PDA

View Full Version : O'zbaki sodda, shoir bola


Asadbek
05-13-2003, 04:16 AM
Samarqandlik shoir Islom Hamroning "So'z" nomli dostonidan parcha


Men ham bir bolaman, o'zbaki, sodda,
Huv olis qishloqda nomim ko'p ulug'.
Unda shotutlar ham, shoteraklar ham,
Har bitta she'rimni qiladi qutlug'.

Unda paxtazorlar, bedazorlar ham,
Hatto yulg'un bosgan biyday dalalar.
"Bizdan shoir chiqqan, Toshkanda", deydi,
Eshakka teskari mingan bolalar.

Unda ariqchada jildiragan suv,
Hatto chaqirtikan, yantoqlar do'stim.
Men-chi? Bu shaharda ulg'aydim... Faqat -
So'zni aytib emas, So'zni yeb o'sdim.

Unda ketmoniga aytsa-da dardin,
Otam g'oz yuradi, yo'limni poylab.
Onam o'z-o'ziga so'zlanib qo'yar -
"Ishi juda ko'p-da, kelmaydi oylab".

Unda tuproqko'cha, meni sog'ingan -
Singlimning poyiga bosh urar har kun.
"Hech bo'lmasa meni eslamaydimi?"
To'qson yoshli momom, pichirlar horg'in...

Bunda men qishloqi, o'zbaki shoir,
Bir So'zni aytolmay, yutolmay halak.
Kunduz bo'yinbog'lik mag'rur qiyofa,
Tunlar to tonggacha yig'lab chiqaman -
"Nega shoir qilib yaratding falak?.."

adiba
05-13-2003, 05:32 AM
cool :P

Shokirbek
05-13-2003, 06:20 AM
She'r juda yaxshi yozilgan, tahsinga sazovor. Biroq oxirda shoir toyib ketibdi, yaratish nisbatini falakka beribdi.
"Nega shoir qilib yaratding falak?.."


Balki majoziy ma'noni nazarda tutgandir. Lekin bunaqa iymonga putur yetishi mumkin bo'lgan xatarli yerlarda biroz ehtiyot lozim. O'shaning o'rniga:
Bunda men qishloqi, o'zbaki shoir,
Bir So'zni aytolmay, yutolmay ado. (ya'ni adoman deyilmoqch)
Kunduz bo'yinbog'lik mag'rur qiyofa,
Tunlar to tonggacha yig'lab chiqaman -
"Nega shoir qilib yaratding Xudo?.." deyilsa sal ma'qul bo'larmidi.

Bu birinchidan.

Ikkinchidan, Nega shoir qilib yaratding, deyish iymonning oxirgi sharti bo'lgan qazo va qadarga iymon keltirishga bolta urishga yaqin bir ishmasmikin, vallohu a'lam.

Ehtirom ila Shokirbek

Asadbek
05-13-2003, 07:14 AM
Shokirbek,
fikrlaringizda jon bor.
Ammo, adashmasam,
Falak deb fig'on qilinganda ma'joziy ma'no jihatidan Yaratgan nazarda tutiladi.

Shu tarafdan, yana bilmadim, shoir har qalay iymon doirasidan chiqmagan bulsa kerak. Olloh bilguvchidir!

Asadbek
05-13-2003, 07:20 AM
Dostondan yana parcha:

******

Endi hayqirmoqning payti ham o'tdi,
Davri o'tdi yaltur-yultur she'rlarning.
Baytlarini ko'zga surtmoqlik kerak,
Ahmad Yassaviydek pirlarning.

Endi paxta o'qlar otmoqlik nechun,
Shundoq ham Azroil bir-bir otadir.
To'rt oyoqlik hamma mingan cho'bir ot,
Gali bilan menga, sizga yetadir.

Endi Navoiyni bir yig'lab o'qing,
Besh yuz yil narisi bo'zlar "Munojot".
Siz meni kechiring, men esa sizni,
Axir hammamizga yetar cho'bir ot.

Xo'p, deysiz. Baribir yuragingizni -
Bir qurt kemiradi, uxlayolmaysiz.
Chunki siz she'r o'qib, hali-ku birov -
Hattoki o'zingiz yig'layolmaysiz...

