PDA

View Full Version : Haqiqiy baxt nima?

Shokirbek
07-16-2003, 11:17 AM
Mehribon va Rahmli Olloh nomi bilan boshlayman.
Ma'lumki, barcha jonzot, jumladan inson ham ushbu dunyoda o'ziga foydali narsalarni (albatta, har bir jon o'z nuqtai nazariga ko'ra) iloji boricha ko'proq olishga, zararli narsalardan uzoq bo'lishga o'z bilgisicha harakat qiladi.
Kishilar baxt-saodat to'g'risida o'z dunyoqarashlariga ko'ra fikr yuritadilar, bahslashadilar. Ba'zilar dunyo topish, badavlatlikni baxt deb bilsalar, boshqa biravlar baxtni yuqori mansablarda, nomi tillarda doston bo'lishda ko'radilar. Yana biravlar esa qamchinlaridan qon tomib turganlarini, ommaga qilayotgan behad zulmlarini baxt deb biladilar, o'zlarining bu ishlaridan huzurlanadilar, bahra oladilar…
Tag'in boshqa kishilar ushbu dunyoda kishilarga yaxshiliq qilish, adolatlik bo'lishni yoqtiradilar, zulmni yomon ko'radilar. Ushbular, garchi yuqoridagi ishlari tahsinga sazovor esada, biroq baxt-saodat uchun buning o'zi kifoya qilmaydi. Zero, eng ulug' baxt bu – qalb baxti, eng buyuk saodat ko'ngil, yurak saodatidir. Qachonki qalb Ollohga bo'lgan iymon, ishonch, muhabbat bilan sug'orilmas ekan, u tap-taqir cho'l, suvsiz sahro kabidir.
Yuqoridagi ma'nolarni ko'ngildan o'tkizgan holda, oyat va hadislarni baholiqudrat taammul qilib, kundalik hayotini quyidagicha o'tkazadigan musulmon eng baxtli, hayotdan eng huzurlangan, uning jilolariga nash'a qilgan odam degan xulosaga keldim. Xayoldan kechayotgan narsalrni, qanday kechgan bo'lsa, shundayicha qo'g'ozga ko'chirganim bois tartibli chiqmagan bo'lsa oldindan uzr bayon qilib qolaman va hurmatli forum ishtirokchilaridan o'z fikr- mulohazalarini aytishlarini, qo'shimchalr qo'shishlarini so'rab qolaman.

Baxtli musulmon o'zida mujassam etgan sifatlar:

1. Barcha gunohlardan, xususan, shirkdan qattiq ehtiyot bo'ladi.
2. Qilayotgan amallarini faqat Olloh uchun xolisona ado etadi, riyokorlik, xo'jako'rsinga amal qilishdan o'zini nihoyatda ehtiyot qiladi.
3. Tilidan Ollohning zikri tushmaydi, dimo Ollhni yodda tutadi.
4. Namozni o'z vaqtida o'qiydi.
5. Ertalabki va kechki duolarni aytib yurishni kanda qilmaydi.
6. Kechqurun erta yotadi.
7. Ota-onaning xizmatlarida bo'ladi, garchi ular dinsiz bo'lsalar ham, ularga zinhor tik boqmaydi, aytganlarini qiladi, illo kufr yoki ma'siyat –gunoh ishga buyursalar, ularga yumshoqlik bilan rad javobini beradi, ularning hidoyatga kelishlarini Haq taolodan yolvorib so'raydi.
8. Kishilarga ularning nasabi, mansabi-martabasi yoki rangi, irqi bilan emas, balki Olloh taologa bo'lgan toat ibodati, taqvosiga qarab baho beradi.
9. Din yoki dunyoga foyda bermaydigan, behuda safsatalarga, quruq gap va ishlarga zinhor aralashmaydi.
10. G'iybat va chaqimchilikdan qattiq tiyiladi.
11. Doim kulib turadi, tabassum yuzidan arimaydi.
12. Gapirish yoki biror ishni qilishdan oldin shu gapim (ishim) mening din yoki duyoimga foyda beradimi yo yoqmi, deb o'z-o'ziga savol beradi.
13. Sertaammul (kop fikr yuritadigan), sertahammul (ozorlarga sabr qiluvchi), kamgap bo'ladi.
14. Biror ishga qo'l ursa, uni chala qoldirmasdan oxiriga etkazadi.
15. Bo'lib o'tgan ishga oh-voh chekib afsuslanmaydi, o'tgan ishga salavot aytadi.
16. Muloyimlik, mutavoze'lik, kamtarlik doimo unga hamrohdir.
17. Turgan joyini, o'zini, kiyimini ozoda tutadi.
18. Biravlarga til yoki qo'l bilan bo'lsin, ozor bermaydi.
19. Dilda biror bir musulmonga kin –adovat saqlamaydi.
20. Hech kimga hasad qilmaydi, bil'aks, musulmon birodariga yetgan ne'matni ko'rib suyunadi.
21. Achchig'I chiqqan vaqtida g'azabini ichiga yutib, darhol uni ketkizadigan amallarni qiladi: istig'for aytib, turib tahorat qilib keladi (muzday suvga qilinsa yanada yaxshi).
22. Allohga ma'siyat qilinayotgan o'rinlardan doimo uzoqda bo'ladi.
23. Gunohlar ichida eng buzuqlaridan biri bo'lmish xamr-araq bor dasturxonga zinhor yaqinlashmaydi (Rasululloh sallallohu alayhi vasallam uni "ummul xabois"-eng razil, iflos narsalarning onasi-asosi deb bejiz aytmaganlar).
24. Qur'oni Karimni doim o'qib yuradi, har kuni bir poradan kam o'qimaydi.
25. Nomahram bilan zinhor yolg'iz qolmaydi.
26. Biror gunoh ish qilib qo'ysa Alloh taologa darhol tavba qilib, ketidan yaxshi amallar qiladi.
27. Beva bechoralar holidan doim xabar olib turadi.
28. Qarindosh-urug' bilan silai rahimni kanda qilmaydi, bordi keldini uzmaydi, ayniqsa kambag'al qarindoshlar ahvolidan xabardor bo'lib turadi.
29. Qo'ni-qo'shnilar holidan ham boxabar bo'ladi, qo'shnisi nonga zor bo'lgan holda o'zi to'q yotmaydi.
30. Boshqalar bilan qilgan muomalasi shundoq bo'lgan musulmon o'z turmush o'rtog'i, bola-chaqasi bilan a'lo darajada muomalada bo'ladi.

Muhtaram forum a'zolari, sanab o'tganlarim, garchi men yozib qoldirgan nuqtalar bo'lsada, ko'pchiligingizning xayolidan o'tadigan narsalar ekaniga shubha qilmayman, qimmatli mulohazalaringiz, ishtiroklaringiz bilan tpic boyiydi.
Olloh taolodan barchamizga dunyo va oxiratda baxt-saodat, zafar tilab qolaman.

Kamoli ehtirom ila Shokirbek.

Royal
07-16-2003, 11:43 AM
Ollohni yordami ila :

Togri yoldan adashmay,
Burchlarimizni bajarib,
Qarzlarimizdan qutulib,
Omonatiga hiyonat qilmay topshirib,
va galaba shuni baht desa boladi.

Bu manim fikrim, balki ba'zi sozlarini otogri yozgan bolsam ozgartirsh kiritsayla hursand bolardim.

Shokirbek
07-20-2003, 09:36 PM
Rahmat Royal. Boshqalardan ham kutamiz.

wyxpat
07-21-2003, 12:51 PM
bahtsiz ekanman hali :(

Shokirbek
07-21-2003, 05:13 PM
Xoliqo, qoyilman o'z nuqsonima,
Ko'p jafo qildim o'zumni jonima,
Zoti pokingdin inoyat bo'lmasa,
Hech ishonchim yo'q amal qilg'onima.

