PDA

View Full Version : "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" O'tkir Hoshimov


adiba
04-14-2003, 12:25 PM
Yozuvchi O'tkir Hoshimovning shu nomli kitobidan parchalar.


Eng aqlli jonivor

Dunyoda eng aqlli jonivor -baliq! Birinchidan, soqov. Ikkinchidan, muttasil dumini likillatadi!

Ayol qalbi
Ayol qalbi teskari magnitga o'xshaydi: yaqinlashsang-uzoqlashadi, uzoqlashsang-yaqinlashadi.


Haqiqat
Shu qadar shirinki, totib ko'rging keladi.Shu qadar achchiqki, tilingni kuydiradi!


Hushyor bo'ling
Ayol sizni juda qattiq sevsa, hushyor bo'ling.Otashin muhabbat-rashkka, rashk-shubhaga, shubha-xudbinlikka, xudbinlik-dushmanlikka aylanishi mumkin.

Evrilish
Tarix takrorlanib turadi, degan gap bor. Insoniyat ibtidoiy jamoaga qaytishi mumkin.Buning ilk belgilari hozirdan ko'rinayapti:..kitob o'qiydiganlar kamayib borayapti.

Kamol va zavol
Odam o'z farzandlarining yil sayin o'sib, kamol sari ketayotganini biladiyu, o'z ota-onasining yil sayin cho'kib, zavol sari ketayotganini bilmaydi....


Belgi
Maqtanchoqlik qarilikning bir belgisidir.

Oq va qora (Huquqshunos ukamga tilagim)
Qora qog'oz harchand yuvgan bilan oq bo'lmaydi.Oq qog'ozni qora qilish ucun bir chiziq tortish kifoya.
Qorani oqlash emas, Oqni qoralamaslik adolatdir!


"Otchopar"da

"Otchopar" bozorida qadrdon do'stimni uchratib qoldim.Matematik..Olim..Sigaret sotib o'tirgan ekan..Meni ko'rib ko'zlarini yashirdi.Men ham burilib ketdim...Ikkalamiz bir-birimizdan nega uyalganimizni bilmayman.
Negadir...yig'lagim keldi..


Sukut-oltin
Olimlarning kuzatishicha, er-xotin qancha kam gapirsa, oila shuncha mustahkam bo'larkan.


Maqtov
Begona ayolni o'zining oldida maqtang.
O'z ayolingizni o'zi yo'g'ida maqtang...

Royal
04-14-2003, 07:51 PM
Tabib, tabib qachonki boshidan otgan tabib

Qurbonoy
04-15-2003, 03:34 PM
Ha endi Utkir Hoshimov bir paytlar ja utkir edi.... hozir eshitishimga karaganda ancha muncha zang bosganmish. Ha endi har zamonga bir zamonda...

Realist1
04-17-2003, 09:34 AM
Men ham daftarim hoshiyasidan bir narsa kochirib yozay bolmasam a?

1.
"O'tkir bolish qiyin emas O'tkir Odam bo'lish qiyinroq".

2. Bu yerga kirib turadigan Akademik nomli okamizga:
Ilgari "olim bolmasang ham hech bo'lmasa kandidat bo'larsan, oglim" deyishardi, endi esa "olim bolmasang ham hech bolmasa akademik bo'larsan, bolam" deyishadigan bolishgan.

Salomlar. Omadlar. :)

Asadbek
05-18-2006, 08:10 AM
http://utkir.edunet.uz - O'tkir Hoshimov ijodiga atab ochilgan yangi web-sahifa.

Web-sahifadan yozuvchining bir nechta hikoyalari ham o'rin olgan ekan.

Mas'ud
05-19-2006, 12:15 AM
Assalamu alaykum, Asadbek aka!...O'tkir Hoshimov haqidagi sayt linki uchun katta rahmat..."Daftar chetidagi bitiklar" mening eng sevimli kitoblarimdan biri...

Shu mavzuda she'rimni post qilsam maylimi?...;)...

Daftarim chetida...

Daftarim chetida g'alat hoshiya;
Eslay ololmayman nega qu'yganim.
Bir quvnoq kunimdan balki hotira?
Balki belgisidir ilk bor sevganim?

Balki du'stlarimning achchiq hazilin,
Hazm qila olmay qu'ygaman uni?
Balki hayotimning silsilasini,
Uzgartirmoq bulgan maqsadim kuni?

Ilk bor qarshilikdan umidsizlanib,
Hayotdan tu'yganim nishonidir u?
Yo kelgan omadimdanmi, ruhlanib,
Ifodalab qu'ygan bir ajib tuyg'u?

Daftarim chetida bu g'alat chiziq.
Ne bo'lsa ham uni eslab yuraman.
Shirin orzularim ru'yosin tuzib,
Faqat bahtdan deya umid qilaman

hurmat ila...

Shokirbek
05-19-2006, 11:00 AM
Ee Asadbek, yashang! Shunday foydali linklar berib turganiz uchun bir to'rtlik yozdim (hazil tariqasida):

Rahmat uka, hojatbaror xislating ko'rib,
Yo Rab, dedim, Asad ishin o'ngla doimo!
Kelinchagi kutsin uni sochini o'rib, ;)
Gah desa gar qo'lga qo'nsin, qilsa yo imo! :D

Asadbek
05-19-2006, 12:51 PM
Ee Asadbek, yashang! Shunday foydali linklar berib turganiz uchun bir to'rtlik yozdim (hazil tariqasida):

Rahmat uka, hojatbaror xislating ko'rib,
Yo Rab, dedim, Asad ishin o'ngla doimo!
Kelinchagi kutsin uni sochini o'rib, ;)
Gah desa gar qo'lga qo'nsin, qilsa yo imo! :D
Rahmat aka, kayfiyatni ko'tardingiz. :)

Bul websahifani o'zim hali to'liq ko'rib chiqishga ulgurmadim.

She'ringizga ham she'riy javob bitib qolaman.

Nilufarxon
05-23-2006, 10:28 PM
Hamma har xil fikr bildiribdi. Lekin men bu kitobni boshdan oxirigacha o'qib chiqqanman. Masalan menga yoqqan. Chunki yillar davomidagi tajribalar, odamlardagi kuzatilgan jihatlar, hamda hayot falsafasi.... Men juda ta'sirlanganman. Bu asarni o'qiganimga ham menimcha 4-5 yilcha bo'lib qoldi. Unda qaysidir jurnalda bosilib chiqqan edi.

infolife
05-24-2006, 08:58 AM
Hamma har xil fikr bildiribdi. Lekin men bu kitobni boshdan oxirigacha o'qib chiqqanman. Masalan menga yoqqan. Chunki yillar davomidagi tajribalar, odamlardagi kuzatilgan jihatlar, hamda hayot falsafasi.... Men juda ta'sirlanganman. Bu asarni o'qiganimga ham menimcha 4-5 yilcha bo'lib qoldi. Unda qaysidir jurnalda bosilib chiqqan edi.

Nilufarxon, asar deb rosa o'hshasitibsizku, lol. uzru shu 1chi gapizi oqib rostan ham daftar hoshiyasidagi bitiklarni nazarda tuttimi bu qiz deb oylab qoldim:)

Chunki buni oqishni boshlagan odam tugatmaguncha yerga qo'lidan qo'ymasa kerak, bir otirishda oqib chiqadigan kitobchaku, asar emas

Yaqin-yaqinlargacha yonimda yurardi, dadamni eslatadi shu kitob....

Baliq boshidan sasiydi, lekin uni dumidan tozalaydilar...degan gap ko'p esimga tushardi (uzr bu gappi sizga aloqasi yoq lekin)

Logoscience
05-24-2006, 09:15 AM
Shunday yozuvchini siyosiy sahnaga chiqishini hech tushuna olmayapman. Balki muharrirlikdan yuqoriroqqa chiqishning o'zi siyosat ummoniga g'arq qilarmikan? Menga qolsa iqtidorli yozuvchi va shoirlarni mana shu siyosat balosidan saqlanib yurishini xoxlardim, aks holda ko'plab yozuvchi va shoirlardan ko'nglimiz qoladi.

Nilufarxon
05-24-2006, 10:15 AM
Nilufarxon, asar deb rosa o'hshasitibsizku, lol. uzru shu 1chi gapizi oqib rostan ham daftar hoshiyasidagi bitiklarni nazarda tuttimi bu qiz deb oylab qoldim:)

Chunki buni oqishni boshlagan odam tugatmaguncha yerga qo'lidan qo'ymasa kerak, bir otirishda oqib chiqadigan kitobchaku, asar emas

Yaqin-yaqinlargacha yonimda yurardi, dadamni eslatadi shu kitob....

Baliq boshidan sasiydi, lekin uni dumidan tozalaydilar...degan gap ko'p esimga tushardi (uzr bu gappi sizga aloqasi yoq lekin) Bilmadim nega siz bunday deyapsiz, axir bu asarku? Yoki sizningcha nima? Agar da bitik demoqchi bo'lsangiz, bunday nom adabiyotda yo'q menimcha. Yozuvchi esa tom ma'noda asarini shunday atagan. Chunki bu hech qanday katta asar emas. Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, men qaysidir jurnalda o'qigan edim deb yozganman.
Endi o'zimga kelsak, men O'tkir Hoshimovning ijodiga qiziqaman. Maktab yillarida uning "Ikki eshik orasida", "Tushda kechgan umrlar", "Quyosh Tarozusi", "Dunyoning ishlari" kabi asarlarini o'qib chiqqan edim.

Asadbek
09-22-2007, 04:12 AM
TANISHUV

"Jiring-jiring!"
- labbay, eshitaman.
- Allo, kim bu?
- Assalomu alaykum. Kechirasiz, kim kerak sizga?
- Kim bu o'zi?
- Uzr, kimni chaqiray?
- Kim bu, deb so'rayapman?
- Kim kerak, axir?
- Sendan so'rayapman: kimsan?
- E, bor-e, o'zing kimsan?
- Esh-sh-sh-ak!
- Tanishganimdan xursandman, ammo bu yerda sizning qavmlaringizdan yo'q. Xix!
"Tut-tut-tut..."


O'tkir Hoshimov, "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"

Asadbek
09-22-2007, 04:18 AM
Mushuk

O'zi itdan qochib, daraxtga chiqib oladi-da, tag'in qushlarga dag'dag'a qiladi... Qo'rqoq shallaqi bo'ladi!


O'tkir Hoshimov, "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"

Frida
09-23-2007, 02:00 PM
Bilmadim nega siz bunday deyapsiz, axir bu asarku? Yoki sizningcha nima?

asarda biror bir mavzu, bosh qahramon, ikkinchi darajali qahramon, birlamchi mavzu, kirish, kulminatsiya degan narsalar bo'ladi. O'tkir Hoshimovning ushbu ijodi esa, o'z nomi bilan aytgandek -- "Daftar hoshiyasidagi bitiklar". Bu yozuvchining o'z tajribasidan kelib chiqib qayerdadir o'qigan, eshitgan voqea, hodisalar haqidagi firklari majmuasidir. Bunday narsalar faqat yozuvchilargagina xos emas, masalan tarixda o'tkan mashhur kishilarning gapirgan, yozgan gaplarini mana shunday to'plam qilib nashr etadilar.

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"ga ahamiyat bersangiz, 1990-yillargacha bo'lgan siyosiy o'zgarishlarga fikr berilgan, lekin undan keyingi yillarda bo'lgan siyosiy o'zgarishlar haqida hech narsa deyilmagan. Aminmanki, adibning hozirgi zamon haqida ham xolisona "bitiklari" mavjud, lekin ular hozir sir bo'lsa kerak. Biror kun o'qish nasib qilar.

Iqbol
09-23-2007, 02:20 PM
"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"ga ahamiyat bersangiz, 1990-yillargacha bo'lgan siyosiy o'zgarishlarga fikr berilgan, lekin undan keyingi yillarda bo'lgan siyosiy o'zgarishlar haqida hech narsa deyilmagan. Aminmanki, adibning hozirgi zamon haqida ham xolisona "bitiklari" mavjud, lekin ular hozir sir bo'lsa kerak. Biror kun o'qish nasib qilar.

"Biror kun" o'qish nasib qilgan bilan, bir foyda bo'larmidi...

Foyda bo'lishi uchun hozirgi kun haqida hozir yozishi kerak bunaqa shoiru-yozuvchilar...


Mana shunaqa attitude jahlimni chiqargani uchun yozdim

Frida
09-23-2007, 02:59 PM
"Biror kun" o'qish nasib qilgan bilan, bir foyda bo'larmidi...

Foyda bo'lishi uchun hozirgi kun haqida hozir yozishi kerak bunaqa shoiru-yozuvchilar...


Mana shunaqa attitude jahlimni chiqargani uchun yozdim

IQBOL, asablaringizni ehtiyot qiling, kerak-kerak emasga jahlingiz chiqsa, yomon bo'ladi. :) Men rostini aytsam yuqorida Asadbek yozgandek bizning "Mushuk" shoiru-yozuvchilarimizga ishonchim qolmagan. Faqatgina o'zbek tilini ishlatishlariga va unga qo'shgan hissalarini aytmasa, men uchun qolgani bir tiyin. Rostini aytganda, kelajakda ularning fikrlarini o'qish ham men uchun zarur narsa emas. Faqatgina o'zini oqlashi, nima uchun XALQ shoiri bo'lsada xalqni unutib, SAROYni maqtagan vaqtlarini qanday tushuntirishlarini bilish uchungina o'qishim mumkin.

Siyosiy passivlikda aybdor qidiradigan bo'lsak, avval o'zimizdan boshlashimiz kerak. Hammaga jahlimiz chiqavermasdan.

Asadbek
09-24-2007, 05:21 AM
"Biror kun" o'qish nasib qilgan bilan, bir foyda bo'larmidi...

Foyda bo'lishi uchun hozirgi kun haqida hozir yozishi kerak bunaqa shoiru-yozuvchilar...

Bir kitob o'qiyotgandim... Sizning yuqoridagi gapingizga juda mos tushadigan bir iqtibos keltirsa bo'lar ekan u kitobdan...


