View Full Version : Uyg'onish.......
shoyir
02-24-2004, 08:10 AM
Uyg'onish....
Huvillagan dunyo, huvillagan qalb,
Na quvonch, na rayhon, na g'am, na yalpiz.....
qip-qizil qumlarni kechdim yuz yillab,
O'zim bilan o'zim yashadim yolg'iz....
Bir kuni oy bilan tillasha turib,
His qildim yuragim og'irligini....
Ko'klam sellaridek qonim gupurib,
Angladim yashashim zarurligini....
Osmonni quchoqlab yotganim tunda,
Muhabbat , oy kabi kirding yodimga...
Bulutlar oqqushga aylandi zumda,
Yulduzlar to'ppilab tushdi yonimga..
Elkamda elkanday qanot barq urdi,
Bir go'zal qush bo'ldim erakdagiday.
Yovvoyi shodlik-la azot hayqirdim,
Titradi koinot etaklari-da....
Titradi koinot etaklarin-da,
Kirpidek g'ujanak bo'lgan olamlar,
Quyosh tig'in charxlab yelkalarida
Qip-qizil qum kechib yurgan odamlar....
Yumshoq shamollarni qo'zg'atib uchdim,
Qahkashon-shiddatim qoldirgan oq iz...
Sening olamingga boryapman, kutgin...
Osmonni quchoqlab yotgan g'amgin qiz........ Iqbol Mirzo....
Qani endi kimdan eshitamiz ;)
Shokirbek
02-26-2004, 02:20 AM
O'zlarining ijodida-da shoyir ukam (ilgari shoyir oshna edingiz :D . Hazil)
Sog'-salomatmilar?
Mas'ud
02-27-2004, 12:22 AM
:rolleyes: :rolleyes: :rolleyes:
Men ham bekorchilikda Siz Azizlarga uhshab she'rlar yozib turaman.
Shulardan bittasini hukmingizga havola qilmoqchiman:
:arrow: :arrow: :arrow:
***
Kimnidir uylayman. Hayollar tubsiz
Jarliklar ummonin silsilasida,
Tinmay charh uradi izlab toglardan,
Topolmay noumid berar aks sado.
Kimgadir yurakdan yozilib, quvnab,
Suhbat qurmoqlikni nasib etsaydi.
So'ng mayli, ruhimni ayirib tandan,
Mangu olamgada olib ketsaydi.
Kimdandir umidvor bu qalbga nahot,
Topilmas zarracha yupanch kalomi?
Utinch bo'lolmasmi toabad menga
Beg'ubor kungillar alik-salomi?
Kimningdir yuragi balki meningdek,
Bir og'iz shirin so'z, suhbatga zordir.
Bir zum bir nuqtadan ku'z olmay, jimjit,
Meni ham U'ylagan insonlar bordir.
Men uni kutganman,hamon kutaman,
Qancha umrim bo'lsa shuncha chidagum.
Hayotim so'qmog'in dadil u'taman,
Rozini aytguncha murg'ak yuragim.
______________________________________________
Kogda neznayesh chto delat', delay shag vpered
(Iz kodeksa BUSIDO)
shoyir
02-27-2004, 02:24 AM
O'zlarining ijodida-da shoyir ukam (ilgari shoyir oshna edingiz :D . Hazil)
Sog'-salomatmilar?
Salom hurmatli Shokirbek!
O'zingiz ham juda kamnamosiz mavlono, har zamonda bir ko'rinish berib turing :D :D :D :D
hurmat ila......
shoyir
02-27-2004, 02:31 AM
[quote="JaruleUZB"]:rolleyes: :rolleyes: :rolleyes:
Men ham bekorchilikda Siz Azizlarga uhshab she'rlar yozib turaman.
Shulardan bittasini hukmingizga havola qilmoqchiman:
:arrow: :arrow: :arrow:
***
She'rga gap yo'q :D :D
mavlono, biz she'riyat muxlislari keyinchalik ham sizning ijodingizdan bahramand bo'lish umidida qolamiz........ :D :D
hurmat ila......
Asadbek
02-27-2004, 03:38 AM
eee baraka topizlar!
shoyir
02-27-2004, 03:59 AM
Salom hammaga yana bir bor :D :D :D
Taqdirim shu ekan, tan berib bo'ldim,
Siz bilmaysiz yuragimda nelar bordir....
Bir gulim ochilmay o'n gulim so'ldi,
Hammaga keng dunyo, men uchun tordir....
Yig'lamayman, dunyo ham bevafo axir,
Sevgi bu yo'q narsa, muhabbat yolg'on.....
Men sizni sevgandim o'zimdan ortiq,
"Layli va Majnun" lar ertakda qolgan....
Ishq gulxanin o'chirdim tepkilab-toptab,
Zarracha sezmadim olov taftini.....
Istagandim shu gulxanda kul bo'lishni,
Hohlagandim muhabbatga qul bo'lishni......
Negadir ketgim kelar chin dunyoga.......
:( :(
hurmat ila...
Mas'ud
02-27-2004, 08:11 AM
Salom yana hammaga bir bor. Yana sh'er[B]
:weed: :weed:
Yuragim tubidan hayqirar nido,
Tug'yonlar qalbimga berolmay bardosh.
Baqirib so'zlasam chiqmaydi sado,
Gu'zalim, sog'indim, seni juda ham.
Ne qilay? Dilimga qilolmay amr.
Umrbod ayriliq biz uchun, nahot...
Borlig'im, vujudim ruhimsan ahir,
Sog'inchni yashirib bu'larmi, hayhot.
Sog'inib yashayman, seni har nafas.
Sog'inib, ohiri ketgum dunyodan.
Sevgimiz hotirin saqlab muqaddas,
Visoling topgummi arshi-a'lodan.
Sening noming bilan tirikman faqat,
Sog'inchim, asalim, she'rim , g'azalim.
Sen men chun tiriksan, abad-ul abad,
Qalbimning egasi-erka guzalim.
:shock: :shock: :shock:
hurmat ila...
_____________________________________________
:arrow: Aromatom roz vsegda veet ot ruki, kotoraya ih darit
(kitayskaya poslovitsa)
Mas'ud
02-27-2004, 08:31 AM
Yana she'r
:weed: :weed:
Qani endi tulin oy bolsam,
Nurlarimni senga sochardim.
Sochlaringga yulduzlar taqib,
Muhabbatga keng yo'l ochardim.
Qani endi, shabboda bolsam,
Sochlaringni u'ynardim suyib.
Qani endi zilol suv bolsam,
Jamolingga qarardim tu'yib.
Qani endi ko'z yoshing bolsam,
Kiprigingga qu'nardim asta.
Yuzlaringdan sekin u'rmalab,
Aylar edim dilingni hasta.
Qani endi kamaring bo'lsam,
Bellaringdan mahkam quchardim.
