PDA

View Full Version : Maktublaringiz yo'ldadir....


adiba
05-21-2003, 03:43 AM
Chinakam lirik she'rlarni sog'ingan do'stlarimga she'rlar turkumi :!:


Esimda hamma-hammasi:
Ko'zlar. Barmoqlar.Gul.Atir...
Siz ham unutmagansiz,
Maktublaringiz yo'ldadir.

Balki ertaga olarman,
Mayliga,bir so'z, bir satr.
Eng muhimi, men bilaman-
Maktublaringiz yo'ldadir.

Umrim shamollarga kulgu,
Sargashta ayladi taqdir.
Adashib-adashib kelar-ku,
Maktublaringiz yo'ldadir.

Hayotim o'zgarar batamom,
Ko'nglim ko'zadek to'ladir.
Sarxush yashaydirman.Hamon-
Maktublaringiz yo'ldadir.

O'n yil o'tibdi.O'n yil...
Bu menga yagona daldadir.
Har tong bir orziqib olar dil-
Maktublaringiz yo'ldadir.

Iqbol Mirzo
xxxxxxxxx

So'zim, jonbaxsh so'zim, yordin
Menga shirin hikoyat qil.
Ko'zim, yig'la bu yorsizlik,
Bu hijrondin shikoyat qil.
Qo'lim yopgil quloqlarni,
Eshitma hech malomatni.
Yurak, ochgil u daftarni,
Yana boshtin rivoyat qil.
Oyog'im yur, ketaylik bu
Zulmkorlarni yonidin.
Yetib borgach sinib bitgil,
Bugun ammo himoyat qil.
Ko'ngil, sendan rizodurman,
Biru bor ul, desang basdur.
Senga izmimni berganman,
Jo'shib mayli, jinoyat qil.
Tilim, qo'rqinchlarim sendan,
Xatarli senga erk bermoq.
O'tinchim: o'zidin doim
Sen umidi hidoyat qil..

A'zam O'ktam


xxxxxxxxxxxxxx

Ko'zingda munavvar dunyolar,
Ko'zingda sevgining diyori.
Ko'zingda tazkira etilgan
Azaliy bir ishqning ash'ori.

Lekin sen men tomon boqmaysan,
Bilmadim nelar g'ov yo'lingga.
Yo sukut ismli yulduzdan
Bir og'ir tosh tushgan tilingga?!

Jimlikda toldirma sen meni,
Ko'zingdan mujdalar uchirgil.
Ko'zingni- ul qora kurrani
Men yongan mehvarga ko'chirgil.

Topmasang, adashsang, to'xtasang,
Boq, yovlar tiyrlar otarlar:
O'qlarning izidan qarasang
Ko'zlaring qalbimni toparlar...

Omon Matjon


xxxxxxxxx

Kuzning lablaridan xazon to'kilur,
Ishqning hujrasidan hijron to'kilur,
Siniq yuzlarimdan samon to'kilur.

Gullar yaprog'idan sochiqlar bergay,
O'rgimchak qopidan sadoqlar bergay,
Jannat haramidan quchoqlar bergay.

Ko'kning ko'kragidan yellar sirg'anar,
Dunyo tillarida yillar sirg'anar,
Bilak, og'ushimda bellar sirg'anar.

Sirlarni o'g'irlab aylanar osmon,
Tufroqni bag'irlab aylanar osmon,
Yerda juft ushoqqa aylanar osmon...

Asadbek
05-21-2003, 03:53 AM
zo'r she'rlar.

***

Sen haqda yozmoqchi bo'lganimda,
Qog'ozga quyula boshlaydi.
Yo'q. Jo'shqin she'r emas.
Nuqtalar.
(Nuqtalarki, hatto yulduzlardan ko'p.)

Men... Nuqtalar.
Seni... Yana shu ahvol.
Kel,
Yaxshisi, o'sha So'zni,
O'zing yozaqol!

:-) Islom Hamro

adiba
05-21-2003, 04:03 AM
Poezdim taraqlar, vishillab ketar
Bu ikki ko'zimga sanchilgan yo'lim.
O'zimdan oldinroq sen tomon yetar
O'y gulim. Hoy gulim, suygulim, gulim.

Bu ohang nechundir, senga yetmasa?
Sen tomon eltmasa, bu yo'lim-o'lim.
Bu yonish nechundir, senga o'tmasa,
Yon gulim, tong gulim, jon gulim,gulim.

Dilimda, tilimda faqat haq so'zdir,
Dilim-da, tilim-da tilim va tilim!
Yetmasa qo'lingga bu qandoq so'zdir?
Ayt gulim, bayt gulim, qayt gulim, gulim!!

Sen soyda oymisan, soymisan oyda?
Nigohim yetar-u, yetmaydi qo'lim.
Jonginam bo'ldiku mayda va mayda,
Oy gulim, soy gulim, voy gulim, gulim!

Tarixlar evrilur, qayta va qayta,
O'tmishu kelajak uchrashur kulib.
O'tmishim, sen yo'qsang, kelajak qayda?
Kel gulim, kul gulim, to'l gulim,gulim!

Aslida men jimman, tillarim kesik,
Faqat g'ildiraklar kuylaydi to'lib.
Borurmiz tunlarning tinchini buzib,
Tong gulim, shon gulim, jon gulim, gulim!!