...
Ne ajabki, Sharof Rashidovni "qizil" yozuvchi bo'lgan, deb pisanda qilishadi.
Iye!..
G'afur G'ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Uyg'un, Abdulla Qahhor va boshqalarning ijodi bundan mustasnomi?
Qanday qilib qizil gap aytmasin, boshi uzra dahshatli qizil shamshir - qilga ilinib turgan bo'lsa!
Qanday qilib qizil gap aytmasin, qizil gap aytmaslikning iloji bo'lmasa...
Ammo u buning ham ijolini topa oldi. Dardini satrlar qatiga yashirdi. Qaynoq cho'g bo'lib yashnagan satrlar orasida uning oydin orzu-armonlari, xalqining qora mehnati va taqdiri tasviri balqib turadi.
...

G'Aybulloh as-Salom, "Ezgulikka bog'lan, odamzod" kitobidan

Nigorabegim
09-28-2007, 05:04 AM
Har qanday kitobni o'qiyotganda tag ma'nosiga ahamiyat berish kerak.
"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"ni sinchiklab o'qisangiz bugungi kundagui muammolarni ham topasiz.
Boshqalarni bilmadim-u, yozuvchi O'tkir Hoshimovning asarlarini har gal o'qiganimda kinoya topaman. Mazmun shakl orqali emas, tag ma'no orqali beriladi. Birgina "Tushda kechgan umrlar" kitobini olaylik. O'zbekning uch dardi - 37- yillar, 50-yillar qatag'oni, "Paxta ishi", Avg'on fojiasi ro'y-rost ochib berilgan.

janeyre
09-28-2007, 07:22 AM
Ko’ngil
Odam hamma narsaga to’yishi mumkin. Boylikka… Amalga ham… Shon-shuhratga…
Xudoning o’zi kechirsin-ku, hatto… hayotga ham… Qarib-churiganida “omonatingni ola
qol, yaratgan Egam”, deydiganlar, chin dildan gapiradi…
Odam hamma narsaga to’yishi mumkin. Faqat bir narsaga-Mehrga to’ymaydi. Bu
masalada shohu-gado barobar.
Holbuki, dunyoda bundan arzon narsa yo’q.. bir og’iz shirin So’z, bir chimdim Mehr kimni
o’ldiribdi! Biz esa shuni ham bir-birimizdan ayaymiz...

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar" O'tkir Hoshimov

Mas'ud
09-30-2007, 10:16 PM
“Bilimdon”

“ Ayol qavmini ipidan ignasigacha bilaman”, deysizmi? O-o-o, siz daho ekansiz!
Aytingchi, sharqdan sekundiga besh-yetti metr tezlikda esayotgan shamol o’n daqiqadan
keyin shimolga buriladimi, janubgami? Yarim soatdan keyin izg’iringa aylanadimi,
bo’rongami?...
****************
Odat

Ishdan nega kech kelganingizni surishtirsa, hayron bo’lmang.
Bo’yinbog’ingizni yechishga ko’maklashish bahonasida yoqangizni hidlab ko’rsa, hayron
bo’lmang.
Majlisda nima masala ko’rilganini so’rasa, hayron bo’lmang.
Majlisda necha kishi qatnashganligini so’rasa, hayron bo’lmang.
Kimning yonida o’tirganingizni so’rasa, hayron bo’lmang.
Telefoningizning rangi qanaqaligini so’rasa, hayron bo’lmang.
Necha kishi qo’ng’iroq qilganini so’rasa, hayron bo’lmang.
Qayerda tushlik qilganingizni so’rasa, hayron bo’lmang.
Bufet nechanchi qavatdaligini so’rasa, hayron bo’lmang.
Nima ovqat yeganingizni so’rasa, hayron bo’lmang.
Bufetchining yoshi nechadaligini so’rasa, hayron bo’lmang.
Sizga choyni qaysi qo’li bilan uzatganini so’rasa, hayron bo’lmang!
Boringki, oftob qaysi tomondan chiqqanini so’rasayam hayron bo’lmang.
Qiziquvchanlik-ayolning tabiiy odati!

"Daftar Hoshiyasidagi bitiklar" dan

Asadbek
12-04-2007, 03:29 AM
"Guruch" operaciyasi

Said Ahmad aka devzira guruch tanlashga usta. Bir gal azza-bazza Qo'qon bozoriga kirib, Cho'ng'araning guruhcidan xarid qildik: Said Ahmad aka - o'ttiz kilo, men o'ttiz kilo. Mezbonlar guruch solingan qog'oz qoplarni vagonga chiqarib berishdi. Poezd jilganidan so'ng ustoz bilan alla-pallagacha gurunglashib o'tirdik. Keyin uxlab qopman.
Bir mahal g'alati shatir-shutur tovushdan uyg'onib ketdim. Qarasam, kupe shiftida xira chiroq yonib turibdi. Said Ahmad aka maykachan bo'lib, o'rindiqqa o'tirib olgan. Oldida ikkita qop. Mening qopimdagi guruchdan hovuchlab-hovuchlab oladi-da, o'zining qopiga soladi.
- Hormang, ustoz? - dedim. - Nima harakat?
- Uyg'ondingmi? - dedi oqsoqol kiroyi mehr bilan. - Uxlayver, bolam, charchagansan, uxlayver. - Shunday deb yumushini bamaylixotir davom ettirdi. - men bilan ishing bo'lmasin, - dedi tushuntirib. - Shunaqa, yarim kechadan keyin esim jinday kirarli-chiqarli bo'lib qoladi. Nima qilayotganimni o'zim bilmayman.
Hayron bo'ldim.
- Esingiz kirarli-chiqarli bo'lsa, nega o'zingizning guruchni mening qopimga solmaysiz-da, menikini o'zingizning qopingizga solasiz?
Said ahmad aka xotirjam qarab qo'ydi.
- Unda sapsem jinni bo'laman-ku, bolam!


O'tkir Hoshimov, Daftar hoshiyasidagi bitiklar
_______________________

:lool: :lool: :lool:

Maza qilib kuldim lekin :)

Mas'ud
12-04-2007, 03:34 AM
Òàðèx “xàòoñè”

Ò¢ққèçèí÷è àñð. Ìóҳàììàä àë- Xoðàçìèé àëãåáðà ôàíèãà àñoñ ñoëäè.
¡íèí÷è àñð. Àáó Íàñð Ôoðoáèé Àðèñòoòåëíèíã “Ìåòàôèçèêà” àñàðèãà ýҳã ìóêàììàë øàðҳ ¸çèá, “èêêèí÷è óñòoç” óíâoíèíè oëäè.
Oí áèðèí÷è àñð. Àáó Ðàéҳoí Áåðóíèé Åð áèëàí Oé ¢ðòàñèäàãè ìàñoôàíè ¢ë÷àäè. Èáí Ñèío ìåäåòñèíà Қoìóñè- “Òèá қoíóíëàðè” íè ÿðàòäè.
¡í ò¢ðòèí÷è àñð. Ñoҳèáқèðoí Àìèð Òåìóð Åâðooñè¸íèíã ÿðìèíè òàñàððóôãà oëäè. Àҳëè èëì áoøèíè ñèëàá, ¢ëìàñ oáèäàëàð ÿðàòäè.
¡í áåøèí÷è àñð. Óëóғáåê 1019 þëäóçíèíã ҳàðàêàò æàäâàëèíè òóçäè. Àëèøåð Íàâoèé ¢ëìàñ “Xàìñà” ñèíè ¸çäè.
¡í oëòèí÷è àñð. “Áoáóðíoìà” oëàìãà òàðқàëäè.
¡í åòòèí÷è àñð. Øoҳ- Æàҳoí äóí¸äàãè åòè ì¢æèçàíèíã áèðè- “Òoæìàҳàë” íè áóí¸ä ýòäè.
Éèãèðìàí÷è àñð. ¡çáåê-ñoâåò oëèìëàðè ìèñëè ê¢ðèëìàãàí “èxòèðo” қèëäèëàð: òàðèx “xàòo” ñèíè òóçàòèá, ¢òìèøäà áèç ¸ïïàñèãà “ñàâoäñèç” á¢ëãàíèìèçíè èñáoòëàá áåðäèëàð…

Mas'ud
12-04-2007, 03:35 AM
Áoçoð èқòèñoäè

Êå÷à êoëxoçäà êåòìoí ÷oïèá, áèðè èêêè á¢ëìàãàí äåҳқoí áóãóí åð oëèá, áoëà-÷àқàñè áèëàí ãóëëàòèá қ¢éñà-þ, қàääèíè êåðèá þðñà, қóâoíàìàí.
Oìàäèíè áåðñèí! Áó – áoçoð èқòèñoäè!
Êå÷à çàâoääàí oëãàí ìàoøèíè қàé áèðèãà åòêàçèøèíè áèëìàé ðàíãè ñàðғàéèá þðãàí èíæåíåð áóãóí қ¢øìà êoðxoíà o÷ñà-þ, íåñò-íoáóä á¢ëèá ¸òãàí ìåâàëàðäàí øàðáàò oëèá áoéèá êåòñà, ÿíà қóâoíàìàí. Қàíäèíè óðñèíå! Áó-áoçoð èқòèñoäè!
Êå÷à êàòàëàêäåê xoíàãà òèқèëèá, “ýñêèëèê ñàðқèòè” –áåøèê âà ñàíäèқ ÿñàãàíè ó÷óí íàëóã÷èäàí áàëoãà қoëèá þðãàí ҳóíàðìàíä áóãóí êàòòàêoí ñåx o÷ñà-þ, ðoҳàòèíè ê¢ðñà, òàғèí áèð áoð қóâoíàìàí. Áàðàêà òoïñèí! Áó áoçoð èқòèñoäè!
Êå÷à àëèôíè êàëòàê äå¸ëìàé ¢қèòóâ÷èñèäàí äàêêè ýøèòãàí âà oxèð-oқèáàò “xóäoñèçëàð æàìèÿòè”äà қ¢íèì òoïãàí íoòàâoí áoëà áóãóí “áèçíåñìåí”á¢ëñà-þ, xóñóñèé ñàìoë¸ò ñoòèá oëñà, ҳàéðoí қoëìàéìàí. Áó ҳàì áoçoð èқòèñoäè.
Êå÷à áóþê èxòèðoëàð қèëãàí oëèìíèíã èñòåúäoäëè øoãèðäè áóãóí èëìèíè òàøëàá, òàäáèðêoðãà àéëàíñà-þ, ïàïêàñèãà “äåëàâoé øàðòíoìà” ñoëèá, çèïèëëàá þðñà, ҳàéðoí қoëìàéìàí. Áó ҳàì áoçoð èқòèñoäè!
Êå÷à þðàê қoíè áèëàí äoñòoí ¸çãàí øoèð áóãóí ¢øà äoñòoíèãà қàëàì ҳàқè oëñà-þ, ïóëè ìàøèíêà ҳàқèãà åòìàñà, ҳàéðoí қoëìàéìàí. Áó ҳàì áoçoð èқòèñoäè!
Êå÷à óíâoí oëèø ó÷óí þãóðà-þãóðà áåòoá á¢ëèá қoëãàí ÷àëàñàâoä “ҳoôèç” áóãóí “oòàðìà-oòàð” þðñà-þ, “ßãóàð” ìàøèíàñèäà êàòàéñà қèëñà, ҳàéðoí қoëìàéìàí. Áó ҳàì áoçoð èқòèñoäè!
Êå÷à áèòòà ðoñòãà áèòòà ¸ëғoí қ¢øìàñàêóíè ¢òìàãàí ýøàê áoçoðèíèíã äàëoëè áóãóí “çàìoíàâèé áðoêåð”ãà àéëàíñà-þ, ó÷ қàâàòëè “äà÷à” ñoëñà, ҳàéðoí қoëìàéìàí.áó ҳàì áoçoð èқòèñoäè!
Àììo êå÷à àëèôíè êàëòàê äå¸ëìàãàí àòåèñò áóãóí ìèíã êèøèíè ò¢ïëàá “àìðè-ìàúðóô” қèëñà-þ, óíãà äàøíoì áåðãàí ¢қèòóâ÷èñè ÷oé òàøèá þðñà, ҳàéðàòëàíìàé èëoæ é¢қ!
¡øà ¢қèòóâ÷è ýðòàñèãà ìàêòàáíè òàøëàñà-þ, “Èïïàäðoì”ãà ÷èқèá ñèãàðåò ñoòñà, ҳàéðàòëàíìàé èëoæèì é¢қ!
Êå÷à áóþê èxòèðoëàð қèëãàí oëèì, áóãóí ýíã ÿxøè øoãèðäèäàí àéðèëãàíè ó÷óí ìàúþñëàíèá áåêàòäà òóðñà-þ, “êoíòðàêò” áèëàí ¢қèøãà êèðãàí áèðèí÷è êóðñ òàëàáàñè “èíoìàðêà”ñèäà óíãà ëoé ñà÷ðàòèá ¢òñà, ҳàéðàòëàíìàé èëoæèì é¢қ. Oëèì øó àҳâoëäà òðàìâàéãà ÷èқèøäàí èéìàíèá, óéèãà ïè¸äà êåòñà, ҳàéðàòëàíìàé èëoæèì é¢қ!
Êå÷à ýøàê áoçoðèäà äàëëëoëëèê қèëãàí “çàìoíàâèé áðoêåð” áóãóí ó÷ қàâàòëè äà÷àñèíè “þâñà-þ”, ÷àëàñàâoä “ҳoôèç” áèð ñoàò “ҳàíãðàãàíè” ó÷óí áoøèäàí äàñòà-äàñòà “ê¢êè” äàí ño÷ñàëàð…Äàâðàíèíã áèð áóð÷èäà ¢òèðãàí øoèð þðàê қoíè áèëàí ¸çãàí ғàçàëëàðè òóïðoққà қoðèøãàíèäàí ê¢íãëè ¢êñèá èçäèҳoìäàí áoø ýãèá ÷èқèá êåòñà, ҳàéðàòëàíìàé èëoæèì É¢қ!
¡øà äàâðàíèíã ÿíà áèð áóð÷èäà xóääè øó “ҳoôèç”íè áèð òèéèí òàúìàñèç äàâoëàãàí ä¢xòèð ҳàì ¢òèðãàí á¢ëñà-þ, “oòàð÷è” óíãà ê¢çè òóøèá “èÿ, ñèçàì øó åðäàìèñèç, äoxòèð?” äåá ïè÷èíã қèëñà…
Ä¢xòèð ýñà, “ýðòàäàí áoøëàá ¢ëèêäàí êàôàíëèê òèëàãàíèì á¢ëñèí!” äåá қàñàì è÷ñà… Ҳàéðàòëàíìàé èëoæèì É¢қ!
Áóíàқà áoçoðãà ¢ò òóøèá, àëàíãàñè oñìoíãà ÷èқñèí!!

