View Full Version : Balki o'zingiz ham meni sevgansiz
Akademik
01-26-2004, 07:08 PM
Balki o’zingiz ham meni sevgansizm
Balki yurgandirsiz ko’nglingiz to’lib.
Balki qiynar sizni soqinch tanish his.
Tunlar yostig’ingiz sevgimdan suyib.
Balki o’zingiz ham meni sevgansiz.
Yaqin bo’lganmidim ilkbor o,shnada .
Ilk bor barmog’ingiz ushlaganim kez.
Ilk bor ko’zingizga ko,zim tushganda.
Balki o’zingiz ham meni sevgansiz.
Har nechuk yalpizdek so’lmagandirsiz.
Atirgul suvidek ruhim yuvgansiz.
Har nechuk ustimdan kulmagandirsiz.
Balki o’zingiz ham meni sevgansiz.
Bilmadim, balki kulgingiz kelar.
Balki yodimni siz haydam quvgansiz.
Balki yana bir bor ko’rgingiz kelar.
Balki o’zingiz ham meni sevgansiz.
Umrim o’taverar ne bo’lsa ham
O’tadi qoldirib,goh qoldirmay iz.
O’zimga tasalli berib yashayman.
Balki o,zingiz ham meni sevgansiz.
Muhabbat deya yongaylarga bag'ishlagum
(davom ettira veringlar hey
Amazone
01-29-2004, 07:18 AM
Men sevarman jondan ortiq
Sevganim sevmas netay
Men suymagan,ham sevmagan
O'z holimga qo'ymas netay?!... ;)
Nargiz
06-26-2004, 04:47 AM
Balki o’zingiz ham meni sevgansizm
Balki sevgandirman,jonu-jahonim
Sovurib o'tgandir siz aytgan shu g'am
O'chib ketmasidan dunyodan nomim
Bir yurak bo'lgandir,balki menda ham
Shu osmon ostida uchgim kelgandir
Sizdek kapalakka qo'shilib birdan
Ko'zingizni qo'msab o'pganman balki
Qaqragan giyohni ko'tarib erdan.
...............................
(uzr, u yog'i esimda yo'q)
Asadbek
06-29-2004, 02:36 AM
Qo'limda qo'llaring izi jilmayar,
Jarangdor ovozing qulog'imdadir.
Sochlaring muattar hidi, jonginam,
Ne fursat o'tsa ham dimog'imdadir.
:)
Nargiz
06-29-2004, 04:46 AM
Soginchning doriga boshimni tikdim,
Siz kelmas yo'llarga yoshimni to'kdim.
Mehrimni bemehr sizgami tutdim,
Sizki kelmadingiz,men ming yil kutdim.
Soginchnim doriga boshimni tikdim...
shokir
06-29-2004, 09:53 AM
Oshkor aylab yuzin, ko`zimni hayron ayladi,
Yoshurun oldi ko`ngul, ko`zimni hayron aylagach!
Royal
06-29-2004, 02:10 PM
Daryolaru, daryolar oqaru-oqar,
Hech tohtamay oqaru-oqar.
Dahshatu Vahshat ila oqaru-oqar,
Kelajak sarin yumalab oqaru-oqar.
Kop oqdi kopriklar oqdiyu ketdi,
Qoldi ildiziyu ahdi mahkam kopriklar.
Kopriklar tagidan ariqlar oqar turkumidan. Yoqmagan bosa, ,yana ozila bilasila.
vipshams
06-29-2004, 02:14 PM
Haaa endi ROYAL bobo. Nima ham deymiz, chidasa bo'ladi.
Sincers Shams
shokir
06-30-2004, 05:28 AM
[QUOTE=Royal]Daryolaru, daryolar oqaru-oqar,
Hech tohtamay oqaru-oqar.
Dahshatu Vahshat ila oqaru-oqar,
Kelajak sarin yumalab oqaru-oqar.
OQQAN DARYO OQAVERADI ...........:lol:
Nargiz
07-01-2004, 12:59 AM
Balki sevgandirman,jonu-jahonim
Sovurib o'tgandir siz aytgan shu g'am
O'chib ketmasidan dunyodan nomim
Bir yurak bo'lgandir,balki menda ham
Shu osmon ostida uchgim kelgandir
Sizdek kapalakka qo'shilib birdan
Ko'zingizni qo'msab o'pganman balki
Qaqragan giyohni ko'tarib erdan.
Balki xotirotning bir kunjagida
Sizni kutgandirman ma'yus va dilgir
Bu sevgi bolgandir shunday betama
Bu sevgi bolgandir shunday begidir...
Kuzgi hazonlarning ishqidek ma'yus
Kuzgi xazonlarning ishqidek halol
Bir ma'yus qalb bilan,parishon va jim
MEN HAM SEVGANDIRMAN SIZNI, EHTIMOL...
Asadbek
07-01-2004, 07:08 AM
Bravo Nargiz, respect!
Siz ham sevgandirsiz meni, ehtimol,
Ehtimol, tunlari tushda ko'rgansiz.
