 02:10 AM
Mana, kaminaning dil izhori: My real dream.mp3 (http://www.htwm.de/truziboy/muzika/Asadbek%20-%20Real%20dream.mp3)
:)
woydooot....:lol: Asadbek nima qipqoydiz? agara ketvorsam siz sababchisiz:lol: :rolleyes:
Esp:Devona oshiqman men bir devona,
Ayting sizdan bolak kimim bor yana..
Siz yoq chogimdagi dunyom begona,
Siz yoq bogimdagi gullar yoqimsiz..
.....
.... yollarda yoqotganim...
EEhhh yashshavoringey...
elDoraDo
04-21-2005, 06:28 AM
Sizni shunchalik sog`inganmanki, hatto bu olam jahonda shunaqa sog`inch borligini bilmaysiz.
Sizni shunchalik sog`inganmanki, bunchalik sog`inch siz aytgandek "jajji" qalbimga sig`ishiga ishongingiz kelmaydi.
Shunchalik sog`inganmanki, sog`inchning shunaqa isitmalarini boshim uzra olib yurib, haligacham hayotligimga balki tasannolar aytarsiz.Qiziq, haliyam tirikman.
Ba'zida o`ylanib qolaman,yana nimaga, nima uchun yashayapman? Ortiq haqqim yo`qku axir bu rangsiz, tussiz, ta'msiz dunyoda hayot bo`lishga. Barcha ishtiyog`im, maqsadlarimni ushlab turgan o`sha eng muhim nuqtani yo`qotib qo`ydimku.
Yo`q, men yo`qotib qo`yganim yo`q. Tortib olishdi, ko`nglimni lahja-lahja bo`laklarga kesib, uni mendan yulib olishdi. Ohh, mangulikkacham ajratishdi.
Endi har safar yo`qotganimda, bo`laklarga bo`lingan siniq ko`nglimdan oqib turguvchi qondan sharob ichaman.
Kayf aralasah yana o`sha, O`sha uzoooooqlarda Sizni ko`raman.
Sog`inch bilan o`sha qiz.
sog'inaman
sog'inaman seni, va o'sha kunlarni...
o'sha kunlar... esingdami ahlathonalarda ahlat titib yurardik...
balchiq bo'yiga kelib esa kim uzoqqa tuflashga o'ynardik...
Har doim sen yutarding...
yana sog'inaman...
esingdami achavat oldida bitta hola nosvoy sotib o'tirardi...
Har kuni birga olib chekardik...
Kecha usha hola oldiga bordim...
nosni narhi oshibdi...
eh, u kunlar
Masanori
04-21-2005, 06:38 AM

Wahaahahaha, e voopshe vahahaha.
Unaqamasde eeee.
Har doim sen yutarding wahahauhau.
Odam podammmas ekansan lekin, shunaqayam yozadimia, sevgi ahir bu...
Wahaha a tak
Pythagor
04-21-2005, 06:40 AM
sog'inaman
sog'inaman seni, va o'sha kunlarni...
o'sha kunlar... esingdami ahlathonalarda ahlat titib yurardik...
balchiq bo'yiga kelib esa kim uzoqqa tuflashga o'ynardik...
Har doim sen yutarding...
yana sog'inaman...
esingdami achavat oldida bitta hola nosvoy sotib o'tirardi...
Har kuni birga olib chekardik...
Kecha usha hola oldiga bordim...
nosni narhi oshibdi...
eh, u kunlar
Kulaverib kulaverib stuldan yiqilib tushdim:lol: :lol: .
zo'r chiqibdi lekin,...
Mana, kaminaning dil izhori: My real dream.mp3 (http://www.htwm.de/truziboy/muzika/Asadbek%20-%20Real%20dream.mp3)
:)
Ohhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhh,
Asadbek!!!!!
You killed me, man!
Woydoood, nima deyishshiyam bilmiman.
Kimga bu? (mengami-lol);)
Agar manga bittasi shunaqa desa, man tochna o`lib qolaman, rost gapim, o`lib qolaman.
Ahhhh, hayot shunaqa chiroyli!!!
Yashagan sayin yashagim keladi!!!
Qanaqa baxtli odamlarmiz-a!!!
Yashayapmiz!!!
His qila olamiz!!!
Asadbek aka, forever!!!!!:D
Masanori
04-21-2005, 10:15 PM

