View Full Version : Samoe strannoe svidanie
*Wraith*
05-11-2003, 04:59 PM
itak bilo leto , ptichki tsveti nuu vse chiki ,
kogda ya poznakomilsa s miloy devushoy , ya pozval eyo v tot je den' vstretitsa v baseyne i obognal brasom 90 m , a seychas ya eyo i blisko ne dogonyayu , zvuchit ne romantichno , no ya ochen' volnovalsa pered etoy vstrechi i ana toje .
eto bilo moe pervoe svidanie , a vecherom , vecherom mi vstretilis' snova , utrom ya prosipayus' v svoe obshejitie s ulibkoy do ushey ...
that was good story !
A uvas ... ?
badbashara
05-11-2003, 06:14 PM
what da bullshit story!
boydog aka MUHLIS
05-11-2003, 06:41 PM
BIz pahtada bolgan kezlari, biz turgan yotokhonadan 3-4 km yirokda kizlar yotakhonasi bolardi...Kamina Hudo urgan okishda okigani uchun bizi fakultetni peshanasiga kiz bitmagan edi va biz har ohshom 3-4 km yolni lokillab dalama-dala yurib, song yotogdagi kizlar bilan derazadan gaplashib, yana arkaga 3-4 km ogiz kulagda, lokkillab bosib otardik.
Hozir eslasam rosa kulaman :D
Asadbek
05-12-2003, 06:10 AM
:-D
Shu talabalikda paxtaga chiqish nasib etmadi bizga
hjhjyjhfjfhjfujytuyhghguhj
:-D
Shu talabalikda paxtaga chiqish nasib etmadi bizga
bizlar ham bir borishimiz kere aslida
hamma paxtaga borgan studentlar maqtashadi zor deb
esiz bizni ob bormaydida hech bomaganda 3 kursda bir marta ob borsa yaxshi bolardi :) 8)
Akademik
05-21-2003, 05:44 PM
Eh pahtani havas qilyqpsizlarmi uni ham o'z gashti bor biz ham ikki marta borgan edik ajoyib hotiralar qolgan hozir esga olib ham quvonasan ham o'yga tolasan.
qizlar bilan tanishasiz biz eski bir maktabda yotgan edik bizdan bir necha kilometirda tibbiyot uchilisha studentlari yatishar edi biz ham ularni juda ko'p ziyorat qilar edik eh ajoyib damlar
o'ylasam u damlar boshqacha ekan.
Ismaloq
07-22-2003, 12:53 PM
:-D
Shu talabalikda paxtaga chiqish nasib etmadi bizga
Nimagadir sizga achinib ketayapman,studentlikning eng oltin davri deb faqat menimcha paxtani nazarda tutishsa kerak,Hozir manimcha uqishdan boshqa narsani eslay olmasangiz kerak,mana paxtaga borganlar mazza qilishadi usha davrlarni eslab.
noodles
07-22-2003, 07:54 PM
NGA, heh pahtada pishirb qoyganmi...
Royal
07-22-2003, 09:48 PM
hammasidan ovosh chiqish yahshi yoz kunlari, bunga ancha boldi....
ishhonadan chiqqandaa, bizani yonimizdagi barakga endi konkursdan otgan TashMI ni bolajak studentlari kelishdi, vo bunaqa ishliydiganlani kormaganman endi maktabni bitirib kegan, issiq uydian chiqib, uni ustiga qoy goshtini domlalari sotib ichvorganidan 3chi kuni ot qoshti topib kelishib undan osh pishirib berishgan : ana , tamosha, mana tamosha , bu bechora qizlaru bollarni hammasiga qichima toshib ketdi, bularni korib biza dumalanb qotganmiza, yurgan yolida hammasi qichinib hamma yoqini ishqalab yurishardi.....
Asadbek
07-23-2003, 04:01 AM
:-D
Shu talabalikda paxtaga chiqish nasib etmadi bizga
Nimagadir sizga achinib ketayapman,studentlikning eng oltin davri deb faqat menimcha paxtani nazarda tutishsa kerak,Hozir manimcha uqishdan boshqa narsani eslay olmasangiz kerak,mana paxtaga borganlar mazza qilishadi usha davrlarni eslab.
