PDA

View Full Version : Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...


Asadbek
01-20-2004, 02:19 PM
Rahmatli Oxunjon Madaliyev ijro etgan bu qo'shiq hali ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak... Juda chiroyli aytilgan mahzun qo'shiqlardan biridir bu...


Seni bugun ko'rmasam bo'lmas

G'amgin yurak, g'amga sol yurak,
Bechorani xo'rlasang bo'lmas.
Seni bugun ko'rishim kerak,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...

Yelkamga yuk tashladi osmon,
Bu azoblar bergaymi omon?..
Tushun, Seni sog'indim yomon,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...

Balki quyosh kular ertaga,
Ochiladi gullar ertaga.
Nima bo'lsa bo'lar ertaga,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...

Uzun tunlar bunchalar muhzun,
Mahzun kunlar bunchalar uzun.
Men ertaga yashashim uchun,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas!


:-)

Al-Bagdodiy
01-22-2004, 12:10 PM
Asadbek respect!!!

MC AlkoGOLIK
01-22-2004, 02:20 PM
Odinokiy, west side i best degin .
Asadbek, haqattan chetayetsya !!!

Asadbek
01-22-2004, 03:31 PM
Odinokiy, <MC AlkoGOLIK>, qale? davom etamizmi?


Seni izlab, Nasibam...

Bahor keldi boqqa gulni yetaklab,
Quyosh chiqdi yer yuziga charaqlab.
Qalb daftarin ochdim ma'yus varaqlab,
Seni izlab Nasibam, seni izlab...

Noming nola qilar bag'rimni ezib,
Kelmaysanmi sog'inganimni sezib.
Ketgim kelur butun yer yuzin kezib,
Seni izlab Nasibam, seni izlab...

Ko'zlarimda yosh qalqiydi dengizdek,
Har bir ohim ko'kni qoplar yulduzdek.
Va turibman bu dunyoda yolg'izdek,
Seni izlab Nasibam, seni izlab...

Qalb daftarin sen ham ochib qolarsan,
Nomim o'qib yodingga ham olarsan.
Sevsang bir kun o'zin topib kelarsan,
Meni izlab Nasibam, meni izlab...

:-)
Dahshat qo'shiq. Konkret aytilgan. Maktab davrida ko'p xirgoyi qilib yurardim...

Al-Bagdodiy
01-22-2004, 06:02 PM
Äàâîì åòàìèç Áåê àêà áèð îãèç ñóçèñ

Soyaman ortingdan ergashgan
Yostiqman tunlari dardlashgan
Tushingman unggingga almashgan
Unutmoq osonmas bizlarni

Yurakka yoy sanchgan kamonman
Yuzingga rang sochgan somonman
Yomonman men usha yomonman
Unutmoq osonmas bizlarni

Afsusman egilgan boshlarda
Tim qora uyulgan qoshlarda
Armonman kuzdagi yoshlarda
Unutmoq osonmas bizlarni

Qalbingni tark etsa vafolar
Urinni egallar jafolar
Bu dardga yoq erur davolar
Unutmoq osonmas bizlarni

Asadbek
01-23-2004, 01:38 AM
Odinokiy, gap yo'q :-)

Ushbu qo'shiqning Smile qo'yilgan ikki qatorini yaxshi ko'raman ayniqsa.

Yuragimda sizdan qolgan dog' joy bor,
Faqat o'sha dog' joyda sog' joy bor.
Bir gapim bor, boshqalardan qizg'onaman,
Keling tanish go'shamizga, rog' joy bor.

Yuzingizda men qo'msagan yoshligim bor, :-)
Tol ko'chada qolgan bag'ritoshligim bor.
Yo'q, yo'q, endi sevgidan biz gapirmaymiz,
Faqat keling, yurak to'la g'ashligim bor.

Sizdan kechib sevgidan ham kechganim bor,
Sehrli bir tunda sizni quchganim bor.
Bizga jonim sevish o'zi kamlik qildi,
Sizdan kechib o'zimdan ham kechganim bor.

Yuragimda sizdan qolgan dog' joy bor,
Faqat o'sha dog' joyda sog' joy bor.
Bir gapim bor, boshqalardan qizg'onaman,
Keling tanish go'shamizga, rog' joy bor.

shoyir
01-23-2004, 03:22 AM
Hormang endi Asadbek!
:D :D :D :D :D

Biz ham o'z hissamizni qo'shib qo'yaylik endi baholi-qudrat....

