PDA

View Full Version : TAVHID TURLARI VA UNING FOYDALARI HAQIDA SAVOL-JAVOBLAR!

AbdurRahman
08-14-2003, 12:31 PM
Savol-1: Alloh taolo payg’ambarlarni nima uchun yuborgan?
Javob-1: Alloh ularni O’z ibodatiga da’vat qilish va Unga shirk keltirishdan qaytarish uchun yuborgan. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “Aniqki, biz har bir ummatga: Allohga ibodat qilinglar va tog’ut-shaytondan yiroq bo’linglar (degan vahiy bilan) bir payg’ambar yuborganmiz”. (Nahl surasi 16:36)
Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytadilar:
ma’nosi: “Payg’ambarlar o’zaro birodardirlar…. Va dinlari ham birdir”. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari

AbdurRahman
08-14-2003, 12:32 PM
Savol-2: “Tavhidur-rububiyya” nima degani?
Javob-2: Alloh taoloni barcha ishlarida yagona deb bilmoqdir. Masalan, Uning Tadbirkorligi va Yaratuvchanligiga o’xshash. Chunki, Alloh taolodan o’zga zot bunday koinotlarni yaratishga qodir emasdir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “Maqtovlar barchasi hamma olamlar hojasi Alloh uchundir”.(Fotiha surasi 1:1) Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytadilar:
ma’nosi: “Sen yeru osmonlarning Parvardigorisan”. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari

AbdurRahman
08-14-2003, 12:33 PM
Savol-3: “Tavhidul-uluhiyya” nima degani?
Javob-3: Alloh taoloni ibodatda yagona deb bilishdir. Masalan, duo qilish, qurbonlik so’yish, nazr-niyoz, namoz o’qish, umid qilish va yordam so’rashga o’xshash. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “Tangringiz yagona tangridir. U Mehribon va Rahmli tangridan o’zga hech qanday (ibodat qilinuvchi)tangri yo’qdir”. (Baqara surasi 2:163) Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi va sallam) aytadilar:
ma’nosi: “Odamlarga qiladigan eng avvalgi da’vatlaringiz Alloh taoloning yagonaligiga va Undan o’zga(ibodat qilinuvchi) iloh yo’qligiga guvohlik berish bo’lsin” Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari. Imom Buxoriy rivoyatlarida “Allohning birligiga” degan lafzda keladi.

AbdurRahman
08-14-2003, 12:35 PM
Savol-4: Alloh taoloning ism va sifatlaridagi yagonaligi qanday?
Javob-4: Alloh taolo Qur’oni karimda O’zini qanday sifatlagan bo’lsa, yoki Rasululloh (sallallahu ‘alayhi vasallam) sahih hadislarda u Zotni qanday sifatlagan bo’lsalar, ushbu sifatlarga iymon keltirib, U Zotni o’zimizga o’xshatmasligimiz va bu sifatlarni inkor qilib, ma’nolarini o’zgartirmasligimizdir. Masalan, Alloh taoloning Arsh ustidaligi va dunyo osmoniga tushishi va Uning Qo’li borligi kabi Alloh taoloni barkamol zot ekanligini anglatadigan narsalar. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “Biron narsa U Zotga o’xshash emasdir, U zot (BARCHA NARSANI)Eshitguvchi va (BARCHA NARSANI)Ko’rib Turguvchidir”. (Sho’ro surasi 42:11) Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytadilar:
ma’nosi: “Alloh taolo har kecha dunyo samosiga tushadi”. Imom Muslim rivoyatlari.
“Dunyo samosi”dan murod er ustidagi osmondir.
Bu tushish Alloh taoloning O’z buyukligiga xos bo’lib, bandalari tasavvur qila olmaydigan darajadadir.