Yo'q Ismaloq,
Toshkentda o'tgan talabalik davridan so'zlasam, ming bir kecha hech narsa bo'lmay qoladi ;-)
Paxta ham Yoshlikning talabalik degan bo'limidan bir shingil bo'lardi xolos.
omon bo'ling!
Gulam Kadir
07-23-2003, 12:13 PM
Pahta mavsumini juda maroqlik b-n kutardim , ayniqsa grupa doshlarim orasida qizlar bulsa " ha bu damlar uti keti shaboda singari , charchab kelganingizda muzdak shaboda essa o qande bahramand bulas " mano pahtani terishda emas balkim undagi qiziq qiziq voqe'alarda edi ... yuqorida aytib utgan dustlarim singari
Marghiloniy
07-24-2003, 10:35 AM
Shirin hotiralar, nima dedingiz? Bizninng sobiq turk litseyini ham turklar ketgandan ikki yil o'tib pahtaga olib borishdi. Boshda hamma norozi bo'lgandi, keyin hammasi joyiga tushib ketti. Maktab directori atrofdagi o'g'irlangan tovuqlar uchun o'z kistasidan to'lashgacha borgandi pahtaning ohirida. Agar bilsanglar turk litseylariga faqat o'gil bolalar olinardi. Bir marta bolalar bilan atrofdagi mestniylardan uchta eshakni qarz olib 7-8 km yo'l bosib Nishonning tehnikum qizlarini yotoqhonasiga bordik. Undan keyin qaytib bormaydigan bo'ldim. DAMN, THEY SMELLED LIKE my cousin's dog
[B]Meni kechirasizu ESHAK bor ekan qizlarni oldida balo bormidi.(xazil)
Adibahon iltimos Iqbol Mirzoning "Paxtada" degan she'ri bo'lardi shuni matni bo'lsa post qilib yuboring,iltimos.Oldindan tashakkur.
P.S:Dala,mezon,qizlar,tarozi,
Paxsali devorlar ismsiz qirlar,
Yulduzdek titranib uchgan ovozim
Tizzani quchoqlab o'qilgan she'rlar.
U kunlar o'tdilar biroq o'ylasam,
Quyosh imillaydi kunim o'tmaydi,
Eng mashhur xofizning qo'shiqlari ham
O'sha o'lanlarga yetmaydi.
adiba
07-24-2003, 11:31 AM
PAXTA
Kursdoshlarimga
Dala.Mezon. Qizlar.Tarozi,
Paxsali duvollar.Ismsiz qirlar.
Yulduzdek titranib uchgan ovozim.
Tizzani quchoqlab o'qilgan she'rlar.
Olov tegrasida qaynagan o'lan.
Yurakdek qontalash chinor yaprog'i.
"Sevsam o'ldirarlar.Sevmasam, o'lam..."
Va hisobchi qizning nigohi..
U kunlar o'tdilar, biroq o'ylasam,
Quyosh imillaydi, kunim o'tmaydi,
Eng mashhur hofizning qo'shiqlari ham
O'sha o'lanlarga yetmaydi.
Toshkanning toshlari ezar tanimni,
Toshqator yo'llarda rizqimni terdim.
Bugun seni qancha sog'inganimni
Hisobchi qiz, hisoblab bergin!!
Hasratlarim o'gir, qo'ysam sindirar
Har qanday tarozi pallalarini.
Bunda yuragimni axir kim bilar,
Kim ko'rgan Yozyovon dalalarini?!
Olisda ismimni aytib norozi
Yerlarga egilar nonbehi shoxi.
Dala.Mezon.Qizlar.Tarozi
Va hisobchi qizning nigohi..
Iqbol Mirzo
MUHLIS
07-24-2003, 01:18 PM
Adiba,
Katta rahmat sizga!!!
Marghiloniy
07-25-2003, 07:28 AM
Adibahon sizga kottadan-kotta rahmat.Bilaman xar doim qandaydir she'rga xumori bo'lsam darrov sizga murojaat qilaman va xar doim iltimoslarimiz yerda qolmaydi.