Dardim sig'mas dunyoga,
Sig'may qoldim o'zim ham
Xayolimda bir-birin
Aldar ikki ko'zim ham.....

Kim do'stimu-kim dushman,
Bila olmay men halak...
Ikkisi ham shirinso'z
Tushuntir o'zing falak.....

Onaning oq sutini,
Kimdir o'lchar pul bilan,
Yana kimdir choh qazar
Qo'lidagi gul bilan.....

Ko'zingni och ey inson,
Mehr o'ti so'nmasin....
Nurga to'ldir dunyoni,
Odamiylik o'lmasin.........


hammaga salomatlik tilab......

Al-Bagdodiy
01-25-2004, 11:10 AM
Taqdirga tan kerakku ammo
Gohida uzimga sigmayman
Kunglimda bir tugun muammo
Kunglingda nima bor bilmayman

Bilaman qaysi rang yoqishin
Nigohing aytadi hohishing
Uyqimda taniyman Honishing
Kunglingda nima bor bilmayman

Bilaman labingda boling bor
Zulfingda necha tor tolang bor
Bilaman qaerda holing bor
Kunglingda nima bor bilmayman

Dildorim deyinmu dilbarim
Bekorga yurakni tilganim
Bir puldur dunyoni bilganim
Kunglingda nima bor bilmayman

Ohunjon Madaliev!

Ilohim yotgan joyi momiq busin.

MUHLIS
02-03-2004, 10:58 AM
Gap yok!

Mas'ud
03-03-2004, 12:01 AM
Hammaga katta rahmat. Gap bu'lishi mumkin emas. Haqiqatan gu'zal qu'shiqlar!

omad ishlarga

hurmat ila...

Al-Bagdodiy
03-05-2004, 07:05 PM
Qalbimni hayollar maskan etsalar
Qurqinchli shubhalar solsalar gulu
Nogohon yulduzim sundi desalar
Yurakda galayon boshlasa tuygu
Ukinchdan alamdan sargaysa yuzim
Seni qumsagayman takror yolgizim

Dustlarim mehridan bulganimda mast
Ulkam boglarida uchganda navo
Tiyrang nigohimda qorli tog emas
Uzbegim gururi bulganda paydo
Guli chechaklarga burkansa yuzim
Seni eslagayman tanho yolgizim

Hayhotki ul tengsiz kuzlar sehriga
Uzgalar ogzida tuqilsa ertak
Hali tuyolmasdan kuzlar sehriga
Yorilmoq bulganda rashkdan bu yurak
Bugzimda qolganda ohirgi suzim
Seni qumsagayman sung bor yolgizim

Ohunjon Madaliev....

Mas'ud
03-06-2004, 12:22 AM
Rahmat eeeeee!

hurmat ila...

TIGANA
09-29-2004, 07:25 AM
Alam
Har bir qizdan seni izlaganimda,
Qoshimga kechikib kelganing alam.
Ko’z yoshsiz, ovozsiz yig’laganimda,
Holimdan habarsiz kulganing alam.

Mensiz qoshlaringni qorayganlari,
Mensiz liboslaring torayganlari,
Kimlardir ho’rsinib qaraganlari
Va go’zal ekaning bilganing alam.

Alamli kimnidur tush ko’rganing ham,
Shunchaki yoqqani, hush ko’rganing ham,
Kimningdir ko’ngliga nish urganing ham,
Kipriklaring bilan tilganing alam.

Sen, Hudo men uchun tashlagan g’uncha,
Dilimda bir og’riq chigal tuguncha,
Kimlarga uchrading menga kelguncha,
Kimlarnidur aziz qilganing alam.

Men erta keldim-mu, adashtimmi yo,
Yoki sen kechikib kelganing alam.
Bir gapdan qorayib ketdi bu dunyo,
Mengacha kimnidur sevganing alam.

Hatolaring kerak ularga
Shundaylar bor senga lutf aylab,
Do’stman deya qo’lin tutarlar,
Lekin har zum qadaming poylab,
Hato qilishingni kutarlar.

Hato qilsang ularga bayram,
Yo’qsa zahru-zaqqum yutarlar,
Mayli jindek, zarra bo’lsa ham,
Hato qilishningni kutarlar.

