PDA

View Full Version : Tahlika Ovchisi Yoki O'ljasi?


Hadji
04-25-2003, 10:12 PM
Musofirchilikda yurib musulmon bulish urniga, oyog'i toygan bir student hasrati deyishimiz mumkin, qisqacha qilib...

TAHLIKA OVCHISI YOKI O’LJASI?


Uyga ketish vaqti keldimi deb o’ylab qolaman ba’zida, hayotimning eng samarali o’tishi kerak bulgan davri afsuski bekorga o’tayapti.Yo rabb bu ne ko’rgulik bo’ldi..
O’zing yo’l ko’rsat, man osiy bandang bu g’arib dunyoning o’tkinchi orzu havaslariga ko’ngil bog’lab, shaytonning tuzog’iga ilindim.Achinarlisi shundaki bilib turib ilindim. O’z hohishim bilan boshimni o’sha dorga quydim,bilib turib isyon kuchasiga oyoq bosdim.O’z istagim bilan fosiq dunyo qo’lidan fitna qadahini olib gunoh sharobidan sipqordim. Balki manim fitratimda shunday bir isyonkorlik bordur.Qilmagin deyilgan ishlar hamma vaqt diqqatimni tortgan. Nima uchun mumkin emas,agar o’sha ishni qilsam nima bo’ladi degan savolni hayolimdan hech qachon chiqarolmaganman.Bo’lmasa Gordon necha marta chaqirib ogohlantirdi, san bilmayapsan shekilli bu ishlarni oqibati nima bilan tugashini deb. Ko’p ogohlantirdi.Aslida bilar edim oqibatini,lekin tushinmas edim. Qanaqa buladi?O’sha oqibatning, ya’ni salbiy oqibatning ma’zasidan ta’tib kurgim keldi. Yoshimni tanibmanki hamma vaqt ishim olg’a yurdi,doim oshig’im olchi edi,zafar hamma vaqt manim,mag’lubiyat boshqalarniki edi.Bu safar birdan savol tug’ildi.Mag’lubiyatni ma’zasi qanaqa bular ekan? Javob esa albatta bilmayman..chunki hech qachon yutqazmadim.Nima qilish kerak, ta’biiyki ataylab bu safar jang maydonidan mag’lubiyat hirqasini kiygan holda chiqaman.Bo’ldi qaror berdim,huddi aytganimdek bo’ladi va shu yul bilan man mag’lubiyat va muzzafariyat o’rtasidagi azaliy jangda maglubiyatdan qochib muzaffariyat tomon intilgan, iltijo qilgan ojiz inson emas, balki ikkisini ham o’z hohishiga buysundurgan,istagan vaqti istagan tarafiga o’tabiladigan qudratli lekin juda kam insonlar safidan yer olaman.Qanchalik ajoyib fikr?! Faqat daholargina bunday qarorga kelishga jur’at etabiladilar.Sen shu qaroring bilan o’sha daholar davrasidan o’zingga joy tayyorlagan bo’lding.Sevinchdan shunchalik jo’shib ketgan edimki,miyyamdagi hukmronlik tahtidan mantiqni olib o’rniga his- tuyg’ularimni o’tqizgan edim.Man o’sha payt ta’rifga so’z ojiz juda katta hayajon ichida edim.Olgan qarorimni na’qadar buyuk va a’lo bo’lganidan,fahrlanib, o’zimdan o’zim g’ururlanib yurgan paytlarim. Bu paytda sanga ishongan ota-ona,o’ila azolar, bunlar hech qaysi ko’zga ko’rinmas ekan. Mani juda hayajonlanishimga bo’lgan yana bir sabab albatta tikkan pulimning miqdori edi. Man bu dunyo deb nomlangan qimorhonada tahlika(risk)bilan o’ynashishga, bir marta bo’lsa ham,hatarning ko’ziga tik qarash imkoniga ega bo’lish uchun bor-yug’ini,hayotini tikkan mantiqsiz bir qimorboz edim holos. Yutsam, dunyo mani changalimda bo’ladi,yutqizsam nafaqat ohirgi 15 yil maktab va universitetlarda o’tgan umrim balki oldimda turgan 50 yillik hayotim ham ketadi.Bundan ham hayajonliroq,bundan ham hatarliroq ish bormi bu dunyoda?! O’yin boshlandi, orqaga qaytish yuq..Afsuski ertaklardagi kabi murod maqsadiga yitgan shahzoda bo’lolmadim. Aksincha, taqdir deb nomlanmish toshbag’ir raqibim quliga bor butimni birinchi o’yindayoq topshirdim.Jang bir hamlada hal bo’ldi. Taqdir birinchi hamladayoq yengdi.Man esa birinchi hamladayoq hech qarshiliksiz, o’z hohishim bilan taslim bo’ldim. O’sha paytdagi mani holimni ko’rsangiz edi,bilar edimu lekin tushinmas edim. Ammo o’sha dam, ya’ni mag’lubiyat va taslim nishonasi bo’lmish oq bayroqni kutarganimdan keyingi ilk soniyadayoq hammasini tushindim. Koshki tushunmasaydim,haligacha istamayman tushinishni,lekin endi juda kech, chunki hammasini tushinib yitdim….

