View Full Version : Shirk va uning turlari haqida savol javoblar.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:06 AM
Savol-16: Katta shirk nimadir?
Javob-16: Katta shirk – ibodat turlaridan birontasini Alloh taolodan o’zgaga sarflamoqdir. Masalan, duo qilish, qurbonlik so’yish va shunga o’xshash ishlardir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “Allohni qo’yib sizga foyda ham, ziyon ham etkaza olmaydigan narsaga iltijo qilmang! Bas, agar shunday qilsangiz, u holda albatta zolimlardandirsiz”. “Yunus” surasi, 106 – oyat.
“Zolim”dan murod mushrikdir.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
ma’nosi: “Katta gunohlarning ham kattasi Alloh taologa shirk keltirish, ota - onaga oq bo’lish va yolg’on guvohlik berishdir”. Imom Muslim rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:07 AM
Savol – 17: Alloh taolo huzuridagi eng katta gunoh qaysidir?
Javob – 17: Alloh taolo huzuridagi eng katta gunoh katta shirkdir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “Eslang, Luqmon o’g’liga pand nasihat qilar ekan, degan edi: Ey o’g’ilcham, Allohga shirk keltirmagin! Chunki shirk keltirsh katta zulmdir”. “Luqmon” surasi, 13 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam)dan, gunohlarning eng kattasi qaysi, deb so’ralganda aytdilar:
ma’nosi: “Sen o’zingni yaratgan Alloh taoloni sherigi bor deb bilishingdir”. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:07 AM
Savol – 18: Shirk muslmonlarda uchraydimi?
Javob – 18: Ha, mavjuddir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “Ularning ko’plari Allohga faqat mushrik bo’lgan hollaridagina iymon keltiradilar”. “Yusuf” surasi, 106 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
ma’nosi: “Ummatlarimdan bir necha qabilalar mushriklar bilan qo’shilishib, butparast bo’lib ketmagunlaricha qiyomat qoyim bo’lmaydi”. Imom Termiziy rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:08 AM
Savol – 19: O’liklar va g’oyib kimsalardan duo talab qilishning hukmi nimadir?
Javob – 19: Ulardan duo talab qilish shirklarning eng kattasidandir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “Bas, (Ey Muhammad), siz Alloh bilan birga boshqa biron bir ilohga iltijo qilmang! Aks holda azoblanguvchi kimsalardan bo’lib qolursiz”. “Shuaro” surasi, 113 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
ma’nosi: “Kimki Alloh taolodan o’zgadan hojatini so’rab Allohga shirk keltirgan holda o’lsa, do’zaxga kirgay”. Imom Buxoriy rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:13 AM
Savol – 20: Duo ibodatmi?
Javob – 20: Ha, duo ibodatdir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “Parvardigorlaringiz: Menga duo – iltijo qilinglar, Men sizlarga qilgan duolaringizni mustajob qilurman, dedi. Albatta Menga ibodat qilishdan kibr – havo qilgan kimsalar yaqinda bo’yinlarini ekkan hollarida jahannamga kirurlar”. “G’ofir” surasi, 60 – oyat.
Payg’amabrimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: “Duo – ibodatdir”. Imom Termiziy rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:14 AM
Savol – 21: O’liklar duoni eshitadilarmi?
Javob – 21: Yo’q eshitmaydilar. Dalil: Alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “(Ey Muhammad), siz qabrlardagi kimsalarga (ya’ni o’lik dillarga) eshittira oluvchi emasdirsiz”. “Fotir” surasi, 22 – oyat.
Abdulloh ibni Umar (radiallahu ’anhu) deydi: “Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) Badrdagi mushriklarning o’liklari tashlangan quduq ustida turib aytdilar:
Ma’nosi: “Rabbilaring va’da bergan narsani haqiqatdan ham ko’rgandirsizlar, endi?!” Keyin aytdilarki, “Ular shu tobda men aytgan so’zlarimni eshitishadi”.
Qachonki bu hadis Oisha (radiallahu ’anha)ga aytilganda, payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam): Shu tobda ular men aytgan narsalarimni haqiqatdan ham bilishadi, dedilar – dedida, “Siz o’liklarga eshitdira olguvchi emasdirsiz” – oyatini o’qidi.