Hatolaring kerak ularga,
Shoh navdadek darhol butarlar,
Tag’in kunni ulab tunlarga,
Hato qilishingni kutarlar.

Ahtarurlar hamisha illat,
Etti pushting go’rin titarlar,
Faqat bunda ulg’ayma faqat,
Hato qilishingni kutarlar.

Ular senga bir umr yo’ldosh,
Sodiq hamroh kabi o’tarlar,
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Hato qilishingni kutarlar.

TIGANA
09-29-2004, 07:26 AM
Baribir
Oyu-yulduzlari bo’lgani bilan,
Vatan bo’lolmaydi osmon baribir,
Ko’nglingga ming umid solgani bilan,
Malham bo’lolmaydi doston baribir.

Kokildir har giyoh har bitta gulga,
Hukmini o’tkazar egalik qulga.
Bahtiyor dilga-yu majruh ko’ngilga
Hakam bo’lolmaydi sulton baribir.

Yahshiliklar qildi tubsiz daryoga,
Ko’ksi oshyon bo’ldi qancha o’q yoyga,
Borini bersa-da bir kam dunyoga,
Ustun bo’lolmaydi inson baribir.

Men kuylayveraman qolguncha tildan,
Yeru ko’k aslida bir jonu bir tan,
Oyu-yulduzlari bo’lgani bilan,
Vatan bo’lolmaydi osmon baribir.

Bildim
Jumla olam sirlarin bilmasligimni bildim,
Hayotga ikki bora kelmasligimni bildim.

Avlodlarim qonida mangu jo’shib yasharman,
Porlab misoli oftob so’nmasligimni bildim.

Kuyla ey bahshi Yodgor, ko’nglim boqiy kuylashdan,
Qo’shiqlarimda mangu, o’lmasligimni bildim.

Bir yashnagan chechakman, shu guliston Vatanda,
Bog’bon qilur parvarish, so’nmasligimni bildim.

TIGANA
09-29-2004, 07:27 AM
Dunyosan
Dononi ho’rlab to’ymagan,
Holi joniga qo’ymagan,
Shayton bilan oshiq o’ynagan,
Pihini yorgan dunyosan.

Ovsarni siylab ovloqda,
Oshini maqtab tovoqda,
Oqilni qiynab sirtmoqda,
Loylarga qorgan dunyosan.

Qadrini bilmas senmas-mu,
To’riga o’tkazib nokastni.
Oti o’rniga yo’lbarsni,
Qo’shlarga solgan dunyosan.

O’tda kuydurib dalani,
Suvga cho’ktirib qalani,
Otadan oldin bolani,
Jonini olgan dunyosan.

Oq ro’mol o’rab otinday,
Buncha toblanma oltinday,
Farzand ko’rmagan hotinday,
Allasi yolg’on dunyosan.

Kim ham ishonar rozinga,
Ovozing tushmas sozinga.
Ishonma ishva nozinga,
Qo’shig’i arzon dunyosan.
Mashrabdan qolgan dunyosan.

Es kirmadi
Sevgingiz eskirdi-mu yor,
Bizni ishq eskirmadi.
Aqlingiz to’ldimu sizning,
Bizga hech es kirmadi.

Titranar tilda qo’shiq bir,
Tildamas dilda qo’shiq,
Dardimizga dard qo’shiq,
Bizni ishq eskirmadi.

Sizdan ayrilib yig’ladim,
Torim quchog’lab muzladim,
Telbalardek so’zladim,
Bizga hech es kirmadi.

Zori borning zo’ri yo’qdur,
Bahtingizga o’g’ri yo’qdur.
Yuragimda bitta cho’g’dur,
Bizni ishq eskirmadi.

TIGANA
09-29-2004, 07:28 AM
Firoqingda
Firoqingda ey jonon,
Bu yurak tilim-tilim.
Noming aytsam lovullab
Kuyadur tilim-tilim.

Visolingni falakda,
So’ragandim men mubtalo.
Na sas bo’ldi na sado,
Orzuda dilim-dilim.

Qaro bulut qahri yomon,
Qarodur-ey qarodur.
G’anim otgan toshlar boshim
Yorodur-ey yorodur.

Aldovlarga ishongan ul,
Yordi men ne kutgaymen,
Umidimning ko’ksi endi,
Yorodur-ey yorodur.