Xoliqo, qildim fi'oli gandani,
Qilmag'il rasvo mani sharmandani,
San agar rahmat niqobin yopmasang,
Aybi ko'p, nuqsoni ko'pdir bandani...

Do'st
07-22-2003, 01:09 AM
Assalomu alaykum
master,

master noumid bo'lmang o'zingizni osonlikcha baxtli qilishingiz mumkin

faqat Allohdan chin qalbdan duo qilib so'rasangiz bas. U zot sizu bizning qalblarimizni ushlab turgan zot< hohlagan narsasini sizga yaxshi, hohlaganini yomon qilib ko'rsatadi

hammaga haqiqy baxt tilab qoluvchi DOOST

Shokirbek
08-19-2006, 03:37 AM
Ushbu mavzuga yana qaytsak, munosabat bildirsak ma'qul bo'ladi menimcha.

BUKHARI
08-19-2006, 06:15 AM
Mehribon va Rahmli Olloh nomi bilan boshlayman.
Ma'lumki, barcha jonzot, jumladan inson ham ushbu dunyoda o'ziga foydali narsalarni (albatta, har bir jon o'z nuqtai nazariga ko'ra) iloji boricha ko'proq olishga, zararli narsalardan uzoq bo'lishga o'z bilgisicha harakat qiladi.
Kishilar baxt-saodat to'g'risida o'z dunyoqarashlariga ko'ra fikr yuritadilar, bahslashadilar. Ba'zilar dunyo topish, badavlatlikni baxt deb bilsalar, boshqa biravlar baxtni yuqori mansablarda, nomi tillarda doston bo'lishda ko'radilar. Yana biravlar esa qamchinlaridan qon tomib turganlarini, ommaga qilayotgan behad zulmlarini baxt deb biladilar, o'zlarining bu ishlaridan huzurlanadilar, bahra oladilar…
Tag'in boshqa kishilar ushbu dunyoda kishilarga yaxshiliq qilish, adolatlik bo'lishni yoqtiradilar, zulmni yomon ko'radilar. Ushbular, garchi yuqoridagi ishlari tahsinga sazovor esada, biroq baxt-saodat uchun buning o'zi kifoya qilmaydi. Zero, eng ulug' baxt bu – qalb baxti, eng buyuk saodat ko'ngil, yurak saodatidir. Qachonki qalb Ollohga bo'lgan iymon, ishonch, muhabbat bilan sug'orilmas ekan, u tap-taqir cho'l, suvsiz sahro kabidir.
Yuqoridagi ma'nolarni ko'ngildan o'tkizgan holda, oyat va hadislarni baholiqudrat taammul qilib, kundalik hayotini quyidagicha o'tkazadigan musulmon eng baxtli, hayotdan eng huzurlangan, uning jilolariga nash'a qilgan odam degan xulosaga keldim. Xayoldan kechayotgan narsalrni, qanday kechgan bo'lsa, shundayicha qo'g'ozga ko'chirganim bois tartibli chiqmagan bo'lsa oldindan uzr bayon qilib qolaman va hurmatli forum ishtirokchilaridan o'z fikr- mulohazalarini aytishlarini, qo'shimchalr qo'shishlarini so'rab qolaman.

