PDA

View Full Version : Bizning Web Sahifamiz


ISLOMYOLI
06-29-2003, 03:22 AM
Bismillahir Rohmanir Rohiym

Assalomu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuh.

Barcha hamdlar olamlar Robbisi bo'lmish Alloh Ta'alo uchundir. Ungagina ibodat qilamiz, va Undangina najot soraymiz. Kimniki Alloh hidoyat qilgan bo'lsa, hech kim uni Zalolatga yollay olmas va kimniki (ozining Hidoyatni hohlamasligi tufayli) Alloh Zalolatda qilgan bo'lsa, hech kim uni Hidoyat qila olmas. Wa Allohning salowoti wa salomi Uning Ohirgi elchisi bo'lmish Muhammad (alayhissalom)ga wa uning Ashoblariga wa ularning ketidan ehson bilan ergashganlarga bo'lsin.
Shundan so'ng:
Bizning "Ashabul Hadis" yahoo guruhimiz - O'zbek musulmonlari uchun dunyo web miqqiyosida Sahih dalillarga asoslangan Markazlar ehtiyojo bor bo'lgani uchun ochilgandir. Bizning maqsad - O'zbek musulmonlarini Quron va Paygambarining Sunnatiga chaqirishdir - bunga sabab, Paygambarimizning Imom Molikning Muwattasida kelgan hadisidir:
Paygambarimiz (Sallallohu alayhi wa sallam) shunday deganlar: "taraktu fiykum amroin, lan taDillu ma tamassaktum bihima, KITAB ALLAHI WA SUNNATI RASULIHI" degan so'zlari bizga turtki bo'ldi. O'zbek tilida esa,
"Sizlarga ikki amr (o'lchov)ni tashlab ketyapman, agar qattiq ushlasangizlar hargiz adashmaysizlar - bu Allohning Kitobi va Paygambarining Sunnatidir"degan so'zlaridir. Va boshqa hadisda Paygambarimiz (Sallallohu alayhi wa sallam) O'zining Ummati bo'lmish Islom ummatini 73 firqaga bo'linib ketishini aytib, ularning faqat bittasi najot topishini ham aytib, ularni "Men va Mening Ashoblarim bo'lgan Yo'ldir" deb izohlab ham ketganlar. Shuning uchun, biz "FIRQAT UN-NAJIA" Jamoasi bo'lishlikka harakat qilmoqligimiz va shuning yo'lida Paygambarimiz ko'rsatib ketgan yo'ldan ketmoqligimiz zarurdir. Mana shuning uchun ham biz "ISLOM YOLI" web sahifasini ochdik. Alloh O'zi amallarimizni kholis O'zigagina qilishlikka va boshqa malomatchining malomatiga etibor bermaslikka nasib qilsin.

" ISLOM YOLI" WEB SAHIFASI (http://www.islomyoli.com)

Wa Sallallohu ala Muhammadin wa ala alihi wa sohbihi wa sallam.