PDA

View Full Version : O'zbек mаqоllari...

Pages : 1 2 [3] 4

mastertgtu
02-26-2005, 11:05 AM
Ayrilganni ayiq yer, bo'linganni bo'ri.

Ona yurting omon bo'lsa - rangi-ro'ying somon bo'lmas.

Buzoqning yugurgani somonxonagacha.

DIDO
02-26-2005, 05:10 PM
Yemoqning qusmog`i bor.

Pythagor
03-05-2005, 09:38 PM
Yemoqning qusmog`i bor.

hehe, takrorlash yo'q, bu maqolni yuqorida o'quvdim adashmasam. :D

Qizi borni nozi bor.

DIDO
03-06-2005, 03:23 PM
Qizi borni nozi bor.
Nozida pardozi bor.

Heheh, buyam takror.:P

Pythagor
04-21-2005, 09:14 PM
Axmoq axmoqligi bilan maqtanadi.

Pythagor
04-22-2005, 04:35 AM
Tiling gapda, diling Ollohda, qo'ling ishda bo'lsin.:D .

P.S. Aniq esimda bor shu mazmundegi maqol bor edi, jumlani kelishtirib yozolmadim sheklli...

satik
04-22-2005, 05:22 AM
Tiling gapda, diling Ollohda, qo'ling ishda bo'lsin.:D .

P.S. Aniq esimda bor shu mazmundegi maqol bor edi, jumlani kelishtirib yozolmadim sheklli...
Siz aytmoqchi bo'lganingiz Naqshbandiyya tariqatining asosiy tamoyili:
"Dil ba yoru dast ba kor"-"Diling do'st(Allohda), qo'ling mehnatda bo'lsin."
Bunga yana qo'shimcha, "G'urbat dar vatan", "Hilvat dar anjuman" degan principlar ham bor.
P.S. Bu yerda til haqida hich gap yo'q

satik
04-22-2005, 05:23 AM
Yana bittasi:

Do'sting ola qarg'a bo'sa, titganing go'ng bo'ladi

Pythagor
04-22-2005, 05:52 AM
P.S. Bu yerda til haqida hich gap yo'q

Gohida mana shunday "Amerikani qayta ochib" o'zimizni o'zimiz xursand qilib turamiz...:D

Olipta sovqatmiydi faqat qaltiriydi.

KhwarezmshaH
04-22-2005, 09:59 AM
Uyni guliston qiladigan ham hotin, choliston qiladigan ham...

Pythagor
04-28-2005, 09:08 PM
Osh - ko'tarma bosh.:D

Belgiumbek
08-13-2005, 06:04 AM
Mani yozgan maqol qani? Qani hurmat qani etibor???Shumi odamgarchilik?

Oldingi varianti "Birov tosh bilan ursaham sen osh bilan ur"

Bu esa oxirgi hozirgi gunimizga mos ommaviy zamonaviy last versioni!!!

Birov tosh bilan ursa,san temir bilan ur!!!!!

MasxaraboZ
08-13-2005, 11:39 AM

Inbi Yoshullini gapina qara indi...yoshlara baradon maslaxti bi indi :lool:

Birov tosh bilan ursa, san aroq bilan ur !!! deyish garak adi :lool:

Davay togda posidim :lool:

Gareeb
08-13-2005, 05:13 PM
Qovun esang sahar e, sahar emasang zahar e :D

infolife
08-13-2005, 07:18 PM
anaka, tepada bomi yukmi bilmadim,bir ishni vaktida qimiydiganla uchun, menga o'hshab, he-he:lol:

Yer haydasang kuz hayda,
Kuz haydamasang yuz hayda

Sarahjon
08-13-2005, 10:15 PM
mard bolsang - maydonga chiq!

Uyni guliston qiladigan ham hotin, choliston qiladigan ham...

DaeAnd
08-15-2005, 05:05 AM
Qizim, senga aytaman, kelinim sen eshit!

Gareeb
08-15-2005, 09:39 AM
Otang o'tirgan uyning tomiga chiqma!

Ulug'bek
08-15-2005, 12:32 PM
O'ychi o'yini bitirguncha, tavakkalchi ishini bitiradi.

Sal o'zgartirilibdimi-a?:)

O'ychining o'yi bitguncha, tavakkalchining to'yi bitibdi!

Dalili mana kamina, o'ylaaaaaab yuribdi, men bilan maktabni bitirganlarni allaqachon, ko'chadan uyiga qaytganda 2-3 tasi kutib oladi:(. Ha mayli xalqimiz:

"Yaxshi ot keyin chopar!" ham deydiku-a.

Mahmud
08-15-2005, 12:39 PM
Sal o'zgartirilibdimi-a?:)

O'ychi o'yini bitirguncha, tavakkalchi to'yini bitiradi!

Dalili mana kamina, o'ylaaaaaab yuribdi, men bilan maktabni bitirganlarni allaqachon, ko'chadan uyiga qaytganda 2-3 tasi kutib oladi:(. Ha mayli xalqimiz:

"Yaxshi ot keyin choapdi" ham deydiku-a.

Uzb, to'yni tavakkal qilmoqchimisiz? Qiziqku a? :)

Maqol:

Ot aylanib qozig'ini topadi.

Ulug'bek
08-15-2005, 12:40 PM
Tiling gapda, diling Ollohda, qo'ling ishda bo'lsin.:D .

P.S. Aniq esimda bor shu mazmundegi maqol bor edi, jumlani kelishtirib yozolmadim sheklli...

Tasavvufdan ham xabarlari bormi deyman:)?

Ammo boshqa tildan tarjima qilib, maqol deb yozishlar uncha maqul emasmi deymanda?

Naqshibandiyah tariqati qoidalari/ko'rsatmalaridan biri:

Dast bo koru, dil bo Yor!

Buni bo o'rniga ba bilan ifodalash ham uchraydi.
manosi:

Qo'ling ishda, ko'ngling/diling Yor - Allohda bo'lsin!
Yani, dunyo ishlarida davom etarkansan, Allohni yodga olish va zikr qilishni unutib qoyma, ko'nglingda davom ettirgin! vahokazo.

Ulug'bek
08-15-2005, 12:49 PM
Uzb, to'yni tavakkal qilmoqchimisiz? Qiziqku a? :)

semi on: Kyingi paytda meni odamlar tushunolmayapti, yoki odamlar tushunmaydigan bo'lib ketayapman:( , yana 1 qaytib o'qing, agar meni tavakkal qilmoqchi deb tushunsangiz o'chirib tashlaganim bo'lsin!:D

On: Bugungi ishni ertaga qo'yma!

ps. umid qilamanki buni oldin ham yozishmagan, 27 betni o'qib chiqish oson emas.:D

Mahmud
08-15-2005, 12:57 PM
semi on: Kyingi paytda meni odamlar tushunolmayapti, yoki odamlar tushunmaydigan bo'lib ketayapman:( , yana 1 qaytib o'qing, agar meni tavakkal qilmoqchi deb tushunsangiz o'chirib tashlaganim bo'lsin!:D

On: Bugungi ishni ertaga qoldirma!

ps. umid qilamanki buni oldin ham yozishmagan, 27 betni o'qib chiqish oson emas.:D

semi on:Uzb, bu oxirgi paytlarda rosa ko'p xato yozadigan bo'ldingizda, yuqoridagi postda va oxirgi postda ham xato qildingiz.Bonu topildimi deyman? :)

On:Qolgan ishga qor yog'ar.

ps:Bu maqol ham yozilmagan deb umid qilaman :)

Ulug'bek
08-15-2005, 02:04 PM
Uzb, Bonu topildimi deyman? :)

semi on: Topilganda, menga bu yerda balo bormidi?:D

On: Onasiga qarab qizini ol!

ps. Ammo shu maqol menga hech yoqmadida, endi 1 kami onasini ham izlash qoluvdi!:D

mushketyor
08-15-2005, 03:41 PM
semi on: Topilganda, menga bu yerda balo bormidi?:D

On: Onasiga qarab qizini ol!

ps. Ammo shu maqol menga hech yoqmadida, endi 1 kami onasini ham izlash qoluvdi!:D

sizga yaxshi maqolim bor

onasii izlamasngiz

Maqol

YAxshi qiz mahalladan ortmaydi

Royal
08-15-2005, 06:01 PM
.... endi 1 kami onasini ham izlash qoluvdi!:D

eeeee...

Toqqa chiqmasen dolona qayda,
Jon kuydirmasen Jonona qayda"

Ulug'bek
08-15-2005, 09:18 PM
sizga yaxshi maqolim bor

onasii izlamasngiz

Maqol

YAxshi qiz mahalladan ortmaydi

Yaxshiymish, o'lgudek yomon bu menga!:D Men o'zbekistonda bo'lmasam, yaxshilari mahalladan ortmasa, menga keyin qanaqasi uchraydi?:D Tavba qildim, tavba qildim, sufey, sufey:D
Noto'g`ri maqol bu, hozir zamon o'zgargan!:) maqollarni ham reforma qilish kerak!:D (hazilsiz ham, hammasi ham to'g'ri emas!)