Ishq Nasimiy kimni o’pmish?
Dardlari tizim-tizim.
Manglayida bedor tunning,
Ohlari chizim-chizim.

Yo’llariga tig’ qo’ymangiz,
Oshiq ahlin ey yaronlar.
Tug’yonlari o’zi tig’dir,
Umriga to’zim-to’zim.

Osmonimiz tiniq bo’lsin.
Eli yurtim bilmay qayg’u,
Jahonimiz tiniq bo’lsin.
Va mavjlanib go’zal tuyg’u,
Vijdonimiz tiniq bo’lsin.

Fazolar hech bulg’anmasin,
Havotirga chulg’anmasin.
Yer yuzining shiori shu,
Osmonimiz tiniq bo’lsin.

Sukut saqlab bo’lurmi hay,
Ko’rsatmasa quyosh chiroy.
Fikri-yodim mangu-mangu,
Zamonimiz tiniq bo’lsin.

Bulutlarni quvlab bo’ron,
Ko’tarmayin ko’kda suron.
Jilovlanib dilda orzu,
Iymonimiz tiniq bo’lsin.

TIGANA
09-29-2004, 07:30 AM
Otajon
Oqilu,
Oliy sifat,
Shirin zabonim
Otajonim, Otajon.

Iftihorim,
siz ishonchim,
siz quvonchim,
Otajonim, Otajon.

Sizga farzandlik sharafdur,
Sizga izdoshlik sharaf.
Yo’lingizga sochsam ozdur,
Honu-monim Otajonim, Otajon.

Doim bizga ko’krak ochib,
Har bir balodan asragan,
G’olibim, lochin qanotim,
Soyabonim Otajonim, Otajon.

Otalik nomiga mansub,
Otalar dunyoda ko’p.
Nomi nomsizlar uchun,
Nafratkamonim Otajonim, Otajon.

Siz quyoshdek barqarorsiz,
Halqimga nuru-jo’rasiz.
Fahr etar komil Vatan
Ganji ravonim Otajonim, Otajon.

Qaddingdan
Parilardan ming bor husning ziyoda,
Vaslingni deb kezdim toyu, piyoda.
Izlay, izlay ohir topdim dunyoda,
Sadog’angman bir nazar qil Qaddingdan.

Tonglar otdi, kunlar botdi ko’rmadim,
Hajring bilan bahor o’tdi ko’rmadim,
Qushlar kelib, uchib ketdi ko’rmadim,
Kulbam aro bir nazar qil Qaddingdan.

Oy desa oy, kun desa kun deydilar,
Dunyoda yoq bag’ri butun deydilar,
Shoir halqi misli majnun deydilar,
Mayli meni sarbasar qil Qaddingdan.

Necha yilki ko’nglim sira to’lmaydi,
Goh sen kelsang, goho ilhom kelmaydi.
Endi senga yetishmasam bo’lmaydi,
Ishqingni sen muhtasar qil Qaddingdan.

Sen ham ado
Shunchlar bo’ldim Nigoro,
Bir muruvvat etmading.
Nehca kundir ko’z tutarman,
Bir ko’chamdan o’tmading.
Bir jahon mehru-vafoda,
Bizga andak etmading.
Ul sanam ruhsoriga,
Sen ham ado, men ham ado.
Zulfining har toriga,
Sen ham ado, men ham ado.

Bir umr kuydurdiku,
Kuydurgani yetmasmikan,
Men kuyib bo’ldim adoyi,
Bir kelib ketmasmikan.
Ul g’arib ne bo’ldi deb,
So’ng bir quyo boqmasmikan.
Lola rang ruhsoriga,
Sen ham ado, men ham ado.
Zulfining har toriga
Sen ham ado, men ham ado.

Vodarig’ ,
hijron azobida kezurman erta-kech.
Sevgining har komiga,
Devon tuzurman erta kech.
Ul qaro ko’zning yana,
Madhin yozurman erta-kech.
Ul sanam ruhsoriga,
Sen ham ado, men ham ado.
Zulfining har toriga,
Sen ham ado, men ham ado.

Yaralgan bilsang
Tabiat yaratgan bu jismi jonim,
Aslida seni deb yaralgan bilsang.
Nomingni kuylashda tinmas zabonim,
Aslida seni deb yaralgan bilsang.