Shokirbek
05-13-2003, 09:54 AM
Asadbek.
Aytganingizday, inshoolloh, iymon doirasidan chiqmagan. Bunday mavhum iboralar bilan u kishining Ollohga bo'lgan iymonini salb qilishga haqqimiz yo'q albatta. Biroq, hali aytganimdek, yuqoridagi gapimda iymon, kufr masalalarida hammamiz ham ehtiyot bo'laylik, degan bir xolisona da'vat bor edi. Yana ham Olloh biluvchidir.
Ammo she'rga gap yo'q.

Qurbonoy
05-13-2003, 02:48 PM
Bunda men qishloqi, o'zbaki shoir,
Bir So'zni aytolmay, yutolmay halak.
Kunduz bo'yinbog'lik mag'rur qiyofa,
Tunlar to tonggacha yig'lab chiqaman -
"Nega shoir qilib yaratding falak?.."

Hurmatli Asadbek yana bir bor sizga rahmat. Yahshiyam siz borsiz bulmasa men kabi sheriyat shaydosi kaerdan ukirdim?!

Endi gapning kiskasi bahsga sabab bulgan satrlarga kelsak: Menimcha shoir uz dardini ichiga yutib kunduz magrur kurinib tunlar kuz yoshiga gark bulib dardli satrlar bitgani uchun ham u shoir. Butun millatning dardini uz jismida his kila olgan insongina shoir bula oladi.Va Usmon Nosir yozganiday:
Shoir bulmok bu ku tayin gap,
Uz joningni kiynamok fakat.
Uzgalarga bahsh etib lazzat
...................................

Kolgan satlarini unitdim uzr? Islom Hamro u kadar sodda va samimiy yozganki, ukib hayratlandim. Shoirning dardi ichida u oddiy inson bulganida edi hamma nofakliklarga kul siltab ketardi, uni vijdoni bila kiynalmasdi hayotdagi bosh-boshdokliklardan, kim och, kim yalangoch yashayapti, kim aybsiz aybdor bulib kamalayapti buni uylab ham utirmasdi kechalari bemalol yostikka bosh kuyib kotib uhlardi, Lekin u shoir va shoir jim turolmaydi, shoir jim tursa zamonananing charhi teskari dunadi. Ha u hakikatdan ham shoir bulsagina kechalar uhlay olmay nega meni shoir kilib yaratding falak deya nollalar chekadi kunduz esa dardini ichiga yutib hamma katori "buyintruk" boglab magrur va masrur kiyafada kadam tashlaydi dardini ichiga yutib!!!

Yozsam gap kup, kiskasidan kaytay dedim. Ming afsus hozir sanokligina shoirlar kolgan menimcha?...


Mayli ollohga omanat buling! Hurmat ehtirom ila.

05-14-2003, 05:15 AM
:oops:

Asadbek
05-14-2003, 05:55 AM
Rahmat Qurbonoy opa,

Islom Hamro she'riyatiga umuman gap yo'q. Ta'sirli va haqqoniy yozadi. Ichidagini yashirmaslikka harakat qiladi u shoir. shu tufayli ham uning she'rlarini yoqtiraman.

"So'z" dostonidan yana parcha:


***
Sizga ham gal kelar, hali ko'p shoshmang,
Bu charh tegirmoni ko'plarni yutgan.
Yarim yerni olib, dunyoni olib,
Necha nomdor shoh-u, amirlar o'tgan.

Asli biz talashgan dunyo nimadir?
Siz So'zni sotasiz, men So'z yutaman.
Qo'rqmang, shoir degan yorliq sizniki,
Shu shahar ham sizga mendan esdalik.
Men hujjatsiz shoir bo'lib bir kuni -
Baribir qishloqqa qaytib ketaman.


gap yo'q, a :-)

ali
05-14-2003, 02:34 PM
super super super--




keyingilariga omad :D

Asadbek
05-16-2003, 02:19 AM
Raqib bilganlarim qo'rqoq, deb aytsa,
Do'stim dushman undan behroq, deb aytsa,
G'ururi osmonmas, tuproq, deb aytsa,
Ko'zim, yoshlaringni yurakka yashir.

Bevafo atasa ortimdan sanam,
Bebosh deb qarg'asa, tuqqanim onam,
Aybsiz ayblovlardan titrama, tanam,
Tanam, titrog'ingni yurakka yashir.

