PDA

View Full Version : Yonayotganlar..........


Hasanali
02-18-2004, 05:35 AM
[size=18] Yurtimizga ko'z tiksam agar,
zirqiraydi ming bitta yaram....
Ha, mana eng og'riqli nuqtalarimizdan biri..............


Vallamat g'oziylar qabrida turdi,
ertakda adashgan tanti botirlar.
Chinakkam erlari qolmagan yurtda
o'zlarin yondirar bugun xotinlar,
Qayga boradilar vahshiy alanga
bag'rida dodlarin ko'tarib azot?
Taskin topardilar kecha daladan,
bugun izlaydilar olovdan najot.
Guyoki mag'ribga g'arq bo'lib quyosh,
sadolar inlarga qaytar fursatda
quyoshdan uzilib qolgan bir quloch
alanga chinqirab qochar zulmatdan.
Faryodlar gurkirab o'sgan bir zamin
munchalar duch keldi xudo qaxriga,
yuz yillab ko'z yummay yotgan g'animi
alanga ekkanday zulmat qa'riga.
Badaxshon la'limas,gavharu durmas,
oddiy bir insoniy qadrini izlab,
chinakkam beklari qirilgan yurtda
GULXANDAY YONADI NECHA GUL QIZLAR
Bu isyon-lahzalik,dahshat solaroq
bir zumda o'tar-da do'zaxiy og'riq,
biroq bu gullardan baxti qoraroq-
bir umr yonguvchi gullar-da bordir.
Bu gullar-so'zlagan onidan boshlab,
ko'rmayin yulduzli osmon ravog'in,
qanotday qo'llarda erni taroshlab,
o't bilan suvlardan yasar javohir.
Farishta qo'llari qorayib kuygan,
kir durra chirmagan anor yuzlarin,
har biri Sherali hofizni suygan,
ko'zlari g'ussali,kichik jussali,
kuksida armonning tumorday dog'i,
deydilar gulilar yurti-Hirotda,
Zuhrosiz ravzada turmagan Tohir,
Layli va Majnunlar faqat kitobda.
Voh,nechuk tug'ilish...
bormi alarday....
olovni tojlarda ko'targan gullar!
Jahondan uzilib qolgan dalada
munchalar miltirab yonar bu qullar....
Mashriqdan mag'ribga sudralgan g'amlar...
manglayga yozuqni bitarkan dajjol,
bu mudhish maskanda milyon sanamlar
bir umr izlarmi olovdan najot????
Yo xudo,
dengizlar buncha uzoqda!!!
Bunchalar olisdir qaysar daryolar...
Jahondan uzilib ketgan tuproqda...
miltirab yonganday g'arib ma'volar..........


Shavkat Raxmon.

Mona Lisa
02-18-2004, 05:57 AM
Hasanali, Thanks
:( :(

Asadbek
02-18-2004, 06:20 AM
Hasanali,
rahmat kattakon!

Afsus, Shavkat Rahmondek shunday shoir erta ketdi yuragida dardlar bilan...