Ertakdagi humo qush misol,
Sening bilan ko'kka uchardim.
Qani endi dugonang bo'lsam,
Yuzlaringdan u'pib olardim.
"Shu yigitga qaray qol"- deya,
Aldab seni yo'lga solardim.
Bu'lsam edim sening yulduzing,
Charaqlardim senga kunlari.
Kitob bo'lib qolsam sen sevgan,
Uhlatmasdim seni tunlari.
Qani endi bo'lsam quyoshing,
Porlar edim umrbod sen chun.
Gu'zal, senga shudir tilagim:
Yashnab yurgin har qachon gulgun.
:rolleyes: :rolleyes: :rolleyes:
Qani endi.....
hurmat ila...
______________________________
Yana uzim.....
Al-Bagdodiy
02-27-2004, 01:17 PM
Tasannolar !!!
Iqbol Mirzo sherlaridan bulsayana quyinglar iltimos.
Dunyokezganqalandar
02-27-2004, 06:05 PM
Shokirbek, a avatar moro bo'lsin...
Shokirbek
02-27-2004, 08:49 PM
Salom hurmatli Shokirbek!
O'zingiz ham juda kamnamosiz mavlono, har zamonda bir ko'rinish berib turing
hurmat ila......
Inshoolloh taqsir, inshoolloh.
Shokirbek, a avatar moro bo'lsin.
Rahmat, mullo Qalandar. O'zlariniki ham ajoyib. Olloh sizga Bobir hazratlaridek ijodu zehn bersin.
Ammo she'rlarga gap yo'q, davomi bo'lsin, ijodlarga omad..
Yurist
02-29-2004, 03:26 PM
iqbol akadan bulsa yana eshitaylik birodarlar.
shoyir
02-29-2004, 11:45 PM
iqbol akadan bulsa yana eshitaylik birodarlar.
Salom hurmatli she'riyat muxlislari :D :D :D
Oqshom yulduzlarni hilol uyg'otar,
Daryo to'lqinlarin shamol uyg'otar....
Qaydasan, ey shamol olib ketgan GUL???
Meni shu alamli savol uyg'otar.....
Oqshom yulduzlarga boqib yig'ladim,
Daryo to'lqinida oqib yig'ladim....
Menam daryo bo'ldim, sel-selob bo'ldim,
Yuragim olmaday qalqib yig'ladim....
Taqdirga tan berdim, shukrona aytdim,
Tuproqqa aylanib, tuproqqa qaytdim....
Ammo oqaverdi asov yuragim,
Oqshom yulduzlari chaqnagan payti .!!...
Oqshom yulduzlarni hilol uyg'otar,
Daryo to'lqinlarin shamol uyg'otar....
Seni tushlarimda ko'rib chaqirsam,
.................................................. ????
Meni bir begona ayol uyg'otar.......... (Iqbol Mirzodan )
hurmat ila.......
Mas'ud
03-01-2004, 12:03 AM
Tasannolar !!!
Iqbol Mirzo sherlaridan bulsayana quyinglar iltimos.
Ishlar qalay Umid Mahkam. Sizga ham vatandoshimizning she'rlari yoqar ekan-da
Umid qilamanki, hat yozishib turamiz.
Germany.
shoyir
03-01-2004, 12:16 AM
Tasannolar !!!
Iqbol Mirzo sherlaridan bulsayana quyinglar iltimos.
sazangiz o'lmasin mavlono :D :D :D
Ey dil, ne istaysiz yalong'och ko'kdan,
Anvor ummonida titraysiz dir-dir....
Yerga bir boqingiz, qishu-yoz, ko'klam
Kuzlar unutdilar bizlarni bir-bir....
Imkon qo'ldan ketdi, tugadi fursat,
Yaqinlar yiroqdan qaraydi dilgir....
Ko'zani sindirib jo'nadi ulfat,
Do'stlar unutdilar bizlarni bir-bir....
Xayollar qo'ymadi o'z holimizga,
Lo'livachchalardek yopishqoq, kir-chir
Qanotlar bog'lovchi hislarimizga
Hislar unutdilar bizlarni bir-bir
Ey dil og'rimaysiz, chekmaysiz alam,
Yerdan uzilganning jazosi shuldir...
Endi qaytolmaysiz Farg'onaga ham,
Izlar unutdilar bizlarni bir-bir....
Qismat muhabbatni bizga ko'p ko'rgan....
Bilaman, dunyom ham xayolga cho'mgan....
ming va'dalr bergan, hatto o'ptirgan...
Qizlar unutdilar bizlarni bir-bir....
hurmat ila.....
Mas'ud
03-01-2004, 01:17 AM
Yana Sh'er...
:rolleyes: :rolleyes:
***
Daftarim chetida g'alat hoshiya;
Eslay ololmayman nega qu'yganim.
Bir quvnoq kunimdan balki hotira?
Balki belgisidir ilk bor sevganim?
Balki du'stlarimning achchiq hazilin,
Hazm qila olmay qu'ygaman uni?
Balki hayotimning silsilasini,
Uzgartirmoq bulgan maqsadim kuni?
Ilk bor qarshilikdan umidsizlanib,
Hayotdan tu'yganim nishonidir u?
Yo kelgan omadimdanmi, ruhlanib,
Ifodalab qu'ygan bir ajib tuyg'u?
Daftarim chetida bu g'alat chiziq.
Ne bo'lsa ham uni eslab yuraman.
Shirin orzularim ru'yosin tuzib,
Faqat bahtdan deya umid qilaman.
hurmat ila... :arrow: :arrow: :arrow:
_______________________________________________
Aromatom roz vsegda veet ot ruki, kotoraya ih darit
(kitayskaya poslovitsa)
Asadbek
03-01-2004, 03:56 AM
Yeee yashanglar!
SARATON
Yenglik liboslardan voz kechdi shahar,
Yelkalar yalang'och, yalang, och ko'zlar.
Olislarda esa suvlar sepishar,
Ko'ylaklari bilan cho'milgan qizlar.
Shahar qizg'onmaydi xiyobonlarin,
Sun'iy ko'liniyu qayiqlarini.
Ammo dil qo'msaydi sokin bog'larning,
Olmalar oqizgan ariqlarini.
Shahar ko'p narsani menga o'rgatdi,
Hammasini sanab, aytib bo'lmaydi.
Shu yerda suyagim va diydam qotdi,
Endi qishloqqa ham qaytib bo'lmaydi.
Tongda derazamdan siniq nur tushar,
Ne tongkim, bugun ham namlidir ko'zlar.
Axir, tushimda ham suvlar sepishar,
Ko'ylaklari bilan cho'milgan qizlar...
Iqbol Mirzo
P.S: Yuqoridagi she'rlarning hammasi Iqbol Mirzodanmi? Qarshiliklar bo'lmasa, Adabiyot sahifamga kiritsam...
Mas'ud
03-01-2004, 05:04 AM
Yeee yashanglar!