Mirzo Kenjabek

Asadbek
05-21-2003, 07:15 AM
:-)))))))))))))))

Adiba, meni nomimdan atab yozilganakan shu oxirgi she'r.

Dresdendan rasmlar bor :-)

adiba
05-21-2003, 07:27 AM
e-mailga uzatvoring, rasmlarni agar.

Qurbonoy
05-21-2003, 01:40 PM
Oho Mirza Kenjabek, Oman Matchon, Islom Hamro ...................... men yana ne yozay?......... tilm lol suzga kelamydi tilim. Ikkalngiz ham dunyo turgunch turinglar.

adiba
05-22-2003, 04:16 AM
Well, do'stlar bugun e-mail orqali bir she'r oldim, shoirni nomi sir tutiladi, faqat shunisini aytamanki, sh'er yangi yozilgan va menga bag'ishlangan :P


O'zingsan eng yorug' yulduzim,
Zuhro-yu Cho'lponga bermayman.
Porlagan ko'nglimning toqida
Men seni osmonga bermayman.

Sanamlar bilmaydi dardimni,
Tinglamas ash'orim, baytimni
Senga deb yozgan bir satrimni
Ming g'azal, dostonga bermayman.

Mayliga o't olsin jahonim,
Poyingga sadqadir bu jonim.
Sen bilan o'tkazgan bir onim
Ming bitta imkonga bermayman.

Orziqib kutarman shul kunni -
Yurt osha obqochgum kelinni,
Xolingga baxsh etgum: Berlinni,
Lek seni Girmonga bermayman.

Asadbek
05-22-2003, 04:23 AM
Men bilamanooov shu shoirni :-)

Duma
05-22-2003, 05:37 AM
biz ham ko'railik rasmlarni ;) ;)

Quyoshli New Orleans dan salom ! 8)

Asadbek
05-22-2003, 05:45 AM
Yeeeee, Duma,

suratlar lekin juda mahliyo qiladigan bulgan :-)

Do'st
05-22-2003, 06:05 AM
adiba,
salom ADIBAXON MANASHU SHERLARINGIZNI MENI @ GA YOZIB YUBORA OLASIZMI

UNDAN BOSHQALARI BOLSA HAM MAYLI

DOOOST@ LIST.RU

KAMOLI EHTIROM ILA

DO'ST

Royal
05-22-2003, 08:50 AM
adiba, salom ADIBAXON MANASHU SHERLARINGIZNI MENI @ GA YOZIB YUBORA OLASIZMI UNDAN BOSHQALARI BOLSA HAM MAYLI DOOOST@ LIST.RU KAMOLI EHTIROM ILA DO'ST

Hurmatli DOOST,

Endi egoistlik qilmangde, osha sherlarni hammasini shu topikga tashasalar ham boladi, shunda boshqalar ham koradi degan umiddamiz

deb

Hurmat bilan

Royal

Qurbonoy
05-22-2003, 10:07 AM
Adibahon ul shoiri zamon tugri yozibdi nima bizning Girmonga beradigan kizimiz yuk :D siz Uzbekistonga keraksiz shuni unitmang ;)

adiba
05-22-2003, 11:25 AM
Do'st, shu yerdan copy qilib olsangiz juda ma'qul. Bitta Word Programmasini ochasiz va hammasini copy qilb saylab ko'chirasiz, tamom-vassalom ;-) Men shu qadar ko'p she'rlarni hisobiga yetmay qolishim mumkinda..
"dangasaga ish buyursang, otangdan yaxshi maslahat qiladi" deyishgan ekan :P

Mori
05-23-2003, 04:51 AM
"dangasaga ish buyursang, otangdan yaxshi maslahat qiladi" deyishgan ekan


ma shu gap zur chikibdi lekin,

Do'st
05-23-2003, 05:08 AM
adiba,

SALOM

DANGASALIK QILGANIMDAN
SORAGAN EDIM MAYLI ZARARI YO'Q


HURMATLAR :oops:
:P

Do'st
05-23-2003, 09:46 AM
adiba,

SALOM

DANGASALIK QILGANIMDAN
SORAGAN EDIM MAYLI ZARARI YO'Q


HURMATLAR :oops:
:P
Hafa bolmaysiz endi, betga aytganni zahri yok. Shu sizga bir dostona maslahat. Lakabizi tagidagi rasmni ozgartirib olsangiz yahshi bolardi. Ha gozal surat, lekin yana boshka allanimalarga ham ohshab ketyapti :D

adiba
05-24-2003, 12:47 AM
Bir kun kelib qabog'ing qirg'oq bo'ladi,
Ikki chashming-ikkita irmoq bo'ladi,
Kiprigingdan dilda mavj-titroq bo'ladi,
O'shanda ham bitta man dengiz bo'laman.

Bir kun kelib, barmoqlaring shox bo'ladi,
Tirnoqlaring bittadan yaproq bo'ladi,
Besamar bosh qoyganim-tuproq bo'ladi,
O'shanda ham bitta man ildiz bo'laman.

Bir kun kelib, chor taraf chorbog' bo'ladi,
Oyday tolib, olmalaring oq bo'ladi,
Devoringga epkin urgan-oh boladi,
O'shanda ham bitta man olis bo'laman.

Bir kun kelib, ayriliq adog' boladi,
Togni quchib ko'zyosh to'kkan- tog' bo'ladi.
Sening umring dunyodan uzoq bo'ladi,
O'shanda ham bitta man yolg'iz bo'laman.

Iqbol Mirzo