View Full Version : Sevgi kasalligining da'vosi
Amazone
02-11-2004, 01:06 AM
Abu Ali Ibn Sino
"Tib qonunlari"
Kasallik
Ishq (sevgi) vasvasali va melanholiyga o'hshash bir kasallik bo'lib,kishi u kasallikni,ko'pincha mahbubning ba'zi bir ko'rinish va hulqlarini yaxshi ko'rishga o'z fikrini bo'ysundirish orqali o'ziga chaqirib oladi.Goho bunga shahvat ham yordam beradi,ba'zan u yordam bermaydi.Ishqning alomatlari:ko'z chuqur tushadi va quruqlashadi,yiglashdan boshqa paytda ko'z yoshlanmaydi,ko'z qovoqlari muttasil harakat qilib turadi,kishi yoqimli bir narsaga qaragan,yoki shodlantiruvchi bir habarni eshitgan yoki hazil qilayotgan kabi kuladi,uning nafasi ko'p uzilib yana joyiga qaytadi va ko'p oh-uh tortadi.Gazal eshitganda ahvoli shodlik va kulgiga yoki gamginlik va yigiga tomon ozgaradi,ayniqsa judolik va hajr tilga olinganda shunday boladi.Ko'zdan boshqa hamma a'zolari so'lib ozadi,ko'z g'olagining chuqur tushishi bilan birga,qovoqlari kattalashib salqiydi,buning sababi uyqusizlik va oh tortishning kuchayib,boshga bug' yuborib turishidir.Oshiqning o'zini tutishda tartib bo'lmaydi,tomirining urishi gamgin kishilarniki kabi notekis va butunlay betartib bo'ladi.
Kasallikni aniqlash(diagnoz)
Ma'shuqidan gapirilsa,ayniqsa to'satdan sevganiga uchrashsa,tomirining urishi va o'zining holi o'zgaradi;ana shunga qarab,sevgilisini kimligini o'zi aytmasa ham,uning kim ekanini aniqlash mumkin bo'ladi.Uning ma'shuqini aniqlash da'volash yo'llaridan biridir.Buni shunday qilinadi:tomitini ushlab turib ko'p ismlarni qayta-qayta aytib chiqiladi.Shu paytda tomir urishda katta o'zgarish bo'lib,uning harakatida bir oz to'htalish yuz beradi.Shunday qilib ma'shuqa ismini aniqlash mumkin.So'ngra shunga o'hshatib ko'chalar,uylar,hunarlar,ish turlari,nasablar va shaharlarni aytib chiqiladi.Ularning har birini ma'shuqa ismiga qo'shib aytib tomir urishini kuzatib turiladi.Shunday qilib hastaning sevgilisi haqida ko'proq ma'lumot olish mumkin.
Davolash
Be'morni rutubatlantirish, uhlatish va yaxshi ovqatlar berish eng birinchi yordamdir.So'ngra kasalni ma'lum hollash shartiga muvofiq bolgan hammomga tushirish lozim.Shuningdek uni janjallashish,turli ishlar va tortishishlarga,qisqasi ishqni unuttiradigan narsalarga ovora qilish kerakdur.Bu tadbir be'morni qiynayotgan narsani unuttiradi.Agar bu ham yordam bermasa boshqa din va shariat halol qilgan qizga muhabbat paydo qilish tadbiri ko'riladi,keyin yangi qizga takroran ishq mustahkamlanishidan oldin va oldingi ma'shuqasini unutganidan so'ng ikkinchi ma'shguqadan ham fikrini uzdirish lozim.Oshiq aqlli kishilardan bo'lsa,pand nasihat,mashara qilish,koyish va unga ishqni vasvasa va jinnilikning bir turi deb tasvirlash ham juda foyda qiladi,bunday paytda so'z juda ta'sir qiladi...Cho'rilar sotib olib,ular bilan ko'p jinsiy aloqa qilish,ularni yangilab turish va ular bilan o'ynashish ma'shuqani unuttiradigan ishlardandur.Shodlik,ashula,musiqa eshitish ba'zi be'morlarga tasalli bersa,ba'zilarini ishqini kuchaytiradi..."