Hadisni rivoyatchisi Qatoda ibn Daoma as – Sadusiy: “Alloh taolo ularni payg’ambarning so’zlarini eshitishlari uchun taxqirlangan, hasrat – nadomat chekkan hollarida tiriltirdi”, deydi. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Hadisni foydalari:
Mushrik o’liklarining eshitishlari vaqtinchalikdir. Dalil: Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) ning: “Ular shu tobda men aytgan so’zlarimni eshitishadi”, degan gaplaridir. Bundan tushuniladiki, bundan keyin eshitishmaydi. Chunki bu ishdan murod yuqoridagi Qatoda aytgan gapidir.
Oyisha (radiallahu ’anha)ning Ibni Umar (radiallahu ’anhu) rivoyatini inkor qilishidan anglanadiki, payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam): “eshitishadi”, emas, balki: “bilishadi”, dedilar – “Siz o’liklarga eshittira olguvchi emasdirsiz” oyatini dalil keltirgan holda.
Quyidagi holatda Oyisha bilan Ibni Umar (radiallahu ’anhu)larning rivoyatlarini muvofiqlashtirish mumkin:
Aslida o’liklar Qur’onda ta’kidlanganidek, gap eshitishmaydi. Lekin, mushrik o’liklarining tiriltirib, gap eshitishlari, hadisning rivoyatchisi Qatoda ta’kidlaganidek payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam)ning mo’jizalaridandir, Vallohu A’lam.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:15 AM
Savol – 22: O’liklar va g’oyib kimsalardan madad so’rasa bo’ladimi?
Javob – 22: Yo’q, ulardan yordam so’ralmaydi, balki Alloh taoloning O’zidangina so’raladi. Dalil: Alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “(Mushriklarning) Allohni qo’yib, iltijo qilayotgan butlari biron narsani yaratguvchi emasdir, balki o’zlari yaralguvchidirlar. (Ular) jonsiz o’liklardir. Va ular (o’zlaricha sig’inayotgan mushriklarning) qachon qayta tirilishlarini ham seza olmaydilar”. “Nahl” surasi, 21 - 22 oyatlar.
Alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “O’shanda Parvardigorlaringizdan madad tilaganingizda, U sizlarga ijobat qildi”. “Anfol” surasi, 9 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: “Ey, hamisha tirik bo’lgan va abadiy turguvchi zot! Sening rahmatingdan yordam so’rayman”. Imom Termiziy rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:16 AM
Savol – 23: Alloh taolodan o’zgadan yordam – madad so’rash mumkinmi?
Javob – 23: Yo’q, mumkin emasdir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina madad so’raymiz.” “Fotiha” surasi, 5 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: “Agar biron narsani so’rasang, faqat Allohning O’zidangina so’ragin. Agar madad tilamoqchi bo’lsang Allohdangina madad tilagin”. Imom Termiziy rivoyatlari
AbdurRahman
08-15-2003, 11:16 AM
Savol – 24: Tiriklardan madad tilasa bo’ladimi?
Javob – 24: Ha, agar ularning kuchlari yetsa yordam so’raymiz. Dalil: Alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “Yaxshilik va taqvo yo’lida hamkorlik qilinglar”. “Moida” surasi, 2 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: “Agar banda birodarining yordamida bo’lsa, Alloh taolo ham bu bandasining yordamidadir”. Imom Muslim rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:17 AM
Savol – 25: Alloh taolodan o’zgaga nazr – niyoz qilsa bo’ladimi?
Javob – 25: Allohdan boshqaga nazr – niyoz qilsa bo’lmaydi. Dalil: Alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “(Ey Muhammad), Imronning xotini: Parvardigorim, men qornimdagi narsani (homilani, dunyo ishlaridan) ozod etib, Senga nazr qildim deganini eslang”. “Oli Imron” surasi, 35 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: “Kimki Alloh taoloning toatini qilaman deb nazr – niyoz qilsa qilaversin, Endi kimki Allohga gunohkor bo’ladigan nazr – niyoz qilaman desa, aslo qila ko’rmasin.” Imom Buxoriy rivoyatlari
AbdurRahman
08-15-2003, 11:18 AM
Savol – 26: Alloh taolodan o’zgaga qurbonlik qilish mumkinmi?
