-JUST-
02-19-2004, 12:58 PM
O'zi sheriyatga uncha qiziqmayman, lekin onda sonda yahshi sherni ko'rib qolsam boshqalar bilan baham ko'rgim keladi. Mana quyidagi sherga ham bugungina duch kelgandim. Achiq haqiqlatlarga to'la sherni o'qib yig'lagim ham keldi. Lekin o'qib bo'lgach odam ancha engil tortarkan. Mayli, chet eldan turib bo'lsa ham kimdir shunaqa hozirgi hayotimizning haqiqatini sher qilib bitayotganiga shukr.
Hurmat va ehtirom ila,
JUST
O’zbekiston
Jahongir Muhammad
Islom Karimovning farmoni ila "O'zbekiston qahramoni" bo'lgan shoir Abdulla Oripovga "bag'ishlov"
Yurtim senga yuzlandim bugun,
Lek yuzingni ko’rmadim, aslo.
Darding daryo shoirlar nechun,
Madohlikdan bo’lmishlar rasvo.
Ular she’rdan, millatdan yiroq,
Vujud xarob, qolmagan ori,
Ko’kragida oltindir biroq,
Bitilmagan tarixdir bori,
Faqat ojiz qalamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Yuraberding adolat izlab,
Topolmading baribir haqni,
Bugun yolg’on, o’tmishni o’zlab,
Go’r Amirda yengarsan vaqtni.
Rossiya, deb Vatanim manim,
Olimjonlar yugurib yeldi,
G’afur G’ulom rusni og’aynim,
Moskovni-chi, makka deb bildi.
Yaqin tarix qadamim manim,
Ozbekiston, Vatanim manim.
Tarixing bor, tarixing yo’qday,
Shohga qarab yozilgan kitob.
O’z o’zinga otilgan o’qday,
Oq saroyda sukunat - xitob.
Ko’z bog’lagich jodugar-mubham,
Bir zot bosmish taxtni o’likday.
Ne, ne suvlar oqdi hali ham,
Elning qonin emar zulukday,
O'shal battol dushmanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Erk ilmidan agar so’z ketsa ,
Ahli saroy toshga aylanar,
Evril Turon, Shovruq Bek desam,
Dildagi qon yoshga aylanar.
Boshim qo’ysam sajdaga noxos
Ko’zim ochdim Jasliq –zindonda.
Otam tori uzilgan bir so’z,
Onam sochi qolmish kuldonda,
Yerda qolgan, o, tanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Ko'z oldimdan o'tar mirshablar,
Ko'z-ko'z etib mushtin, qurolin.
Zulmat bugun kunduz ham shablar,
Topolmasman nurning chiroyin.
Amerika - sehrli diyor,
Quchoq ochib deydi: “Kelgin, kel!”.
O'z yurtnini tark etib ilk bor,
Gurros gurros oqib ketar el,
Kolumbda bor alamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Ko'p damongir ko'rgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh go'r toshi.
Lekin, makkor zulm ahli aro
Juda noyob bunday yurtboshi.
Necha yilkim taxtu arkonni,
Bosib yotar yuho tizlari,
Ota qo'li yetmagan donni,
Choshlab oldi uning qizlari.
Qolgan-qutgan somonim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Yuholarga ochganman savash,
Lekin bir bor so'rashim qarzdir,
Mansabdorga bosh egib yashash,
Xalqim senga ne sabab farzdir?
Axir sensan bir burda nonin,
O'zi yemay hokimga tutgan.
Axir sensan, aning yolg'onin,
Asaldayin qiynalmay yutgan,
Ona xalqim, jim-tanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Bosh ustingda qlichin tutgan,
Begonamas, o'z rangi-olang.
Sarhad bo'ylab dushmanday kutgan,
Yog'iy bolang, la'nati bolang.
Chegara ne hatto uyingda,
Ushlab berding tuqqan iningni,
Tahlika deb bilgan kuningda,
Xaspo'shlading asl diningni,
Do'zax bo'lgan gulshanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Senga boylik bitmishdir-sukut,
Qon yutsang ham, ichsang ham sharob.
Ulug' Tangri unutdir unut,
Topinganing Islom yo Sharof.
Chora istab Oliy majlisdan
Havolarga uchdi unlaring,
Farmon olib shayton- iblisdan,
Ovoz berar vakil-qullaring,
Kuyib bitgan ul sha'nim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Mohtob qizlar yarim yalang'och,
Boldirlarda titrar oy nuri.
