Hadji
05-02-2003, 12:44 AM
Bugun kechqurun George Bushning USS Lincoln kemasida turib suzlagan nutqidan ta'sirlanib...
Zulmat qorong’usida Angliya osmonida ma’sum va mayus tulin oy ajib bir
tarzda uz shu’larini yoymoqda. Balki bu ulkadagi yagona beminnat hizmat qiladigan narsa ham shu tulin oydir. Chunki quyosh ham bu ulkada juda kamdan kam oroyish beradi. Huddi katta pul va’da qilib chaqirilgan mashxur san’atchilar kabi..kamdan-kam va qisqa vaqtga tashrif buyuradi. Vo ajab butun bir boshli ulka pul ustiga qurilsaya!?Bu yerda hamma narsa qarzga olinadi va albatta hamma narsa qarzga beriladi. Butun bir boshli inson hayoti qarz ustiga quriladi. Qarz bergan sudhur ham barcha orzu havaslarini usha jirkanch foiz ustiga insho etadi. Nimaga qurmasinki? Bordiyu bir ishklal chiqadigan bulsa, yordamga shay Davlat bor. U davlatning esa Ijtimoiy himoya siyosati bor.Uz navbatida bu siyosatni qullagan kuchli Armiya bor. Ooo u qanday qudratli, shonli va shavkatli armiya?! Bu shonli armiya Evropada Gitlerga qarshi turabilgan yagona armiyadir. Bu armiya vaqtida dunyoning uchdan ikki qismi ustidan hukm yuritgan Qirolicha hizmatidagi armiyadir. U armiyaning safida, usha qarzdor va sudhurning oromi, halovati uchun hayotini hoh Afg’onistonda, hoh Iroqda bulsin qurbon etishga shay “jasur” askarlar bordir. Yosh va begunoh Aliga uxshagan yuzlab bolalar Bag’dodda ikki qulidan ham ayrilishi mumkin, Afg’onistonning qaysidir bir Bomiyon degan joyidagi honadonga tuy marosimi uchun tashrif buyurgan yuzlab mehmonlar hammasi bir soniyadayoq Amerika havo kuchlari tomonidan otilgan bomba ostida halok bulishi mumkin, lekin bu yerdagi qarzdor va sudhur halovati hech ham buzilishi mumkin emas. Agar buzilsa nima buladi deb surashingiz mumkin. Bu savolga javob yuq. Chunki demokratik ulkalarda hech kimni halovati buzilmasligi kerak. Qoida shunaqa. Demokratiya, qanchalik tanish suz.. dunyoda hech bir ulka, hech bir siyosatchi bormikin bu suzni qayta qayta takrorlamagan. Albatta demokratiya G’arbda boshlandi va eng yaxshi shakli ham G’arbda deyishadi. Keldik G’arbga chuntakda bobo dehqonning qishin-yozin dalada mehnat qilib yitishtirgan paxtasini puli bilan, urganaylik usha Demokratiyani usha G’arbda deya. Yaxshiyamki uzimiz kelibmiz, yuqsa uzlari borishar ekan,biz dunyoga Demokratiya yoymoqdamiz deya. Biz qandaydur yosh bolalarni ikki qulidan aiyrmoq uchun yoki tuy ma’rosimini janozaga aylantirish uchun emas, balki demokratiya uchun keldik deya. Lekin Demokratiyani qanchalik qimmatbaho matoh ekanligini endi tushinayapman. Bizning paxtamizning puli yitarmikan deya oylab qolaman ba’zida, yoki bunlar bizga arzonga sotishayaptimi. Kim biladi balki omadli bulsak Sale paytiga tug’ri kelgandurmiz. Bunlarni deyishimga sabab, shu vaqtgacha kurgan Demokratiya haridorlarim Kosovo, Afg’oniston va Iroq demokratiyani olish uchun Mustaqilliklarini berishdi. Qadim Yunonistonda Plato degan faylasuf bulgan ekan. Platoga kura biz hayol dunyosida yashamoqdamiz,haqiqiy dunyo esa boshqa joyda. Ya’ni bu dunyoda sizga nima bulsa bulsin parvo qilmang, chunki