PDA

View Full Version : Madhiya


]I[ A JL JL O D
03-12-2004, 05:41 AM
O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

So'zlari: Abdulla Oripov
Musiqasi: Mutavakkil Burhonov

Serquyosh hur o`lkam, elga baxt, najot,

Sen o`zing do`stlarga yo`ldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat:

Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!



Bag`ri keng o`zbekning o`chmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zo`r qanot!

Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,

Haqsevar, ona yurt, mangu bo`l obod!

Naqorat:

Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!


Kecha o'qishdan charchab, Toshkentni eslab, uyga sekin-sekin yurib ketvotudim, Madhiyamiz esimga tushib qoldi.

Shu sizlarni fikrilarni bilmoqchiman. Madhiyamiz haqida nima deb o'ylaysizlar ? Qaysi joylari yoqadi, qaysi joylari yoqmaydi ? Hech o'zilar Madhiya yozishga harakat qilib ko'rganmisizlar ? Yoki boshqa shoirlarni she'rlarini Madhiyaga mosroq deb bilardursizlar ? Musiqasichi ? Sho'rolar davridan qolgan musiqani ishlatilishi haqida nima deb o'ylaysizlar ?

Shahsan menga Madhiyamiz juda ham yoqadi, biroq musiqasi ham yoqsada, Sho'rolar davridan qolganli sal noqulay. Sho'rolar davridan farqli bo'laylik deb qancha narsalarni o'zgartirib tashladik, hattoki Lotin yozuviga ham o'tdik, ammo Madhiya musiqasi o'sha-o'sha qolgan. Yoki men adashvommanmi, musiqasi o'sha o'sha shakilli ?!

Marhamat fikrlaringiz

P.S. Internetda Madhiyani MP3 tahmini qatta bor ?

Mas'ud
03-12-2004, 05:50 AM
Assalomu alaykum!

Madhiyamiz, shahsan menga, juda yoqadi. Lekin musiqasi haqida ma'lumotga ega emas ekanman. Nimaga "shu'rolar davridan" qolgan. Qaysi musiqaga uhshatib yozilgan? shuni sal tushunmadim...

hurmat ila...

Kolobok
03-12-2004, 06:59 AM
Гимн есть в http://music.arbuz.com

Asadbek
03-12-2004, 08:47 AM
Hey, O'rindan turib gapiringlar :-)

Madhiyaga gap yo'q. Hech qaysi bir davlatni madhiyasidan qolishadigan joyi yo'q.

MUHLIS
03-12-2004, 01:39 PM
Hey, O'rindan turib gapiringlar :-)

Madhiyaga gap yo'q. Hech qaysi bir davlatni madhiyasidan qolishadigan joyi yo'q.
lol
(tikka turibman) Madhiyamiz yaxshi yozilgan.

Yurist
03-13-2004, 09:47 AM
Bu post balkim mavzuga tugri kelmas,ammo men quyida yozib qoldirmoqchi bo'lgan qo'shiq matni ham O'zbek xalqi xaqida bulgani uchun meni mazur tutgaysizlar.

Hol so'ragin birodar yurak bag'ri adodan,
Boshga balo kelarmish beparvolik xatodan,
Oshiq jafo ko'rganmish yor sanam bevafodan
Taqdir azal yozilmish ul Qodiri Xudodan.
Taqdir azal yozilmish ul Qodiri Xudodan.

Hohla hon bo'l yoki bek,
Omon bo'l xalqim O'zbek.
Hohla hon bo'l yoki bek,
Omon bo'l xalqim O'zbek.

Ota ona qadrini yetim bo'lgandan so'ra,
Qorni to'qni ishi yuq och qolgan bilan jo'ra,
Hayot shohmot o'yini kim piyoda kim to'ra,
Uz yurtingda gado bo'l vatan sotgandan ko'ra.
Uz yurtingda gado bo'l vatan sotgandan ko'ra.

Hohla hon bo'l yoki bek,
Omon bo'l xalqim O'zbek.
Hohla hon bo'l yoki bek,
Omon bo'l xalqim O'zbek.

