Akhee-Abdullah
08-28-2003, 04:48 PM
Assalam alaikum,
Mana Ozbek tilida bir maqolani "upload" qilyapman. Uzr "tahrir" otqazmagunimcha paqat foum azolari ochib oqib kora oladilar. Waqt tig'izligi tufayli "edit" etishga waqt bo'lmadi.
Quroni Kareem tarjima qilinmasligini esda tutib manosini berdim, iloji boricha, hato wa kamchiliklar bolgan joylari haqeeda iltimos ogohlantiringizlar.
Akhee-Abdullah
08-29-2003, 10:30 AM
To’rt asosiy qoida!!
Mehribon wa Rahimlik Allah nomi bilan boshlayman.
Eng Karamli wa Buyuk Taxtning Egasi bo’lgan Zotdan sizni bu dunyo wa oxiratda himoya etishligini sorayman, wa qayerda bo’lmanki sizga o'z karamidan barokatlar ato etishini, hamda bergan ne’matiga shukr etuvchi banda qilishini tilab qolaman. Qattiq imtihon etilganda sabrlik wa gunoh etganda istig’for etuvchilardan bolishingizni tilayman. Chindanda baxtli bolishlikning uchta belgisi ana o’shalardir.
Ilohi, Allah sizni itoatkor banda etsinkim, bilinki Haneefiya (Hanafiya madhabi nazarda tutilayotgan emas) Ibrohim alayhissalam ning dinlaridir. Haneefiya-ibodat wa itoatni faqat Allahning o’zigagina wa dildan samimiyat bilan ado etishdir. Allah subhana wa ta’ala aytganidek :
“Wa Men Jinlar wa Insonlarni faqat O’zimgagina Ibodat qilsinlar deb yaratdim.” [Adh-Dhaariyat (51)-56]
Qachonki Allah sizni faqat o’z ibodati uchun yaratganini anglab yetsangiz, oshanda ibodat Tavhidsiz ibodat bo’lmaslgini tushunib yetasiz (Bizning yaratilishimizdan maqsadni anglashning ozi, tavhid ni anglamoq deganidir. Ozimizning yaratilishimizni anglamasdan/bilmasdan/tushunmasdan etilgan ibodat, ibodat sanalmaydi.) Buni tahoratsiz namoz oqib bo’lmasligiga qiyos etsak bo’ladi, ya’ni xuddi tahoratsiz namozni to’g’ri wa to’kis oqib bo’lmaganligi kabi, tavhidsiz Allahga to’g’ri ibodat etib bo’lmaydi. Shuning uchun ham khuddi najas (hojat, yel chiqarish, qon chiqadigan darajada jarohat olish, badanning biron qismidan yiring chiqishi, qusish, hushdan ketish wa hokazolar) tahoratni bekor etadigani ka’bi, qalbga shirk ornashgani zahoti insonning ibodati ham bekor bo’ladi (ya’ni shirk bilan etilgan Ibodat, ibodat emasdir)
Ibodatga shirk aralashsa har qancha solih amallar wa ibodatlar qilishingizdan qat’iy nazar ulardan naf youq, ya’ni amalllar habata bo’lib ketishini wa ularni qiluvchi abadul abad Dozakh otida kuyishini, tushunganiz zahotiyoq, sizga ma’lum boladiki Allah subhana wa ta’ala sizni Shirk botqog’idan omon saqlashi uchun siznin ustingizda ushbu Allah azza wa ja’lning amri farz bo’ladi:
“Chindanda Robbingiz Allah Uning ozidan boshqaga ibodat etishlik amalini avf etmaydi, undan boshqasini (Shirkdan kichik amallarni) O’zi istaganlaridan mag’firat etadi.” [an-Nisa (4)-116]
Wa ushbu ilm, Allah taolo o’z kitobida qayd etganidek, to’rtta asosdan, ya’ni qoidadan iboratdir.