P.S: Yuqoridagi she'rlarning hammasi Iqbol Mirzodanmi? Qarshiliklar bo'lmasa, Adabiyot sahifamga kiritsam...
Asadbek aka, men yozgan she'rlar uzimning qalamimga tegishli.
Lekin bemalol yon daftarchangizga yozib qo'yishingiz mumkin
Salom bilan JaruleUZB
Asadbek
03-01-2004, 10:24 AM
JaruleUZB,
rahmat :-) Yozib qo'yaman.
P.S: in welcher Stadt bist du?
Al-Bagdodiy
03-01-2004, 11:02 AM
Al-Bagdodiy wrote:
Tasannolar !!!
Iqbol Mirzo sherlaridan bulsayana quyinglar iltimos.
sazangiz o'lmasin mavlono
Ey dil, ne istaysiz yalong'och ko'kdan,
Anvor ummonida titraysiz dir-dir....
Yerga bir boqingiz, qishu-yoz, ko'klam
Kuzlar unutdilar bizlarni bir-bir....
Imkon qo'ldan ketdi, tugadi fursat,
Yaqinlar yiroqdan qaraydi dilgir....
Ko'zani sindirib jo'nadi ulfat,
Do'stlar unutdilar bizlarni bir-bir....
Xayollar qo'ymadi o'z holimizga,
Lo'livachchalardek yopishqoq, kir-chir
Qanotlar bog'lovchi hislarimizga
Hislar unutdilar bizlarni bir-bir
Ey dil og'rimaysiz, chekmaysiz alam,
Yerdan uzilganning jazosi shuldir...
Endi qaytolmaysiz Farg'onaga ham,
Izlar unutdilar bizlarni bir-bir....
Qismat muhabbatni bizga ko'p ko'rgan....
Bilaman, dunyom ham xayolga cho'mgan....
ming va'dalr bergan, hatto o'ptirgan...
Qizlar unutdilar bizlarni bir-bir....
Rahmat kottakon bro.Iqbol Mirzo mani mahalladoshim buladi lekin tugrisini aytsam uni bunaqa yahshi sherlari borligini bilmagan ekanman.
P.S Sizni uzinggiz qaerdan bulasiz mavlono?
Al-Bagdodiy
03-01-2004, 11:10 AM
Al-Bagdodiy wrote:
Tasannolar !!!
Iqbol Mirzo sherlaridan bulsayana quyinglar iltimos.
Ishlar qalay Umid Mahkam. Sizga ham vatandoshimizning she'rlari yoqar ekan-da
Umid qilamanki, hat yozishib turamiz.
Germany.
Mavlono siz ham fargonadan bulasizmi deyman?
Mas'ud
03-01-2004, 12:09 PM
JaruleUZB,
rahmat :-) Yozib qo'yaman.
P.S: in welcher Stadt bist du?
Asadbek aka, biz bir kuni choyhonada ham ku'rishgan edik. Men Dresdendan.Til kursidaman deb aytgandim.Olloh nasib qilsa kurishamiz.
Hurmat ila...
:D :D :D
Mas'ud
03-01-2004, 12:10 PM
Al-Bagdodiy wrote:
Mavlono siz ham fargonadan bulasizmi deyman?
Ha Umid Mahkam. Men ham Bagdoddan. Iqbol Mirzoni ham juda yahshi taniyman.Uylaymanki keyinroq yaqindan tanishib olamiz.
hurmat bilan....
Al-Bagdodiy
03-01-2004, 12:16 PM
JaruleUZB,
Ha Umid Mahkam. Men ham Bagdoddan. Iqbol Mirzoni ham juda yahshi taniyman.Uylaymanki keyinroq yaqindan tanishib olamiz.
hurmat bilan....
Ogayni Bogdodni qatidan bulasiz?Forumda hali Bogdoddan hech kimni uchratganim yoq edi. Bu iloji bulsa uzizni yaqinroq tanishtirib yuborsanggiz iltimos.
Mas'ud
03-01-2004, 12:29 PM
Umid Mahkam. Siz meni yahshi bilasiz.
Faqat ba'zi bir sabablarga ko'ra ismimni aytolmayman.
Hozir aytaman: Siz bir yili Namangan shahrida ACCELS ga imtihon topshirganingizda, ukituvchimiz(Sizning ham mening ham- yani Shoira opa) ikkalamiz sizning tugilganlik tugrisidagi guvohnamangizning "hato" sini tu'grilagandik! ha esingizga tushdimmi, tasanno.
Ishlaringizga omadlar tilab JaruleUZB
Asadbek
03-01-2004, 12:33 PM
JaruleUZB,
alles klar :-) Dresdenni qayerida turibsiz o'zi? Yo siz ham Wundtstrassedami?
Dresdenliklarga mandan salom. Sorry for off-topic.
Tuppa-tuzuk shoir ekansizu a :-)
Al-Bagdodiy
03-01-2004, 12:37 PM
Umid Mahkam. Siz meni yahshi bilasiz.
Faqat ba'zi bir sabablarga ko'ra ismimni aytolmayman.
Hozir aytaman: Siz bir yili Namangan shahrida ACCELS ga imtihon topshirganingizda, ukituvchimiz(Sizning ham mening ham- yani Shoira opa) ikkalamiz sizning tugilganlik tugrisidagi guvohnamangizning "hato" sini tu'grilagandik! ha esingizga tushdimmi, tasanno.
Ishlaringizga omadlar tilab JaruleUZB
Salom Bro.
Ogayni pmizga bir qaravoring man sizga hat junatvordim.javobinggizni kutib qolaman.
spasiba zaranee.
Mas'ud
03-01-2004, 12:52 PM
JaruleUZB,
alles klar :-) Dresdenni qayerida turibsiz o'zi? Yo siz ham Wundtstrassedami?
Dresdenliklarga mandan salom. Sorry for off-topic.
Tuppa-tuzuk shoir ekansizu a :-)
Rahmat Asadbek aka. Men wundtstrasse damasku lekin Fritz-Löffler strasse da turibman.mailimni albatta jonatib yuboraman. Yoki ertaga saytingizdagi guest book ka yozib qo'yaman. Esimdan chiqqani yoq.
Salom bilan JaruleUZB
hurmat ila...
Al-Bagdodiy
03-01-2004, 12:55 PM
JaruleUZB,
Bro bizga ham javob bervoring ilojiz bulsa......Vatandoshimizni kurib hursand buldik lekin.
Al-Bagdodiy
03-01-2004, 01:34 PM
JaruleUZB,
umidmahkam@yahoo.com da javobinggizni kutib qolaman.Ishlarizga rivoj yilab Umid.
Kolobok
03-01-2004, 02:07 PM
Umid Mahkam. Siz meni yahshi bilasiz.
Faqat ba'zi bir sabablarga ko'ra ismimni aytolmayman.