AbdurRahman
08-14-2003, 12:36 PM
Savol-5: Alloh taolo qaerda?
Javob-5: Alloh taolo osmonda, Arshi A’lo ustidadir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “(U zot) O’z arshida o’rnashdi”. (Toha surasi 20:5)Imom Buxoriy aytishlaricha, “O’rnashdi”dan murod ko’tarildi va yuqori bo’ldi demakdir.
Payg’ambar (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytadilar:
ma’nosi: “Alloh taolo jamiki narsalarni yaratishdan ilgari bir kitobni yozdi… Bu kitob Uning oldida Arshi A’lodadir”. Imom Buxoriy rivoyatlari.

AbdurRahman
08-14-2003, 12:37 PM
Savol-6: Alloh taolo biz bilan birgami?
Javob-6: Ha, Alloh taolo Eshitishi, Ko’rishi va Ilmi ila biz bilan birgadir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “(Alloh) aytdi: Qo’rqmanglar, shak shubhasiz men sizlar bilan birgaman – eshitib, ko’rib turaman”. (Toha surasi 20:46) Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytadilar:
ma’nosi: “Sizlar yaqin, Eshitguvchi Zotga duo qilayapsizlar. U Zot O’z ilmi orqali sizlar bilandir”. Imom Muslim rivoyatlari

AbdurRahman
08-14-2003, 12:38 PM
Savol-7: Tavhidninng foydasi nimadadir?
Javob-7: Tavhidninng foydasi oxirat azobidan abadiy saqlanish, bu dunyoda to’g’ri yo’l topish va gunohlarni kechirilishiga erishishdan iboratdir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “Iymon keltirgan, o’z iymonlarini zulm (shirk) bilan aralashtirmagan zotlar – ana o’shalar hotirjam bo’lguvchidirlar va o’shalar hidoyat tovguvchidirlar”. (An’om surasi 6:82) Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytadilar:
ma’nosi: “Bandalarning Allohdagi haqlari Alloh taologa hech narsani shirk qilmaganlarni azoblamasligidir”. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari.

AbdurRahman
10-13-2003, 01:13 AM
raised

Akhee-Abdullah
10-14-2003, 11:01 AM
Raised :!:

Akhee-Abdullah
10-17-2003, 10:05 AM
Tavhid Markazi-Assalam alaikum wa rahamtullahi :!:

Tawvid al-Uluhiyani Nasaro wa Yahudlar ham tasdeeq etishadimi? Yoki ular faqat Tavhid ar-Rububiyani tasdeeq etishadimi? Allahning yagonaligini kopchilik Ozbeklarimiz bilishadi, ammo Nasaro wa Yahidlar singari Tawheed al-Uluhiyani tasdeeq etishmasa, Yani Faqat Allahgagina ibodat etmasa, :arrow: ozimizlarning kopchilik Ozbeklarning Nasaro wa Yahudlardan farqi nimada?

Jawoblaringizni kutib qolamiz,

Akhee Abdullah

11-05-2003, 02:06 AM

"Nasaro va Yahudlar" so'zlarini tushuntirib bering iltimos. Va nima uchun o'zbeklar, deyapsiz faqat balkim musulmonlar desangiz to'g'riroq bo'lar?

Boshqalar javob berishsa ham meni minnatdorchiligim ular uchun!!!

Oldindan javoblar uchun raxmat!

Akhee-Abdullah
11-05-2003, 10:48 AM
Savol umumiy muslimlar emas, balkim aynan watanimizdagi millati Ozbek yoki Tojik wa dini Islam bo'lganlar haqeeda edi. Bilamizki, Nasroniy wa Yahudiylar, "Ahlil Kitaab" deb ataladilar, ya'ni, Yahudiy wa Nasroniy qawmlariga Allah swt nabiy wa rasoollalr jonatganlar. Ular ham Allahning yakka wa yagonaligiga shahodat berishadi. Ammo Allah swt ni qoyib yaratilmishlarga ibodat etadilar.

