View Full Version : Sbor
Oli Khan
09-08-2003, 12:18 PM
Mening fikrimcha hozirgi kunda UZB termasini quyidagi sostavda optimalniy deyish mumkin:
Darvosabon: Evgeniy Safonov
Himoyachilar: Andrey Fedorov, Bahtiyor Ashurmatov, Asror Aliqulov
Yarim Himoyada: Ilyas Zeytulaev, Server Jeperov, Koshelev, Akopyans, Shirshov
Hujumda: Anvar Soliev, Alex Geynrikh
Mening fikrimcha hozirgi kunda UZB termasini quyidagi sostavda optimalniy deyish mumkin:
Darvosabon: Evgeniy Safonov
Himoyachilar: Andrey Fedorov, Bahtiyor Ashurmatov, Asror Aliqulov
Yarim Himoyada: Ilyas Zeytulaev, Server Jeperov, Koshelev, Akopyans, Shirshov
Hujumda: Anvar Soliev, Alex Geynrikh
Yahshi fikr menda esa boshkacha taklif bor:
Darvozada: Aleksey Polyakov
Himoyada: Bahtiyor Ashurmatov, Davron Fayziev, Oleg Pashinin
Yarim himoyada: Leonid Koshelev, Nikolay Shirshov, Ilyas Zeytullaev, Ravshan Mataliev va albatta Mirjalol Kosimov
Hujumda: Anvar Soliev va Anvar Berdiev
Nega? Darvozabondan boshlaymiz:
Polyakovnng boyi past bolgani bilan reaktsiyasi tez va hamda Termaga jon kuydiradi ozmi kopmi.
Himoyada: Bahtiyor himoyachi fisatida ozini korsatib ulgurdi. Davron Fayziev ham juda iktidorli himoyachilardan, uning ohirgi vaktlardagi bir-ikkita kopol hatolari bor, ammo ular menimcha murabbiylarning aybi edi koprok. Ammo Davron ham termamizning eng fidoyi oyinchilaridan, buni hamma biladi. Pashinin, juda ham tajribali va mohir himoyachi, agar Vladimir Maminovsiz kelsa termaga katta foydasi tegishi mumkin.
Yarim Himoyada: Mataliev, Koshelev va Zeytullaevlar yosh va marzda oynashga katta iktidori bor oyinchilar. Koshelev va Matalievning tajribasi ham yetarli. MAtaliev ba'zilar fikricha termaga munosib emasdur, lekin aynan Matalievning oyinlari bilan Neftchi toksoninchi yillarning ohirida kuchaygan edi. Balki hozir yahshi sport formasida emasdur, lekin u juda ham iktidorli bola, har doim aklli va puhta oyin korsatib kelgan. Kosimov va Shirshov esa Termamizning afsovaniy oyinchilariga aylanib ulgurishdi. Ikkisi ham termamiz uchun kop ter tokkan va ikkisi ham eng kiyin vaktlarda jamoamizga umida va kerak bolsa galaba keltirgan. Kolaversa ikkisi ham terma jamoaga mehr-muhabbat, sadokat borasida juda kkoplab oyinchilarga ibrat bola oladi.
Hujumda: Anvar-Anvar tandemi menimcha har kanday rakib uchun ham juda havfli bolishi mumkin. Ikkisida ham Termaga va umuman Uzbek futboliga fidoyilik hislatlari bor. Ikkisi ham tezkor, aldamchi va taktik harakatlarga boy. Ikkisida ham tugma gol urish kobiliyati bor. Peruzi bilan bolgan oyinda aynan Anvar Soliev Pahtakorga galaba keltirgan. Latvia bilan bolgan oyinda ham aynan u bir gol urib ikkinchisiga asistentlik kildi. Anvar Berdiev esa, Neftchi tarkibida ozining nimalarga kodir ekanini korsatmokda va bugungi kunda mamlakatimiz chempionatining topurari bolib turibdi, ancha vakt jarohat sababli oynamaganligiga karamasdan.
Men murabbiylar hakida ham bir fikr bermokchi edim:
Agar mumkin bolsa Garbiy Evropadan ( fakat Rossiya yoki Germaniyadan emas) keltirishsa murabbiyni.
Ammo ozimizda ham zor murabbiylar bor:
Rustam Akromov va Birodar Abduraimovlarni termaga murabbiy sifatida korgim keladi meni togrisini aytsam. Bahrom Hakimov ham yukori malakali murabbiy sifatida yetilib bormokda.