Hijrondan yurakka yetganda zavol,
Sevgiga atab gul terib yurgansiz...
shoyir
07-02-2004, 09:12 AM
Balki xotirotning bir kunjagida
Sizni kutgandirman ma'yus va dilgir
Bu sevgi bolgandir shunday betama
Bu sevgi bolgandir shunday begidir...
Kuzgi hazonlarning ishqidek ma'yus
Kuzgi xazonlarning ishqidek halol
Bir ma'yus qalb bilan,parishon va jim
MEN HAM SEVGANDIRMAN SIZNI, EHTIMOL...
juda chiroyli bitilgan misralarni biz bilan baham ko'rganligingiz uchun tashakkur:))
Xayolimda faqat sening surating,
Qalbimning to'rini zabt qilding-qo'yding
Ollohim tuzalmas dard berding menga
Kimgadir keraklik hissini tuydim....
hurmat ila.......
Royal
07-02-2004, 11:19 AM
OQQAN DARYO OQAVERADI ....:lol:
Ha bu bor gap, lekin ikki tamondagi sevgisi kuchli 'kopriklargina" joyida turadi!!
Daryo bu HAYYOT. Hayyot otaveradi.
Nargiz
07-07-2004, 04:19 AM
Ortiq Otajonov (ashullasi)
Bahtli bo'l
Birga bo'lsak kunlar keng tunlar tor edi,
Birga bo'lsak iqbol ham bizga yor edi,
Jonim ichra jon bilib seni sevardim,
Ahir sening ham ko'ngling menda bor edi.
Mani bu g'arib ko'nglim senga zor edi.
Bizni bizdan ayirdi tagdirning sho'ri,
Har go'sha chirog'isan ko'zimning nuri,
Ikkimzni cho'lgadi alamlar to'ri,
Ahir sening ham ko'ngling menda bor edi,
Mani bu g'arib ko'nglim senga zor edi.
Tushlaringdan otilib chiqqan ohingman,
Hayol sursang yo'l ko'rgan zor nigohingman,
Savoblaring ko'p bo'ldi bir gunohingman,
Ahir sening ham ko'ngling menda bor edi,
Mani bu g'arib ko'nglim senga zor edi.
Qiynalmagin sevgilim yonma fig'onda,
Ikkimizga o'rin yo'q bu keng jahonda,
Nihoya ham yo'q ekan bizning armonda,
Ahir sening ham ko'ngling menda bor edi,
Mani bu g'arib ko'nglim senga zor edi.
Tunlar haqqa yolvordim bahtli bo'lgin sen,
Mayli o'zga yor bilan ahtli bo'lgin sen,
Ishq qasrida tuproqman tahtli bo'lgin sen,
Ahir sening ham ko'ngling menda bor edi,
Mani bu g'arib ko'nglim senga zor edi.
Nargiz
07-07-2004, 04:25 AM
Ollohim tuzalmas dard berding menga...
Dilim bo'lgan edi bitta yorga zor,
U o'zga bir yerda g'amga giriftor.
Men undan o'zimga dori izlasam,
Netay,tabibimning o'zi ham bemor.
(Umar Hayyomdan)
:)
sercan
12-04-2004, 12:50 PM
şiirlerler çok güzel ya harikasınız!niye sevmeyelim ki?
biliyorum artık gelmeyecek,
öleceğim beklemekten ıssız sokaklarda.
anlayamaz beni sevmeyen,
ağlarım duymaz sesimi soğuk rüzgar.
biliyorum artık gelmeyecek,
maşere kadar yanarım ben onun
aşkına,ama çare yok gelmeyecek
dinmeyecek feryadım,tek çare
acaba ölüm mü olacak?
bu şiiri şimdi yazdım,inşallah beğenirsiniz?
Legend
12-04-2004, 12:58 PM
şiirlerler çok güzel ya harikasınız!niye sevmeyelim ki?
biliyorum artık gelmeyecek,
öleceğim beklemekten ıssız sokaklarda.
anlayamaz beni sevmeyen,
ağlarım duymaz sesimi soğuk rüzgar.
biliyorum artık gelmeyecek,
maşere kadar yanarım ben onun
aşkına,ama çare yok gelmeyecek
dinmeyecek feryadım,tek çare
acaba ölüm mü olacak?
bu şiiri şimdi yazdım,inşallah beğenirsiniz?Kendinmi yazdin?sairmisin?
sercan
12-04-2004, 01:36 PM
Kendinmi yazdin?sairmisin?selam,
e şair miyim bilmiyorum ama şiir okumayı ve yazmayı çok severim.
burdaki şiirler çok güzel ilham gelmiş olabilir!:)))
satik
12-05-2004, 06:41 AM
Daryolaru, daryolar oqaru-oqar,
Hech tohtamay oqaru-oqar.
Dahshatu Vahshat ila oqaru-oqar,
Kelajak sarin yumalab oqaru-oqar.
Kop oqdi kopriklar oqdiyu ketdi,
Qoldi ildiziyu ahdi mahkam kopriklar.
Kopriklar tagidan ariqlar oqar turkumidan. Yoqmagan bosa, ,yana ozila bilasila.O'ziz yozdizmi Royalbey?
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.