Dr_Didro
12-04-2007, 07:10 AM
Yozuvchi O'tkir Hoshimovning shu nomli kitobidan parchalar.

Anchadan beri shu kitobni qidirayotgan edim :)

Mahmud
12-04-2007, 08:44 AM
Anchadan beri shu kitobni qidirayotgan edim :)

O'zbekistonda qayta to'ldirilgan nashri 2500 so'm turadi...



on: Ayollarga onaga qaragandek qaralsa, hammasi joyida bo'ladi.*


* - aynan shunday yozilmagan bo'lishi mumkin, lekin ma'nosi shunday....


.

Dr_Didro
12-04-2007, 09:01 AM
O'zbekistonda qayta to'ldirilgan nashri 2500 so'm turadi...
on: Ayollarga onaga qaragandek qaralsa, hammasi joyida bo'ladi.*


* - aynan shunday yozilmagan bo'lishi mumkin, lekin ma'nosi shunday....




O'zbekistonda Internet-Shopping tizimi yaxshi ishlaganda edi, o'sha kitob va ayrim boshqa san'at durdonalari allaqachon Amerikada bo'lgan bo'lardi :D

Ma'ruf
12-04-2007, 09:19 AM
O'zbekistonda Internet-Shopping tizimi yaxshi ishlaganda edi, o'sha kitob va ayrim boshqa san'at durdonalari allaqachon Amerikada bo'lgan bo'lardi :D

Shu kitobni elektron varianti bo'maydimi?Agar hohlasez www.ziyouz.com dan saqlab olishiz mumkun.

AlbanDra
12-04-2007, 09:19 AM
kalishni yangisi yahshi issiqqina yumshoqqina torgina .o'tkir hoshimov

Mas'ud
12-04-2007, 11:49 PM
Ôàðèøòàëàð

Xoíàäoíèíãèçäà êåêñà oäàì áoðìè? Áàxòëè ýêàíñèç! Äóí¸ òàøâèøëàðèäàí ò¢éèá êåòñàíãèç øóëàðíè çè¸ðàò қèëèíã: ҳà¸ò àáàäèé ýìàñëèãèíè ¢éëàá, òàñêèí òoïàñèç.
Xoíàäoíèíãèçäà ã¢äàê áoðìè? Ñèç ҳàì áàxòëè ýêàíñèç... äóí¸ òàøâèøëàðèäàí ò¢éèá êåòñàíãèç, ã¢äàêíè áàғðèíãèçãà áoñèíã: ҳà¸ò àáàäèé ýêàíèíè ¢éëàá, òàñêèí òoïàñèç...

Mas'ud
12-04-2007, 11:50 PM
Ìóíoôèқ

Oíàñèíè áåҳóðìàò қèëãàí oäàì қ¢øíè êàìïèðíè ÿxøè ê¢ðàìàí äåñà, èøoíìàéìàí. ¡ç xàëқèíèíã òèëèíè, ìàäàíèÿòèíè, òàðèxèíè ҳóðìàò қèëìàãàí oäàì áoøқà xàëқëàðíèíã òèëèíè,ìàäàíèÿòèíè, òàðèxèíè ҳóðìàò қèëàìàí, äåñà èøoíìàéìàí.

Mas'ud
12-04-2007, 11:55 PM
“Ìóҳàááàò” äåãàí ñ¢ç ҳàììà òèëëàðäà áoð. Èíãëèçëàðäà-“Ëàâ”, íåìèñëàðäà-“Ëèáå”, ëoòèí òèëèäà “Àìoð”, ðóñ òèëèäà “Ëþáoâü”... “Ëþáoâü ê Ðoäèíå”, “Ëþáoâü ê æåíùèíå”, “Ëþáoâü ê ìàòåðè”... Àëáàòòà, áàð÷à òèëëàðäà áó ñ¢çíèíã áèð íå÷à xèë èôoäàñè ҳàì áoð.Àììo ¢çáåê òèëèäà “Ìóҳàááàò” äåãàí ñ¢ç øó қàäàð ðàíão-ðàíã ìàúíoëàðãà ýãàêè, ҳàéðàòäà қoëàñèç! “¨қòèðèá қoëìoқ”, “Ê¢íãèë áåðìoқ”, “Ìoéèë á¢ëìoқ”, “Xóøòoð á¢ëìoқ”, “Oøóôòà á¢ëìoқ”, “Äèë áåðìoқ”, “Áåäèë á¢ëìoқ”, “Ìóáòàëo á¢ëìoқ”, “Ìàôòóí á¢ëìoқ”, “Ìàҳáóá á¢ëìoқ”, “Oøèқ á¢ëìoқ”, “ßxøè ê¢ðìoқ”, “Èøқ”, “Èøқè òóøìoқ”, “Èøқè ôoíèé”, “Èøқè áoқèé”, “Ñåâãè”, “Ìóҳàááàò”, “Ìåҳð” âà ҳoêàçoëàð...
Òàáèèéêè, áóëàð oðàñèäà áoøқà òèëëàðäàí êèðãàíëàðè ҳàì áoð. Áèðoқ óëàðíèíã áàð÷àñè- òåíã ҳóқóқëè ¢çáåê ñ¢çëàðè!
Ãàï ôàқàò áóíäà ҳàì ýìàñ. Áó èáoðàëàðíèíã ҳàììàñè óìóììàúíoíè àíãëàòàäè âà ... ҳàð áèðè àëoҳèäà ìàúío òàøèéäè! Ìóìòoç àäàáè¸òäà “èøқ” ñ¢çèíèíã ¢çè èêêè xèë ìàúíoíè èôoäàëàéäè. “Èøқè ôoíèé”-ìàҳáóáàãà íèñáàòàí ñåâãè. “Èøқè áoқèé” –Òàíãðèíèíã äèéäoðèãà åòèø... Áóãóíãè êóíèìèçãà êåëñàê... Áoøқà òèëëàðäà ó÷ðàøè ìóøêóë á¢ëãàí ғàëàòè ҳoëàòëàðíè ê¢ðàìèç. “Âàòàíãà ìoéèë á¢ëìoқ” äåãàí èáoðà êóëãèëè òóþëàäè. “Âàòàííè ñåâìoқ” äåéèëàäè. “Oòà ñåâãèñè” äåãàíè øàêêoêëèêêà ¢òèá êåòàäè. “Oíà èøқè” äåãàíè ãóíoҳ ҳèñoáëàíàäè. Ôàðçàíäíèíã oíàãà “Xóøòoð á¢ëìoғè” ä¢çàxèéëèê ñàíàëàäè. “Oòà-oíà ìåҳðè”, “Ôàðçàíäíèíã oòà-oíàíè ÿxøè ê¢ðèøè”, “Ôàðçàíä ìåҳðè” äåéèëàäè...
Øóíäàé қèëèá, “¨қòèðèá қoëìoқ” áèëàí “Ê¢íãèë áåðìoқ”, “Ê¢íãèë áåðìoқ” áèëàí “Oøèқ á¢ëìoқ”, “Oøèқ á¢ëìoқ” áèëàí ”Ñåâìoқ”, “Ñåâìoқ” áèëàí “Ìóҳàááàò”, “Ìóҳàááàò” áèëàí “ßxøè ê¢ðìoқ”, “ßxøè ê¢ðìoқ” áèëàí “Ìåҳð” oðàñèäà óçoқ, æóäà óçoқ ìàñoôà áoð...
Òèëèìèç íàқàäàð ðàíão-ðàíã! Òèëèìèç íàқàäàð áoé!

janeyre
12-05-2007, 01:24 AM
Hayot falsafasi
Munkillab qolgan ammam bo’lardi. O’ta xudojo’y kampir edi. Bolaligimda oldiga o’tkazib
qo’yib, bir gapni ko’p aytardi.
- U quloq, bu qulog’ing bilan ham eshitib ol, bolam. Odamning u yelkasida ham, bu
yelkasida ham bittadan farishta o’tiradi. O’ng yelkangdagi farishta umr bo’yi qilgan
savob ishlaringni, chap yelkangdagisi gunohlaringni hisoblab boradi. U dunyoga
borganingda hisob-kitob qilib ko’rishadi. Savobing ortiq bo’lsa, jannatga, gunohing ortiq
bo’lsa, do’zaxga tushasan…
Savodsiz kampirning sodda falsafasida qanchalik chuqur ma’no borligini endi
tushunyapman.


"Daftar hoshiyasidagi bitiklar" O'tkir Hoshimov

Nigorabegim
12-05-2007, 05:01 AM
Anchadan beri shu kitobni qidirayotgan edim :)

utkir.edunet.uz veb sahifasiga kirib ko'ring....

Nigorabegim
12-05-2007, 05:11 AM
Charxpalak
Maktabimiz biqinida ariq oqardi. Ariqda charxpalak bor edi. Katta tanafufusda charxpalakni tomosha qilishni yaxshi ko’rardim… yog’och gardishi ko’hna, temir paqirchalari zanglab ketgan. Parraklariga ko’kimtir suv o’tlari yopishgan… birov yolg’ondan turtib yuborsa, rostdan qulab ketadigandek… charxpalak nolali g’iyqillab aylanadi. Kaftida suv ko’tarib, yuqoriga olib chiqadi… tepaga chiqib olgan suv ortiga qaytmaydi… charxpalak ham bunga ranjimaydi. Yangidan-yangi suv tomchilarini yuqoriga ko’tarib beraveradi… ng’iyqillaydi…
Oradan ko’p yillar o’tib, o’sha charxpalak tushlarimga kiradigan bo’ldi. Nega shunday bo’lganini uzoq o’yladim…
So’ng… bir haqiqatni angladim. Men charxpalakni emas, ustozlarimni qo’msar ekanman.
Suv-suv emas, men ekanman! Charxpalak- charxpalak emas, o’qituvchilarim ekan!
Meni-bir tomchi suvni katta hayot yo’liga olib chiqib qo’ygan ustozlarim-charxpalak zahmatini oqlay oldimmikan?... Bilmadim.
…Ko’hna charxpalak hamon tushlarimga kiradi…

Bozor va mozor
Bozorda hayot qaynaydi... mozor esa marhumlar makoni...
Bozorda shoh-shoh, gado-gado. Mozorda esa shoh-u gado barobar...
Bozorda kun-u tun shovqin tinmaydi. Mozor esa sukunat maskani...
Bozor bilan Mozor bir-biridan naqadar uzoq…
Lekin…
Aqli raso odam hech qachon Bozorni buzmaydi. Aqli raso odam hech qachon mozorni ham buzmaydi...
Aqli raso odam qay yurtga bormasin, bozorni aylanadi. Aqli raso odam qay yurtga bormasin Mozorni ham aylanadi. Bozorga kirib, bu yurtning moddiy boyligini ko’radi. Mozorga kirib, ma’naviy boyligiga baho beradi...
Bozor bilan Mozor bir-birdan naqadar uzoq. Bozor bilan Mozor bir-biriga naqadar yaqin!

Bayram chechaklari
Bugun bayram. Ko’chalar gavjum. Sho’x- sho’x kuylar yangraydi.guras-guras odamlar o’tadi. O’yin-kulgi, shodon shovqin bahor osmonini titratadi.
Shundoqqina yo’lka chekkasida o’tirib olgan bolakay ovozi boricha hayqiradi:
-Gul! Kep qolinglar, gul! Atirgul. Bayram gullari!
Uning oldida bir savat gul quyosh parchasidek tovlanadi.
Gullar har xil: oq, qizil, pushti…
Odamlar kelib gul olishadi.
Nariroqda to’nkarilgan eski paqir ustida o’tirib, rediska sotayotgan xotin ora-chora bolaga tanbeh berib qo’yadi:
- Izdachisini berdingmi, a’zam? Pulingga ehtiyot bo’l!
Bolakay hamon hayqiradi:
- Kelinglar! Gul olinglar. Gul!
… Bolalik yillarimni eslayman. To’rt aka-uka edik. Dadam hammamizni baravar kiyintira olmagani uchun, bayramga birimizga yangi do’ppi, birimizga botinka, yana birimizga ko’ylak sovg’a qilardi. Biz bayram kelishini orziqib kutar, shungacha yangi kiyimlarimizni har kuni bir-birimizga ko’z-ko’z qilar, ammo kiymas edik.
Bayram kuni shaharga tushardik. Go’yo hamma bizning yangi do’ppimizga, ko’ylagimizga havas bilan qarayotgandek tuyulardi.
… Bugun bayram. Odamlar guras-guras o’tadi. Chiroyli kiyingan bolalar shovqin solib yugurishadi.
Gulchi bolakay hamon qichqiradi:
- Gul olinglar, gul!
Boyagi xotin yana tanbeh beradi:
- Pulingga qara, pulingga!
Bugun bayram. Qara, hammayoq bayram! Sen qachon bayram qilasan, bolajon?! Hoy, pul joningni olgur xotin, ayt, u qachon bayram qiladi?!

Mevali daraxt
Mevali daraxt o’ziga ishongani uchun yonida yangi nihol o’sib chiqsa, quvonadi. To’nka o’ziga ishonmagani uchun niholga g’ashlik qiladi. Biroq u xohlaydimi-yo’qmi, nihol o’saveradi!