On: Shoshilgan qiz erga yolchimas!:D

Ana ko'rdingizmi, yaxshisi kechroq erga chiqadi deani bu!:D

DaeAnd
08-16-2005, 03:35 AM
O'ynab gapirsang ham, o'ylab gapir.

P.S Hurmatli forumdoshlar, sizlar keltirayotgan maqollarning aksariyati bir necha marotaba takrorlangan. Iltimos, o'qib chiqib yozilmaganlaridan post qilsangiz.

DaeAnd
08-16-2005, 03:43 AM
Dast bo koru, dil bo Yor!

Qo'ling ishda, ko'ngling/diling Yor - Allohda bo'lsin!

Boshqacha tarjimasi ham mavjud bu(agar joiz bo'lsa, ifoda)ning: Qo'ling ishda, ko'ngling Eshda bo'lsin.

P.S "Shoh Mashrab qissasi" degan asarning muqovasida keltirilgan edi. Eshni bilmaganim uchun e'tiborimni tortgandi.

Gareeb
08-16-2005, 04:17 AM
Teng tengi bilan, tezak qopi bilan :)
To'grisi shu maqolni tushunmayman, nimaga endi aynan tezak? :rolleyes:

Ulug'bek
08-16-2005, 11:49 AM
Boshqacha tarjimasi ham mavjud bu(agar joiz bo'lsa, ifoda)ning: Qo'ling ishda, ko'ngling Eshda bo'lsin.
P.S "Shoh Mashrab qissasi" degan asarning muqovasida keltirilgan edi. Eshni bilmaganim uchun e'tiborimni tortgandi.

Semi on: Esh ni men ham bilmayman:(. Faqat butkul bilmayman emas:). Adashmasam, ESH forscha "eshon" Ular, hurrmat tariqasidagi - U olmoshi qisqartma bo'lsa kerak va albatta U deyilganda Alloh nazarda tutiladi. Ey bo'ldi, qisqasi bilmayman! Aytib yuboring nimaligini?

On: Xudo kechiradi, kechiradi, lekin, kech uradi! (So'zlari to'liq yodimga kelmadi)

Yani Alloh qilayotgan gunohlaringni birinchi qilishingdanoq sharmanda qildirmaydi, o'zingni to'g'rilab olishaniga imkon beradi, ammo o'zingni yuqotib quysang jazongni beradi, shu dunyoda ham, kech bo'lsa ham. taxminan shunday uning manosi.

JONİ
08-16-2005, 02:18 PM
Osh - ko'tarma bosh.:D

kotarsan bosh ketadı osh

Royal
08-16-2005, 02:43 PM
Teng tengi bilan, tezak qopi bilan :)
Halq ijodi.

Botta ohshatish hamma oz hili bilan turishi yani, chiroyliroq qilib etganda:
Gisht gisht bilan, Guvala guvala bilan, yogochyogoch bilan deganday
boy boy bilan, kambagal kambagal bilan

lekin bu maqol kopincha ishlatiladigan joyi:
Agar biror ozidan boyroq joyni qizini sorashga bora, uni yoldan qaytarish uchun borishidan oldin qarindosh/tanishi etadi
va borgan joyidagilarni sovchi ketganidan keyin etadigan gapi......

ogir gap lekin.
Man-manlikga kiradi, man-manlik esa Ollohgayam yopqmiydi...
Ozini teng dip, avom halqni tezakga tenglashtirish a? heh..

salbert
08-16-2005, 03:36 PM
eeeee...

Toqqa chiqmasen dolona qayda,
Jon kuydirmasen Jonona qayda"

PULING BULSA HALTADA DAM OLASAN YALTADA.
PULING BULMASA HALTADA @#$^& BURMI YALTADA !:twisted:

Ulug'bek
08-16-2005, 06:22 PM
PULING BULSA HALTADA DAM OLASAN YALTADA! ...

Toshkanga (Toshkentga deyilmoqchi) yo toshgan boradi yo shoshgan boradi! :D

salbert
08-16-2005, 07:57 PM
un haltada non tanderda

Pythagor
08-16-2005, 08:05 PM
"un haltada, gap kaltada" :)))

un haltada non tanderda
gap ham emas, non ham emas, betta boshqa narsa edi...:twisted:

p.s. sho'xligim tutib ketti.

salbert
08-16-2005, 08:08 PM
gap ham emas, non ham emas, betta boshqa narsa edi...:twisted:

p.s. sho'xligim tutib ketti.

DUST EXLATIP GAPERADE:shock:
DUSHMAN KULDERIP GAPERADE !:D

Legend
08-16-2005, 08:09 PM
Looooooooooool :lol: , I remember that :D ."un haltada, gap kaltada" :)))

Royal
08-16-2005, 09:41 PM
Yaxshiymish, o'lgudek yomon bu menga!:D Men o'zbekistonda bo'lmasam, yaxshilari mahalladan ortmasa, menga keyin qanaqasi uchraydi?:D Tavba qildim, tavba qildim, sufey, sufey:D
Noto'g`ri maqol bu, hozir zamon o'zgargan!:) maqollarni ham reforma qilish kerak!:D (hazilsiz ham, hammasi ham to'g'ri emas!)

On: Shoshilgan qiz erga yolchimas!:D

Ana ko'rdingizmi, yaxshisi kechroq erga chiqadi deani bu!:D

Tengi chiqsa Tekin ber

DaeAnd
08-17-2005, 03:35 AM
Axmoqqa Quva bir tosh.

P.S Vodiyliklar yaxshi tushunishsa kerak bu maqolni...

DaeAnd
08-17-2005, 03:37 AM
O'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas.

Ulug'bek
08-17-2005, 12:41 PM
O'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas.

Semi on: "Urgangan ...."

On: Sut bilan kirgan jon bilan chiqar!

DaeAnd
08-17-2005, 12:44 PM
Semi on: "Urgangan ...."

Tushunmadim, bu xatoni to'g'rilashmi, yoki yangi maqolning yarmimi?:rolleyes:

ON: Gap kelganda, otangni ham ayama!

Mahmud
08-17-2005, 12:50 PM
Semi on: "Urgangan ...."

On: Sut bilan kirgan jon bilan chiqar!

Uzb, bu xatolarni to'g'rilaysizu sizzikini aytganda jimib qolasiz :)

maqol:
Bilmayman deb qutilding, bilaman deb tutilding!

Ulug'bek
08-17-2005, 12:55 PM
Tushunmadim, bu xatoni to'g'rilashmi, yoki yangi maqolning yarmimi?:rolleyes:
ON: Gap kelganda, otangni ham ayama!

Na unisi va na bunisi:) !

Shunchaki imloviy xatodir? yoki ataylab "o'rganmoq" dedingizmi? nima yoki men chalg'ib ketdimmi? Axir o'zbekchani urganamizmi? yoki o'rganamizmi?:rolleyes:

On: Oltin olma duo ol! Duo oltin emasmi?!

DaeAnd
08-17-2005, 01:00 PM
Na unisi va na bunisi:) ! Heh yana xato to'g'rilapsizu janob, na unisi na bunisi deyishiz.....
Shunchaki imloviy xatodir? yoki ataylab "o'rganmoq" dedingizmi? nima yoki men chalg'ib ketdimmi? Axir o'zbekchani urganamizmi? yoki o'rganamizmi?:rolleyes:

Albatta o'rganamizda! Yoki siz faqat urgatasiz xolosmi?:rolleyes:

ON: So'rab o'rgangan-olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim.

Mahmud
08-17-2005, 01:03 PM
Na unisi va na bunisi:) !

Shunchaki imloviy xatodir? yoki ataylab "o'rganmoq" dedingizmi? nima yoki men chalg'ib ketdimmi? Axir o'zbekchani urganamizmi? yoki o'rganamizmi?:rolleyes:

On: Oltin olma duo ol! Duo oltin emasmi?!

Ko'rib ko'rmaslikka olishni nima deyishardi? Qaysi maqolni qullashardi?
Hech yodimga kelmayabdi-da :rolleyes:

Uzb, balkim siz bilarsiz? :)

Ulug'bek
08-17-2005, 01:05 PM
Uzb, bu xatolarni to'g'rilaysizu sizzikini aytganda jimib qolasiz :)
maqol:
Bilmayman deb qutilding, bilaman deb tutilding!

"Hard disc"da search o'tkazish vaqt oladida!:D

Mening versiyamda :"Bildim deding - tutilding, bilmadingmi - qutilding":D edi.
Balki bu farqlar O'zbekistonning har xil joylaridanligimizdan chiqayotgandir?

On: Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar!

