View Full Version : Turkiy tillar dunyosiga sayohat!
MUHLIS
02-20-2004, 07:46 PM
Internetni kavlashtirib o'tirib quyidagilarga duch keldim va sizlar bilan baham ko'rgim keldi. Linklarda Turkiy tilda matnlar va ularning Inglizcha tarjimalari bor. O'qib ko'ring qiziq.
Turk:
http://www.language-museum.com/t/turkish.htm
Uzbek:
http://www.language-museum.com/u/uzbek-cyrillic.htm
Tatar:
http://www.language-museum.com/t/tatar.htm
Azeri:
http://www.lan-museum.com/a/azerbaijani-cyrillic.htm
Turkmen:
http://www.language-museum.com/t/turkmen.htm
Karachay Balkar:
http://www.language-museum.com/k/karachay-balkar.htm
Kazah:
http://www.language-museum.com/k/kazakh-kazakhstan.htm
Kirgiz:
http://www.language-museum.com/k/kirghiz.htm
Uygur:
http://www.language-museum.com/u/uyghur.htm
Tuva:
http://www.language-museum.com/t/tuvin.htm
Ammo menimcha O'zbekchasi ba'zi bir xatolar bor ekan.
MUHLIS
02-20-2004, 07:52 PM
Men o'tirib o'zim yuqoridagi linkdagi Inglizcha matnni o'z talqinimda tarjima qildim. Chunki i sahifadagi O'zbekcha tarjima biroz mavhum va tshunarsizga oxshadi menga.Taqqoslab ko'ring. Agar ko'pchilikka yoqsa men ularga email hat yozaman tarjima bilan.
English:
Everyone is entitled to all the rights and freedoms set forth in this Declaration, without distinction of any kind, such as race, colour, sex, language, religion, political or other opinion, national or social origin, property, birth or other status. Furthermore, no distinction shall be made on the basis of the political, jurisdictional or international status of the country or territory to which a person belongs, whether it be independent, trust, non-self-governing or under any other limitation of sovereignty.
Uzbek:
Har bir shaxs irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, boyligi, biror tabaqaga mansubligi va boshqa holatlardan qat’iy nazar mazkur Bayonnomada e’lon qilingan barcha huquq va erkinliklarga xech bir istisnosiz tarzda ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, shaxs mansub bolgan mamlakat yoki o’lkaning mustaqilligi, muhtorligi, qaramligi yoki mustaqilligi biror tarzda cheklanganiga qaramasdan ushbu o’lka yoki mamlakatning siyosiy, huquqiy yoki xalqaro maqomiga asoslangan ayirmachilikka yo’l qo’yilmasligi kerak.
Hurmat ila,
Asadbek
02-21-2004, 03:07 AM
Uzbek:
Har bir shaxs irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, boyligi, biror tabaqaga mansubligi va boshqa holatlardan qat’iy nazar mazkur Bayonnomada e’lon qilingan barcha huquq va erkinliklarga xech bir istisnosiz tarzda ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, shaxs mansub bolgan mamlakat yoki o’lkaning mustaqilligi, muhtorligi, qaramligi yoki mustaqilligi biror tarzda cheklanganiga qaramasdan ushbu o’lka yoki mamlakatning siyosiy, huquqiy yoki xalqaro maqomiga asoslangan ayirmachilikka yo’l qo’yilmasligi kerak.[/b]
Hurmat ila,
Ruxsat bersaiz, tuzatish kiritsam.
Har bir shaxs o'z irqi, terisining rangi.. - terisining so'zi kerakmas. Bu yerda uning kiyimi rangi haqida gapirilmayotgani kontextdan bilinib turadi.
... xech bir istisnosiz tarzda egadir. bo’lishi kerak - ortiqcha so'z.
Bundan tashqari, shaxs mansub bolgan mamlakat yoki o’lkaning mustaqilligi, muhtorligi, qaramligi yoki mustaqilligi biror tarzda cheklanganiga qaramasdan ushbu o’lka yoki mamlakatning siyosiy, huquqiy yoki xalqaro maqomiga asoslangan ayirmachilikka yo’l qo’yilmasligi kerak. - Chalg'itadigan gapga o'xshaydi. Mani variantim:
Bundan tashqari, biror bir shaxsning o'zi mansub bo'lgan davlatning yoki hududning siyosiy, huquqiy va xalqaro maqomiga asoslanib ajratilishiga (ayirilishiga) yo'l qo'yilmasligi kerak.