London, Palmers Green
06.04.2003

adiba
04-27-2003, 01:12 AM
Hadji, manga PM yozib qo'ying, iltimos. Siz bilan bog'lanmoqchi edim.

Al-Bagdodiy
04-27-2003, 10:25 AM
Hadji man ham Londonda man bal'ki yordamim tegib qolar?agar boglanishni ilogi bulsa PMga yozing hatinggizni kutib qolaman.

GoodWillHunter
04-27-2003, 06:05 PM
Hadji ! Ilitmos uzmatematik@yahoo.com ga bog'laning.
Uzizni olib qochmasangiz ham bo'ladi. Balkim yordamimiz tegib qolar.

PS. Meni albatta taniysiz ! (Bulk road)

Hadji
04-27-2003, 06:10 PM
salom Adiba, man bilan bog'lanmoqchi ekansiz, marhamat mana mani email adresim student160@hotmail.com.

Royal
04-27-2003, 09:27 PM
Jang bir hamlada hal bo’ldi. Taqdir birinchi hamladayoq yengdi.Man esa birinchi hamladayoq hech qarshiliksiz, o’z hohishim bilan taslim bo’ldim.

Bu TAHLIKAGA sabab nima:

1. Qimorga yutqazilgan pulmi ?
2. Tegmay qolgan mansabmi ?
3. Ketib qolgan sevgili qizmi ?

Agarda shu kichik bir kechirgan umringizda birinchi bor maqlubiytga uchrashda shuncha yiglash bolsa unda , bundan keyingi hayotda nima qilasiz. Chunki bu hayotda eng yamon korgan dushmaningiz oldida :D tirjayib turishingiz kerak bolishi mumkin, kerak bolganda togri ishni orniga teskari ish qilish kerak boladi, bu hayotda hamma narsa boladi, ba'zilarni yahshi korgan qizi, yoki hotini ketib qolishi bor. Ha, unda hamma ozini ozi shunday qiynashi kerak boladimi. E yoq buni hayot deydila. e bora deb , tashqariga chiqib osmonga qarab, chuqur nafas olib yana hayot daftarini keyingi sahifasini ochib yangidan boshlaysiz. Hayot uchun kurash bu, shunisi bilan qiziq. Hudoga shukur qilish kerak shu imtihondan ham omon-eson otish uchun. Halqimizda bir ma'noli gap bor:

"OYINDA YUTISHNI bilgan YIGIT , kerak bolganda YUTQIZISHNI HAM bilishi kerak

Hadji
04-27-2003, 10:10 PM
Barakalla Royal, bildirgan fikrlariz uchun rahmat. Man tug'risi bu yuqoridagi maqolani 100 foiz hayotdan olindi deb hech qaerda yozmadim. Tabiyki, orasida haqiqat bor lekin shu bilan birgalikda adabiy buyoqlar ham ishlatilgan. Ikkalasini omuhtasi natijasida mana shunday maqola yozildi. Aslida man uquvchilarning diqqatini mani ohu-zorlarimga emas balki fikrlarimga tortmoqchi edim. Man insonni inson sifatida hur kurmoq istadim. Hattoki taqdir,peshona ekan degan gaplar qanchalik notug'ri, uydurma gap ekanligini isbotlashga harakat qildim. Har kimning hayoti,taqdiri uz qulidadur. Siz aytgandek hohlagan payti yutib hohlagan payti yutqizadiganlar aslida mani qahramonim idealidagi shaxslardir. Siz yuqorida aytgandek yutqizgan payti tashqari chiqib chuqur nafas olib yana hayotga shung'ib ketadigonlar aslida Yutqizishmadi balki ularni Yutishdi. Agar siz uz hohishiz bilan yutqizsez unda Yutqizdim deyishiz mumkin. Aks holda sizni Yutgan bulishadi.
Yana bitta gap man na qiz,na mansab yutqizdim..:))))) Bor yug'i 10 funt yutqizdim Arsenal-Bolton uyinida..:)))))))))))