Ulug'bek
08-17-2005, 01:12 PM
Heh yana xato to'g'rilapsizu janob, na unisi na bunisi deyishiz.....

Albatta o'rganamizda! Yoki siz faqat urgatasiz xolosmi?:rolleyes:

ON: So'rab o'rgangan-olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim.

Agar o'rgansangiz nega o'rgatib ham quyavermaysiz urgatish o'rniga? :D

On: Oz-oz urganib dono bo'lur, qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur! :D

Expertlar! Iltimos yordam beringlar! DaeAnd miyamni chayqab tashladi o'rganamizmi yoki urganamizmi?:D :rolleyes: :rolleyes: :rolleyes:

Ko'rib ko'rmaslikka olishni nima deyishardi? Qaysi maqolni qullashardi?
Hech yodimga kelmayabdi-da :rolleyes:
Uzb, balkim siz bilarsiz? :)

Bilsangiz kinoya qilmay aytavering, botsa ham chidayman :)

DaeAnd
08-17-2005, 01:43 PM
Luqmoni Hakim ham adashgan ekan.

Yoki yangichasi: Lenin ham adashgan...

P.S For insurance;)

Royal
08-17-2005, 01:49 PM
"Kozni Kor qilganni qoli sinsin"
*arabcha yoza bilganlar buni koproq tushunadilar!

hazrati MirAlisher Navoiedan

Huddi shu ma'anoda:

Tarjimon odam oldiradi

Ulug'bek
08-17-2005, 02:07 PM
Yoki yangichasi: Lenin ham adashgan...
;)
Shu Lenin ga "ham" og'irliq qiladida (kichkina odam edi), yukini yengillashtiring bechorani:D.

On: Ko'r ko'rni qorong'uda topibdi! (DaeAnd to'g'rilashidan keyin:) )

DaeAnd
08-17-2005, 02:11 PM
On: Ko'r ko'rni qarong'ida ham topib oladi (shundaymidi :rolleyes: )

Unday emas: Ko'r ko'rni qorong'uda topibdi.;)

ON: Olim bo'lma, odam bo'l.

Ulug'bek
08-17-2005, 02:30 PM
Unday emas: Ko'r ko'rni qorong'uda topibdi.;)
ON: Olim bo'lma, odam bo'l.

Xato tog'rilandi:D , tashakkurlar!:)

On: Bo'linganni bo'ri yer, ayrilganni ayiq yer!

DaeAnd
08-17-2005, 02:43 PM
On: Ko'r ko'rni qorong'uda topibdi! (DaeAnd to'g'rilashidan keyin:) )

Siz ham o'rganar ekansizku o'rgatavermay:)

ON: Ko'p so'zlagan oz o'rganar.

Ulug'bek
08-17-2005, 02:52 PM
Siz ham o'rganar ekansizku o'rgatavermay:)

ON: Ko'p so'zlagan oz o'rganar.

Nahotki inson o'rgatuvchi (Siznikida yozib turaylik " o' ")bo'lishidan oldin :) o'rgangan bo'lishi kerakligini aytishga hojat bo'lsa?:D

Keyin shu maqolingiz, mabodo o'zingiz to'qigan narsamasmi? juda yasamadek ko'rinayaptida:) ?

On: KO'P KO'RGAN KO'P BILAR! :)

DaeAnd
08-17-2005, 02:59 PM
Nahotki inson o'rgatuvchi (Siznikida yozib turaylik " o' ")bo'lishidan oldin :) o'rgangan bo'lishi kerakligini aytishga hojat bo'lsa?:D
Shu yerda bir hadis yodimga tushib ketdi. Ilmning ofati uni unutishlikdir.

Keyin shu maqolingiz, mabodo o'zingiz to'qigan narsamasmi? juda yasamadek ko'rinayaptida:) ?

On: KO'P KO'RGAN KO'P BILAR! :)
Tuhmatni ham rosa o'rnida qilar ekansiz. Bunisiga ham chidaymiz. Tashakkur.

ON: Ko'p o'qigan ko'p bilar!

Ulug'bek
08-17-2005, 03:17 PM
Tuhmatni ham rosa o'rnida qilar ekansiz. Bunisiga ham chidaymiz. Tashakkur.
ON: Ko'p o'qigan ko'p bilar!

Hech narsani o'z qo'lim bilan ushlab ko'rmaguncha qabul etmaydigan odatim qursin!:(, ko'nglingizga olmang! yarimi hazil edi!:)

On: Do'st achitib dushman kuldirib gapirar! :)

PS. Yoningizga Ozbek xalq maqollari kitobini ochib quyib olganingiz yo'qmi mabodo?:D

DaeAnd
08-17-2005, 03:23 PM
Hech narsani o'z qo'lim bilan ushlab ko'rmaguncha qabul etmaydigan odatim qursin!:(, ko'nglingizga olmang! yarimi hazil edi!:) Ehtiyot bulingda janob, har narsani ham ushlashning imkoni bulmaydi.

On: Do'st achitib dushman kuldirib gapirar! :)

PS. Yoningizga Ozbek xalq maqollari kitobini ochib quyib olganingiz yo'qmi mabodo?:D Uyimizda shunaqa kitob bulardi, yaxshiyam o'zim bilan olib kelmagan ekanman....

ON: Do'stsiz boshim, tuzsiz oshim.(:P )

Royal
08-17-2005, 03:27 PM
ON: Do'stsiz boshim, tushsiz oshim.
..tuzsiz..

Ulug'bek
08-17-2005, 03:32 PM
Ehtiyot bulingda janob, har narsani ham ushlashning imkoni bulmaydi.

...yaxshiyam o'zim bilan olib kelmagan ekanman....

ON: Do'stsiz boshim, tushsiz oshim.

Ushlashning ham haqiqiy va ko'chma manolari bor:). Hazilsiz ham, birovga ko'r-ko'rona ergashib ketmaslik - bu mening hayot yo'lim!
Siz "yaxshiyam olib kelganakanman" dedingizmi? yoki "suv qilib ichib yuborganim uchun olib kelib o'tirmadim" dedingizmi?:D
Tushsiz midi yoki Tuzsiz?:rolleyes:

Bir yigitga yetmish hunar kam!:)

DaeAnd
08-17-2005, 04:33 PM
Aytilgan gap- otilgan o'q.

Ulug'bek
08-17-2005, 04:49 PM
Aytilgan gap- otilgan o'q.

Hechdan ko'ra kech (ham yaxshiroq deyilmoqchi)! :(

Gareeb
08-18-2005, 05:39 AM
Sut bilan kirgan jon bilan chiqar.

mr66tr
08-18-2005, 07:37 AM
Yozgat sözleri;

Dek duranın devesi ölmez
Asil azmaz bal kokmaz
Kurt ulusundan gördügünü işler
Ölüm hak miras helal
At binenin kılıç kuşananın
Ata binmek bir ayıp , attan inmek iki ayıp
Kurttan kurt doğar , kuzudan kuzu
Buyurulmadık yumuşu , puşt oglan tutar

:rolleyes: :rolleyes: :rolleyes:

Ulug'bek
08-19-2005, 12:42 PM
Harakatda barakat!

Royal
08-19-2005, 01:14 PM
Aytilgan gap- otilgan o'q.
Oyindan o't chiqadi, ****** *** chiqadi!!!

Pythagor
08-19-2005, 04:20 PM
Aytilgan gap- otilgan o'q.Takrorlanish bo'masiiiiiiiiin...

Ulug'bek
08-20-2005, 08:50 AM
Takrorlanish bo'masiiiiiiiiin...

Mulla bo'lsang takror qil, dehqon bo'lsang shudgor qil! :)

salbert
08-20-2005, 09:59 AM
uzbek bulgen
polwon bulgen
xalginga xizmat gilgen :)

Royal
08-20-2005, 10:03 AM
Mulla bo'lsang takror qil, dehqon bo'lsang shudgor qil! :)
Domlani qiganini qima
etganini qil!!

Royal
08-20-2005, 10:04 AM
uzbek bulgen
polwon bulgen
xalginga xizmat gilgen :)
salbert
2-3ta postlarizni kordimde: bittasi togdan kesa siz bogdan kemande !

P.S. hozir bu maqoliz notogri : hamma polvonlar tashqarida...

Mahmud
08-20-2005, 10:52 AM
Domlani qiganini qima
etganini qil!!

Royal, yozishni ham qotiribsizu :)

Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar!

Ulug'bek
08-20-2005, 11:09 AM
Ko'z qo'rqoq, qo'l botir!

Royal
08-20-2005, 12:30 PM
Eshitganin tahmin,
Korganin rost!!

Wolfman
08-20-2005, 12:38 PM
og'zi qiyshiq bo'lsa ham, boyning o'g'li gapirsin...

(laganbardorlik, nohaqlik, besh panjani og'izga tiqish haqidagi kesatiq maqol).