Javob – 26: Yo’q, mumkin emasdir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “Bas, siz Parvardigoringiz uchun namoz o’qing va (jonlik) so’yib qurbonlik qiling!”. “Kavsar” surasi, 2 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: “Allohdan o’zgaga atab qurbonlik qiladigan kishiga Allohning la’nati bo’lsin!” Imom Muslim rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:19 AM
Savol – 27: Alloh taologa yaqinlashish maqsadida qabrlar atrofida aylanish mumkinmi?
Javob – 27: Yo’q, mumkin emas. Faqat ka’banigina atrofida aylansa bo’ladi. Dalil: alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “Va eski uy (Ka’ba)ni tavof qilsinlar”. “Haj” surasi, 29 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) ayatdilar:
Ma’nosi: ”Kimki etti marta ka’bani aylanib, ikki rakaat namoz o’qisa, bir qulni ozod qilgan miqdorda savob olgay”. Imom Ibn Mojja rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:20 AM
Savol – 28: Sehrning hukmi nima?
Javob – 28: Sehr – kufrdir. Dalil: alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “ balki odamlarga sehr o’rgatadigan shaytonlar kofir edilar”. “Baqara” surasi, 102 – oyat.
Payg’amabrimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: Yettita halokatga yo’liqtiradigan narsalardan o’zlaringni tiyinglar! Ular: Alloh taologa shirk keltirmoq, sehr … lardir.”. Imom Muslim rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:20 AM
Savol – 29: Folbinlar bilan parixonlarga ishonsa bo’ladimi?
Javob – 29: Yo’q, ularga ishonish mumkin emas. Dalil: Alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “Ayting: Osmonlar va erdagi biron kimsa g’aybni bilmas, magar Allohgina (bilur).” “Naml” surasi, 65 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: “kimki Folbin yoki parixonning oldiga kelib, uning aytgan gaplariga ishonsa, Muhammadga kelgan dinga kofir bo’libdi”. Imom ahmad rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:21 AM
Savol – 30: biron odam g’aybni biladimi?
Javob – 30: Yo’q, g’aybni Alloh taolodan o’zga hech kim bilmaydi. Dalil: alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “G’ayb ochqichlari Uning huzuridadirkim, ularni yolg’iz o’zigina bilur”. “An’om” surasi, 59 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: “G’aybni Alloh taolodan o’zga hech kim bilmaydi”. Imom Tabaroniy rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:22 AM
Savol – 31: Islomga zid bo’lgan qonunlarga amal qilishning hukmi qanday?
Javob – 31: Islomga zid bo’lgan qonunlarga amal qilish, agar uni bo’laveradi yoki to’g’ri deb e’tiqod qilsa kufrdir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “Kimda – kim alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirdirlar”. “Moida” surasi, 44 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: “Boshliqlaringiz Allohdan kelgan narsalarga ko’ngillari tusaganicha va o’z bilarmonlik bilan amal qilishib, Allohning Qur’oni ila hukm chiqarmas ekanlar, Alloh ularning o’rtalarida musibat hosil qilib qo’ygay”. Imom Ibn Mojja rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:23 AM
Savol – 32: Alloh taoloni kim yaratgan?
Javob – 32: Agar shayton birontangizni ushbu savol bilan vasvasa qilsa, “A’uzu billahi minash shaytonir rojiym” deb Alloh taolodan panoh so’rasin! Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “Agar sizni shayton tomonidan biron vasvasa yo’ldan ozdirib (mazkur hislat egasi bo’lishdan qaytarmoqchi bo’lsa), u holda Allohdan panoh so’rang. Zero, U Eshitguvchi va Bilguvchi Zotdir”. “Fussilat” surasi, 36 – oyat.
Shuningdek, biz payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) o’rgatganlaridek o’zimizni shaytonning hiylasidan asraymiz va:
ya’ni, “Amantu billahi va rusulih, Allohu ahad, Allohus somad, lam yalid valam yulad valam yakun lahu kufuvan ahad”, deymiz. So’ngra chap tomonga uch marta tupurib, shaytonning vasvasasidan panoh so’rab birovga og’iz ochmaymiz.
ma’nosi: “Alloh taologa va payg’ambarlariga iymon keltirdim. Alloh taolo yagonadir. Alloh hech kimga muhtoj emasdir. U tug’magan va tug’ilmagandir. Hech kim U Zotga teng emasdir”. Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyatlari.