Baxtli musulmon o'zida mujassam etgan sifatlar:

1. Barcha gunohlardan, xususan, shirkdan qattiq ehtiyot bo'ladi.
2. Qilayotgan amallarini faqat Olloh uchun xolisona ado etadi, riyokorlik, xo'jako'rsinga amal qilishdan o'zini nihoyatda ehtiyot qiladi.
3. Tilidan Ollohning zikri tushmaydi, dimo Ollhni yodda tutadi.
4. Namozni o'z vaqtida o'qiydi.
5. Ertalabki va kechki duolarni aytib yurishni kanda qilmaydi.
6. Kechqurun erta yotadi.
7. Ota-onaning xizmatlarida bo'ladi, garchi ular dinsiz bo'lsalar ham, ularga zinhor tik boqmaydi, aytganlarini qiladi, illo kufr yoki ma'siyat –gunoh ishga buyursalar, ularga yumshoqlik bilan rad javobini beradi, ularning hidoyatga kelishlarini Haq taolodan yolvorib so'raydi.
8. Kishilarga ularning nasabi, mansabi-martabasi yoki rangi, irqi bilan emas, balki Olloh taologa bo'lgan toat ibodati, taqvosiga qarab baho beradi.
9. Din yoki dunyoga foyda bermaydigan, behuda safsatalarga, quruq gap va ishlarga zinhor aralashmaydi.
10. G'iybat va chaqimchilikdan qattiq tiyiladi.
11. Doim kulib turadi, tabassum yuzidan arimaydi.
12. Gapirish yoki biror ishni qilishdan oldin shu gapim (ishim) mening din yoki duyoimga foyda beradimi yo yoqmi, deb o'z-o'ziga savol beradi.
13. Sertaammul (kop fikr yuritadigan), sertahammul (ozorlarga sabr qiluvchi), kamgap bo'ladi.
14. Biror ishga qo'l ursa, uni chala qoldirmasdan oxiriga etkazadi.
15. Bo'lib o'tgan ishga oh-voh chekib afsuslanmaydi, o'tgan ishga salavot aytadi.
16. Muloyimlik, mutavoze'lik, kamtarlik doimo unga hamrohdir.
17. Turgan joyini, o'zini, kiyimini ozoda tutadi.
18. Biravlarga til yoki qo'l bilan bo'lsin, ozor bermaydi.
19. Dilda biror bir musulmonga kin –adovat saqlamaydi.
20. Hech kimga hasad qilmaydi, bil'aks, musulmon birodariga yetgan ne'matni ko'rib suyunadi.
21. Achchig'I chiqqan vaqtida g'azabini ichiga yutib, darhol uni ketkizadigan amallarni qiladi: istig'for aytib, turib tahorat qilib keladi (muzday suvga qilinsa yanada yaxshi).
22. Allohga ma'siyat qilinayotgan o'rinlardan doimo uzoqda bo'ladi.
23. Gunohlar ichida eng buzuqlaridan biri bo'lmish xamr-araq bor dasturxonga zinhor yaqinlashmaydi (Rasululloh sallallohu alayhi vasallam uni "ummul xabois"-eng razil, iflos narsalarning onasi-asosi deb bejiz aytmaganlar).
24. Qur'oni Karimni doim o'qib yuradi, har kuni bir poradan kam o'qimaydi.
25. Nomahram bilan zinhor yolg'iz qolmaydi.
26. Biror gunoh ish qilib qo'ysa Alloh taologa darhol tavba qilib, ketidan yaxshi amallar qiladi.
27. Beva bechoralar holidan doim xabar olib turadi.
28. Qarindosh-urug' bilan silai rahimni kanda qilmaydi, bordi keldini uzmaydi, ayniqsa kambag'al qarindoshlar ahvolidan xabardor bo'lib turadi.
29. Qo'ni-qo'shnilar holidan ham boxabar bo'ladi, qo'shnisi nonga zor bo'lgan holda o'zi to'q yotmaydi.
30. Boshqalar bilan qilgan muomalasi shundoq bo'lgan musulmon o'z turmush o'rtog'i, bola-chaqasi bilan a'lo darajada muomalada bo'ladi.