Stan

mushketyor
08-20-2005, 01:21 PM
Osilsang ham baland dorga osil

Mahmud
08-20-2005, 01:46 PM
Otangni o'ldirganga yaxshilik qil!

Yaxshilik qanchlar yaxshi so'z! :)

Pythagor
08-20-2005, 04:00 PM
Avval o'yla, keyin so'yla!

(takrorlanmadi degan umiddaman)
200% takrorlandi...:evil:
kamida 3-marta...

Ulug'bek
08-20-2005, 06:43 PM
200% takrorlandi...:evil:
kamida 3-marta...

Hay-hay-hay :D, bo'ldi o'chirib tashlayman, calm down!:)

Jahl chiqsa aql qochadi!

( mabodo bu ham takror emasmi?:rolleyes: )

Royal
08-20-2005, 08:58 PM
Hay-hay-hay :D, bo'ldi o'chirib tashlayman, calm down!:)

Jahl chiqsa aql qochadi!

( mabodo bu ham takror emasmi?:rolleyes: )
***** ******da,
Aql qochadi!!!

demak qaytarilibdi!!!

Royal
08-24-2005, 12:43 PM
Oroqda yoq, Boshoqda yoq
Hirmonda hozir!!

Mahmud
08-24-2005, 01:01 PM
Yigit bo'lsang sho'x bo'l,
Sho'x bulmasang yo'q bo'l!

ps:Bu maqoldan so'ng sho'xlik qivormanglar! :lool:

TIGANA
08-24-2005, 02:59 PM
Туртовлон Тура булса,
Унмаганин ундирар!
Олтиовлон Ола булса,
Огзидагин олдирар!

TIGANA
08-24-2005, 03:00 PM
Eshigi yomonni uyiga borma,
Onasi yomonni qizini olma!

Wolfman
08-24-2005, 03:44 PM
bilmadim silada shunaqa bo'lsa, bizda boshqacharoq edi:

bola bo'lsa sho'x bo'lsin,
sho'x bo'masa yo'q bo'lsin.

shafqatsiz-a? ;)

Stan

Yigit bo'lsang sho'x bo'l,
Sho'x bulmasang yo'q bo'l!

ps:Bu maqoldan so'ng sho'xlik qivormanglar! :lool:

Ulug'bek
08-30-2005, 02:25 AM
bola bo'lsa sho'x bo'lsin,
sho'x bo'masa yo'q bo'lsin.
Stan

Bolalar mavzusini davom ettirib:

Bolali uy bozor- Bolasiz uy mozor!

(avval yozilmagan degan umiddaman :rolleyes: ).

Gareeb
08-30-2005, 08:35 AM
Bolalar mavzusini davom ettirib:

Bolali uy bozor- Bolasiz uy mozor!

(avval yozilmagan degan umiddaman :rolleyes: ).
Bolaga ish buyurib orqasidan o'zing yugur
(oldin yozilmagan bo'sinda ishqilib :rolleyes: )

Ulug'bek
08-30-2005, 08:40 AM
Bolaga ish buyurib orqasidan o'zing yugur
(oldin yozilmagan bo'sinda ishqilib :rolleyes: )

Aldagani bola yaxshi!

(oldin yozilmagan bo'lsinda ishqilib :) ),

Bizda:

Bolaga ish buyur - orqasidan o'zing yugur

Shokirbek
08-30-2005, 08:51 AM
Aldagani bola yaxshi!

(oldin yozilmagan bo'lsinda ishqilib :) ),

Bizda:

Bolaga ish buyur - orqasidan o'zing yugur

Bizda:

Yosh bolaga ish buyur, orqasidan o'zing yugur.

Vaznni e'tiborga olishadi :D .

Gareeb
08-30-2005, 08:52 AM
Aldagani bola yaxshi!

(oldin yozilmagan bo'lsinda ishqilib :) ),

Bizda:

Bolaga ish buyur - orqasidan o'zing yugur

Yaxshi bola o'n beshida bosh bo'ladi
Yomon bola o'ttizida yosh bo'ladi

Ulug'bek
08-30-2005, 09:00 AM
Yaxshi bola o'n beshida bosh bo'ladi
Yomon bola o'ttizida yosh bo'ladi

Ot o'rnini toy bosar!

Pythagor
08-30-2005, 09:01 AM
Yotib qolguncha, otib qol.

Ulug'bek
08-30-2005, 09:06 AM
Yotib qolguncha, otib qol.

Mard maydonda bilinar!

(oldin yozilmagan bo'lsinda ishqilib :) )

Royal
08-30-2005, 04:05 PM
Tuyani shamol qimmillatsa
Echkini osmonda kor!!!
bor gap!!

Shokirbek
08-30-2005, 04:09 PM
Sho'rva ketsa ketsin, obro' ketmasin. :)

Royal
08-30-2005, 04:11 PM
Ishtoni yoq, Ishtoni yirtiqni ustidan kulganakan.

Shokirbek
08-30-2005, 04:29 PM
Ishtoni yoq, Ishtoni yirtiqni ustidan kulganakan.

Ichimdan o'tganini ishtonim biladi. :D

Pythagor
08-30-2005, 04:32 PM
Eshakni qorni to'ysa egasini tepadi

Shokirbek
08-30-2005, 04:35 PM
Eshakni qorni to'ysa egasini tepadi

It qutursa egasini qopadi.

Ulug'bek
09-01-2005, 01:52 AM
It qutursa egasini qopadi.

Mol egasiga o'xshamasa harom o'ladi! :)

Pythagor
09-02-2005, 06:13 AM
It qutursa egasini qopadi.oq it, qora it - bar bir it.

Mahmud
09-02-2005, 06:41 AM
Qo'ng'iz ham bolasini oppog'im derkan.

{qora qo'ng'iz}

Shokirbek
09-02-2005, 08:46 AM
oq it, qora it - bar bir it.

Sassiq mo'ridan sassiq tutun chiqadi.

Gareeb
09-02-2005, 11:07 AM
Onagni qozi zo'rlasa dardingni kimga aytasan?
(o'zi bu maqolmi? juda qo'polda lekin)

Royal
09-02-2005, 11:17 AM
Tipratikan bolasini yumshogim deganakan.

Ulug'bek
09-05-2005, 10:12 AM
Qo'ng'iz ham bolasini oppog'im derkan.

{qora qo'ng'iz}

Har kimniki o'ziga- oy ko'rinar ko'ziga!

Gareeb
09-05-2005, 01:12 PM
Har kimniki o'ziga- oy ko'rinar ko'ziga!
O'roqda yo'q, boshoqda yo'q, xirmonda hozir.

Ulug'bek
09-05-2005, 01:16 PM
O'roqda yo'q, boshoqda yo'q, xirmonda hozir.

Bizda :

Sonda bor sanoqda yo'q!

ham deyishadi, balki sizlarda ham bordir bu?

Pythagor
09-05-2005, 01:30 PM
Bizda :

Sonda bor sanoqda yo'q!

ham deyishadi, balki sizlarda ham bordir bu?jaaa borda, ko'pincha futbolda ishlataman, o'yinchilarga nisbatan...:twisted:

on: buzoqni qochgani samonxonagacha.

Ulug'bek
09-05-2005, 01:35 PM
jaaa borda, ko'pincha futbolda ishlataman, o'yinchilarga nisbatan...:twisted:

on: buzoqni qochgani samonxonagacha.

Men vodiyliklardan so'ragandim :D !
Shu maqolingiz takrorlangek ko'rinadimi deymanda-a?:)

on: Ko'rpanga qarab oyoq uzat!

(ishqilib takror bo'lmasinda:) )

Mahmud
09-05-2005, 01:37 PM
Ot aylanib-aylanib qozig'ini topadi.

Gareeb
09-05-2005, 01:39 PM
Bizda :

Sonda bor sanoqda yo'q!

ham deyishadi, balki sizlarda ham bordir bu?
Ha bizdayam bor.
O'siriq ko'tga arpa uni bahona :D :D
(ishqip takrorlamadimmikin a? :rolleyes: )

Lorelei
09-05-2005, 01:44 PM
Oroqda yoq, Boshoqda yoq
Hirmonda hozir!!
Shuni sal tuzatib quysam: Boshoqda emas Mashoqda yuq deyiladi maqolda. Ya'ni bug'doy urib olingandan sung mashoq, ya'ni orqada tushib qolganlarini terish ishi boshlanadi. Qadimda shu ocharchilik yillari odamlar mashoq terib kun kechirishgan.

Gareeb
09-05-2005, 01:53 PM
Bahorgi oftobga keliningni qo'y, kuzgisiga qizingni
(Qaynonalar tarafidan to'qilgan maqol bo'lsa kerak :) )

Ulug'bek
09-05-2005, 01:56 PM
O' ..........
(ishqip takrorlamadimmikin a? :rolleyes: )

Ehey takrorlanganmish :D , men buni hech aytolmagan bo'lardimu:):

Yoshsan shosharsan, ko'p haddingdan osharsan!
Bir kun kelib Sen hali, bu haddingdan tusharsan!