Yana shu narsani aytishimiz shartki: Alloh taolo yaratuvchidir, yaratilgan emasdir. U Zot yagonadir. Undan ilgari hech narsa bo’lgan emas. Dalil: Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: “Parvardigoro, O’zing avvaldirsan. Sendan ilgari hech narsa bo’lmagan”. Imom Muslim rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:24 AM
Savol – 33: Islomdan oldin mushriklarlarning aqidasi qanday bo’lgan?
Javob – 33: Ular Alloh taologa yaqin bo’lish maqsadida va shafoat talab qilib, avliyolardan hojatlarini so’rashar edi. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “U Zotdan o’zga do’stlarni (“xudo”) qilib olgan kimsalar: Biz (o’sha xudolarimizga) faqat ular bizni Allohga yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz, derlar”. “Zumar” surasi, 3 – oyat.
Alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “Ular Allohni qo’yib o’zlariga ziyon ham, foyda ham yetkaza olmaydigan narsalarga ibodat qiladilar va: Ana shu narsalar Alloh taolo huzurida bizlarning oqlovchilarimiz, deydilar”. “Yunus” surasi, 18 – oyat.
Hozirgi kunda ba’zi musulmonlar yuqoridagi ishlarni mushriklarga o’xshab qilmoqdalar.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:24 AM
Savol – 34: Alloh taologa shirk keltirshdan qanday qilsak qutulamiz?
Javob – 34: Quyidagi narsalardan o’zimizni tiymasak, Alloh taologa shirk keltirshdan qutula olmaymiz.
Parvardigorimizga xos bo’lgan ishlarda Uni sherigi bor deb bilish.
Masalan, Alloh taolodan o’zga ham bu olamni boshqarib turuvchi zotlar bor deb e’tiqod qilishga o’xshash. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “Ey Muhammad ayting: Kim barcha ishlarni tadbir qilib turur? Ular albatta Alloh deydilar”. “Yunus” surasi, 31 – oyat.
Ibodatda shirk keltirish. Masalan, payg’ambar va avliyolardan
hojatlarini so’rab duo qilishga o’xshash. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “(Ey Muhammad, diningizdan qaytishingizni talab qilayotgan kofirlarga) ayting: Men yolg’iz Parvardigorimgagina duo – iltijo qilurman va U Zotga biron kimsani sherik qilmasman”. “Jin” surasi, 20 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
ma’nosi: “Duo Ibodatdir”. Imom Termiziy rivoyatlari.
Allohning sifatlarida shirk keltirish. Masalan, payg’ambarlar va
avliyolar g’aybni bilishadi, deganga o’xshash. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “Ayting: Osmonlar va erdagi biron kimsa g’aybni bilmas, magaram Allohgina (bilur)” “Naml” surasi, 65 – oyat.
Alloh taoloni bandalariga o’xshatish. Masalan, podshoxning
Huzuriga birovning vositasiz kira olmaganimdek, Alloh taolodan biron odam vositasidagina hojatimni so’ray olaman, deganga o’xshash. Bu ish – yaratuvchi zotni yaratilgan narsalarga o’xshatish – shirkdir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “Biron narsa u Zotga o’xshash emasdir”. “Shura” surasi, 11 – oyat.
Bu narsani Alloh taoloning quyidagi oyati yanada quvvatlaydi:
Ma’nosi: “Qasamki: agar mushrik bo’lsang, albatta qilgan amaling behuda ketur va ziyon ko’rguvchilardan bo’lib qolursan!”. “Zumar” surasi, 65 – oyat.
Agar inson tavba qilib, shirkning bu turlaridan qutula olsa, albatta Alloh taoloni bir deb biluvchilarva faqatgina Unga ibodat qiluvchilar sirasidan bo’lur.
Ey Parvardigoro, bizni O’zingni bir deb biluvchilar va faqatgina Senga ibodat qiluvchilar qatoridan qilgin, mushriklardan qilib qo’ymagin!
AbdurRahman
08-15-2003, 11:25 AM
Savol – 35: Katta shirkning qanday ziyoni bor?