Hozir aytaman: Siz bir yili Namangan shahrida ACCELS ga imtihon topshirganingizda, ukituvchimiz(Sizning ham mening ham- yani Shoira opa) ikkalamiz sizning tugilganlik tugrisidagi guvohnamangizning "hato" sini tu'grilagandik! ha esingizga tushdimmi, tasanno.
Ishlaringizga omadlar tilab JaruleUZB
Uh ty!
Nukas',kolis' davay,kto ty!? :) Mne toje interesno,tak kak ya toje tama prisutstvoval kogda himichili Umidu sertificat o rojdenii! :) A naschet Shoira opa,ona byla moey klassnoy v Ijtimoiy A klasse!
P.S. Sorry for the offtopic,ne sderjalsya :)
Al-Bagdodiy
03-01-2004, 02:21 PM
Manga judayam qiziq nima uzini tanishtirmayap turganligi.
JuraleUZB Wrote
Faqat ba'zi bir sabablarga ko'ra ismimni aytolmayman.
Mirzo Wrote
Uh ty!
Nukas',kolis' davay,kto ty!? Mne toje interesno,tak kak ya toje tama prisutstvoval kogda himichili Umidu sertificat o rojdenii! A naschet Shoira opa,ona byla moey klassnoy v Ijtimoiy A klasse!
P.S. Sorry for the offtopic,ne sderjalsya
Mani ham judayam uylantirib quydi,uje dva chasa dumayu nikak ne mogu spomnit kto on takoy.Govorit chto Bagdadskiy.....interesno....
Mas'ud
03-01-2004, 11:45 PM
Manga judayam qiziq nima uzini tanishtirmayap turganligi.
Mani ham judayam uylantirib quydi,uje dva chasa dumayu nikak ne mogu spomnit kto on takoy.Govorit chto Bagdadskiy.....interesno....
Salom Al-Bag'dodiy. Men sizni yahoo pochtangizga hat jo'natib yubordim.
Nimaga uzimni tanishtirmaganimni keyin hatda aytaman.
What's about Ur study , man. How is going on? I think all O.K. and hope soon I will meet U in one Airports of Germany.Seen , brother.
Sincerely Yours...
__________________________________________________ ________
"Tot kto sleduet svoey sud'be, znaet i umeet vse. Tol'ko odno delayet ispolneniye mechti nevozmozhnim, eto strah neudachi.
(Poulo Koel'o)
Mas'ud
03-01-2004, 11:48 PM
Nukas',kolis' davay,kto ty!? :) Mne toje interesno,tak kak ya toje tama prisutstvoval kogda himichili Umidu sertificat o rojdenii! :) A naschet Shoira opa,ona byla moey klassnoy v Ijtimoiy A klasse!
P.S. Sorry for the offtopic,ne sderjalsya :)
Kolobok, A Ti gde uchilsya, ne bagdadskiy sluchayno. A gde ti uchilsya na Ijtimoiy A klass. Kak ya vspomnyu u nas ne bil takoy, no tochno neznayu.
Esli tak, ya tebya ne mogu vspomnit. Nu, esli Ti znakom s Al-Bag'dodiy, u nego est moy mail. Ya gotov na vse voprosi.
Zhdu otveta.
__________________________________________________ _________
"Tot kto sleduet svoey sud'be, znaet i umeet vse. Tol'ko odno delayet ispolneniye mechti nevozmozhnim, eto strah neudachi.
(Poulo Koel'o)
Mas'ud
03-02-2004, 12:00 AM
JaruleUZB,
Bro bizga ham javob bervoring ilojiz bulsa......Vatandoshimizni kurib hursand buldik lekin.
Rahmat Al Bagdodiy.
Yana ijodimdan she'r
:rolleyes: :rolleyes:
Jimjitlik...
Jimjitlik. Tun oydin. Havo musaffo,
Kechagi qor sabab Darahtlar oppoq.
Gu'zallik oshino murg'ak qalbimga,
Uyqusiz tun berar u'zgacha maroq.
Jimjitlik - tun birla uyg'un tasavvur,
Shu sabab asablar biroz olar tin,
Kun bu'yi insonni qiynagan tashvish,
Ne ajab, tun sabab rostlar nafasin.
Jimjitlik. Qalb hamon tinim bilmas lek,
Nimadir tirnaydi, bermaydi tinchlik,
Talpinib tanamga sig'maydi sira,
Yuragim,voajab, tura olmas tek.
Jimjitlik. Atrofdan eshitilmas sas,
Ovozsiz yig'laydi son mingta yurak.
Horg'in hislar ila olsa-da nafas,
Jimjit emas ekan dillar jonsarak.
Jimjitlik u'tadi.U'tkinchi bu tun,
Umidlar ru'yosi ertangi kundan.
Faqat bir tilagim: ertangi kunim,
Jimjit bu'lmasligin su'rayman sendan.
Jimjitlik. Tun oydin. Havo musaffo,
Kechagi qor sabab Darahtlar oppoq...
24.12.2002
JaruleUZB
hurmat ila....
__________________________________________________ __________
"Tot kto sleduet svoey sud'be, znaet i umeet vse. Tol'ko odno delayet ispolneniye mechti nevozmozhnim, eto strah neudachi.
(Poulo Koel'o)
Mas'ud
03-02-2004, 02:40 AM
yana men.....
:shock: :shock: :shock:
****** ga
Men Seni bahtiyor ku'rmoq istayman,
Quvonchdan kulishing, yayrashing chindan.
Kunglimda barini bermoq istayman,
Ezgu niyatlarim aytib kungildan.
Musaffo osmonning moviy rangini,
Va tunning malagi oyning, yangini,
Tog'lar shalolasin shu'h jarangini,
Senda mujassamligin tuymoq istayman.
Ku'ngil ku'chalarim, yu'lim shahrimni,
Bag'ishlab dilimda bori sehrimni,
Bir aka bergancha berib mehrimni,
Uzimning singlimdek suymoq istayman.
Hayotning mushkulin engib hamnafas,
Noumid u'ylarga qo'yib men qafas,
Baxtli insonlarga qilib chin havas,
Sen birla bir yoldan yurmoq istayman.
Doimo mast bo'lib baht sururidan,
Ajratib joy Senga yurak tu'ridan,
Quyoshning eng aziz, yorqin nuridan,
Qalbingda jannatni qurmoq istayman.
Men Seni bahtiyor ku'rmoq istayman...
February 9,2004
Frankfurt
__________________________________________________ ________
"Tot kto sleduet svoey sud'be, znaet i umeet vse. Tol'ko odno delayet ispolneniye mechti nevozmozhnim, eto strah neudachi.
