View Full Version : Navoyi sheirlaridan borcha
Uyghuri
04-18-2003, 12:34 PM
bir ko'rip hasratta qoldim ul pari ruhsorini,
ikki ko'rsam dep tilayman ko'zlari humorini.
uch ko'rishkanda solirlar oy yuziga xolini,
to'rt kurishkanda solirlar xanjiri tayyorini.
besh ko'riship oldada jon bersam shahdu ishqiman,
olta ko'rsam dep tilayman qomati didorini.
yatta iqlimda armisi sen kabi nozuk badan,
sakkiz o'rkulsa boshdan ki topar g'amxorini.
to'qqiz o'rkulsa boshdan tarki janon tanda,
o'n qo'l bilan sunsa sharop tanda holi qolmadi,
o'n bir oy boldi Navoyi yordan oyrilgali,
o'n ikki oy yilga o'ralip ki topar g'amhorini
Akademik
04-21-2003, 06:51 PM
tasanno mavlono Uyghuri sherlarni yhshi topibsiz yana yahshilaridan yozarsiz a?
Vasliddin
04-23-2003, 08:59 AM
Ko’rgali husnungni zoru…
Ko’rgali husnungni zoru mubtalo bo’ldim sanga,
Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldum sanga.
Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko’ngil,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo’ldum sanga.
Men qachon dedim: vafo qilg’il manga – zulm aylading,
Sen qachon deding: fido bo’lg’il manga – bo’ldum sanga.
Ey ko’ngil, tarki nasihat ayladim avvora bo’l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo’ldum sanga.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo’ldum sanga.
G’ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo’ldum sanga.
Qurbonoy
04-23-2003, 12:44 PM
Vasliddin rahamt sog buling. Iltimosim shuki yanada davom kilsangiz Hazrati Navoiydan, Furkatdan, Mavlona Mukimiydan, Mahsrabdan, Hazrati Bobur Mirzodan gazal va ruboiylar satga kuysangiz garib kunglimizni shod kilgan bulur edingiz.
Vasliddin
04-24-2003, 01:03 AM
Mana yana Navoiy gulshanidan ba'zi satrlarni e'tiborlaringizga havola qilayapman..
Jong’a chun derman…
Jong’a chun dermen: “Ne erdi o’lmakim kayfiyati?”
Derki: “Bois bo’ldi jism ichra marazning shiddati”.
Jismdin so’rsamki: “Bu za’fingg’a ne erdi sabab?”
Der: “Anga bo’ldi sabab o’tluq bag’irning hirqati”.
Chun bag’irdin so’rdum, aytur: “Andin o’t tushti manga
Kim, ko’ngulga shu’la soldi ishq barqi ofati”.
Ko’ngluma qilsam g’azab, ayturki: “Ko’zdindur gunah,
Ko’rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati”.
Ko’zga chun dermenki: “Ey, tardomani yuzi qaro,
Sendin o’lmish telba ko’nglumning baloyu vahshati”.
Yig’lab aytur ko’zki: “Yo’q erdi manga ham ixtiyor
Ki, ko’rundi nogahon ul sho’xi mahvash tal’ati”.
Ey Navoiy, barcha o’z uzrin dedi, o’lguncha kuy
Kim, sanga ishq o’ti-o’q ermish azalning qismati.
Xil’atin to aylamish…
Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorig’, yashil,
Shu’layi ohim chiqar har yon qizil, sorig’, yashil.
Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin
Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sorig’, yashil.
Shishadek ko’nglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sorig’, yashil.
Orazu xoling bila xatting xayolidin erur
Ko’zlarimning ollida davron qizil, sorig’, yashil.
La’lgun may tutqil oltun jom birla sabzada
Kim, bulardin yaxshi yo’q imkon qizil, sorig’, yashil.
Faqr aro berangliq dushvor erur behad, valek
Xirqada tikmak erur oson qizil, sorig’, yashil.