Erk
Inson tabiati shu: hamma erkni orzu qiladi. Hamma ozodlikka intiladi. Shunaqa-ku…
… Hech o’ylab ko’rganmisiz? Nima uchun Yer kurrasi o’z o’qi atrofida nuqul bir tomonga qarab aylanadi? Bugun bir tomonga, ertaga boshqa tomonga aylansa, nima bo’lardi?
Nima uchun Yer o’z o’qi atrofida 24 soatda bir aylanadi? Bugun 24 soatda, ertaga 30 soatda aylansa nima bo’lardi?
Nima uchun Zamin Quyosh atrofini uch yuz oltmish besh kun-u, olti soatda, ikkinchi yili ikki yuz kunda aylansa nima bo’lardi?
Nima uchun Yer kurrasi har yili 22-dekabrda Quyoshga yaqin masofaga boradi, 22-iyunda Quyoshdan eng uzoq masofaga ketadi. Shundayam keragidan ortiq yaqin ham bormaydi, keragidan ortiq uzoq ham ketmaydi?
Bu qonunlarni, aniqrog’i, qonuniyatlarni kim yaratgan?
Olloh emasmi?
Inson esa Ollohning bandasi emasmi?
Mutloq erkin orzu qilish Tangriga ham xush kelmaydi...

Ilk muhabbat
Ilk muhabbat bahor osmonidagi bulutga o’xshaydi. Oppoq. Pokiza. Shaffof... Na qo’lingiz bilan tutasiz. Na ortidan yugurib yetasiz... Shamol uni qayoqqa olib ketishini ham bilmaysiz...
Birinchi muhabbat ko’pincha natijasiz tugashi balki shundandir...

Sinov
Bir narsani ko’p kuzatdim. Ona ovqatga o’tirgan zamon chaqaloq yig’layveradi. Keksalar, bunaqa paytda bolani shayton chimchilaydi, deydilar. Bilmadim... Xudoning o’zi kechirsin-ku, menimcha gap shaytonda emas. Bu- tangrining ona mehrini sinash usullaridan biri bo’lsa ajabmas...

Sham yonmasa..
Erkak bilan ayol munosabatida aybni nuqul erkakdan izlash insofdan emas. Sham yonmasa, parvona yaqin kelmaydi.

Qirq jon
Xotin kishining joni qirqta bo’ladi, desalar ajablanmang. Negaki u bitta jonni o’ziga olib qolib, o’ttiz to’qqiuztasini farzandlariga beradi...

Sodda va buyuk
Qadimgi musavvirlar farishtani g’odak qiyofasida tasvirlagani bejiz emas. Bola shu qadar soddaki, biz uning darajasiga tusha olmaymiz. Bola shu qadar buyukki, biz uning darajasiga yetolmaymiz!

Qo’g’irchoq
Bu odam loydan yasalgan qo’g’irchoqqa o’xshaydi. Zamon sal o’zgarsa, boshidan jinday suv quyadi-da, loyini iylab-iylab, o’zini qaytadan yasab, boshqa qiyofaga kirib oladi…
Qattiqroq yomg’ir yog’sa, balchiqqa aylanib ketadi-yov!

Aql va mansab
Aql bilan mansabga erishishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo’lmaydi.

Yeb to’ymagan-yalab to’ymas
Qadim zamonda ko’zi ojiz odam bo’lgan ekan. Albatta, ko’zi ojizlik ayb emas… Xullas o’sha odam tirikchiligi tang ahvolda qolgach o’ziga o’xshash so’qir bir tilanchiga shogird tushibdi. Gadoylik hunarining sirini o’rgatishni so’rabdi.
- Bu hunarning uchta qoidasibor,-debdi ustozi.- Qayerda bo’lsa ham, qancha bo’lsa ham, kimdan bo’lsa ham olaverasan!
Oradan ko’p yillar o’tibdi. Ustoz tilanchi hammomning issiq xonasida mudrab o’tirsa, yonbosh tomondan ovoz kepti:
- Xayr qili-i-ing!
-Esing joyidami?-debdi ustoz tilanchi. –Hammomda ham sadaqa so’raydimi?
-Qayerda bo’lsa ham!-debdi boyagi ovoz.
Ustoz tilanchining achchig’i chiqibdi.
-Qanaqa betamizsan, yalang’och odamda pul nima qilsin?
- Qancha bo’lsa ham!
Ustoz tilanchi shogirdining ovozidan tanib qolibdi.
- Hoy, badbaxt! Kelib-kelib o’z ustozingniham shilasanmi?
- Kimdan bo’lsa ham!-debdi shogird tilanchi...
Albatta, poraxo’r tilanchi emas. Poraxo’r avvaliga o’zini tiyib yuradi. “Insof” bilan oladi. Ammo bora-bora qayerda bo’lsa ham, qancha bo’lsa ham, kimdan bo’lsa ham olishga o’rganadi. Va... oxiri hammomga yalang’och kiradi... tag’in kim bilsin... Qarib-churuguncha umrguzaronlik qiladiganlari ham oz emas shekilli.

O’rtadagi odam
O’rtadagi odamga havas qilmang. Ham bolg’adan zarba yeydi, ham sandodndan.

Teskari haqiqat
Odam qancha ko’p qiziqsa, shuncha ko’p o’qiydi. Qancha ko’p o’qisa, shuncha ko’p biladi. Qancha ko’p bilsa, yashashi shuncha qiyin bo’ladi.

Savob va gunoh
Odamzotning tabiati qiziq: o’zining tariqdek savobi-tarvuzdek, tarvuzdek gunohi-tariqdek tuyuladi...

Aldov
Biz hammamiz-yolg’onchilarmiz. Ayting, qaysi biringiz aqalli biron marta go’dakka yolg’on gapirmaganman, deya olasiz? Go’dakni aldash eng katta yolg’ondir!

Hamma ona- bir ona
Amerika bilan O’zbekiston orasi o’n besh ming chaqirim. Avstraliya bilan Kanada orasi yigirma ming chaqirim. Ammo amerikalik senatorning xotini o’z farzandini o’zbekistonlik dehqonning xotinidan kamroq yaxshi ko’rmaydi. Avstraliyalik aborigen ayol o’z farzandini kanadalik millioner ayoldan ko’proq yaxshi ko’rmaydi.

Buzilgan nikoh
Uyni qonuniy bo’lishdingiz...
Mol-mulkni qonuniy bo’lishdingiz...
Muhabbat bo’laklandi...
Sadoqat bo’laklandi...
Bola-chi? Bolani qaysi qonun bilan bo’lashasiz? Onasi bilan bo’lsa, otasiz qolsa. Otasi bilan bo’lsa, onasiz qolsa... Yaxshisi, uniyam ikkiga bo’ling! Bir nimtasi-erga! Bir nimtasi-xotinga!
Qani ko’taring boltani, bolaning uvoli tutgurlar!

Nigorabegim
12-05-2007, 05:12 AM
Notavon
U xo’-o’-o’p o’qimishli, xo’-o’-o’p bilmdon, xo’-o’-o’p olim odam. Faqat bitta “juz’iy” kamchiligi bor: chin dildan kulolmaydi, chin dildan yig’lolmaydi...

Tomsuvoq
Qishloqda kuz pallasi tomsuvoq qilish udumi bo’lardi. Uning yozilmagan qoidasi bor. Birinchidan, hech kim tomini yolg’iz o’zi suvamaydi:hamma hasharga keladi. Ikkinchidan: beva-bechora, qo’li qisqa xonadonning uyi eng avval tomsuvoq qilinadi.keyin, navbatma-navbat davom etaveradi…
O’qituvchimizning hashariga ayniqsa ko’p odam yig’ildi. Uyi katta yo’l yoqasida edi. Shundoq ko’cha chetidan loyhandaq qazilgan ekan. Somon, katta yo’lning ko’pchib yotgan tuprog’iga qovushib, obdon yumshabdi. O’qituvchimizning Azim aka degan qo’shnisiishboshi bo’ldi. Birov handaqqa tushib loy soberib turdi, birov paqirlab loy tashiydi, yana birov tomda turib, ilgak bilan tortib oladi, boshqasi hafsala bilan suvaydi…
Erta peshindayoq hamma ishni qoyil qilib tashladik. Hovli o’rtasidagi tut tagida ovqatlanib o’tirsak, o’qituvchimning keksa onasi kelib qoldi. (Keyin eshitsak, bir hafta avval ko’zi yorigan qizinikiga ketgan ekan).
Kampir hassasini do’qqillatib, to’ppa-to’g’ri o’qituvchimizning oldiga bordi.
- Nima qilding?- dedi o’g’lining salomiga alik ham olmay.- Nima ish qilib qo’yding?!
Hammamiz hayron bo’lib qoldik. Muallim o’quvchilarining oldida ayniqsa mulzam bo’ldi, shekilli, qizarib ketdi.
- Nima qipman, oyi?-dedi ko’zlarini pirpiratib.
-Dard!-kampir hassasi bilan yerninuqidi.- Sanga qachon aql kiradi, nodon bola!- Keyin azim akaga yuzlandi.- Bu-ku ahmoqlik qilishga qipti, siz qayoqda edingiz? Nega ko’chadan loy qildilaring?! Ko’chaning tuprog’iga tegib bo’ladimi, nobakor! Ko’pchilikning haqi-ku bu!- Bir zum harsillab turdi-da, to’satdan yig’lab yubordi.- Man yurtning haqiga suvalgan tom tagida turmayman!- Shunday dedi-yu, supa labiga borib, ters o’tirib oldi…
… Hammamiz qaytadan tomga chiqdik… Suvoq qilishdan ko’ra loyni ko’chirish qiyin bo’larkan. Bitta qoldirmay, qirtishlab, tomdan tushirdik. Paqirlab tashib, ko’chadagi loyhandaqni to’ldirib qo’ydik…
… Oradan yillar o’tib, kampir ko’z yumganida tumonat odam uni o’sha ko’chadan so’nggi manziliga ko’tarib bordi…
Ko’cha tuprog’i iliq edi… Mayin edi…

Qarz
Bolam bemehr chiqdi, deb, ko’p ham o’kinmang. Balki, sizga adolatsizlik bo’lib tuyulayotgan narsaning o’zi adolatdir… Siz ota-onangizdan olgan qarzni bolangizga berasiz. Bolangiz o’zining bolasiga… Hayot zanjiri uzulmasligi kerak-ku…

Qizilishton
Bola edim… Kuz edi… so’rida dars qilib yotibman. Ammam bir burchakda mudrab o’tiribdi... Osmonda mezonlar uchadi. Qondek qizargan tok barglari ohista chayqaladi. O’rik xazonlari unsiz pirpirab to’kiladi. Bog’ tomondan yakkash bir sado keladi: “tuk-tuk-tuk, tuk-tuk-tuk”. G’ashga tegadi. Xayolingni qochiradi… oxiri bo’lmadi, ammamdan so’radim:
- Nima, u, amma?
Ammam chochib, ko’zini ochdi.
- Nimani so’raysan, bolam?
-Anavi to’qillatayotganni-da, nima o’zi?
Ammam bir zum quloq solib turdi. Keyin nosini tupurib, jilmaydi.
- Qizilishton-ku!
-Nega hadeb to’qillatadi? Jonga tegdi-ku?
- Unaqa dema, bolam,- dedi ammam xo’rsinib.- Xudo uni shunga yaratgan, daraxtning qurtini yeb tozalaydi...- Uzoq jim qoldi-da, qo’shib qo’ydi.- Qaniydi, Olloh odamzotning ko’nglidagi qurtlarni tozalaydigan shundoq jonivor yaratsa. Hamma jannatga tusharmidi...

Omonatga xiyonat
Umr tangrining odamzotga o’lchab bergan omonatidir. Biz esa ko’pincha, uni behuda o’tkazib, omonatga xiyonat qilamiz.

Yovvoyilar
Mo’g’ullar Movarounnahrni bosib, qirg’in qilganida bir ayol tirik qolishning yo’lini topibdi. Bosqinchiga aytibdi:
- Men bahosi yarim jahonga teng bir gavharni yutib yuborganman. Meni o’ldirmay, uch-to’rt kun sabr qilsang...
Shunda mo’g’ullar o’sha qishloqdagi hamma xotinlarning qornini yorib, gavhar izlagan ekan...
Sho’rlik yurtim! Ne balolar kechmadi boshingdan!

Mehr
Quyosh buloq suviga ham, mag’zavaga ham baravar nur sochaveradi.
Yer chuchmomani ham, chaqirtikanakni ham baravar o’stiraveradi.
... Ota-onaga bolaning yaxshi-yomoni yo’q...

Ilon
Ko’p yillar avval Missisipi sohillarida dunyodagi eng katta ilon-anakondani tutib o’ldiribdilar. Uzunligini o’lchayman, deb harchand urinsa ham eplay olmabdilar. Ilonning jasadi, nuqul buklanib qolarmish...
Odamlar ham qiziq. Muttasil egri yurgan mahluq o’lganidan keyin to’g’ri bo’ldi nima-yu, bo’lmadi nima?

Yo’qchilik va to’qchilik
Bir narsaga hech tushunmayman: kitob o’qiydiganlarda pul yo’q. Puli ko’plar kitob o’qimaydi.

Tebranma dunyo
Mehr-yaxshilik, qahr-yomonlik belgisi, degan gap bor...
Teskarisi bo’lsa-chi?
Tasavvur qiling. Bir nomard, begunoh odamni o’ldirdi. Siz mehr ko’rgizib, uni jazodan saqlab qoldingiz. U ertasiga boshqa bir begunohni o’ldirdi. Sizning mehringiz yaxshilikka emas, yomonlikka sabab bo’ldi…
Dunyoda soat kapgiridek tebranib turadigan haqiqatlar ham bo’ladi…

Ildiz
Nuqul o’tmishidan noliydigan odam kelajagini barbod qilishi mumkin. O’z ildizini inkor qilgan daraxt qurib qoladi.

O’lchov
Umr o’lchovi yolg’iz Ollohga, mazmuni esa ko’p jihatdan insonning o’ziga bog’liq.

Bolalik va keksalik
Bolalikda dunyo keng-u kiyim tor.
Keksayganda kiyim keng-u dunyo tor…

Odob
Farzandga oson tutmang. Otaning yuziga tik qarolmaydi.
Otaga oson tutmang. Farzandiga dardini ayta olmaydi.

Aql yoshda emas
Yoshligida aqli raso odam keksayib, “annaqaroq” bo’lib qolishi mumkinmi-yo’qmi, unisini bilmadim-ku, ammo yoshligida “annaqaroq” odam keksayganda aqli raso bo’ladi, desalar... Bilmadimov.