Yor senga iltijo qilgan so’zlarim,
Hajringda tortgan bu ohu bo’zlarim,
Bir umr yoshlarga to’lgan ko’zlarim,
Aslida seni deb yaralgan bilsang.

Hijroning o’tida kuydurmay abad,
Kel go’zal qalbimga beraqol lazzat.
Cho’h kabi yurakda yongan muhabbat,
Aslida seni deb yaralgan bilsang.

Ey shoir yozaver tinmayin g’azal,
So’zlaring misoli bo’lsin yoqut, la’l.
Taqdirim shu ekan ko’raver go’zal,
Aslida seni deb yaralgan bilsang.

Dildor
Gul yuzida holi bor,
So’zlarida boli bor,
Yorimning iqboli bor
O’ylatar Dildor, Dildor.
Kuylatar Dildor, Dildor.

Ishvasi dilga yoqar,
Ko’zlari jayron boqar,
Uyalib quyo boqar,
Ko’zlari humor, humor.

Qiz bolaning yuragi,
Go’yo gul kapalagi.
Yigit bo’lar halagi,
Tunlari bedor, bedor.

Dilrozini aytmas U,
Murodidan qaytmas U.
Ko’rmasa bir nafas U,
Bo’lar intizor, intizor.

Gul yuzida holi bor,
So’zlarida boli bor,
Yorimning iqboli bor
O’ylatar Dildor, Dildor.
Kuylatar Dildor, Dildor.

]I[ A JL JL O D
09-29-2004, 08:11 AM
Mdaaa...shoir bo'lishni har doim orzu qilar edim (ya'ni proffesional shoir emas, faqatgina vaqti vaqtida juda kuchli his tuyg'ularni nazm orqali chiqarib yuborishni), biroq taqdir ekan, umrimda bitta ham she'r yoza olganim yo'q. Ammo rosa havasim keladi sizlarga ! Iloji boricha ko'proq she'rlarni yoddan bilishga harakat qilaman.

Asadbek
09-29-2004, 08:12 AM
Tigana,
katta rahmat! Baraka toping!

Jallod, dildan kelsa, yozib ko'ring bir, o'xshab qolar.

BIBIHONUM
10-04-2004, 03:00 PM
Tigana,
katta rahmat! Baraka toping!

Jallod, dildan kelsa, yozib ko'ring bir, o'xshab qolar.
Assalomu alaykum!
Tilagingizga men ham qo'shilaman. ;)

Uzb_futboli
10-04-2004, 07:45 PM
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas

G'amgin yurak, g'amga sol yurak, (G'amgin yurak, g'amgusor yurak,)
Bechorani xo'rlasang bo'lmas.
Seni bugun ko'rishim kerak,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...

Yelkamga yuk tashladi osmon,
Bu azoblar bergaymi omon?..
Tushun, Seni sog'indim yomon,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...

Balki quyosh kular ertaga,
Ochiladi gullar ertaga.
Nima bo'lsa bo'lar ertaga,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...

Uzun tunlar bunchalar muhzun, (Uzun tunlar bunchalar mahzun,)
Mahzun kunlar bunchalar uzun.
Men ertaga yashashim uchun,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas!


Bu she'rni Iqbol Mirzo yozgan. O'zining aytishicha, Toshkentdan Qo'qonga poyezdda ketayotib, tepa kup'yeda yotgancha, pastdagi og'aynisiga aytib turgan, u qog'ozga yozib olgan - she'r shu tariqa paydo bo'lgan. :)

Ilhom parisi qayerlarda kelmaydi deysiz... :)

Meni esimga ham Oxunning bitta qo'shig'i tushdi. She'ri ayniqsa menga rosa yoqadi:

Ketaman bu yerdan bosh olib,
Majnunni siylagan sahroga
Ketaman ko'zimga yosh olib,
Yulduzlar vatani samoga

Do'st tutib tongdagi shabnamni
So'ng singgib ketaman tuproqqa
Ketaman yig'latib onamni
borsa kelmasdanam yiroqqa

Bo'lmasa xarsanggga bog'lanib
Cho'kaman tubi yo'q ummonga
Yoki ko'k kaptarga aylanib
Uchaman ko'hi qof tomonga

Ketaman, baribir ketaman
Shu mening eng so'nggi qarorim,
Suymasang suykalib netaman,
Alvido suyukli dildorim...