Ey Navoiy, oltinu shingarfu zangor istama,
Bo’ldi naming rangidin devon qizil, sorig’, yashil.
Qurbonoy
04-24-2003, 02:40 PM
Rahmat sog, oman buling, soginchdan ming pora bulmish dilimga ulug shoir Navoiyning bebaho satrlarini ukib kuvvat oldim! Ollohga omanat buling Vasliddin.
Vasliddin
04-25-2003, 12:16 AM
Yaxshi tilaklaringuz uchun tashakkur Qurbonoy...
Endi iltimoslarga binoat Mavlono Muqimiyning ma'lum va mashhur "Sayohatnoma"sidan bir qismini keltiraman...
“Sayohatnoma”lardan
Qo’qondan Shohimardonga.
Faryodkim, garduni dun
Aylar yurak bag’rimni xun,
Ko’rdiki, bir ahli funun –
Charx anga kajraftor ekan.
Qolmay shaharda toqatim,
Qishloq chiqardim odatim,
Xohi yayov, bo’lsun otim,
Goh sayr ham darkor ekan.
“Ultarma”ga qildim yurush,
Yo’ldosh edi bir chitfurush,
Yetdim jadallab vaqti tush,
Bir dam qiziq bozor ekan.
Bir ma’raka ko’rdim butun,
Ja’mi yopingan boshga to’n,
Boqsamki, besh yuzcha xotun,
Voiz so’zin tinglor ekan.
Mingboshilik kimning ishi,
Desam, dedi bedonishi,
Bir “Qo’shtegirmon”lik kishi,
Xo’ja Iso badkor ekan.
Mag’rur, xasisu beshu kam,
Har gapda yuz ichgay qasam,
Takjoy olur moxovdan ham,
Hoji o’zi murdor ekan.
“Do’rmoncha”ga ketdim o’tub,
Yoqamni har soat tutub,
Yotdim ul oqshom g’am yutub,
Dashti qaroqchizor ekan.
Unda bo’lus G’ozi dedi,
Ham mufti, ham qozi dedi,
Yurt barcha norozi, dedi,
Qilg’on ishi ozor ekan.
Boz izdihomi voizi,
Badkayf, ochilmas ko’zi.
Yuqori boshidin tizi,
Ermaklari ko’knor ekan.
So’rsam, dedilar: “Bo’rbaliq”,
Birmuncha echkilar ariq,
Kelsa kishi yeyar tariq,
Shomu sahar tayyor ekan.
“Oq yer”din o’tdim, boylari –
Oliy imorat joylari,
Mehmonsiz o’tkay oylari,
Kelsa birov nochor ekan.
Ammo nazarda “Roshidon”,
Firdavs bog’idin nishon,
O’ynab oqar obi ravon,
Sahni gulu gulzor ekan.
Ma’yus bordim “Zohidon”,
Bir ko’cha ketguncha do’kon,
Sho’x odami, ichmay piyon,
Mast, otasi bezor ekan.
Suvlar sepilgan so’rilar,
Bo’rlangan o’choq-mo’rilar,
Tab’ing mabodo choy tilar,
Damlashlari ishqor ekan.
“Oltiariq” qursin o’shal,
Sellarda qoldim bir mahal,
Bo’ldim ivib, yomg’urda shal,
To’n shilta, ho’l ezor ekan.
Mingboshisi so’finamo,
Tasbehu bo’ynida rido,
Cho’qub qochar zog’I alo
Bir dog’uli ayyor ekan.
Xayru soho vajhiga kar,
Bir pulni yuz yerdin tugar,
Kelsa gadoy nogah agar,
Bir non chiqish dushvor ekan.
Ko’rdim chuqur “Chimyon” erur,
Yer ostida zindon erur.
Dushmanlari mehmon erur,
Bog’i uning tutzor ekan.
Vodil maqomi dilfizo
Ko’chalaridur dilkusho,
Anhorida obi safo,
Sebarga obishor ekan.
