elDoraDo
09-26-2003, 12:57 PM
Nigoh...
Tabassum...
Iliqlik...
Balki oldinlari unchalik ham ahamiyatli bo'lmagandurman? Huddi kerakli narsalar doimo hamrohimdek...
Ko'pincha o'zim harakat qilardim, ammo his qildimki, menga nisbatan ham iliqlik bor. Lekin ne qilsinki, o'zi dadil qadam qo'ya olmaydi, ne afsuski, qarashlari yo'l qo'ymaydi: ming qilsa ham jamiyatga mos emas...
Uning qarashlaridan entikardim...
Huddi yosh boladek quvorardim...
U menga zavq bag'ishlardi...
Qiziq, men u bilan hatto tanish ham emasman, ammo u mendan quvonadi, men esa undan.
Uning bir nigohi - bir lahza, bir on: Umrimning butun onlarini unga berib bo'lsa ham, uning bu nigohiga umrbod hamroh bo'lishga ham tayyor bo'ldim - bir lahzaga teng hayotimda... umrbod hamroh...
Uning Qarashlari - yuragimning urushini sezganimdan hayron qolardim: nahotki bu undan taralayyotgan latofatlik in'ikosi, yoki mendagi hohish darajasi?
Uning E'tibori - oh.... uni hohlardim... uni hohlayman... uni hohlayman...
Turishi, yurishi, kulishi.... Oh, bu kulish! Hech qachon uni bundayin go'zal ko'rmaganman... ko'rmaganman? Qiziq, uni o'zi qachon ko'rdim?
Ko'rganimga, uchratganimga, ahamiyatim hadya etganimga o'zi endi kunlar bo'ldi - ammo u bilan yillar umrguzaronlik qilgandek....
Shukur deyman bunday his uchun! Shukur deyman, bundayin hohish uchun! Zero...
Hech qachon yashashga bunchalik qattiq ishonmaganman....
Hech qachon yashashni bunchalik sevmaganman....
Hech qachon yashashni bunchalik hohlamaganman...
Umrimning bir soniyalik quvonchi: seni sevaman. Ammo bilaman... bilamanki, sening vaslingga men hatto tushlarimda ham yetisholmayman... Senga yetolmayman.... Ammo seni sevaman... Sevaveraman...
Balki yetisharmiz.... Balki... Olislarda... Agar nasib aylasa, yetisharman men o'shanda maqsadimning asl maqsadiga:
O'sha Iliqlik...
O'sha Tabassum...
O'sha Nigoh...
Kelishi aniq bo'lgan yorug'lik tomon...
Senga...
p.s. shukurlar bo'lsin...