So'zlarida sal adshgan bo'lishim mumkin.

PS. maqolning yaxshi va u bilan birgalikda meningcha qabul qilinmasligi lozim manolari bor.

Gareeb
09-05-2005, 01:59 PM

Uzbek xalq maqoli deganimizda kundalik xalq ogzida ishlatiladigan maqollarni tushunaman.Bu maqolni katta yoshli kishilar juda ko'p ishlatishadi.Shuning uchun yozishga ikkilanmadim.

Pythagor
09-05-2005, 02:03 PM
Uzbek xalq maqoli deganimizda kundalik xalq ogzida ishlatiladigan maqollarni tushunaman.Bu maqolni katta yoshli kishilar juda ko'p ishlatishadi.Shuning uchun yozishga ikkilanmadim.stop offtop!!!
on: Chokkanga cho'p madad.

Mahmud
09-05-2005, 02:05 PM
Ehey takrorlanganmish :D , men buni hech aytolmagan bo'lardimu:):

Yoshsan shosharsan, ko'p haddingdan osharsan!
Bir kun kelib Sen hali, bu haddingdan tusharsan!

So'zlarida sal adshgan bo'lishim mumkin.

PS. maqolning yaxshi va u bilan birgalikda meningcha qabul qilinmasligi lozim manolari bor.

Uzb, shu maqolni Handalakchilarga aytsayiz bir askiya qilisharmidi?
hazil albatta :D

Hamal, hamalda yoqqani amal.

Navruz bayramidan so'ng bu maqolni yoshi ulug' kishilar {buva va buvilar}
tez-tez eslab turishadi :)

Ulug'bek
09-05-2005, 02:05 PM
Bahorgi oftobga keliningni qo'y, kuzgisiga qizingni
(Qaynonalar tarafidan to'qilgan maqol bo'lsa kerak :) )

Ular:

Qizim Senga aytaman kelinim Sen eshit!

ham dermidilar?

Mahmud
09-05-2005, 02:35 PM
Ular:

Qizim Senga aytaman kelinim Sen eshit!

ham dermidilar?

O'raga sichqon tushdi go'ldir go'p!

{imlo xatolari bo'lishi mumkin}

ps:Uzb, endi ajoyib :D

Shokirbek
09-05-2005, 04:10 PM
Yaxshi kelsa hut, qozon to'la sut, yomon kelsa hut, soylar tu'la but (put).

himalay
09-05-2005, 05:40 PM
tabib tabib emas, boshidan o'tgan tabib

va

Tanasi boshqa dard bilmas

[o'zimning boshimdan o'tib to'g'riligiga iqror bo'ldim]

Royal
09-05-2005, 06:31 PM
Kasalni yashirseng isitmasi oshkor qiladi!!

Shokirbek
09-06-2005, 01:31 AM
Jo'jani kuzda sanaydilar.

Gareeb
09-06-2005, 09:36 AM
Er-hotinning urushi, doka ro'molning qurishi

Lorelei
09-06-2005, 10:23 AM
Otangni o'ldirganga yaxshilik qil!

Yaxshilik qanchlar yaxshi so'z! :)
Otangni o'ldirganga onangni ber! degani ham bor

Lorelei
09-06-2005, 10:24 AM
Mard maydonda bilinar!

(oldin yozilmagan bo'lsinda ishqilib :) )
Mard maydonda sinalar edi shekilli?!

Lorelei
09-06-2005, 10:25 AM
It qutursa egasini qopadi.
Eshakning o'limi itlarning bayrami

Lorelei
09-06-2005, 10:27 AM
Qo'ng'iz ham bolasini oppog'im derkan.

{qora qo'ng'iz}
Tipratikon yumshog'im (davomi)

Lorelei
09-06-2005, 10:32 AM
Er-hotinning urushi, doka ro'molning qurishi
Er-xotinning orasiga esi ketgan tushadi

Pythagor
09-06-2005, 01:01 PM
Qaytarilgan postlani ko'rsen, muallifni kallasiga bir solsangde, qoida buzulayaptiku, qarab chilar axir, qiyin bo'lmasa kere a?

on: Chiroyga non botirib yeb bo'lmas.

Mahmud
09-06-2005, 03:00 PM
Otangni o'ldirganga onangni ber! degani ham bor

Bu maqolni umuman eshitmagan ekanman...
Tushuntirish berib yuborsangiz yaxshi bo'lardi?
Avval muallif fikrini tinglab, keyinga o'z fikrlaring bilan taqqoslash yaxshi-da :)

Temirni issig'ida bos!

Terma jamoa bundan mustasno albatta.Signaturani ajoyibligini qarang :)

Shokirbek
09-06-2005, 04:02 PM
Temirni issig'ida bos!

"qizig'ida" ham deyishadi.

Egachim erga tegdi, eskisi menga tegdi. :P
(qizlar tilidan).

Mahmud
09-06-2005, 04:06 PM
Tuydan oldin chang chiqarma!

Shokirbek
09-06-2005, 04:11 PM
Tuydan oldin chang chiqarma!

"To'ydan oldin no'gora" degan maqolni eshituvdim.

"Yolg'iz otning changgi chiqmas, changgi chiqsa ham dong'i chiqmas".

Sahifalar ko'payib ketgani bois varaqlay olmadim hammasini, takror bo'layotgan bo'lsa uzr.

Mahmud
09-06-2005, 04:44 PM

Bizda yuqoridagi maqol ham ishlatilardi.Shunga yozgandim.Siz aytgandek ham bo'la qolsin! :)
"Tuydan oldin nog'ora chalma!"

Eshagi bir tanga to'qimi ming tanga.

Godunov
09-06-2005, 04:58 PM
Tuydan oldin chang chiqarma!:lool:
Podadan oldin chang chiqarma
emasmidi?
Yaxshi xotin betidan semiradi
Yomon xotin ketidan semiradi
p/s:Bu maqol O'zbek xalq maqoli!

Shokirbek
09-06-2005, 05:06 PM
Yaxshi xotin betidan semiradi
Yomon xotin ketidan semiradi
p/s:Bu maqol O'zbek xalq maqoli!

Ofarin! semirmaganlarchi? :)

Ulug'bek
09-06-2005, 07:56 PM
Yaxshi kelsa hut, qozon to'la sut, yomon kelsa hut, soylar tu'la but (put).

Bizda "pit" edi adashmasam, sizlarda balki vaznga qarashgandir:rolleyes: .

Mavzuga oid, Ayyom tilidan:

To'qson, bir kunimcha yo'qsan!

(vazn uchun, "Yo'qson" ham deyishardi, yoki "to'qson"ni "to'qsan" dermidilariey :rolleyes: ).

Ulug'bek
09-06-2005, 08:04 PM
Otangni o'ldirganga onangni ber! degani ham bor

Agar shunaqasi haqiqatdan ham bor bo'lsa uni "quritish" kerak, o'lgudek yomon ekan!:D

Qonga qon! Jonga jon!

Onangni ber emisha!

(so'zlarida biroz adashayotgan bo'lishim mumkin)

Shokirbek
09-06-2005, 10:31 PM
Bizda "pit" edi adashmasam, sizlarda balki vaznga qarashgandir:rolleyes: .

bahorning boshlanishi yomon kelsa hut oyida faqat jala bo'lib sellarga aylanib ketar, natijada suruv-suruv qo'y echkilarni oqizib ketar ekan, shuning uchun chorvaning putini (oyog'ini) qo'y-echkilarga ishora ravishda keltirishadi. "put"ning "but" shakli ham bor, "pit" shakli ham bor ekanda.

Ulug'bek
09-07-2005, 01:16 AM

Endi mening sharhimni eshiting :) :

Bizda:) (kamida mening tushunganimcha:) ) bahorning chorvadorlarga oid yaxshi kelishi yog'ingarchilik ko'p/yetarli yoki kam va yoki umuman bo'lmasligiga bog'liq :rolleyes: . Shundan yaxshi kelsa deyilganda yetarli yog'ingarchilik bo'lishi nazarda tutilgan, yomon kelsa deyilganda esa kam yog'ishi va qurg'oqchilik bo'lishi nazarda tutilgan, chunki dalarda o'tlar o'smasdan chorva to'ymaydi va sut bermaydi. Nafqat sut bermaydi, qurg'oqchilikdan pit lar bosib ketadi hamma joyni, shu jumladan jilg'alarda :rolleyes: , bizdagi variantda adashmasam, soy emas jilg'a edi, bizda (balki sizda ham shundaydir) jilg'a 2 qirning orasiga suvi bo'lmasa ham ishlatiladi.

