PDA

View Full Version : "Islom Sof Holida "nomli mujalla to'xtatildi


TavhidMarkazi
06-28-2003, 04:11 AM
Barcha Hamd Allohgadir! Biz u Zotga hamd aytamiz, Undan madad tilaymiz, istig'forlar so'raymiz! Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan panoh berishini o'tinamiz.Zero Alloh hidoyatga boshlagan insonni hech kim yo'ldan adashtira olmas va U adashtirgan kimsani endi hech kim hidoyatga yetaklay olmaydi. Allohdan o'zga ibodatga loyiq iloh yo'qligiga guvohlik beramizki U yolg'iz va sheriksiz Zotdir. Yana guvohlik beramizki Muhammad(sallallahu ’alayhi va sallam) Uning bandasi va rasulidir. U zotga, ahli-oilalariga, ashoblariga va ularga go'zal amallar bilan qiyomatga qadar ergashgan barcha mo'minlarga Allohning ko'pdan-ko'p saloti-salomi bo'lsin.

Amma ba'd (bundan so'ngra)

Assalaamu 'alaikum wa rahmatullah

Aziz birodarlar va opa-singillar ba'zi sabablarga ko'ra "Islom Sof Holida " mujallasi hozircha to'xtatiladi. Hozirgacha 6 ta soni chiqdi. Kimga hali ham yetib bormagan bo'lsa islomsofholida@yahoo.com ga email qilishlari mumkin.

TavhidMarkazi tahririyati , insha'Allaah kelasi oydan boshlab Aqeedah va Manhaj darslari silsilasidan sizlarga yetzakib boradi. U darslarda masalan quyidagi mavzular o'rin olgan:

Iymon arkonlari va uning sharhi.

Salarlar kim va ularning yo'li nima?

Bi'dat nima?

Sunnat nima?

Qur'on qanday tafsir qilingan?

Hadis ilmi

Adashgan guruhlar haqida:Xaworij, Jahmiyah, Qadariyah, Mu'tazila, Ash'ariyah va h.k. (Hizbut tahrir , Bin Ladin va u kabilarning yo'llari nima uchun botil, xato ekanligi ko'rsatiladi dalillar bilan)

Islom arkonlari va ularning sharhi.

"Uch asos" kitobini yod olish va unga sharh berish.

va hokazo mavzular.


insha'Allaah birinchi dars aqidah nima va uning muhimligi haqida bo'ladi. Bundan tashqari 3-4 darslardan keyin sinash uchun test savollari ham berib boriladi insha'Allaah.
Kimki darslarni oqishni xohlasa tavhidmarkazi@yahoo.com ga email qilishini soraymiz. darslar email orqali yuboriladi insha'Allaah.


Allohdan barchamizni to'g'ri yo'lga boshlashini va iymonimizni mustahkam qilishini so'rab qolamiz.



wa'alaykum salaam wa rahmatullah



TavhidMarkazi tahririyati.
www.tavhidmarkazi.co.nr