Tiriklar va o’liklar
Vaqti-vaqti bilan qabristonga borasiz. Ajdodlaringiz boshida turib o’tganlar ruhini xotirlaysiz... Keyin... o’z yumushingiz bilan ketasiz.
Shoshilmang. Dunyo ishi bitganmas... iloji bo’lsa, qabristonni osoyishta aylaning. Shunda... g’alati holat ro’y beradi. Marhumlar sizga ko’-o’-o’p narsalarni aytadi...
Ishoning, o’liklar tiriklardan ko’ra teranroq fikrlaydi...

Ne’mat
Ayollar! Yig’lab ko’nglingizni bo’shatishdek ne’matni ato etgani uchun Yaratganga shukronalar qiling!

Majnuntol va qamish
Majnuntolning bosh egib sukut saqlashi donoligi va chayirligidan.
Qamishning g’oz turib shovullashi nodonligi va mo’rtligidan... qiziq, ikkalasi ko’pincha yonma-yon o’sadi...

Nur va soya
Olloh insonni eng mukammal, eng mukarram zot qilib yaratgan. Bas shunday ekan, yomon odamlar qayoqdan paydo bo’ladi?
Nachora nur bor ekan, soya ham bo’laveradi. Buyog’I o’zingizga bog’liq: xohlang nur bo’ling, xohlang-soya…


Oy va quyosh
Oy quyoshdan nur oladi. Quyosh qancha yorqin porlasa, oy shuncha tiniqlashadi.
Erkak qancha mehr bersa, ayolning husni shuncha ochiladi…

Jinoyat
O’z ko’nglidagi mehrni o’ldirish odam o’ldirishdan og’irroq jinoyatdir. Negaki har qanday razillik bemehrlikdan boshlanadi.

Boy va kambag’al
Boy gerdaysa-salobat. Kambag’al ta’zim qilsa-xushomad.
Boy gapirsa-donolik. Kambag’al sukut saqlasa-nodonlik.
Boy “Mersedes” olsa-kamtarlik. Kambag’al velosiped olsa-manmanlik.
Boy jinoyat qilsa-“sho’xlik”. Kambag’al sho’xlik qilsa-jinoyat.
Boy o’lsa-motam. Kambag’al o’lsa-“bandalik”...

Amalparast
Echkidek amalga mingan edi, fil ustida o’tirgandek bosar-tusarini bilmay qoldi. Amaldan tushganida fildan yiqilganidek suyaklari sochilib ketmasa deb qo’rqaman!

Mahalliychilik
Mahalliychilik-millatchilikning nikohsiz tug’ilgan bolasi, shovinizmning nikohsiz tug’ilgan nevarasidir!

Biri kam dunyo
Bola tug’dirganlarning hammasi ham Ota bo’lavermaydi.
Bola tuqqanlarning hammasi ham Ona bo’lavermaydi.
Bolaning hammasi ham farzand bo’lavermaydi…

Ustoz
Ustoz otangdan ulug’, deganlari bejiz emas, Ota hayot beradi. Ustoz esa yashashga o’rgatadi. Tug’ilish oson, yashash qiyin…

Husn
Yo’lbars boshqa ov topolmasa, daraxtning pastak shoxiga qo’nib turgan tovusni dumidan tutib yer ekan… Ortiqcha husn boshga bitgan balo bo’ladi, deganlari shu bo’lsa kerak…

Ilg’or tajriba
Odamlar “bozor munosabati” ni baliqdan o’rgangan. Kattasi kichigini yeyaveradi...

Adolat
Adolat bitta bo’ladi, deyish soddalikdir. Adolatning qiyofasi ming xil bo’lishi mumkin. Bu-unga qayoqdan qarashga bog’liq.

Xazina
Dunyoda eng bebaho, ammo hamisha tekinga tarqatiladigan xazina bor. Bu- Ona mehri...

Do’st
Do’st degani daraxt yaprog’iga o’xshaydi. Bahor chog’i-behisob. Kuz kelganda-sanoqli. Yoshlik chog’i-behisob. Keksayganda-sanoqli...

Vatan tuyg’usi
Qaysi yurtda non arzonroq bo’lsa, o’sha yerga ko’chib yuradigan odamda Vatan tuyg’usi bo’lmaydi.

Dono va nodon
Dono nodondan o’zini bir pog’ona quyi tutsa, hayron bo’lmang. Taroning yukli pallasi bo’sh palladan pastroqda turadi.

Orzu
Qani endi, qaytadan go’dakka aylanib qolsang-da, o’ylaganingni qo’rqmasdan aytaversang.

Nigorabegim
12-05-2007, 05:15 AM
Uchrashuvlarda bir savolni ko’p berishadi:
“O’zingiz uchun eng qimmatli asar qaysi?”
Ko’pincha yarim hazil bilan javob qilaman:
“Mening ikkita qimmatli “asarim” bor: biri-o’glim, biri-qizim!”
Senlar menga Xudo bergan eng bebaho boyliksan… Shu bois, diqqat bilan eshit!
-----------------------------------------
Bir narsani orzu qilaman.
Bu dunyoda men qilgan yaxshi ishlardan aqalli bitta ko’proq yaxshilik qilsang…
Bu dunyoda men qilgan xatolardan aqalli bitta kamroq xato qilsang…
-----------------------------------------
Hech qachon Osmonga tupurma! Osmon qahrli. Tupuging yuzingga qaytib tushadi!
Hech qachon Yerga tupurma! Yer mehrli: tupuging yuzingga sachraydi. Ammo shu Yer seni ko’ksida ko’tarib yuradi!
--------------------------------------
Iloji bo’lsa, mening kasbimni tanlama. Yozish qiyin. Haqiqatni yozib, barchaga baravar ma’qul qilish undan ham qiyin...
---------------------------------------
Yomonning yaxshisi bo’lgandan yaxshining yomoni bo’l. yomondan-yomonlik yuqadi. Yaxshidan-yaxshilik.
----------------------------------------
Rost gapir. Rostgo’y odam jasur bo’ladi.
-----------------------------------------
Dushmaningdan qo’rqma, dushmanga aylangan do’stingdan qo’rq. Dushman bilsa bitta ojiz tomoningni biladi. Dushmanga aylangan do’st esa mingtasini.
----------------------------------------
Qo’lingdan kelmaydigan ishga va’da berma.
Qo’lingdan keladigan ishga ham va’da berma.
Qo’lingdan kelmaydigan ishga va’da bersang, uyatga qolasan.
Qo’lingdan keladigan ishni esa, va’da bermasdan bajarsa ham bo’laveradi…
-------------------------------------------
Hech kimga hasad qilma. Hasadgo’y hech nimaga erisholmaydi. Faqat o’zgani ham, o’zini ham abgor qiladi.
-----------------------------------------------
Obro’ topishning eng to’g’ri yo’li-kamtarlik.
-----------------------------------------------
Yomonlikka yaxshilik bilan javob bersang, bir hissa savob olasan. Yaxshilikka yomonlik bilan javob bersang, o’n hissa gunohga botasan. Negaki, bu dunyoda yomonlikka yaxshilik qiladiganlardan ko’ra yaxshilikka yomonlik qiladiganlar o’n hissa ko’p.
-------------------------------------------------
Deraza-oynadan yasaladi. Ko’zgu ham. Farqi shuki, ko’zgu o’zingni o’zingga ko’rsatadi. Deraza esa hammasini ko’rib turadi-yu, o’zini ko’rmaganga soladi… Ko’zguga ko’proq qara!
--------------------------------------------------
Mabodo qachondir mansabdor bo’lib qolsang, bilib qo’y: amal kursisida o’tirganingda kim eng ko’p tovoningni yalasa, kursidan tushganingda o’sha birinchi bo’lib sendan yuz o’giradi!
----------------------------------------------------
“Oshsiz uy bor, urishsiz uy yo’q” deydilar. Oilangda janjal chiqsa, eng avval farzandlaringni o’ylab ish qil!
------------------------------------------------------

Hech kimga yomonlik sog’inma. Hatto dushmaningga yomonlik tilasang bir chekkasi o’zingga qaytib keladi. Negaki olam bus-butundir.
---------------------------------------------------
Ayol-gul. Erkak-bog’bon. Sen gulni xor qilsang, uni o’zga bog’bon siypalaydi… erkak-bog’bon. Ayol-gul. Sen bog’bonga tikan sanchsang, u o’zga gulni siypalaydi… ikki o’rtada sening mevang yetim qoladi. Xudo shundan asrasin!
----------------------------------------------
Bu dunyoda hamma narsaning javobi bor deydilar. To’g’ri gap1 ammo bu dunyoda javob qilinmaydigan narsalar ham bo’ladi.
Sen birovga yaxshilik qilsang, javobini kutma. Undan qaytmasa, boshqadan qaytadi. Birov senga yomonlik qilsa javob berma. Sendan qaytmasa, boshqadan qaytadi!
----------------------------------------------------
Menga yuz marta ozor bersang, kechirishim mumkin. Onangga bir marta ozor bersang, kechirmayman: onang senga mendan ko’ra yuz hissa ko’p mehr bergan!
----------------------------------------------------
Noningni yoqotsang yoqot, nomingni yoqotma!

Frida
12-05-2007, 07:15 PM
O'zbekistonda qayta to'ldirilgan nashri 2500 so'm turadi...



on: Ayollarga onaga qaragandek qaralsa, hammasi joyida bo'ladi.*


* - aynan shunday yozilmagan bo'lishi mumkin, lekin ma'nosi shunday....


.

Toshkentga borganimda shundan 3 tasini sotib olib, bittasini o'zimga ikkitasini Amerikadagi do'stlarimga olib kelib ulashdim. :) Vaqt bo'lganda qo'lga olib varaqlab turadigan kitob. O'zi ham kichik qilib chiqarishgan ekan, ryukzakning bitta cho'tagiga sig'ib ketaveradi.

Asadbek
12-06-2007, 03:03 AM
Toshkentga borganimda shundan 3 tasini sotib olib, bittasini o'zimga ikkitasini Amerikadagi do'stlarimga olib kelib ulashdim. :) Vaqt bo'lganda qo'lga olib varaqlab turadigan kitob. O'zi ham kichik qilib chiqarishgan ekan, ryukzakning bitta cho'tagiga sig'ib ketaveradi.
Aha, to'g'ri aytasiz. Juda ixcham chiqarilgan. Kitob 11x14 cm hajmda chiqarilgan.

Mana, kitobning ko'rinishi:


http://aycu19.webshots.com/image/35778/2001380536740753060_rs.jpg


:)

PS: Islom Hamro kitobi tagida Usmon Azimning "Saylanma"si va Iqbol Mirzoning "Seni sog'indim" she'riy kitobi bor ;)

Asadbek
12-06-2007, 04:16 AM
Bitta gapi bor, 219-sahifada. Nishonga urib aytgan :)


Eng sayroqi qush

Bulbulning erkagi sayraydi. Odamning - ayoli...

:D

Nigorabegim
12-11-2007, 04:49 AM
O'tkir Hoshimovning asarlaridagi o'zimga yoqqan gaplarini maktabda o'qib yurgan davrimdan boshlab to'plab yuraman.
5-sinfda "Ikki eshik orasi" ni o'qiganimda bir aforizmga o'xshash gap esimda qolgandi:
"Albert Eynshteyndan so'rashibdi:
-Aytib berolmaysizmi, uchinchi jahon urushida odamlar qaysi qurolni qo'llashadi ? - deb.
U shunday javob bergan ekan:
-Uchinchi jahon urushida qaysi qurolni qo'llashlarini bilmayman-u, lekin to'rtinchi jahon urushida odamlar toshdan yasalgan boltani ishlatishadi"" .
Inson naqadar buyuk, inson naqadar ojiz...