Muhtaram forum a'zolari, sanab o'tganlarim, garchi men yozib qoldirgan nuqtalar bo'lsada, ko'pchiligingizning xayolidan o'tadigan narsalar ekaniga shubha qilmayman, qimmatli mulohazalaringiz, ishtiroklaringiz bilan tpic boyiydi.
Olloh taolodan barchamizga dunyo va oxiratda baxt-saodat, zafar tilab qolaman.

Kamoli ehtirom ila Shokirbek.

Assalomu Alekum

Xurmatli Shokirbek

Alloh rozi bulsin bu yozgan foydali postiz uchun.

Menimcha Odamning bahti siz yozib utganlarning hammasi yoki ularning hammasi bir qilinganda Imon bilan (Shahodat keltirib) bu dunyodan utishda bulsa kerak yana ham Alloh bilguvchiroqdir.

Juda foydali narsalarni tilga olibsiz ayniqsa Quron uqishni kamida 1 pora kunida,

Qani edi forumdagilarning kupchiligi shuni uzlariga kundalik odat tusiga kiritishsa edilar.

Ilohim shunday bulsin

Fifi
08-28-2006, 03:51 AM
Assalomu alaykum wr, wb.

Baxt to'grisida yuqorida fikrlar bildirlibdi. Bu borada men ham o'z fikrlarimni yozib qoldirmoqchiman.
Yaqinda bir ko'rsatuvni ko'rib qoldim. Ko'rsatuv baxt to'g'risida ekan. Shunda turli xil insonlardan baxt tushunchasi to'g'risida so'ralgan. Odamlarning aksariyati o'zlarida yo'q bo'lgan narsalarga erishishni baxt deb izohlaganlar. Uysiz yashayotgan insondan, baxt to'g'risida so'rasalar:" Insonning o'z bosh-panasiga, tomiga ega bo'lishi baxt",-deb javob berdi. Uzoq yillar davomida o'z turmushidan qattiq zarba ko'rgan inson, yaqinda o'zi yo'qtirgan insonini ucharatibdi hamda turmush qurishibdi. Hayotda, nihoyat, o'zi yoqtirgan insonini uchratganini hamda u bilan birga hayot kecharayotganini baxt deb tushuntirdi. Yana bir inson qiziq talqin qildi:"Baxt- bu shunday holatki, unda inson o'zini yaxshi his qilsa". Boshqasi: " Baxt-bu soniya, qaysikim insonning hayolida turli-xil ijobiy fikrlar kechsa",-deb aytdi. Yana birov shunday dedi: " Baxt-bu men uchun mening oilam,uning farovonligi, o'zim yoqtirgan kasbim bilan har kuni band bo'lishim, o'zimga yetarli darajada qulay imkoniyatlarga, sharoitga ega bo'lishim".

Inson o'zi istagan qulaylikka intilib yashaydi. Va shu narsalarga erishsa, o'zini baxtli deb biladi va shunda baxtini topadi. U har kimda har-xil bo'ladi. Kimdir fan bilan mashg'ul bo'lganligi bilan baxtlidir. Kimdir bir etak farzandlari borligi bilan baxtlidir. Kimdir barcha tashvishlaridan ozod bo'lib, nihoyat, hech kim u bilan ishi bo'lmaganligi bilan baxtlidir. Kimdir yana o'zini hayotda o'z yo'lini topib olganligi bilan baxtlidir va h.k.z

Mening xulosam, Yer kurrasida qancha inson soni bo'lsa, ya'ni yashasa, baxt tushunchasi ham shuncha.

Shaxsan, men uhcun eng avvalo, ertalab saharda sog'-salomat turishim eng, eng, eng ulkan baxt. Chunki, salomat uyg'onishim , keyingi orzu havaslarimni qilishimning poydevoridir, ya'ni eng avallo kalima keltirishim, tahorat, namoz, yaxshi istak, mehnat, o'qish, birovni o'girini engil qilishda sababchi bo'lish, yaxshi ko'rgan mashg'ulot bilan shug'ullanish, qiziqqan narsalarni o'rganib , bilib olish, o'qish, va.h.k. sog' tanda-sog'lom aql deganlariday, sog'lom aql bilan salomatlik tuman boylik keltiradi.