(Poulo Koel'o)
Al-Bagdodiy
03-02-2004, 04:13 AM
JaruleUZB,
Mavlono ha bu rostakam shoir bup ketipsizu okam!Sherlarizga gap yoq lekin,adashmasam ohirgi marta ikkalamiz voenkomatda kurishganmiz tugrimi?Ushandayam bormidi shunaqa talatinggiz? E nima bulsayam gap yoq ! Joniz tinch bulsin,biz busa yangi sherlardan kutib qolamiz!!!
Al-Bagdodiy.
Mas'ud
03-02-2004, 04:34 AM
Mavlono ha bu rostakam shoir bup ketipsizu okam!Sherlarizga gap yoq lekin,adashmasam ohirgi marta ikkalamiz voenkomatda kurishganmiz tugrimi?Ushandayam bormidi shunaqa talatinggiz? E nima bulsayam gap yoq ! Joniz tinch bulsin,biz busa yangi sherlardan kutib qolamiz!!!
Al-Bagdodiy.
Rahmat ukam. Ha tugri topdiz, voenkomatda ku#rishgandik.
Ha ijod anchadan beri bo-ku, bekorchilikda yozib turaman. Vaqtni bekorga ketgazmaslik uchun.Hudo hohlasa yana albatta yozib turaman.
Salom bilan...
***
Dilni g'amga bermangiz, jonim,
Dilni dilga bog'lab qu'yayin.
Mehr tu'la nigohingizni,
Yuragimga joylab qu'yayin
Muhabbatga tashna vujudni,
O, qanchalar talpinib suyay.
Menga bering dardlaringizni,
Yuragimga yashirib qu'yay.
Men yasharman hayolingizda,
Muhabbatga elitar yo'llar.
Qalbingizda ochilar bir kun,
Kaminaga atalgan gullar...
Hurmat ila...
Al-Bagdodiy
03-02-2004, 05:02 AM
Ushbu kecham muzli, kecham qorlidur
oppoq kecham oydin kecham zorlidur
dardim yangi, qalbim qadim ishq qadim
oylarga men boshim qu-yib yig-ladim-
Seni unutmayman bor ekan hayot
Seni unutmayman sendadur bahtim
Seni unutmasdan bitaman baytim,
Seni unutmayman ilk muhabbatim.
Mas'ud
03-02-2004, 06:09 AM
Al-Bag'dodiy, ijodingizga barkamollik tilab...
shoyir
03-02-2004, 06:23 AM
salom hammaga!!!!
ey gap yo'q, mana shunday yaxshi she'rlar mutoaala qilganda, odamni tani yayrab ketadi-ey :D :D :D :D :D
Ijodlaringizga baraka :!: :!: :!:
Qisqagina to'rtlik ni sizlarga ilingim keldi :
Bizgacha ham olov bo'lgan, muz bo'lgan,
Sizgacha ham ne-ne ohu ko'z bo'lgan....
O'zingizga bino qo'ymang Guljamol,
YALMOG'IZ ham bir kun sizday qiz bo'lgan
;) ;) ;) ;) ;) ;)
hurmat ila....
Al-Bagdodiy
03-02-2004, 06:38 AM
Bizgacha ham olov bo'lgan, muz bo'lgan,
Sizgacha ham ne-ne ohu ko'z bo'lgan....
O'zingizga bino qo'ymang Guljamol,
YALMOG'IZ ham bir kun sizday qiz bo'lgan
He he ......
Mas'ud
03-02-2004, 06:40 AM
salom hammaga!!!!
ey gap yo'q, mana shunday yaxshi she'rlar mutoaala qilganda, odamni tani yayrab ketadi-ey :D :D :D :D :D
Qisqagina to'rtlik ni sizlarga ilingim keldi :
;) ;) ;) ;) ;) ;)
hurmat ila....
Men ham bir jurnalda chiqqan she'rni ilindim Siz azizlarga:
P.S. afsuski, muallifi yodimda yo'q
***
Oy - ku'zim oldida sarg'aygan yaproq,
Kuzak - hayolimda mitti tugunchak,
Jismim - tovoningda toptalgan tuproq,
Sevgim - anduhlardan yaralgan g'uncha.
Tunlar - qulog'imda qolib ketgan sas,
Tonglar vujudimda esgan bir nasim.
Gulim, boshqasini topmadim, hullas,
Sening ku'zlaringga kelar havasim.
hurmat ila...
__________________________________________
Aql holsizlanar,
qachonki su'na boshlasa ilmga rag'bat (Tohir Malik)
Asadbek
03-02-2004, 08:59 AM
Men ham bir jurnalda chiqqan she'rni ilindim Siz azizlarga:
P.S. afsuski, muallifi yodimda yo'q
Dilshod Shamcni she'rlariga o'xshadi, yana bilmadim.
Mas'ud
03-02-2004, 11:43 PM
"
Dilshod Shamcni she'rlariga o'xshadi, yana bilmadim.
Asadbek aka, rahmat. Menimcha ham shunday. Chunki adashmasam shu ismli muallif edi, faqat esimga kelmayotgan edi. Rahmat.
Yana She'r
***
Dunyo tashvishlarin zumga unutib,
Tikilmoq istayman oppoq saharga,
Va shu on vujudda urgan tug'yonni,
Hattoki alishmam dunya javharga.
Tinglamoq qu'msayman sokin tun sasin,
Oydinda orzular tilamoq dildan.
Chin qalbdan tuyaman bahor nafasin,
Shundan, hayotimni sevgum kungildan.
2001. Mart
JaruleUZB
__________________________________________________ _
"Yahsamoq mumkinmi,
agar seni hech kim yahshi ku'rmasa"
(Tohir Malik)
shoyir
03-03-2004, 07:55 AM
salom hammaga!!!!
Hayot qo'llaringda bo'ldim o'yinchoq,
Xuddi bir sarg'aygan yaproq singari....
Mening ham yashagim keladi biroq,
Omadim chopmaydi sira ilgari.....
O'nqir va cho'nqir so'qmoqlaringni,
Jur'atim etmadi bosib o'tishga.....
Sevgimni izladim topa olmadim,
Sabrim chidamaydi yana kutishga.....
:( :( :( :( ;) ;) ;) ;)
hurmat ila......
Mas'ud
03-03-2004, 09:21 AM
Salom hammaga
***
Du'stim ku'p. Hayotdan nolimayman men,
Ular-la kunlarim u'tgusi shodon.
Lekin du'stlar ichra chin du'stim deya,
Sizni men atagum, AZIZ ONAJON...
JaruleUZB
Mas'ud
03-03-2004, 10:07 AM
SHOYIR, bilasizmi, hozir bir yodlagan she'rim esimga tushib qoldi. U'yalab qarasam u "sh'er" Sizning mavzungizga ku'proq tug'ri kelarkan.
Bu she'rni, tu'grisi, kimning qalamiga mansub ekanligini bilmayman, men ham bir tanishimning og'zidan eshitib, yozib olib keyin yodlagan edim. Qofiyalaridan Erkin Vohidovning she'riga u'hshatdim.VAOLLOHU A'LAM (yana bilmadim anig'ini). Hullas agar qarshi bu'lmasangiz shuni yizib qoldirsam.Lekin hammaga shuni bir uqib chiqishni maslahat beraman.