Javob – 35: Katta shirk insonni do’zaxda abadiy qolishiga sabab bo’ladi. Dalil: Alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “Albatta kimda – kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur va borar joyi do’zax bo’lur. Zulm qilguvchilar uchun biron yordamchi bo’lmas”. “Moida” surasi, 72 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: “Kimki Alloh taologa biron narsani shirk keltirgan holda o’lsa, jahannamga kiradi”. Imom Muslim rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:26 AM
Savol – 36: Mushrik odamga qilgan yaxshi amallarining foydasi bormi?
Javob – 36: Yo’q, mushrik odamga qilgan yaxshi amallarining foydasi yo’qdir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “Agar ular mushrik bo’lganlarida qilgan amallari behuda ketgan bo’lur edi”. “An’om” surasi, 88 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: ”Alloh taolo aytdi:” Men sherikdan behojatman! Kimki bir amalni qilib, unda o’zgani Menga sherik qilsa, uni sherigiga qoldiraman (ya’ni, qilgan amaliga men savob bermayman)””Imom Muslim rivoytlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:27 AM
Savol – 37: Kichik shirk nimadir?
Javob – 37: Kichik shirk – riyodir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “Bas, kim Parvardigoriga ro’baro’ bo’lishdan umidvor bo’lsa, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biron kimsani (Unga) sherik qilmasin!”. “Kahf” surasi, 110 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: “Meni sizlardan eng qo’rqadigan narsam kichik shirk – riyodir”. Imom Ahmad rivoyatlari.
Insonning quyidagi gaplari ham kichik shirkdan hisoblanadi:
Agar Alloh va falonchi bo’lmaganda edi, bu muvaffaqiyatga erisha olmas edim.
Alloh va sen hohlaganing uchun bu ish bo’ldi.
Birinchi misolda Allohga falonchini sherik qilib qo’ygani uchun, ikkinchi misolda esa, Allohning hohoshi bilangina cheklanmasdan yana birovning hohishini sherik qilgani uchun bu so’zlar shirk hisoblandi.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: “Alloh va falonchi xohladi, demanglar, balki Alloh so’ngra falonchi xohladi, deb aytinglar”. Imom Ahmad rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:27 AM
Savol – 38: Alloh taolodan boshqaning nomiga qasam ichsa bo’ladimi?
Javob – 38: Alloh taolodan o’zganing nomiga qasam ichsa bo’lmaydi. Dalil: Alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “(Ey Muhammad, ularga) aytin: Yo’q! Parvardigorimga qasamki, albatta qayta tirilursizlar”. “Tag’obun” surasi”, 7 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) ayatdilar:
Ma’nosi: “Kimki Alloh taolodan o’zganing nomiga qasam ichsa, mushrik bo’libdi”. Imom Ahmad rivoyatlari.
Pay’gambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: “Kimki qasam ichsa, Alloh taoloning nomiga qasam ichsin yoki sukut saqlasin!” Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari.
Payg’ambarlar va avliyolar nomiga qasam ichish, agar qasam ichuvchi odam ularda kuch – quvvat bor yoki ular menga foyda yo zarar etkaza oladi, deb e’tiqod qilsa katta shirkdir.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:29 AM
Savol – 39: Shifo topish umidida ip va halqa taqsak bo’ladimi?
Javob – 39: Yo’q, bu narsalarni taqmaymiz. Dalil: Alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “Agar Alloh sizni (kambag’allik, hastalik kabi) biron ziyon bilan ushlasa, bas, uni faqat O’zigina aritguvchidir”. “An’om” surasi, 17 – oyat.
Huzayfa (radiallahu ’anhu)dan rivoyat qilinishicha, u kishi bir odamni istimani qaytarish niyatida qo’liga ip bog’lab olganini ko’rganida ipini uzib tashladi va Alloh taoloning quyidagi oyatini o’qidi:
Ma’nosi: “Ularning ko’plari Allohga faqat mushrik bo’lgan hollaridagina iymon keltiradilar”. “Yusuf” surasi, 106 – oyat.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:30 AM
Savol – 40: Ko’z tegmasin deb munchoq va sadafga o’xshash narsalarni taqsa bo’ladimi?