Nigorabegim
08-28-2006, 11:57 PM
Assalomu alaykum!
Menimcha haqiqiy baxt qalb tozaligi va pokizaligida bo'lsa kerak.
Odamlar esa baxtni har xil o'ylashadi: kimdir baxtim yo'lda deydi, kimdir baxtim pulda deydi yana kimdir esa qo'lda deydi. Xullas inson yetisha olmagan narsasiga intilib yashaydi. Baxtsizlik bor ekan, inson baxtni his qila oladi.
Ikki dunyo saodatiga erishgachgina inson haqiqiy baxtga erishishi mumkin deb o'ylayman.

Nigorabegim
08-29-2006, 12:03 AM
Baxtli va baxtsiz
Baxtli odam xudbin bo’ladi: baxtsizlarga achinmaydi. Baxtsiz odam ham xudbin bo’ladi: baxtlilarga g’ayirligi keladi. http://utkir.edunet.uz/oy.htm(O'tkir Hoshimovdan)

Han
08-29-2006, 12:04 AM
Rabbimizning roziligiga erishishda...

- o'sha rozilikka eltuvchi to'g'ri vosita va sabablarga erishishda...

MUHLIS
08-29-2006, 12:09 AM
Baht bu yetib borib to'htaydigan bekat emas......Baht bu davomiy minnatdorlik tuyg'usi.....ko'ngil tinchligi.....bu tug'uni doim his qilish uchun esa Shokirbek akamiz eslatib o'tgan sifatlarga ega bo'lish kerak shekilli.

n0xyl
08-29-2006, 12:12 AM
Счастливые всех шуты, дураки, сущеглупые и нерадивые, ибо укоров совести они не знают, призраков и прочей нежити не страшатся, боязнь грядущих бедствий не терзаются, надеждой будущих благ не обольщаются!!!

Malika
08-29-2006, 12:20 AM
Han va Shokirbek janoblariga katta tashakkur, yuqoridagi postlari uchun.

Har bir odam musulmon bo'lib tug'ilarkan,
musulmon bo'lib tug'ilganimizning o'zi ham bir baxt

Haqiqiy baxt esa Alloh roziligiga yetish, yuqorida aytib o'tilganidek Ikki dunyo saodatiga erishishdir.

Allohdan omonlik tilab
M.

maryam
08-29-2006, 08:18 AM
Musulmon bulganim katta baht deb bilaman.

B.TURKISTANI
04-16-2008, 08:36 AM
Alloh rozi bo'lsin!

Musofirbek
04-16-2008, 08:59 AM
Bu dunyodagi baht,tiriklikda Allohni yakkaligini qalb, til va amal bilan isbotlab Alloh ta'aloni roziligiga bu hayotu dunyo va ohiratda erishish ... bolsa kerak.

Bunday martabaga eng qisqa yo'l : Alloh yolida shahid bo'lishlik bo'lsa kerak, Wallohu a'lam.

Compromise
04-21-2008, 02:45 PM
Assalomu alaikum wa rahmatullohu wa barakatuh

Shu yerda o'z fikrimni qoldirmoqchi edim.
Men uchun bir kunlik baht bu hamma uchun og'ir va mushkul bo'lgan vazifani bajarish. Ya'ni bir kunlik besh mahal namozni bekamu kust, hushu ila jamoatga qo'shilgan holda o'qish va shu kuni turli hil gunohlardan qo'ldan saqlangan holda uyquga ketish.
Yana bir narsani baht deb bilaman. Bu u dunyoga ravona bo'lganizda janozangizda Masjid ahli masjidni to'ldirib janozangizni o'qisa. Lekin buning uchun yoki juda ham omadli bo'lishingiz lozim yoki haqiqatdan shunga loyiq inson bo'lishingiz lozim...

