another_Uzbek
11-18-2000, 07:58 AM
Bollar,
Ko'zlarimizi ochib yaxshilab qaraylik bo'lib o'tayotgan tortishuvlarga. Rostini aytsam, bu erdagi gaplarni va ularni sitidagi mulohazalarni o'qib tashvishga tushdim. Bu gaplarni ostida katta siyosat yotibdi. O'zlaringga ma'lum u mamlakat bir necha yillardan buyon notinch va u erda dunyoning eng puxta siyosatchilarining qo'li bo'rga oxshaydi.
Hammalaringdan iltimos, bu provakasiyaga berilmaylik. Manimcha bu xaqiqiy provakasiya. sovet tuzimi qulash vaqtida boshlangan katta qora siyosiy o'yinning davomi. O'sha paytda millatlarni bir-biriga qarshi qo'yish bilan janjal chiqarish hollari juda ko'p bo'lgani o'zlaringga ma'lum. Ko'plab respulikalarda shuning evaziga janglar olib borildi. Uzbekistonga ham shunday provakasiyalar uyushtirish harakatlari bo'ldi. Masalan Farghonadagi Turklar bilan bo'lgan to'qnashuvlar, Qirgizistondagi Uzbeklar qonining to'kilishi - hammasi shu bir katta o'yinning qismlari edi. Yaxshiyamki o'sha vaqtda Farghona vodiysidagi Uzbeklar Qirgizistondagi qarindoshlarini qutqarish, Uzbeklarni himoya qilishga ko'tarilishganda davlatimiz tomonidan bu harakat oqilona to'htatilib qolindi.
Endi hozirgi ahvolga kelsak. Manimcha bu provakasiyaning asosiy o'yinchilari Bashmach, Iranyar va Spentadir. Ular puxta oylangan, Uzbekistonda nizo chiqarish, Tojikistondagi tinchib borayotgan sharoitni buzishga qaratilgan razil siyosat rahbarlarining qo'girchoqlari aslida. Basmachga kelsak, unin roli bizning e'tiborimizni jalb qilish va muntazam ravishda bizni nafratimizni qo'zgatish vazifasini bajarishdan iboratga o'xshaydi. Uning taktikasidagi vazifalardan biri bizni ularning boardiga undash edi. U erga kirganizdan keyin esa keyingi bosqichdagi o'yinchilarga uchraysiz. U erda Spenta Basmach boshlagan nafratni davom ettirib tarihiy faktlar keltirishga harakat qiladi. Bosqichning yuqorisida Iranyar turadi. Uning tarihdan bunchalik ikir-chikirlargacha habardorligi uni bu ishga qandaydir tayyorgarlik ko'rganidan dalolat beradi.
Gapni qisqa qilib aytganda, bu siyosatni orqasida kimlar turgan bo'lsa ham, nishoni biz - Umidchilarmiz. Chunki biz dunyo hamjamiyatini ko'zida Uzbekistonning eng oldi yoshlari bo'lib, shu mamlakatning kelajakdagi taqdirida asosiy o'rinlarni egallaydigan shahslar hisoblanamiz. Shu sababdan ular uchun bizning fikrimizni zaharlash, Tojiklarga qarshi gij-gijlash katta ahamiyatga ega.
Hammalaringdan iltimos, bu pastkash, razil, harom siyosiy o'yingga berilmaylik. Kroka, Passerby, Scorpio, sizlarning Uzbekiston va Uzbeklar sha'ni himoyasiga qilgan harakatlaring maqtovga loyiq. Faqat bir narsani o'zlaring ham tushungandirsizlar: Basmach bizni u erga jalb qilgandan keyin sizlarni u erda iloji boricha uzoq munozarada ushlab turish Iraniyarning vazifasi. U asosiysi o'yinchi bo'lgan. Sizlar uning quruq safsatasidan charchab ketmoqchi bo'ganlaringda Spenta va unga o'xshaganlar yana sizlarni nafratlaringni qo'zgotib u erda uzoqroq turishinglarga harakat qilyapti.
Iltimos, hammamiz halqimizni bizga bergan BAHOsiga, ISHONCHiga loyiq bolgan holda o'zimizni bunday provakasiyaga ilinadigan ahmoqlardanmasligimizi ko'rsataylik. Bundan buyog'iga bizning tinchligimizi buzishga, Tojik halqi bilan oramizni buzishga harakat qilayotgan iflos siyosat o'yinchilarini tuzogiga ilinmaylik.
Taklifim ularning sitelariga kirmaslik. Agarda kirsak ham, har qanday nafratimizi qo'zgotadigan fikrlarga ham javob yozmaslik! Shuningdek MegaZ va boshqa board muhandislaridan iltimos, Basmach va unga o'xshagan har qanday miyasi ifloslangan, vijdonini bilan birga birodarlik tuygusini ham shaytoniy siyosatchilarga sotgan pastkashlarning har qanaqa messagelarini kelgan zahoti o'chirib tashlasangiz. Barcha Umidchi do'stlarimdan iltimos, shu fikrimga qo'shilsanglar. Chunki biz (Kroka va Scorpio aytib o'tganday) bu 'ahlat'dan qadrliroqmiz. O'zimiz bulgamaylik. Shu kungacha Basmach yozgan messagelarniyam butunlay boarddan o'chirib tashlasak yanada to'gri bo'ladi deb oylayman. Hammalaringiz fikrimi tushinib qo'llaysizlar degan umiddaman. va buni iltimos qilaman. Qolaversa ular Umidchi emas va bizning milliy qarashlarimizga (national interests) qarshi bo'lgan, chetdan kelayotgan iflos messagelar bu erda o'rin olmasligi kerak deb qat'iyan ishonaman.
Hammalaringa omad, o'qishu ishlaringda rivoj tilab,
Umidchi do'stingiz