Suymaganga suykalma oxir bir kun kuydirar,
Noma'qul bo'lsa farzand tiriklayin uldirar,
Borar joying qaro yer yuzing qaro bo'lmasin,
Elim degan mardlaring xech ham kamlik ko'rmasin.
Elim degan mardlaring xech ham kamlik ko'rmasin.

Hohla hon bo'l yoki bek,
Omon bo'l xalqim O'zbek.
Hohla hon bo'l yoki bek,
Omon bo'l xalqim O'zbek.

Go'dak tugilgan uyda o'chmas emish shamchiroq,
Farzand dog'i og'irdir tinch qo'ymasa gam,firoq,
Alpomish bo'lsin bolang, To'maris yoki Shiroq
Nomard bulguncha do'stim shahid ketgan yaxshiroq.
Alpomish bo'lsin bolang, To'maris yoki Shiroq
Nomard bulguncha do'stim shahid ketgan yaxshiroq.

Hohla hon bo'l yoki bek,
Omon bo'l xalqim O'zbek.
Hohla hon bo'l yoki bek,
Jonob Mirza holmedov.
Omon bo'l xalqim O'zbek.P.S.: Millatni uluglovchi ko'plab postlarga oxirgi paytda ba'zilar provokatif yondashsalarda,bu qushiq uzbek xalqi tugrisidagi minglab madhilar qatoridadir.Boshqa millat vakillari bo'lgan forum ishtrokchilarini esa millatparvarlik ruhidagi bu qo'shiqni tugri qabul qilishlarini istardim.
Hurmat bilan.

Poznaniy
03-13-2004, 10:20 PM
(yonboshlab yotib olib) Qirg'iziston madhiyasi ham qolishmaydi lekin O'zbekistonnikidan :D

Asadbek
03-14-2004, 02:11 AM
:super: :arrow:

]I[ A JL JL O D
03-14-2004, 11:29 PM
Adashmasam, O'zbek Sovet Socialistik Respublikasining madhiyasini musiqasi hozirgi madhiyani musiqasi bo'lgan. Oramizda O'zSSR ni madhiyasi esida bo'lganlar yo'qmi ?!

Mas'ud
03-15-2004, 01:12 AM
I[ A JL JL O D"]Adashmasam, O'zbek Sovet Socialistik Respublikasining madhiyasini musiqasi hozirgi madhiyani musiqasi bo'lgan. Oramizda O'zSSR ni madhiyasi esida bo'lganlar yo'qmi ?!

Ha meni esimda bor. Su'zlari ham, musiqasi ham. Lekin u madhiyaning musiqasi hozirgi madhiyamiznig musiqasi bilan bir hil emas.
Ming bora uzr, men buni qayerdan topishingizni ayta olmayman, lekin ularning musiqalari bir hil emasligiga ishonchim komil...

Olloh bilguvchiroqdir...

]I[ A JL JL O D
03-15-2004, 01:52 AM
Internetda adashmasam qaysidur saytda O'zSSR ni madhiyasini MP3 si bor. Kimni imkoniyati bo'lsa eshitib ko'rilar iltimos (manda imkoniyat yo'q), o'shanda aniq bilamiz, bir hil musiqami yo'qmi.

Mas'ud
03-15-2004, 01:56 AM
OK. Harakat qilaman, topishga.

hurmat ila...

]I[ A JL JL O D
03-15-2004, 02:12 AM
JaruleUZB, topdim, eshitib ko'ring, keyin bizlarga hukmizni bering. Quyidagi manzilda: http://www.marxists.org/history/ussr/sounds/

Asadbek
03-15-2004, 02:49 AM
Mdaaaa,
rostdan ham muzika o'sha.

]I[ A JL JL O D
03-15-2004, 03:13 AM
Anaaaa, ko'rdilami, demak adashmagan ekanman to'g'rimi ?! Ho'sh, nima dedilar, musiqa o'sha-o'shaligiga ?! Qanday fikrlar ?