Donishmand Tabib.(She'riy Doston)
Alqissa juda qadim, jaholatli zamonda,
Bir donishmand ulug' hakim , utgan ekan jahonda.
U kun bu'yi giyoh terib, kezib bog'u biyobon,
Odamlarga shifo berib, yashar ekan shodumon.
Unga ming bir mushkul dardning, ayon bu'lib shifosi,
Odamlarning bora-bora ortaverdi ihlosi.
Tabobatga qalban, ruhan, fido qilib uzini,
Ohir bir kun nashtar bilan ochdi ku'rning ku'zini.
Rivoj topmish sohib hislat, donishmandga madadkor,
Lekin qayda bu'lsa shuhrat, yon boshida hasad bor.
Davohonlar, parihonlar, u'quvchilar chilyosin,
Hullas yurtda bor nodonlar, boshladilar ig'vosin.
"Bandasiga bermoq doru, yaratganga isyondir
Demak tabib ishi makru, u'zi esa shaytondir"
Bu su'zlarni chin deb bildi nodon johil olomon,
Donishmandni sazo qildi, kaltakladi beomon.
Chu'g temirda kuksin dog'lab, dorga osmoq bu'ldilar,
Su'ng bu'yniga harsang bog'lab, suvga bosmoq bu'ldilar.
Su'ng suvni ham, harsangni ham hayf bilib "shayton" ga,
"Yoqing" - dedi eng bosh hakam,-"Olib chiqib maydonga"
Keng maydonga ustun ku'mib, bog'ladilar hakimni.
Sung temirni u'tga qu'yib, dog'ladilar hakimni.
Buyurdilar: "Yoqing shitob, Azroilning oshmasin"
Dedi : "kimga kerak bu'lsa savob, chu'p keltirib tashlasin"
"Savob" uchun kimdir u'tin, kimdir tashlar dona has.
Hakim boshin mag'rur tutib, johil elga qaramas.
Shu payt tabib sari bir chol, asta kela boshladi,
Quchog'ida bir bog' pohol, g'aram uzra tashladi.
Dedi: "Asl tug'ilganda , basir edim men u'zi,
Sen duoning kuchi birla ochib qu'yding ku'r ku'zim.
Tangri bilib yaratgan ku'r, davo qilding ne uchun?
Su'roqda men manglayi shu'r, nima deyman Mahshar kun.
Haq yu'lidan ozgan odam, davo qilib ne berding,
Meni bir yu'l u dunyom ham, bu dunyomdan ayirding.
Ku'rligimda bu dunyoni tasavvurda ku'rardim.
Dunyodagi bor odamni mushfiq bilib yurardim.
Shafqat ila kim nonu, kim chaqa tashlab ketardi,
Men ham shunga tu'ygan edim, shu ham menga etardi.
Qornim tu'ysa saodatim, yu'q tuman hil tilaklar,
Ham ulfatim, hamsuhbatim, jajji shirin gu'daklar.
U'ylar edim dunyoda bor musaffolik, soddalik,
Ku'zim ochib ilk bor ku'rdim, berahmlik, sohtalik.
U'g'irligu, fahshni kurib, jim yurarkan odamlar.
U'z du'stiga kulib turib, tig' urarkan odamlar.
Bir yonga boq; Ayshu-ishrat.Bir yonga boq: Ohu-voh,
Bu kun mening kunglimda g'ash, imonimda ishtivoh.
Derdim, yurtni bir bor ku'rsam, ku'rdim : kunglim tu'q endi,
Yu'lda yotgan ku'rchalik ham, e'tiborim yu'q endi.
Ado bu'ldim, tu'yib ketdim, Ado bu'lsam mayliga,
Yo qaytadan usha g'arib, gado bu'lsam mayliga.
Ku'r bu'lsam ham mayliga...
Bu su'zlarni eshitdi-yu, faryod urdi donishmand,
"Yoqing"- deya su'radi u, "olov bu'lsin sarbaland
Tu'yib ketdim bu dunyodan, hech toqatim qolmadi,
Mendan shifo oldi olam, odam shifo olmadi.
Jaholatning zahri tekkan nodon, johil, gumrohlar,
Davosiga ojiz ekan, men kashf etgan giyohlar.
Ku'r ku'zlarga nur bahsh etdi, men kashf etgan giyohlar,
Qalb kuzini ochmoqqa lek kamlik qildi hunarim.
Odamlarga men yahshilik, qilmoq bu'ldim , netayin?
Manglayda shu ekan bitik, yoqing kuyib ketayin."
U#t yoqdilar yondi gulhan, qaro bu'ldi samovot,
Jaholatning hukmi bilan ado bu'ldi buyuk zot.
Gulhan yondi ku'kka uralib, chu'gi har yon sochildi,
Shu olovdan elning,ajab, aql ku'zi ochildi.
Yigladilar aza tutib, u'kindilar, kuydilar,
Yillar utib donishmandga oltin haykal qu'ydilar.
E, voh, hakim ku'zi bilan ku'rsaydi bu hurmatni,
Lekin olim u'zi bilan olib ketdi hikmatni...
Qu'y, ey, ku'nglim,sen bu qadar dahshatni kam u'ylagin,
Senga nasib bu'lgan davron, sozin chalib kuylagin.
Shukronalik, mayni ichib, yayrab qolgin har nafas,
Bu dunyodan bir kun kechib, ketguvchi bir biz emas
Qu'y, ey, ku'nglim, Haq muhabbat, she'r zavqiga qonaylik.
U'tda yonish bu'lsa mayli, she'r utida yonaylik.
Faqat bizga g'am u qadar, qayg'u hasrat yot bulsin,
To biz uchun jon berganlar, RUHI DOIM SHOD BU'LSIN
**********************************************
hurmat ila...
shoyir
03-04-2004, 07:41 AM
JaruleUZB, respect mavlono.......
Muallifini kim bo'lishdan qat'iy nazar, juda chiroyli bitilgan misralar ekan...
shunday namunalardan biz bilan tez-tez baham ko'rib turing ;)
hurmat ila.....
Asadbek
03-04-2004, 11:15 AM
JaruleUZB,
rahmat doston uchun.
Odamni rostdan o'yga toldiradigan asar ekan.
Mas'ud
03-04-2004, 11:33 AM
JaruleUZB, respect mavlono.......
Muallifini kim bo'lishdan qat'iy nazar, juda chiroyli bitilgan misralar ekan...
shunday namunalardan biz bilan tez-tez baham ko'rib turing ;)
hurmat ila.....
Rahmat. hurmatli shoyir, agar yana qarshi bu'lmasangiz, Erkin Vohidov qalamiga mansub "Tushlik tanaffus" ni yozib qoldirsam.