Javob – 40: Yo’q, ko’zdan saqlanish maqsadida bu narsalarni taqsak bo’lmaydi: Dalil: Alloh taolo aytadi:
Ma’nosi: “Agar Alloh sizni (kambag’allik, hastalik kabi) biron ziyon bilan ushlasa, bas, uni faqat O’zigina aritguvchidir.” “An’om” surasi, 17 – oyat.
Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:
Ma’nosi: “Kimki tumor taqsa, Allohga shirk keltirgan bo’libdi”. Imom Ahmad rivoyatlari.
AbdurRahman
08-15-2003, 11:32 AM
http://www.forum.uz/viewtopic.php?t=13794
AbdurRahman
10-13-2003, 01:15 AM
raised
Akhee-Abdullah
10-14-2003, 11:02 AM
Raised :!:
Azamega
10-14-2003, 11:04 AM
Raised! ?
Azamega
10-14-2003, 02:34 PM
Isriq, Koz muchoq ... ham Shirkga kiradimi?
Quron chi?
Peace
Akhee-Abdullah
10-14-2003, 03:35 PM
Question: Is it allowed to put a piece of animal skin, leather or such upon the stomach of a breast-feeding baby boy or girl or older child? We in the South of Saudi Arabia put such a piece of leather upon the stomach of the girl, small child or older. We hope that you will benefit us on this matter.
Response: If that piece of animal skin is put on the child as a kind of amulet to protect the child from harm or to bring about some good, then that is forbidden, and could even be a form of shirk. If it is put for a sound reason, such as to keep the navel from bulging or to strengthen the back, then there is no harm in that.
And with Allaah lies all success and may Allaah send prayers and salutations upon our Prophet (sal-Allaahu `alayhe wa sallam) and his family and his companions.
The Permanent Committee for Islaamic Research and Fataawa
Fataawa al-Mar.ah
Question: I have seen some people placing a knife on their small children and saying, "This is so the jinn do not come to him." Is this practice correct?
Response: This is an objectionable act and there is no sound source for it. It is not allowed to do such a thing. What is legally sanctioned is to seek refuge from them by Allaah's complete words from every devil and poisonous pest, as has been confirmed from the Prophet (sal-Allaahu `alayhe wa sallam). He used to seek protection by those words for his grandsons al-Hasan and al-Husayn Ibn 'Alee. It is also sanctioned to make dua for them by asking Allaah to protect them from every evil. As for putting a knife or something similar, of iron, wood or other substances, with the belief that such will protect them from the jinn, it is an evil practice that is not allowed. Similar is the ruling with respect to hanging an amulet over them, which is what is called al-tama'im. This is not allowed because the Prophet (sal-Allaahu `alayhe wa sallam) said:
((Whoever hangs an amulet, Allaah will not complete[his affair] for him)).
In another narration, the Prophet (sal-Allaahu `alayhe wa sallam) said:
((Whoever wears an amulet has committed shirk)).
May Allaah bestow understanding of the religion upon all Muslims, and steadfastness in the religion. We seek refuge for ourselves and them3 from everything that differs from His pure law.
Shaykh Ibn Baaz
Fataawa al-Mar.ah
Praise be to Allaah.
If an amulet is made with something other than Qur’aan or du’aa’s narrated from the Prophet (peace and blessings of Allaah be upon him), or if it contains symbols, mumbo-jumbo and strange words that cannot be understood, then there is scholarly consensus that it is haraam and constitutes shirk. But if the amulet is made with Qur’aan or du’aa’s narrated from the Prophet (peace and blessings of Allaah be upon him), then there is a difference of opinion among the salaf, but the correct view is that it is haraam
The scholars are agreed that it is haraam to wear amulets if they are made with anything other than Qur’aan, but they differed concerning those that are made with Qur’aan. Some said that it is permissible to wear them and some said that that is not permissible. The view that it is not allowed is more likely to be correct because of the general meaning of the ahaadeeth, and so as to prevent the means that may lead to shirk. And some might enter Washroom/bathroom while wearing the amulet with words of Quraan, which is not permissible. If a person wears the amulet with the words of Quraan just for decoration, it migh be ok, keeping in mind that he/she does not believe that Amulet does not bring any benefit or harm. But still it is reommended that a person does not wear an amulet of any kind.