realist1
04-27-2003, 11:45 PM
SAlOM Hadji,
Man sizni oqiganimda togri tushungan ekanman. Albatta bu birovdan yordam sorash ham, yiglash ham emas, bir hozirgi zamondoshimizning ruhiyatiga yaqinroqdan boqish deb hisoblasak boladi. Siz bunda ancha tabiy buyoqlarni topa olgansiz. Bunaqa hikoyalar rus adabiyotida kop uchraydi. Masalan "rus ruletkasi" asosida juda jiddiy narsalar yozilgan. Dostoyevskiyni oqigan bolsangiz kerak. Bunaqa narsalardan yana yozib turing, sizda yohshi chiqishiga ishonaman. Mening eng yaqin orzuyim, bizdan shunday jasoratli bir yozuvchi chiqsaki, ozbek millatining ozligini samimiy ravishda, qoshib chatmasdan ochib bera olsa.
Ammo bu yerdagi oquvchilarning boshqacha tushunganlariga ham hayron qoldim, ham okindim.
Yaqinda men ham "Sukunat Saltanati" degan bir sher yozgandim, unda bom bosh dunyoda, sukunat ichida qolib ketgan odamning kechinmalarini berishga harakat qilgandim. Sherni bu hikoyaga ohshab shunqangi yalangoch tushunishdiki, ochirib tashladim.
Sizga salomlar. Omadlar. :)

joe parker
04-28-2003, 12:57 AM
ee o'ldirdingku vahima!..
10 funt yutqazibsanu bor yo'g'i.. badiiy to'qima deb qo'ysang bo'maydimi boshidan. biz bu yerda nima bo'ldi ekan deb o'ylab yuribmiz.. "zafar" bilan mansur'ga salom deb qo'y, ko'rinmay qoldi msn'da ohirgi paytlarda. germaniyadan salom.

Hadji
04-28-2003, 09:45 AM
To Realist1-Rahmat fikrlariz uchun,tug'risi man aytmoqchi bulgan gaplarni tushinibsiz. Maqolani orqasidagi butun g'oya insonni hurlikka,mustaqillikka chaqirishdir. Juda tug'ri topdiz,man haqiqatan ham Dostoevskiy, Stendal va Nietsche,Makiavelli,Thusydides kabilarning asarlarining ta'siri ostida quliga qalam olgan bittasiman. Qisqa qilib aytsak adabiyot, falsafa va siyosatda Realism oqimiga mansub shaxslarga taqlid qilgan holda yozdim. Va yozganlarimnin ham 85 foizi rostdur. Uzoqqa borishni nima keragi bor,qisqacha qilib aytganda KISHAN KIYMA,BUYUN EGMA, KI SEN HAM HUR TUG'ULGANSEN

Hadji
04-28-2003, 10:10 AM
Joe Parker-Vahima qilmay buladimi ahir uziz uylang butun boshli Arsenal nechya uynasada man vahima qilmeman? Ha aytgancha "Zafar"ga Germondan salom bor desam Germon nima deydi. Sekin tushintirvotuvdim, Germon degan sakkiz kozli,olti yoqli maluq chiqibdi deb, birdaniga Samovarimiz portlab ketsa buladimi..:)

Royal
04-28-2003, 10:51 AM
Yana bitta gap man na qiz,na mansab yutqizdim..:))))) Bor yug'i 10 funt yutqizdim Arsenal-Bolton uyinida..:)))))))))))

Agardaki shu 10 funtni yoqgatilgani uchun shuncha gap qaynab yozilgan bolsa , bola sanga hudoyim ozi sabr bersin. Agarda 100 funt bolsa unda bu forum OVERLOAD bolar ekanda.

Lekin chiroyli chiqibdi, ishonarli darajada , chunki har-hil ish bolishi mumkin .

Arzu
04-28-2003, 03:09 PM
Sukunat Saltanati" degan bir sher yozgandim, unda bom bosh dunyoda, sukunat ichida qolib ketgan odamning kechinmalarini berishga harakat qilgandim. Sherni bu hikoyaga ohshab shunqangi yalangoch tushunishdiki, ochirib tashladim.


Hurmatli Realist usha sherga men baholi kudrat uz fikrimni yozgandim, ming afsus sizni agar bu kadar sheriyat hakida sayoz fikrlashingizni bilganimda edi, men minbad uz fikrimni yozmasdim. Endi sizda savol tugilishi mumkin "nega yozding fikringni, men majbur kildimmi degan?!" Haklisin lekin sherning ichida yashiringan dard mening nazarimda hozirgi Uzbekistondagi portlashga tayor turgan, hali pishib etilmagan halk isyoning sukunat ichidagi tulgonishiday kuringandi menga.