Asadbek
03-15-2004, 03:16 AM
Muzikani endi o'zgartirish shart emas.
Shu holda ham yaxshi.

Mas'ud
03-15-2004, 10:53 AM
I[ A JL JL O D"]JaruleUZB, topdim, eshitib ko'ring, keyin bizlarga hukmizni bering. Quyidagi manzilda: http://www.marxists.org/history/ussr/sounds/
UZR aka. Nourin tortishibman. Musica u'sha-u'sha.
Lekin menimcha shunday qolgani yahshi.
Baribir u'zgartirish bizni qu'lda emas-ku-a, nima deysiz?

hurmat ila...

]I[ A JL JL O D
03-15-2004, 11:34 PM
JaruleUZB, men ham mavzuni boshida ettim, menga musiqasi ham juda yoqadi deb, ammo shu eskittan qolgan huddi bir "second-hand' kiyim kiygandagidek (no offence to second-hand clothing buyers !).

Mas'ud
03-16-2004, 04:11 AM
I[ A JL JL O D"]JaruleUZB, men ham mavzuni boshida ettim, menga musiqasi ham juda yoqadi deb, ammo shu eskittan qolgan huddi bir "second-hand' kiyim kiygandagidek (no offence to second-hand clothing buyers !).

Assalamu alaykum!
Bu gapingiz tug'ri. "Second hand" ligi juda achinarli hol.
Lekin men buni bunaqaligíni ilgari bilmagan edim. Bilishimcha bunga ko'pchilik e'tibor ham bermagan bulsa kerak. Shuning uchun keling, shu qozon yopig'ligicha qolaqolsin. Forumda ukib qoladiganlardan tashqari boshqa hech kim bu ma'lumotni olmay qu'yaqolsin. Toki, ular ham Madhiyamiz musiqasini "second hand" ekanligini bilmasin.
Agar qarshi bulmasangalar shu yerda sahifani tugatsak bu'larmidi? Bu albatta sizning ishingiz!

Olloh bilguvchiroqdir...


hurmat ila...

ralf
03-19-2004, 09:52 PM
Hi ! Can anybody help me to work out what the embroideries on Uzbek traditional Skull-cap (douppi) symbolize.
Thanks.

BIBIHONUM
04-17-2004, 11:38 AM
Hey, O'rindan turib gapiringlar :-)

Madhiyaga gap yo'q. Hech qaysi bir davlatni madhiyasidan qolishadigan joyi yo'q.
Madhiyamiz nihoyatda ajoyib.Ayniqsa vatanni soginib eshitganda undan ham ajoyib.Man madhiyamizani eshitganda nafaqat urnimdan turib,qo'llarimi ko'ksimga qo'yib eshitaman. :)

G'aribiy
04-17-2004, 06:37 PM
Tik turib yozyapsizlarmi?????!!!!!! :lol:

vipshams
04-17-2004, 11:19 PM
RASULBEK
Omon bo'lgur....bu bayroqni qayerdan oldingiz??
NImaga rangi unaqa???


hurmat bilan vipshams

MUHLIS
04-19-2004, 02:52 AM
Rasulbek "Sariq Ajdar" qardoshlarimizga qo'shib o'zimizni xam "yeb qo'ymasin" tag'in. ;)
Hazil. Lekin Uyg'urlarga yuragim achiydi meni xam.

Asadbek
04-19-2004, 08:56 AM
Serquyosh hur o`lkam, elga baxt, najot,
Sen o`zing do`stlarga yo`ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Chiroyli aytilgan. Ilm-fan va ijodning tariximizda yorqin namoyondalari bo'lganini va bu davom etishini ham eslatadi.

Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon - Bu gaplar ayniqsa Amir Temurning shonli zafarlariga bog'lab aytilgan, bu satrlar zamirida Navoiy va Boburdek farzandlarining olamga taniqli buyuk ijodlari ham yotibdi.

Bag`ri keng o`zbekning o`chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo`r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo`l obod!
Xudo hohlasa, shunaqa bo'ladi!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Olamni mahliyo aylash navbati bizda!

:)