PDA

View Full Version : Kumush - bu tush, Otabek - o'trik ......


Asadbek
05-15-2003, 03:55 AM
Kumush - bu tush,
Otabek - o'trik.
Marg'ilonda o'tmagan ular.
Qodiriy yo'q.
"Do'stlari" tirik,
O'z xalqini "sotmagan" ular.

Ular yaqin, ular xalqqa do'st.
Xiyonatni bilmagan ular.
O'tmish - bu tun.
O'tgan yangi kun -
Yo'qlar, do'stni sotmagan ular...

Bir sir ayon,
Mehrobdan chayon,
Chiqib chaqdi elning yuragin.
Birda marddan,
Birda nomarddan,
Qodiriyning ruhin so'radim.

Tarix - yolg'on.
Tarix - riyokor.
Ra'no - bu tush.
Anvar bo'lmagan.
Bo'lsa qani?!
Tarix - jim, soqov.
Chayonlari hali o'lmagan...


Islom Hamrodan

o'zBEK qizi
05-15-2003, 04:25 AM
Marg'ilon

:( :( :(

ali
05-15-2003, 05:23 AM
unda matrix

elDoraDo
05-15-2003, 01:31 PM
hmda - zo'r -

Qurbonoy
05-15-2003, 02:18 PM
Davom kiling hurmatli Asadbek yahshiyam siz borsiz, sheriyatdan anglagan, sherga tashna yuraklarning dardini tushungan. Va shunday davom kiling, bir kun nasib kilsa bu hizmatlaringiz uchun uz kulim bilan osh damlab sulim gushada yani guzal Lemon kulining buyida mehmon kilaman. Albatta oilaviy davrada. Dunyo turguncha turing . Ollohga omanat buling!Hurmat ehtirom ila.

Qurbonoy
05-15-2003, 02:21 PM
Ming afsus u chayonlar haliyam tirik, haliyam elning asl uglonlarini yuragaini chakayapti. Zuluk kabi konini surayapti.

Asadbek
05-16-2003, 02:15 AM
Qurbonoy opa,
odamni ishtahasini ochib yubordiz. Xudoning nasib etgan bir kunida albatta oshizdan yeymiz.


Yana Islom Hamrodan:


****

Bir kun men tark etsam fanoni,
Qon yig'lab kuzatsa tog'-toshlar.
Mayli, sen chiqmagin uzatib,
Tilayver,
... O'zingga,
... Bardoshlar.

Bir kun men qaytadan tirilsam,
Xush-xandon kulsalar tog'-toshlar.
Endi sen qarshi ham olmasdan,
Tilayver,
... O'zingga,
... Bardoshlar.

Qurbonoy
05-16-2003, 02:24 PM
Kani edi ul masud kunlarga bir kun erishsak, siz kelsangiz dustlar davrasida sher bazmi kilsak, samoni yangratib. Bilmayman yana kim bor ekan men kabi uz tilida. uz dilida suhbat-u, bayt-baraklarni sogingan. Sizdan yagona tilagim kuprok sherlar kuysangiz osh sizdan aylansin.Chunki kalbimdagi soginch dardimga fakat sherlar ukibgina davo topaman. Ollohga omanat buling. Hurmat ehtirom ila.