PDA

View Full Version : Taklif


kkk
06-15-2003, 11:34 AM
Salom !
Forumda latinni ruscha harflarga o'tkazish iloji bor(translit),shunga o'hshash bazi bir o'zbekcha harflarni ham qo'shishning iloji bormi?Ba'zan kerak bo'larkan.
Masalan:"o'","q"...

rostigap
06-23-2003, 11:13 AM
yaxshi taklif,
amalga oshsa zur bulardi!

MegaZ
06-23-2003, 12:34 PM
Tugrisi, ilojisi yuq, chunki Q va O' harflari rus tilida yuq. Internet Explorer va harhil browserlarda bu harflar ham yuq (windows-1251 va koi8-r).

Asadbek
06-23-2003, 01:10 PM
MegaZ,

masalan
o' - u,
g' - g

deb almashtirsa bo'lsa kerak.
Bo'lmasam,
o'qituvchi - оькитувчи
g'alaba - гьалаба

bo'lib almashar ekan. Teskari holda albatta qiyin bo'lsa kerak, a'ni kirillchadan lotinchaga ugirishda, avtomatik holda o', g', yoki q deb almashtirishni iloji ham bulmasa kerak. Yana bilmadim.

Boshqa tarafdan esa, chet tilini biladigan har bir kishi lotin alifbosida qiynalmasdan yoza olishi kerak, shu tarafdan yozuvda kirillcha unchalik muhim bo'lmaydi vaqt o'tgan sari.