Bizlarning bazi Ozbek wa Tojiklarimiz ham Allahning toqligini (yakkaligini) tasdiqlashadiyu ammo, uning ozigagina ibodat etishmaydi, bilib wa bilmagan holda. Shunday boladigan bo'lsa "Ularning Nasroniy wa Yahudlardan farqi nimada" degan sawol bolgan edi.

Akhee-Abdullah
09-22-2005, 09:07 AM
Mashallah, foydalik mavzu ekan..yana bahramand bulsak degan niyatda.

Royal
09-22-2005, 11:12 AM
Bilamizki, Nasroniy wa Yahudiylar, "Ahlil Kitaab" deb ataladilar, ya'ni, Yahudiy wa Nasroniy qawmlariga Allah swt nabiy wa rasoollalr jonatganlar. Ular ham Allahning yakka wa yagonaligiga shahodat berishadi. Ammo Allah swt ni qoyib yaratilmishlarga ibodat etadilar.

Hristiyanlar - ISO (s.a)ni Ollohni ogli (towba qildim) deb tanib unga LORD deb murojaat etishadi...
Bizlarning bazi Ozbek wa Tojiklarimiz ham Allahning toqligini (yakkaligini) tasdiqlashadiyu ammo, uning ozigagina ibodat etishmaydi, bilib wa bilmagan holda. Shunday boladigan bo'lsa "Ularning Nasroniy wa Yahudlardan farqi nimada" degan sawol bolgan edi.
Uzr, bu gapga tushunmadim, izoh bera olasizmi shunga ???
Bundogini hali eshitmaganakanman lekin...

salbert
09-22-2005, 03:16 PM
tinchlik me uz :rolleyes: Savol-1: Alloh taolo payg’ambarlarni nima uchun yuborgan?
Javob-1: Alloh ularni O’z ibodatiga da’vat qilish va Unga shirk keltirishdan qaytarish uchun yuborgan. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “Aniqki, biz har bir ummatga: Allohga ibodat qilinglar va tog’ut-shaytondan yiroq bo’linglar (degan vahiy bilan) bir payg’ambar yuborganmiz”. (Nahl surasi 16:36)
Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytadilar:
ma’nosi: “Payg’ambarlar o’zaro birodardirlar…. Va dinlari ham birdir”. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari

Hamid
09-22-2005, 03:49 PM
Savol umumiy muslimlar emas, balkim aynan watanimizdagi millati Ozbek yoki Tojik wa dini Islam bo'lganlar haqeeda edi. Bilamizki, Nasroniy wa Yahudiylar, "Ahlil Kitaab" deb ataladilar, ya'ni, Yahudiy wa Nasroniy qawmlariga Allah swt nabiy wa rasoollalr jonatganlar. Ular ham Allahning yakka wa yagonaligiga shahodat berishadi. Ammo Allah swt ni qoyib yaratilmishlarga ibodat etadilar.

Bizlarning bazi Ozbek wa Tojiklarimiz ham Allahning toqligini (yakkaligini) tasdiqlashadiyu ammo, uning ozigagina ibodat etishmaydi, bilib wa bilmagan holda. Shunday boladigan bo'lsa "Ularning Nasroniy wa Yahudlardan farqi nimada" degan sawol bolgan edi.
Alloh (SWT) bekorga Qur'onda yahudiylarni shuncha kop ornak qilib korsatmagan. hozirgi kunlarda biz musulmonlar ham ozimizni Alloh'ning tanlangan bandalari hisoblashga organib qolgamiz, La Ilaha Illolloh desak jannatga kiramiz, yoshligimizda ichsak, pensiyaga chiqqanimda tavba qilib, namoz oqisak, jannatga tushamiz degan narslar juda kop oramizda. (bu faqat oz'bek yoki tojiklarga emas, butun ozini musulmon hisoblab, shunday oylaganlarga). Alloh bizni butun bu oatlar bilan yahudiylashishdan ogohlantirgan.
hh

Akhee-Abdullah
09-22-2005, 04:18 PM

Assalam alaikum.

Baraka'Allahu feekum ya akhee. It has been beneficial.