Qolgan gaplar ortiqcha menimcha, chunki maqom so'zi o'zi aytib turibdi.
Hurmat ila
kamina
MUHLIS
02-21-2004, 08:53 AM
Asadbek,
E'tiboringiz uchun raxmat.
Har bir shaxs o'z irqi, terisining rangi.. - terisining so'zi kerakmas. Bu yerda uning kiyimi rangi haqida gapirilmayotgani kontextdan bilinib turadi.
Mana shu gapingizga qo'shilaman. Men aslida "terisining" degan so'zni yozmoqchi emas edim.
... xech bir istisnosiz tarzda egadir. bo’lishi kerak - ortiqcha so'z.
Lekin bu ortiqcha emas. Inglizcha varaintida "without any distinction" degan yeri bor. Hujjatning asli ma'nosini o'zgartirish mumkin emas. Bayonnomadagi huquq va erkinliklarga barcha "xech bir istisnosiz" tarzda ega bo'lishi kerak. Ya'ni, hamma teng bo'lishi kerak. Davlatlar yoki boshqalar o'zlaricha xech kimni huquqlari yoki erkinliklarini cheklamasliklari lozim. Menimcha bu juda muxim.
Bundan tashqari, shaxs mansub bolgan mamlakat yoki o’lkaning mustaqilligi, muhtorligi, qaramligi yoki mustaqilligi biror tarzda cheklanganiga qaramasdan ushbu o’lka yoki mamlakatning siyosiy, huquqiy yoki xalqaro maqomiga asoslangan ayirmachilikka yo’l qo’yilmasligi kerak.
Chalg'itadigan gapga o'xshaydi. Mani variantim:
Bundan tashqari, biror bir shaxsning o'zi mansub bo'lgan davlatning yoki hududning siyosiy, huquqiy va xalqaro maqomiga asoslanib ajratilishiga (ayirilishiga) yo'l qo'yilmasligi kerak.
Qolgan gaplar ortiqcha menimcha, chunki maqom so'zi o'zi aytib turibdi.
To'rg'ri biroz murakkab jumla, lekin"maqom" so'zi aytib turganini ko'pchilik o'qiganda tushuna olmasa kerak menimcha.
Mana shu qismi ayniqsa asli tarjimada juda xam chalkash va beoxshov chiqqan edi. Ammo bu yerda xam ehtiyot bo'lish kerak. Hujjatning asl nusxasidagi matni saqlab qolish kerak. "davlat" mustaqil (O'zbekiston), muhtor (Qoraqalpog'iston), qaram ( Hong Kong edi, Buyuk Britaniya ittifoqidagi davlatlar), mustaqilligi cheklandan davlat va hududlar ( Checheniston, Sharqiy Turkiston, Sharqiy Timor, Tatariston va b.) so'zlarini anglatishini birma bir sanab chiqish o'ta muxim menimcha, chunki Ingliz tilidagi nusxasida shunday qilishgan. Men qo'limdan kelganicha gapni soddalashtirishga, va o'qilishini ravonlashtirishga xarakat qildim.
Asadbek
02-21-2004, 04:25 PM
Hurmatli Muhlis,
javobingiz uchun rahmat.
... xech bir istisnosiz tarzda egadir. bo’lishi kerak - ortiqcha so'z.
Lekin bu ortiqcha emas. Inglizcha varaintida "without any distinction" degan yeri bor.
- OK. Siz qanaqa qilib inson EGA bo'lib tug'ilgan huquqlarga yana uning ega bo'lishi kerakligini aytasiz? EGADIR deb urg'u bersangiz, Insonning o'sha huquq va erkinliklarga haqiqatdan EGAligini ko'rsatasiz, o'sha hujjat bilan tan olasiz. EGA BO'LISHI KERAK desangiz, unda siz o'sha hujjat bilan unga bu huquq va erkinliklarni (bu huquq unga tug'ilganidan berilgan) bermoqchi bo'lasiz.
Hujjatning asli ma'nosini o'zgartirish mumkin emas. Bayonnomadagi huquq va erkinliklarga barcha "xech bir istisnosiz" tarzda ega bo'lishi kerak. Ya'ni, hamma teng bo'lishi kerak. Davlatlar yoki boshqalar o'zlaricha xech kimni huquqlari yoki erkinliklarini cheklamasliklari lozim. Menimcha bu juda muxim.