Eldorado mana kur qizlaga nima yoqadi, san busa balchiq disan, tuflash disan, san yutarding disan, e bir kallani ishlatib yureni qaltiratvoradiganidan yozsenchi, mundo.
Ey haliyam uqib kulaman, san har safar yutarding - lol - esdan chiqarish juda qiyin bugan onlar.:D :P
Masanori
04-21-2005, 10:18 PM
Agar manga bittasi shunaqa desa, man tochna o`lib qolaman, rost gapim, o`lib qolaman. :D
Yahshi oldindan etib qoldiz bumasam kech bulardi...
Yodlab tayyorlanib yurgan edim kursam shu gaplani etaman deb:D :P
Yahshi oldindan etib qoldiz bumasam kech bulardi...
Yodlab tayyorlanib yurgan edim kursam shu gaplani etaman deb:D :P
Mana senga jon qurbon deydiyu, ikkilanishga ne hojat!!!
:D ;)
Mas'ud
04-22-2005, 08:20 AM
:lol::lol::lol:
shu joyini uqib yiqilib tushishimga sal qoldi:D... lekin original zur yozibsiz;)
yurakka yaqin omen
Hay, hay yiqilib tushmeng! Yana Men aybdor bo'lib qolmay!!!!
LOL :D
Dil so'zingiz uchun rahmat
Hurmat ila... :rolleyes:
elDoraDo
04-23-2005, 05:59 AM
Eldorado mana kur qizlaga nima yoqadi, san busa balchiq disan, tuflash disan, san yutarding disan, e bir kallani ishlatib yureni qaltiratvoradiganidan yozsenchi, mundo.
Ey haliyam uqib kulaman, san har safar yutarding - lol - esdan chiqarish juda qiyin bugan onlar.:D :P
lol
anu g'azalniyam bitta post qivorimi? sochlarinni ..... ga boylab
/me sdoh
Aysuluv
04-24-2005, 04:58 PM
Zolimlar sizni yomon desalar
Sizni izlab dunyo kezaman.
Meni sizdan ayirsalar ham,
Biling faqat sizni sevaman.
Shamollar sochingiz silaganida
O'zimni xayolan yolg'iz sezaman.
Muhabbat y'llari berk bo'lganda ham
Biling faqat sizni sevaman.
Yolg'izlikda qolsam nogahon,
Go'yo dengiz uzra suzaman.
Mensiz yashay ololsangiz ham
Biling faqat sizni sevaman.
Muyassar Lutfullayeva (muyassar84@rambler.ru)

Chiroyli she'r, boshqa nima ham deya olaman.:rolleyes:
Royal
04-24-2005, 09:14 PM
Sherlar chiroyli, Sherlar joyiga yetib boradi, lekin "Hayot Hayolmas, Hayol Hayomas"de..
Bulani hammasi to toy kunigacha undan keyin yana hammasi oz yoliga tushib ketadi, forumga yoki yana sher yozishga qatta vaqt...
Bittasi har doim bir qiz bilan kelarkan restoranga va metrodelga "choychaqa" qistirib joy olarkan. bir vaqt restoranga bir ozi kelibdi, shunda metrodel sorabdi: -" kechiras, sorganimga ayibga buyirmangu , siz har doim bir qiz bilan kelardiz, nima boldi ? desa.
yigit: ha u qizga uylandim", deganakan.
Masanori
04-24-2005, 09:18 PM

Da juda qiziq fikr...
Nima ham derdim, rostdan ham hamma oshiq moshiqchilik tuygacha buladi, keyin ...
Sherlar chiroyli, Sherlar joyiga yetib boradi, lekin "Hayot Hayolmas, Hayol Hayomas"de..
Bulani hammasi to toy kunigacha undan keyin yana hammasi oz yoliga tushib ketadi, forumga yoki yana sher yozishga qatta vaqt...
Bittasi har doim bir qiz bilan kelarkan restoranga va metrodelga "choychaqa" qistirib joy olarkan. bir vaqt restoranga bir ozi kelibdi, shunda metrodel sorabdi: -" kechiras, sorganimga ayibga buyirmangu , siz har doim bir qiz bilan kelardiz, nima boldi ? desa.
yigit: ha u qizga uylandim", deganakan.
Heh, ishonmiman.
Shunaqa deb o`ylagan odamlar, to`ydan keyin shunaqa bo`lishi kerak ekan deb, shu fikrga asoslanib ish qiladide, o`zi shunaqa bo`lish kerakda deydi. noo, bir kishini yoki uch to`rttasini fikri bilan butun bir dunyo uchun hulosa chiqarib bo`midi. To`ydan keyin ham sevilish, sevish she'r yoki boshqa narsalar bilan baxtli yashaydiganlar qancha. gap odamnio`ziga bog`liq, odam o`zini biror narsa qilishga ishontirsa, o`sha narsani qila oladi.
elDoraDo
04-25-2005, 08:19 AM