Birinchi qoida: - Bilinki Muhammad salallahu alayhiwassalam qarshi kurash olib brogan Mushriklar ham Butun Olam wa Falaklarni yaratgan zot yakkayu yagona Allah ekanligini tasdiq eitishardi, shunga qaramasdan ular Musulmon bo’lmadilar, wa ushbu nomga loyiq ham emasdilar. Buning isboti sifatida Allah azza wa ja’al shunday deydi,
“Osmondan wa yerdan sizlarni rizqlantirib qoygan kim? Yoki korishlik wa eshitishlikni kim ato etdi? O’likdan tirikni wa tirikdan o’likni chiqarguvchi kim? Hamma ishning qismati kimning qo’lida?- Deb ayting (Ey Muhammad). Ular (Mushriklar): “Allah”-deb jawob berishadi. “Shundoq ekan Allahning azobidan (undan oz’ga boshqalarni qoshib ibodat etganlaringiz uchun) qorqmaysizmi” deb ayting (Ey Muhammad).” [Yunus (10)-31]
Ikkinchi qoida: - Bilingizkim Mushriklar -“Biz faqat Allahga yaqinlashish uchun undan ozgalarga ibodat etamiz” deb bahona qilishadi. Allah subhana wa ta’la ularning topgan bahonasi asossiz ekanligini isbot etib shunday deydi:
“Allahdan o’zga(lar)ni awliya (do’st, madadkor, najotkor wa hokazo) etib olganlar aytishadi: Biz butlarga (butlar-qo’ldan yasalgan haykallar, insonninig to’qib chiqargan asossiz falsafalariyu, jamiyatlari, Muchalnoma/goroskop/ hamda ozining jilovidan chiqib ketgan hawoyu nafslari bolishi mumkin) ular bizni Allah ga yaqinlashtirsinlar deb ibodat etamiz. Shubhasiz ular o’zaro tortishgan masala ustida Allahning O’zigina Hakam bo’ladi. Yo’lg’onchi/fosiq wa iymonsiz kishilarni Allah haq yolga ergashtirmaydi.” [az-Zumar (39)-3]
Ularning “Awliyolar (butlar, farishtalar, payg’ambarlar, solih kishilar, o’lib ketgan kishilarning ruhlari wa Allahdan boshqa si’giniladigan har kim wa narsa) Allah bilan bizning ortamizdagi vositachilar” degan safsatasiga qarshi Allah ta’ala shundoq deydi:
“Wa ular (mushriklar) na zarari wa na nafi tegadiganlarga ibodat etadilar. Ular aytadilar (mushriklar) Ular biz bilan Allahning o’rtasida vositacilar” [Yunus (10)-18]
Shafoat/Vositachilik: Ikki xil bo’ladi. Allahning dinida maqullangan/tasdiqlangan wa Allahning dinida ma’n etilgan vositachilik. Allah subhana wa ta’ala man etgan shafoat shundan iboratki, faqat Allah subhana wa ta’alaning o’zi amalga oshiradigan narsani boshqa vosita orqali sorashlik. Buning misoli sifatida, Allah azza wa ja’al shunday deydi:
“Ey Ahli Iyman na sawdo, na tanish-bilishchilik wa na shafoat boladigan Kun kelmasidan ilgari Biz sizga ato etgan ne’matlarimizdan Allahning yolida sarf eting. Wa iymonsizlarning o’zlari zolimlardirlar (yomon amal egalari).” [al-Baqarah (2)-254]
Mumkin etilgan shafoat/vositachilik-Allahdan soralayotgan narsa shunaqanki narsaki vositachi Allahning nazdida shafoat amali bilan taqdirlangan/mukofot etilgan wa Allahni ulug’lovchi, hamd sanolar aytuvchi sozlaru uchun Allah taolo tomonidan hurmat etilgan wa xushlangan, ya’ni soralayotgan narsani vositachi emas Allahning ozigina in’om eta oladi, vositachiga shafoat huquqini Allahning ozi karami kengligidan berib qoygan. Buning tasdiqi quyidagi oyatda:
“Qani kim ekan Allahning ijozatisiz shafoat bo’la oladigan?!” [al-Baqarah (2)-255]
Uchinchi Qoida: - Bilingizkim Muhammad salallahu alayhiwassalam har turdagi din vakillarigia to’qnash kelganlar. Ularning ba’zilari yulduzlarni ibodat etgan bo’lsalar ba’zilari solih insonlarni Xudo qilib olishgandi (masalan Nasarolar Iysa payg'ambarni, Allahning ozi panoh bersin u kishiga, Xudo etib olishgan) wa yana bazilari esa tosh wa daraxtlardan madad wa najot sorab yolvorishardi. Muhammad salallahu alayhiwassalam ularning (kofirlarning) o’rtasida farq qilib otirmadilar, hammasini to’g’ri dinga chaqirdilar wa kufriyatga qarshi kurashdilar.