- To'g'ri mulohaza. Davlatning birovning asosiy huquq va erkinliklarini cheklamasliklari lozimligi uchun bu hujjatga o'sha gap kiritilsa, unda EGADIR bo'ladi. EGA O'LISHI KERAK desangiz, siz u davlatlardan iltimos qilib qolasiz, huquq va erkinliklarni cheklamang deb.
Bundan tashqari, biror bir shaxsning o'zi mansub bo'lgan davlatning yoki hududning siyosiy, huquqiy va xalqaro maqomiga asoslanib ajratilishiga (ayirilishiga) yo'l qo'yilmasligi kerak.
Qolgan gaplar ortiqcha menimcha, chunki maqom so'zi o'zi aytib turibdi.
To'rg'ri biroz murakkab jumla, lekin"maqom" so'zi aytib turganini ko'pchilik o'qiganda tushuna olmasa kerak menimcha.
- O'sha tushuna olmaydigan ko'pchilik uchun "maqom" so'zi ustiga * belgisi qo'yib, text tagida "status" deb izoh beriladi yoki birdan qavs ichida (status) deb o'tiladi. Muammo yechimi bor.
"davlat" mustaqil (O'zbekiston), muhtor (Qoraqalpog'iston), qaram ( Hong Kong edi, Buyuk Britaniya ittifoqidagi davlatlar), mustaqilligi cheklandan davlat va hududlar ( Checheniston, Sharqiy Turkiston, Sharqiy Timor, Tatariston va b.) so'zlarini anglatishini birma bir sanab chiqish o'ta muxim menimcha, chunki Ingliz tilidagi nusxasida shunday qilishgan.
- Kechirasiz Muhlis, "siyosiy, huquqiy va xalqaro maqom" deganda nimani tushunasiz?
Axir, biror bir davlatning mustaqilligi, muhtorligi, qaramligi, mustaqilligi cheklanganligi uning "siyosiy, huquqiy va xalqaro maqomi"da namoyonku! Undan keyin, "mustaqilligi cheklangan" bo'lsa, u "qaram" bo'ladi. O'zbekchada "mustaqilligi cheklangan" degan ibora ishlatilmagan menimcha hali. Yana bilmadim.
Men qo'limdan kelganicha gapni soddalashtirishga, va o'qilishini ravonlashtirishga xarakat qildim.
- Juda yaxshi qilasiz. Ammo o'zingiz murakkablashtirib yubormasligingiz kerak.
E'tiboringiz uchun rahmat
va keyingilarida omad!
:-)
G'aribiy
04-19-2004, 12:33 PM
English:
Everyone is entitled to all the rights and freedoms set forth in this Declaration, without distinction of any kind, such as race, colour, sex, language, religion, political or other opinion, national or social origin, property, birth or other status. Furthermore, no distinction shall be made on the basis of the political, jurisdictional or international status of the country or territory to which a person belongs, whether it be independent, trust, non-self-governing or under any other limitation of sovereignty.
Uzbek:
Har bir shaxs irqi, rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa fikrlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulki, biror tabaqaga mansubligi va boshqa holatlardan qat’iy nazar mazkur Bayonnomada e’lon qilingan barcha huquq va erkinliklarga xech bir istisnosiz tarzda ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, xech bir shaxs o'zi mansub bo'lgan davlat yoki o'lkaning mustaqilligi, muhtorligi yoki qaramligiga qaramasdan ushbu davlat yoki o'lkaning siyosiy, huquqiy va xalqaro maqomiga asoslanib ajratilmasligi lozim.
Arkadaşlar Özbekçeyi nereden öğrendiniz böyle? Bakıyorum da ana diliniz gibi konuşuyorsunuz.
Aybike
08-27-2005, 09:47 AM
Arkadaşlar Özbekçeyi nereden öğrendiniz böyle? Bakıyorum da ana diliniz gibi konuşuyorsunuz.
poooo senin avatarın nasıl olurdu çok merak ediyorum :lol:
Qarama
08-27-2005, 12:35 PM
Arkadaşlar Özbekçeyi nereden öğrendiniz böyle? Bakıyorum da ana diliniz gibi konuşuyorsunuz.
kendileri özbek :)
asena
08-27-2005, 12:41 PM
poooo senin avatarın nasıl olurdu çok merak ediyorum :lol:
abla yemek oncesi dusundum de :puke:
Colpan
08-27-2005, 02:58 PM
Kotta rahmat sizlarga
Aybike
08-27-2005, 03:40 PM
abla yemek oncesi dusundum de :puke:
evet düşündüğün gibi hehehhehe :lol:
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.