Fataawa al-Lajnah al-Daa’imah, 1/212
So amulet should remove it straight away and burn it. You said that you did that and you did not know that it was shirk, so you are not to be regarded as a mushrik or a sinner because of this action, since you did not deliberately commit an act of sin. Allaah says (interpretation of the meaning):
“And there is no sin on you concerning that in which you made a mistake, except in regard to what your hearts deliberately intend”
[al-Ahzaab 33:5]
“Our Lord! Punish us not if we forget or fall into error”
[al-Baqarah 2:286]
And the Prophet (peace and blessings of Allaah be upon him) said: “My ummah is excused for their mistakes, what they forget and what they are forced to do.”
This evidence indicates that whoever commits a sin but does not know it is a sin, is not to blame, and that Allaah has forgiven him.
And Allaah knows best.
Akhee-Abdullah
10-14-2003, 03:45 PM
Agar isriq, dizinfektisiya uchun ishlatilsa u foyldalikku :!: Ammo siz uyning burchagiga "Yomon kozdan asrasin" deb osib qoyilgani haqida gapirvotgan bolsaiz, bu amal haram hisoblanadi. Chunki, Allahdan ozgadan, yani isriqdan, najor soralgani uchun.
Wa Allah yaxshroq biluvchidir.
Azamega
10-14-2003, 05:36 PM
Lucky, Rahmat!
NO Quron haqida indamadizku :)
( Isruni bilardim :) )
Hmmm O'ylamagan ekanman.
Manimcha har hil balo qazolardan asrash uchun Qur'onni devorga osib qoyish biddat bo'lsa kere.
Uni o'qish afzalroqdir.
Azamega
10-14-2003, 07:52 PM
UncleSam, tori! NO Quron ham Paygambarham Ilohiy ku!
Quronni - isru (tenglashtirmoqchimasman lekin bitta niyatta ishlatganda divomman)
Paygambar - Iso (hrestianlada Jesus! paygambarga ishonadiganlarham borku)
Akhee-Abdullah
10-17-2003, 10:07 AM
Sawolingizga jawob osha yerda bor Azamaega, qayta oqib koring.
Azamega
10-17-2003, 11:10 PM
u didnt get me I think?
lets get it straight its not shirk to have quran or to say prophet safe me?
or am i wrong?
Akhee-Abdullah
09-22-2005, 09:09 AM
Yana bitta foydalik mavzu, masha'Allah.
Abu Hurayra
09-22-2005, 09:29 AM
Yana bitta foydalik mavzu, masha'Allah.
Audio Files About Shirk:
In Uzbek real format (you can just save as):
http://toislam.com/uzb/Audio/akida/shirklar.rm
http://toislam.com/uzb/Audio/akida/Shirkning_turlari.rm
http://toislam.com/uzb/Audio/akida/shirklar_1.rm
http://toislam.com/uzb/Audio/akida/Shirk_Abdulloh_ibn_Abbos_Hadicha_Ammor_ibn_Yosir.r m
Shirkning bazi turlari va musiqaning hukmi:
http://www.islamnuri.com/audio/rm/55.rm
mp3 formatda manabu linkga kirib olishingiz mumkin:
http://www.islomyoli.com/audio/uzbek/Abduwali/darslar/default.htm
AAWWB
Royal
09-22-2005, 09:59 AM
Agar isriq, dizinfektisiya uchun ishlatilsa u foyldalikku :!: Ammo siz uyning burchagiga "Yomon kozdan asrasin" deb osib qoyilgani haqida gapirvotgan bolsaiz, bu amal haram hisoblanadi. Chunki, Allahdan ozgadan, yani isriqdan, najor soralgani uchun.
Wa Allah yaxshroq biluvchidir.
Shunga saaal aniqlik kiritish zarur !!!
Quron-e-Karim muqaddas kitobimiz bolgani uchun saal teparoqda turgani maquldir, chunki har kim va har qandoq payitda yani be tahorat qollariga olavermasinlar degan niyatda.....
Bunga bir qancha ishlarga taaluqlik boladi va Hadisdayam borakan
hozir undan bir link yoki biror dalil keltirishga u kitob yonimda yoq
InshaOlloh shu kunlada post qilaman, korib oz fikrlaringizni etarsiz...