Nigorabegim
12-11-2007, 04:54 AM
Qalamkashga qishloqning qalbi, shaharning aqli kerak.
****
Badiiy ijod shunday daraxtki, shoxida umuminsoniy mevalar yetiladi, ildizi esa milliy zaminda yotadi.
***
Adib qaysi tilda asar yozsa, o’sha xalqning yozuvchisi hisoblanadi. Bu o’rinda millatning daxli yo’q.
***
Yozuvchilik-ikki foiz talant, to’qson sakkiz foiz mehnatdir, degan gap to’g’ri bo’lsa, dunyodagi hamma chumolilar yozuvchi bo’lardi!
***
Haqiqiy dengizchi ummonda o’zini qanchalik erkin his qilsa, haqiqiy yozuvchi ham so’zlar ummonida shunchalik erkin suzishi kerak. To’rtta jumla yozmay turib, u yog’iga so’z topolmay qoladigan odamdan yozuvchi chiqmaydi.
***
Iztirob chekib yozilgan asar rohat qilib o’qiladi.
***
Tasavvur qiling: siz tasviriy san’at muzeyiga kirdingiz. Polotnolardagi ranglarni, odamlarning qiyofasini ko’zingiz bilan ko’rib, hayajonga tushasiz. Tasavvur qiling: siz magnitafonda muzika tinglayapsiz. Cholg’u ohanglari, xonandaning ovozini qulog’ingiz bilaneshitib, hayajonga tushasiz… endi tasavvur qiling: siz kitob o’qiyapsiz. Oq qog’ozda qora chiziqlar-harflardan bo’lak hech qanaqa rang yo’q. hech kim kuy ham chalmaydi. Ammo asarni o’qishga kirishishingiz bilan ko’z o’ngingizda rangin manzaralar paydo bo’ladi. Qulog’ingiz ostida ajib ohanglar jaranglay boshlaydi. O’zingiz bilmagan holda qattiq hayajonga tushasiz…
Hech shubhasiz, badiiy adabiyot-dunyodagi sakkizinchi mo’jiza!
***
U- zo’r ijodkor. Shunchali “polvon”ki, qayoqqa borsa, bir qop “paxta” orqalab yuradi.
***
O’z xalqi tanimagan, o’z xalqi sevmagan yozuvchini jahon kitobxoni sevishiga ishonmayman.
***
Qog’oz oq bo’lgani uchun unga So’z bitadilar. Paytava kr bo’lgani uchun unga So’z bitib bo’lmaydi. Qog’oz pok bo’lgani uchun zarracha cho’g’ tushsa, yonib ketadi. Paytava kir bo’lgani uchun tutaydi-yu, yonmaydi. Yozuvchi bo’lish uchun iste’dodning o’zi kamlik qiladi.
Qalbi qog’ozdek oq, qog’ozdek yonadigan odamdangina chinakam yozuvchi chiqadi.
***
Shoir har kuni aqalli bitta she’r yozishi kerak, adib har kuni aqalli bitta sahifani to’ldirishi kerak, degan gaplar yuradi.
Chindan ham tikuvchi har kuni aqalli bitta ko’ylak tikadi. Oshpaz har kuni aqalli bir qozon osh damlaydi. Novvoy har kuni aqalli bir tandir non yopadi… shaunday ekan, shoir nega har kuni aqalli bitta she’r yozmasligi kerak?
Shunaqa-ku… Tikuvchi do’kondan tayyor mato olib, tayyor bichim bilan ko’ylak tikadi. Oshpaz bozordan tayyor masalliq olib, tayyor qozonda osh damlaydi. Novvoy kappondan tayyor un olib, tayyor tandirda non yopadi…
Qalamkash esa, “mato” bilan “bichim”ni ham, “masalliq” bilan “qozon”ni ham, “un” bilan “tandir”ni ham o’zi yaratishi kerak. Boshqalar bor joydan bor qilsa, ijodkor yo’q joydan bor qiladi. Buning uchun esa, Xudo bergan iste’dod, Xudo ko’ngliga slogan ilhom kerak!
***
Yozuvchi o’zi his qilgan hamma narsani to’la to’kis qog’ozga tushira olmaydi. Kitobxon qog’ozga tushira olmaydi. Kitobxon qog’ozga tushganlarning hammasini to’la-to’kis his qilolmaydi. Binobarin, kitob yozayotgan qalamkash hayajoni kitob o’qiyotgan o’quvchi hayajonidan o’n karra kuchliroq bo’ladi.
Asar o’qiyotganingizda jinday tabassum qilsangiz, bilingki, o’sha sahifalarni qalamkash rostmana kulib yozgan. Kitob o’qiyotganingizda ko’zingizga bir qatra yosh kelsa, bilingki, qalamkash o’sha sahifalarni rostmana yig’lab yozgan.
***
Asar binoga o’xshaydi. Faqat bino g’ishtdan quriladi, asar esa so’zdan. Endi bir narsani tasavvur qiling: bitkazilgan binodan bitta g’ishtni sug’urib olsangiz, uning husniga shikast yetadi. O’nta g’ishtni ko’chirsangiz, bino bosib qoladi…
Shunday asarlar borki, butun-butun jumlalarni olib tashlasangiz ham, yuzta so’zni o’chirsangiz ham, mingtasi o’rnini almashtirsangiz ham hech nima o’zgarmaydi…
Bunaqangi “asar” bino emas, vayronadir!
***


Talantsiz yozuvchi tovuqqa o’xshaydi. Yong’oqdek tuxum tug’adi-da, qaqog’lab olamni buzadi!
***
Ijod-yuz metrli masofani kim o’zarga yugurib o’tiladigan sprinterlik musobaqasi emas, uzoq va mashaqqatli yo’ldir.
***
Bir hamkasbim nolidi:
-Bugungi kitobxon nodon, savodsiz. Mening qadrimni biladiganlar yuz yildan keyin tug’iladi.
Men yupatdim:
- Gapingiz to’g’ri… Faqat uni notariusdan tasdiqlatib, po’lat sandiqqa solib qo’ying… yuz yildan keyin so’zingizga guvoh topishingiz mushkul…
***
Ikkita eng xolis hakam-Kitobxon va Vaqt sinovidan o’tgan asar haqiqiy asardir.
***
Uchta bolasi bilan xotinini tashlab ketti-da, “Bolalar baxtini o’ylang” deb shig’ir yozdi.
Qoyilley, shovvoz!
***
Adiblar ulug’ yozuvchi Abdulla Qahhorning ushbu so’zlarini ijodxona peshtoqiga yozib qo’ysalar arziydi. “Adabiyot atomdan kuchli.uning kuchini o’tin yorishga sarflamaslik kerak!”
Munaqqidlar ustoz Ozod Sharafuddinovning ushbu so’zlarini shior qilib olsalar arziydi. “Tanqidchi ijod bog’iga bolta emas, tokqaychi ko’tarib kirishi kerak!”
***
Dehqon tajribasi oshgan sayin yumushi yengillashadi: ko’p hosil oladi.
Quruvchi tajribasi oshgan sayin yumushi yengillashadi: chiroyli imorat quradi.
Jarroh tajribasi oshgan sayin yumushi yengillashadi: yaxshi operatsiya qiladi…
Ijodkor tajribasi oshgan sayin yumushi og’irlashadi.
Uning o’zini takrorlashga haqqi yo’q!
***
Haqiqat havoga o’xshaydi. Rangini ko’rmaysiz. Ovozini eshitmaysiz. Hidini bilmaysiz… Ammo bir lahza havosiz qolsangiz, bo’g’ilib ketasiz. Kitob ham shunday. Yolg’onga duch kelgan kitobxon bo’g’ilib ketadi.
***
Iste’dodlilar hadeganda qovusha qolmaydi. Ular yulduzga o’xshaydi. Har bir yulduzning o’z mehvari bo’ladi. Yulduzlar bir-birini inkor etmaydi. Ammo bir-birining mehvariga kirmaydi ham. Iste’dodsizlar esa bir zambil shag’aldek gap. Darrov to’dalashadi. To’da bo’lib jim yotsa-ku, mayli… Baraka topgurlar iste’dodlilarga tosh otaverib bezor qilgani chatoq…
***
Hamkasblarim meni kechirsin-ku, ba’zi qalamkashlar varrakka o’xshaydi. Shamol qayoqqa essa, o’sha yoqqa qarab, shox tashlaydi. Shamol qancha qattiq essa, dumini shuncha shitob bilan likillatadi. Qancha havolansa, dardaragi shuncha qattiq varillaydi.
***

Nigorabegim
12-11-2007, 05:00 AM
- Iste’dodsiz iste’dodsizni yomon ko’rsa nima bo’ladi?-Hech nima bo’lmaydi!
_ Iste’dodsiz iste’dodlini yomon ko’rsa nima bo’ladi?
- Hech nima bo’lmaydi!
-Iste’dodli iste’dodsizni yomon ko’rsa nima bo’ladi?
- Hech nima bo’lmaydi.
-Iste’dodli iste’dodlini yomon ko’rsa nima bo’ladi?
- Fojia bo’ladi!
***
Ko’pchilik qalam ahlining bitta ojizligi bor: hammasi-“birinchi”!
Holbuki, kim “birinchi”, kim “yuzinchi”, kim umuman “hech nechanchi emas”- kitobxon hal qiladi.
***
Yozuvchining o’quvchiga aytadigan dardi qancha kuchli bo’lsa, asar tili shuncha biyron bo’ladi.
***
Bolta bilan qalam bir-biriga o’xshaydigan buyumlar emas. Ammo xizmati jihatidan anchayin yaqin turadi.
Bolta- qotil qo’lida o’lim quroli. O’tinchi qo’lida mehnat quroli. Hunarmand qo’lida san’at quroli.
Qalam-hasadg’oy qo’lida o’lim quroli. Savodxon qo’lida mehnat quroli. Iste’dod qo’lida san’at quroli.
***
Qadimgi kimyogarlar oltinning sof yoki qalbakiligini aniqlash uchun mohaktosh qo’llar ekanlar. Yozuvchining so’zi mohakka o’xshaydi. Bir og’iz Rosti uchun minglarning duosini oladi. Bir og’iz Yolg’oni uchun minglarning qarg’ishiga qoladi… qalamkashning buyuk baxti ham, buyuk baxtsizligi ham shunda!
***
Chinakam asar tug’ilmasdan oldin uning ohangi, muzikasi paydo bo’ladi. Bu- g’oya emas, syujet ham emas, aynan OHANGdir. Mana shu ohang adibni qo’lidan sudrab kelib, stolga “mixlab” qo’yadi. Asarning joni degani shu bo’lsa kerak.
***
Tanqiddan bezor bo’lgan shoir aytibdi:
-Siz nuqul birovlarning asarlarini tanqid qilasiz. O’zingiz bironta she’r yozganmisiz?
Tanqidchi aytibdi:
- Men kunora tuxum yeyman. Ammo uning mazasini bilish uchun o’zim tuxum tug’ishim shart emas.
Shoir aytibdi:
- Men ham kunora odamlar haqida she’r yozaman. Ammo odamni bilish uchun kunora uning go’shtini yeyayotganim yo’q-ku!
***
Hech o’ylab ko’rganmisiz? Nima uchun eng teran falsafiy asarda ko’pincha telba qatnashadi.
Nima uchun eng jiddiy asarda masxaraboz o’ralashib yuradi?
Faylasufning yeti uxlab tushiga kirmagan dono fikrni telba bilmaydi, deb o’ylaysizmi?
Dunyoning ustuniman, deb yurgan azamatlar o’ylashga ham qo’rqadigan haqiqatni masxaraboz aytmaydi, deb o’ylaysizmi?
***
Olimlar hisoblab chiqishgan. Pushkin o’z asarlarida 21 ming 197 ta betakror so’z ishlatgan. Shekspir salkam 20 mingta, Servantes 18 mingga yaqin, Alisher Navoiy esa 1 million 378 ming 600 ta betakror so’z ishlatgan. Boisi, buyuk bobomiz faqat turkey emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo’g’ul va boshqa tillardagi so’zlardan ham mahorat bilan foydalangan.
***
Hasad o’sib o’sib g’arazga, g’araz-fitnaga aylanadi. Fitna esa har qanday razolatning onasidir.
***
Hasadg’oyning fikrlash tarzi g’alati. “Agar falonchi bo’lmaganida mening ishim yurishib ketardi”, deb ichidan ezilaveradi. Boshqa jabhalarni bilmadim-ku, lekin ijob sohasida bu bema’ni xomxayol. Ijod amal kursisi yoki davlat kvartirasi emaski, birovning o’rnini birov egallasa. Kitobxon mehrini zo’ravonlik qilib ham, tilanchilik qilib ham olib bo’lmaydi.
***
Shuhrat-yoqimli, ammo aldamchi narsa. U tog’ cho’qqisiga o’xshaydi. Qancha baland ko’tarilsangiz, shuncha ko’zingiz tinadi. Hushyor bo’ling! Bitta nojo’ya qadam qo’ysangiz, jarlikka uchib ketishingiz aniq!
***
Maktab o’qituvchisining So’zi o’ttiz bolaga yetib boradi.
Dorilfunun domlasining So’zi yuz talabaga yetib boradi.
Notiqning So’zi ming tinglovchiga yetib boradi.
Qalamkashning So’zi bir yo’la o’n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi. Demak, uning so’z mas’uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir.
***
Yozuvchi o’zi his qilgan hamma narsani qog’ozga to’la-to’kis tushira olmaydi. O’quvchi kitobdagi hamma narsani to’la-to’kis his qilolmaydi… kitob o’qiyotganingizda bir marta jilmayib qo’ysangiz, bilingki, yozuvchi o’sha satrlarni rosmana kulib yozgan. Ko’zingizga bir qatra yosh kelsa, bilingki, yozuvchi o’sha satrlarni rosmana yig’lab yozgan…

Har qanday muhim g’oya ham inson qismatiga aylanmasa, quruq gap bo’lib qolaveradi.
***
Modomiki talantsizlar yovuz niyatda bir-biri bilan til topishar ekan, talantlilar ham yaxshi niyatda birlashmog’i lozim.
***
Iste’doli adib hayotida ikki marta xatarli bosqichdan o’tadi. Birinchisi- nimaki yozmasin chiqarishi mushkul palla. Ikkinchisi- nimaiki yozmasin, chiqarishi oson bo’lgan palla. U birinchi bosqichdan omon-eson o’tadi. Ammo ikkinchi bosqichdan o’tishi og’ir, juda og’ir…
***
Katta iste’dod avval xalq e’tiborini, keyin xalq muhabbatini va nihoyat xalq e’tiqodini qozonadi. Aslida mana shu uch bosqichning har bittasi bir umrga teng.