Iffatliga ochmaslar quchoq,
Sadoqatning yo'qdir g'amxo'ri.
Yo'lg'on avlod yolg'on ongida,
O'zligingni kashf aylading sen.
Mustaqillik tug'ar tongida,
Aro yo'lni boz saylading sen,
Munkib qoldi samanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Notinch asli bu ko'hna olam,
Qayda urush, qayda al omon.
Ammo sening kulbangda motam,
O'z tuqqaning vahshiy olomon.
Qonim oqdi Parkentda manim,
Kumushkonda o'q otilgan chog'
“Farg'onani bosdi,- deb,- g'anim”,
O'z bo'gzingga tortganda pichoq,
Dala-toshlar kafanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Qorli kuzda, men seni ko'rdim,
Paxtazorda jon bergan bolam.
Faryod bilan faryodni o'rdim,
Bosh ustingda yig'lagan u dam.
Kecha kunduz ter to'kkan dehqon,
Bir miri ham yo'q kissasida.
Mardikorlik , darbadarlik shon,
Fohishalik yo'l qissasida,
Kechdi, umri mahzanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Tashlab ketdi, "Man-Man!" derlaring,
Quyosh otli nuring balqmadi,
Tobutlarda qaytdi erlaring,
Endi "Birlik", "Erk" ham qalqmadi.
Balki Yusuf Jumadek yonib,
Yuz o'girib ketarman men ham.
Balki Ozod, Erkindek tonib,
Bir yulduzga yetarman men ham,
Farmoni zar, ma'danim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Ziyolilar talon tarojdir,
Ziyosidan ayro tushgan xalq.
Yo savdogar, yoki farroshdir,
Bu ne ko'rgu, bu qandayin haq.
Bir bolangman odatni buzdim,
Tikka qarab qo'ydim ko'zingga.
Kishanlarning halqasin uzdim,
Kimga aytay aytgum o'zinga,
Uxlab yotgan san tanim manim,
O'zbekiston vatanim manim.
Sen mudrasang zavol qo'ynida,
Derlar: "Shohi xalqiga mosdir".
Dor o'zidan arqon bo'ynida,
Osiy erni osmoqlik xosdir.
Yo'q, yo'q, voz kech, g'olib bo'l, o'ktam,
O'zligini tanigan - xalqdur.
Oyoqqa qalq, ozod bo'l o'lkam,
Agar senda bor bo'lsa g'urur,
Shunda derman, maskanim manim,
O'zbekistom vatanim manim.
Hurmat va ehtirom ila,
JUST
O’zbekiston
Jahongir Muhammad
Islom Karimovning farmoni ila "O'zbekiston qahramoni" bo'lgan shoir Abdulla Oripovga "bag'ishlov"
Yurtim senga yuzlandim bugun,
Lek yuzingni ko’rmadim, aslo.
Darding daryo shoirlar nechun,
Madohlikdan bo’lmishlar rasvo.
Ular she’rdan, millatdan yiroq,
Vujud xarob, qolmagan ori,
Ko’kragida oltindir biroq,
Bitilmagan tarixdir bori,
Faqat ojiz qalamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Yuraberding adolat izlab,
Topolmading baribir haqni,
Bugun yolg’on, o’tmishni o’zlab,
Go’r Amirda yengarsan vaqtni.
Rossiya, deb Vatanim manim,
Olimjonlar yugurib yeldi,
G’afur G’ulom rusni og’aynim,
Moskovni-chi, makka deb bildi.
Yaqin tarix qadamim manim,
Ozbekiston, Vatanim manim.
Tarixing bor, tarixing yo’qday,
Shohga qarab yozilgan kitob.
O’z o’zinga otilgan o’qday,
Oq saroyda sukunat - xitob.
Ko’z bog’lagich jodugar-mubham,
Bir zot bosmish taxtni o’likday.
Ne, ne suvlar oqdi hali ham,
Elning qonin emar zulukday,
O'shal battol dushmanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Erk ilmidan agar so’z ketsa ,
Ahli saroy toshga aylanar,
Evril Turon, Shovruq Bek desam,
Dildagi qon yoshga aylanar.
Boshim qo’ysam sajdaga noxos
Ko’zim ochdim Jasliq –zindonda.
Otam tori uzilgan bir so’z,
Onam sochi qolmish kuldonda,
Yerda qolgan, o, tanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Ko'z oldimdan o'tar mirshablar,
Ko'z-ko'z etib mushtin, qurolin.