Ketaman...

:)

She'r yaxshi-yu, shu oxirgu kuplati biroz o'xshamagan-de...

~GizaGora~
10-10-2004, 09:38 PM
Hamma sherlarni ukib chiksam, kuzimdan yosh okdi....:(


Vsegda schitala chto tolko stihami vsegda mojno virazit chustva

PS: molotsi rebiata!!!

jonybur
10-11-2004, 12:02 AM
Assalomu Alaykum qadrli Qadrlilar,

Kamina Yuqoridagi she'rlarni o'qib chiqib yana bir marotaba Uzbek she'riyati juda go'zal va durdona ekanligiga shohid bo'ldim. Avvalo Oxunjon Madaliyavni joylarini jannati bo'lishlilklarini Allohdan so'ragan holda, u kishini va Uzbek she'riyatini barcha muhlislariga safdoshlik Salomlarim bo'lsin.
Va albatta she'rga she'r bilan degandek, quyoidagini bir o'qib ko'rarsizlar,

Sevgim harorati

Senga bugun she'r yozay desam,
Ishqim haroratidin quridi siyoh,
Senga bugun sevgim aytay desam,
Dardim haroratidin kul bo'ldi varoq...


Lek yozmoqlik chun chog'landim,
Asta sekin bo'lib ehtiyot,
Zo'rg'a bir so'zni yozgandim,
Harflar chidolmay, oh chekdi hayhot...


Barcha a'lo tilaklar ila,

jonybur :-D

Nargiz
01-30-2005, 01:34 PM
Äàâîì åòàìèç Áåê àêà áèð îãèç ñóçèñ

Soyaman ortingdan ergashgan
Yostiqman tunlari dardlashgan
Tushingman unggingga almashgan
Unutmoq osonmas bizlarni

Yurakka yoy sanchgan kamonman
Yuzingga rang sochgan somonman
Yomonman men usha yomonman
Unutmoq osonmas bizlarni

Afsusman egilgan boshlarda
Tim qora uyulgan qoshlarda
Armonman kuzdagi yoshlarda
Unutmoq osonmas bizlarni

Qalbingni tark etsa vafolar
Urinni egallar jafolar
Bu dardga yoq erur davolar
Unutmoq osonmas bizlarni

Rahmatilla Yusupov aytgan....

Bag'ishlov

Shamollar uyg'ondi, barg hayajonda,
Hatto yer ostida qo'zg'oldi ilon.
Dunyo ko'zlarini ochayotganda,
Ketgim kelmayapti, Onajon...

O'ngirlarda kezar muzdek havolar,
Ishqalab qabog'in ko'tarar osmon.
Mana shu bog'larni ko'rmasdan turib,
Ketgim kelmayapti, Onajon...

Qizlarni ovozi kelyapti munis,
Ishq desam daftarga sachrab ketdi qon.
Suymasa suymabdi bir chiroyli qiz,
Dunyoda qiz kammi Onajon...

Begunoh bittadir, u ham osmonda,
Qo'lga chivin qo'ndi,quvmoqqa yoq majol.
Chivinlar,chumchuqlar yurgan jahonda,
Menga joy yoqmidi Onajon?

Ganchand men mungli qo'shiqlar aytdim,
Garchand azob ko'rdim mudom bepayon,
Men hali dunyodan to'ygan yo'q edim,
Dunyo to'ydimikan mendan Onajon....

Belgiumbek
02-03-2005, 05:58 PM
Shunchalar yiroqman bilsangiz sizdan
Kim yomonlik kordi ayting bizdan
Bunchalar uzoqlashdik birbirimizdan
Sevib sevilib qaytamizmi sozimizdan

Sizni bugun ko'rmasam bolmas
Soginchim cheksiz,umidim kuchsiz
Ovozingiz eshitmasam kongil to'lmas
Axir siz hayotim quvonchi,ko'zim nurisiz

Bahor vasli sevgandim sizni
Yana bahorda yoqqotim izingizni
Saqladim harbir hat,harbir e-mailingizni
Birbora bolsayam quchmadim belingizni

Sizni bugun ko'rmasam bolmas
Soginchim cheksiz,umidim kuchsiz
Ovozingiz eshitmasam kongil to'lmas
Axir siz hayotim quvonchi,ko'zim nurisiz