mimoza
12-11-2007, 10:09 AM
“Ìóҳàááàò” äåãàí ñ¢ç ҳàììà òèëëàðäà áoð. Èíãëèçëàðäà-“Ëàâ”, íåìèñëàðäà-“Ëèáå”, ëoòèí òèëèäà “Àìoð”, ðóñ òèëèäà “Ëþáoâü”... “Ëþáoâü ê Ðoäèíå”, “Ëþáoâü ê æåíùèíå”, “Ëþáoâü ê ìàòåðè”... Àëáàòòà, áàð÷à òèëëàðäà áó ñ¢çíèíã áèð íå÷à xèë èôoäàñè ҳàì áoð.Àììo ¢çáåê òèëèäà “Ìóҳàááàò” äåãàí ñ¢ç øó қàäàð ðàíão-ðàíã ìàúíoëàðãà ýãàêè, ҳàéðàòäà қoëàñèç! “¨қòèðèá қoëìoқ”, “Ê¢íãèë áåðìoқ”, “Ìoéèë á¢ëìoқ”, “Xóøòoð á¢ëìoқ”, “Oøóôòà á¢ëìoқ”, “Äèë áåðìoқ”, “Áåäèë á¢ëìoқ”, “Ìóáòàëo á¢ëìoқ”, “Ìàôòóí á¢ëìoқ”, “Ìàҳáóá á¢ëìoқ”, “Oøèқ á¢ëìoқ”, “ßxøè ê¢ðìoқ”, “Èøқ”, “Èøқè òóøìoқ”, “Èøқè ôoíèé”, “Èøқè áoқèé”, “Ñåâãè”, “Ìóҳàááàò”, “Ìåҳð” âà ҳoêàçoëàð...
Òàáèèéêè, áóëàð oðàñèäà áoøқà òèëëàðäàí êèðãàíëàðè ҳàì áoð. Áèðoқ óëàðíèíã áàð÷àñè- òåíã ҳóқóқëè ¢çáåê ñ¢çëàðè!
Ãàï ôàқàò áóíäà ҳàì ýìàñ. Áó èáoðàëàðíèíã ҳàììàñè óìóììàúíoíè àíãëàòàäè âà ... ҳàð áèðè àëoҳèäà ìàúío òàøèéäè! Ìóìòoç àäàáè¸òäà “èøқ” ñ¢çèíèíã ¢çè èêêè xèë ìàúíoíè èôoäàëàéäè. “Èøқè ôoíèé”-ìàҳáóáàãà íèñáàòàí ñåâãè. “Èøқè áoқèé” –Òàíãðèíèíã äèéäoðèãà åòèø... Áóãóíãè êóíèìèçãà êåëñàê... Áoøқà òèëëàðäà ó÷ðàøè ìóøêóë á¢ëãàí ғàëàòè ҳoëàòëàðíè ê¢ðàìèç. “Âàòàíãà ìoéèë á¢ëìoқ” äåãàí èáoðà êóëãèëè òóþëàäè. “Âàòàííè ñåâìoқ” äåéèëàäè. “Oòà ñåâãèñè” äåãàíè øàêêoêëèêêà ¢òèá êåòàäè. “Oíà èøқè” äåãàíè ãóíoҳ ҳèñoáëàíàäè. Ôàðçàíäíèíã oíàãà “Xóøòoð á¢ëìoғè” ä¢çàxèéëèê ñàíàëàäè. “Oòà-oíà ìåҳðè”, “Ôàðçàíäíèíã oòà-oíàíè ÿxøè ê¢ðèøè”, “Ôàðçàíä ìåҳðè” äåéèëàäè...
Øóíäàé қèëèá, “¨қòèðèá қoëìoқ” áèëàí “Ê¢íãèë áåðìoқ”, “Ê¢íãèë áåðìoқ” áèëàí “Oøèқ á¢ëìoқ”, “Oøèқ á¢ëìoқ” áèëàí ”Ñåâìoқ”, “Ñåâìoқ” áèëàí “Ìóҳàááàò”, “Ìóҳàááàò” áèëàí “ßxøè ê¢ðìoқ”, “ßxøè ê¢ðìoқ” áèëàí “Ìåҳð” oðàñèäà óçoқ, æóäà óçoқ ìàñoôà áoð...
Òèëèìèç íàқàäàð ðàíão-ðàíã! Òèëèìèç íàқàäàð áoé!
Bular sizni izhodingizmi joki O'tkir Hoshimovnikimi? Tagiga chizib qojganlarim tushunchalarni bundaj ifodalashni noto'g'ri qollangan joki kulgili ifoda, degan bolardim berilgan associacijalar ornida...
Men tailandliklarda mana shu sevgi tushunchasi -bu degani sevgi sozi ham- joq, deb eshitgandim-ozlaridan emas albatta-, haqiqatmikan shu narsa, kim biladi ko'prog shu togrisida?

Don Corleone
12-15-2007, 04:18 AM
Iltimos, agarda yana bor bulsa yana post qilinglar.

ATDSL
12-16-2007, 05:40 AM
Iltimos, agarda yana bor bulsa yana post qilinglar.
O'tkir Hoshimovning bu kitobi va boshqa bir qancha asarlarni ziyouz.com kutubxonasidan o'qishingiz mumkin.

Yozuvchining ona haqida yozgan har bir so'zini qayta-qayta o'qiyman:(
Laylak
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. Bola g’or edi, bola go’dak edi... Kunlarning birida onabola qishloqqa –uzoq qarindoshlarinikiga boradigan bo’lishdi. Ona qaddini g’oz tutib, teztez yurib borar, bola esa alang-jalang qilib atrofdagi manzaralarni tomosha qilar edi.
Qishloq guzarida yarmini yashin uchirib ketgan bahaybat chinor bor ekan. Bola daraxtni ko’rib angrayibqoldi: chinorning tarvaqaylab o’sgan shoxida supradek kattakon uya qorayib ko’rinar, uyada esa oyog’i, tumshug’i uzun bir qush turar edi. Bola mo’jiza ko’rgandek taqqa to’xtab qoldi.
- Anavi nima, oyi?- dedi o’sha tomondan ko’z uzmay.
-Laylak, o’g’lim, laylak!- ona o’g’lining boshini silab qo’ydi. – Yura qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bir oyoqlab turardi. U
yana to’xtab qoldi.
-Nima u, oyi? –dedi tag’in chinor uchiga ko’z tikib.
-Laylak, o’g’lim, laylak.
- Nimaga bir oyoqda turibdi?
Ona kuldi:
- Bir oyog’i charchagandir-da. Yura qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bo’ynini cho’zib
tumshug’ini osmonga qaratib silkitar, shunda “tarak-tarak” degan ovoz eshitilardi.
Bola tag’in to’xtab qoldi.
- Nima o’zi u, oyi?
Uning ko’zlarida quvonch bor edi. Hayrat bor edi. Ona shoshib turardi. Mingta yumushi
bor edi. Hali shaharga qaytishi kerak.
-Laylak dedim-ku, jinnivoy,- deb ohista egilib, o’g’lining yuzidan o’pdi. – senga salom
beryapti-da.
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi.
... Oradan o’ttiz besh yil o’tdi. Bola yigit bo’ldi. Ona keksayib qoldi. Oyog’idan mador,ko’zidan nur ketdi.
Kunlardan birida ona-bola ittifoqo yana o’sha qishloqqa borib qoldilar. Yigit qaddini g’oz tutib tez-tez yurib borar, ona esa toliqqan oyoqlarini, og’ir-og’ir ko’tarib bosgancha harsillab kelardi. Guzardagi yarmini yashin uchirib ketgan chinor hali ham bor ekan. Buni qarangki, chinorning tarvaqaylab o’sgan shoxida hamon supradek kattakon uya qorayib ko’rinar, uyada esa oyog’I, tumshug’i uzun laylak turardi. Yigit laylakka bir qarab qo’ydiyu
qadamini tezlatdi.
Orqada kelayotgan ona nursizlanib qolgan ko’zlarini chinorga, chinor shoxida qorayib turgan uyaga tikdi. Shoxda osilib turgan narsa ko’ziga g’alati ko’rindi.
- Anavi nima, o’g’lim? – dedi to’xtab.
-Laylak, oyi, laylak!
Ona yaxshi eshitmadi. Uch-to’rt qadam yurib yana to’xtab qoldi. Savatdek narsa ichida bir nima oqarib ko’rinyapti. Qiziq...
-Nima, o’g’lim? – dedi ko’zlarini pirpiratib. O’gil taqqa to’xtadi. G’ashi keldi. O’zi shoshib
turibdi: mingta ishi bor! Odam qariganidan keyin ezma bo’lib qolarkan-da!
-Laylak! –dedi jerkib. –Laylak deyapman-ku, karmisiz!
Shunday dedi-yu, jahl bilan tez-tez yurib ketdi. Nachora, yigit yosh, yigit navqiron. Uning yumushi ko’p. hali shaharga qaytishi kerak… Uning yumushi ko’p. hali shaharga qaytishi kerak… Uning g’or, go’dak bolalari bor…

Mahmud
01-06-2008, 07:49 AM
Qayta to'ldirilgan nashrida bir nechta imloviy xatolarni kuzatdim.
Keyin yana jumlaga anti jumla bo'lmasmikan, deb o'ylab qo'ygandim.
Hozir kitob yonimda bo'lmagani uchun aniq aytolmayman.
Keyinroq yozib qoladiraman...

ziyo.com da imloviy ancha yetarlicha topiladi.
Masalan,
O’rtadagi odamga havas qilmang. Ham bolg’adan zarba yeydi, ham sandodndan.

ON: Afsuski, bu dunyoda yaxshilikdan ko'ra yomonlikni eslab yuradiganlar ko'p uchraydi.

Mahmud
01-11-2008, 03:59 AM
Qayta to'ldirilgan nashrida bir nechta imloviy xatolarni kuzatdim.
Keyin yana jumlaga anti jumla bo'lmasmikan, deb o'ylab qo'ygandim.
Hozir kitob yonimda bo'lmagani uchun aniq aytolmayman.
Keyinroq yozib qoladiraman...

ziyo.com da imloviy ancha yetarlicha topiladi.
Masalan,
O’rtadagi odamga havas qilmang. Ham bolg’adan zarba yeydi, ham sandodndan.

ON: Afsuski, bu dunyoda yaxshilikdan ko'ra yomonlikni eslab yuradiganlar ko'p uchraydi.



"Hasad balosi" 64-sahifada "ko'nglingni kengroq qilsan-
gchi baraka topgur!",
"Chol" 212-sahifa " - Siz Leninni ko'rgamisiz? - deb so'radi mezbonlar orasidagi yosh muxbir hovlqib" kabi yozilgan...
(Biroz kattaroq post qoldirsam bundan ko'proq xatolar chiqsa kerak :))


"Erk" 82-sahifada quyidagicha yozilgan:
Nima uchun Yer kurrasi har yili 22 dekabrda Quyoshga eng yaqin masofaga boradi, 22 iyunda Quyoshdan eng uzoq masofaga ketadi?
Aksincha bo'lmaydimi?! 22 dekabrda Quyoshdan eng uzoq masofaga ketadi, 22 iyunda Quyoshga eng yaqin masofaga boradi.

Mahmud
01-15-2008, 07:00 PM
"Erk" 82-sahifada quyidagicha yozilgan:

Nima uchun Yer kurrasi har yili 22 dekabrda Quyoshga eng yaqin masofaga boradi, 22 iyunda Quyoshdan eng uzoq masofaga ketadi?

Aksincha bo'lmaydimi?! 22 dekabrda Quyoshdan eng uzoq masofaga ketadi, 22 iyunda Quyoshga eng yaqin masofaga boradi.



boshqa fikrlar yo'qmi?

Nigorabegim
02-08-2008, 01:22 AM
Kuni kecha O'tkir Hoshimovning "Telpak" hajviy hikoyasini o'qidim. Garchi hikoya ancha yillar oldin yozilgan bo'lsa-da bugungi kunda o'z ahamiyatini yo'qotmagan. ;-)
Telpak
Agar palakat bosib yozuvchi bo’lmaganimda albatta militsiya xodimi bo’lardim. O’zi bolaligimdan orzuyim shu edi… Mayli, hozir gap bunda emas. Bu voqeaga ko’p yillar bo’ldi. O’shanda arzimas narsa uchun “shonli sovet militsiyasi” ning fidoyi starshinasini shunchalik tashvishga solganimdan hamon xijolatdaman. Aslida-ku ayb menda emas, “Ponchik”da!
… O’sha kuni mukofat puli olmasak, “Ponchik” mukofotni “yuvamiz” deb tiqilinch qilmasa, shuncha g’alva yo’q edi.
Shunday qilib, loyiha institutining “uch og’a-ini botirlari” ya’ni, Bobur – “Ponchik”, Botir – “Tarasha” va Bahrom, ya’ni men – laqabimni aytmay qo’ya qolay, issiqina qahvaxonaga kirdik. Burchakdagi ilgichga kiyim-boshlarni yechib, sosiska yedik. Bittagina “Portveyn”ni bo’shatdik.
- Endi menga juvob! – dedi Bobur lunjini yumronqoziqdek to’ldirib sosiska chaynarkan. – Dilishkani bog’chadan olmasam, o’rtoq xotib o’ldiradi!
Zum o’tmay kiyinib kelib, yana tepamizda paydo bo’ldi.
- Ma, ehtiyot qil! – dedi bandi yelim qog’oz bilan yamalgan kattakon papkamni stol tagiga tiqib. – Anavi yerda begona kampaniya o’tiribdi. Ilib ketmasin tag’in!
“Ponchik” pishiq-da! Kallasi ishlaganini qarang.
“Tarasha” bir zum xayol surib o’tirdi-da, siyrak kipriklarini pirpiratdi..
- Eshitib ko’r-chi, qornimdan yig’lamsiragan tovush kelmayaptimi?
- Kelayapti! – dedi iljayib. – Menikidan ham kelayapti. Boyagi vino zerikib qoldi, sherigini chaqirayapti.
Hay, “yigirma oltinchisi”dan yana bittaginasini “otdik”. Qorin to’q- qayg’u yo’q… Ilgich oldiga borsak, telpagim yo’q! Palto bor. Sharf bor, faqat telpak yo’q. yangigina, issiqina telpagim! Ilgich atrofini qaradik, bo’m-bosh bo’lib qolgan stollarning tagigacha o’rmalab chiqdik: yo’q! Tamom- vassalom!
Tarvuz qo’ltiqdan tushib tashqari chiqdik. Qulog’im shunaqangi muzlab ketdiki, chertsangiz jiring etib sinib tushadigan. Haligi kayfdan asar ham qolmadi. Buni qarangki, ellik qadam yurmay tepasida neon chiroq yonib turgan “operpunkt” ro’parasidan chiqib qoldik. Har kuni shu yerdan o’tib e’tibor bermagan ekanmiz.
- Bo’ldi!- dedi Botir tarashadek gavdasini g’oz tutib. Telpaging topiladi! Mana, militsiya topib beradi!
Katalakdek xona to’ridagi stolda o’tirgan starshinaning vajohatini ko’rib baqa bo’lib qoldim! To’lanboy polvon uning oldida bog’cha bola! Har yelkasiga ikkitadan odam o’tirsa chirpirak qilib tashlaydi! Yuzlari qip – qizil. Soqol olayotganda bexosdan tig’ tegib ketsa , kamida bir yarim litr qon ketsa kerag-ov!
- Kiraver!- dedi “Tarasha” dalda berib. Keyin gapni sovutmay starshinaga murojaat qildi. – O’rtoq nachalnik! Jinoyat sodir bo’ldi. O’g’irlik!
Starshina charchaganmi, uyqudan qolganmi, huzur qilib obdon esnadi. Etak tomondagi liqildoq kursilarga imo qildi.
- T-a-ak… - dedi ko’zidan oqqan mo’ldir-mo’ldir yoshlarni artib. – T-a-ak…
- O’rtoq naschalnik… - Botir tag’in gap boshlagan edi, starshina rapidadek kaftini ko’tardi.
-Pastradavshiy kim?
- Manavu! – Botir menga imo qildi. – Yarim soat oldin…
- Minutochku, grajdanin ! – dedi starshina anchayin keskin ohangda. – Pastradavshiyning o’zi gapirsin!
Hammasini aytib berdim. Bir boshdan. Qo’rqibgina… Starshina toqat bilan eshitdi. Keyin stol tortmasidan qog’oz oldi.
- T-a-ak, endi boshlaymiz! – dedi tantanavor alfozda. – Familiyangiz?
Aytdim.
- Ish joyingiz?
Aytdim.
- “Polingiz”? Ha, tushunarli… Vazifangiz?
Aytdim.
- Uy adresingiz?
Aytdim.
- Oilaviy ahvolingiz?
Unisiniyam aytdim.
- Bobongiz Ulug’ Oktyabr revolyutsiyasidan oldin kim bo’lgan?
- Bilmayman, -dedim hayron bo’lib.
- Nega bilmaysiz?
- Unda men yo’q edim.
- Xarasho. Avval sudlanganmisiz?
- Yo’q.
- Chet elda qarindoshlaringiz bormi?
- Yo’q.
- Qanday mukofot olgansiz?
- E, ko’p olganmiz! – dedim maqtanib. – Bugun ham oldim. O’ttiz uch so’m. Kvartalniy mukofot!
- Unisini so’rayotganim yo’q! –dedi starshina asabiylashib. – Saylanganmisiz?
- Bo’lmasa-chi! Mestkomda kaznacheyman!
- Uf-f! – Starshina qog’oz qirtillataverib charchab ketdi shekilli, kattakon ro’molcha bilan peshonasini artdi.
- Itak, nima bo’ldi? – dedi ko’zimga tikilib. – Bir boshdan ayting.
Hayron bo’lib goh unga, goh Botirga termuldim.
- Aytib berdim-ku hammasini.
- Grajdanin Bahrom Xolmirzayev… - u qo’lidagi qog’ozga qarab oldi. – To’is … Xolmurodov! Boyagi aytganlaringiz og’zaki gap. Bunisi – dakument! Aytingchi, pastradavshiy Xolmirza… to’is Xolmurodov, qaysi stadiya?
Kapalagim uchib ketdi.
- Qanaqa “statya”?
- Statya emas, stadiya! – dedi starshina jerkibroq. – Isklerozingiz nechanchi stadiya?
- Qanaqa skleroz?
- Iskleroz bo’lmasangiz telpakni nega yo’qotasiz?
- Yo’qotgani yo’q, o’g’irlatdi! – dedi Botir tushuntirib.
- Minutochku, grajdanin! – dedi starshina. – Pastradavshiyning o’zi gapirsin! – Keyin bir zum o’ylanib qoldi. – Xarasho! Qaysi kafega kirdingiz?
- Mana shu, - dedim chaynalib. – Ellik qadam naridagi…
- Oti bormi o’sha kafening?
- “Veterok”.
- Qaysi ko’chada joylashgan?
- Mana shu ko’chada. Hov ana, chirog’I ko’rinib turibdi, o’rtoq leytenant.
Leytenant deganim yoqdi shekilli, starshina ancha yumshadi.
- Ko’chaning nomini so’rasam, bu chiroqni gapiradi, - dedi nolib. – Odamlarga hayronsan, qayoqqa borganini o’zi bilmaydi-da, tag’in pritenziya qiladi! Itak, kafega kirdingiz… Keyinchi?
- Shu … yechinib kiyimlarni ilgichga ildik.
- Qaysi tomondaydi?
- Nima “qaysi tomonda?”
- Veshalka!
- Burchakda, chap tomonda.
- Nega chap tomonda?
- Hayronman.
- Nimadan yasalgan?
Hech baloga tushunmadim.
- Nima, “nimadan yasalgan?”
- Veshalkani so’rayapman! – dedi starshina achchiqlanib. –