Bu juda yahshi asar deb uylayman.
************************************************** ***********
Tushlik tanaffus
Sokingina yashar edi u, na shodligi ayon, na dardi,
Tongda tu'gri ishga borar u, oqshom tu'gri uyga qaytardi.
Ulfati yu'q, ku'cha kezmagan, maishat ne bilmagan odam.
Birov sezib, birov sezmagan, borligi-yu, yu'qligini ham.
Bir mu'minga doi bir qotil, esh bu'lganday yorug' dunyoda,
Manglayiga bitgandi hotin, azozildan ming bor ziyoda.
Chu'ntagiga erning tu'r halta, qulog'iga solib olam gap,
Ru'yhat qog'oz bilan albatta, kuzatardi har kun ertalab.
Sodda, noshud, oriq, kichkina; har kun uyda u'tirib oqshom,
Gazetdan ku'z olmay tinchgina, eshitardi hotindan dashnom.
Tiriklikning tashvishi, g'ami, hammani ham qilgandek ado,
Uchdi bir kun umrining shami, bu olamdan ketdi benavo.
Hotin ku'zni ochib g'aflatdan. Bildi; tayanch tog'i yu'qoldi.
Shaddod hotin shunda daf'atan, mushtiparga aylandi, qoldi.
Ku'rgilikning bari daf'atan, qazo boqmas nola-yu, zorga,
Mana u ham bir kun odatan, sham ku'tarib keldi u ayol.
Qudrat tilang uning sabriga, uni kutar bunda turfa hol:
Qotib qoldi: eri qabriga -sham yoqardi u'zga bir ayol.
Qotib qoldi. Tuplab nihoyat, bor makri-yu irodasini,
Yashiroldi ku'zdagi hayrat, va hayojan ifodasini.
Ayol sari yurdi beparvo. Salom berdi, su'rab kechirim,
Dedi kungil olgandek gu'yo: "Kim bu'ladi bu odam?"- "Erim"
"Erim"- bu su'z hotin qalbiga, olovli u'q bu'lib sanchildi,
Endi bildi er uni nega, hush ku'rmasdi, ha endi bildi.
Nahot shunday beozor odam, nahot bu'lsa boshqa hotini,
Qani endi shundan keyin ham, oqlab ku'ring erkak zotini.
Qani endi gu'rni ochsa-yu, bevafoni tutsa su'roqqa,
Su'ng eriga qu'shib mana bu, megajinni ku'msa tuproqqa.
E, voh, ayol g'azabidan ham, makridan ham asra hudoyim,
Yondirsa-da ichini alam, savol su'rar yana muloyim.
"Bolalarchi?"- "Qolmadi yodgor. Menga uning yodi kifoya,
G'ayriodat ishq bu betakror, eshitsangiz qilay hikoya.
Men u bilan tushlik chog'ida, oshhonada dastlab ku'rishdim,
Men stolning narigi yog'ida, U bu yoqda utirgancha jim,
Ovqatlandik ertasiga ham, indininiga shu bu'ldi takror,
Ettinchi kun deganda ilk bor, "Yahshimisiz"-, dedi bu odam.
Tanishuv kun bu'ldi bu bizga, salomlashib yurdik necha kun.
Kechirasiz, ne bu'ldi sizga? Titrayapsiz, singiljon, nechun?"
"Hechqisi yu'q, sovqotdim bir oz. Davom eting "- "Hullasi kalom,
Bir-birovga u'rgandik oz-oz, bir-birovga bog'landik tamom.
Shunday ekan qismat hohishi, Men ham edim dunyoda tanho,
U, kamina beozor kishi, dardlarimga bu'ldi oshino.
Men-ku yolg'iz edim; na otam, na onam bor, na oilam bor.
Yolg'iz ekan dunyoda u ham: Farzandlar g'ur, HOTIN DILOZOR.
Sodda noshud, ku'rimsiz; ammo, qalbi uning bir olam edi,
Teran fikrat, hislar musaffo, fidoiylik jamuljam edi,
E, voh, qadrin bilmadi dunyo, loyda yotgan dur edi bu zot,
Mening zulmat hayotim aro, "yarq" etgan bir nur edi, bu zot.
Dardlashardik bechora bilan, ikkimizda nadomat afsus,
G'am-anduhlar izhori bilan, u'tar edi tushlik tanaffus.
U suzlardi, men tinglar edim, men su'zlardim, kuyardi u ham.
Gohi uzoq utirardik jim...Ku'zimizga chu'kib tubsiz g'am.
Mening kuzim derdi: "Ey, aziz, qayda eding uttiz yil avval?"
Uning ku'zi derdi: "Foydasiz. u dunyoda baht yu'q mukammal"
Mening ku'zim derdi:"Men muhtoj. Qidirgandim seni bir umr"
Uning ku'zi derdi:"Na iloj. Kech bu'lsa ham ku'rishdik.shukr"
Su'rsalarki :"Qay vaqt saodat, bu'lgan sening umringga oshno?"
Derdim:"BESH YIL, HAR KUN BIR SOAT, faqat tushlik tanaffus aro"
Uzga makon, uzga zamonda. Paydo bu'lgan olis yulduzlar,
El ku'zidan pinhon osmonda. Ku'rishgandik faqat kunduzlar.
Bu ham turmush... Mana nihoyat, judo bu'ldik, bor gap shu singil
Tamom bu'ldi dardli hikoyat..."
Oqshom chu'kar, tushar qorong'u, hazonlarni supurar shamol,
Yarimta oy surgancha hayol, sokingina taratar yog'du.
Qabristonda qolmagan odam, huvillagan sukunat aro,
Bir qabr uzra yonar ikki sham... Ikki ayol yig'lar besado...
hurmat ila...
________________________________________________
Yashamoq mumkinmi, agar seni hech kim yahshi ku'rmasa...
(Tohir Malik)
Mas'ud
03-05-2004, 03:06 AM
JaruleUZB,
rahmat doston uchun.
Odamni rostdan o'yga toldiradigan asar ekan.
Asadbek aka, hursandman, hudohohlasa yana shunday asarlardan siz AZIZlarda bu'lsa kutib qolamiz.
Asadbek
03-05-2004, 03:57 AM
JaruleUZB,
rahmat sizga! Shu erinmasdan komputerga yozayotgan qo'llaringiz dard ko'rmasin.
Men Homepageda yana 2 ta dostondan kiritdim:
Birodarlar, ana endi Elbek baxshi Asqar tog'ining boshida o'tiribdi. Atrofga qarayapti: bir tomon Sayxun, bir tomon Jayxun, bir taraf ko'l, bir taraf cho'l. Ana Samarqandu Buxoro, undan nari Xorazm, shundoq to'g'rida Surxoni azim...