Fikrlaringizni kutib qolaman :)
Desperado
02-11-2004, 01:42 AM
Avval san o'zingni fikrini bildirchi, boshqalarni fikrini kutib qolishingdan oldin
Asadbek
02-11-2004, 01:55 AM
Woy doood, hahahaha hech ko'zim tushmagan ekan sevgi davosi haqida bunaqa narsani :-) O'zi Ibn Sino ham judaaa chatoq bo'lgan-de.
Ma'shuqidan gapirilsa,ayniqsa to'satdan sevganiga uchrashsa,tomirining urishi va o'zining holi o'zgaradi
Ha endi bu hammaga ma'lum narsa. Bir-ikki bunaqangi ahvoldan so'ng kishi o'zini kontrol qilib olishga erishishi mumkin.
Be'morni rutubatlantirish, uhlatish va yaxshi ovqatlar berish eng birinchi yordamdir.
Hmmmm, bir butilka aroq yoki bir yashik pivoni olib daryo bo'yiga borib, ichish kerak yaxshisi :-P Tabiat o'zi yaxshi malham bo'ladi ;-)
Shuningdek uni janjallashish,turli ishlar va tortishishlarga,qisqasi ishqni unuttiradigan narsalarga ovora qilish kerakdur.
Janjallashish ham yomon narsa emas LOL Yigitlar o'rtasida shundog'am uchrab turadi. A tak ovga chiqish kerak yoki uzoq safarga ketish kerak.
Oshiq aqlli kishilardan bo'lsa,
yo'lini o'zi topib ketadi ko'pincha.
Cho'rilar sotib olib,ular bilan ko'p jinsiy aloqa qilish,ularni yangilab turish va ular bilan o'ynashish ma'shuqani unuttiradigan ishlardandur.
Ibn Sino bekorga dindorlarning g'azabiga duchor bo'lmagande... Konkret aytib qo'ygan ekan o'zi hehe LOL
Shodlik,ashula,musiqa eshitish ba'zi be'morlarga tasalli bersa,ba'zilarini ishqini kuchaytiradi...
Bu haqiqat gap.
Mona Lisa
02-11-2004, 06:23 AM
Ishq (sevgi) vasvasali va melanholiyga o'hshash bir kasallik bo'lib...
Kasallik?! Yog'e jaa unchalik bo'lmasa keray. Manimcha bu noto'g'ri tarif balki faqat ayrim inson his - tuyg'ulari avjga chiqqan davr. Oddiy qilib etganda ma'lum bir vaqtdan keyin bu davr susayadi. Hammasi oz holatiga qaytadi. :)
...ishqni vasvasa va jinnilikning bir turi deb tasvirlash ham juda foyda qiladi
'Jinnilik' yoki 'vasvasa' bu ham aqlga sig'maydigan narsa. Yana shunday deb kishiga etishni/yupatishni o'zi hech tarifga sig'maydi. Yana bilmadim... :rolleyes:
Imagine how it will be like if someone had a 'crash' on some guy/girl and tell to that person in order to calm him/her: 'my friend you just suffering from some kind of madness'. That will be total horror. :shock:
Qolgan qismlariga No Comments
Royal
02-11-2004, 08:28 AM
Sevgi kasalligining da'vosi - TOY. :bigdance:
kroshka
02-13-2004, 10:30 AM
Royal,
Fikrizga yuz foiz qushilaman!!!
Gap yoq fikr! :P
Gareeb
02-18-2004, 09:50 AM
eng yahshi davosi- mashuqaning visoliga etish va etni etga birlashtirish...
Royal
02-18-2004, 09:57 AM
alloma
Toydan oldinmi yoki Keyin?
3som Pul, 1Kalla Qand, bitta Imom ana vassalom.