Qurbonoy
04-25-2003, 03:48 PM
Vasliddin ukib kunglim shod buldi, dilimdagi ayrilik alami bir oz bulsada nari chekildi. Siz uzingiz sezmagan holda meni jisaman bulmasa ham ruhan ul azim, tufrogida oltin gullagan, boglarida bulbullar sayragan azim vatan Uzbekistonga olib bordingiz sog- oman buling. Hech vakt sizni kalbingizni ayrilik uti yokmasin. Ollohga omanat buling. Hurmat ehtirom ila.
Royal
04-25-2003, 09:25 PM
HAr kishikim, tuzluq erur peshasi,
Kajrav esa charh ne andishasi.
Ouqki, tuz ouldi tayorani aning,
Boulsa egri, ne ziyoni aning.
Hayratul Abrordan.
Alisher Navoi.
Tushunchasi: Kimki togri bolsa , falakni egri yurishidan nima parvosi bor,
Ouqning uchishi togri ekan, erning egriligidasn unga nima ziyon.
Vasliddin
04-25-2003, 10:33 PM
Tilak va istaklaringiz uchun tashakkur, sizlarning e'tiborlaringizga havola qilinayotgan adabiyotga oid materiallar bir parcha xalos... ularni to'liq holda o'qimoqchi bo'lganlar "O'zbek adabiyoti" internet saytidan o'qishlari mumkin bo'ladi... sayt adresini bu yerda berolmayman... Sababi men forumdan qanday shartlar ostida foydalanish mumkinligini bilmayman. Men bilan bog'lanmoqchi bo'lganlar vas_nur@yahoo.com e-mailiga maktub yo'llashlari mumkin.
Boborahim Mashrabdan...
SIG’MAMDUR
Ajab majnun erurman, dasht ila sahrog’a sig’mamdur,
Dilim daryoyi nurdur, mavj urub dunyog’a sig’mamdur.
Shariat ham, tariqat ham, haqiqat mendadur mavjud,
Chu sultoni azaldurmanki, arshi a’log’a sig’mamdur.
Xaliloso bu yo’lda otashi Namrud – me’rojim,
Hamon durri haqiqatmanki, har dunyoga sig’mamdur.
Rizo mulkidaman, halqumni tuttum tig’I Akbarga,
Bu yo’lda siynai poki Zabunullog’a sig’mamdur.
Agarchande ziyorat qilmadim men Ka’bayi zohir,
Tariqat hojisidurmanki, Baytulloga sig’mamdur.
Gahi bo’ldum faqiru, gohi shohu, gah gadodurman,
Ajab devonaman, fardoki mahshargohg’a sig’mamdur.
Maqomi hayrat ichra gohi xudman, gohi bexudman,
Junun bozorida mastmanki, istig’nog’a sig’mamdur.
Gah o’rus, gohi cherkas, gohi mo’min, gohi tarsoman,
Ne kavnayni miyoni lou illollog’a sig’mamdur.
Mudom miskin erurman chun g’uloming – Mashrabingdurman,
Meni bechora bu dunyo bilan uqbog’a sig’mamdur.
O’TTUM
Ishq vodisidin bir kecha men “hay-ha”lab o’ttum,
Monandi nayiston gulig’a o’t qalab o’ttum.
Ofoqni bir lahzada kezdim, na ajabdur,
Mino tog’idin akkasifat hakkalab o’ttum.
Ottim fashi-dostorini devonalig’ aylab,
Parvonasifat jonimi o’tqa qalab o’ttum.
Bildimki, vafosi yo’q ekan ushbu jahonni,
Mardona bo’lub, balki, etak siltalab o’ttum.
Dunyo yasanib, jilva qilib oldima keldi,
“Borg’il nari!” deb (ketig’a) bir shattalab o’ttum.
Bildimki oni, dushmani makkorayi ayyor,
“Lo” tirnog’I birla yuzini tirmalab o’ttum.
Mardoni xudo dediki: “Dunyo mayi achchig’”,
Achchig’ligini bilmak uchun bir yalab o’ttum.