Yaxshi kelsa hut, qozon to'la sut, yomon kelsa hut, soylar tu'la but

Faqat hozir o'ylab qoldim, pit qurg'oqchilikda ko'payadimi yoki yog'ingarchilkkdami?
Aha, adashmasam qurg'oqchilkda :D , chunki bazi qizlar sochlarini ancha vaqt yuvmasdan "qurg'oqchilk"da saqlashsa boshlari pitlab ketadi shunday amasmi?:)
on: Qor yog'di deb quvonma, sovuqlari bor!

Shokirbek
09-07-2005, 04:21 AM

Pit (bit)ning soy yoki jilg'aga nima aloqasi bor? Boshlar to'la, yoki badan to'la deyishgan bo'lmasmidi.

Ulug'bek
09-07-2005, 04:51 AM
Pit (bit)ning soy yoki jilg'aga nima aloqasi bor? Boshlar to'la, yoki badan to'la deyishgan bo'lmasmidi.

Soyga put/but ning qanaqa aloqasi bo'lsa, pitning ham jilg'aga shunday aloqasi bor:D (hazil).

on: Nonga tuyulsang suvga chop, suvga tuyulsang go'rga chop!

Shokirbek
09-07-2005, 05:19 AM
Soyga put/but ning qanaqa aloqasi bo'lsa, pitning ham jilg'aga shunday aloqasi bor:D (hazil).

on: Nonga tuyulsang suvga chop, suvga tuyulsang go'rga chop!

Og'ir toshning qizigani yomon bo'ladi.

Pichoq borib suyakka qadaldi.

:D :D

Gareeb
09-07-2005, 09:16 AM
Do'stsiz boshim, tuzsiz oshim

Asadbek
09-07-2005, 09:25 AM
Toyni toy deb xo'rlama,
Erta-indin ot bo'lar.

:)

Gareeb
09-07-2005, 09:28 AM
It wafo, hotin jafo
(qaysi "aqlli" chiqargan bu maqolni o'zi? :D )

Royal
09-07-2005, 02:03 PM
Temirni qizigida ur!

Lorelei
09-07-2005, 03:16 PM
Bu maqolni umuman eshitmagan ekanman...
Tushuntirish berib yuborsangiz yaxshi bo'lardi?
Avval muallif fikrini tinglab, keyinga o'z fikrlaring bilan taqqoslash yaxshi-da :)

Temirni issig'ida bos!

Terma jamoa bundan mustasno albatta.Signaturani ajoyibligini qarang :)
Otangni o'ldirganga onangni ber degani senga qon dushmanlik qilganga ham yomonlik qilma, yaxshilik qil degani menimcha. Bu maqolning muallifi uzbek halqidir. Sinonimini keltiraman:

Tosh bilan urganni osh bilan ur!

Lorelei
09-07-2005, 03:32 PM
Endi mening sharhimni eshiting :) :

Bizda:) (kamida mening tushunganimcha:) ) bahorning chorvadorlarga oid yaxshi kelishi yog'ingarchilik ko'p/yetarli yoki kam va yoki umuman bo'lmasligiga bog'liq :rolleyes: . Shundan yaxshi kelsa deyilganda yetarli yog'ingarchilik bo'lishi nazarda tutilgan, yomon kelsa deyilganda esa kam yog'ishi va qurg'oqchilik bo'lishi nazarda tutilgan, chunki dalarda o'tlar o'smasdan chorva to'ymaydi va sut bermaydi.
Isohlariz shu ergacha tug'ri , bu yog'iga uzingiz ham utlab ketibsiz ammo lekin. Bizda menimcha bu maqolni "Yaxshi kelsa hut, kadi kadi sut, yomon kelsa hut , daralarda put(but) " deyishardi. Ya'ni qurg'oqchilik bulib mollar tuymay, darama-dara sarson kezib, ut qidirib puti (buti, ya'ni oyog'i) og'rib yurishga majburligini ifodalaydi. Qizlarning boshidagi pit(bit) ga hech aloqasi yuq. :)

Shokirbek
09-07-2005, 03:49 PM
Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi.

Ulug'bek
09-08-2005, 01:45 AM
Og'ir toshning qizigani yomon bo'ladi.

Pichoq borib suyakka qadaldi.
:D :D

Yaxshi ot keyin chopadi! :D

Ulug'bek
09-08-2005, 01:57 AM
Otangni o'ldirganga onangni ber degani senga qon dushmanlik qilganga ham yomonlik qilma, yaxshilik qil degani menimcha. Bu maqolning muallifi uzbek halqidir. Sinonimini keltiraman:
Tosh bilan urganni osh bilan ur!

Biror gap xalq maqoli bo'lsa, bu uning to'g'riligini anglatmaydi!
Salbiylikka chaqiruvchi maqollarga bir qanchalab misollar keltirish mumkin. O'zbek xalq maqollariga, o'sha xalqning o'zi (sizu biz) munosabat bildirishga, to'g'rilashga va vaqt o'tishi davomida yangilarini taklif qilishga haqqi bor.
Xalq maqollari, asrlar davomida, xalqimiz boshidan kechirgan turli siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, diniy va boshqa sharoitlarni va xalq (bazi guruhlari)ning ularga bildirgan munosabatlari natijasida shakllangan. Xalqimizning tarixda hamisha ham maqsadlariga yetaolmagani va bazan muvaffaqatsiyazliklarga uchraganini hisobga olsak, maqollarning bir qismini noto'g'ri bo'lishi ehtimoli yanada oshadi. Bu o'rinda, ularning bir qismi, boshqalariga ochiqdan ochiq qarama-qarshi ekanligini ham eslab o'tish foydadan xoli emas.

On: Boshinga qilich kelsa ham to'g'ri gapir!

Shokirbek
09-08-2005, 03:14 AM
Achchig'ing kelsa burningni tishla. :)

Ulug'bek
09-08-2005, 03:21 AM
Achchig'ing kelsa burningni tishla. :)

Gap kelganda otangni ham ayama!:D

(buni avval ham ishlatganman, ammo maqollarda yozmaganman, umid qilamanki boshqalar ham yozmagan :rolleyes: )

Shokirbek
09-08-2005, 03:30 AM
Gap kelganda otangni ham ayama!:D

(buni avval ham ishlatganman, ammo maqollarda yozmaganman, umid qilamanki boshqalar ham yozmagan :rolleyes: )

Mulla bilganini o'qiydi.

Ulug'bek
09-08-2005, 03:52 AM
Mulla bilganini o'qiydi.

Mullaning bismillosidan ma'lum! :)

Shokirbek
09-08-2005, 04:24 AM
Bo'lmaganga bo'lishma.

Ulug'bek
09-08-2005, 04:37 AM
Yana fasllar haqida:

Qish o'chog'i tor, tur uyinnga bor!

Shokirbek
09-08-2005, 05:26 AM
Yana fasllar haqida:

Qish o'chog'i tor, tur uyinnga bor!

Yoz yopinchig'ingni qo'yma, qishda o'zing bilasan.

Ulug'bek
09-08-2005, 05:33 AM
Yoz yopinchig'ingni qo'yma, qishda o'zing bilasan.

Bizda adashmasam,
Yoz yopinching tashlama, qishda o'zing bilasan!

on: Olifta suqotmaydi, faqat qaltiraydi!

(so'zlarida adashgan bo'lishim mumkin, keyin bu keyingi paytlarda tarqalgan maqolmi?)

Shokirbek
09-08-2005, 06:00 AM
Bizda adashmasam,
Yoz yopinching tashlama, qishda o'zing bilasan!

G'ofilu murda, ikkovi bir-da. :D

Gareeb
09-08-2005, 08:47 AM
Qovun esang sahar e, sahar emasang zahar e!

svitok
09-09-2005, 01:28 PM
eshakka chiqish bir axmoqlik
eshakdan tushish yana bir axmoqlik

Royal
09-09-2005, 02:35 PM
eshakka chiqish bir axmoqlik
eshakdan tushish yana bir axmoqlik
Ilojini qisa qor yonadi.

hammasini yoli bor...

Shokirbek
09-09-2005, 03:40 PM
Ilojini qisa qor yonadi.

Qalovini topsang qor ham yonadi.

Ish bitdi - eshagim loydan o'tdi.

Mahmud
09-09-2005, 03:54 PM
Sanamay sakkiz dema.

ps:qaytarilgan bo'lsa uzrlarim.

Shokirbek
09-09-2005, 04:19 PM
Qo'shning g'ilay bo'lsa ko'zingni qis. :)

Mahmud
09-09-2005, 04:24 PM
O'zingni ehtiyot qil, qo'shningni ug'iri tutma!

ps:Noto'g'ri bo'lsa, to'g'rilab quyasizlar degan umiddaman :)

Ulug'bek
09-10-2005, 06:37 AM
Quote:
Originally Posted by Uzb
Bizda adashmasam,
Yoz yopinching tashlama, qishda o'zing bilasan!

G'ofilu murda, ikkovi bir-da. :D

Shokirbek, mening yozuvim bilan Siz bu yerda qoldirgan yozuv o'rtasidagi aloqani tushunmadim.