Administrator
02-18-2004, 04:12 PM
ozbek qizi albatta bor. u ham bolsa
birisi menga 'sevgi totoqda bitadi' degan edi. :oops:
Gareeb
02-18-2004, 04:16 PM
alloma
Toydan oldinmi yoki Keyin?
3som Pul, 1Kalla Qand, bitta Imom ana vassalom.[QUOTE]bu qanaqasi buldi albatta tuydan keyinda. He uyat bumiydimi bunaqa savollar berish
Amazone
02-19-2004, 07:00 AM
Salomlarim!
Meni bu ma'lumotni post qilishdan maqsadim sizlarni u haqdagi fikringizni bilish edi.Sevgi "kasalligiga" munosabatan sizni yechimingizni so'rash emas :) Nima bo'lganda ham minnatdorman fikr va mulohazalaringiz uchun.
Meni fikrimga kelsak.
Men bu ma'lumotni "Tib qonunlari"ni varoqlay turib ko'rib qolgan edim va o'qib ancha hayron bo'lgan edim:Ibn Sino (bizni fahrimiz va buyugimiz) sevgi tuygusini umuman kasallik deb definition qilganiga.Albatta bu olim o'z davri uchun juda oldingga o'ylar bolgan.Shahsan men unga ta'zim qilaman.Lekin asrlar o'tib biz uni ilmiy ishlarini sinchiklab ko'rganimizda uni neqadar bir tomonlama ba'zi vazyatlarda esa o'ta sayoz o'ylaganini bilib olishimiz mumkin.Va shu sabab shubha tugiladiki:Ibn Sinoning tahminan 10 asr oldin yaratgan ilmiy asarlari bugungi kunda to'la tekis qo'llanilishga loyiqmi?
Quydagilarga e'tiboringizni qaratmoqchiman:
--Sevgi tuygusini "kasallik" deb atash o'zi to'grimi?
--Uni "davolash" tabibning vazifasimi? Yoki har bir insonning shahsiy muammosimi? Chunki sevgi tuygusi har bir odamning o'z ruhiy kechinmasi va uning yechimi (agar buni yechim deb atay olsak,aslida esa bu,menimcha, voqealarning oddiy rivoji) faqat uni o'zidan kelib chiqishi mumkin.
--"Kasallik"ni davolash usullari tog'rimi?
-Mana bu Cho'rilar sotib olib,ular bilan ko'p jinsiy aloqa qilish,ularni yangilab turish va ular bilan o'ynashish ma'shuqani unuttiradigan ishlardandur...Agar bu ham yordam bermasa boshqa din va shariat halol qilgan qizga muhabbat paydo qilish tadbiri ko'riladi,keyin yangi qizga takroran ishq mustahkamlanishidan oldin va oldingi ma'shuqasini unutganidan so'ng ikkinchi ma'shguqadan ham fikrini uzdirish lozim.
davolash usuli jamiyatni buzulishiga olib kelmaydimi? Bir shahsni davolayman deb ikkinchi shahsni hayotini barbod qilish to'grimi?
--Hasta ayol jinsiga oid bo'lsa-chi? Davolash usullarini unga nisbatan qo'llash mumkinmi?
hrmtlrm
Royal
02-19-2004, 08:43 AM
-Mana bu Cho'rilar sotib olib,ular bilan ko'p jinsiy aloqa qilish,ularni yangilab turish va ular bilan o'ynashish ma'shuqani unuttiradigan ishlardandur...Agar bu ham yordam bermasa boshqa din va shariat halol qilgan qizga muhabbat paydo qilish tadbiri ko'riladi,keyin yangi qizga takroran ishq mustahkamlanishidan oldin va oldingi ma'shuqasini unutganidan so'ng ikkinchi ma'shguqadan ham fikrini uzdirish lozim.
davolash usuli jamiyatni buzulishiga olib kelmaydimi? Bir shahsni davolayman deb ikkinchi shahsni hayotini barbod qilish to'grimi?