ana sizga dil izhori mana sizga dil izhori
ana sanga kir yuvadigan moshinayu, ana sanga dilbuzooorrrr , (c) shrek
Masanori
04-25-2005, 08:43 AM
Heh, ishonmiman.
Shunaqa deb o`ylagan odamlar, to`ydan keyin shunaqa bo`lishi kerak ekan deb, shu fikrga asoslanib ish qiladide, o`zi shunaqa bo`lish kerakda deydi. noo, bir kishini yoki uch to`rttasini fikri bilan butun bir dunyo uchun hulosa chiqarib bo`midi. To`ydan keyin ham sevilish, sevish she'r yoki boshqa narsalar bilan baxtli yashaydiganlar qancha. gap odamnio`ziga bog`liq, odam o`zini biror narsa qilishga ishontirsa, o`sha narsani qila oladi.
Bolla uzi shunaqa sher per yozib, uldim kuydim deb uylanvoladi deb uylasammikin deb turibman . a tak boshdan utmagandan keyin bir narsa deyish qiyin, uylanvoli keyin forumga post qivoraman ohirgi fikrimni.:D ;)

To`g`ri, I'm not sure yet, but I don't want to believe or support this.
Even it's true I don't want to hear then. Agar rost bo`sa yozmay qo`ya qolin, o`shanda. :rolleyes:
KhwarezmshaH
04-25-2005, 12:46 PM
Sherlar chiroyli, Sherlar joyiga yetib boradi, lekin "Hayot Hayolmas, Hayol Hayomas"de..
Bulani hammasi to toy kunigacha undan keyin yana hammasi oz yoliga tushib ketadi, forumga yoki yana sher yozishga qatta vaqt...
Bittasi har doim bir qiz bilan kelarkan restoranga va metrodelga "choychaqa" qistirib joy olarkan. bir vaqt restoranga bir ozi kelibdi, shunda metrodel sorabdi: -" kechiras, sorganimga ayibga buyirmangu , siz har doim bir qiz bilan kelardiz, nima boldi ? desa.
yigit: ha u qizga uylandim", deganakan.
Sizga tamoman qoshilaman, xuddi shunday.
BIBIHONUM
04-25-2005, 04:04 PM
Zolimlar sizni yomon desalar
Sizni izlab dunyo kezaman.
Meni sizdan ayirsalar ham,
Biling faqat sizni sevaman.
Shamollar sochingiz silaganida
O'zimni xayolan yolg'iz sezaman.
Muhabbat y'llari berk bo'lganda ham
Biling faqat sizni sevaman.
Yolg'izlikda qolsam nogahon,
Go'yo dengiz uzra suzaman.
Mensiz yashay ololsangiz ham
Biling faqat sizni sevaman.
Muyassar Lutfullayeva (muyassar84@rambler.ru) Aysuluv haqiqatda chiroyli sher ekan.
Yashirmayman yetar endi bas ,
Yuragimda orzu va havas ,
Yashar bo'lsam hamki bir nafas ,
Faqat sizni sizni sevaman !
Orzularim ketmas, qoshimda ,
Namlanadi ko'zlar, yoshimda ,
Ne ko'rgulik bo'lsa boshimda ,
Faqat sizni sizni sevaman !
Qorlar erib keladi bahor ,
Kimlargadir kimlar intizor ,
Bu dunyoda borki mehrim bor,
Barchasila sizni sevaman !
Oh uraman ohlarim cheksiz ,
Oydan go'zal husningiz tengsiz ,
Dunyoda siz men uchun yolg'iz ,
Faqat sizni sizni sevaman ! :)
Aysuluv
05-02-2005, 06:31 AM
...
Yashirmayman yetar endi bas ,
Yuragimda orzu va havas ,
Yashar bo'lsam hamki bir nafas ,
Faqat sizni sizni sevaman !
...
Raxmat, BIBIHONUM! Shu qo'shiqning muzikasi ham chiroylida. :)
BIBIHONUM
05-02-2005, 07:30 AM
Raxmat, BIBIHONUM! Shu qo'shiqning muzikasi ham chiroylida. :)
Bu qo'shiqni eshitmagan ekanman.Lekin chiroyli sher.
BIBIHONUM
05-02-2005, 07:39 AM
BIBIHONUM, PS: she'r o'zingiznikimi? Ajoyib ekan.
Yo'q.Ozoda Nursaidovani konsertida bir shoira chiroyli qilib o'qib bergan edi.Chindan ham ajoyib sher.Go'zal sog'inch bitigi. ;)
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.