Nigorabegim
02-08-2008, 01:23 AM
– Nimadan yasalgan? Yog’ochmi, temirmi?
- Temir! – dedim ishonch bilan.
- Ilgagi nechta edi?
Qarang, shunisiga e’tibor bermagan ekanman.
- Esimda yo’q.
- Esimda yo’q emish… Telpakni qaysi ilgichga ilgan edingiz?
- Bunisiyam… - dedim battar esankirab. – Esimdan chiqibdi, o’rtoq leytenant.
Starshina bu gal ham yumshadi.
- Xarasho… keyin-chi?
- Shu… ovqat yedik.
- Qanaqa ovqat?
- Sosiska.
- Necha porsa?
- Man bir pors, manavu bir yarim…
- Sherigingiz o’zi uchun o’zi javob beradi… Itak, qancha o’tirdingiz kafeda?
- Bir soatcha.
- Tish do’xtiriga qatnab turasizmi?
- Nimaydi? – dedim hayratlanib.
- Savolni men beraman, pastradavshiy Xolmirza… to’is, Xolmurodov! Tishingizning mazasi yo’qmi?
- Yo’g’ey, tishim butun.
- Tishi butun odam to’rtta sosiskani bir soat yeydimi?
- Ochirit ko’p ekan, - dedim yolg’on gapirib.
- Xo’p, keyin nima bo’ldi?
- Keyin… kiyinaman deb bundoq qarasam, telpagim yo’q!
- Xarasho, - dedi starshina bir qadar yengil tortib. – Telpagingiz qanaqa edi?
- Shu … telpakdaka telpak…
- Oti nima o’sha telpakning: kubankami, ushankami?
- Anavinga o’xshagan, - deb Botir tizzasiga qo’ndirib o’tirgan telpakka imo qildim.
Starshina yana uzoq qog’oz qitirlatdi.
- Qachon sotib olgan edingiz?
Yelka qisdim. Xudo haqi, telpakni qachon olganim paqqos esimda yo’q ekan.
- Uch yilcha bo’ldi, - dedim dudmal qilib.
- Bizga kankretniy gap kerak,- dedi starshina norozi ohangda. – Aniq ayting!
- Uch yil bo’ldi!- dedim tavakkal qilib.
- Qaysi paytda?
- Tushunmadim, - dedim ko’zimni pirpiratib.
- Nimani tushunmaysiz? –starshina yuzimga sinchkovlik bilan tikildi. – Yozda olganmisiz, qishdami?
- Qish edi!
- Soat necha edi?
- Peshinga yaqin.
- Aniqrog’i?
- O’n ikki yarim! – dedim ikkilanmay.
- Havo qanaqa edi?
- Nima?
- O’sha paytda, ya’ni, bundan uch yil avval – yigirmanchi yanvar kuni soat o’n ikkidan o’ttiz minut o’tganda, telpak sotib olayotganingizda ob-havo qanaqa edi?
- Esimda yo’q, - dedim tan olib.
- Nega esingizda yo’q? – dedi starshina ko’zimga boyagidan ham sinchkovroq tikilib.
- E, bo’ldi! – dedim yodimga tushib. – Gupillatib qor yog’ib turgandi.
- Yaxshi! Tekshirib ko’ramiz. – u bir zum sukut saqladi. – Necha so’mga olgan edingiz?
- Telpaknimi?
- Paltoni so’rayotganim yo’q-ku! – dedi starshina ensasi qotib.
Qarang, bunisi ham xayolimdan ko’tarilgan edi.
- Qirq so’m! – dedim og’zimga kelganini aytib.
- Qayerdan?
- Bozordan.
Starshina uf tortdi.
- Magazine to’la telpak, bular bozorga yuguradi. Qaysi bozordan?
- Eski shahardan.
- Kimdan olgansiz?
- Bittasidan.
- Aniq gapiring! Kim ekan o’sha telpakfurush?
- Qayoqdan bilay?
- Odamlarga hayronsan. Mol oladi-yu, kimdan olganini bilmaydi.
Telpak sotgan odam erkakmidi, xotinmi?
- Erkak edi, - dedim jonlanib.
- Alohida belgisi bormidi?
- Nimaning?
- Nimaning emas, kimning! – dedi starshina xunobi oshib.- Telpakfurushni so’rayapman!
- Bor edi! Boshiga bir emas, uchta telpakni ustma-ust qo’ndirib olgan edi.
- Telpakni o’sha odamdan olganingizga guvohingiz bormi?
- Yo’q, - dedim rostini aytib.
- Shunaqa-da! Starshina nadomat bilan bosh chayqadi. – Hozir ko’rsangiz taniysizmi?
- Telpaknimi?
- Telpakfurushni! – dedi u toqati toq bo’lib. – Keyin bir qadar jahldan tushdi shekilli, osoyishtaroq so’radi. – Astari qanaqa edi?
- Nima?
- Telpakning astari qanaqa edi? Ko’kmi, qorami, qizilmi?
O’lay agar, telpakni shuncha kiyib astariga qaramagan ekanman.
- Esimda yo’q,-dedim bo’shashib.
Starshina xo’rsindi.
- Odamlarga hayronsan. Kiyim kiyishni biladiyu rangiga qaramaydi. Alohida belgilari bormidi?
- Telpakfurushningmi?
- Telpakning!
Najot kutib Botirga qaradim.
- Bor edi!- dedi “Tarasha” o’tirgan joyida bir qimirlab. – Chap quloqchini qiyshiqroq edi. Kuyadori hidi kelib turardi.
- Malchite pajalista, grajdanin! – starshina jo’vadek barmog’ini ko’tarib, po’pisa qildi. – Guvoh sifatida so’raganimda javob berasiz. – A, vapshe, - dedi hafsalasi pir bo’lib, - bitta guvoh inobatga o’tmaydi. Kamida ikkita kerak. – Keyin menga yuzlandi. – Mo’ynasi qanaqa edi?
Esankirab qolganimdan savolini yaxshi tushunmadim.
- Nega angrayasiz, pastradavshiy? – U qoshini chimirdi. – Qanaqa mo’yna edi? Norkami, qorako’lmi, andatrami?
- Quyon edi!
- Alohida belgisi bormidi?
- Telpakningmi?
- Quyonning! Quyonning rangi qanaqa edi?
- Kulrang edi!
- Erkakmidi?
- Telpakfurushmi?
- Quyon!- dedi starshina rostmana bo’g’ilib. – Quyon erkakmidi, urg’ochimi?
Boyadan beri chidab o’tirgan “Tarasha”ning tajangligi tutib ketdi shekilli, shartta o’rnidan turdi.
- Xunasa! – dedi qo’lini paxsa qilib. – Xunasa quyon edi! Bir oyog’i cho’loq edi! Bir ko’zi g’ilay edi!
- Grajdanin! – starshina chaqqonlik chaqqonlik bilan o’rnidan turib ustimizga bostirib kela boshladi. Ammo xona o’rtasida taqqa to’xtab qoldi. Barkashdek yuzining markazida ko’rinib- ko’rinmay turgan tugmachadek burni qimirlab ketgandedk bo’ldi. Havoni bir-ikki hidladi-da, g’olibona iljaydi. – Yigirma olti! – dedi tantana bilan. – Yigirma oltinchi portveyn! – gurs-gurs yurib borib stol ustidagi telefon go’shagini yulqib ko’tardi. – Alyo, hushyorxonami? Operupolnomochenniy Eshboyev gapiryapti…
- Qo-o-och! – “Tarasha” shunaqangi chinqirdiki, xona jaranglab ketdi. – Qochib qol! – dedi-yu o’zini eshikka urdi. Oyog’im ostida yotgan papkamga chang solib, men ham ketidan tashlandim.
… Atrofi garbil taxta bilan o’ralgan, zilziladan keyin qayta qurilayotgan allaqanday bino tagiga yetganda nafasimizni rostlab oldik.
- Xafa bo’lma , o’rtoq, - dedi Botir g’arch-g’urch qor kechib borarkan. – Boshing sovqotgan bo’lsa, mening telpagimni kiyib ketaqol…
- E, yo’qol! –dedim alam bilan…
Uyga kelishim bilan keliningiz chiroyli tabassum hadya etdi:
- Telpaginsiz qani?
- Iye, tushib qopti! – dedim boshyalangligim endi esimga kelgandek sochimni changallab.
Keliningiz boyagidan ham chiroyliroq jilmaydi.
- Boshingiz tushib qolmadimi ishqilib?
… Ertasiga “Ponchik” odatdagidek ishga kechikdi. Botir bilan kechagi hangomani eslashib o’tirsak, kotiba qiz Gulichka eshikdan mo’raladi.
- Siz! – dedi menga qo’lini bigiz qilib. – Direktorga! Srochna!
Yuragim taka-puka bo’lib kirsam, director tajang bo’lib turgan ekan.
- Kecha nima hunar ko’rsatdingiz? – dedi chimirilib.
Endi og’iz ochmoqchi edim, jerkib berdi:
- O’n besh sutka o’tirishni xohlamasangiz manavi jarimani to’lab keeling. Ellik so’m! – shunday deb allaqanday qog’ozni yuzimga uloqtirdi. – Ichadigan- bular – balogardon – men!
Xonaga qaytib kirsam, “Ponchik” endi kelib turgan ekan.
- Nima bo’ldi? – dedi Botir ikkovi baravariga.
- O’l bo’ldi, dard bo’ldi! – dedim baqirib. – Sen, yaramas “Ponchik” kafega sudramasang, telpagim yo’qolmasdi… Telpagim yo’qolmasa…
- Telpak? – Boburning lunji shishib ketgandedk bo’ldi. – Papkangni ochib ko’r-chi?
Hech baloga tushunmay, kattakon papkamni ochdim. Qay ko’z bilan ko’rayki, qadrdon telpagim bir quloqchini qiyshayib iljayi-i-ib yotibdi! Alam bilan “Ponchikning yoqasiga yopishdim. Lo’ppi yuzi tandirdan yangi chiqqan nondek qizarib ketdi.
- Qo’yvor! – dedi hansirab. – Kecha begonalar ilib ketmasin deb papkangga solib qo’ygandim. Yaxshilikka yomonlikmi, “Churuk papka!”
Ana xolos! Bahonada mening laqabimni ham bilib oldingiz.