Bu praktika Islomda/Shariatda mumkin har doim. Lekin jamiyatni demokratiylashganidan va madaniyatlashganidan bu praktika unitilayapti asta sekin va anchadan beri ommaviy ravishda qollanilmayapti (ba'azan va odamiga qarab). Jamiyatni buzilib ketishiga kelsak,
--Hasta ayol jinsiga oid bo'lsa-chi? Davolash usullarini unga nisbatan qo'llash mumkinmi?
Bunisi endi taqdir. Bilimim yetmadi nima deyishga.
PainKiller
02-19-2004, 01:25 PM
Davosi O'lim :D
Mona Lisa
02-19-2004, 01:32 PM
Davosi O'lim :D
Hay hay..... unaqada Er sharida odam qolmasa keray :shock: 6 millyard kishiya essiz.....
Royal
02-19-2004, 01:57 PM
Orqasiga bir urib pol ochgandan shunaqa gap chiqadi.
blatnaya ishqilib halodilnikda accident bomaganmi?
PainKiller
02-19-2004, 04:30 PM
Mana mani Mantiqqa boy gapimni eshitila!
Sevgi Kasalik bosa, Deme, Sevmoq, bu shu kaslallik bilan orimoq, torimi? Endi, Deme bu kasallidan Tuzalish, Bu sevginin Tugadi degani. A bu Kasallini Davosi Toy deyildi torimi? Deme toydan kegin Bu dard bilan orimi qoladi, Yani sevgiga tamom. A raz sevgi Tugadimi posle svad'bi to eto ne svad'ba. Endi shu hamma narsani hisobga ogan holda ettim, seme Haqiqiy sevgi bosa, toydan kegin ham olmidi, Davo yuq bu dardga! Bedavo darga chalingan odam ili invalid boladi, ili O'lik.
ehhehe :D
PainKiller
02-19-2004, 04:32 PM
posle svad'bi to eto ne svad'ba
LOL wuahah
ne sevgi deganim. heheheh
Mona Lisa
02-19-2004, 04:41 PM
Krootayahon,
Hayajonlanmasdan, yozuring ...... Matiqly gapizga 70% qo'shilaman :D
Bechoralarni endi invalidga chiqaribsiz hali ham o'limdan yahshiroq. Keyingi postizda hudo hohlasa bundanda iliqroq fikrlar bilan qaytasiz deb umid qilman. ;)
PainKiller
02-19-2004, 05:16 PM
osha qoshilomagan 30%ni bitta korsatvorinchi Lizahon opa. Bir koriluchi :)
Mona Lisa
02-19-2004, 05:27 PM
Qolgan 30%ni man o'zim o'sha 'kasallikka' davo topganimda chiroyli qilib etib beraman. Balki o'shanda ko'rarsiz..... :rolleyes:
Asadbek
02-20-2004, 01:30 AM
Yeeeeeeee,
hammasi bekor gap.
Haqiqiy muhabbat chimildiq tagida kelsa kerakki, sevib, baxtli turmush qurganlar to'ydan 30-40 yil keyin ham bir-biriga:
- hoy Kampirjon, choydan obkel!
- Hoy bovasi, sabzini to'g'rab bering!
deb yurishadi :-)
Gareeb
02-20-2004, 02:05 AM
[Balkim shunaqadir...
Royal
02-20-2004, 01:40 PM
Balki o'shanda ko'rarsiz..... :rolleyes:
yahshiroq niyat qilin, hech bomasa "eshitarsiz" desayizam boladi! :D :P
Mona Lisa
02-20-2004, 05:33 PM
Royal, Shu ko'z oynak keragidan ortiqcha ko'rsatida ayrim hollarda. :doctor:
bitta korsatvorinchi Lizahon opa. Bir koriluchi
Ko'rsating deb so'rashgandan so'ng ko'rsataman deb etdimda :D sazasi o'lmasin deb. Lekin korsatishni ham eshittirishni ham hech o'rni yoqde.