Hurmatlar ila,
Compromise

benq35
04-21-2008, 09:28 PM
Assalomu alaykum!
Menimcha haqiqiy baxt qalb tozaligi va pokizaligida bo'lsa kerak.
Odamlar esa baxtni har xil o'ylashadi: kimdir baxtim yo'lda deydi, kimdir baxtim pulda deydi yana kimdir esa qo'lda deydi. Xullas inson yetisha olmagan narsasiga intilib yashaydi. Baxtsizlik bor ekan, inson baxtni his qila oladi.
Ikki dunyo saodatiga erishgachgina inson haqiqiy baxtga erishishi mumkin deb o'ylayman.

Шу гапизга 100% кушиламан!
ва бир нарса кушардим - "Бахт - Бир биримизга булган махаббат"

Тюльпан
04-21-2008, 11:11 PM
"доживем до понедельника" деган бир эски фильм бор. уша фильмда "что такое счастье?" мавзусида баён ёзаётган болалардан биттаси: - счастье - это когда тебя понимают, - деб ёзган эди. хеч эсимдан чикмайди.

Unique
04-22-2008, 12:26 AM
"доживем до понедельника" деган бир эски фильм бор. уша фильмда "что такое счастье?" мавзусида баён ёзаётган болалардан биттаси: - счастье - это когда тебя понимают, - деб ёзган эди. хеч эсимдан чикмайди.

Kinodan ekanligini bilmasakanman, lekin doim yodimda turadi.

zumrad
04-22-2008, 01:01 AM
baxt-bu taxt,
taxt-bu dard:
Logic hulosa dard bu baxt:))
Oh uzr baxt bu dard;)

Huzuri
05-02-2008, 03:06 AM
dunyoda eng katta baxt, dunyoning eng songida iymon salomatligidir, yani imonli ketabilishdir-kalima keltirolmasa, dunyoda lyuks hayot kechirsa ham bir pulga arzimiydi. Bir inson umri bo'yi kofir bo'lsa faqat so'ng o'lishidan oldin musulmon bo'lsa va imonli ketsa, bir musulmon umri bo'yicha ibodat qilib so'ng nafasda imonsiz ketishi mumkin. shu sababdan so'ng nafasda bilinadi kim bahtsiz, kim bahtli ekanioni. dunyoda yashab qolish kerak degan bo'sh bir aldatuvchi so'zdir. dunyosini o'ylagan ohiratini kuydiradi, ohiratni o'ylagan ikki dunyosini ham qo'lga kiritgan baxtiyor kishidir. dunyodan maqsad-so'ng nafasdir, so'ng nafasga hozirlikdir. dunyoga kelgan, albatta o'lish uchun keladi, har bir o'tgan daqiqa, o'limga yaqinlashtirmoqda. o'lim musulmonga baht, kofirga falokat, shuning uchun musulmon o'limdan qo'rqmaydi, sevinadi. Albatta ming yil umr ko'rsang ham, ohirida 1 daqiqa tush kabidir. u bir daqiqalikning bahtli o'tishi muhim emas, qadarga isyon qilmaslik kerak, bizning deganimiz bo'lmaydi, Allohning degani bo'ladi. ming yil bo'lsa ham ohirat cheksizligi, abadiyligi yonida taqqoslanmaydi. ohiratda faqat 2 ta astanovka bor, manzil bor undan boshqa yer yoq-biri jannat biri jahannam, aqlli inson bunga ko'ra tadbir oladi. aqlsiz esa "ninachi va chumoli" masali bor, shundagi qishga hozirlik ko'rmasdan yallo qilgan ninachi kabidir. BARCHAGA IYMON SALOMATLIGI TILAB "HUZURI"
JUMALARINGIZ MUBORAK BO'LSIN. BIZLARNI HAM DUODA UNUTMANGLAR