Isiriqni tepaga osilishini sababiyam, u judayam quruq bolgan uchun mort boladi va shohlari zarilmas balkim uni mevasi yani uruglarini shokildasi zaril, agar u pastroq joyda tursa boalalar oynab chochishi mumkin va har doim atrofda bolmagani uchun uni bir dori va "antiqa" (rostdanam, ozi arzon lekin har doim qol tegida bomiy qolishi mumkin kerak boganda) narsadek tepaga qoyib qoyishadi...
Koz tegmaslik uchun deganiga Hadisda bir misol keltirilganakan.
Royal
09-22-2005, 03:43 PM
Nosiruddin Burhoniddun Rabghozie
"Qissasi Rabghozie"
139dan 144gacha...
Hadis:
Rasul alayhis-salom yorlaqar: al-aynu tughilu ar-rajula fi al-qbri va tughilu al-jamala fi al-qidri.
Ma'anosi: "Koz E'rni yerga kirguzir, Tuyani qozonga!!"
Hikoyat: Bir qabila Rasul alayhiis-salomga kelib sorapti:
- Yo Rasulallohi, biz sahroda yilgi (ot-ulov) boqardik, lekin ishimiz tuzukku yahshimas
Rasulallohi etiptilar:
- Yilqilarni soting, el orsaiga kirib ekin eking, ekinlaringiz orasiga quboshlar - yani qoriqchi (chuchelo) sanching!
Ular Rasulalloh etganlaridek qildilar va tirikchiliklari yanada yahshi boldi.
Savol: Ekin orasiga qurbosh (chuchelo) sanchmoqdan nima foyda ?
Javob: Yamon kozlik oshliqga (bugdoy, arpa degandek) qarasa ul oshliq halok bolur, agar orasida qubosh bolsa (chuchelo) tikilgan koz oshanga tegar va oshliqga koz tegmas. Qubosh oshliqdan azizroq bolgani uchun burun unga koz tegar, undan keyin qancha tikilsayam oshliqga ziyon tegmas..
Savol: Koz tegmakda hikmat ne turur ?
Javob: Hikmat ul tururkim , mavlo taolo mo'minni sevdi, ozini mominlarga seving dedi
Yuhubbihum va yuhibbunahu.
Rasul alayhis-salom : Ana gayurun va as-Sa'adu gayurun va llohu agyaru minna.
yana tgirisin Ollol yahshiroq biladi...
P.S. Iltimos, agar biror bir joyida hato bolgan bolsa tuzatish berishilarni soriyman..
SHOHRUHM1
09-22-2005, 03:56 PM
SHIRK: doing any act, belief, intention...etc not relying on Allah
If one has great sin (shirk in whatever kind) or anything else, Allah's mercy is greater. Allah is most great and Most Merciful. He just has to "sincerely" REPENT and resolve to never go back.
Royal
09-22-2005, 04:21 PM
SHIRK: doing any act, belief, intention...etc not relying on Allah
Could You give some explanation as stipilation of the word SHIRK little moe wider, so everyone must have more understading regarding that seriose matter!!!
If possible in Uzbek...
AbdurRahman
12-26-2007, 04:35 PM
Could You give some explanation as stipilation of the word SHIRK little moe wider, so everyone must have more understading regarding that seriose matter!!!
If possible in Uzbek...
Katta shirk(shirk akbar) bu Alloh bilan sherik qilish, unga(sherikka) Allohga murojaat qilgandek murojaat qilish yoki biron bir ibodat turini unga(shu sherikka) qaratish(unga qilish) ya’ni masalan, yordam so’rash yoki qurbonlik so’yish, qasam ichish va h.k kabi ibodat turlarini Allohdan o’zgaga qilish. Ibn Mas’uddan shunday rivoyat qilinadiki, u Rasululloh(sallallahu ’alayhi va sallam)dan so’radi:” Qaysi gunoh eng katta gunoh?” Rasululloh (sallallahu ’alayhi va sallam) aytdilar:” Allohga U seni yaratgan bo’lsa ham (Unga teng) sherik qilish” (Seni yaratgan zot Allohga (Unga teng) sherik qilish). Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Shirk va uning turlari haqida-> http://uzmuslima.sofislom.com/shirkturlari.php
Shirk ko'rinishlari haqida->http://uzmuslima.sofislom.com/shirkkorinishi.php
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.