Royal
02-20-2004, 05:53 PM
man.....
:lool: :lool: :lool: :lool:
:bawling:
:rollsmile: :rollsmile: :rollsmile:
:king:
Mirzabek
02-21-2004, 11:32 AM
o'la Royal gapni yedingmi ajab bo'Libdi...:)
ha aytmokchi qizla men tushunmadim sizlar uchun sevgi kasallik mi yoki o'ziga bitta haligi nima edi... bir ish bilan shugullanish mi bekorchilikda :?:
omadla
Royal
02-21-2004, 02:04 PM
Ko'rsating deb so'rashgandan so'ng ko'rsataman deb etdimda :D sazasi o'lmasin deb. Lekin korsatishni ham eshittirishni ham hech o'rni yoqde.
Man indamiy devdim ana Mirzabek ham keldi, qitmir-lishniy. shu bizaniyam turibmizde endi sazamiz olmasin dib. 8) Eshitishga eshitarmiz kormagandan keyin quruq quloqqa ishonish qiyinde ensi. :rolleyes:
Mona Lisa
02-21-2004, 02:24 PM
o'la Royal gapni yedingmi ajab bo'Libdi
Royal, shu gap bilan osha qitmir- lishniy Mirzabek orqayizdan puflab yubordide a? A bu Mirzabekni peshonasiga bekorga bir emas 2ta pechat' bosib berishibmabdi. Ho'sh Royal gapini yegan bolsa, Mirzabek sizniki qani? Yo siz faqat gapini yeganlani hazm qilishiga turtki berasizmi?
Boshqalani bilmadimu lekin sizzi tuzuro biron nimani ko'rishiz ancha qiyin yo ko'p ko'rasiz yo umuman ko'rmaysiz. Plus o'ziz etib turibsiz quruq quloqqa ishonish qiyin deb. Shularni hisobga olib qaraganda biron nimani etish ham ko'rsatish ham g'irt befoyda. :D
Sincerely, really p***** off ML :oops:
PS. this is getting off topic.
PPS. My apologies to Moderator and author of this topic.
Royal
02-22-2004, 07:10 PM
Boshqalani bilmadimu lekin sizzi tuzuro biron nimani ko'rishiz ancha qiyin yo ko'p ko'rasiz yo umuman ko'rmaysiz.
Endi qarichilikde , nima qiliylik, qarichilik. yuribmizde endi paypaslab, korib kormiy. Kor hassasini bir yoqatadi deyishadi, shunga.
Plus o'ziz etib turibsiz quruq quloqqa ishonish qiyin deb. Shularni hisobga olib qaraganda biron nimani etish ham ko'rsatish ham g'irt befoyda. :D
Rost bila Yolgonni farqi quloq bilan kozni orasidek farq, Korgani rost, eshitganga ishonma deyishadi.
Sincerely, really p***** off ML :oops:
PS. this is getting off topic.
PPS. My apologies to Moderator and author of this topic.
Hapa bomang buyam, bir La Comediya.
]I[ A JL JL O D
02-23-2004, 01:40 AM
Quote:
Cho'rilar sotib olib,ular bilan ko'p jinsiy aloqa qilish,ularni yangilab turish va ular bilan o'ynashish ma'shuqani unuttiradigan ishlardandur.
Ibn Sino bekorga dindorlarning g'azabiga duchor bo'lmagande... Konkret aytib qo'ygan ekan o'zi hehe LOL
Dinda cho'rilar bilan jinsiy aloqa ruhsat berilgan. Payg'ambarimiz (s.a.v) ham cho'rilar bilan jinsiy aloqada bo'lganlar. Ibn Sinoning ulamolarning g'azabiga uchrashiga esa boshqa sabablar bo'lgan.
Asadbek
04-28-2004, 01:53 AM
Marhamat, Sevgi, Muhabbat tuyg'ulari, kasalligi haqida bemalol fikrlaringizni shu yerda almashayvering. :)
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.