Lekin vijdon meni inkor etgan kun,
Iymon, e'tiqodni inkor etgan kun,
Ruhim, soqiy bo'lib ajal mayin sun,
Azasiz, ko'zyoshsiz tuproqqa topshir.


Islom Hamrodan

05-18-2003, 07:10 PM
Gap yok, yana bosin endi!

Qurbonoy
05-20-2003, 11:19 AM
Davom kiling hurmatli Asadbek! Islom Hamrodan yoki boshka shoirlardan.

^stolz
05-21-2003, 05:27 AM
Asadbek bu shoir bo´p ketinge, gap nest arkadash!
Bald sehen wir uns in Berlin! Alles klar!
Bis denn!
stolz aus Berin :D

Asadbek
05-21-2003, 07:26 AM
Yuuu mein Kumpel, am Samstag geht's los nach Berlin!
Also dann,

Yana Islom Hamrodan:

***

Davralarning to'ri seniki,
Senga intiq parqu bolishlar.
Senikidir shuhrat, shon, boylik,
Faqat yuragingda qarg'alar qishlar.

Menikidir so'kishu, to'qmoq,
Senga tekkan barcha olqishlar.
Faqat menga nasib etgandir,
Dunyodagi eng shirin tushlar.

***

Bir kun tushlaringga kirib boraman,
Bermagan bo'lsangda sen bunga izn.
Biri birisidan shirin uxlaydi,
Bir yonda o'g'ling-u, bir yonda qizing.

Ortga qaytmoqlikka imkon-iloj yo'q,
Muhabbat degani... zanglagan qilich.
Senga ataganim, asraganimni,
Ikki dilbandingning qarog'idan ich!

Asadbek
05-23-2003, 01:15 AM
***********

Menga oson tutma, sevgilim,
Hijron sira bo'lmadi sirdosh.
Kunlar mag'rur yashadim, biroq -
Tunlar Armon bo'ldi yostiqdosh.

"Kel", demoqqa aylanmas tilim,
Garchi dilim xuni biyrondir.
Ko'rsam...
Qaramasam...
Qarg'ama! -
Yurak yo'llaringda giryondir.


Islom Hamro

marghiloniy.
05-23-2003, 05:32 PM
Rahmat Qurbonoy opa,

Islom Hamro she'riyatiga umuman gap yo'q. Ta'sirli va haqqoniy yozadi. Ichidagini yashirmaslikka harakat qiladi u shoir. shu tufayli ham uning she'rlarini yoqtiraman.

"So'z" dostonidan yana parcha:


***
Sizga ham gal kelar, hali ko'p shoshmang,
Bu charh tegirmoni ko'plarni yutgan.
Yarim yerni olib, dunyoni olib,
Necha nomdor shoh-u, amirlar o'tgan.

Asli biz talashgan dunyo nimadir?
Siz So'zni sotasiz, men So'z yutaman.
Qo'rqmang, shoir degan yorliq sizniki,
Shu shahar ham sizga mendan esdalik.
Men hujjatsiz shoir bo'lib bir kuni -
Baribir qishloqqa qaytib ketaman.


gap yo'q, a :-)

shu oxirgi uch satr rahmatli Muhammad Yusufni sheriga o'xshab ketarkan.
Manosi quyidagicha edi, "bir kuni qishloqqa qaytib borib yalpizga suyanib o'lib qolaman agarda shaharda katta shoir bo'la olmasam".
Iltimos, Asadbek yoki Adiba shu she'rning to'liq matni bo'lsa shu yerga qo'yselar sizlarning mushoiralaringizga humori bo'lgan bizdaqa muhlislaringni bagoyat hursand qilgan bo'lardinglar.
Aytgancha Asadbek,
Men muhabbat atagan tuygu,
Yangi qorga ilk bor tushgan iz. kimning qalamiga mansubligini ham aytvoring.
hurmat va sizlarga bo'lgan cheksiz ehtirom ila.

adiba
05-24-2003, 12:08 AM
Mehrim qattiq bo'ldi
Qahrim qattiq bo'ldi,
Nasihatni esa olmadim,
harifim suyundi, do'stim kuyundi,
Men o'z bilganimdan qolmadim.