Maqollarga qaytib:

Do'st achitib, dushman kuldirib gapirar!

PS. Ishqilib qaytarilmagan bo'lsinda :rolleyes:

Ulug'bek
09-10-2005, 06:41 AM
eshakka chiqish bir axmoqlik
eshakdan tushish yana bir axmoqlik

Bizda eshakka chiqilmasdi, minilardi:) , chiqsa ham bo'larkanda:) , o'zimizga borsam bir sinab ko'raman, qanday bo'larkin.

On: Ahmoqni ahmoq desang, arpa bo'yi o'sadi!

PS. Sal ikkilanib turibmanda, shu ahmoqmidi yoki tentakmidi:rolleyes: .

Ulug'bek
09-10-2005, 06:43 AM
Bo'lmaganga bo'lishma.

Suymaganga suykalma!

PS. Bu juda og'ir maqol, ayniqsa kimdir birovni sevsayu, qarshi taraf uni sevmasa:( , shundoqqina, yengil unutish, aytishgagina oson!
Ammo oddiy insonlar aloqasigagina tegishli deyilsa, muammo yo'q, to'g'ri gap!

Mahmud
09-10-2005, 06:45 AM
Shokirbek, mening yozuvim bilan Siz bu yerda qoldirgan yozuv o'rtasidagi aloqani tushunmadim.

Maqollarga qaytib:

Do'st achitib, dushman kuldirib gapirar!

PS. Ishqilib qaytarilmagan bo'lsinda :rolleyes:

Ishonmagin do'stinga, somon tiqar pustinga!

Do'stiga ishonmaydiganlar shu maqolni tez-tez qo'llashadi....
ps:Imlo xatoga yo'l quygan bo'lsam uzrlarim.

Ulug'bek
09-10-2005, 06:51 AM
Ishonmagin do'stinga, somon tiqar pustinga!

Buni qarang, bu ham bir-biriga oz bo'lsada qarshi maqollarga misol bo'lishi mumkin.

On:
Do'st bilan obod uying, gar bo'lsa u vayrona ham,
Do'st qadam qo'ymas ekan, vayronadur, koshona ham!

Mahmud
09-10-2005, 07:00 AM
Do'stsiz boshim, tuzsiz oshim!

Do'stingiz uyingizga qadam quymasa vayronaga o'xshabgina qolmasdan, yeydigan oshingizni ham ma'zasi yuqoladi...

Buni qarang, bu ham bir-biriga oz bo'lsada qarshi maqollarga misol bo'lishi mumkin.

On:
Do'st bilan obod uying, gar bo'lsa u vayrona ham,

Do'st qadam qo'ymas ekan, vayronadur, koshona ham!

Ulug'bek
09-10-2005, 07:05 AM
Do'stsiz boshim, tuzsiz oshim!
...

Oshing halol bo'lsa, ko'chada ich!

Shokirbek
09-10-2005, 07:13 AM
Shokirbek, mening yozuvim bilan Siz bu yerda qoldirgan yozuv o'rtasidagi aloqani tushunmadim.

"qo'yma" bilan "tashlama"ning orasidagi farqni aytuvdim.

Shokirbek
09-10-2005, 07:16 AM
Bizda eshakka chiqilmasdi, minilardi:) , chiqsa ham bo'larkanda:) , o'zimizga borsam bir sinab ko'raman, qanday bo'larkin.

On: Ahmoqni ahmoq desang, arpa bo'yi o'sadi!

PS. Sal ikkilanib turibmanda, shu ahmoqmidi yoki tentakmidi:rolleyes: .

Tentak edi.

Bunday maqol ham bor:

Tentakka tel ber, ikki qo'liga bel ber.

Telning ma'nosini bilmadim.

Lorelei
09-10-2005, 07:38 AM
Ishonmagin do'stinga, somon tiqar pustinga!

Do'stiga ishonmaydiganlar shu maqolni tez-tez qo'llashadi....
ps:Imlo xatoga yo'l quygan bo'lsam uzrlarim.
Dusting kim bulsa dushmaning ham usha!

Gareeb
09-10-2005, 10:22 AM
Buxoroda qo'y bir so'm, kela-kela o'n bir so'm.

Ulug'bek
09-11-2005, 08:47 PM
Buxoroda qo'y bir so'm, kela-kela o'n bir so'm.

Tuya bir tanga, qani bir tanga?! :(
Tuya ming tanga, mana ming tanga!:)

Mahmud
09-12-2005, 03:22 AM
Tuya bir tanga, qani bir tanga?! :(
Tuya ming tanga, mana ming tanga!:)

Toyni toy deb ho'rlama,:(
Erta indin ot bo'lar!:)

Lorelei
09-12-2005, 03:26 AM
Tuya bir tanga, qani bir tanga?! :(

Tuya ming tanga, mana ming tanga!:)

Tuya tuya deyverganlaringga bitta maqol esimga tushib ketdi:

Baqiroq tuyaning bori yaxshi!

Mahmud
09-12-2005, 03:40 AM
Tuya tuya deyverganlaringga bitta maqol esimga tushib ketdi:

Baqiroq tuyaning bori yaxshi!

Tuya silkinsa, eshakka yuk chiqar!

Gareeb
09-12-2005, 08:23 AM
Qo'yni ham echkini ham o'z oyogidan osiladi.

Ulug'bek
09-13-2005, 12:53 PM
Dusting kim bulsa dushmaning ham usha!

Juda shubhaga yetaklovchi, salbiydek maqol ekan:D ,

on: Et bilan tirnoqni ajratib bo'lmas!

ps. juda yaxshi eslolmadim.

Gareeb
09-13-2005, 02:23 PM
Hisobli do'st ayrilmas

Royal
09-13-2005, 02:42 PM
Ayrilganni bori yer!

Mahmud
09-13-2005, 02:58 PM
Ayrilganni bori yer!

Bizda bu maqolni quyidagicha ishlatishardi:

Bo'linganni bo'ri yer!

:)

Gareeb
09-13-2005, 02:58 PM
Bo'zchi belboqqa yolchimas.

Royal
09-13-2005, 03:04 PM
Bozchini mokisiday...

Gareeb
09-13-2005, 03:06 PM
Sayoq yurgan tayoq yeydi

Ulug'bek
09-13-2005, 03:16 PM
Bizda bu maqolni quyidagicha ishlatishardi:

Bo'linganni bo'ri yer!

:)

Va ortidan albatta uning davomi keladi :) :

Bo'linganni bo'ri yer! Ayrilganni ayiq yer!

Royal
09-13-2005, 03:23 PM
Tuzini yep, tuzligiga tupurma

Mahmud
09-13-2005, 03:43 PM
Va ortidan albatta uning davomi keladi :) :

Bo'linganni bo'ri yer! Ayrilganni ayiq yer!

Futbol tugagandan so'ng to'g'rilayman degandim....
Shu vaqtda qaerdandir paydo bo'libsizda! :)
Ko'pincha o'rinlarini almashtirib ishlatishardi. Alfavitga bog'liq bo'lsa kerakda...
Shunga ham e'tibor berishgan ekanda qadimgilar!

Sanamay sakkiz dema!

Royal
09-13-2005, 03:48 PM

Ikki sakkiz on olti!!

salbert
09-13-2005, 04:55 PM
royal bob gotrip guydiz ku odami Ikki sakkiz on olti!!

man ham etaman 1ta
besh kara behs igerma besh :lol:

Royal
09-13-2005, 08:57 PM
royal bob gotrip guydiz ku odami

man ham etaman 1ta
besh kara behs igerma besh :lol:

Sanamie Sakkiz dema~!

Gareeb
09-14-2005, 08:50 AM
Gap desa qop-qop, ish desa Samarqanddan top :)

Royal
09-14-2005, 09:36 AM
Oroqda yoq, Mashoqda yoq, Hirmonda hozir

MasxaraboZ
09-14-2005, 11:45 AM
Bozchini mokisiday...

:lool: :lool: :lool:

ha bu maqolmasku ,iboraku bu :lool:

masalan "Maqtanma g'oz,hunaring oz" bu ibora,lekin maqol sifatida ham ishlatiladi...

lekin siz keltirgan "bozchini mokisiday..." degan iboraning,maqol urnida ishlatilganini forumda kurib turubman :lool: albatta siz uzbek maqollariga qushib quyganizdan keyin :lool:

Ulug'bek
09-14-2005, 02:57 PM
Ko'p ko'rgan ko'p biladi!

Ulug'bek
09-14-2005, 03:09 PM
Yuqoridagi maqolga manosi yaqin bo'lgan yana bir maqolga yodimga tushib qoldi:

Qari bilganni pari bilmas!

Shokirbek
09-14-2005, 04:02 PM
To'g'ri gap tuqqanga yoqmas.

Ulug'bek
09-14-2005, 04:17 PM
Haqiqat bukiladi, ammo sinmaydi!