Zulmat bugun kunduz ham shablar,
Topolmasman nurning chiroyin.
Amerika - sehrli diyor,
Quchoq ochib deydi: “Kelgin, kel!”.
O'z yurtnini tark etib ilk bor,
Gurros gurros oqib ketar el,
Kolumbda bor alamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Ko'p damongir ko'rgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh go'r toshi.
Lekin, makkor zulm ahli aro
Juda noyob bunday yurtboshi.
Necha yilkim taxtu arkonni,
Bosib yotar yuho tizlari,
Ota qo'li yetmagan donni,
Choshlab oldi uning qizlari.
Qolgan-qutgan somonim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Yuholarga ochganman savash,
Lekin bir bor so'rashim qarzdir,
Mansabdorga bosh egib yashash,
Xalqim senga ne sabab farzdir?
Axir sensan bir burda nonin,
O'zi yemay hokimga tutgan.
Axir sensan, aning yolg'onin,
Asaldayin qiynalmay yutgan,
Ona xalqim, jim-tanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Bosh ustingda qlichin tutgan,
Begonamas, o'z rangi-olang.
Sarhad bo'ylab dushmanday kutgan,
Yog'iy bolang, la'nati bolang.
Chegara ne hatto uyingda,
Ushlab berding tuqqan iningni,
Tahlika deb bilgan kuningda,
Xaspo'shlading asl diningni,
Do'zax bo'lgan gulshanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Senga boylik bitmishdir-sukut,
Qon yutsang ham, ichsang ham sharob.
Ulug' Tangri unutdir unut,
Topinganing Islom yo Sharof.
Chora istab Oliy majlisdan
Havolarga uchdi unlaring,
Farmon olib shayton- iblisdan,
Ovoz berar vakil-qullaring,
Kuyib bitgan ul sha'nim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Mohtob qizlar yarim yalang'och,
Boldirlarda titrar oy nuri.
Iffatliga ochmaslar quchoq,
Sadoqatning yo'qdir g'amxo'ri.
Yo'lg'on avlod yolg'on ongida,
O'zligingni kashf aylading sen.
Mustaqillik tug'ar tongida,
Aro yo'lni boz saylading sen,
Munkib qoldi samanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Notinch asli bu ko'hna olam,
Qayda urush, qayda al omon.
Ammo sening kulbangda motam,
O'z tuqqaning vahshiy olomon.
Qonim oqdi Parkentda manim,
Kumushkonda o'q otilgan chog'
“Farg'onani bosdi,- deb,- g'anim”,
O'z bo'gzingga tortganda pichoq,
Dala-toshlar kafanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Qorli kuzda, men seni ko'rdim,
Paxtazorda jon bergan bolam.
Faryod bilan faryodni o'rdim,
Bosh ustingda yig'lagan u dam.
Kecha kunduz ter to'kkan dehqon,
Bir miri ham yo'q kissasida.
Mardikorlik , darbadarlik shon,
Fohishalik yo'l qissasida,
Kechdi, umri mahzanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Tashlab ketdi, "Man-Man!" derlaring,
Quyosh otli nuring balqmadi,
Tobutlarda qaytdi erlaring,
Endi "Birlik", "Erk" ham qalqmadi.
Balki Yusuf Jumadek yonib,
Yuz o'girib ketarman men ham.
Balki Ozod, Erkindek tonib,
Bir yulduzga yetarman men ham,
Farmoni zar, ma'danim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Ziyolilar talon tarojdir,
Ziyosidan ayro tushgan xalq.
Yo savdogar, yoki farroshdir,
Bu ne ko'rgu, bu qandayin haq.
Bir bolangman odatni buzdim,
Tikka qarab qo'ydim ko'zingga.
Kishanlarning halqasin uzdim,
Kimga aytay aytgum o'zinga,
Uxlab yotgan san tanim manim,
O'zbekiston vatanim manim.
Sen mudrasang zavol qo'ynida,
Derlar: "Shohi xalqiga mosdir".
Dor o'zidan arqon bo'ynida,
Osiy erni osmoqlik xosdir.
Yo'q, yo'q, voz kech, g'olib bo'l, o'ktam,
O'zligini tanigan - xalqdur.
Oyoqqa qalq, ozod bo'l o'lkam,
Agar senda bor bo'lsa g'urur,
Shunda derman, maskanim manim,
O'zbekistom vatanim manim.