Osoyish o'tmadi biror bir kunim,
Talashib-tortishib tolmadim.
"Og'irroq bo'l inim, siporoq bo'l inim..."
Men o'z bilganimdan qolmadim.

Tengimni bilmasdan bir qizni suydim,
Suydim sira kulmay omadim.
"Shohona yashardik so'zimga kirsa.."
Men o'z bilganimdan qolmadim..

Quvroq bo'l deyishdi, yolg'on ham kerak,
Jindek xushomad ham...
Quloq solmadim.
Oqni oppoq ko'rdim, qorani qora,
Men o'z bilganimdan qolmadim.

Ko'nglim sezar, endi bu yog'i ayon,
Do'stlarim... do'stlarim, baxtli bolaman:
Yo Toshkentda eng zo'r shoir bo'laman,
Yo uyimga ketib, ariq bo'yida
Yalpizga suyanib o'lib qolaman!


Muhammad Yusuf

ali
05-24-2003, 07:38 AM
Yashang shoir!!!
O'zingizni ijodingizdan ham bahramand bo'laylik...

Marghiloniy
05-24-2003, 10:51 AM
Rahmat Adibahon.iltimosimiz yerda qolmaganidan bagoyat hursandman.
Allohni o'zi qo'llab quvvatlasin,ishlaringizga muvaffaqiyatlar.
Minnatdorchilik bildirib qoluvchi she'riyat muhlislari nomidan.

adiba
05-25-2003, 05:46 AM
Tuzalmaydi mening dardim mening,
O'lsam kerak.
Tuproq bilan og'a-ini
Bo'lsam kerak.

O'lim nima? Bu ham bitta
Sayr, ona.
O'g'ling qaro erga ketdi
Xayr, ona...

Tuzalmas bu dardim mening,
Umidim yo'q.
Xira shamdek ko'zlarimda
So'nmoqda cho'g'.

Cho'g' nimadir? Cho'g' ham tutab,
Kul bo'ladi.
Inson bir kun o'z mayliga
Qul bo'ladi...

Yuragimni tamom qildim
Yig'layverib.
Huzurimda ajal turar
Qoshin kerib.

Men hayotga o'limga tik
Boqib o'sdim..
Qani menga atalgan joy,
Ketdik, do'stim!

Muhammad Yusuf

Asadbek
05-26-2003, 06:17 AM
Ruhlar mozoridan o'tayotgandim,
Qulog'imga bir ingroq indi.
Soqiy yuragimning qonkosasiga,
To'ldirib hayratning mayini sundi.

Qayrildim,
Qaradim,
Jon talash yotgan,
Ruhning o'limini tomosho qildim.
O, qanday chiroyli o'larkan ular.


Islom Hamro

Asadbek
05-26-2003, 06:23 AM
Aytgancha Asadbek,
Men muhabbat atagan tuygu,
Yangi qorga ilk bor tushgan iz.
kimning qalamiga mansubligini ham aytvoring.


Hurmatli Marg'iloniy,
Yuqorida Siz so'ragan satralr ham Islom Hamro qalamiga mansub.
shoirlar ijodida bir-biriga o'xshashlik uchrab turadigan narsa, shu tufayli Muhammad Yusufning she'riyatiga o'xshashlikni ko'rib, ajablanmasa ham bo'ladi. Asosiysi, har bir shoirning o'z So'zini topa bilishida.


***
Men muhabbat atagan tuyg'u,
Bozorlarda sotilmaydi, yor.
U sen kutgan oniy bo'samas,
Sho'rlik boshga erta yoqqan qor.

Men muhabbat atagan tuyg'u,
Ko'rgazmada turmas osilib.
U ko'kdagi ilohiy kuchdir,
Yurib bo'lmas ko'krakka ilib.

Men muhabbat atagan tuyg'u,
Tan olmaydi shuhratni-shonni.
Har lahzada kechmog'im mumkin,
Agar inkor etsa vijdonni.

Men muhabbat atagan tuyg'u,
Yangi qorga ilk bor tushgan iz.
Qo'y, parivash endi foydasiz,
Bo'lolmading men izlagan qiz...