Nafs kofiri birla tunu kun qildim urushni,
Tanho qilichi birla urub, qiymalab o’ttum.
Xomush pichog’in har dam oning bo’g’ziga qo’ydum,
Cho’g’ nayzasi birla ko’zini nayzalabb o’ttum.
Devonayi Mashrab, bu so’zung dardga davodur,
Oshiq elining ko’nglig’a bir o’t qalab o’ttum.
O’RTAR
Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar,
Bu ishq sirrin bayot etsam, taqi ul xonumon o’rtar.
Kishiga ishq o’tidin zarraye yetsa, bo’lur giryon,
Bo’lub besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar.
Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.
Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
“Nigoro!” deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar.
Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar.
Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq,
Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar.
Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar.
Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan,
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar.
Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig’a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar.
CHIDAYOLMAS
Ishq mazhabiga taqviyu toat chidayolmas,
Tasbehu sano, zuhdu ibodat chidayolmas.
Kim ko’rsa o’shal dilbari ra’noni bayakbor,
Betoqat o’lub, ayshi farog’at chidayolmas.
Faryodu fig’onlar qiladurman kecha-kunduz,
Hayratda qolib, qad ila qomat chidayolmas.
Adhamsifat ul kirsa kishi faqr yo’liga,
Osoyish ila xayri saxovat chidayolmas.
Arbobi muhabbatga yetib bo’yi sanamdin,
Aqli ketibon sabru qanoat chidayolmas.
Ey zohid, agar ko’rsang o’shal mohliqoni,
Zuhdu vara’u kashfi karomat chidayolmas.
Devona qilar ishqi sanam vasli chu Majnun,
Nomusu hayo, aybu qabohat chidayolmas.
Kim jomi muhabbat mayidin jur’aye ichsa,
Shohona hasham, izzatu hurmat chidayolmas.
Bu ishq elining har dam etar valvalasig’a,
Beshubha, biling, dasti irodat chidayolmas.
Mashrab, kelibon ko’ngul ila raqsi samo’ qil,
Ishq mazhabida obi tahorat chidayolmas.
MEN NOLA QILAY SHOMU SAHAR…
Men nola qilay shomu sahar dod, eshigingda,
Jonimni beray, sho’xi parizod, eshigingda.
Ul lolavu rayhonu suman, toqa qizil gul,
Ham sarv bukuldi, qadi shamshod eshigingda.
Xo’boni jahon bo’lsa taqi Yusufi Kan’on,
Sultonu amir bandayo, ozod eshigingda.
Zulfing seni bu jonima yuz domi balodur,
Jonim qushi sayd o’ldi chu sayyod eshigingda.
Olam borisi lazzati husnungni topibdur,
Giryonu fig’on, nolavu faryod eshigingda.
Savdoyi muhabbatga tushubman seni izlab,
O’lturdi g’aming, ko’zlari jallod, eshigingda.
Ashkim to’kubon hajru g’amingda kecha-kunduz,
Vayrona vatan – manzul obod eshigingda.
Ul husnu jamoling o’ti Mashrabg’a tushubdur,
Parvonasifat quydi, parizod, eshigingda.
NE SABABDIN KELMADING BIR QOSHIMA
Tushti savdoyi muhabbat boshima,
Or etar mardum kelurg’a qoshima.
Vah, muhabbat ko’yida qon yig’ladim,
Yeti iqlim g’arq bo’ldi yoshima.
Sajda aylar zohid ul mehrobig’a,
Men qilurman sajda egma qoshima.
Qil hazar, albatta, jonon, qahrdin,
Uzru zorim senga – bag’ri toshima.
Muhtasib to’kturdi soqiy bodasin,
Yetmadi aqli aning sirdoshima.
Kunda yuz ming jabr qilsang, o’rgulay,
Qo’y qarab g’am toshina bardoshima.
Mashrabi devonaman hayron qilib,
Ne sababdin kelmading bir qoshima.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.