bunlar haqiqiy emas. Hammasi tush..G’arb biz Platoga ishonamiz dedi. Biz esa G’arbni Platoga ishonishiga ishondik. Tug’riroq qilib aytadigan bulsak G’arbni Demokratiyaga ishonishiga ishondik. Isroilning sobiq Mudofaa va keyinchalik Bosh vaziri Menachim Beginning shunday suzlari bor “Propaganda uzing ishonmagan narsalarga boshqalarni ishontirabilish san’atidur”. Nahotki? Nahotki, janoblar, bular hammasi Propaganda bulsa? Ahir siz Platoga ishonmaysizmi? Demokratiyagachi? Hech bulmasa hudoga ishonarsiz? Hudo ulgan? Kim aytdi hudo ulgan deb? Nietsche hudo ulgan debdi. Nietsche’ni yozgan kitoblari Injildan a’lo kurildi bu ulkalarda. Nietscheni yuritgan mantig’i Injil mantig’idan ustun quyildi. Nietsche Hristiyan dining ulimini bashorat qilgan birinchi shaxs edi. Chunki Alloh bergan Injilni osiy bandalar uz talab va istaklariga kura uzgartirdilar. Kup deb kurgan joylarini olib tashladilar. Oz deb kurgan joylariga uzlaridan qushdilar.Qarabsizki har bir “avliyo”ning uz Injili bor va hammasi maniki haqiqiy Injil deb da’vo qiladi. Boshida hammasi yaxshi edi, lekin vaqt utishi bilan insonlar qullaridagi kitob haqiqiy Injil emas balki safsata kitobi ekanligini tushinib yitdilar. Nietsche usha odamlar orasida birinchilardan edi. Juda ham uxshash jarayon hozirgi kunimizda boshlandi va davom etmoqda. Va shu jaroyonni ilk bulib kurgan inson man bulaman. Demokratiya ulayapti. Ha kuz ungimizda demokratiya ulayapti. Hozirda har bir ulkaning uz demokratiyasi bor. Angliya, Amerika, Frantsia,Isroil, Hindiston, Rossiya demokratiyasi bor. Hattoki 1999 yilda Pokistondagi davlat tuntarishida Navoz Sharif urniga hokimiyatga kelgan general Pervez Musharraf haqida Hitoy hukumati nima dedi bilasizmi? Mana eshiting “Biz bunday harakatlarni qoralaymiz, chunki bunday harakatlar Demokratiya tamoyillariga qarshidur”. Vo ajab, Hitoy ham uzini demokratik davlat deb bilar ekan! Qani endi manga aytingchi qaysi ulkada haqiqiy demokratiya bor, juda ham tug’ri hech birida. Agar biz hammamiz Gollivud filmlarini tomosha qilsak, McDonalds’da ovqat yesak, Diet Coke ichsak va Amerikani sevsak AQSh hukumati bizni demokratik ulka deb tan oladi. Agar faqat ORT,Vodka, Kalashnikov, MiG vertolyotlari va Su samolyotlarini sevsak Rossiya nazarida bizdan demokratroq ulka bulmaydi. Isroil tug’risida gapirmasa ham buladi. Demokratiya ulayapti, tug’rirog’i uldirishayapti. Eng achinarlisi, demokratiyani “demokratiya uchun” degan niqob ostida uldirishayapti va hech kim buni farqiga bormayapti. Demokratiya ulsa keyin nima buladi, aniq bir nima deyolmayman. Lekin mana bu tepamdagi tulin oy ham jonimga tegdi. Hilolni, yarim oyni sog’indim, sakkiz qirrali yulduzni sog’indim. Bitta ham suz olinmagan, qushilmagan va uzgartirilmagan usha kitobimni sog’indim. Adriatika sohillaridan to Buyuk Hitoy devorlarigacha bulgan masofada tarqalib ketgan halqimni sog’indim. Oyni un beshi yorug’ bulsa un beshi qorong’u deyishadi. Balki tulin oy yaqinda kelajak Hilolni nishonasidir.Nima bulganda ham Quyosh Sharqdan chiqadi demak bir kunmas bir kun Sharqda ham tong otadi.