Islom Hamro

Kurbanoy
05-31-2003, 02:48 PM
Adibahon men Muhammad Yusufnig kalamiga mansub bulgan satrlarni ukib juda yuragim uzildi nahot inson yani bir shoir nakadar uz ulimi hakida bu kadar mukammal bir sheriy marsiya yozmish? Bunga mangzar satrlarni bir zamonlar hudo rahmatli shoirlar Chori Avaz va Ravshan Fayz ijodida ham kuzatgandim va ushanda ham kuzlarimga kaynok yoshlar tulmishdi. Notanti takdirning haksizligiga karangki (eng sevdigim) shoir Muhammad Yusuf ham shunday satrlar bitmish........ Kechagina biz bilan abadiyan hayrlashgan sevimli ulug adibimiz Togay Murod ham uzining sunggi romanini "Bu dunyoda ulib bulmiydi" deb homlagan ekan. Balkim biz gofil bandalarni kura olmagan sirlarini tangrining ato etdigi uchunchi kuzi ila shoir va yozuvchilar kura olur va shuning uchun ham shunday asarlar yozmishdirlar fakat uni yaratgan ollohigina bilar holos. Hammalarini yaratgan tangri uz bagriga olsin joylari jannatdan bulsin!

Va Adibahon sizga ham kattakon rahmat mening kabi sheriyat shaydolari uchun buning kabi sherlardan namunalar kuyganingiz uchun. Ollohga omanat buling. Hurmat ehtirom ila.

adiba
06-02-2003, 04:29 AM
Tog'ay Murod? Rostanmi? Vafot etdimi? Qachon? Men shu adibning qissa, romanlarini uqib katta bo'lganman. "Ot kishnagan oqshom", "Qo'shiq" deganlari bor edi...

Nega adabiyot ahli hayotdan tez ko'z yumayapti? Meni fikri ojizimcha, Ular tabiatan hissiyotga juda beriluvchan, shuning barobarida hammasini, xalqining dardiyu, tashvishlarini yuragiga juda yaqin oladi, shundanmikan yo..
Qabristonda Chori Avazni yonida meni otam yotibdilar, ular hayotda ham qadrdon edi.

Asadbek
06-02-2003, 06:15 AM
Qurbonoy opa,
mabodo Tog'ay Murodni rahmatli Shavkat Rahmon bilan adashtirmadingizmi?

06-02-2003, 06:50 AM
манимча бу ерда хато кетдиёв!

Kurbanoy
06-02-2003, 01:30 PM
Adibahon va Asadbek yuk! Men ham boshida ishonmadim birinchi bor "Ozodlik" radiosini keyin ishonmaganimdan keyin "BIBISI" radiolarini eshitdimTogay Murod 54 yoshida kalb krizidan uyida ulganmish. BU hakda Hurshid Dustmuhammad ham gapirdi, Kuzimni yoshlarini tuhtattaolmadim. Nega men sevgan shoiru yozuvchilarim hayotdan nakadar erta ketishadi? Notanti falakning bevafoligimi bilmadim, tushunmadim... SHavkat Rahmon bu dunyodan bosh olib ketganida men Uzbekistonda edim. Halkning dardi bilan yashaydi aslida hakikiy shoir va yozuvchilar. Beburdlar esa hamdu-sano yozib saroy maddohlariga aylanadilar tirik turib uliklar safidan joy oladila. Aslida ular urhar ruhan ulik jisman tirikdirlar. Togay Murod ham Shavkat rahmon, Chori Avaz, Muhammad Yusuf, Ravshan Fayz va men ismlarini unitgan lekin jisman oramizda yuk ammo ruhan tirik shoiru-yozuvchilar hamisha bizning oramizda va biz bilan!!!

Asadbek
06-02-2003, 03:24 PM
ehhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhh

"Ot kishnagan oqshomda", "Otamdan qolgan dalalar" kabi ajoyib asarlar muallifi Tog'ay Murod.........
Ishongim kelmayapti shunday iste'dodli yozuvchimizning olamdan o'tganiga...

Joyi jannatda bo'lsin!

Yangi o'zbek adabiyotida o'z izini muhrlab ketdi...

Kurbanoy
06-04-2003, 04:39 PM
Ming afsus Togay Murod kabi yozuvchilar kamdan-kam dunyoga keladi! Shunday ulug bir yozuvchi uzbek halkining manglayiga sigmadi? Yana kim bor uning kabi tilni bahshi kabi sayratib asar yzadigan?