(yoki "egiladi" miey?)

Mahmud
09-14-2005, 05:24 PM
Gap desa qop-qop, ish desa Samarqanddan top :)

Yotib yeman desang, Buxoroga bor! :)

ps:Yaxshi eslolmayabmanda, shunaqamidi yoki?

Mahmud
09-14-2005, 05:41 PM
Tosh otganga, osh ot! :)

Shokirbek
09-14-2005, 05:52 PM
Yaxshilik qil, suvga (dengizga, ariqqa) tashla, baliq bilar, baliq bilmasa Xoliq bilar.

svitok
09-15-2005, 04:57 AM
иштони йук иштони йиртикни устидан кулади :D

MasxaraboZ
09-15-2005, 04:59 AM
иштони йук иштони йиртикни устидан кулади :D

maqolni yozib yana oxirida uziz kulib quyibsiz ku :lool:

maqolmisan maqol ekanda uziyam :lool:

Dilingdagini tilingga chiqarma!!!

svitok
09-15-2005, 05:11 AM
maqolni yozib yana oxirida uziz kulib quyibsiz ku :lool:

maqolmisan maqol ekanda uziyam :lool:

узим хам аввл шу маколга 2 соат буралдим шекил шунга кулдимде :D

svitok
09-15-2005, 05:20 AM
кампирни дарди гозда

дейишади бу хам макол булса керак манимча :)

MasxaraboZ
09-15-2005, 05:23 AM
узим хам аввл шу маколга 2 соат буралдим шекил шунга кулдимде :D

Uxshatmasdan uchratmas :lool:

Svitok bir birimizdan kulib utiribmizku :lool:

svitok
09-15-2005, 05:27 AM
Uxshatmasdan uchratmas :lool:

Svitok bir birimizdan kulib utiribmizku :lool:

гап булши мумкин эмас гапирменг вой кулиш хам гапми буралиб ётибман яна 2 мин буралсам билмиман охири нима булади :D

Royal
09-15-2005, 01:31 PM
Yotib yeman desang, Buxoroga bor! :)

ps:Yaxshi eslolmayabmanda, shunaqamidi yoki?
Yotib qoguncha otib qol

Pythagor
09-16-2005, 01:01 AM
mosh ketmagan joyda, loviya befoyda... :twisted:

qo'pol chiqmasligi uchun "maqol"ni shakli biroz o'zgartirildi...

Ulug'bek
09-16-2005, 02:51 AM
Qimirlagan qir oshar!

Shokirbek
09-16-2005, 05:44 AM
Qimirlagan qir oshar!

Toma-toma ko'l bo'lar, tommay qolsa cho'l bo'lar.

Ulug'bek
09-16-2005, 05:59 AM
Toma-toma ko'l bo'lar, tommay qolsa cho'l bo'lar.

Tomchi-tomchi yig'ilib daryo bo'lur!

Lorelei
09-16-2005, 07:19 AM
кампирни дарди гозда

:)
O'nta ug'ling bulmasa ham o'sroq choling bor bulsin!:lol:

MasxaraboZ
09-16-2005, 07:21 AM
O'nta ug'ling bulmasa ham o'sroq choling bor bulsin!:lol:

:lool:
:lool:
:lool:

bunaqasi bumagan :lool:

Shokirbek
09-16-2005, 07:26 AM
O'nta ug'ling bulmasa ham o'sroq choling bor bulsin!:lol:

Vov! :D :x

......

Ulug'bek
09-16-2005, 08:02 AM
O'nta ug'ling bulmasa ham o'sroq choling bor bulsin!:lol:

Onaning ko'ngli bolada, bolaning ko'ngli dalada!

Godunov
09-16-2005, 08:16 AM
O'lisdagi o'pkadan yaqindagi quyruq yaxshi:D

Ulug'bek
09-16-2005, 08:23 AM
O'lisdagi o'pkadan yaqindagi quyruq yaxshi:D

Bizlarda adashmasam:

Uzoqning bug'doyidan yaqinning somoni yaxshi!

deyishardi, balki ikkalasini ham qo'llashar :rolleyes: .

Keshiy
09-16-2005, 09:25 AM
La Ilaha Illalloh Muhammadun Rasululloh!

Shokirbek
09-16-2005, 09:58 AM
La Ilaha Illalloh Muhammadun Rasululloh!
Shahrisabziy janoblari, bu, shubhasiz, ulug' kalima, lekin o'zbek maqollari orasiga qo'yishdan nima maqsadingiz bor?

Olloh subhonahu har doim o'sha kalima bilan yashashni, o'sha kalima bilan dunyodan o'tishni nasib qilsin barchamizga.

Royal
09-16-2005, 10:09 AM
O'lisdagi o'pkadan yaqindagi quyruq yaxshi:D
buni teskarisi:

Uzoqdagi Quyruqdan yaqindagi OPKA yahshi ! ! !

Royal
09-16-2005, 10:10 AM
Ogling Onta bolsa ham Orni boshqa !!!

Gareeb
09-16-2005, 10:33 AM
Yolgiz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dongi chiqmas

Keshiy
09-16-2005, 11:16 AM
Bu shubhasizki nafaqat uzbek, balki butun musulmon olami uchun ulug kalima!

Tugri bu uzbek maqoli bumasada, eng ulug kalimani ham har doim yodda saqlashimiz kerakligini eslatgim keldi.

Ha Albatta shu kalima bilan dunyodan utishni Alloh nasib etsin . Omin!

Shahrisabziy janoblari, bu, shubhasiz, ulug' kalima, lekin o'zbek maqollari orasiga qo'yishdan nima maqsadingiz bor?

Olloh subhonahu har doim o'sha kalima bilan yashashni, o'sha kalima bilan dunyodan o'tishni nasib qilsin barchamizga.

Royal
09-16-2005, 02:29 PM
Ot ketidan TO'Y bosadi

kingdom
09-16-2005, 03:10 PM
ota-ugilga bir ishton qishdan qanday chiqamiz !:lol: :lol:

kroshka,
men (retorik) savol bulsa kerak dedim, chunku men quyidagi mazmunni chiqaryapman:

Ikkimizga bitta ishton bulsa, qishdan qandoq chiqamiz?

boshqacha bo'lsa, tushuntirib berarsiz :-)

Shokirbek
09-16-2005, 03:31 PM
Ot ketidan TO'Y bosadi

Royal, ruxsatingiz bilan:

Ot o'rnini toy bosadi.

======

To'yga borsang to'yib bor.

Mahmud
09-16-2005, 03:54 PM
Royal, ruxsatingiz bilan:

Ot o'rnini toy bosadi.

======

To'yga borsang to'yib bor.

To'yga borsang to'yib bor,
Sho'xligingni qo'yib bor!

Royal
09-16-2005, 04:29 PM
***** hamma ozini dardini etib yigliydi

svitok
09-17-2005, 01:40 AM
хамманики узига ой кими куринар кузига

Gareeb
09-17-2005, 05:03 AM
Elakka chiqqan hotinning ellik ogiz gapi bor.

Lorelei
09-17-2005, 05:17 AM
O'lisdagi o'pkadan yaqindagi quyruq yaxshi:D
Bizda olisning bug'doyidan yaqinning somoni yaxshi deyishardi

Mahmud
09-17-2005, 05:26 AM
Bizda olisning bug'doyidan yaqinning somoni yaxshi deyishardi

Quyidagi maqolni ham ko'pchilik ishlatishardi:

Olisladagi qarindoshdan yaqindagi qo'shning yaxshi!

ps:Noto'g'ri bo'lsa to'g'rilab quyasizlar! :)

Gareeb
09-17-2005, 05:34 AM
Quyidagi maqolni ham ko'pchilik ishlatishardi:

Olisladagi qarindoshdan yaqindagi qo'shning yaxshi!

ps:Noto'g'ri bo'lsa to'g'rilab quyasizlar! :)

Yon qo'shnim jon qo'shnim.

Mahmud
09-17-2005, 05:44 AM
Yon qo'shnim jon qo'shnim.

O'zinga ehtiyot bo'l, qo'shningni o'g'ri tutma!

Gareeb
09-17-2005, 05:52 AM
O'zinga ehtiyot bo'l, qo'shningni o'g'ri tutma!
O'z uyim o'lan to'shagim.

Shokirbek
09-17-2005, 07:19 AM
O'z uyim o'lan to'shagim.

Uyqu joy tanlamaydi.

svitok
09-17-2005, 11:57 AM
кун курмаган кун курса, кундузу чирок ёкармуш :D

MasxaraboZ
09-17-2005, 12:05 PM
кун курмаган кун курса, кундузу чирок ёкармуш :D

to'n kiymagan to'n kiysa,qoqib-qoqib to'zdirar ;)

svitok
09-17-2005, 12:10 PM
онагни отангга пардозсиз курсатма :D