Sizga sihat-salomatlik,ijodiy barkamollik tilab.
adiba, qoyilatiz
sizdan bir iltimos , agar bilaseyz talabalik haqida biron bir sher etib berolmismi ?
oldindan kat rahmat .
adiba
07-25-2003, 05:00 PM
Talabalik yillari haqida she'rlar ko'p... Ammo mana bu she'rni juda yaxshi ko'raman.
U KUNLAR
Bir kun kulib qildilar izo
Kursdosh qizlar-husnobod qizlar:
"Bu kunlarni she'r qiling Mirzo!
Qo'shiq qilib aytaylik bizlar!"
U kunlarda.. Huv yiroqlardan
Yashil-zangor nafas kelardi.
Sadalarning butoqlaridan
Inqilobiy bir sas kelardi.
Savr edi.Havo-namzada.
Kulgu istab turmas edik tinch.
Tinmas edi tunlar "Hamza"da
Kelinlarning qo'zg'oloni hech.
Soqollarni qirgancha chala
Kunduz shoshib, andak og'rinib,
Tinglar edik, topib hafsala,
Dozentlarning saboqlarini.
Yotoqxona orti-bozorcha,
Qop-qop mayiz, olmayu yong'oq..
"Vaqti kelar bizga...Hozircha
Piyoz bering xolajon, bir bog' ".
U kunlarda...Kobullik tolib
Qodir bir kun keldi yotoqqa,
Vatanida inqilob bo'lib,
Afg'on eli qalqmish oyoqqa.
U kulardi...Qarardim hayron
Ko'zidagi yiltiroq yoshga:
Quvonch desam, yig'iga o'xshar,
Yig'i desam, o'xshar quvonchga....
So'ng she'r o'qib hayqirdik chunon,
Bedardlarga bo'lsak ham kulgu.
Senda hamma shoir-onajon,
O'zbekiston, she'riyat mulki!!
G'ishtin bino- bag'riga bosgan
Barcha aybu gunohlarimni,
Turib-turib ko'nglim qo'msaydi
Talabalik yotoqlarini.
Mana, adl sadalar.. Javzo...
Yaproqlarda titraydi so'zlar:
"Bu kunlarni she'r qiling, Mirzo,
Qo'shiq qilib aytaylik bizlar".
U kunlarda
Daydiy, guvranib,
qayda eding majnun ovozim?!
O'shal uchqur-uchqur kunlarning
Shiddatida qoldi qasosim!
Men aldadim o'zimni zo'rg'a,
Taskin berdim bu gal ham takror:
Umrida bir inqilob ko'rgan
Har qalbning o'z inqilobi bor!
U kunlardan
Kamyob omadim
Ko'z ostida qoldirdi izlar.
U kunlarni she'r qilolmadim,
Qo'shiq qilib aytmadi qizlar....
Mirzo Kenjabek
1982-85
Asadbek
07-26-2003, 03:33 AM
Uuuuuuuwwwwwwwwwwwwww
VUZ-Gorodok...
2-yotoqxona...
Ajoyib davrlar edi :-)
Kurbanoy
07-26-2003, 08:46 AM
Eh shoir-e, yoshligimni studentligimni, sherga tuymagan kaygusiz shodon kunlarimni eslatdi menga sog oman buling Adibahon. Nihoyat mening kalbim tubidan er olgan sherni saytga kuyibsiz.
Sizga hurmat ehtirom ila, Ollohga omanat buling.
adiba
07-26-2003, 09:29 AM
Kim VUZgorodokda 85-yotoqxonada yashagan? 8)
Usha yerdayam utgan kunlarimiz,( mashhur bup ketgan ko'p
she'rlar usha yerda yozilgan) hozir manimcha Politehni yotoqxonasi.
Bunda yurak borsam yomon yonadir
Bunda ishq ifori, shodlikning isi,
Bu sakson beshinchi yotoqxonadir!
badbashara
07-26-2003, 11:43 PM
VUZ - gorodok rules!, yotoqhonada yashamagan man (lol), no Palitehda ykigan man! Talaba oshonasi boride lagmon sotardi, osha lagmoni egili bomasdi, barim tola stydent edi ichida. Eshitshim boicha kimdir yt'koivoribti unga! (lol)
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.