View Full Version : Siz mendayin sevaolmaysiz
Akademik
01-13-2004, 06:33 PM
Siz mendayin sevaolmaysiz
Ko,llarimda suratingiz.
Dardim og’ir bila olmaysiz
Yig’lamaydi yuragingiz.
Siz mendayin sevaolaysiz.
Chidaolmaysiz firoqlarga .
Hijron oddiy qiynoqlarga.
So’ng ketasiz yiroqlarga.
Siz mendayin sevaolmaysiz.
Siz tilagim desangiz ham.
Qon yuragim desangiz ham.
Yuz yil yig’lab sevsangiz ham.
Siz mendayin sevaolmaysiz.
Jonim beray o’zingizga.
Yor tikilib ko,zingizga.
Eh jabir qilmang o’zingizga.
Siz mendayin sevaolmaysiz.
Hayolimda nigohingiz.
Dardim og’ir bilaolmaysiz.
Chunki yolg’iz gunohingiz.
Siz mendayin sevaolmaysiz.
Ishq dardida yonganlarga bag'ishlayman.
Amazone
01-14-2004, 12:38 AM
:)
Chuvalaydi o'ylarim sensiz
Hayolimga taroq o'rgayman
Mening qo'lim yetmagan yulduz
Tushlarimda seni ko'rgayman.
Asadbek
01-14-2004, 02:05 AM
Akademik,
chiroyli yozilgan :-) Sal tuzatish kiritsangiz, ajoyib she'r bo'ladi.
o'zBEK qizi, siz kiritgan bu turtlikdan so'ng, mening yodimga ham bir she'r keldi, Abdulla Oripovdan:
Nechun o'g'irlading o'yu fikrimni,
Nechun xayolimni aylading sarson.
Endi men bilmasman borar yerimni,
Endi tuyg'ularim qoldi sargardon.
Seni ko'rgandayman tushimda faqat,
Uchib o'tgandaysan misoli yulduz.
Samoviy mo'jiza - ilohiy tal'at,
Tengi yo'q bir malak, qoshlari qunduz.
Nasib etarmikan biror kun visol,
Nasib etarmikan tutmoq qo'lingni?.
Va yo, noshud qolgan munajjim misol,
Poylab o'tarmanmi qaytar yo'lingni.
:-)
Hasanali
01-14-2004, 05:37 AM
She'rxonlik avjiga chiqish arafasidami deyman...biz ham ozroq hissamizni qo'shib qo'yaylik....
Muhabbat chiroyli kapalak,
qo'rqaman sho'rlikni tutgali.
Kapalak quvganim yodimda,
yodimda yo'q ammo tutganim.
Yuragim ranjigan boladay
na ermak,taskinga ko'nadi.
Muhabbat chiroyli kapalak,
hali ham gullarga qo'nadi.
Ortidan halloslab chopaman,
xijolat bo'laman g'o'rlikdan..
qanchalik yugirmay,baribir
orqada qolardim sho'rlikdan...
Shavkat Rahmon.
Kolobok
01-14-2004, 06:31 AM
Super! :)
shoyir
01-16-2004, 04:42 AM
She'rxonlik avjiga chiqish arafasidami deyman...biz ham ozroq hissamizni qo'shib qo'yaylik....
Muhabbat chiroyli kapalak,
qo'rqaman sho'rlikni tutgali.
Kapalak quvganim yodimda,
yodimda yo'q ammo tutganim.
Yuragim ranjigan boladay
na ermak,taskinga ko'nadi.
Muhabbat chiroyli kapalak,
hali ham gullarga qo'nadi.
Ortidan halloslab chopaman,
xijolat bo'laman g'o'rlikdan..
qanchalik yugirmay,baribir
orqada qolardim sho'rlikdan...
Shavkat Rahmon.
Ha hormang Hasanali!
Nafosatni qaydan olgan kapalak
G'uvillab nelarni so'ylaydi kaptar
Nimaning tasviri ayting kamalak
Sevgi deganlari yo'q bo'lsa agar
omadlar :-)
Akademik
02-01-2004, 02:12 PM
Foniy dunyo bo'lmasin qanchalar ko'rkam,
Lekin barchada bor qandaydir bir kam.
Lek hech o'kimang bo'lingiz be g'am
Shunda shodlik sizda bo'lar mustahkam.
Hamisha sog' bo'linglar
Qoshingizga egib keldim bosh,
Xayr demang, xayrlashmayman.
Men siz uchun ilk sevgi edim,
Va so'nggi ishq bo'lib yashayman.
Meni sizga yo'lladi XUDO
Ayting bundan qanday qaytaman.
Axir qanday o'z baxt uyimda
Ishqim uchun aza aytaman.
Yolg'iz keldim, yolg'iz qaytgim yo'q,
Shum taqdirning so'qmog'i xilvat.
Ko'ksingizga qo'ysam boshim,
Uyg'onarmu shunda gung shavqat.
Mayli agar istasangiz shu
Ketsam ketay gar sizga malxam
Unutmanki agar men ketsam,
Olib ketgum ko'nglingizni xam. [Nilufar Tillayeva]
PainKiller
02-03-2004, 02:38 AM
sevdim dedim yuragimni toptab ketti yor,
kuldim dedim kulgichlarim tirnab ketti yor
sevgi degan gullarimni sahroga tashlab
tikonlarni qo'llarimga berib ketti yor.
yashay desam o'sha go'zal hayot qolmadi
aytay desam dardim to'la unim qolmadi,
uni izbab tog'u-toshlar kezay desam,
oyog'larim kuchiz qilib bog'lab ketti yor
endi mani qalbim yig'lar, yuzlarim kulsin
yurag dardga to'la biroq, yoshlarim tinsin
qiziq narsa ekan hayot, vo ajab, ajab,
sevdim sevmay, kuydim kuymay kulib ketti yor.
(Jamilka, 2004)
Akademik
02-03-2004, 04:20 PM
Yomg'irli tun tentirar shamol.
Onda-sonda chaqnaydi yashin.
Shu tundayin tupsiz bir hayol.
Chulg'agandi yigitning boshin.
Hayollari shu shamoldek tarqoq.
Sevgan qizi suymayman degan.
Ko'zlari uyqusiz vujudi chanqoq.
Suymaganga suykalma ekan.
Faqat seni sevgandim inon
pobeda5
03-08-2004, 03:45 AM
juda ham go'zal she'r.... bu sevgi deganlari juda qiyin narsa ekan da uzi.....
lekin har kimga nasib ham bo'lavrmas ekan sevish..........
hurmatlar..
Mas'ud
03-08-2004, 04:25 AM
Ha albatta! Bekorga Pushkin janoblari yozmagan-da:
Ya Vas lyubil. Lyubov esho bit mojet',
V dushe moyey ugasla ne sovsem.
No pust' ona Vas bol'she ne trevojit,
Ya ne hochu, Vas pechalit ni chem
Ya Vas Lyubil bez molvno, bez nadyojno,
To revnost'yu, to robost'yu tomim.
Ya Vas Lyubil tak iskrenno, tak nejno,
Kak day Vam Bog Lyubimim bit drugim.
hurmat ila...
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.