Buning tasdiqi sifatida Allah azza wa ja’al buyuradikim:
“To Fitnah (Kufr, Allahdan ozgaga ibodat) batamom tugamaguncha iymonsizlarga qarshi kurashing wa deen (Ibodat wa itoat) faqat Allah uchungina.” [al-Baqarah (2)-193]
Quyosh wa oyni ibodat qilishganining isboti:
“Uning (Allahning) Belgilaridan (Mojizlaridan) biri Kun wa Tun, Quyosh wa Oydir. Quyosh wa Oyga sajda etmangizlar.” [Fussilat (41)-37]
Farishtalarni ibodat qilishganlarining isboti:
“Sizlarga u na Farishtalarni wa na Payg’ambarlarni Allah qilib olishni buyurardi.” [al-Imran (3)-80]
Payg’ambarlarni ibodat qilishganlarining isboti:
“(Qiyomat Kunida) Allah Iysodan “O Iysa Ibn Maryam, siz insonlarga, “Men wa Mening Onamni Xudo qilib olingiz,” dedingizmi” deb so’raganida, Iysa deydi, “Barcha hamdu sanolar senga Bolsin (Rabbim) Men hich qachon ozimning haqim bolmagan narsani aytmas edim. Agar men oshanday deganimda albatta Sen bundan xabardor bo’lgan bo’lar eding. Ozing mani qalbimning ichidagilarni bilasan, magar men Senikini bilmasman. Shubhasiz, har yashirin narsani biluvchidirsan.” [al-Maidah(5)-116]
Solih kishilarni ibodat qilishganlarining isboti:
“Ular vositachilik tilaganlarning ozlari Allahga yaqin bo’lishni umid qilishadi (azobidan qorqadi, mag’firatidan umidvor), hammalarining orasida Allahga yaqinrog’i bolishsalarda. Ular azobidan qorqadi, mag’firatidan umidvordirlar.” [al-Isra (17)-57]
Daraxtlar wa toshalrni ibodat qilishganlarining isboti:
“Al-Lat wa al-Uzzani hamda uchinchisi etib al-Manatni Robb etdingizmi?” [an-Najm (53):19-20]
Abu Waqeed al-Laythee (radiyallahu anhu) rivoyat qiladilar: “Endi iymonga kelgan wa Muhammad salallahu alayhiwassalam bilan Hunainga kelgan paytimiz edi.Mushriklarning bir daraxti bo’lar edi. Ular osha daraxtlariga ozlarini bag’ishlar wa qurol-aslahalarini ilib qoyardilar, “Dhaat Anwat” deb atashardi osha daraxtni.Biz osha daraxt yonidan otdik wa “Ya Rasoolallah, Mushriklarnikiday qilib bizgayam bir daraxt tanlab bering, ularning “Dhaat Anwat”i borku” dedik. Muhammad salallahu alayhiwassalam shunday dedilar “Allahu Akbar, Allahu Akbar, Allahu Akbar. Qalbim qolida bo’lgan zot nomi bilan qasam ichamanki, mana shu yollardir (kufrga elitadigan). Sizlarning gapingiz Banu Isroilning gapidan boldi. Ular ham Musa (alayhissalam) ga aytishgandi:
“Bizga ham Hudo qilib ber ularning (mushriklarning) hudosi kabi. U (Muso) dedi, “Shubhasiz sizlar ham johil insonlarsislar.” [al-A’raf (7)-138]
[Imam Tirmiziy rovoyat etganlar, 2180 chi hadislari, Hasan hadis deganlar]