Men tavsiya kilgan oyinchilarni nafakat mahorat balki terma jamoaga hurmat va sadokat ham birlashtirib turadi. Safonov, Maminov, Shatskih,Geynrih........keling odamni kulgisini kistatmang, hamma biladi, ular termaga "tupurib" koygan kopol kilib aytsak. Olib kelib oynatganingiz bilan ayagini uchida oynaydi.....Dono halkimizning bir nakli bor: "Boynidan boglangan it ovga yaramas". Shunaka gaplar.
Sarkisyan, Jalilov.....ularni kordik......
Uzbek futboliga tarakkiyot va ravnak tilab,
men.
Omon bolinglar.
Oli Khan
09-09-2003, 12:05 AM
O'rtoq, men uz fikrimni bir oz oydinlshtirmoqchiman
Darvozabon: Safonov va Polyakovni uyinini uzim tomosha qilganman, Safonov har tomonlama ustun. Polyakov Krilya sovetovda 3-darvozabon, Safonov rossiya ligasida shinnikda 1-darvosabon, shinnik eng kam tup utkazgan uch jamoa safida. Siz Latviya bilan bulgan uyinni nazarda tutib, uni ayblash notug'ri xuddi usha kuni shinnik rossiya kobogi yarim finalida uynadi. Albatta, ikkinchi darvosabon ham kerak, men bunga Nesterovni taklif qilardim, sababi yosh va hozirdan keyingi avlodni shkllantirib borish kerak.
Himoya: umuman olganda himoya chizig'i bizning eng kuchsiz joyimiz, ushaning uchun men bu erga 3 kishini quydim, odatda 4 kishi uynasa yaxshi.Bunining urniga yarim himoyaga 5 kishi quyildi.Aytilganlarning hammasini bir-biri bilan almashtirsa buladi
Yarim Himoya: Sizning yarim himoyangiz faqat Qosimov va Matalievlar bilan farq qiladi, tug'ri termada 19-22 futbolchi buladi, 11 kishi hamma vaqt ham formada bulmaydi, shunda birortasini urniga almashtirish mumkin.Qosomov UZBning 90 yillardagi eng zur uyinchisi, bundan keyin Qosimov uz tajribasi bilan kup foyda keltiradi.Qosimov keyingi WM2006da 37 yoshda buladi, uzi hozir Paxtakorda ham Alaniyada ham faqat yarim taym uynayapti, shuning uchun zahiraga juda qul keladi, 60-70 daqiqadan keyin raqib uyinchilari biroz charchagan buladi, ushanda tajriba va mahoratini ishga solsa buladi.
Hujumda: Geynrikh yoki Berdiev, Geynrikh ancha iqtidorli va yosh, buning ustiga Anvar Soliev ikkisi bir jamoada uynagan, bir-birini yaxshi tushunadi
Oli Khan
09-09-2003, 12:20 AM
Geynrikh oxirgi 3 uyinda terma jamoa uchun 2 tup kiritdi, shuning uzi terma uchun uynash ishtiyoqini bildiradi.
Mataliev va Jeparovni qiyos qilsangiz, Jeparov va Koshelev ikkalasi bir-biri bilan yaxshi kombinatsiya qilishini hisobga oling.
Oli Khan
09-09-2003, 12:26 AM
E'tiboringiz uchun men Maminov haqida hech narsa yozganim yuq.
Balki siz hakdursiz.
Demak Davron Fayziyev himoyada oynasa boladi a? Bu yahshi.
Men hozir kim kuchli Jeparovmi yoki Matalievmi buni anik sizga ayta olmayman, balki ikkalasini ham termaga jalb etsak yahshi bolardi.
Geynrih masalasiga kelsak, u bola kay darajada yahshi oynaydi yoki oynamaydi, men buni tahlil kilayotgan yok. Mening fikrimcha Anvar Berdiev osha Geynrihdan ancha kuchli oyinaydi. Rossiyaga ketib, nima kildi? Zahirada otiribdi. Bundan bir-necha oy avval Rossiya matbuotiga bergan interviewsida "Men hali Uzbekiston Termasiga oynamagan" dedi. Oylab koringchi nega bunday dedi! Albatta Ravshan Haydarov uni oynatdi undan song baribir.....Ammo avval aytganimdek" Boynidan boglangan it ovga yaramas".
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.