PDA

View Full Version : Onamga maktub


Asadbek
01-23-2004, 03:16 AM
Musofir yurtlarda o'z ota-onasini, uyini, uyidagilarni sog'inib yurganlar uchun shoir Usmon Azim nomidan!

Onamga maktub

Erta-indin yelar izg’irin,
Yiqiladi bog’larga tuman.
Anglagani yashashning sirin,
So’zlashaman yomg’irlar bilan.

Mastu alast, beg’am do’sti yor,
Toliqtirar qalbimni manim.
Shunda birdan bo’ladi oshkor,
Yolg’izlardan yolg’iz ekanim.

Derazaga ho’l bag’rin bosib,
Kuzak tuni surganda xayol –
Men eng go’zal she’rimni yozib,
Sizni eslab yig’lashim ayon.

Usmon Azimning she'rlaridan ko'proq o'qish uchun ushbu adresga boring:
http://www.htwm.de/~truziboy/adabiyot/usmonazim.htm

:-)

Kolobok
01-23-2004, 08:32 AM
Áåã-àêà,ñïàñèáî!
Õîðîøèé ñòèõ,à ñàìîå ãëàâíîå â òåìó :)

Amazone
01-24-2004, 05:24 AM
huuuu,Ayajonim esga tushib ketdilar :( :( :(

Ona sevmas farzand topilmas
Farzand yo'qki Onani sevmas
Farzand guldir Ona_bir bo'ston
Shuning uchun jahon guliston.

shoyir
01-24-2004, 07:41 AM
JANNAT ONALAR OYOG'I OSTIDADIR (hadisdan)

salomlarim :D ;)

Dunyokezganqalandar
01-24-2004, 05:42 PM
Ona....bog'chada yod olgan sherim esga tushib ketdi:
Mening ikki onam bor,
Ikkisi ham mehribon,
Biri menga sut bergan,
Ikkinchisi oppoq non...
ehh bu sheri haqiqiy mazmunini 8 sinfda tushunib yetganman....

Amazone
01-29-2004, 07:21 AM
Ba'zi tunlar ko'kka tikib ko'z
eslab deyman Onamni shu on
Ona ketsa yulduzku yulduz
qulab tushsa arziydi osmon...

davomi qanaqa edi?