Tortinchi qoida: Bilingizkim dawrimizning kofirlari o’z kufrlarida o’zlarining bobo-kalonlaridan ozib ketdilar. Chunki burungi mushriklar hayot onson paytlari kufr qilishar ammo qiyinchilik boshlariga tushib qolishganda faqat Allahgagina ibodat etardilar. Ammo zamonamizning Mushriklari Mushriklarning shunaqangi (parazit) toifasidanki ular ham yengil wa ham og’ir kunlari Shrik etishda dawom etadilar. Buning isboti, Allah ta’ala aytadikim:
“Ular kemaga chiqqanlarida, duosini faqat Allahga qilishadi (Uning ozidangina yolvorib sorashadi) Allah ularni eson omon quruqlikka yetqizgani zahotiyoq yani o’z butlariga ibodat qilishni boshlab yuborishadi. [al-Ankabut (29)-65]
Shunga asoslanib aytishimiz mumkinki, Allahga yolborguvchi dengizdalik paytida chindanda Allahning ozigagina ibodat etuvchi. Buning isboti:
“ Qiyomat kuni ornatilgunga qadar na eshitadigan wa na jawob beradiganlarga Allahni qoyib ibodat qiluvchilardan ham ko’proq adashganlar bormikin” [al-Ahqaf (46)-5]
(Ushbu oyatlardan bilib olishimiz mumkinki, burungi Mushriklar qiyinchilik paytlari iymonli kishilar kabi Allahning ozidan najor sorardilar. Ammo bugungilari esa shu darajada kufrga botdilarki, ular ham issiq ham sowuq kunlarda, wa hatto suvni tagiga g’arq bo’lib ketayotgan paytida ham Allahga emas MasterCard yoki American Express ga suyanishadi. Qisqasi kopchilik bu zamonda dinor ($) ning quliga aylanishgan. Allahdan panoh soraymiz ularning yomonligidan)
Wa barcha nuqsonlardan Allahgina holidir. Wa Muhammad, uning oilasi, sahobalar wa ularga haq yolida ergashgan barchalarga Allahning rahmati wa salowatlri bo’lsin.
Gareeb
02-25-2004, 03:28 PM
Buni uqiganlarga Alloh foydali qilsin, holis Uzi uchun amal qilishni nasib etsin. Jazakumulloh Akhiy Abdulloh..
Akhee-Abdullah
12-19-2006, 09:41 AM
Bir Brodar sorab qoluvdi...qaytadan kutardim...uzr...agar noqulaylik bulgan bulsin.
wyxpat
12-19-2006, 06:33 PM
Ê¢òàðãàíëèãèíãèç ìàúқóë èø á¢ëèáäè, èíøààëëîҳ.
Òàðæèìàäà áèð õàòîëèê áîð ýêàí, øóíè ò¢ғèðëàá қ¢éèëñà:
To’rt asosiy qoida!!
Mehribon wa Rahimlik Allah nomi bilan boshlayman.
Àëëîҳíèíã ðàҳèìëèê äåãàí ñèôàòè é¢қ, Àëëîҳ Àð-Ðîҳèéì - Ðàҳèìëèäèð.
AbdurRahman
12-20-2006, 03:00 AM
Bir Brodar sorab qoluvdi...qaytadan kutardim...uzr...agar noqulaylik bulgan bulsin.
Alloh rozi bo'lsin birodar.
AbdurRahman
12-20-2006, 03:01 AM
http://www.uzmuslim.com/viewforum.php?f=1 bu yerda shu qoidalar sharhi
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.