Baxshining dili to'liqib, ichida doston to'kilib kelayapti. Tilida qo'shiqlar tuzilayapti, qo'li do'mbiraga cho'zilayapti... Shu alfozda ko'zlari suzilib, ko'ngli buzilib turgan edi. "Hormang, baxshi bobo", degan tovush qulog'iga urildi. Baxshi burilib qarasa, Oqbotir bilan Qorabotir otlarini yetaklab, daradan chiqib kelishyapti...
Davomi... (http://www.htwm.de/~truziboy/adabiyot/yurtfarzandlari.htm)
keyingilarida omad !
shoyir
03-05-2004, 08:18 AM
aka Asadbek!!!
ha kamnamolar, Avatarga gap yo'q, yoshligimizda bog'chada "Mening birinchi tarbiyachim " degan rasm qilinardi, shundan oldingizmi deyman :D :D :D :D :D :D :D :D :D :D :D :D :D :D :D :D
hurmat ila kamina......
Mas'ud
03-05-2004, 08:45 AM
JaruleUZB,
rahmat sizga! Shu erinmasdan komputerga yozayotgan qo'llaringiz dard ko'rmasin.
Men Homepageda yana 2 ta dostondan kiritdim:
Birodarlar, ana endi Elbek baxshi Asqar tog'ining boshida o'tiribdi. Atrofga qarayapti: bir tomon Sayxun, bir tomon Jayxun, bir taraf ko'l, bir taraf cho'l. Ana Samarqandu Buxoro, undan nari Xorazm, shundoq to'g'rida Surxoni azim...
Baxshining dili to'liqib, ichida doston to'kilib kelayapti. Tilida qo'shiqlar tuzilayapti, qo'li do'mbiraga cho'zilayapti... Shu alfozda ko'zlari suzilib, ko'ngli buzilib turgan edi. "Hormang, baxshi bobo", degan tovush qulog'iga urildi. Baxshi burilib qarasa, Oqbotir bilan Qorabotir otlarini yetaklab, daradan chiqib kelishyapti...
Davomi... (http://www.htwm.de/~truziboy/adabiyot/yurtfarzandlari.htm)
keyingilarida omad !
Juda yahshi ish bu'libti, biz yozgan she'rlarimizni ham kiritsangiz hursand bu'lar edik.
hurmat ila...
Asadbek
03-05-2004, 09:41 AM
shoyir, gullagan bolalik damlarim yodimga tushdi-de :-) Qarang, daryoni bo'yidagi daraxtlar ayni ko'kargan paytida-da :-)
JaruleUZB,
o'zingiz yozgan she'rlarni va sizda bor boshqa shoirlar she'rlarini Word-Datei qilib jo'natolasizmi? Men erta-indin kiritardim, iloji bo'lsa-ku, bugun uje online qo'yvoraman.
Mas'ud
03-06-2004, 12:26 AM
o'zingiz yozgan she'rlarni va sizda bor boshqa shoirlar she'rlarini Word-Datei qilib jo'natolasizmi? Men erta-indin kiritardim, iloji bo'lsa-ku, bugun uje online qo'yvoraman.
OK, bugun harakat qilaman, lekin hammasini qila olmasam kerak.harakat qilaman, Asadbek aka, bu she'rlarni e-mailingizga ju'nataymi, attachment qilib? adashmasam e-mailingiz bor, a, web page da?
hurmat ila...
Asadbek
03-06-2004, 01:22 AM
JaruleUZB,
shunaqa mavlono :-)
Mas'ud
03-09-2004, 12:03 PM
Asadbek aka, katta rahmat. She'rlarimni web page ingizga qu'yganingiz uchun!
hurmat ila...
__________________________________________________ ________
"Tot kto sleduet svoey sud'be, znaet i umeet vse. Tol'ko odno delayet ispolneniye mechti nevozmozhnim, eto strah neudachi.
(Poulo Koel'o)
Solnishko
03-10-2004, 10:16 AM
Est u A.Oripova takoi stih
"Sen bahorni soginmadingmi"
Esli kto znaet ego napishite mne .
Zaranee blagodarna.
:rolleyes:
Asadbek
03-10-2004, 11:13 AM
Uyg'onguvchi bog'larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni :-)
Asadbek
03-10-2004, 11:15 AM
Sen bahorni sog'inmadingmi
Uyg'onguvchi bog'larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonog'ingdan rang olgan dedim -
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo o'zingni,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?
Uzoqlarda zalvorli tog'lar
Xayolimni keldilar bosib.
Kechdi qancha intizor chog'lar,
Vasling menga bo'lmadi nasib,
Sensiz men ham, bahor ham g'arib,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?
O'ngirlarda sakraydi ohu,
Na'matakda sa'va mittijon.
Qorliklardan sipqarilgan suv,
Daralarda uradi javlon.
Nigohimdan faqat sen pinhon,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?
Mana, bugun navro'zi olam,
Do'stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam...
Qo'limda gul, seni kutarman,
Umrim bo'yi chorlab o'tarman,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?
A. Oripov
:-)
Solnishko
03-10-2004, 12:10 PM
ASADBEK SIzga katta rahmat.
Bu mening esg sevimli sherlarimdab biri.
Anchadan beri izlayotkan edim.
:P
Asadbek
03-10-2004, 03:43 PM
Solnishko,
you are welcome :-)
men ham yaxshi ko'raman bu she'rni.
salomat bo'lgaysiz!
Mas'ud
03-11-2004, 12:00 AM
Assalomu alaykum AZIZlar.
Men ham A.Oripovning "Birinchi Muhabbatim" she'rini juda yahshi ku'raman.Shuni post qilib qoldirmoqchiman.
************
Kecha oqshom falakda, oy bo'zarib botganda,
Zuhro yulduz miltirab, hira handa otganda,
Ruhimda bir mayuslik, sokinlik uyg'otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim,
Eslab hayolga toldim,birinchi muhabbatim.
O'tdi yoshlik zavq bilan, gohi to'polon bilan,
Gohida yahshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayro ham tushdim ba'zan, qalb bilan, imon bilan,
Lekin seni yo'qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g'aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.
Dunyo degan shundayin anglab bo'lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.
Holbuki orzulardan judo ham bo'lganim yo'q,
Yulduzday so'nganim yo'q, oy kabi to'lganim yo'q,
Erta hazon gul kabi, sarg'ayib so'lganim yo'q,
Senio eslab yig'layman, birinchi muhabbatim,
Eslab bag'rim tig'layman, birinchi muhabbatim.
Yo'lin yo'qotsa odam, muhabbatga suyangay,
G'ussaga botsa odam, muhabbatga suyangay,
Chorasiz qotsa odam, muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim,
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.
Nido bergil, qaydasan, Sharpangga quloq titdim?
Sirli tushlar ko'rib men, bor dunyoni unutdim,
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim.
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg'iz ollohim mening, birinchi muhabbatim.
hurmat ila...
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.